Научная статья на тему 'ARTPEDAGOGIK YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING BADIIY-IJODIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI'

ARTPEDAGOGIK YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING BADIIY-IJODIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bo‘lajak pedagoglar / badiiy-ijodiy kompetentlik / artpedagogika / artpedagogik tamoillar / art-metodlar / kelajak pedagoglari.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Nasritdinova Madina Nurullayevna, Turg‘unoy Axmadjanovna Egamberdiyeva

Mazkur maqolada yangi davr pedagoglarining badiiy-ijodiy kompetentsiyalarini takomillashtirish natijasida ta’limini modernizatsiya qilishga oid pedagogika sohasiga yangi kirib kelgan bugunda pedagogik texnologiyalar qatorida faol qo‘llanilib kelinayotgan artpedagogika va uning ta’lim samaradorligini oshirishdagi roli muhokama qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ARTPEDAGOGIK YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING BADIIY-IJODIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

UDK: 378.147.34

ARTPEDAGOGIK YONDASHUV ASOSIDA BO'LAJAK PEDAGOGLARNING BADIIY-IJODIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

JNasritdinova Madina Nurullayevna, 2Turg'unoy Axmadjanovna Egamberdiyeva

1Farg'ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi, 2Pedagogika fanlari doktori, professor

ORCID: 0000-0002-0635-7524 https://doi.org/10.5281/zenodo.11531651

Annotatsiya. Mazkur maqolada yangi davr pedagoglarining badiiy-ijodiy kompetentsiyalarini takomillashtirish natijasida ta'limini modernizatsiya qilishga oidpedagogika sohasiga yangi kirib kelgan bugunda pedagogik texnologiyalar qatorida faol qo'llanilib kelinayotgan artpedagogika va uning ta'lim samaradorligini oshirishdagi roli muhokama qilinadi.

Kalit so'zlar: bo'lajakpedagoglar, badiiy-ijodiy kompetentlik, artpedagogika, artpedagogik tamoillar, art-metodlar, kelajakpedagoglari.

Аннотация. В данной статье рассматривается арт-педагогика, которая в последнее время вошла в сферу педагогики, связанную с модернизацией образования в результате совершенствования художественно-творческих компетенций педагогов новой эпохи, и ее роль в повышении эффективности образования.

Ключевые слова: педагоги будущего, художественно-творческая компетентность, арт-педагогика, принципы арт-педагогики, арт- методы.

Abstract. This article discusses art pedagogy, which has recently entered the field of pedagogy related to the modernization of education as a result of improving the artistic and creative competences ofpedagogues of the new era, and its role in increasing the effectiveness of education.

Keywords: teachers of the future, artistic and creative competence, art pedagogy, principles of art pedagogy, art methods.

Bugungi zamon bo'lajak o'qituvchisi kun sayin jadal rivojlanib borayotgan informativ zamon bilan hamnafas tarzda III-mingyillikning bolasiga ta'lim berishda sun'iy intellekt bilan raqobatlasha oladigan darajada ilmli, zukko, intellektual, kreativ tafakkur va analitik fikrlaydigan ong sohiblari sifatida intensiv ta'lim jarayonidagi ro'y berayotgan jarayonlarga labbay deb javob bera olishlari talab etiladi.

Dunyoda sekundiga 174 m/s yangi ma'lumot almashinayotgan jarayonda bugunning ta'limi yangicha qarash sifatida artpedagogika kabi yangi yondashuvlarga muhtoj. O'tmishning zabardast pedagoglari, ilm-ma'rifat yetakchilarining ulkan tajribasi va zamonaviy o'qi tuvchi shaxsining ijodiy-kreativ hamda analitik tafakkur kompetensiyalari shijoat bilan birlashib bugunning pedagogikasini kelajagini belgilaydi.

Jahonning ilg'or ilmiy tadqiqot institutlari va markazlarida, xususan Angliya ta'limi markazi, Yaponiya ta'lim metodini o'rgatish orqali malakalarni rivojlantirish markazi, Vengriya ta'lim metodini rivojlantirish markazi, Germaniya o'quv-tadqiqotlari markazi, Shveysariya ijod markazi, Finlyandiya ta'lim tadqiqotlar instituti, Rossiya gumanitar ta'lim jarayonin i idrok etish tajribasini rivojlantirish markazlarida bo'lajak pedagoglarning ilmiy-nazariy, pedagogik-psixologik va ilmiy-metodik tayyorgarlik darajasini oshirish bilan birga ularda badiiy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

mushohadakorlik, tafakkur, estetik did va ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish va rivojlantirishga qaratilgan ko'plab ilmiy-pedagogik tadqiqotlar olib borilmoqda. Mazkur tadqiqotlarda bo'lajak pedagoglarning kasbiy kompetentligini, badiiy-ijodiy kompetentlik masalalari, didini, idealini va qarashlari tizimini rivojlantirishga doir metodik tizim muntazam takomillashtirilmoqda.

Artpedagogik yondashuv asosida ilm-fandagi yutuqlarni yagona g'oya asosida bir nuqtaga mujassamlashtirish orqali unga iyerarxik -tizimli yondashuv (faoliyatlar aro, mavzular aro, fanlar aro, sohalar aro aloqadorlik asosida) integratsion jarayonni yo'lga qo'yish, ma'lumotlarni o'zlashtirishda yuqori samaradorlikka erishishda ta'limdagi mavjud vositalar bilan raqobatlasha oladigan progressive manbadir.

Ta'limdagi bu kabi ma'suliyatli jarayonlar o'qituvchi gardaniga tushar ekan, bugunning pedagogi o'quvchi-talabalardan doimo bir necha qadam oldinda turishi kerak. Agar o'quvchilar nigohida bilimi past bo'lsa qadr-qimmati bo'lmaydi, o'quvchilarga do'stiday munosabatda bo'lsa o'quvchilarda uniga insbatan ilm manbayiga insbatan extiyoji bo'lmaydi. Shu sababdan pe dagog doimo talabalardan ta'lim berayotganlaridan ortda qolmaslikka, aqliy-intellektual zukko bo'lish, ustoz-murabbiy mavqeyini saqlashi darkor.

Artpedagogik yondashuv asosida tashkil etilgan ta'lim jarayonini bo'lajak zamonaviy o'qituvchilari ya'ni talaba va o'smirlarning ij odiy kompetentligini samarali rivojlantirishda muhim innovatsion pedagogik faoliyat sifatida e'tirof etishimiz mumkin.

Artpedagogika o'zida yetarlicha badiiy-ijodiy imkoniyatlarni mujassam etgani bilan istiqbolli va qaysidir ma'noda texnologik universalligi bilan barcha yosh xususiyatlaridan, aqliy imkoniyatlari, badiiy-axloqiy tarbiyasi darajasidan qat'iy nazar ta'lim oluvchilar bilan til topishishda mustahkam ko'prik bo'lib hizmat qiladi.

Artpedagogikaning yuksak bahosi uning ishonchliligi, samaradorligi, qo'llanilishda osonligi, pedagogik energiya sarfining minimalligi, pedagog mahoratini ochib berish hamda uning faoliyati sifatini o'quvchilar tarbiyasi jabhalarini qurshab olganligi kabi imkoniyatlarni yaratadi.

Talabalarda badiiy-ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda zamonaviy ta'lim texnologiyalariga bo'lgan ehtiej mavjudligi asoslovchi tajriba-sinovda o'z tasdig'ini topdi. Ta'lim texnologiyalari bo'yicha ilmiy-metodik tavsiyalarni keltirishdan avval uning o'quv jaraenidagi in'ikosiga oid nazariy ma'lumotlarni keltirib o'tish joiz deb bildik. Artpedagogik yondashuv kabi zamonaviy texnologiyalar nafaqat ta'lim mazmunini rivojlantirish balki bo'lajak musiqa ta'limi o'qituvchilarining badiiy-ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda qo'l keladi.

REFERENCES

1. Гаязов А. С. Образование и образованность гражданина в современном мире / А. С. Гаязов. М.: Наука, 2003. С. 6.

2. Шопина Людмила Павловна «Развитие художественно-творческих возможностей будущего учителя в условиях высшего педагогического образования: Музыкально-эстетический аспект» https://www.dissercat.com/content/razvitie-khudozhestvenno-tvorcheskikh-vozmozhnostei-budushchego-uchitelya-v-usloviyakh-vyssh

3. Асмолов А.Г. Психология личности: Принципы общепсихологического анализа: Учебник для студ. высш. учеб. заведений. Рек. Мин. обр. РФ. — 2-е изд., перераб. / А.Г. Асмолов. М.: Смысл; Академия, 2002.( 4. Asmolov A.G. Psychology of Personality: Principles of General Psychological Analysis: A Textbook for Students. higher textbook

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

establishments. Rec. Min. arr. RF. - 2nd ed., revised. / A.G. Asmolov. M.: Meaning; Academy, 2002.)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.