ZOTLI ONA ARI YETISHTIRISH ORQALI ASALARICHILIKNI RIVOJLANTIRISH
TEHNOLOGIYASI 1Suyarqulov Sh., 2Raximov H.
1Farg'ona davlat universiteti katta o'qituvchi, q.x.f.n.
2Farg'ona davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11208260
Annotatsiya. Maqolada Farg'ona viloyatida zotli ona ari yetishtirish orqali asalarichilik tarmog'ini rivojlantirishning intensiv texnologiyasi yoritilgan. Asalari oilasining xo'jalik sifati va mahsuldorligi hamda oilada qo'yilgan tuxumdan rivojlanayotgan yangi avlodning o'sishi ona asalariga bog'liqligi qayd etilgan.
Kalit so'zlar: Asalari oilasi, yil fasillari, mahsuldorlik, shira, davr, nasil, qishlov, tuxum, tug'ilish, voxa, vodiy, ona asalari, ishchi ari, erkak ari, harorat, nisbiy namlik.
Kirish. Asalari oilasining mahsuldorligi va hayotchanligi oiladagi ona asalari sifatiga bog'liq. Suning uchun fermer xo'jaliklari va havaskor asalarichilar asalari oilalarining mahsuldorligiga, oilada o'sish va o'lmga, asalarizorning rentabellik darajasiga, asalari oilasining ona asalari bilan ta'minlanishiga katta etibor beriladi. Farg'ona viloyatidagi mavjud 450 mingga yaqin asalari oilasining har yilgi almashtiriladigan asalarilarga bo'lgan talabini hisobga olsak, demak har yili 250-350 mingga yaqin ona asalari kerak bo'ladi. Ana shu miqdorda yetishtiriladigan ona asalarilarning 50 % dan ko'pi eski ona asalarilarni almashtirishga, bir qismi esa qishlovda o'lgan va yaroqsizga chiqarilgan ona asalari almashtirishga va qolgan qismi esa yangi shaxobchalarni shakllantirishga hamda asosiy asal mavsumiga tayyorlanish uchun yordamchi ona asalari va paketli asalarilarni tashkil etishda foydalaniladi.
Tadqiqot ob'ekti. Farg'ona davlat universiteti va Vengriyaning qishloq xo'jaligi va hayotiy fanlar universiteti ilmiy loyihalar markazidagi asalari oilalari.
Tadqiqot natijasi. Farg'ona viloyati sharoitida ona asalarilar ko'pincha fevral oyining oxiri mart oyining boshida, ya'ni barqaror iliq kunlar boshlanishi bilan tuxum qo'yishga kirishadi. Keyinchalik salqin havo tushsa ham ona asalarilar tuxum qo'yishni davom ettiradi. Bu davrda ona asalarilar bir kunda ko'pi bilan 200-300 ta gacha tuxum qo'yadi. Bu paytda asalari uyasidagi ochiq nasl joylashgan qismidagi harorat 340 daraja atrofida bo'ladi. Shuning uchun ham bahorda asalari uyasidagi haroratni bir me'yorda saqlash uchun uya isitiladi. Viloyatimiz sharoitida ona asalarilar 6-7 oy, paxta eqiladigan voha hududlarida 9 oygacha tuxum qo'yadi. Shu sababli voha hududlarida har yili va tog'li hududlarda esa har ikki yilda ona asalarilarni almashtirish yaxshi natijalar beradi. Ona asalari shuncha tez qariydiki ikkinchi mavsumda ularning tuxum qo'yish qobiliyati 15-30 % gacha pasayadi, gohida esa qishlov vaqtida ularning ko'pi nobud bo'ladi. Qishlovdan chiqqan asalari oilalari ancha zaif bo'ladi. Bu davrda oiladagi asalarilarning soni ancha kamayganligi va ular asosiy uyani isitishga kuchi yetmaganligi sababli, asalari oilasining rivojlanishi ancha kechikadi. Qishlovdan chiqqan asalari oilalarining rivojlanishi uchun mo'tadil sharoit yaratib berish maqsadida uya hajmi qisqartiriladi va isitiladi. Ona asalari tuxum qo'yishi uchun uyaning markazida bo'sh, sifatli romlar qo'yiladi va 3-4 kunda oiladagi ozuqa asal, hamda ona asalari qanday tuxum qo'yayotganligi tekshirib ko'riladi.
Asalari oilasining mahsuldorligi qulay sharoitda oilanng kuchiga bog'liq bo'ladi. Bular esa ona asalarining sifatiga va kelib chiqishiga uzviy bog'liq. Ona asalarining serpushtligi ularning tuxumdoni va tuxum naychalarning rivojlanish darajasiga bog'liq. Ona asalari tuxumdonidagi tuxum naychalari soni qancha ko'p bo'lsa, ular shuncha serpusht bo'lib ko'p tuxum qo'yadi va
aksincha, tuxum naychalari soni kam bo'lsa shuncha kam tuxum qo'yadi. Bunday sifatsiz ona asalarilarni darhol yaroqsizga chiqarib toshlanadi.
Asalari oilasida ona asalari rom katakchalarining bir tomoniga yuzlab tuxum qo'ygach, keyin romning ikkinchi tomoniga o'tadi, va oldingi tomonidagi katakchalariga nisbat simmetrik holda tuxum qo'yishga kirishadi. Shundan so'ng yana qarama-qarshi tomonga o'tadi, shu tariqa butun rom bo'ylab tuxum qo'yib bo'lgandan keyin boshqa romga o'tadi. Ona asalari bunday usulda tuxum qo'yishiga asosiy sabab shuki, oiladagi yopiq nasl ichidagi g'umbakchalar o'z vaznining kamayishi hisobiga juda ko'p issiqlik chiqaradi. Masalan, asalari g'umbakchasi ( 12 kun ichida uning vazmi 295 dan 104 mg gacha kamayadi, ya'ni 12 kun ichida bitta romdagi yopiq asalari nasli 3600 kolloriya issiqlik ajratib chiqaradi[Yesnov,1981]. Respublikamizda ilg'or asalarichilar har yili sifatsiz ona asalarilarini yaroqsizga chiqarib, uning har qanday mahsuldorligiga qaramay ikki yildan ortiq saqlamaydi, asal yig'ish mavsumigacha asalari oilasini kuchaytirib yangi asalari shaxobchalari tashkil etib, yordamchi ona asalarilardan keng foydalanish natijasida ko'p asal hosili olishga erishmoqdalar.
Fargona viloyatida ana shunday miqdordagi asalari oilasining va qo'shni respublikadagi asalarichilarni ertangi ona asalarilar bilan ta'minlash maqsadida ko'pgina asalarichilik fermer xo'jaliklarida ertangi ona asalari yetishtirish choralarini ko'rish va yetishtirilgan ona asalari sifatini yaxshilashlari talab etiladi. Shuni ham bilmoq joyizki, respublikada ixtisoslashtirish va markazlashtirish ishlari, hamda asalarichilikni sanoat asosida rivojlantirilgan bir davrda sifatli va ertangi ona asalarilarga bo'lgan talab yil sayin ortib bormoqda.
Shu sababli kelajakda respublikamizning janubida joylashgan asalarichilik fermer xo'jaliklarini ertangi ona asalari yetishtirishga ixtisoslashtirish va uning miqdorini ko'paytirish hamda qo'shni respublikada ularni sotish muhim iqtisodiy rol o'ynaydi. Ona asalari yetishtirishga ixtisoslashgan xo'jaliklar ishiga qaramasdan respublikamizning qolgan xo'jaliklarida ham uning ixtisoslashuvidan qat'iy nazar, o'z asalarizorlarni sifatli ona asalari bilan ta'minlash uchun doyimiy ravishda ertangi ona asalarilar yetishtirishni yo'lga qo'yish lozim.
Asalari oilasini xo'jalik sifati va mahsuldorligi ona asalariga bog'liq bo'ladi. Ona asalari qanday bo'lsa, oilada qo'yilgan tuxumidan rivojlanayotgan yangi avlodning o'sishi ham shunday bo'ladi. Shuning uchun ham asalarilar oilada har doim yosh va sifatli ona asalari bo'lishiga intiladilar. Ba'zi bir asalarichilar ona asalarini har yili almashtirishadi, ba'zilar esa har ikki yilda uni almashtirishni afzal ko'radi. Shuni ham unutmaslik kerakki, ba'zi bir joylarda ob-havo sharoitini hisobga olib yoz qisqa muddat davom etadi, masalan shimoliy hududlarda va tog'li sharoitlarda bahor kech boshlanib, qish tez kirib keladi, natijada ona asalari qisqa davrda 5-6 oy davomida tuxum qo'yadi xolos. Bu davrda ular kam kuch, energiya sarflaydi hamda sperma zaxirasi hali tugamagan bo'ladi.
Respublikamizning janubiy paxtachilik hududlarida bahor juda erta va qish kech boshlanadi. Bunday davrda ona asalarilar 8-9 oy davomida tuxum qo'yib tez charchaydi, hamda undagi sperma zaxirasi tugash arafasida bo'ladi. Xuddi shunday asalari oilasi kuchsiz bo'lsa ham, shunday holatni kuzatish munkin. Bu davrda ona asalari har qancha urinmasin, ona asalarini oziqlantirishda tuxum qo'yish uchun katakchalar hozirlash va lichinkalarni boqishda asalari soni yetishmaganligi uchun ona asalari tuxum qo'yishni biroz cheklaydi, natijada yil davomida ona asalari atigi 75-100 mingta tuxum qo'yib, o'zining fiziologik qarish yoshini kechiktiradi va kelgusi yilga ham kuch saqlaydi, yoki aksincha, ona asalarilarda faol davr uzoq davom etib, ular yil davomida 200 mingdan ziyod tuxum qo'ysa, bunday holatda ona asalari organizmi tez charchaydi va fiziologik qarish tez boshlanadi.
Shu sababli Farg'ona viloyati iqlim sharoitida asalari oilasi erta bahordan to kech kuzgacha 8-9 oy davomida ishlaganligi uchun ulardagi ona asalari har yili almashtiriladi, bu usul ilg'or asalarichilarning ko'p yillik ish tajribalarida obdon tekshirilgan va sinovdan o'tgan. Asalari oilasi mahsuldorligini oshirishda va nafaqat uning yoshi, balkim ona asalari sifati va u qanday sharoitda yetishtirilganligi hamda asalari zoti ham katta ahamiyatga egadir.
Ona asalarini rivojlanish darajasi uning jinsiy a'zolari tomonidan ko'p miqdorda tuxum qo'yishini ta'minlanish xususiyatiga bog'liq bo'ladi. Asalari oilasidagi kam mahsulli ona asalarilar asosiy asal yig'imigacha rivojlanishini ta'minlay ololmaydi. Ona asalarilarni tuxum qo'yish imkoniyatlari, uning tuxumdonlarini rivojlanish darajasiga hamda tuxumdonlaridan tuxum naychalarini sifatiga bog'liq. Lekin, ona asalarining bunday belgilari bir vaqtning o'zida chiqarilgan har xil ona asalarilarda ham bir-biridan keskin farq qilib turadi. Masalan, bir xil asalari oilasida ko'ch ajratish oldidan qo'yilgan xonadonlardagi ona asalarilarni vazni ham o'zgaruvchan bo'lib, 110 dan 230 mg gacha bo'ladi, uning tuxumdonlaridagi tuxum naychalarini soni ham 90 dan 200 tagacha farq qilib turadi.
Xulosa. Ona asalarining sifati uning yetishtirish davridagi rivojlanish xususiyatlariga, ya'ni ona asalarining 5-6 kunligiga bo'lgan davrda oziqlanishiga bog'liq. Hozirgi davrda ona asalari yetishtirishda xuddi ana shu xususiyatlarga e'tibor berish va ona asalari sifatini oshirish tajribalari o'tkazilmoqda hamda respublikada ko'p yillik o'tkazgan ilmiy tajribalarida shunday hulosaga keladiki, aprel va may oylarida yetishtirilgan ona asalarilar bitta tuxumdonidagi tuxum naychalari mart, iyun, iyul oylarida yetishtirilganlarga nisbatan ancha ko'p, ya'ni aprelda yetishtirganlardan 115-185 ta yoki o'rtacha 157,8 tani tashkil etgan bo'lsa, may oyida yetishtirilganlarda esa 110-185 tani yoki o'rtacha 162 ta tuxum naychalarini tashkil etgan. Ona asalarining kanot qismi ham asosiy sifat ko'rsatgichlaridan biri hisoblanadi. Ona asalarida qanot hajmi qancha keng bo'lsa, ular erkak asalari bilan havoda uchrashayotgan vaqtda katta ahamiyatga ega, chunki u toza havoda ko'plab erkak asalarilar bilan uchrashgan vaqtda ularni kuchli va keng kanotlari bilan olib uchishiga to'g'ri keladi.
REFERENCES
1. Asalarichilikda eksperimental ishlar. V. Bravarskiy. Sh. Suyarqulov. Ha. Brindza. V. Otchenashko. Toshkent - "Bosma. OAV" bosmaxonasi. 2021 yil.
2. Gulov A.N., Borodachev A.V., Beryozin A.S. Vozrast trutney va kachestvo trutney. "Asalchilik", 2015 y., 4-son, ko'ch. 44-46 b.
3. Jamolov, R. Q., Xatamova, D. M., Xolmatova, M. A. (2022). Asalarilar oilasining turmush tarzi. Sharq uyg'onishi: innovatsion, ta'lim, tabiiy va ijtimoiy fanlar, 2(10-2), 666-671b
4. R. Jamolov, O. To'rayev, D. Xatamova. "Asalchilik asoslari", Farg'ona "Klassik", 2022 yil.
5. R.K. Jamolov, "Malika asalarilarning tashqi va ichki ko'rsatkichlari", "Zamonaviy fan va ilmiy" xalqaro konferensiya materiallari. 2023 yil
6. R Jamolov, H Rahimov, A Tojaliyev. Asalarilarning harakatlanuvchi organlari. O'zbekistonda ilmiy-innovatsion tadqiqotlar jurnali 1 (7), 282-287 b
7. R. Jamolov. Asalari zotlarini tanlash va O'zbekistonda saqlanayotgan asalari zotlarining tarkibi. (Fan va innovatsiyalar 2 (Maxsus 8-son), 630-634 b)
8. R.Q. Jamolov, G.H. Sharofiddinova. "Asal uyasi, ramkadagi dyuymlarning tuzilishi va ko'payishi". Dunyoda ilm-fan va innovatsion g'oyalar ta'limi 18(1) 57 b
9. Jamolov R.Q, Rahimov X, Tojaliyev A. Asalarilarning pufakcha va uyadan oldingi davri. O'zbekistonda ilmiy-innovatsion tadqiqotlar jurnali. 30.10.2023.
10. R.Jamolov, R.Azizov, Z.O'ktamova Malika asalarilarni tinch yo'l bilan asal ari koloniyalari bilan almashtirish va malika sifatiga ta'sir etuvchi omillar Fan va innovatsiyalar 1, 229-233 b.