FARG'ONA VILOYATIDA SUN'IY USULDA ERTANGI ONA ARI YETISHTIRISH 1Boboyev Bahromjon Kenjayevich, 2Raxmonov Rasuljon
1Farg'ona davlat universiteti, q.x.f.n.,dotsent 2Farg'ona davlat universiteti Zooinjeneriya (asalarichilik) yo'nalishi 4-bosqich 20-80 guruh
talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.11205340
Annotatsiya. Maqolada Fargona viloyatida ertangi ona ari yetishtirish orqali asalarichilik tarmog'ini rivojlantirish, asalari oilasining ertangi ona asalari yetishtiurish orqali fasllar davomida rivojlanish davrlarini o'rganishda ko'pgina kuzatishlar olib borilganligi. Jumladan Fargona davlat universiteti va Vengriyaning qishloq xojaligi va hayotiy fanlar universiteti ilmiy loyihalar markazida o'tkazgan tadqiqotlarda Faragona viloyati iqlim sharoitida ertangi zotli ona ari yetishtirish orqali asalarilar oilasini rivojlanishning o'ziga xos davrlari va mahsuldorlik darajasini oshirish imkoni borligini izohlangan.
Kalit so'zlar: Asalari oilasi, bahor va yoz, mahsuldor, togs oldi va togli xudud, shira, davrlar, turli nasil, qishlov, tuxum, tug'ilish, nasil, vodiy tumanlari, ona asalari, ishchi ari, erkak ari, harorat, iqlim.
Аннотация. В статье сделано множество наблюдений по развитию пчеловодческой сети Ферганской области за счет выращивания будущих пчелиных маток, изучения периодов развития пчелиной семьи за счет выращивания будущих пчелиных маток в течение сезонов. Например, в исследованиях, проведенных в научно-проектном центре Ферганского государственного университета и Венгерского университета сельского хозяйства и наук о жизни, выяснилось, что повысить продуктивность пчелиной семьи можно за счет выращивания будущей породы пчелиных маток. в климатических условиях Ферганской области.
Ключевые слова: пчелиная семья, весна и лето, продуктивность, предгорный и горный район, нектар, периоды, разные виды, деревня, яйцо, рой, расплод, долинный район, матка, рабочая пчела, самец, температура, климат.
Abstract. In the article, many observations were made in the development of the beekeeping network in Fergana region through the cultivation of future queen bees, the study of the development periods of the bee family through the cultivation of future queen bees during the seasons. For example, in the research carried out at the scientific project center of Fergana State University and the Hungarian University of Agriculture and Life Sciences, it was explained that it is possible to increase the productivity of the bee family by raising the future breed of queen bees in the climatic conditions of the Fergana region.
Keywords: Bee family, spring and summer, productive, sub-mountain and mountain region, nectar, periods, different species, village, egg, swarm, brood, valley district, queen bee, worker bee, male bee, temperature, climate.
Kirish: Asalarichilikga asalari oilasining mahsuldorligi va xayotchanligi asosan oiladagi ona asalari sifatiga bog'liq boladi. Shu sababli yirik asalarichilik xo'jaliklari va havaskor asalarichilikda asalari oilalarining mahsuldorligi har yili oila o'sishi va o'limi, asalarichining mehnat unumdorligi va asalarizorning foydalilik darajasi, asosan asalari oilasining qanday darajada ona asalari bilan ta'minlanganligiga bog'liq bo'ladi.
Fargona viloyatidagi mavjud 1050 mingga yaqin asalari oilasining har yilgi almashtiriladigan asalarilarga bo'lgan talabini hisobga olsak, demak har yili 750-950 mingga yaqin
ona asalari kerak bo'ladi. Ana shu miqdorda yetishtiriladigan ona asalarilarning 70% dan ko'pi o'tgan yillardagi eski ona asalarilarni almashtirishga, qolgani esa qishlovdan chiqa olmagan va yaroqsizga chiqarilgan ona asalari almashtirishga va qolgan qismi esa yangi shaxobchalarni shakllantirishga hamda asosiy asal mavsumiga tayyorlanish uchun yordamchi ona asalari va paketli asalarilarni tashkil etishda foydalaniladi.
Fargona viloyati sharoitlarida ona asalarilar 6-7 oy, paxta ekiladigan voha hududlarda esa 9 oygacha tuxum qo'yadi. Shu sababli voha zonalarida har yili va tog'li zonalarda esa har ikki yilda ona asalarilarni almashtirish yaxshi natijalar beradi. Ona asalari tuxum qo'yishi ikkinchi mavsumda qobiliyati 15-30 %, (ayrim holatlarda uch yilda) gacha pasayadi, gohida esa qishlov vaqtida ularning ko'pi nobud bo'ladi.
Tadqiqot metodologiyasi: Farg ona viloyati sharoitida ona asalarilar ko'pincha mart oyining boshida, ya'ni iliq kunlar boshlanishi bilan jadal tuxum qo'yishga kirishadi. Vaqt o'tgach sayin salqin xavo tushsa ham ona asalarilar tuxum qo'yishni to'xtata olmaydi. Bu davrda ona asalarilar bir kunda ko'pi bilan 400-600 ta gacha tuxum qo'yadi. Bu paytda asalari uyasidagi ochiq nasl joylashgan qismidagi harorat 320 daraja atrofida bo'ladi. Shuning uchun ham bahorda asalari uyasidagi haroratni bir me'yorda saqlash uchun uya isitiladi va uning hajmi qisqartiriladi, isitish korpachalari bilan o'ralish tavsiya etiladi.
Qishlovdan chiqqan asalari oilalari ancha zaif bo'ladi. Bu davrda oiladagi asalarilarning soni kamayganligi va ular asosiy uyani isitishga kuchi yetmaganligi sababli, asalari oilasining rivojlanishi ancha kechikadi. Qishlovdan chiqqan asalari oilalarining rivojlanishi uchun mo'tadil sharoit yaratib berish maqsadida uya hajmi qisqartiriladi va qoshimcha isitish jixozlari orqali isitiladi. Ona asalari tuxum qo'yishi uchun uyaning markazida bo'sh, sifatli och jigarrang romlar qo'yiladi va 3-4 kunda oiladagi ozuqa asal, hamda ona asalari qanday tuxum qo'yayotganligi tekshirib ko'riladi, vaziyatga qarab qoshimcha shakar sharbati bilan oziqlantirib turiladi.
Asalari oilasining mahsuldorligi odatda oilaning kuchiga bog'liq bo'lib, bu oz navbatida ona asalarining sifatiga va kelib chiqishiga uzviy bog'liq bo'ladi. Ona asalarining serpushtligi ularning tuxumdoni va tuxum naychalarning rivojlanish darajasiga bog'liq. Ona asalari tuxumdondagi tuxum naychalari soni qancha ko'p bo'lsa, ular shuncha serpusht bo'lib ko'p tuxum qo'yadi va tuxum naychalari soni kam bo'lsa shuncha kam tuxum qo'yadi Bunday sifatsiz ona asalarilarni darhol yaroqsizga chiqarib tashlash tavsiya etiladi.
Asalari oilasida tuhum qo'yish mavsumida ona asalari rom katakchalarining bir tomoniga yuzlab tuxum qo'ygach, keyin romning ikkinchi tomoniga o'tadi, va oldingi tomonidagi katakchalariga nisbat simmetrik holda tuxum qo'yishga kirishadi. Ona asalari bunday usulda tuxum qo'yishiga asosiy sabab shuki, oiladagi yopiq nasl ichidagi g'umbakchalar o'z vaznining kamayishi hisobiga juda ko'p issiqlik chiqaradi. Masalan, asalari g'umbakchasi ( 12 kun ichida uning vazni 295 dan 104 mg gacha kamayadi, ya'ni 12 kun ichida bitta romdagi yopiq asalari nasli 3600 kolloriya issiqlik ajratib chiqaradi. Yesnov (1981) Respublikamizda ilg'or asalarichilar har yili sifatsiz ona asalarilarini yaroqsizga chiqarib, uning har qanday mahsuldorligiga qaramay ikki yildan ortiq saqlamaydi, asal yig'ish mavsumigacha asalari oilasini kuchaytirib yangi asalari shaxobchalari tashkil etib, yordamchi ona asalarilardan keng foydalanish natijasida ko'p asal hosili olishga erishmoqdalar.
Tadqiqot natijalari: Fargona viloyatida ana shunday miqdordagi asalari oilasining va qo'shni Respublikadagi asalarichilarni ertangi ona asalarilar bilan ta'minlash maqsadida ko'pgina asalarichilik xo'jaliklari va xavaskor asalarichilar ertangi ona asalari yetishtirish choralarini ko'rish va yetishtirilgan ona asalari sifatini yaxshilashlari talab etiladi.
Fargona viloyatida ixtisoslashtirish va markazlashtirish ishlari, hamda asalarichilikni sanoat asosida rijojlantirilgan bir davrda sifatli va ertangi ona asalarilarga bo'lgan talab yil sayin ortib bormoqda.
Shu sababli kelajakda Respublikamizning janubida joylashgan asalarichilik xo'jaliklarini ertangi ona asalari yetishtirishga ixtisoslashtirish va uning miqdorini ko'paytirish hamda chetki hududlarga ularni sotish muhim iqtisodiy rol o'ynaydi. Ona asalari yetishtirishga ixtisoslashgan xo'jaliklar ishiga qaramasdan viloyatimizning qolgan xo'jaliklarida ham uning ixtisoslashuvdan qat'iy nazar, o'z asalarizorlarni sifatli ona asalari bilan ta'minlash uchun doimiy ravishda ertangi ona asalarilar yetishtirishni yo'lga qo'yish lozim.
Ona asalari yoshi va sifatini oila mahsuldorligiga ta'siri. Asalari oilasini xo'jalik sifati va mahsuldorligi ona asalariga bog'liq bo'ladi. Ona asalari qanday bo'lsa, oilada qo'yilgan tuxumidan rivojlanayotgan yangi avlodning o'sishi ham shunday bo'ladi. Shuning uchun ham asalarilar har doim ham asalarilarda yosh va sifatli ona asalari bo'lishiga intiladilar.
Respublikamizning janubiy paxtachilik zonalarda bahor juda erta va qish kech boshlanadi. Bunday davrda ona asalarilar 8-9 oy davomida tuxum qo'yib tez charchaydi, hamda undagi sperma zaxirasi tugash arafasida bo'ladi.
Xuddi shunday asalari oilasi kuchsiz bo'lsa ham, shunday holatni kuzatish munkin. Bu davrda ona asalari har qancha urinmasin, ona asalarini oziqlantirishda tuxum qo'yish uchun katakchalar hozirlash va lichinkalarni boqishda asalari soni yetishmaganligi uchun ona asalari tuxum qo'yishni biroz cheklaydi, natijada yil davomida ona asalari atigi 75-100 mingta tuxum qo'yib, o'zining fiziologik qarish yoshini kechiktiradi va kelgusi yilga ham kuch saqlaydi, yoki aksincha, ona asalarilarda faol davr uzoq davom etib, ular yil davomida 200 mingdan ziyod tuxum qo'ysa, bunday holatda ona asalari organizmi tez charchaydi va fiziologik qarish tez boshlanadi.
Shu sababli Farg' ona viloyati iqlim sharoitida asalari oilasi erta bahordan to kech kuzgacha 8-9 oy davomida ishlaganligi uchun ulardagi ona asalari har yili almashtiriladi, bu usul ilg'or asalarichilarning ko'p yillik ish tajribalarida obdon tekshirilgan va sinovdan o'tgan.
Asalari oilasi mahsuldorligini oshirishda va nafaqat uning yoshi, balkim ona asalari sifati va u qanday sharoitda yetishtirilganligi hamda asalari zoti ham katta ahamiyatga egadir.
Tadqiqot natijalari: Ona asalarining sifati, belgilari quyidagilardan iborat:
a) Ona asalarining qaysi zotga mansubligi, (nasl-nasab, duragayligi va hokazolar) Bunday asalari oilalari o'z irsiy belgilarini o'z avlodiga berib, har qanday ob-havo sharoitida va asal yig'imi mavsumida ham yuqori darajada mahsuldorlikni belgilab beradi.
b) Ona asalarini rivojlanish darajasi uning jinsiy a'zolari tomonidan ko'p miqdorda tuxum qo'yishini ta'minlanish xususiyatiga bog'liq bo'ladi. Asalari oilasidagi kam mahsulli ona asalarilari hech vaqtda ham oilani asosiy asal yig'imigacha rivojlanishini ta'minlay ololmaydi.
Ona asalarilarni tuxum qo'yish imkoniyatlari, uning tuxumdonlarini rivojlanish darajasiga hamda tuxumdonlaridan tuxum naychalarini sifatiga bog'liq. Lekin, ona asalarining bunday belgilari bir vaqtning o'zida chiqarilgan har xil ona asalarilarda ham bir-biridan keskin farq qilib turadi. Masalan, bir xil asalari oilasida ko'ch ajratish oldidan qo'yilgan onadonlardagi ona asalarilarni vazni ham o'zgaruvchan bo'lib, 110 dan 230 mg gacha bo'ladi, uning tuxumdonlaridagi tuxum naychalarini soni ham 90 dan 200 tagacha farq qilib turadi.
Ona asalarining sifati uning yetishtirish davridagi rivojlanish xususiyatlariga, ya'ni ona asalarining 5-6 kunligiga bo'lgan davrda oziqlanishiga bog'liq bo'ladi. Hozirgi davrda ona asalari yetishtirishda xuddi ana shu xususiyatlarga e'tibor berish va ona asalari sifatini oshirish tajribalari o'tkazilmoqda hamda Respublikada ko'p yillik o'tkazgan ilmiy tajribalarida K. Raxmatov (1967)
shunday hulosaga keladiki, aprel va may oylarida yetishtirilgan ona asalarilar bitta tuxumdonidagi tuxum naychalari mart, iyun, iyul oylarida yetishtirilganlarga nisbatan ancha ko'p, ya'ni aprelda yetishtirganlardan 115-185 ta yoki o'rtacha 157,8 tani tashkil etgan bo'lsa, may oyida yetishtirilganlarda esa 11G-185 tani yoki o'rtacha 162 ta tuxum naychalarini tashkil etgan. Ona asalarining qanot qismi ham asosiy sifat korsatgichlaridan biri hisoblanadi. Ona asalarida qanot hajmi qancha keng bo'lsa, ular erkak asalari bilan xavoda uchrashayotgan vaqtda katta ahamiyatga ega, chunki u toza havoda ko'plab erkak asalarilar bilan uchrashgan vaqtda ularni kuchli va keng kanotlari bilan olib uchishiga to'g'ri keladi.
Ona asalarining eksterer va interer sifatlarini belgilovchi xususiyatlari
Ona asalari xajmi. Har bir tuxumdondagi tuxum naychalarining soni (dona) Asal yigimidan oldin oiladagi nasl miqdori (ming dona) Oilaning asal to'plashi (kg)
Eng katta 17G 28,4 27,б
Katta 1б5 25,4 25,5
O'rtacha 1б2 24,3 25,3
O'rtadan past 147 23,3 24,4
Kichik 1G9 22,5 19,2
Ona asalarining hajmidan uning sifatini yetarlicha bilib bo'ladi, uning si fati ona asalarilarni
yetishtirish davridagi oziqlantirishga, havo haroratiga va uya namligiga bevosita bog'liq bo'ladi. Tabiiy onadonlardan foydalanish va ularni ona asalari sifatiga ta'siri-tabiiy sharoitda har bir asalari oilasi uch xil holatda, ya'ni asalari oilasi ko'ch ajratish uchun tayyorgarlik chog'ida, oilada sifatsiz, nuqsonli ona asalari bo'lganida va oilada to'satdan ona asalari o'lib qolganda yoki asalarichi tomonidan u olib qo'yilgan taqdirda yangi ona asalari yetishtiriladi.
Ona asalari sifatiga ta'sir etuvchi omillar. -Ona asalari sifatiga nafaqat irsiy belgilar ta'sir etmasdan, balkim, ona asalari sifatiga uning yetishtirish usullari, uyadagi harorat rejimi, oziqlantirish va ob-havo sharoiti hamda tabiatdagi o'simliklardan kelayotgan gulchang va shiraning kelish hususiyatlariga bog'liq bo'ladi. Ona asalari yetishtirishda ko'pchilik bunday omillarning ba'zi birlarini qo'llashi mumkin.
a) Ona asalari olish usullari. Ma'lumki har qanday asalari oilasi ko'ch ajratishga tayyorgarlik ko'rish oldidan, insonning aralashuvisiz ko'ch ona asalarilari yetishtiradilar.
Ba'zi bir asalarichilik adabiyotlarida yozilishicha, sun'iy yo'l bilan chiqariladigan ona asalarilarning sifati tabiiy yo'l bilan yetishtiriladiganlarga nisbatan ancha past bo'lishi yozilgan. Lekin bular noto'g'ridir.
b) Ona asalari chiqarish davri. Bu davr havoning iqlim sharoitiga, asalari holatiga, asosiy asal yig'ish mavsumi hususiyatlariga, hamda issiq havoning boshlanish davrlariga keskin bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham ona asalari chiqarish davrlari har yili ham bir xil sharoitli joyda bir-biriga o'xshamaydi.
Fargona viloyatining tog'li zonalarida o'zining iqlim tabiiy sharoiti bilan ertangi ona asalari va paketli asalarilar ishlab chiqarish yuksak texnologiya asosida rivojlangan va Yangi Zelandiya va Avstaliyaning janubiy shtatlariga o'xshab ketadi.
REFERENCES
1. Asalarichilikda eksperimental ishlar. V. Bravarskiy. Sh. Suyarqulov. Ha. Brindza. V.
Otchenashko. Toshkent - "Bosma. OAV" bosmaxonasi. 2G21 yil.
2. Gulov A.N., Borodachev A.V., Beryozin A.S. Vozrast trutney va kachestvo trutney. "Asalchilik", 2015 y., 4-son, ko'ch. 44-46 b.
3. Jamolov, R. Q., Xatamova, D. M., Xolmatova, M. A. (2022). Asalarilar oilasining turmush tarzi. Sharq uyg'onishi: innovatsion, ta'lim, tabiiy va ijtimoiy fanlar, 2(10-2), 666-671b
4. R. Jamolov, O. To'rayev, D. Xatamova. "Asalchilik asoslari", Farg'ona "Klassik", 2022 yil.
5. R.K. Jamolov, "Malika asalarilarning tashqi va ichki ko'rsatkichlari", "Zamonaviy fan va ilmiy" xalqaro konferensiya materiallari. 2023 yil
6. R Jamolov, H Rahimov, A Tojaliyev. Asalarilarning harakatlanuvchi organlari. O'zbekistonda ilmiy-innovatsion tadqiqotlar jurnali 1 (7), 282-287 b
7. R. Jamolov. Asalari zotlarini tanlash va O'zbekistonda saqlanayotgan asalari zotlarining tarkibi. (Fan va innovatsiyalar 2 (Maxsus 8-son), 630-634 b)
8. R.Q. Jamolov, G.H. Sharofiddinova. "Asal uyasi, ramkadagi dyuymlarning tuzilishi va ko'payishi". Dunyoda ilm-fan va innovatsion g'oyalar ta'limi 18 (1), 57-61b
9. Jamolov R.Q, Rahimov X, Tojaliyev A. Asalarilarning pufakcha va uyadan oldingi davri. O'zbekistonda ilmiy-innovatsion tadqiqotlar jurnali. 30.10.2023.
10. R.Jamolov, R.Azizov, Z.O'ktamova Malika asalarilarni tinch yo'l bilan asal ari koloniyalari bilan almashtirish va malika sifatiga ta'sir etuvchi omillar Fan va innovatsiyalar 1, 229-233 b.
11. R.Jamolov, I Ergashyeva, D Rustamova. Asalarilarni ko'paytirish. O'zbekistonda ilmiy-innovatsion tadqiqotlar jurnali 1 (9), 255-262.