Научная статья на тему 'PEDAGOGNING KASBIY KOMPOTENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIC ASOSLARI'

PEDAGOGNING KASBIY KOMPOTENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIC ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1593
83
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim jarayoni / kompetentlik / bilim / ko’nikma / malaka / motivlashtieish. / educational process / competence / knowledge / skills / skills / motivation.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mamurov, Abdusalom Anvarovich

Ushbu maqolada kompetentlik tushunchasi , kasbiy kompetentlik sifatlari, ijtimoiy kompetentlik, maxsus kompetentlik, shaxsiy kompetentlik, texnologik kompetentlik, ekstremal kompetentlik, kompetentlik turlarl, jmillari, motivlari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL PRINCIPLES OF FORMING THE PROFESSIONAL COMPETENCE OF THE TEACHER

This article describes the concept of competence, professional competence qualities, social competence, special competence, personal competence, technological competence, extreme competence, types of competence, jmill, motives.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGNING KASBIY KOMPOTENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIC ASOSLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(7), July, 2023

PEDAGOGNING KASBIY KOMPOTENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING

PEDAGOGIC ASOSLARI

Mamurov Abdusalom Anvarovich

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchsi [email protected] tel.90 632 61 28

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada kompetentlik tushunchasi , kasbiy kompetentlik sifatlari, ijtimoiy kompetentlik, maxsus kompetentlik, shaxsiy kompetentlik, texnologik kompetentlik, ekstremal kompetentlik, kompetentlik turlarl, jmillari, motivlari bayon etilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim jarayoni, kompetentlik, bilim, ko'nikma, malaka, motivlashtirish.

ABSTRACT

This article describes the concept of competence, professional competence qualities, social competence, special competence, personal competence, technological competence, extreme competence, types of competence, jmill, motives.

Keywords: educational process, competence, knowledge, skills, skills, motivation.

АННОТАЦИЯ

В данной статье излагается понятие компетентности , профессиональные компетентностные качества, социальная компетентность, специальная компетентность, личностная компетентность, технологическая компетентность, экстремальная компетентность, виды компетентностиl, jmill, мотивы.

Ключевые слова: образовательный процесс, компетентность, знания, умения, навыки, мотивация.

KIRISH

Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o'rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo'lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo'lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Kompetentlik tushunchasi ta'lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik "noan'anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o'zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o'zaro munosabatlarda yangi yo'l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to'la ma'lumotlardan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik"ni anglatadi.

Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli qarorida belgilangan vazifalar muhim ahamiyat kasb etadi {1].Ta'limdagi islohatlar oliy ta'lim sohasidagi davlat siyosati printsiplari asosida amalga oshiriladi. Oliy maktabda ta'lim jarayoni bo'lajak mutaxassis shaxsini shakllantirish vazifasini amalga oshirishga qaratilgan o'z mazmuni bilan ifoda etiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Kasbiy kompetentlik - ko'p qirrali va ko'p jihatli tushuncha, u jamiyatda sodir bo'luvchi o'zgarishlarga mos ravishda o'zgaradi hamda turli nuqtayi nazarlar ostida ko'riladi. O'qituvchining "kasbiy kompetentligi" tushunchasi mazmuniga zamonaviy yondashuvlar tahlili ko'rsatishicha, mazkur muammo hozirgi vaqtda uning talqiniga turlicha mazmun baxsh etuvchi, mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan faol o'rganilmoqda. Ye.V. Bondarevskaya kasbiy kompetentlik tushunchasini uning asosiy komponenti hisoblangan, "ta'limda hunarmandni" emas, balki yuqori madaniyatli mutaxassisni shakllantirishga yordam beradigan "pedagogik madaniyat" tushunchasi bilan bog'laydi.

Tadqiqotchilar o'z tadqiqotlarida kompetentsiyaning turli ta'lim yo'nalishlarida turli jihatdan tahlil qilishgan. N.A.Muslimov bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompetentliklarini shakllantirishda tayanch, umumiy va maxsus kompetentlik darajalarini shakllantirish muhimligini aniqlagan [3.78]. Tayanch kompetenlikliklar -ta'lim oluvchining ta'lim jarayoni nihoyasida ega bo'lgan barcha tushunchalari, bilimi, ko'nikma va malakalaridir. Xulq-atvori va fikrlashi keng ma'nodagi "kompetentlik" tushunchasiga kiritiladi. Ta'lim jarayonining maqsadi ta'lim oluvchining kompetentliklarini rivojlantirishni rag'batlantirish hisoblanadi.

S.Ya. Batishev va B.S. Gershunskiy kasbiy kompetentlikni "savodxonlik kasbiy kompetentlik - madaniyat - mentalitet" umumiy bo'g'inidagi ta'lim natijasi sifatida qaraydi. B.S. Gershunskiyning fikriga ko'ra, kasbiy kompetentlik kasbiy bilimlar, fanni o'zlashtirish ko'nikmalari va ularni faoliyatda amalga oshirish malakalarining shakllanganligining ma'lum darajasi, sifat va natijaviy ko'rsatkichini aks ettiradi. Uning yozishicha, kasbiy kompetentlik, asosiy ravishda kasbiy ta'limining darajasi, insonning tajribasi va individual qobiliyatlari, uning uzluksiz mustaqil ta'limga va o'z-o'zini takomillashtirishga motivli intilishi, ishga ijodiy va mas'uliyatli munosabati bilan aniqlanadi. U kasbiy kompetentlik funksional savodxonlikdan tashqari, fan mazmunidan ko'ra shaxsning shakllantiriladigan sifatlari: mas'uliyat, ijod, qiziquvchanlik, tirishqoqlik, yangi bilimlarni egallashga intilish, haqiqatni

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

estetik idrok etish, o'z ishining haqiqiy professionalini tasavvur etib bo'lmaydigan yuqori axloqiylikni ajratadi. Kasbiy kompetentlik o'z ichida falsafiy, psixologik, ijtimoiy, madaniy, shaxsiy tartibdagi jihatlarni qamrab oluvchi tizim sifatida ifodalanishi mumkin.

Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo'nalish bo'yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o'zlashtirilishini nazarda tutadi. Suningdek, kompetentsiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma'lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o'z faoliyatida qo'llay bilishni taqozo etadi.

NATIJALAR

Kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlarning mohiyati quyidagicha yoritiladi:

1. Ijtimoiy kompetentlik - ijtimoiy munosabatlarda faollik ko'rsatish ko'nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda subyektlar bilan muloqotga kirisha olish.

2. Maxsus kompetentlik - kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo'lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informasion, kreativ, innovasion va kommunikativ kompetentlik ko'zga tashlanadi.

3. Shaxsiy kompetentlik -izchil ravishda kasbiy o'sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o'z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.

4. Texnologik kompetentlik - kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg'or texnologiyalarni o'zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.

5. Ekstremal kompetentlik - favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to'g'ri harakatlanish malakasiga egalik [4.85].

Pedagogning kasbiy kompetentligi-uning kasbiy tayyorgarligi va kasbiy yetuklikligini baholovchi me'yor. Kasbiy kompetentlik-mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo'llay olinishi.

Pedagogning kasbiy kompetentlik tushunchasiga nisbatan ilmiy doirada turli munosabatlar ilgari suriladi. U mehnat subyektiga nisbatan aniq faoliyat talablari yoki aynan, subyektning aniq faoliyatning o'ziga xos jihatlariga nisbatan munosabatini tavsiflovchi xususiyat sifatida qo'llaniladi. Ta'lim strategiyasining

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

modemizatsiyasida kompetentlikni bilim, malaka va ko'nikmalarga qarama-qarshi qo'yish emas, balki amalda qo'llay bilish nazarda tutilgan:

MUHOKAMA

Kompetentlik tushunchasi bilim, ko'nikma va malaka tushunchalarining keng ma'noda qo'llanilishi bo'lib, o'z tarkibiga (aslida, gap kompetentlikni bilimlarning oddiy adaptiv yig'indisi sifatida emas - malaka - ko'nikma tushunchalarining ma'nosi bu bir qancha boshqa tushunchalarni anglatadi). Kompetentlik tushunchasi o'zida kognitiv va operatsional-texnologik tarkibiy qismigina emas, balki motivatsion, axloqiy, ijtimoiy va xulqiy qismlarini ham oladi. U ta'lim natijalarini (bilim va malaka), qadriyatli yo'nalganlik tizimi, odatlar va boshqalarni jamlaydi.

Kompetentliklarni ikki turga ajratish mumkin:

1) o'quv fani yoki ta'lim yo'nalishi bilan bevosita bog'liq bo'lgan kompetentliklar - ixtisoslikka oid maxsus kompetentliklar;

2) barcha ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ham muhim hisoblanadigan kompetentliklar - umumiy kompetentliklar. Umumiy kompetentliklar ba'zan "transversal ko'nikmalar" deb ataluvchi, ya'ni, barcha yoki ko'pchilik fanlar yo'nalishlariga xos bo'lgan ko'nikmalarga o'xshab ketadi. Umumiy kompetentliklarning qanchalik muhimligi to'g'risidagi bilimlarni rivojlantirish maqsadida ularning eng muhimlarining ro'yxatini to'zib olish zarur, ularning ahamiyati va oliy ta'lim muassasalarida rivojlantirilayotgan kompetentliklarga mos kelish darajasi aniqlanishi kerak.

Kompetentlik turlarining umumiy tomonlari va farqlari aniqlanib, ta'lim yo'nalishlari bo'yicha maxsus kompetentliklar ro'yxati shakllantirilishi kerak. Maxsus kompetentliklar guruhidan ularning qaysi birlari birinchi bosqichda, qaysisi ikkinchi bosqichda va qaysilari uchinchi bosqichda muhimligi, shuningdek, qaysi bosqichlari ularni rivojlantirish kerakligi aniqlanadi

Shuningdek, ta'lim mazmuni uch darajada:

- tayanch kompetentlik (o'quv rejasidagi barcha blok fanlari uchun);

- fanlararo kompetentlik (o'quv rejasidagi bir blok fanlari to'plami uchun);

- predmet doirasidagi kompetentlik (o'quv rejasidagi bir fan yuzasidan) shaklida keltirilgan

Kompetentlik uch muhim omil bilan bog'liq bo'lgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirishni nazarda tutadi:

- boshqa odamlar bilan munosabatlar madaniyatini;

- o'z faoliyat sohasi haqida axborot olish ko'nikmasini;

- o'quv axborotini boshqalarga berish ko'nikmasini.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

Shunday qilib, professional-pedagogik kompetentlik quyidagi asosiy komponentlar bilan tavsiflanadi:

- shaxsiy-insoniy mo'ljal;

- pedagogik jarayonni tizimli idrok etish;

- o'z faoliyati sohasida mo'ljal ola bilish;

- pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirganlik.

O'qituvchidan talab qilinadigan kompetentlik quyidagi turlarga ajratiladi:

- professor-o'qituvchi tomonidan o'z bilimini muntazam ravishda boyitib borish, egallagan malakalarini takomillashtirishga tayyor bo'lish, zamon yangiliklaridan boxabar bo'lish;

- ta'lim jarayonida axborot kommunikatsiya, informasion texnologiyalari va o'qitish vositalarining barcha turini qo'llay olish ko'nikma va malakasiga ega bo'lish;

- anglangan va mustaqil faoliyat (mustaqil fikr, maqsad qo'yish, o'quv adabiyoti va qo'shimcha manbalardan to'g'ri foydalana olish);

- tashabbuskorlikda o'z harakatlari uchun javobgarlikni his qila olish;

- tanqidiy fikr yurita olish va dars jarayonida yuzaga kelgan muammoli vaziyatlarni ijobiy hal eta olish;

- hamkorlik, o'zaro bir-birini tushunish, empatiya bildirish, o'zaro hurmat va ishonchga asoslangan pedagogik muloqotni o'rnata olish;

- chuqur kasbiy bilimdonlikka ega bo'lish.

Hozirgi zamon oliy o'quv yurti professor o'qituvchisining kasbiy bilimdonligi va qobiliyati mezonlariga quyidagilar kiradi:

Ijtimoiy bilimdonlik - dars mobaynida auditoriya bilan samarali o'zaro muomala shaklini tashkil eta olish, yoshlar bilan til topish va sog'lom ma'naviy muhitni hosil qila olish qobiliyati.

Uslubiy bilimdonlik - barcha bilimlarini, ko'rgan-kechirganlarni yoshlarga tushunarli, ravon tilda yetkaza olishi, ta'lim texnologiyasi va metodlaridan samarali foydalanishi.

Ixtisoslik bilimdonligi - o'z fani va predmeti sohasi bo'yicha chuqur va har tomonlama mukammal bilimlarga ega bo'la olishi, o'z ustida ishlash qobiliyati.

Psixologiyada ta'kidlanganidek, har bir shaxs takrorlanmasdir. U pedagogik jarayonning o'z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega bo'lgan ishtirokchisi hamdir. Pedagog doimo o'sib o'zgarib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga yondashishda bir xil qolip, shakllanib qolgan xatti-harakatlardan foydalanish mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi.

Masalan, tadqiqotchi olim E.F.Zeer kasbiy kompetentlikning funksional taraqqiyotini tadqiq qilish kasbiy kamolotga erishish chog'ida kompetentlikning turli

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

ko'rinishlari integrasiyalashib borishini va ularning kasbiy muhim shaxs sifatlari bilan aloqasi kuchayib borishini ko'rsatdi [2.14.].

Xususan, kasbiy kompetentlikning asosiy darajalariga kasbiy tayyorgarlik va tajriba, o'zini o'zi anglash, o'z kuchiga ishonish, o'zga insonlar tomonidan ko'rsatilgan kamchiliklarni to'g'ri qabul qilish va shu kabi boshqa kasbiy kamolotni belgilab beruvchi shaxs xususiyatlarini kiritadi.

Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo'nalish bo'yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o'zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetentlik mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma'lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o'z faoliyatida qo'llay bilishni taqozo etadi.

Kasbiy kompetentsiyaga ega mutaxassis:

- o'z bilimlarini izchil boyitib boradi;

- yangi axborotlarni o'zlashtiradi;

- davr talablarini chuqur anglaydi;

- yangi bilimlarni izlab topadi;

- ularni qayta ishlaydi va o'z amaliy faoliyatida samarali qo'llaydi [ 44.81].

Kasbiy kompetentlikning tabiatini nazariy tahlil qilish, uning mazmunini

modellashtirish, oliy ta'lim muassasasi talabalarining kasbiy kompetentligini shakllantirishning refleksiv monitoringi kontseptsiyasini ishlab chiqish ilgari surilgan gipotezani xar tomonlama asoslashga ytish imkonini beradi. Eksperimental nuqtai nazardan, gipotetik jihatdan oliy ta'lim muassasasi talabalarining kasbiy kompetentligini shakllantirishning refleksiv monitoringi texnologiyasi uni loyihalash va amalga oshirishning asosida quyidagilar qo'yilgan bo'lsa, samarali bo'ladi:

- talabalar va amalda ishlaydigan xodimlarning pedagogik fanlarni o'rganish jarayonida sifat etaloni asosida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning o'zini baholash va refleksiv tashxisining mazmunga mos tegishli adekvat shakllari;

- maqsadlar shajarasini daraxtini qurish mantig'ida pedagogning kasbiy kompetentligini shakllantirishning didaktik asoslarini amalga oshirish orqali boshqaruvning darajalari, maqsad orientirlari (strategik, taktik, operatsion), bosqichlari va va motivatsion dasturli-maqsadli boshqaruv dasturlarini boshqarish va amalga oshirishning o'zaro aloqasi.

Shu maqsadda oldimizda quyidagi vazifalarni hal qilish vazifasi turibdi:

- eksperimental dastur ishlab chiqish;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

- oliy ta'lim muassasasi talabalarining kasbiy kompetentligini shakllantirishning refleksiv monitoringi ishlab chiqilgan texnologiyasi samaradorligini tekshirish uchun maxsus tashkil etilgan empirik tadqiqot o'tkazish;

- olingan eksperimental ma'lumotlarning haqqoniyligini, erishilgan natijalarning ishonchliligini va qo'llanilgan usullarning validligini asoslash.

Pedagog barcha vaziyatlarda ham o'z faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishi uchun doimiy ravishda o'z bilim va mahoratini oshirib, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari, ilg'or xorijiy pedagogik tajribalar, metod va usullarni muntazam o'rganib, pedagogik kasbiy bilim va ko'nikmalar hamda shaxsiy sifatlarga ega bo'ladi va uning amaliy faoliyati davomida zarur kompetensiyalari rivojlanadi .Har qanday ilmiy tadqiqotni amalga oshirishning metodologiyasi tanlab olinadigan g'oyalar, nazariya va yondashuvlar asosida o'rganiladigan hodisa va jarayon mohiyati talqin qilinishida o'z ifodasini topadi, obyekt to'g'risidagi tasavvurlar modellashtiriladi, uni samarali rivojlantirishning mexanizmlari, vosita va pedagogik shart-sharoitlari aniqlanadi [5].

Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo'llay olinishidir. Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan aloxida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustakil yunalish bo'yicha integrativ bilimlar va xarakatlarning o'z lashtirilishini nazarda tutadi.

Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, muxim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma'lu-motlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o'z faoliyatida qo'llay bilishni taqozo etadi. Kasbiy kompetentlik quyidagi xolatlarda yaqqol namoyon bo'ladi:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- murakkab j arayonlarda va noaniq vazifalarni bajarishda;

- bir-biriga zid ma'lumotlardan foydalanishda; -kutilmagan vaziyatda xarakat rejasiga ega bo'la olishda Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis eng avvalo:

- o'z bilimlarini izchil boyitib boradi xamda yangi axborotlarni uzlashtiradi;

- davr talablarini chukur anglaydi va yangi bilimlarni izlab topadi;

- ularni kayta ishlaydi va uz amaliy faoliyatida samarali qo'llay oladi ;

Zamonaviy ta'limning asosiy maqsadi jamiyat va davlat uchun har tomonlama

rivojlangan, jamiyatga, mehnat faoliyatiga ijtimoiy moslashuvchan, o'z ustida ishlay oladigan shaxsni tayyorlashdan iborat. Demak, har tomonlama rivojlangan shaxs tarbiyasida pedagoglarning kompetentlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Ta'lim va tarbiya jarayonida yoshlar ajdodlar tomonidan to'plangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat va mehnat ko'nikmalarini o'zlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda o'zining munosib o'rnini egallashi, salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(7), July, 2023

pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadindesak mubolag'a bo'lmaydi.

XULOSA

Yuksak malakali mutaxassislar tayyorlashga yo'naltirilgan ta'limiy muhitni ta'lim muassasalarida shakllantirish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratishda o'qituvchilarning ehtiyojlari va imkoniyatlarini o'rganish asosida ularning kasbiy kompetentliligini takomillashtirish va rivojlantirish zarur bo'lib, mazkur jarayonda motivlashtirish o'ziga xos ahamiyat kasb etadi.

Kasbiy kompetentlilikni rivojlantirish jarayonlarida ham motivlar o'ziga xos ahamiyat kasb etadi, chunki ular kasbiy ta'lim-tarbiya jarayoni va tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarining samaradorligiga bog'liq bo'lib, kasbiy kompetentlilikni rivojlantirish jarayonlari natijaviyligini ifodalaydi.

Ta'lim muassasalarida umumiy manfaatlar uyg'unlashuvida va ehtiyojlarni qondirish yo'nalishida belgilanadigan maqsadni tanlash va unga erishish jarayonida, ya'ni o'qituvchilarni o'z kasbiy mahoratini rivojlantirishga undovchi va harakatga keltiruvchi motivlarning ahamiyati va ta'siri ularning tasavvuri orqali sinovdan o'tadi.

Motivlarni o'qituvchilar tomonidan qabul qilinishida ularning ishonchliligi, ta'sirchanligi va ahamiyatini asoslash orqali o'qituvchilarga ta'sir ko'rsatish motivlashtirishni ifodalaydi. Psixologik adabiyotlarda motivlashtirish keng ma'noda inson hayotining (uning xulq-atvori, va mohiyatining) murakkab, ko'p qirrali boshqaruvchisi deb keltiriladi. O'qituvchilar faoliyati turli motivlar yordamida boshqarilishi mumkin. Motivlar yordamida irodaviy xatti-harakatlarni vujudga keltiruvchi va faoliyatni muvofiqlashtiruvchi ta'siri samarali hisoblanib, faoliyat natijalarining samaradorligi motivlarning xususiyatiga bog'liq bo'ladi, bu o'z navbatida motivlashtirish jarayonining samaradorligini ifodalaydi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Узбекистан Республикаси Президентининг 2019 йил 8 октябрдаги "Узбекистан Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тугрисида"ги ПФ-5847-сон Фармони. ^онун хужжатлари туплами миллий базаси https://lex.uz/

2. Зеер Э.Ф. Психолого-дидактические конструкты качества профессионалного образования. // М.: "Образование и наука" журнали. 2002. №2. С. -14.

3. Muslimov N.A. va boshkalar. Kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. / Monografiya. - T.: "Fan va texnologiya" nashriyoti, 2013. 76-81 b.

4. Маркова А.К. Психологический анализ профессиональной компетентности

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

учителя // Советская педагогика. - 1990. - № 8. - С. 82-88.

5. Karimova, M. O., & Saidullaeva, A. R. (2020). Pedagogical basis of the use of universal and national values in the spiritual and moral education of children in the family. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(7), 8547-8555.

6. Karimova, M., & Tuychieva, R. (2019). THE PEDAGOGICAL BASICS OF TRAINING STUDENTS FOR PROFESSIONAL, MORAL AND EDUCATIONAL FUNCTION. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(10), 311-317.

7. Karimova, M. O., & Sharipova, D. A. (2023). BO 'LAJAK MUTAXASSISLARNI INNOVATSION YONDOSHUV ASOSIDA PEDAGOGIK AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1), 18-26.

8. Каримова, М., & Тоджиев, Х. (2021). Укув жараёнини технологик ташкил этиш хусусиятлари. Общество и инновации, 2(8/S), 227-233.

9. Каримова, М. (2021). Мутахассисни касбий тайёрлаш жараёнини моделлаштириш. Общество и инновации, 2(8/S), 274-282.

10. Ma'Murov, A. A. (2022). TARBIYA JARAYONIDA AMALIY SAN'ATDAGI USTOZ VA SHOGIRD ODOBI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 138-142

11. Sulaymonova, S. B. Q. (2021). TASVIRIY SAN'AT ORQALI DUNYO SIVILIZATSIYASINI O'RGANISH OMILLARI. Academic research in educational sciences, 2(6), 730-735.

12. Мадаминов, Н. М. (2022). ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА ТАСВИРИЙ САНЪАТНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ВА КОМПЬЮТЕР ГРАФИКАСИДАН КЕНГ ФОЙДАЛАНИШ ЕЧИМЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 46-50.

13. Yunusaliyev, M. T. (2022). RANGTASVIRDA KONTRAST VA NYUANS'LARNING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 174-182.

14. Qurbonova, B. M. (2022). ME'MORIY OBIDALARNING BADIIY, ESTETIK QIYMATIDAN SAMARALI FOYDALANISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 106-109.

15. Бобоева, З. (2022). ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ТАСВИРИЙ САНЪАТНИНГ УРНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 51-55.

16. Yuldashev, I. (2022). URF-ODAT VA MAROSIMLAR MILLIY LIBOSLARNI SHAKLLANTIRUVCHI ASOSIY VOSITA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 78-83.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

17. Сулайманова, С. Б. К. (2022). BADIIY TA'LIMDA TALABALARNI O'QITISHDA SAMARALI DIDAKTIK PRINSIPLARDAN FOYDALANISH USULLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 143-150.

18. Yuldashev, I. (2022). QADIMGI AN'ANALAR DAVOMIYLIGI USUL VA USLUBLARINI TURLI YO'NALISHLARDA TASVIRLASHDA KITOBAT HAMDA MINIATYURA SAN'ATINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 209-216.

19. Ахмедова, Н. Э. (2022). МУЪЖАЗ САНЪАТНИНГ БЕТАКРОР НАФОСАТ ОЛАМИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 125-130.

20. Ахмедова, Н. Э. (2022). БУГУНГИ ЁШ АВЛОДНИ АХЛО^ИЙ, КОГНИТИВ ВА ЭСТЕТИК ТАРБИЯСИНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА КИТОБОТ САНЪАТИНИНГ УРНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 204-208.

21. Юнусалиев, М., Мадаминов, Н., & Мамуров, А. (2022). МЕТОДИКА РАБОТЫ НАД РИСОВАНИЕМ НАТЮРМОРТА. Research Focus, 7(2), 326-332.

22. Мадаминов, Н. М. (2022). ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА ТАСВИРИЙ САНЪАТНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ВА КОМПЪЮТЕР ГРАФИКАСИДАН КЕНГ ФОЙДАЛАНИШ ЕЧИМЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 46-50.

23. Мадаминов, Н. М. (2022). МАСОФАВИЙ ТАЪЛИМ ПЛАТФОРМАЛАРИ ИМКОНИЯТЛАРИНИ ОЛИЙ ТАЪЛИМДА ТАКОМИЛЛАШТИРИШ МУАММОЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 115-119.

24. Мадаминов, Н. М. (2022). ТАЪЛИМДА ИНФОРМАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ВА ТАЛАБАЛАРДА КАСБИЙ КУНИКМАЛАРНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 200-203.

25. Madaminov, N. M., Yunusaliyev, M. T., & Mamurov, A. A. (2022). TASVIRIY SAN'ATDA RANGLAR GARMONIYASI (ЦВЕТОТЕРАПИЯ) ORQALI INSONLARNI DAVOLASHNING O 'ZIGA XOSLIGI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 1265-1272.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.