Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar psixologiyasining
o'ziga xosligi, aqli zaiflik turlari
Dilafruz Dadamirzayevna Oribboyeva Dilshoda Ikromova Namangan davlat pedagogika instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada aqliy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar psixologiyasi, ularning ruxiyatida kechadigan psixik xolatlarning o'ziga xos xususiyatlari hamda bu sohada ish olib borgan olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari to'g'risida ma'lumot beriladi.
Kalit so'zlar: oligofreniya tarixi, oligofreniyadagi ikki oqim, daun sindromi, gipotireoid oligofreniya, tug'ma sifilis
Peculiarities of the psychology of children with mental retardation, types of mental retardation
Dilafruz Dadamirzayevna Oribboyeva Dilshoda Ikromova Namangan State Pedagogical Institute
Abstract: This article provides information about the psychology of children with intellectual disabilities, the specific characteristics of their mental states, and the scientific research works of scientists working in this field.
Keywords: history of oligophrenia, two currents in oligophrenia, Down syndrome, hypothyroid oligophrenia, congenital syphilis
Bugungi kunda alohida yordamga muhtoj bolalar ta'lim tarbiyasi va reabilitatsiyast jarayonlari butun dunyoda ilmiy nuqtai nazardan juda ko'p o'rganilayotgan masalalardan biriga aylangan. Bunday bolalarni korreksiyalash va erta tashhis qo'yish ularning ijtimoiylashuvi hamda kelajakda jamiyatda o'z o'rnini topa olishi uchun muhim hissoblanadi. Bunday bolalar qatoriga aqli rivojlanishda nuqsoni bo'lgan bolalarni ham kiritishimmiz mumkin. Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar pedagogikasi va psixologiyasi asosan XVII asrning oxiri, XIX asrning boshlaridan rivojlana boshlagan. Bu sohada 1858 yil rus pedagogi N.A.Dobrolyubov tomonidan ko'plab ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilgan bo'lib, taniqli rus pedagogi G.Y.Troshin hamda yetuk psixolog L.S.Vigotskiylar ham shu soha rivojlanishiga katta hissa qo'shishgan.
ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 287 [Ml^^^H
O'zbekiston respublikasida ta'lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan ishlaming muhim bir qismi sifatida alohida yordamga muhtoj bolalarni qo'llab quvvatlash va ularni bilimni oshirish uchun qilinayotgan ishlar ham taxsinga sazovor. O'zbekistonda birinchi maxsus maktablar uchun oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash maqsadida 1967-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida alohida yo'nalish ochilgan.
Aqli rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar psixologiyasi sog'lom rivojlanayotgan bolalar psixologiyasidan farq qiladi. Aqli zaif bolalarning diqqati tarqoq va idrok qilish qobilyati juda sust bo'ladi.
Idrok - bu inson analizatorlariga ta'sir etuvchi, narsa va hodisalarning butunligicha yoki ularning turli xususiyatlari o'zaro aloqasining shakillanish jarayonidir.
Aqli zaiflikni butunlay bartaraf etib bo'lmaydi. Bunday nuqsonga ega bo'lgan bolalarni erta aniqlash va ularda korreksion hamda pedagogik mashg'ulotlarni olib borish natijasida ulardagi ikkilamchi hamda mujassamlashgan nuqsonlarning oldi olinadi. Ularni ijtimoiy hayotga moslashtirib va o'z-o'ziga hizmat ko'rsatish ko'nikmalari shakillantirib boriladi.
Xotira - bu individ tajribasining eslab qolinishi, saqlanish va kelgusida qayta tiklanish. Bu jarayonlar faoliyatda shakillanadi.
Aqi zaif bolalar xotirasi juda sust rivojlangan bo'ladi,ammo ularning ham hotirasini rivovlantirish mumkin. Buning uchun ularga korreksion ishlar erta yo'lga qo'yilishi va to'g'ri olib borilishi kerak. Psixologiyadan malumki, inson xotirasini rivojlantirish uchun avvalo uning barcha bilish jarayonlari ustida ish olib borish lozim. Odatda aqli zaiflar maktablarida ta'lim jarayoni takrorlash usuliga tayangan holda olib boriladi.
Hammaga malumki aqli zaif bolalar tafakkurining rivojlanmay qolishiga asosiy sabab bosh miya po'stloq qismi faoliyatining buzilishidir. Pedagoglar aqli zaif bola umri davomida nazariy bilimlarni egallab boradi,lekin bolaning aqliy koeffitsenti o'zgarmaydi. Bola ruhiyati og'ir nuqsonda ham rivojlanib boradi degan fikrni ilgari surishadi. Bu to'g'risida J.I.Snif shunday degan "Aqli zaif bola ruhiyati, normal bola ruhiyati kabi rivojlanish davrlarini boshidan kechiradi".
Oligofreniyaga oid adabiyotlarni ko'rib chiqadigan bo'lsak, unda o'ziga xos ikki oqimga duch kelamiz:
Birinchi oqim vakillarining fikriga ko'ra, "aqli zaif bola u yoki bu darajada sodda, elementar bilimlarni o'zlashtiradi. Ammo, ular umumlashtirish, abstraksiyalash jarayonlarini normal bolalardek bajara olmaydi" deb ta'kidlashadi.
L.S.Vigotskiy tomonidan ishlab chiqilgan g'oya asosidagi ikkinchi oqim tarafdorlarining fikriga ko'ra "Dastlabki va tez-tez uchraydigan nuqson psixologik
funksiyalarining rivojlanmasligidir. Buning asosida xotira, tafakkur, xarakter buzilishlari yotadi." deb ta'kidlanadi.
Aqli zaif bolalarning mustaqil nutqini kuzatish shuni ko'rsatadiki, ular syujetli rasm asosida hikoya tuzish, ko'rgan narsalarini gapirib berish, ular uchun o'qib berilgan matnni so'zlab berish, o'z ko'rgan va boshlaridan kechirganlarini izchillik bilan bayon etib berish kabi topshiriqlarni juda katta qiyinchilik bilan bajaradilar. Aqli zaif bolalar og'zaki nutqidagi barcha nuqsonlar ularni o'qitish jarayonida qiyinchilik tug'diradi.
M.S.Pevzner oligofreniyaning 5 ta asosiy turini ajratgan:
1. Oligofreniyaning murakkab bo'lmagan turi:
2. Neyrodinamikasi buzilgan oligofrenlar:
3. Ma'lum anlizatorlari buzilgan oligofrenlar:
4. Sraxsi qo'pol buzilgan oligofrenlar:
5. Telbanoma xulqli oligofrenlar:
Bundan tashqari oligofreniyaning vuyidagi turlari ham mmavjud bo'lib bu bolalardagi psixik rivojlanish normal bolaning psixik taraqqiyotidan keskin farqlanadi.
Daun kasalligi - xromosoma nuqsonlari sababli kelib chiqadi, bunda 21-xromosoma ortiqcha bo'ladi. Onaning yoshi qancha katta bo'lsa, bolalarda shuncha kasallik ko'p uchraydi. Belgilari: bolalar kalta bo'yli, oyoq - qo'llari kalta, bosh suyagi kichkina, tishlari yaxshi o'smagan, tashqi ko'rinishi bir-biriga o'xshash bo'ladi.
Tug'ma sifilis - sababli kelib chiqadigan kasallik. Homlaning spetsifik jarohatlanishi sababli hosil bo'ladi. Aqli zaiflik belgilari juda erta bilinadi, bundan tashqari epilepsiya, psixopatiyaga o'xshash va astenik simptomlari kuzatiladi.
Gipotireoid oligofreniya (kretinizm) - aqliy zaiflikning eng ko'p uchraydigan va endokrin buzilishi sababli kelib chiqadigan, tug'ma gipotireoz hisoblanadi.
Kasallikning darajasiga qarab, aqli zaiflikning 4 ta asosiy toifalari mavjut:
Kasallikning darajasiga ko Va aqli zaiflikning toifalari
Aqliy nuqsoning chuqurligiga qarab oligofreniya uch darajaga ajratiladi: Debillik - aqliy zaiflikning yengil darajasi hisoblanadi. Bunay bolalar maxsus maktablarda ta'lim-tarbiya olishadi. Debilning yengil darajalarini sog'lom boladan
ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 289 LME^^fi]
ajratish qiyin, ularda nutq yaxshi rivojlanadi. Debillarda abstrakt fkirlash sust bo'ladi, ta'lim oladi ammo o'zicha mustaqil fikrlay olmaydi, nazariy bilimlarni o'zlashtira oladi.
Imbetsillik - aqliy zaiflikning o'rta darajasi hisoblanadi. Bu darajadagi bolalarda nutq yaxshi rivojlanmaga bo'ladi, ular faqat sodda so'zlarni talaffuz qila oladi. Bunday bolalar mexnatga yaramaydi, faqat o'z-o'ziga xizmat qilishi mumkin. Imbetsil ham o'z navbatida ikkiga ajraladi: a) yaqqol darajadagi aqliy zaiflik b) o'rta darajadagi aqliy zaiflik.
Idyotlik - bu eng og'ir daraja bo'lib, bunday bolalarda so'zlashuv va fikrlash qobilyati umuman bo'lmaydi. Tashqi ko'rinishi sog'lom boladan farq qiladi. Ularning boshlari kichik, bo'ylari past, qo'i - oyoqlari kalta, lablari qalin bo'ladi. Bu darajadagi bolalar juda jahildor, qo'liga tushgan narsani chaynab, so'rishadi. Bunday bemorlarning jismoniy rivojlanishi sust bo'ladi.
Xulosa o'rnida shuni aytish kerki bunday nuqsonli bolalar hayotdan, jamyatdan ajralib qolishlariga beparvo qarab bo'lmaydi. Buning uchun pedagoglar, psixologlar va ota-onalar birga hamkorlikda ish olib borishlari lozim. Bu nuqsonlarni qancha erta aniqlansa, ularga to'g'ri yondashilsa, ularni bartaraf etish shuncha samarali bo'ladi. Bugungi kunda mamlakatimiz ta'lim tizimida ham bu masalaga alohida etibor qaratilgan. Ta'lim to'g'risidagi qonunning 20-moddasi inkyuliziv ta'limga bag'ishlangan bo'lib, ularning o'z tengqurlari bilan birga taxsil olishlari, chetda qolib ketmasliklari inobatga olingan. Bunday nuqsonli bolalar har doim etiborga, mehirga muhtoj bo'lishadi. Ularni doimo qo'llab-quvatlash hamda inklyuziv ta'limni amalga oshirish orqali ularni jamiyatda ijtimoiylashuviga yordamlashish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sarsengali, B., & Shagyrbai, A. (2022). Дши философиядагы мейiрбан жэне кемел адам TYCiHiri. Вестник КазНУ, Серия Религиоведение, 32(4), 50-59.
2. Е.Ф. Особенности использования слов-названий сенсорных эталонов дошкольниками с выраженной умственной отсталостью. // Теоретические и прикладные проблемы образования
3. Ориббоева, Д. Д. (2022). O'QUVCHILARNI KASB TANLASHGA YO'NALTIRISHDA IJTIMOIY KOMPETENTLIKNI TA'SIRI: https://doi. org/10.53885/edinres. 2022.8. 08.045 Oribboyeva Dilafro'z Dadamirzayevna NamDU Psixologiya kafedrasi katta o'qituvchisi. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (8), 314-318.
4. Oribboyeva, D. D. (2019). STUDY OF SOCIAL COMPETENCE IN PSYCHOLOGICAL RESEARCH. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 1(4), 288-292.
5. Kamolova, A. O. Q. (2023). Pedagoglik kasbi boshqa hamma kasblarning poydevoridir. Science and Education, 4(5), 988-992.
6. Kamolova, A., & Ergasheva, G. S. Q. (2022). Yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini manbalarining o'rganishning o 'rganishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education, 3(12), 590-592.
7. Nishonova, M. Y., & Kamolova, A. O. (2021). O'SMIRLARGA HUQUQIY BILIM BERISHDA KEYS STADI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. Экономика и социум, (8 (87)), 42-45.
8. Kamolova, A. O. Q., & Husaynova, S. I. (2023). O'smirlar o'rtasida axloqsizlikni oldini olishda pedagogik faoliyatning o'ziga xos xususiyatlari. Science and Education, 4(2), 969-972.
9. qizi Kamolova, A. O. (2023). SINFDAN TASHQARI SPORT MASHG 'ULOTLARI ORQALI O 'QUVCHILARDA MILLIY G 'URUR, QADRYATLAR, UMUM INSONIY XIS TUYG 'ULARNI RIVOJLANTIRISH. Results of National Scientific Research International Journal, 2(8), 60-66.
10. Vol. 2 No. 8 (2023): Results of National Scientific Research International Journal Impact Factor Published: Aug 30, 2023Keywords:Ta'lim tarbiya tizimi, muassasalart, jismoniy tarbiya, sog'lomlashtirish mashg'ulotlari, o'quv mashg'ulotlari, psixologik xususiyatlari, mulliy g'urur, estetik dunyoqarash, estetik xatti-harakatlar.
11. Kamolova Azimaxon Odiljon qizi. (2023). SINFDAN TASHQARI SPORT MASHG'ULOTLARI ORQALI O'QUVCHILARDA MILLIY G'URUR, QADRYATLAR, UMUM INSONIY XIS TUYG'ULARNI RIVOJLANTIRISH. Results of national scientific research, 2(8), 60-66. https://doi.org/10.5281/zenodo.8320633
12. Yusubxonovna, S. S. (2022). EKOLOGIK TA'LIM VA TARBIYANING NAZARIY VA METODIK ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH. Journal of new century innovations, 16(1), 16-19.
13. кизи Ахмедова, Д. С., & кизи Камолова, А. О. (2022). УСМИРЛАРДА МЕЪЁРДАН ХУЛ^ИЙ ОГИШ ХОЛАТЛАРИНИ КОРРЕКЦИЯЛАШ ЖАРАЁНЛАРИДА ХУ^У^ИЙ САВОДХОНЛИКНИНГ АХАМИЯТИ. Евразийский журнал академических исследований, 2(3), 413-416.
14. Рубинштейн С.Я. Психология умственно отсталого школьника. - М.: «Просвещение», 1986. - С. 73Войлокова Е.Ф. Особенности использования слов-названий
15. Yusubxonovna, S. S. (2022). TA'LIM JARAYONIDA DIDAKTIK O'YINLARDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI. PEDAGOGS jurnali, 24(1), 84-87.