Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-50-57
MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA MUTAXASSISLARNI O'ZARO HAMKORLIGI TAKOMILLASHTIRISH
Guli Akmaljon qizi Abdullajonova
Andijon Davlat Pedagogika insituti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi magistri 2 - kurs
ANNOTATSIYA
Maqolada maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etishga oid ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinib, mazkur jarayonni yanada takomillashtirish maqsadida uni bolalarning individualligiga yo'naltirish hamda maktabgacha ta'lim xodimlarining o'zaro xamkorlik masalalari yoritilgan.
Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, innovatsion metod, innovatsion texnologiya, ta'limni individuallashtirish, hamkorlik.
ABSTRACT
The article analyzes scientific research on the organization of the educational process in preschool educational institutions,in order to further improve the process, focusing it on the individuality of children and the issues of mutual cooperation of preschool education workers are highlighted.
Keywords: preschool education, innovative method, innovative technology, individualization of education, cooperation.
KIRISH
O'tgan davr mobaynida mamlakatimizda o'sib kelayotgan yosh avlodni sog'lom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, ta'lim-tarbiya jarayoniga samarali shakl va usullarni joriy etish hamda innovatsion g'oyalarni targ'ib etishga qaratilgan maktabgacha ta'limning samarali tizimini tashkil etish muhim vazifalarimizdan biridir. Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrovini ta'minlash, tashkilotlarni o'quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to'ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarni jalb qilish, ta'lim jarayonida innovasion texnologiyalarni joriy etish masalalarini hal etish zarurligini ko'rsatmoqda.[1] Bu vazifalarni samarali amalga oshirilishi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachi, uslubchi va psixologlari zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklaydi.Bolalarga
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-50-57
maktabgacha yoshidan boshlab zamonaviy ta'lim berish, ularni psixik, aqliy va ijtimoiy jihatdan faol rivojlantirish - xozirgi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida hal qilinishi kerak bo'lgan dolzarb masalalardan hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarga ta'lim-tarbiya berish muammosiga bir qator olimlarning (F.R. Qodirova, L.R. Mo'minova, G.E. Djanpeisova, Sh.A.Sodiqova, G.A. Mardonova, G. Nazirova, N.Sh. Abdullayeva, D.A. Abduraximova, M. Abdullayeva, 4 Z.A. Botirova, A.E. Rustamova va boshq.) ilmiy tadqiqot ishlari bag'ishlangan. F.R. Qodirova, Sh.Q. Toshpo'latova, N.M. Qayumova, M.N. A'zamova 10 va Sh.A. Sodiqova 6 o'z ilmiy izlanishlarida maktabgacha ta'lim nazariyasi va metodikasining ilmiy-nazariy asoslari o'rganilgan bo'lib, maktabgacha pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari, bosqichlari, bolalar rivojlanishiga ta'sir etuvchi biologik va ijtimoiy omillar, maktabgacha yoshdagi bola psixik taraqqiyotining asosiy bosqichlari, ta'limning didaktik tamoyillari, bolalarga pedagogik ta'sir ko'rsatish, maktabgacha ta'limni tashkil etish shakl va metodlari hamda maktabgacha ta'lim va tarbiyada pedagogik texnologiyalarni qo'llashning nazariy asoslari yoritilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
G.E.Djanpeisova maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida matematik tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish muammolarini tadqiq etgan.[8]Muallif o'z tadqiqotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarda arifmetika va geometriyaga oid ilk bilimlarni shakllantirish yo'llari, vositalari hamda pedagogik shart-sharoitlarini tadqiq etgan. Bolalarda matematik bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish ularning aqliy rivojlanishi, o'zini anglashi, ijtimoiylashuvida muhim omillardan bo'lishini aniqlagan. Bolalarga interaktiv mantiqiy-matematik ta'limni tashkil etishda kompyuterli muhitning ahamiyatini alohida e'tirof etgan. Bolaning vositachi-personajlar orqali kompyuter bilan virtual tashkillashtiriladigan dialogi kompyuterni "jonlantirib", bolaning harakatlarini faol va ongli bo'lishini ta'minlaydi.
[7]
G.A.Mardonovaning ilmiy tadqiqot ishi oilada bolalarni alla vositasida ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash muammosini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotchi allaning ijtimoiy-g'oyaviy mazmuni,tarbiyaviy ta'siri hamda "alla" so'zining etimologik ma'nosi va tarixiy
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-50-57
shakllanishini pedagogik nuqtai nazardan talqin etgan. Bolalami alla vositasida ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning falsafiy, pedagogik va psixologik holatini tahlil etib bolalarning yoshi, psixologik-ma'naviy rivojlanishi bo'yicha ma'naviy-axloqiy tarbiyalashga yo'naltirilgan alla turlarini didaktik mazmuniga ko'ra tasniflagan. Bundan tashqari, "oila - mahalla - maktabgacha ta'lim muassasasi" o'rtasidagi hamkorlik faoliyati asosida bolalarni alla vositasida ma'naviy-axloqiy tarbiyalash samaradorligini oshirishning ijtimoiy-pedagogik mexanizmi takomillashtirilgan bo'lib, bolalarni alla vositasida ma'naviy-axloqiy tarbiyalash metodining samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.[11]
Maktabgacha ta'lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni takomillashtirish muammosini G.M.Nazirova tadqiq etgan.[12]Tadqiqotchi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarni takomillashtirishda tizimli yondashuvning o'ziga xos xususiyatlari va pedagogik-psixologik imkoniyatlarini tavsiflab, ushbu jarayonlarni tizimli yondashuvga tayangan holda takomillashtirish modelini nazariy empirik jihatdan asoslagan. Pedagogik jarayonni takomillashtirish modeli ta'limiytarbiyaviy faoliyat komponentlarining rivojlanish sohalari bilan o'zaro integratsiyalash, refleksiv uzviylikni ta'minlash hamda mustaqil fao liyatni rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari bolalarda rivojlanish sohalari bo'yicha tayanch kompetensiyalarni shakllantirishning integrativ-variativ dasturlariga asoslangan Play guruhlar faoliyatidagi kreativlikka ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
G.M. Nazirova maktabgacha ta'lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega bo'lganligi sababli, bu yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati - o'yin. To'g'ri tashkil etilgan o'yinda esa bolaning jismoniy, aqliy va shaxsiy sifatlarining rivojlanishi, o'quv faoliyatiga tayyorlik shakllanishi va maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy muvaffaqiyatini ta'minlash uchun sharoitlar yaratiladi, - deb hulosa qilinadi.
Maktabgacha ta'lim sohasi uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo'g'ini hisoblanib, u har tomonlama sog'lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillik yillarida respublikada ta'lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishlari darajasiga ko'tarildi. Biroq, o'tkazilgan tahlillar maktabgacha ta'lim sohasida olib borilayotgan ish larning samarasi va natijasi yetarli darajada emasligini ko'rsatmoqda.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-50-57
Jumladan, so'nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodroq kamaygan bo'lib, bugungi kunda respublika bo'yicha bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etadi. Shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talabga javob bermaydi.
Maktabgacha ta'lim tizimida variativ dasturlar joriy etilmagan, bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmagan hamda taraqqiy etgan mamlakatlar singari ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof muhit bilan tanishuvga yo'naltirilgan maxsus davlat ta'lim dasturlari tatbiq qilinmagan.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati o'rta maxsus ma'lumotga ega bo'lib, bolalarni maktab ta'limiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermaydi.
Bundan tashqari, maktabgacha ta'lim sifati monitoringini yuritish tuzilmaviy va tashkiliy jihatdan nazarda tutilmaganligi sababli, maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim jarayonining sifati va samaradorligini baholash zamon talablariga javob bermaydi.
Xorijiy davlatlar ilg'or tajribasining tahlili zamonaviy maktabgacha ta'lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratishga yo'naltirilganligi bilan tavsiflanib, bolaning ijobiy ijtimoiylashuvi imkoniyatlarini namoyon qilish, uning har tomonlama shaxsga oid ma'naviy-axloqiy va ongli rivojlanishi, maktabgacha yoshga oid tegishli faoliyat turlari asosida tashabbuskorligi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, muloqot doirasida katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini ochishga qaratilgan.
Uzluksiz ta'lim tizimining muhim bo'g'ini bo'lgan maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta'lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog'ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik,[7] jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida:
1. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Qoraqalpog'iston
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-50-57
Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari hamda ularning tuman(shahar)lardagi bo'limlari tashkil etilsin.
2. Quyidagilar O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo'nalishlari etib belgilansin:
Birinchidan, maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ikkinchidan, ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;[4]
Uchinchidan, respublikada davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari orasida sog'lom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha ta'lim muassasalariga bosqichma-bosqich qamrab olinishini ta'minlash, ularga soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish, budjetdan subsidiyalar ajratish, shuningdek, bolalarning maktabgacha ta'limi va tarbiyasining muqobil shakllarini amaliyotga tatbiq etish;
To'rtinchidan, zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta'lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini ta'lim-tarbiya jarayoniga, shu jumladan nodavlat sektorida joriy etish;
Beshinchidan, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o'qishga qiziqishni uyg'otuvchi o'quv-metodik, didaktik materiallar, o'yin va o'yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan maktabgacha ta'lim tashkilotlarini ta'minlash; [3]
Oltinchidan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlarni hisobga olgan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir bo'lgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish:
Yettinchidan, maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlarini moddiy rag'batlantirish tizimini yaratish va tajribali yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni ta'lim-tarbiya jarayoniga jalb qilish;
Sakkizinchidan, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ratsional va belgilangan me'yorlar asosida sog'lom va to'g'ri ovqatlanishini ta'minlash uchun munosib sharoitlar yaratish, ko'ngilochar va bilim beruvchi mashg'ulotlar elementlari bo'lgan, hajmlari va intensivligi asosiy tibbiy
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-50-57
taqdimnomalar bilan belgilanuvchi serharakat o'yinlar va mashqlar uyushtirish;
To'qqizinchidan, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatish hamda ularning hayoti va sog'lig'ini himoya qilish bo'yicha profilaktika chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish. [9]
XULOSA
Idoraviy profilaktikadan qat'iy nazar, barcha davlat tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimiga belgilangan tartibda o'tkazilsin.
Belgilansinki:
l.O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining maktabgacha ta'lim sohasidagi barcha huquq va majburiyatlari bo'yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
2. Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining o'z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo'jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
3. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining Maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish respublika o'quv-metodika markazi negizida Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (keyingi o'rinlarda — Institut) tashkil etilib, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tarkibiga kiritilsin hamda unga ilg'or xorijiy tajriba asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlarining direktor va mutaxassislarida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar bo'yicha sohaga oid bilimlar va ko'nikmalarni shakllantirish vazifalari yuklatilsin.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-sonli[2] qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta'lim tizimini tanqidiy o'rganish bo'yicha komissiya zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi va uning hududiy bo'linmalari faoliyatini tashkil etish hamda ularga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda ko'maklashish;
Ikki oy muddatda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-50-57
markaziy apparati va hududiy bo'linmalarining rahbarlik bo'g'inlarini vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga qodir, chuqur bilim hamda yuqori kasb mahoratiga ega bo'lgan tajribali va malakali mutaxassislar bilan to'ldirish;
Maktabgacha ta'lim tizimining oliy ma'lumotli kadrlarga bo'lgan ehtiyojini hududlar bo'yicha o'rganish va tahlil natijalariga ko'ra pedagogika yo'nalishiga ixtisoslashtirilgan oliy ta'lim muassasalariga maqsadli qabul kvotalari bo'yicha takliflar tayyorlash;[5]
Respublika hududlarida 50, 70, 100, 120 va 150 o'ringa mo'ljallangan davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qo'shimcha barpo etish orqali bolalarni maktabgacha ta'lim bilan bosqichma-bosqich to'liq qamrab olish, bolalarga maktabgacha ta'lim-tarbiya berishning muqobil turlarini amaliyotga joriy etishga qaratilgan kompleks dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash.
5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida va O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihasini kiritsin.
6. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o'zgartish va qo'shimchalar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" PQ-4312-son Qarori // https://lex.uz/docs/4327235
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-sonli qarori
3. Abdullayeva N.Sh. Maktabgacha ta'limni variativ yondashuv asosida takomillashtirish: Avtoref. ... ped. Fan..fals dok. (PhD) - T., 2019. - B. 22-23bet
4. Abdurahimova D.A. Xalq og'zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha Yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish:Pedagogika fanlari doktori (DSc) ... avtoreferati. - Toshkent, 2020.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-50-57
- 74 b. (B.31)
5. A'zamova M.N. Maktabga tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilarida do'stona munosabatlarga asoslangan hamkorlik ko'nikmalarini shakllantirish tizimini Takomillashtirish: Pedagogika falsafa doktori (phd) avtoreferati. -Toshkent, 2020. -45 b. (B.18)
6. Ганжиев Ф.Ф. Мактабгача таълим ташкилоти тарбиячиларида ижтимоий-Психологик компетентлик омилларининг намоён этилиши ва ривожланиши: Психол согия ... фалсафа доктори (PhD) диссертацияси. -Бухоро, 2021. -169 б. (Б. 116-117)
7. Джанпеисова Г.Э. Предматематическое развитие детей на основе Компьютерных технологий в контексте непрерывного образования // Текст Научной статьи по специальности «Науки об образовании»
8. Джанпеисова Гаухар Эркиновна (2015). Предматематическое развитие детей на основе компьютерных технологий в контексте непрерывного образования. Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития, 2 (13), 104-105.
9. Джанпеисова Г.Э. Формирование и развитие математического мышления Как фактор эффективной подготовки детей к обучению в школе / «Педагогика», Жур. 2017. 2-сон, Б.84-90.; Dzhanpeisova
10. G.E.The use of heuristic methods for Teaching preschool children // European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 7 No. 12, 2019 ISSN 2056-5852, -P.238-243
11. Еремеева В.Д., Хризман Т.П. Мальчики и девочки - два разных мира. Нейропсихологи - учителям, воспитателям, родителям, школьным психологам.
- Санкт-Петербург, 2001.
12. Кодирова ф.Р,Тошпулатова Ш.К, Каюмова Н.М., Аъзамова М.Н. Мактабгача педагогика. Дарслик. Т.: "Тафаккур" нашриёти. 2019. - 685 б.;
13. Мардонова Г. А. Оилада болаларни алла воситасида маънавий-ахлокий Тарбиялашнинг педагогик имкониятлари: Педагогика фанлари буйича фалсафа Доктори (PhD) . дисс. - Т., 2019. -159