Научная статья на тему 'BO‘LAJAK PEDAGOGLARDA KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

BO‘LAJAK PEDAGOGLARDA KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kompetentsiyaviy yondashuv / kasbiy kompetentlik / intellektual rivojlanish / o‘qitishda psixologik-pedagogik va didaktik ilgarilash / binar o‘quv loyiha / kasbiy yo‘naltirish

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sh.D.Ablakulov

Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida kompetentsiyaviy yondashuvni kiritish, bo‘lajak pedagoglarda kasbiy kompetentligini rivojlantirish psixologik-pedagogik vazifalaridan biri ekanligi, dolzarbligi, metodologik asoslari, o‘quv jarayonida kasbiy bilimlar asosida talabalarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning nazariy asoslari yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK PEDAGOGLARDA KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

BO'LAJAK PEDAGOGLARDA KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Sh.D.Ablakulov

Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika va psixologiya fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan

o'rinbosari https://doi.org/10.5281/zenodo.11531325

Annotatsiya. Ushbu maqolada oliy ta'lim tizimida kompetentsiyaviy yondashuvni kiritish, bo'lajak pedagoglarda kasbiy kompetentligini rivojlantirish psixologik-pedagogik vazifalaridan biri ekanligi, dolzarbligi, metodologik asoslari, o'quv jarayonida kasbiy bilimlar asosida talabalarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning nazariy asoslari yoritilgan.

Kalit so'zlar: kompetentsiyaviy yondashuv, kasbiy kompetentlik, intellektual rivojlanish, o'qitishda psixologik-pedagogik va didaktik ilgarilash, binar o'quv loyiha, kasbiy yo 'naltirish.

Аннотaция. В данной статье внедрение компетентностного подхода в систему высшего образования, развитие профессиональной компетентности будущих педагогов является одной из психолого-педагогических задач, ее актуальность, методические основы, теоретические основы развития профессиональной компетентности студентов. на основе профессиональных знаний в образовательном процессе.

Ключевые слова: компетентностный подход, профессиональная компетентность, интеллектуальное развитие, психолого-педагогическое и дидактическое совершенствование в обучении, бинарный образовательный проект, профессиональная ориентaция.

Abstract. In this article, the introduction of a competency-based approach into the higher education system, the development of professional competence offuture teachers is one of the psychological and pedagogical tasks, its relevance, methodological foundations, theoretical foundations for the development of students' professional competence. based on professional knowledge in the educational process.

Keywords: competency-based approach, professional competence, intellectual development, psychological, pedagogical and didactic improvement in teaching, binary educational project, professional guidance.

«O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi»da umumta'lim muassasalarida o'qituvchilarning sifat tarkibini bosqichma-bosqich oshirish, fanlarni chuqurlashtirib o'qitiladigan ixtisoslashgan umumta'lim muassasala ri tarmog'ini kengaytirish, didaktik materiallar va multimedia mahsulotlarining yangi avlodlarini tayyorlash, ta'lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish» [6] kabi vazifalar belgilangan.

Bu esa bo'lajak pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda psixologik-pedagogik fanlarni o'zaro aloqadorlikda o'qitishning nazariy asoslarini aniqlashtirish, uning mazmuni, axborot-metodik ta'minotini takomillashtirishni taqazo etadi.

Respublikamiz oliy ta'lim muassasalarida pedagog kadrlarni tayyorlashning metodologik, psixologik, pedagogik, metodik muammolarini tadqiq etish va samarali echimlarini topish orqali ta'lim sifatini oshirishga bag'ishlangan bir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda [4].

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

Axborotli jamiyat sharoitida bo'lg'usi pedagoglarning kasbiy kompetentsiyasini takomillashtirish yo'llarining biri pedagogika oliy ta'lim muassasalarida fanlarni o'qitishga axborotli yondashuvdan foydalanishdan iborat [5].

Respublikamizda oliy ta'lim tizimida kompetentsiyaviy yondashuvni tadbiq etish, kompetentlik bilim, ko'nikma va shaxsiy sifatlarni ma'lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat uchun tatbiq etish, psixologik jihatdan yondashgan holda amalga oshirilmoqda.

Kasbiy tayyorgarlikda kompetentsiyaviy yondashuvda kompetentlik tushunchasi bilan bir qatorda kompetentsiya tushunchasi ham ishlatiladi.

Kasbiy fanlarni o'zaro aloqadorlikda o'qitishda psixologik-pedagogik va didaktik ilgarilash g'oyasining mohiyati shundan iboratki, talabalarning o'quv-biluv faoliyatiga kelajakda o'zlashtirish (o'rganish) manbaiga aylanadigan axborot (o'quv materiallari) maqsadli kiritiladi. Didaktik ilgarilashning quyidagi ko'rinishlari mavjud: ta'limiy istiqbollarni belgilash, oldindan tanishtirish, dastlabki o'rganish, perspektiv oldindan o'qitish.

Ta'limiy istiqbollarning uch ko'rinishini ajratish mumkin: -qisqa muddatli, - o'rta muddatli -uzoq muddatli.

Kasbiy fanlarini o'qitishda, mashg'ulotlarda ta'limiy istiqbollarni qo'yishda modullarining mantiqiy-ma'noli modeli, mazkur fan asosiy strukturaviy elementlarining predmet ichki va fanlararo aloqalari, shuningdek, o'quv mavzularining (savollar, tayanch tushunchalar va hokazo) strukturaviy-mantiqiy sxemalari qo'shimcha metodik vosita bo'lib xizmat qiladi [1,2].

Shuningdek, fanlararo loyihalar metodini qo'llash talabalarda integrallashgan bilimlarni hosil qilish maqsadida foydalanish yo'lga qo'yish lozim. Bunda kamida ikkita o'quv fani o'qituvchilari va talabalar qatnashib, bu fanlar uchun umumiy bo'lgan ob'ektlarni o'rganadi, natijada integrallashgan bilim, ko'nikma, malaka, kompetentsiyalar hosil qilinadi.

Binar o'quv loyiha - talabalar va fan o'qituvchilarining hamkorlikdagi o'quv faoliyatini tashkillashtirish shakli, qo'yilgan umumiy maqsadga erishishga yo'naltirilgan ma'lum ketma -ketlikdagi harakatlar to'plami, ta'lim oluvchi uchun muhim bo'lgan konkret muammoni m ustaqil echish usuli, yakunlangan natijaviy ma'lumotlar ko'rinishida rasmiylashtirilgan mahsulotdir.

Binar o'quv loyiha talabalarda turg'un motivatsiyani shakllantirishi uchun uning mazmuni sinchiklab tanlanishi lozim. Bunday mazmun sifatida bir necha fanlar yordamida shakllantiriladigan matematik tushunchalarni olish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Maxsus tadqiqotlar tahlili ushbu muammoni hal qilishda yagona yondashuv yo'qligini ko'rsatadi.

Ta'lim nazariyasi va amaliyotida mezonlarni asoslash uchun umumiy talablar mavjud [1,

4]:

-mezonlar shaxsiyatni shakllantirishning umumiy shakllarini aks ettirishi kerak; -mezonlar o'rganilayotgan tizimning barcha tarkibiy qismlari o'rtasida munosabatlarni o'rnatishi kerak;

-sifat va miqdoriy ko'rsatkichlar ijodiy faoliyat o'lchovini aks ettirishi kerak. N.G.Ogurtsov [1] dunyoqarashni shakllantirishning uchta mezonini belgilaydi:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

1. Intellektual-mantiqiy, bu dunyoqarashning mazmunli tomonlarini bilishning to'liqligi, hajmi, ilmiy, tizimli, dalil, mustahkamlik kabi xususiyatlari yordamida bilib olishga imkon beradi;

2. O'quvchining egallab olingan bilimlarga bo'lgan munosabatini ifodalovchi hissiy-ixtiyoriy: qiziqish va ularga ishonish, hissiyot va so'z erkinligida namoyon bo'lgan olingan bilimlarni qo'llashga intilish;

3. Faol, turli xil tadbirlarni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan o'quvchining ijtimoiy faolligi ko'rsatkichlari to'plamini o'z ichiga olgan: bilim, mehnat, ijtimoiy-siyosiy, tashkiliy.

Demak, kasbiy kompetentlik intellektual bilimlar asosida, o'z-o'zidan, kundalik tajriba asosida yoki har xil dunyoqarashlarning o'zaro ta'siri natijasida yoki psixologik ongli ravishda fundamental g'oyalar va g'oyalar tamoyillarni nazariy rivojlantirish orqali shakllanishi mumkin.

Kasbiy kompetentlikni shakllantirishning samaradorligi esa insonning mehnat jarayoni va o'zining muyayan kasbga moyilligi, iqtidori, qiziqishi, psixologik va kasbiy qobiliyatlari haqida xabardorligining kengligi hamda chuqurligi bilan belgilanadi.

Ta'lim oluvchilarning intellektual va kasbiy harakatchanligiga bugungi kunda jamiyat tomonidan qo'yilgan talablar asosida o'quv jarayoni ishtirokchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirish va o'zini o'zi rivojlantirish qonuniyatlarini o'rganish, o'qitishning yangi texnologiyalarini izlash va rivojlantirish zarur.

Demak, kasbiy fanlarni o'qitishda shakllanadigan kasbiy kompetentsiyalarni aniqlashtirish va ularni shakllantirish metodikasini pedagogika va psixologiya, axborot texnologiyalarining yangi yutuqlariga asoslangan metod va vositalar, mashg'ulot shakllari orqali takomillashtirish bo'yicha olib borilishi natijaviylikka ega.

REFERENCES

1. Белих А.С. Мировоззрение студенческой молодежи: проблеми формирования: монография /А.С.Белих. -Луганск: Изд-во «Noulidj», 2012. -232 с.

2. Лернер И.Я. Подготовка будуших учителей трудового обучения и трудовому воспитание школъников.Педагогические образование.-Вип.№2,-М. :Педагогика,1990.-238-242 с.

3. Ожегов, С. И. Толковий словаръ русского язика Текст.: 80 ООО слов и фразеологических виражений / С. И. Ожегов, Н. Ю. Шведова; Российская AN.; Российский фонд кулътури. 2-е изд., испр. и доп. - М.: АЗъ, 1995.-928 с.

4. Islamova M.Sh.The formation of a culture of professional outlook on the basis of forseit technologies in cluster conditions/ Journal NX a multidisciplinary Peer Reviewed Journal (ISSN: 2581-4230) page № 306-309

5. Ernazarova G.O. Shaxsni kasbiy faoliyatga tayyorlashda "Akmeologik yondashuv"ning zarurligi// Ilmiy xabarnoma. -Andijon. -№1/2017. -B 92-94.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O'zbekiston Respubliksi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-son Farmoni. - Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 06/19/5712/3034-son, 29.04.2019 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.