Научная статья на тему 'ART PEDAGOGIKA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI HAR TOMONLAMA RIVOJLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA'

ART PEDAGOGIKA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI HAR TOMONLAMA RIVOJLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Art pedagogika / badiiy madaniyat / ahloqiy tarbiya / ebru / kvilling / testiplastika / loy ishi / tadqiqotchilik faoliyati / origami / kreativlik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Kayumoza Dilnoza Patxulla Qizi

Mazkur maqolada bugungi kunda har tomonlama rivojlangan bola shaxsini tarbiyalashda dolzarb ahamiyat kasb etgan art pedagogikani maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishda qo‘llash istiqbollari, imkoniyatlari va ahamiyati yoritib berilgan. Noan’anaviy texnikalar yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarni ijodkorlik, kreativlikka o‘rgatib boorish ahamiyati asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ART PEDAGOGIKA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI HAR TOMONLAMA RIVOJLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA»

ART PEDAGOGIKA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI HAR TOMONLAMA RIVOJLANTIRISH

VOSITASI SIFATIDA

Kayumoza Dilnoza Patxulla qizi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11256162 Annotatsiya. Mazkur maqolada bugungi kunda har tomonlama rivojlangan bola shaxsini tarbiyalashda dolzarb ahamiyat kasb etgan art pedagogikani maktabgacha ta'lim va tarbiya jarayonini tashkil etishda qo'llash istiqbollari, imkoniyatlari va ahamiyati yoritib berilgan. Noan'anaviy texnikalar yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarni ijodkorlik, kreativlikka o'rgatib boorish ahamiyati asoslangan.

Kalit so'zlar: Art pedagogika, badiiy madaniyat, ahloqiy tarbiya, ebru, kvilling, testiplastika, loy ishi, tadqiqotchilik faoliyati, origami, kreativlik.

Аннотация. В данной статье освещены перспективы, возможности и важность применения арт педагогики, приобретшей актуальное значение в воспитании всесторонне развитой личности ребенка, в организации дошкольного образования и воспитательного процесса. В его основе лежит важность обучения дошкольников творчеству и творчеству с использованием нетрадиционных методик.

Ключевые слова: арт педагогика, художественная культура, нравственное воспитание, техника эбру, квиллинг, тестипластика, работа с глиной, исследовательская деятельность, оригами, креативность.

Abstract. This article highlights the prospects, possibilities and importance of using artistic pedagogy, which has acquired current importance in the education of a comprehensively developed child's personality, in the organization of preschool education and the educational process. It is based on the importance of teaching preschoolers creativity and creativity using non-traditional methods.

Bugungi kunda yosh avlodni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki har qanday jamiyatning ravnaqi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy farovonligi fuqarolarning aqliy va ahloqiy salohiyati hamda ularning ma'naviyatlilik darajaga bog'liq. Yangi O'zbekistonda ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda zamonga mos shart-sharoitlar yuzaga chiqayotgan hozirgi davr turli daraja va soha mutaxasislari kompetensiyasiga yuqori talablar qo'ymoqda. Xalqimizning eng aziz qadriyatlaridan biri bola tarbiyasi, uning bilim olishi va biron bir hunarning egasi bo'lishi uchun kattalar tomonidan g'amhо'rlik qilish an'anasi sanaladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi"da "Maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, bog'cha xodimlarining professional tayyorgarligini va mahoratini oshirib borishning takomillatirilgan tizimini tadbiq qilish, maktabgacha ta'lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida takomillashtirish belgilab qo'yilgan"[]

Respublikamizda bugungi kunda samarali maktabgacha ta'lim tizimini tashkil qilishga qaratilgan kompleks tashkiliy-xuquqiy chora tadbirlar ishlab chiqilib amaliyotga tadbiq qilinmoqda. Hukumat hujjatlarida belgilangan masalalarni hal etishning innovatsion yo'nalishlarini tadqiq etish bugungi kunning dolzarb vazifasidir.

Mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, ilg'or xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda samarali ta'lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga

qaratilgan maktabgacha ta'limning innovatsion tizimini tashkil etish bo'yicha keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasida "Maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta'lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg'or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish" kabi ustuvor vazifalar belgilangan. "Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish, maktabgacha ta'lim tizimiga innovasiyalarni, ilg'or pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish ustivor yo'nalishi davr talabidir"

Zamonaviy tasviriy san'at orqali bolalardagi qobiliyat hamda imkoniyatlarni aniqlab, ularni to'g'ri shakllantirish bilan shug'ullanuvchi tarmoqlaridan biri bu - art pedagogika. Ma'lumki, uning faoliyat sohasi turli xil san'at turlarini pedagogik va axloqiy tarbiya jarayonida qo'llash, barkamol shaxsni tarbiyalash, umumbashariy va milliy ma'naviy qadriyatlarni shakllantirish va badiiy faoliyat orqali insonni moslashtirishdir. U pedagogika va san'at chorrahasida paydo bo'ldi va rivojlanmoqda.

Art pedagogikaning mohiyati - bu ta'lim va tarbiya jarayonida insonda (shu jumladan,aloxida ta'limolish ehtiyojlar mavjud bo'lgan holda) badiiy madaniyatni rivojlantirish va unga turli xil badiiy faoliyat turlari bo'yicha amaliy ko'nikmalarni muvaffaqiyatli o'zlashtirishga yondashuvni topishda yordam berishdir. Aytish kerakki, bugungi kunda O'zbekistonda "art pedagogika" tushunchasi zamonaviy pedagogika fanida maxsus yo'nalish sifatida hali yetarlicha to'liq va aniq ta'rifini olmagan. Ammo, shunga qaramay, qo'shimcha ta'lim pedagoglari, ijodiy fikrlaydigan mutaxassislari tomonidan art pedagogikaning muayyan metodlari, usullari va texnologiyalarini o'z amaliyotida tobora ko'proq qo'llanib kelinmoqda. Maktabgacha ta'lim va tarbiya jarayonini ana'naviy yo'nalishdan voz kechib, shaxsga yunaltirilgan ta'lim tamoyillari va metodikalari asosida rejalash-tirish va tashkil qilish nazarda tutiladi. Bunda bolani jismoniy va ijtimoiy hissiy rivojlantirish, nutq, muloqot, o'qish va yozish hamda ijodiy rivojlanishi shaxsga yo'naltirilgan ta'limga asoslanib amalga oshiriladi. Ya'ni bolaga ko'proq erkinlik beriladi, o'z qobiliyatini va imkoniyatini ro'yobga chiqarish uchun mustaqillik beriladi. Yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish maktabgacha ta'lim tashkilotidan boshlanadi.

Art pedagogika tamoyillari korreksion ishlarni tashkil etish va o'tkazishning umumiy pedagogik tamoyillari, alohida ta'lim olish ehtiyojiga ega kishilar uchun maxsus ta'limning konseptual qoidalarini aks ettiruvchi maxsus pedagogika tamoyillari, shuningdek, badiiy-estetik rivojlanish tamoyillari bilan uyg'undir.

Art pedagogikaning mazmun-mohiyati maktabgacha ta'lim tarbiya jarayonida noan'anaviy texnikalar asosida tasviriy faoliyat,loy va plastilin ishi, testoplastika, origami, kviling, ebru kabi texnikalarda ishlash nazarda tutadi. Bunda eng noodatiy vositalarni qo'llash mumkin: tasviriy faoliyatda tish tozalah vositalari, sovun ko'pigi, paxta disklari, paxta tayoqchalari va b. Bu shunday ijodiy jarayonki, unda "mumkin bo'lmagan" narsaning o'zi yo'q. Boladan buyumlarning predmetli tasvirini chizish emas, balki o'z hissiyotlarini rasvir orqali ifodalash talab etiladi. Bu esa o'z navbatida maktabgacha yoshdagi bolaning ijodkorligi, kreativligi, kritk fikrlash qobiliyati, tadqiqotchilik faoliyatining faollashuviga olib keladi.

REFERENCES

1. Эшова Д. Ш. Методы развития творческих способностей у детей дошкольного возраста //Academy. - 2020. - №. 12 (63)

2. Niyazova D. G., Niyazova D. S. Professional training of future teachers for creative activity //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. - 2021. - Т. 11. - №. 1. - С. 569-570

3. Е.А.Медведевой "Артпедагогика и арттерапия" в специальном и инклюзивном образовании.Учебник 2018 г.

4. И.Ю.Левченко "Артпедагогика и арттерапия вспециальном образовании" Артпедагогика и арттерапия в специальном образовании: Учебник для вузов / Е.А. Медведева, И.Ю. Левченко, Л.Н. Комиссарова, Т.А. Добровольская. - М.: Академия, 2001. - 248 с

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.