Научная статья на тему 'BO‘LAJAK TARBIYACHILARNI TASVIRIY FAOLIYAT BO‘YICHA KASBIY RIVOJLANTIRISH STRATEGIYALARI'

BO‘LAJAK TARBIYACHILARNI TASVIRIY FAOLIYAT BO‘YICHA KASBIY RIVOJLANTIRISH STRATEGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tasviriy faoliyat / malaka / ko‘nikma / metod / texnologiya.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Tadjibayev Salimjon Sabirjanovich

Ushbu maqolada ta’lim tizimining boshlang’ich tizimi bo‘lgan maktabgacha ta’limda faoliyat olib boradigan pedagog-tarbiyachilarning tasviriy faoliyat mashg’ulotlariga doir kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish bo‘yicha ma’lumotlat yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK TARBIYACHILARNI TASVIRIY FAOLIYAT BO‘YICHA KASBIY RIVOJLANTIRISH STRATEGIYALARI»

BO'LAJAK TARBIYACHILARNI TASVIRIY FAOLIYAT BO'YICHA KASBIY RIVOJLANTIRISH STRATEGIYALARI Tadjibayev Salimjon Sabirjanovich

Andijon davlat pedagogika instituti dotsenti v.b. https://doi.org/10.5281/zenodo.10677838

Annotasiya. Ushbu maqolada ta'lim tizimining boshlang'ich tizimi bo'lgan maktabgacha ta'limda faoliyat olib boradigan pedagog-tarbiyachilarning tasviriy faoliyat mashg'ulotlariga doir kasbiy ko'nikma va malakalarini rivojlantirish bo'yicha ma'lumotlat yoritilgan.

Kalitso'zlar:tasviriyfaoliyat, malaka, ko'nikma, metod, texnologiya.

O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasida «Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta'lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg'or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish» kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Bu vazifalarni amalga oshirish O'zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablariga muvofiq har tomonlama tarbiyalash va ta'lim berish dasturlarini ishlab chiqish hamda tarbiyalanuvchilarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish texnologiyalarini kompetentsiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish zarurligini ko'rsatmoqda.

Barchamizga ma'lumki, tasviriy faoliyat maktabgacha yoshdagi bolalarning eng sevimli mashg'uloti hisoblanadi hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlotlarida ushbu mashg'ulot turlari uchun eng katta soat ajratilgan.

Xalqimizning kelajagi, mustaqil davlatimizning istiqboli ko'p jihatdan pedagog-tarbiyachiga, uning saviyasi, tayyorgarligi, fidoyiligi, yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash ishiga bo'lgan munosabatiga bog'liq.

Hozirgi davrda bolalarni ilk yoshdanoq ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maktabgacha ta'lim sifatini oshirishning zamonaviy yondashuvlaridan biri sifatida qayd etilmoqda. Bu esa, intelektual zo'riqishlardan xoli ravishda, ijtimoiy-madaniy muhitda bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ulardagi ijodiy faollik va tashabbuskorlik ko'nikmalarini takomillashtirishning samarali texnologiyalarini amaliyotga joriy etishni dolzarb vazifa sifatida belgilaydi.

Bugungi bolalar xilma xillikka intilishyapti,yangilikka talpinishi kuchli.Endi ularni bir qolipga solingan tarbiya uslublari qoniqtirmaydi. Shu bois ular tarbiyachidan uslub,shakl, pirovard natijada mazmun yangilanishlarini kutyapti.

Demakki, mazmun yangilanishi avvalo tarbiyachining kompetentligi ya'ni, uning ta'lim dargohida olgan bilim va malakalarini qay darajada ekanligi hamda ana shu bilimlarini o'z pedagogik faoliyatida qo'llay olishiga bog'liq.

Oliy pedagogik ta'limning Maktabgacha ta'lim yo'nalishi o'quv rejasida tasviriy faoliyat uchun o'quv rejada umumiy 240 soat (40 soat ma'ruza, 80 soat amaliy, 120 soat mustaqil ta'lim) ajratilgan bo'lib, mazkur fan bo'yicha talaba yetarli bilim olish imkoniyatiga ega.

Ammo ushbu bilimlarni egallash nafaqat talabaga, balki ana shu mashg'ulotni olib borayotgan professor-o'qituvchiga ham bog'liq.

Bugungi kun tarbiyachisi har bir mashg'ulot bo'yicha bolalar ongida Davlat talablari darajasidagi BKMni hosil qilish bilan cheklanib qolmasdan,uni hayot bilan bog'lashijonli

misollar asosida shogirdlari ongida aks ettirishi, shu asnoda ularning o'qish, bilim olish istaklarini oshirishi lozim.

Buning uchun esa bo'lajak tarbiyachilarni tasviriy faoliyat bo'yicha kasbiy rivojlantirish maqsadida ularni yangi pedagogik texnologiyalar asosida mashg'ulotlar tashkil etish bilan bog'liq.

Ayrim paytlarda pedagog-tarbiyachilar metodikani texnologiyadan ajrata olmayaptilar. Shu boisdan ham bu tushunchalarga aniqlik kiritish kerak bo'ladi. Metodika (uslubiyat) o'quv jarayonini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha tavsiyalar majmuasidan iborat.

Pedagogik texnologiya esa tarbiyalanuvchilarda ij odiy

qobiliyatni shakllantirishga imkon beruvchi axborotlar yig'ish hamda ulardan mashg'ulot jaraenida foydalanish yo'lida ma'lum imkoniyatlarni yaratadi.

Shu o'rinda Interfaol metod haqida ham qisqacha sharh beradigan bo'lsak, Interfaol metod - ta'lim jaraenida ta'lim oluvchilar hamda ta'lim beruvchi o'rtasidagi faollikni oshirish orqali ta'lim oluvchilarning bilimlarni O'zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ta'lim mazmunini O'zlashtirishda ta'lim oluvchilarning bilim saviyasi, O'zlashtirish darajasi, ta'lim manbai, didaktik vazifalarga muvofiq va munosib ravishda quyidagi interfaol metodlar qo'llaniladi:

-o'qitishning ko'rgazmali metodi;

-mustaqil ishlar metodi;

- muammoli-evristik modellashtirish metodi;

- ilmiy tadqiqot metodlari;

- o'qitishning muammoli-izlanishli metodlari;

- o'qitishning induktiv va deduktiv metodlari;

- o'qitishning nazorat va o'zini o'zi nazorat qilish metodlari

Bundan tashqari metodlar quyidagi guruhchalarni o'z ichiga oladi:

Birinchi guruh metodlari: o'quv axborotlarini eshitish orqali qabul qilish metodlari (og'zaki metodlar: hikoya, ma'ruza, suhbat va boshqalar).

Ikkinchiguruh metodlari: o'quv axborotlarini ko'rgazmali uzatish va ko'rish orqali qabul qilish metodlari (ko'rgazmali metod, tasviriy namoyish qilish va boshqalar).

Uchinchi guruh metodlari: o'quv axborotlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laboratoriya ishlari, dasturlar tuzish, mashq va masalalar hamda test topshiriqlarini yechish, mehnat harakatlari va boshqalar).

Bugungi kunda respublikamiz ta'lim muassasalarida interfaol ta'limni tashkil etishda quyidagi eng ommaviy texnologiyalar qo'llanilmoqda:

1. Interfaol metodlar: —Keys-stadi (yoki —o'quv keyslari), —Blits-so'rov,

—Modellashtirish, —Ijodiy ish, —Munosabat, —Reja, —Suhbat va b.

2. Strategiyalar: —Aqliy hujum, —Bumerang, —Galereya, —Zig-zag, —Zinama-zina, —Muzerar, —T-jadval, —Yumaloqlangan qor va h.k.

3. Grafik organayzerlar: —Baliq skeleti, —BBB, —Kontseptual jadval, —Venn diagrammasi, —Insert, —Klaster, —Nima uchun?, —Qanday? va b.

Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda xulosa qiladigan bo'lsak, prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ta'biri bilan aytganda: "Tarbiyachining malakasi farzandlarimizning aql-zakovati, kamolotini belgilaydi. Ayniqsa, tarbiyachi o'z mahoratini oshirishdan, o'z ustida ishlashdan to'xtamasligi ayni muddaodir!"

Ana shu maqsadda bo'lajak tarbiyachi faqat o'z kasbini sevsa, u yaxshi tarbiyachi bo'ladi.Agar tarbiyachi o'zida kasbiga va tarbiyalanuvchilarga muxabbatni mujassam etsa,bu mukammal tarbiyachi bo'la oladi va yurtimiz kelajagi bo'lgan yosh avlodni har tomonlama yetuk kadr bo'lib yetishishida o'zining munosib hissasini qo'sha oladi.

REFERENCES

1. l.R.Ishmuxamedov.M.Yuldashev.Ta'lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. (ta'lim tizimi xodimlari, metodistlar, o'qituvchilar, tarbiyachi va murabbiylar uchun o'quv qo'llanma) -T.: 2013. -278 b.

2. S.S Tadjibaev. Maktabgacha ta'lim tasviriy faoliyatga o'rgatish mashg'ulotlarida interfaol usullardan foydalanish.Science and innovation 2022.1, 36-38

3. TS Sabirjanovich.Preschool education teacher's professional competencies in fine art activities. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 2022. 12 (6), 132-137

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.