ANSAMBL IJROCHILIK AMALIYOTIDA UD SOZINING O'RNI
Mashxurbek Maribovich Xolmatov Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI
Annotatsiya: Ushbu maqolada ansambl ijrochiligi, uning shakllanish jarayoni hamda ud sozining ansambl ijrochiligidagi o'rni haqida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: Darvesh Ali Changiy, jo'rnavozlik, cholg'u, tanbur, ud, afg'on yoki buxoro rubob va qashqar rubob, ansambl
THE ROLE OF UD VOICE IN ENSEMBLE PERFORMANCE PRACTICE
Mashkhurbek Maribovich Kholmatov UzNMAI named after Yunus Rajabi
Abstract: This article discusses ensemble performance, its formation process, and the role of oud in ensemble performance.
Keywords: Darvesh Ali Changi, playing, instrument, tanbur, oud, Afghan or Bukhara rubob and Kashgar rubob, ensemble
Har bir buyuk xalq, o'zining o'tmishdan shakllangan boy madaniyati bilan shuhrat qozonib kelgan. Bu madaniyat, qadimdan millatlarning moddiy va ma'naviy ravnaqi yo'lida astoydil xizmat qilishi uchun ulkan bir vositadir. Boshqa xalqlar madaniyati kabi o'zbek xalqining ham o'ziga xos mumtoz san'ati mavjud. Ushbu san'at avlodlardan avlodlarga, ustoz-shogird an'anasi uslubida yashab kelgan. Buni biz tarixiy obidalarda, musiqa va miniatyura san'atida, me'morchilik, xalq og'zaki va yozma ijodiyotida yaqqol ko'rishimiz mumkin.
Shubha yo'qki, qaysi san'at xalq hayoti va orzu umidlarini tabiiy aks ettirsa, hamda ana shu jarayonda o'z milliy - madaniy, adabiy, badiiy me'rosiga mustahkam tayansa, o'sha san'ant hayotbaxsh va umrboqiydir. Tarixiy manba'larda zikr etilishicha, Markaziy Osiyoda azaldan madaniyat va san'at juda yuksak darajada rivojlanganligi ko'p marotaba qayt etilib o'tilgan. Yurtimizning turli vohalaridagi arxeologik qazilmalarida topilgan tasviriy san'at yodgorliklarida buni yaqqol ifodasini ko'rishimiz mumkin. Hattoki, ularda ilk jo'rnavozlik na'munalari aks etganligini guvohi bo'lamiz. Bu o'z o'rnida jo'rnavozlikning o'sha davrdanoq mavjud bo'lganligidan dalolat beradi.
Musiqada ansambl masalalariga oid ma'lumotlar Farobiy, Marog'iy, Kavkabiy, Darvesh Ali Changiy, so'ngi yillarda Fitrat kabi allomalar, musiqashunos olimlar risolalarida turlicha bayon etilgan. Tarixiy manba'larda musiqa san'atining aniq bir
ffciTii^^Bl 59 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
yo'nalishlari xususida muayyan ma'lumotlarga tayanib bayon etilgan. Jo'rnavozlik va ansambl xususida fikrlar alohida zikr etilmagan bo'lsada, hayot taraqqiyoti va ijrochilik an'analari, dasta bo'lib ijro etish amaliyotning oddiy amallari ekanligini namoyon etadi.
Jumladan, XVII asrda yaratilgan Darvesh Ali Changiyning risolasida bayon etiladiki: - "Ilk musiqa saboqlarini Darvesh ali otasi Mirzo Ali Changiydan o'rganadi. Keyinchalik o'zidan avvalroq ijod etgan mashhur musiqa arboblari Xujand Ja'far Qonuniy, Ali Do'st Nayi, Hasan Kavkabiy, Hofiz Mahmud, Hofiz Miraq Ibn Majruhiylardan musiqachilikga xos va umumiy ahloqiy, insoniylik fazilatlari saboqlarini o'rganadi. Changiyning musiqa risolasida qayd etilgan o'sha davr musiqa hayotida juda ko'p hunarmand kishilar ham musiqa ijrochilik amaliyotida qizg'in ishtrok etishgan. Jumladan; tikuvchi Boqiy Dirziy, Poyanda Tabib, Abdulkarim Qoziy, Munajjim Boqiy Shohidiy, Hofiz Qosim Bazzoz, Pirmuhammad Kulollar cholg'u asboblarida zo'r mahorat bilan kuy ijro etishgan". Bu esa sozandalarning ja'm bo'lishi ansamblga bir ishora bo'lishi ehtimoldan holi emas.
Markaziy Osiyo mintaqasida o'zbek xalqlari musiqiy cholg'ulari o'z turlarining juda mukammal tuzumli hamda tasviriy vositalari, imkoniyatlarining serqirraligi bilan o'zgalardan ajralib turadi. Ushbu cholg'ular turlarining keng qamroviyligi bilan ham diqqatni jalb etadi. Cholg'u sozlarining rang - barangligi bizning zamonamizgacha yetib kelgan namunalarning o'zida ham yaqqol namoyon bo'ladi. Unda torli-kamonli qo'biz, g'ijjak va setor (sato), torli - tirnama do'mbira, dutor, qonun (o'tmishda yana chang-arfa); torli - chertma (zaxmali, plektorli) tanbur, ud, afg'on yoki buxor rubob va qashqar rubobi; torli - urma zamonaviy chang; puflama sozlar: g'ajir nay yoki cho'pon nay hamda turli tuzilmali yonlama naylar; puflama yakka tilchali sibizg'a, qo'shnay, bulamon va puflama qo'sh tilchali surnay, munshtukli puflama soz karnay va nihoyat, urma sozlarning membranali turlaridan keng ishlatilib kelinayotgan doyra va nag'oralarning turli tuzilmali namunalari (jumladan, qo'sh nag'ora va uning yirik "kosaxonali" namunasi - endilikda oradan chiqib qolgan tabla, do'l nag'ora va b.q.) hamda o'zi sadolanuvchi namunalar: safoil, qayroq, qoshiq va boshqalar mavjud.
Har bir cholg'u asbobi hoh yakka, hoh ansambl tarkibida bo'lishidan qat'i nazar o'zining alohida ovoz xususiyati va tovush ko'lamidan kelib chiqqan holda muhim maqomiga, o'ringa egadir. Alisher Navoiy "Mahbub ul qulub" asarida har bir sozga alohida ta'rif berib ularni nechog'liq musiqa olami uchun muhim ekanligini ta'riflab o'tadi:
Agar kishi may havosidin chiqarur,
G 'ijjak Maddi nolasi bila anga yolborur.
Va tanbur pardadagi fitnadin halok etar,
Va ofiyat pardasin chok etar.
rfccYii^^Bl 60 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
Va chang zorlig' bila bo 'g 'zin tortar, Va ud lisoni nog'masining targ'ibi changdin ham ortar. Andakim rubob boshin yerga qo 'yub niyoz ko 'rguzgay, Va qubuz quloq tutib ayshga targ 'ib ohangini tuzgay. Mayxonada kimki maydin ibo qilgay, Nay uni bir dilkash navo bila ani rasvo qilgay. Chun qonun va chag 'ona nolasi quloqqa tushg 'ay, Va mahvashi soqiy yukunub, may oyoqqa tushgay, Ul vaqt zuhdu taqvoga ne e 'tibor.
Hazrat Navoiy har bir cholg'u sozining nechog'liq zabardast ohangga egaligini tasvirlab berib ularni kuchini nimaga qodir ekanligini bayon etadilar. Ana Shu kuchlar birlashib, birgalikda tarannum etsa har qanday qalblarni o'ziga rom etishi muqarrardir deya ta'kidlaydilar. Shu bois, jo'rnavozlik yoki bir-biriga mos keladigan cholg'ularni dasta bo'lib ijro etilishi majlis ahlining ko'p jihatli ekanliklariga mos kelishini e'tirof etish lozimdir.
Ana shu jabhada ud sozi ham yakkanavoz ijro bilan bir qatorda ansambl tarkibida o'zining go'zal bir o'rniga ega cholg'ulardan hisoblanadi. Ansambl ijrochiligida ud sozi asosan quyi regestrda asnambl tovushlarini to'ldirishda qo'llaniladi. Bundan tashqari ansambl ijrosining yanada tiniq ravon bo'lishiga ham xizmat qiladi.
Abu Nasr Farobiy ellin falsafasi nomyondalari (grek olimlari)ning asarlarini batafsil o'rganish asosida O'rta Osiyoda birinchi bo'lib musiqa nazariyasini yaratgan olim hisoblanadi. Uning "Musiqa haqida katta kitobi" nafaqat mukamal musiqa nazariyasi, balki cholg'ushunoslik bo'yicha ham ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilk manba hisoblanadi. Ushbu yirik risolaning ikkinchi kitobi musiqa cholg'ulariga bag'ishlangan bo'lib, ushbu manbada eng mukammal cholg'ulardan biri sifatida ud sozi keltiriladi. Bu davrda ud sozining to'rtta tori bo'lganligi, uning sadosini yanada mukammallashtirish maqsadida beshinchi tor ham kiritilishi maqsadga muvofiqligi bayon etiladi. Shundan kelib chiqib, ayrim mualiflar, shu jumladan Abdurahmon Jomiy ud cholg'usiga beshinchi torni Farobiy kiritgan degan xulosaga keladi. Aslida esa Farobiygacha bo'lgan davrda yashagan al-Kindiy (taxminan 790-847 yillar) ud cholg'usiga 5-torni kiritib, u xayvon ichagidan eshilgan holda tayyorlanganligi va yog'ochdan yasalgan mizrob (plektr) o'rniga suyakdan yasalgan mizrob ishlatila boshlangani to'g'risida o'z risolasida ma'lumot berib o'tgan.
Farobiyning kitobida ud cholg'usining tasviri berilmagan bo'lsa-da, uning zamondoshi bo'lgan Bag'dod xalifasi Ja'far al Muqtidir (manbada Djafar al-Muktidir-bi-alax) o'zining ud cholg'usini ushlab turgan holatini kumush tangada zarb qildirgani bois Farobiy davridagi ud to'g'risida tasavvurga ega bo'lishimiz mumkin.
6i
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O.E.Xolmirzayev. Ansambil Ijrochiligi. O'quv-uslubiy qo'llanma. Jizzax., 2018;
2. Р.Косимов. Уд. Т., 2002;
3. Абдуллаева О. "Ансамбл чолгуларини урганиш" Муси;а. Т.; 2006.
62
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)