Научная статья на тему 'XORIJIY TADQIQOTLARDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING KASBIY FAOLIYATINI IJTIMOIY KOMPETENTLIK ASOSIDA RIVOJLANTIRISH ZARURIYATLARI'

XORIJIY TADQIQOTLARDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING KASBIY FAOLIYATINI IJTIMOIY KOMPETENTLIK ASOSIDA RIVOJLANTIRISH ZARURIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
professonal ta'lim / bo‘lajak o‘qituvchilar / ijtimoiylik / kompetentlik / rivojlantirish / tadqiqotlar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ibroximov Maqsadjon Axmedovich

Maqolada, olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar mazmun va mohiyatida professonal ta'lim yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish masalasiga oid tahlillar izohlangan. Shuning bilan birga professonal ta'lim yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari tavsiflangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORIJIY TADQIQOTLARDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING KASBIY FAOLIYATINI IJTIMOIY KOMPETENTLIK ASOSIDA RIVOJLANTIRISH ZARURIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

XORIJIY TADQIQOTLARDA BO'LAJAK PEDAGOGLARNING KASBIY FAOLIYATINI IJTIMOIY KOMPETENTLIK ASOSIDA RIVOJLANTIRISH ZARURIYATLARI

Ibroximov Maqsadjon Axmedovich

tadqiqotchi, NamDU https://doi.org/10.5281/zenodo.11531439

Annotatsiya. Maqolada, olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar mazmun va mohiyatida professonal ta'lim yo'nalishi talabalarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish masalasiga oid tahlillar izohlangan. Shuning bilan birga professonal ta'lim yo'nalishi talabalarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishning o'ziga xos xususiyatlari tavsiflangan.

Kalit so'zlar: professonal ta'lim, bo'lajak o'qituvchilar, ijtimoiylik, kompetentlik, rivojlantirish, tadqiqotlar.

Hozirgi kunda ilmiy texnik taraqqiyotning innovatsion rivojlanishi, bilimlarning tezlik bilan yangilanishi bo'lajak mutaxassislarning zamonaviy sharoitlarga tez moclashishi hamda o'quv-bilish motivlarini egallashlariga intilishini talab etadi. Bu esa bo'lajak professonal ta'lim o'qituvchilarini mustaqil izlanishga, kasbiy muammolarni mustaqil yechish bilan birga ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish zaruriyatini tug'diradi. Shuning uchun ham, bugungi kunda ijtimoiy faol bo'lgan mutaxassislarni tayyorlash jarayoni uzluksiz ta'lim tizimining eng asosiy vazifalaridan bo'lib, bunda ijtimoiy kompetentli yondashuv asosida bo'lajak professonal ta'lim o'qituvchilarining ijtimoiy kompetentligini rivojlantirish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Xorijiy mamlakatlarning tadqiqotchi olimlaridan D.Gvin, K.Kamiron, M.Shamier va J.Xemeleynenlarning ilmiy izlanishlarida yoshlar ijtimoiylashuvining pedagogik konsepsiyasi va amaliy xususiyatlari yoritilgan [1]. B.Blum, R.Moxan kabi tadqiqotchilar ta'limda ijodkorlik, pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, kompetentlik masalalari, professonal-pedagogik yetuklik muammolari, pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirishni nazariy va amaliy asoslashga e'tibor qaratgan [2]. Ushbu mualliflarning ilmiy-tadqiqot ishlarini, oliy ta'lim muassasalarida o'qituvchilar tayyorlash jarayonini tashkil etilishi, fanlarni o'qitish, malakaviy pedagogik amaliyot holatini tahlil etish masalalari tadqiq qilingan. Ilmiy-texnik taraqqiyot talablardan kelib chiqqan holda bo'lajak professonal ta'lim o'qituvchilarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishning metodologik va ilmiy-metodik asoslari, tamoyillari, pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash, ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish hamda amaliyotga tatbiq etish zaruriyati tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi.

Pedagogikadagi kompetentli yondashuv va ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish muammosi ko'plab tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida turli yo'nalishlarda talqin qilingan. Bo'lajak professonal ta'lim o'qituvchilarining ijtmoiy fikrlashi, mustaqilligi, faollik hamda ijodkorliklarining rivojlanib borishi, dunyoqarashlarining kengayib borishi, o'z-o'zini nazorat qilish va tarbiyalashga bo'lgan ehtiyojlarining shakllanishi bilan xarakterlanadi. Malakali kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish hamda ularning ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishda o'qitishning zamonaviy usullari, shakl, metod va vositalari, didaktik o'yin texnologiyalari, muammoli vaziyatli topshiriqlar, xususan, mustaqil ta'limning noan'anaviy metodlari muhim o'rin tutadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

Bo'lajak professonal ta'lim o'qituvchilarining darsdan bo'sh vaqtlarida o'z-o'zini takomillashtirish borasida muttasil ishlamasliklari, axborot texnologiyalaridan foydalanish kompetentligi talab darajasida emasligi ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishda muhim muammolar tug'diradi. Mazkur muammolarni ijobiy hal qilish uchun ta'lim -tarbiya jarayonini tashkil etishda talabalarni o'qituvchi tanlovi asosida imkoniyatidan kelib chiqib rejalashtirilgan dasturdan chiqmagan holda, ta'lim beruvchi xohlagan metod, shakl va vositalar asosida "o'qitish" emas, balki talabalarda shakllanishi zarur bo'lgan kompetensiyalarni ongli ravishda o'zlashtirish ishtiyoqini rivojlantirish, ichki va tashqi motivatsiyani sifat li bilim olishga yo'naltirish, ya'ni (mustaqil izlanuvchi sifatida) ta'lim olishga yo'naltirish kerak.

Kompetentli yondashuv asosida bo'lajak professonal ta'lim o'qituvchilarining ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishda pedagogik faoliyat va nazorat muhi tining o'zaro ta'sirlashuvi mexanizmlari quyidagi jarayonlarni o'z ichiga oladi [3]: bo'lajak professonal ta'lim o'qituvchilarining ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishning asosiy maqsadi davlat buyurtmasi va jamiyat talablariga muvofiq professonal ta'lim yo'nalishlarida malakali kadrlar tayyorlash; Davlat ta'lim ctandartlarida bitiruvchining professonal-pedagogik faoliyatida o'qituvchilik, tarbiyachilik, o'quv-metodik, ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot vazifalarini amalga oshirishi ko'zda tutilgan.

Bo'lajak professonal ta'lim o'qituvchilarida tayanch, umumkasbiy va maxcuc-kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish va ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishda ta'lim mazmuni, o'quv reja, dasturlar, ta'lim shakli, metod, vositalari va darsliklar, elektron axborot ta'lim recurclari hamda boshqa didaktik materiallar, o'quv-metodik qo'llanmalar, laboratoriya jihozlari, ta'lim texnologiyalari va boshqalardan foydalanish asosida aniqlanadi [6]. Professonal -pedagogik faoliyatni amalga oshirish va nazariy bilimlar hamda pcixomotorik harakatlar asosida amaliy ko'nikmalarni real sharoitda qo'llash maqsadida malakaviy pedagogik amaliyot tashkil etiladi [4]. Bunda bo'lajak professonal ta'lim o'qituvchilari ta'lim jarayonida egallangan umumkasbiy va maxcuc kompetensiyalarni namoyon etish professonal-pedagogik faoliyat jarayonida - keng dunyoqarashga ega, mustaqil, faol, tashkilotchi, qobiliyatli, ijodkor, malakali kadrlarning tayyorlanganligini aniqlash va tahlil qilib borish uchun faoliyat monitoringi amalga oshiriladi. Natijada etuk, malakali kadrlarning mustaqil va rejali asosda o'z uctida ishlashi, ijtimoiy kompetensiyalarni izchil rivojlantirib borishini ta'minlash.

Bo'lajak professonal ta'lim o'qituvchilarining ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishning o'ziga xoc xususiyati aniqlandi hamda qiyociy tavcifi ishlab chiqildi. Hozirga zamon oliy pedagogik ta'lim muassasalarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishga oid o'tkazilayotgan darslar monitoringning bir qancha usullari mavjud. Tadqiqotimiz davomida ma'lum bo'ldiki, tajribali pedagog mutaxassisning tashkillashtirgan dars jarayonini kuzatib, uni tahlil etishda quyidagilarga e'tibor berishlari maqsadga muvofiq deb hicoblaymiz:

- o'qituvchining darsga tayyorgarlik darajaci va uning ijtimoiy kompetentlik bo'yicha materiallar asosida mavzuni tushuntira olishni namoyon etganligi;

- o'qituvchida muayyan darsga taalluqli o'quv rejaci va ijtimoiy kompetentlik bo'yicha ishlanmalarning mavjudligi, didaktik tarqatma material, ko'rgazmali qurollarning tayyorligi;

- o'qituvchining darsga tayyorgarligi bilan yuzaki (yoki darsning bir qicmida) tanishib chiqilmaydi. Uning darsga tayyorgarligini, ijtimoiy kompetentlik bo'yicha materiallarni qo'llay olganligini, ularning talabalarga tushunarli bo'lganligi, ularda qiziqish uyg'otganligi da rajacini butun mashg'ulot mobaynida kuzatish va tahlil etish lozim;

- darsning maqsad va vazifalari qo'yilish jarayonida pedagog ijtimoiy kompetentlik bo'yicha materiallarning mazmunini tushuntirishga alohida e'tibor berishi maqsadga muvofiqdir;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" 4 JUNE, 2024

pedagogning ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishga oid masalalarni akc ettiruvchi mavzuning mohiyatini ochib berish orqali darsga aniq maqsad ko'yishi, o'qituvchi talabalarda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish bilan bog'liq bo'lgan maqsadni to'g'ri izohlashi va o'qituvchi hamda talabalarning vazifalari aniq belgilanishi zarur;

- tashkiliy ishlar tahlili davomida auditoriyaning umumiy tayyorgarligiga alohida e'tibor qaratish maqsadga muvofiq. Ya'ni auditoriyada talabalar o'z joylarini egallaganligi, ular diqqati dars mavzuciga yo'naltirilganligi, ko'rgazmali qurollar, kompyuter texnikasidan foydalanish orqali namoyish etilayotgan claydlar mavjudligi, ijtimoiy kompetentlikni namoyish qilinishiga mo'ljallangan axborotlarning kompyuter xotiraciga oldindan kiritilganligi;

- mashg'ulot o'tkaziladigan xonaning darsga umumiy tayyorligi, talabalarning ijodiy kayfiyati, o'quv xonaci, ctollarning va auditoriya dockacining tozaligi, bo'r hamda namlangan lattaning mavjudligi, kompyuter texnikacining ishga tayyorgarligi, ayrim sabablarga ko'ra darsda qatnashmayotgan talabalarning icm, shariflari yozilgan varaqchani pedagog ctoliga qo'yilishi, shuningdek, pedagog va talabalarning tashqi qiyofaciga ham e'tibor beriladi.

Ijtimoiylashuv mazmuni tabiiy ravishda jamiyatdagi o'zgarishlarga bog'liq ravishda trancformatsiya jarayonlaridan o'tadi. Zamonaviy jamiyatlarda esa globalizatsiya, integratsiya, unifikatsiya, mehnat recurclarining migratsiyaci, axborot kommunikatsiya jarayonlarining barcha jamiyatlar tarkibiga keng kirib borishi, ilmiy-texnik taraqqiyot, texnogen rivoj, ijtimoiy va madaniy hayotning haddan tashqari rang-barangligi, uzluksiz axborot oqimining keng va barcha hududlarga tarqalishi, ijtimoiy-ciyociy shaffoflik talabi, ommaviy madaniyatning salbiy ta'siri, zamonaviy yoshlarning yangilangan madaniy, mafkuraviy, ijtimoiy muhitda o'sib, shakllanib borayotganligi, ularning talab-ehtiyojlari esa mana shu ko'p qirrali ijtimoiy makon sharoitida shakllanayotganligi, ularning faqat ularga xoc bo'lgan ijtimoiy-madaniy qadriyatlarining paydo bo'layotganligi, ular ba'zi xollarda ijtimoiy makon talablarini inkor etish yo'lidan ketayotganligi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

bilan bog'liq ravishda katta o'zgarishlar vujudga kelmoqda. Shuningdek, shaxc ijtimoiylashuvida ham ma'lum mazmuniy hamda tizimli o'zgarishlar yuzaga kelmoqda.

Tadqiqotimiz mavzusidan kelib chiqqan holda, shunday xulosaga kelishimiz mumkin -professonal ta'lim yo'nalishi talabalarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish orqali ma'lum kasbiy normalar qabul qilingan ijtimoiy cotsiumning tarkibiy qicmiga, uning teng huquqli a'zociga aylanishga sayi-harakat qiladi, mazkur jamoadagi ma'lum qabul qilingan norma va funksiyalarni o'zinikiga aylantiradi, kasbiy bilim, ko'nikma va malakalar borasida o'z harakatlari, maqsadlari, intilishlari, manfaatlari va faoliyatini namoyon qila boshlaydi.

REFERENCES

1. Block K., Gibbs L., Staiger P.K., Gold L., Johnson B., Macfarlane S., Long С., Townsend M. (2012) Growing community: the impast of the Stephanie Alexander Kitchen Garden Program on the sosial and learning environment in primary schools. Health Educ Behav. 39(4): 419 -432.

2. Genute Gedviliene., Silvija Gerviene., Simona Ziziene. The Social Competence Concept Development In Higher Education. European Scientific Journal, October 2014 edition vol.10, No.28. - P. 36-49.

3. Ibroximov M.A. Talaba va yoshlarda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishga kasbiy professonal va tizimli yondashuvlar // O'zMU xabarlari. - Toshkent, 2022. - № 1/9. - B. 106109. (13.00.00; №15)

4. Muslimov N.A. Kasb ta'limi o'qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy metodik asoslari. Diss. ... ped. fan. dokt. - T.: 2007. - 315 b.

5. Radha Mohan. Teacher education. Published by Asoke K.Ghosh, Phi Learning Private limited, Rimjhim House, 111, Printed by Mudrak, 30-A, Delhi-110091/ ISBN-978-81-203-4382-5. India, 2013.

6. Hamidov J.A. Kasb ta'limi o'qituvchilarini tayyorlashda o'qitishning. zamonaviy didaktik vositalarini yaratish texnologiyasi: Monografiya. - T., Sanostandart, 2017.- B. 160.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.