Научная статья на тему 'RUHIY RIVOJLANISHI SUSTLASHGAN BOLALARNI TAFAKKUR VA NUTQ XUSUSIYATLARI'

RUHIY RIVOJLANISHI SUSTLASHGAN BOLALARNI TAFAKKUR VA NUTQ XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
9878
433
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TAFAKKUR / OBRAZ / DIAGNOSTIKA / AQLI ZAIFLIK / BILISH / SEZGI / INTELLEKTUAL / TALAFFUZ / GRAMMATIKA / RUHIY RIVOJLANISH SUSTLASHGAN / HISSIY / MUVAFFAQIYAT / DIFFERENSIATSIYA / XAREKTER

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Halimova O.M.

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar tafakkurini xususiyatlari, o’zi xosligi, turlari bu tafakkur orqali ularni aqli zaiflikdan ajrata olishga yordam berishi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bollarni turlari haqida fikrlar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF THINKING AND SPEECH OF MENTALLY RETARDED CHILDREN

The characteristics and characteristics of mentally retarded children’s thinking help to distinguish them from mental retarded children’s thinking help to distinguish them from mental retardation. The types of mentally retarded children are discussed.

Текст научной работы на тему «RUHIY RIVOJLANISHI SUSTLASHGAN BOLALARNI TAFAKKUR VA NUTQ XUSUSIYATLARI»

Halimova O.M.

Namangan Davlat Universiteti Pedagogika- psixologiya fakulteti Defektologiya (logopediya) yo'nalishi 3- bosqich talabasi

RUHIY RIVOJLANISHI SUSTLASHGAN BOLALARNI TAFAKKUR

VA NUTQ XUSUSIYATLARI

Annotatsiya: Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar tafakkurini xususiyatlari, o'zi xosligi, turlari bu tafakkur orqali ularni aqli zaiflikdan ajrata olishga yordam berishi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bollarni turlari haqida fikrlar yuritilgan.

Kalit so'zlar: Tafakkur, obraz, diagnostika, aqli zaiflik, bilish, sezgi, intellektual, talaffuz, grammatika, ruhiy rivojlanish sustlashgan, hissiy, muvaffaqiyat, differensiatsiya, xarekter.

Halimova O.M.

3rd stage student of defectology (Speechology) course Namangan State University Faculty of pedagogy and Psychology

CHARACTERISTICS OF THINKING AND SPEECH OF MENTALLY

RETARDED CHILDREN

Annotatsiya: The characteristics and characteristics of mentally retarded children's thinking help to distinguish them from mental retarded children's thinking help to distinguish them from mental retardation. The types of mentally retarded children are discussed.

Keywords: Thinking, image, diagnosis, mental retardation, cognition, intuition, intellectual, pronunciation, grammar, mental retardation, emotional achievement, differentiation, character.

Ulgurmovchi o'quvchilar orasida ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar ham uchrab turadi. Ularning bilish faoliyati- intellekti mantiqiy tafakkuri, idroki, xotirasi, ixtiyoriy diqqati, ish qobiliyati va boshqa xislatlariga birinchi o'rinda markaziy nerv sistemasining kasalliklari natijasida ruhiy rivojlanishi sustlashadi. Bunday bolalarda hissiyot, iroda sferasidagi kamchiliklar birlamchi, aqliy rivojlanishni orqada qolishi esa ikkilamchi hodisa boiib hisoblanadi.

Ruhiy rivojlanishida sezilarli darajada orqada qolgan bolalar bular maktabni bitirguniga qadar maxsus sharoitda o'qitilishi kerak. Bunday bolalar maktab dasturini sog'lom tengdoshlari qatori o'zlashtira olmaydi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni ommaviy maktabda hamma qatori o'qitish talim jarayoniga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi, ya'ni o'rtacha o'quvchining saviyasini orqaga

tortadi, yaxshi va alo o'zlashtiruvchi o'quvchilarni yetarli darajada o' stirishga to' sqinlik qiladi.

Olimlardan K.S.Lebedinskaya, G.P.Berto'n, E.M.Dunayeva va boshqalar ruhan sust rivojlanganlikni klinik-psixologik jihatdan quyidagi xillarga bo'lishni tavsiya etadilar:

1) konstitutsional; 2) somatogen; 3) psixogen; 4)serebral shakli. Ruhan sust rivojlanganlikning konstitutsional shaklini xarakterlovchi belgilarga quyidagilar kiradi: bolaning gavda tuzilishi sogiom tengdoshlarinikiga nisbatan. 1-2 yosh kichik ko'rinadi. U o'zini bog'cha yoshidagilarga osxshab tutadi va taiim olish uchun hali "yetilmagan" bo'ladi. Bunday bola o'quv faoliyatiga yaxshi kirishib ketmaydi, chunki unda o'qishga qiziqish yo'q, ish qobiliyati past. Mas'uliyatsizlik, motivlaring sustligi, ruhiy jarayonlardan analiz, sintez qobiliyatlarining yaxshi rivojlanmaganligi tufayli o'qish va yozishni, matematikani katta qiyinchiliklar bilan o'zlashtiradi. Dars vaqtida tez charchab qolish hollari, bosh og'rib turishi konstitutsion shakldagi bunday bolada ish qobiliyati, faollik yanada pasayib ketishiga sabab boiadi.

Rivojlanishdagi bu kamchilikka bola onasining homiladorligi davrida qalqonsimon bezlari faoliyatining buzilganligi, yurak-tomir kasalliklari sabab bo'lishi mumkin.

Ilk yoshda har xil surunkali kasalliklar bilan tez-tez kasallanib turish natijasida bola yaxshi o'sib-unmay qolishi mumkin, bu esa o'z navbatida ruhiy jihatdan rivojlanishida orqada qolishga, kechikishga olib keladi, sust rivojlanganlikning somatik shakli deb shunga aytiladi. Bolada surunkali infeksiyalar, allergik holat tug'ma porok va shu kabi kasalliklar ayniqsa tez uchrab turadi. Ruhiy rivojlanishning somatogen sabablarga aloqador sustligi bolada asteniya holatini vujudga keltiradi. Ayrim bolalarda somatogen infantilizm kuzatiladi, ya'ni bola o'sib -unmagan, go'dak taxlit bo'lib qolaveradi. Bunda bola psixikasida nevrozga o'xshash holatlardan o'z kuchiga ishonmaslik, qo'rqoqlik, injiqlik, erkalik, qiziqishning pastligi va boshqalar kuzatiladi.

Ruhan sust rivojlanganlikning psixogen shaklida bola erta yoshligidan noqulay, noto'g'ri sharoitda tarbiyalanadi va shu tarbiyaning salbiy tomonlari ruhan rivojlanishiga ta'sir o'tkazgan boiadi. Shu xildagi kamchiliklaming kelib chiqish sabablarini 3 guruhga bo'lish mumkin:

Bola tarbiyasi bilan mutlaqo shug'ullanmaslik, uni butunlay o'z holiga tashlab qoyish, bunda bolalarda burch va mas'uliyat hissi shakllanmaydi. Aql-idrokning rivojlanishi, qiziqishlari, bilish faoliyati, his-tuyg'u va iroda yetishmasligi ustiga o'quv fanlarini

o'zlashtirish uchun zarur bilim va taassurotlaming yetishmasligi ham qo'shiladi.

Ruhan sust rivojlanganlikning psixogen shaklida aql-idrok bilish faoliyatiga aloqador kamchiliklarga aksari noto'g'ri tarbiya natijasida paydo boigan xislatlar ham qo'shilib pirovard natijasida shaxsning rivojlanishi izdan chiqadi, unda patologik xislatlar yuzaga keladi. Ana shunday bolalami pedagogik qarovsiz bolalardan ajrata olish lozim. Pedagogik qarovsiz bolalarning psixikasi normal boiib, ular noto'g'ri tarbiyalanganligi natijasida ulgurmovchi o'quvchilar qatoriga o'tib qoladilar.

Ruhiy sust rivojlanishning serebral shakli miya shikastlari, meningit, meningoensefalit, gidrotsefaliya va boshqa kasalliklar natijasi bo'lib hisoblanadi.

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni o'qishi pasayib ketadi, biroq bu holat o'z vaqtida va to'g'ri aniqlansa, bolalarga tegishli yordam tashkil etilsa, ular ommaviy maktab dasturini o'zlashtira oladilar. Ruhan rivojlanish kamchiliklarining ba'zi bir shakllarida bolalarni vaqti-vaqti bilan maxsus psixonevrologik sanatoriylarda davolash foydalidir. Sanatoriyada bola kollektiv ishiga asta-sekinlik bilan jalb etiladi. Unda charchash alomatiari paydo boiganda, u o'quv mashg'ulotlaridan vaqtincha ozod etiladi yoki unga soddaroq boshqa vazifalar beriladi. Sanatoriyda davolanib kelgandan so'ng bola o'qishni o'z maktabida davom ettiraveradi.

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun taiim umumtaiim bog'cha yoki maktab dasturi va darsliklari asosida olib boriladi, himoyalaydigan davolovchi maxsus tartib tashkil etiladi. Talim tarbiyaviy ishlar bolalarning fikrlash qobiliyati, diqqati, ish qobiliyati, xotirasi, nutqi va tafakkuridagi kamchiliklarni bartaraf etishga

qaratilgan bo'lib, bunday bolaga bilim berishda o'qituvchi uning o'ziga xos individual xususiyatlarini e'tiborga olgan holda maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan ishlaydi, tegishli yordam tashkil etadi. Sogiiqni saqlash vazirligi qoshidagi bolalar va o'smirlar gigienasi instituti xodimlari, jumladan N.P.Vayzman va boshqa olimlarning o'tkazgan ilmiy tekshirishlari shuni ko'rsatadiki, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar o'zlashtirish jihatidan olganda sogiom va yengil darajadagi aqli zaif bolalar o'rtasida oraliq o'rinda turadi. Bu olimlar tekshirish vaqtida yengil darajadagi aqli zaif va ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarga bir xildagi topshiriqlami berib ko'radilar, shunda normal sogiom bolalar berilgan vazifani to'g'ri tushunib, uni kerakli tartibda bajargan boisalar, yengil darajadagi aqli zaif bolalar vazifani tushunmay, bajara olmaydilar, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar esa xuddi shunday vazifani, bajara oladilar.

L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, A.V.Zaporojes, G.S.Kostyuk, A.A.Lyublinskaya va boshqa olimlar tomonidan ishlab chiqilgan taiimotga binoan, inson tafakkurining uch xil turi: ko'rgazma - harakat, ko'rgazma - obraz, so'z-mantiq shakllari mavjud. Katta yoshdagi normal kishilarda tafakkuming bu turlari yetarli darajada rivojiangan bo'lib, bir-birlari bilan dialektik birlikni tashkil qiladi. Tafakkur turlari, mazmuniga oid barcha yoshiarga tegishli umumiy materiallar T.V.Rozanova tomonidan batafsil berilgan (1978 y.). Nuqsonli bolalar tafakkur xususiyatlarini o'zlashtirmovchi o'quvchilarda tekshirgan N.A.Menchinskaya juda qimmatli materiailar bayon qiladi. A.A.Simbalyuk (1974 y.) materiali mhiy rivojlanishi sustlashgan bolalardagi bilish aktivligi haqida, Z.I.Kalmikova (1975 y.) esa, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning muammoli mazmunli masalalami yechishdagi qiyinchiliklari to'g'risida, T.D.Puskayeva (1980 у.) bu bolalar tafakkurida bo'shliq, inertlilik holatlarining ko'zga tashlanishi haqida ilmiy-eksperimental materiallar beradi.

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar tafakkurning o'ziga xos bo'lgan va uni aqli zaiflardan oson ajratishga imkon beradigan xususiyatlari dan biri, so'z-mantiq tafakkur bilan ko'rgazma-obrazli tafakkur turlarining o'zaro munosabati va rivojlanish darajalaridir (G'.B.Shoumarov).

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan o'quvchilaming so'z-mantiq tafakkuri yetarli rivojlanmagan boiib, ba'zi holatlarda ulami yengil darajadagi aqli zaiflardan farqlay olmaslik mumkin. Ammo, ularning ko'rgazma-harakat va ko'rgazma-obrazli tafakkur turlari aqli zaiflardan keskin farq qilib, normal tengdoshlariga yaqinlashib boradi. Bu esa ularning bilish faolyatlarida katta rivojlanish imkoniyatlari mavjudligi va ularning bir qismi ma'lum ta'lim-yillaridan keyin, maxsus ta'lim-tarbiya va davolash ishlari natijasida o'z normal tengdoshlariga yetib olishi mumkinligini ko'rsatadi.

Tafakkur turlarining bunday munosabati va notekisligi katta differensial diagnostik ahamiyatga egadir. Ma'lum obyektlami tahlil qilganda ruhiy rivojlanishi sustlashgan o'quvchilar normal tenqurlariga nisbatan kamroq, lekin aqli zaif bolalarga nisbatan ko'proq belgilami aniqlaydilar. Lekin, shu bilan birga ularning tahlil jarayoni rejasiz ravishda bajarilganligi sababli obyektning ko'pgina qismlari tushirib qoldiriladi. Ammo, ularga o'qituvchi tomonidan ma'lum yordam berilganda, tahlil natijalarida keskin o'zgarish bo'lib, normal tengdoshlariga yaqinlashadi. O'qituvchi tomonidan yordam berilganda, tahlil natijalarida keskin o'zgarish bo'lib, normal tengdoshlariga yaqinlashadi. O'qituvchi tomonidan yordam berilganda aqli zaif bolalarda ham ijobiy o'zgarishlar bo'lishi mumkin, ammo, bu

o'zgarish ruhiy rivojlanishi sustlashgan o'quvchilardagidek katta bo'lmaydi.

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan o'quvchilarda tafakkur jarayonlari: tahlil -tavsifdan tashqari umumlashtirish, tasniflash, sistemalashtirish, taqqoslash darajalari jihatdan normal va aqli zaif

o'quvchilar tafakkur jarayonlari orasida bo'ladi, Berilayotgan vazifa murakkablashgan sari ruhiy rivojlanishi sustlashgan o'quvchilaming tafakkur qilish saviyasi aqli zaif bolalarnikiga yaqinlashib boradi. Tafakkurning boshlang'ich sinflardagi taraqqiyot dinamikasini o'rgangan, kuzatgan T.V.Egorova boshlang'ich sinf oxiriga kelib, aksariyat holda ruhiy rivojlanishi sustlashgan o'quvchilar tafakkuri normal bolalar tafakkuri saviyasiga yaqinlashganligini ko'rsatadi. Bu yaqinlashish ayniqsa, ruhiy rivojlanishi sustlashgan o'quvchilar tomonidan umumlashtirish va tasniflash jarayonlarida o'z ifodasini topadi.

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar nutqi normal bolalarga nisbatan rivojlanish, shakllanish nuqtayi - nazaridan birmuncha orqada qoladi. Ularda turli talaffuz kamchiliklari uchrab turadi. Tovushlar talaffuzining buzilishi, tovush obrazlarining yetarli shakllanmaganligi yozish va o'qishda xatolarga yo'l qo'yishga olib keladi.

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar lug'at boyligi birmuncha cheklangan bo'lib, aktiv lug'ati yetarli rivojlamagan bo'ladi. Ular nutqidagi mavjud tushunchalar tor, noaniq ba'zan esa noto'g'ri bo'ladi. Grammatik umumlashtirishlar yetarli bo'lmaganligi sababli, yozuvda turli xil xatoliklarga yo'l qo'yadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqida deyarli so'z turkumlaridan ot va sifat uchramaydi. Bolalardagi nutqning shakllanish muddati bog'cha yoshida tugamasdan, boshlang'ich sinflar davrida ham davom etadi. Bolalar nutqida grammatik qoidalar deyarli ishlatilmaydi. Grammatik tushunchalar differensiatsiya qilinmaydi. Ko'p hollarda ular "harf-tovush", "bo'g'in so'zlari chalkashtirib yuboradilar ruhiy rivojlanishi sustlashgan o'quvchilarning shaxsiy sifatlari maxsus psixologiyada yetarli o'rganilmagan. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan o'quvchilarning qiziqishlari bog'cha yoshidagi bolalar qiziqishga o'xshab ketadi. Shuning uchun o'yin ular uchun asosiy faoliyat rolini o'ynaydi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkunki: Ularning aksariyat 7 yoshda ham maktabga bormasdan bog'chada qolishni xohlaydi. O'qishga bo'lgan qiziqishlarga nisbatan, o'yinga bo'lgan qiziqishlari ustunlik qiladi. O'yinga bo'lgan qiziqishining ustunlik qilganligi va o'qishda doimo, muntazam muvaffaqiyatsizlikka uchrab turishi natijasida bu bolalarda o'qishga nisbatan salbiy munosabat shakllana boradi. O'z-o'ziga ishonmaslik hislari shakllanadi. O'zlarining qobiliyatlarini baholashda haddan

tashqari past baholash hollari kuzatiladi. Bu esa, ular shaxsining shakllanib yetishmasligi, hissiyot - iroda faoliyatlarida o'quv faoliyati uchun zarur bo'lgan bilish ehtiyojlarining shaklla nmaganligida o'z ifodasini topadi. Aksariyat hollarda, ruhiy rivojlanishi sustlashgan o'quvchilarda intellektual faollik, qiziqishlar yetarli bo'lmaydi. ruhiy rivojlanishi sustlashgan o'quvchilar faoliyati o'rganilganda; ularning o'z faoliyatlarini yetarli rejalashtira olmasligi, xatti- harakatlarning normal bolalarga nisbatan qo'zg'aluvchanigi, o'z-o'zini nazorat qilish saviyasining pastligi, o'z imkoniyatlarini yetarli

baholay olmasligi va faoliyatlarini maqsad sari yo'naltirishning yetarli emasligi ma'lum bo'ldi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. "Maxsus pedagogika" M.U. Xamidova Toshkent-2018

2. "Maxsus pedagogika" P.M. Po'latova, L.Sh. Nurmuxamedova, D.B. Yakubjonova, Z.N. Mamarajabova, Sh.M. Amirsaidova, A.D. Sultanova.

3. Po'latxo'jayeva M.R. Defektologiyaning klinik asoslari-T. 2012 yil

4. L.R. Mo'minova, Sh.M. Amirsaidova, Z.N. Mamarajabova, M.U. Xamidova, D.B. Yakubjanova, Z.M. Djalolova, N.Z. Abidova, Maxsus psixologiya-T. 2013 yil

5. M. Ayupova "Logopediya" 2007 yil

6. "Logopediya" (L.S. Volkova tahriri ostida) -M

7. "Logopediya" (L. Mo'minova, M. Ayupova)-T

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.