Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALAR RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALAR RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
8125
312
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Klinik mezon / nerv sistemasi / irsiy hujayralar / oligofren bolalar / ijtimoiy muhofaza qilish. / Clinical criteria / nervous system / hereditary cells / oligophrenic children / social protection.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Amirsaidova Sh.M, Maftuna Eshtemirova Alisher Qizi

Mazkur maqola, Oligofreniyaning darajalari, yengil aqli zaif bolalarning rivojlanishi xususiyatlari, o’rta aqli zaif bolalar rivojlanishi xususiyatlari, Oligofren bolalar ta’lim-tarbiyasi haqida umumiy tushunchalar keltirishga harakat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PECULIARITIES OF DEVELOPMENT OF PRESCHOOL CHILDREN WITH DISABILITIES

This article attempts to give a general idea of the levels of oligophrenia, the developmental features of children with mild mental retardation, the developmental features of children with moderate mental retardation, and the upbringing of children with oligophrenia

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALAR RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI»

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALAR RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI p.f.n.,dotsent Amirsaidova Sh.M Maftuna Eshtemirova Alisher qizi

Nizomiy nomidagi TDPU magistr Oligofrenopedagogika https://doi.org/10.5281/zenodo.6504549 Annatatsiya: Mazkur maqola, Oligofreniyaning darajalari, yengil aqli zaif bolalarning rivojlanishi xususiyatlari, o'rta aqli zaif bolalar rivojlanishi xususiyatlari, Oligofren bolalar ta'lim-tarbiyasi haqida umumiy tushunchalar keltirishga harakat qilingan.

Kalit so'zlar: Klinik mezon, nerv sistemasi, irsiy hujayralar, oligofren bolalar, ijtimoiy muhofaza qilish.

ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ ДОШКОЛЬНИКОВ С ИНВАЛИДНОСТЬЮ Аннотация: В данной статье предпринята попытка дать общее представление об уровнях олигофрении, особенностях развития детей с легкой умственной отсталостью, особенностях развития детей с умеренной умственной отсталостью, воспитании детей с олигофренией.

Ключевые слова: Клинические критерии, нервная система, наследственные клетки, дети-олигофрены, социальная защита.

PECULIARITIES OF DEVELOPMENT OF PRESCHOOL CHILDREN WITH DISABILITIES Abstract: This article attempts to give a general idea of the levels of oligophrenia, the developmental features of children with mild mental retardation, the developmental features of children with moderate mental retardation, and the upbringing of children with oligophrenia.

Key words: Clinical criteria, nervous system, hereditary cells, oligophrenic children, social protection.

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Kirish. Amaliyotda "aqlan zaif', "oligofren", "demensiya" degan atamalar ko'p ishlatiladi.

"Aqlan zaiflik" — bu yig'ma tushuncha bo'lib, aqliy jihatdan qoloqlikning sodir bo'lgan vaqti, boshidan kechirilgan kasallikning harakteri, patologik o'zgarishlaming o'tishi, darajasi bilan bog'liq bo'lgan masalalarni ko'zda tutadi. Aqliy qoloqlikni belgilashda klinik, psixologik va pedagogik mezonlarni tafovut qilmoq kerak.

Klinik mezon — aqliy qoloqlik va bu markaziy nerv sistemasining qanday organik kasalliklariga aloqadorligini, psixologik mezon-bilish faoliyatining turg'un buzilganligini.

Pedagogik mezon — o'zlashtirish qobiliyati past bo'lib, bolaning dastur materiallarini o'zlashtira olmasligini ifodalaydi.

Asosiy qism. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni ijtimoiylashuvida muloqat xususiyatlari.Oligofreniya bola markaziy nerv sistemasining ona qomidaligi davrida, tug'ilish vaqtida va tug'ilgandan to uch yoshgacha bo'lgan davr ichida shikastlanishi, kasallanishi natijasida kelib chiqadi. Agarda, turli sabablarga ko'ra, aqlan zaiflik bolaning uch yoshidan keyingi davrida paydo bo'lsa, buni endi orttirilgan aqliy zaiflik - demensiya deb yuritiladi. Demensiya progressiv, ya'ni tabiatan kuchayib boradigan bo'ladi. Oligofreniyada esa nuqsonning kuchayib borishi kuzatilmaydi. Kelib chiqish sabablariga ko'ra oligofreniya tug'ma, hamda orttirilgan boiishi mumkin.

Rezus faktoming to'glri kelmasligi, xromosom kasalliklari, fenilketonuriya va shu kabilar tug'ma oligofreniyaga olib kelishi mumkin. Masalan, oligofreniyaning, Daun kasalligi deb ataladigan bir turli xromosomalar nisbatining buzilishi natijasida 46 ta yoki 23 juft xromosoma o'miga bitta ortiqcha xromosomaning vujudga kelish natijasida paydo boiadi. Shunisi qiziqki, irsiy hujayralardagi patologik o'zgarishlar Daun kasalligi bilan kasallangan barcha oligofren bolalarning tashqi ko'rinishini bir xil qilib qo'yadi. Ular kam harakat, beso'naqay, ko'zlari qisiq, burni puchuq, tili katta, lablari qalin, shalpang quloq, barmoqlari

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

kalta bo'adi va hokazo. Millatidan qat'i nazar, ular bir ota-onaning bolasiga o'xshab ketishadi. Onaning xomiladorlik davrida turli kasalliklar

— og'ir virusligripp, tif, qizilcha bilan kasallanishi, ona organizmidagi turli parazitlaming homilaga yuqishi, xomilaning shikastlanishi, ota-onalarning alkogolizmi, ham oligofreniyaga sabab bo'lishi mumkin. Fransuz olimlari alkogolizmga giriftor oilalarda tug'ilgan 57 nafar bolani uzoq muddat kuzatib borib, ularning 25 nafari 1 yoshga to'lmasdan nobud bo'lganini, 5 nafari tutqanoq 5 nafari gidrotsefaliya (bosh miyada istisqosi) kasalligi bilan og'riganini, 12 nafari aqlan zaif bo'lgani va faqat 10 nafar bola sog'lom chiqqanini aniqlagan. Tug'ruq vaqtida bolaning ombur yoki vakuum ekstraktor bilan olinishi, bola boshining siqilishi, bolaning tug'ilish yo'lidan uzoq o'tishi, cho'zilib ketgan yoki, aksincha, haddan tashqari tez o'tgan tug'ruq natijasida ham markaziy nerv sistemasi shikastlanib, oligofreniya paydo bo'lishi mumkin. Oligofreniya bola uch yoshgacha bo'lgan davr ichida turli xil og'ir kasalliklar bilan kasallanishi (meningit, meningoensefalit, markaziy nerv sistemasining shikastlanishi) natijasida ham vujudga keladi.

Aqliy (intellektual) rivojlanishiga ko'ra oligofreniya uch darajada namoyon bo'ladi:

1)yengil; 2) o'rta; 3) o'g'ir.

Yengil darajadagi aqli zaiflik — aql pastlik oligofreniyaning eng yengil darajasi bo'lib, bunday bolalarni tashqi ko'rinishiga qarab sog'lom tengdoshlaridan ajratib bo'lmaydi. Ular ko'pincha o'qishni ommaviy maktabning birinchi sinfidan boshlaydilar-u, lekin qisqa muddat ichida ulgurmovchi o'quvchilar orasiga qo'shilib qoladilar. Umuman, zehn va fahm-farosatga bog'liq ishlarda debil bolalar ancha qiynaladi, biroq ular yordamchi maktabga o'tib, dasturini o'zlashtirib chiqishsa, sanoat va hamda qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida, maishiy hizmat sohasida oddiy turdagi mehnat bilan shug'ullana oladi. Tarbiyachi va o 'qituvchilar debil bolalani boshqa bolalardan ajratib olib, ularning maxsus bog'cha va

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

maktablarda tarbiyalanishi va ta'lim olishini ta'minlashlari yoki integratsiyalashgan ta'limga jalb etishlari lozim.

O'rta va o'g'ir bolalar xattoki yordamchi maktab dasturi bo'yicha ham ta'lim olish qurbiga qodir emaslar. Ular ijtimoiy ta'minot vazirligi rivojlanishida kamroq orqada qolgan imbelsil bolalar, afsuski, yordamchi maktablarda goho uchrab turishadi. Ular yordamchi maktab dasturini o'zlashtira olmaydilar. Idiot bolalar hattoki o'z ota-onalarini ham tanimaydi. Ular o'zini-o'zi uddalay olmaydi. O'ziga-o'zi xizmat ham qila olmaydi. Imbetsil bolalar idiot bolalarga qaraganda nisbatan tuzukroq rivojlangan bo'lsa ham, mustaqil hayot kechirolmaydi. Mexnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qoshidagi muassasalarda ularga sodda bilimlar, mehnatning ayrim sodda turlari (o'z-o'ziga xizmat qilish, ekinlarni parvarish etish, kartondan qutichalar yasash va h. k.) o'rgatiladi.

Oligofreniyaning uchala darajasida ham tarbiyachi va o'qituvchilar oligofren o'quvchilarni sog'lom tengdoshlari hamda o'xshash tarzdagi boshqa kamchiliklari bor bolalardan ajrata olishlari lozim. Lekin oligofreniyaning eng yengil darajasini boshqa o'xshash anomaliyalardan va sog'lom bolalardan ajratib olish amalda ancha qiyin bo'ladi. Yengil darajadagi aqli zaif bolalar o'z sog'lom tengdoshlaridan yoshligidanoq farq qiladi. Ularda, odatda, ixtiyoriy shakldagi murakkab harakatlar uncha rivojlanmagan bo'ladi. Ular boshini tutish, o'tirish, yurishga kechroq o'rganadi, nutqi kechikib rivojlanadi. Yengil darajadagi aqli zaif bolalar atrofdagilaming sodda nutqini tushunadi-yu, lekin murakkab so'z va gaplarni, iboralarni fahmlay olmaydilar. Yengil aqli zaif bola nutqida qo'pol, uni tushunib bo'lmaydigan nuqsonlar kuzatilmasa ham, ko'p tovushlar noto'g'ri talaffuz etiladi, bunday bola lug'ati kambag'al, chegaralangan bo'ladi, bolalar o'yin faoliyatida ham tengdoshlaridan ajralib turadi. Ular o'yin vaziyatini yetarli darajada tushunmaydi, o'yin vaqtida sog'lom tengdoshlariga to'liq bo'ysunib, ikkinchi darajali rollarni bajaradi, xolos. Yengil darajadagi aqli zaif bolalar uchun bir qator fahm-farosat yetishmasligi harakterlidir. Ulaming kuzatish, taqqoslash, idrok qilayotgan narsalarning, voqea-hodisalarning muhim tomonlarini ajratib

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ko'rsatish, bular o 'rtasidagi eng oddiy sabab-natija bog'lanishlarini fahmlab olish qobiliyatlari rivojlanmay qoladi. Debil bolalarning tafakkuri, diqqati, sezgi va idroklari, xotirasi, analiz va sintez qilish qobiliyatlari ham yaxshi rivojlanmagan bo'ladi. Savod o'rgatishning dastlabki davridayoq bu bola tovush va harflar o'rtasidagi bog'lanishlarning farqiga yaxshi bormay harflarni eslab qolish, bo'g'inlab o'qish, tez ravon o'qish malakalarini o'zlashtirishda qiynaladilar, juda ko'p xatolarga yo'l qo'yadilar. Yengil aqli zaif bolalarning bilish faoliyatidagi kamchiliklar matematika darslarda ayniqsa yaqqol namoyon bo'ladi, negaki, eng oddiy hisoblash amallari ham abstrakt hisoblashni talab etadi. Debil bolalar tartib sonlarni o'zlashtira oladilar, lekin qo'shish va ayrish, teskari sanash, eng oddiy masalalarni, misollarni yechishda juda qiynaladilar. Ular misolni mohiyatini, masalaning mazmunini va raqamli ma'lumotlami tushunolmaydilar.

Xulosa:Nerv jarayonlari muvozanati, bilish faoliyatining buzilganligi natijasida oligofren hulq-atvorida ham bir qator kamchiliklar kuzatiladi. Qo'zg'alish va tormozlanish o'rtasidagi muvozanat buzilganligi tufayli ayrim oligofren bolalar haddan tashqari jonsarak, serharakat, sho'x bo'ladilar va tormozlanish jarayoni ustun turgan bolalarda esa, aksincha, passivlik, bo'shanglik, beparvolik, hech narsaga qiziqmaslik kuzatiladi va hokazo. Oligofren bolalar vaziyatni yetarli darajada anglay olmaydilar, hatti-xarakatlarni vaziyatga qarab, adekvat o'zgartira olmaydilar. Ularda o'z-o'ziga va atrofdagilarga nisbatan tanqidiy munosabat birmuncha sust bo'adi. Yuqorida ko'rsatilgan bir qator kamchiliklarga qaramay, oligofren bolalar bilan to'g'ri tashkil etilgan maxsus ta'lim-tarbiya ishlari natijasida defektologlar ularni mustaqil hayotga tayyorlash, kasb-hunarga o'rgatish borasida katta yutuqlarga erishmoqdalar. Maxsus yordamchi mehnat maktablarida ta'lim-tarbiya olib chiqqan debil bolalar hayotda o'z o'mini topib, sanoat hamda qishloq xo'jalik ishlab chiqarishning turli sohalarida, maishiy hizmat sohasida faol mehnat qilib yashamoqdalar.Tarbiyachi va o'qituvchilaming muhim vazifasi oligofren bolalami boshqa anomal bolalardan

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ajratib, ularni iloji boricha ertaroq tegishli muassasalarda ta'lim-tarbiya olishlarini ta'minlab berishadi.

Adabiyotlar

1."Alohida yordamga muhtoj bolalarni tarbiyalashda oila va maktab hamkorligi"Ilmiy-metodik to'plam, T-2013

2."Praktikum po psixologii umstvenno otstalogo rebyonka". M., 1985.

3. Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. Uch jildlik, saylanma. Xalq merosi.1993.

4. Abu Nasr Forobiy. "Fozil odamlar shahri" \ tuzuvchi Mahmudov M. - T.: Xalq merosi. 1993

5 Burlachuk L.S. Psixodiagnostika: Uchebnik dlya vuzov. SPb.: Piter, 2001.

6. D.A.Nurkeldiyeva, Ya.E.Chicherina "Ilk, maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarni psixologik-pedagogik, logopedik tekshirish" T-2014

7. D.A.Nurkeldiyeva, Z.I.Islambekova "Rivojlanishda nuqsoni bolgan bolalar diagnostikasi", T-2013

8. Davletshin D.Mamedov K. Ibn Sinoning psixologik qarashlari ilmiy -ommabop to'plam. T.2002-y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.