Научная статья на тему 'ANDALUSIYADA AZ-ZAHRAVIY VA UNGA ZAMONDOSH ALLOMALARNING TIB ILMIDAGI MUVAFFAQIYATLARI'

ANDALUSIYADA AZ-ZAHRAVIY VA UNGA ZAMONDOSH ALLOMALARNING TIB ILMIDAGI MUVAFFAQIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Andalusiya / Kordova / akademiya / farmakologiya / al-faruk / tarjimonlik faoliyati / tibbiy kengash / solnoma / jarrohlik.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Gulhayo Mirabror Qizi Ibrohimova

Maqolada musulmon Ispanyasida tibbiyot sohasidagi bilimlarning asosi, shakillanishi, rivojlanishi va tibbiyot sohasida erishilgan yutuqlar ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Andalusiyada X asrdan boshlangan ilm-fan sohasidagi yutuqlar tibbiyot sohasida ham kuzatilgan,xususan tib ilmiga oid yunon-rim manbalari arab tiliga tarjima qilingan.Maqolada kordavalik tabiblarning qay tariqa tibbiy bilimlarni o‘zlashtirganligi, fanga kiritgan yangiliklari qisqa fikrlar asosida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ANDALUSIYADA AZ-ZAHRAVIY VA UNGA ZAMONDOSH ALLOMALARNING TIB ILMIDAGI MUVAFFAQIYATLARI»

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 21 (43) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

ANDALUSIYADA AZ-ZAHRAVIY VA UNGA ZAMONDOSH ALLOMALARNING TIB ILMIDAGI MUVAFFAQIYATLARI

Gulhayo Mirabror qizi Ibrohimova

Farg'ona Davlat Unversiteti magistranti [email protected]

Annotatsiya.Maqolada musulmon Ispanyasida tibbiyot sohasidagi bilimlarning asosi, shakillanishi, rivojlanishi va tibbiyot sohasida erishilgan yutuqlar ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Andalusiyada X asrdan boshlangan ilm-fan sohasidagi yutuqlar tibbiyot sohasida ham kuzatilgan,xususan tib ilmiga oid yunon-rim manbalari arab tiliga tarjima qilingan.Maqolada kordavalik tabiblarning qay tariqa tibbiy bilimlarni o'zlashtirganligi, fanga kiritgan yangiliklari qisqa fikrlar asosida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Andalusiya, Kordova, akademiya, farmakologiya, al-faruk, tarjimonlik faoliyati, tibbiy kengash, solnoma, jarrohlik.

Аннотация. В статье научно обоснованы зарождение, формирование, развитие знаний в области медицины в мусульманской Испании и достижения в области медицины. В Андалусии достижения в области науки, начавшиеся в X веке. наблюдались и в области медицины, в частности, на арабский язык были переведены греко-римские источники, связанные с медицинской наукой. В статье описывается, как врачи из Кордовы осваивали медицинские знания, какие новшества они вносили в науку. основе коротких мыслей.

Ключевые слова: Андалусия, Кордова, академия, фармакология, аль-Фарук, переводческая деятельность, врачебный консилиум, хроника, хирургия.

Abstract. The article scientifically substantiates the foundation, formation, development of medical knowledge in Muslim Spain, and the achievements in the field of medicine. In Andalusia, scientific achievements starting from the 10th century were also observed in the field of medicine, in particular, Greco-Roman sources on medicine were translated into Arabic. The article briefly describes how the doctors of Cordoba mastered medical knowledge and the innovations they introduced into science.

Key words: Andalusia, Cordoba, academy, pharmacology, al-Faruq, translation activities, medical council, chronicle, surgery.

Kirish.Arablar tomonidan Ispaniya 711-yilda qo'lga kiritgandan so'ng,Andalusiya o'zining ilm-fan va madaniyatining yuksalishi davrini boshdan kechirgan. Ayniqsa, tibbiyot sohasida Andalusiyalik olimlar ilg'or bilim va texnikalarni rivojlantirib, Islom dunyosidagi ilm-fan markazlaridan biriga aylandi. Bu

davrda Andalusiya nafaqat geografik jihatdan, balki ilmiy va madaniy jihatdan ham yirik markazga aylandi, u yerda tibbiyot sohasidagi tadqiqotlar, ilmiy ishlanmalar va ta'lim tizimlari yuksaldi. Ispaniyda hukmronlik qilgan ummaviy xalifalar tomonidan ilm-fan rivoji uchun yaratilgan sharoit, ko'plab ilmlar qatori, tibbiyot sohasining ham yanada taraqqiy etishiga zamin yaratdi hamda sohada bir qancha mashhur allomalar yetishib chiqdi.Musulmonlar Ispaniyaga kelganidan keyin, ularning ta'siri bilan Andalusiyada tibbiy bilimlar tez rivojlana boshlagan. Avvalo, qadimgi yunon va rim tibbiyotini, shu jumladan, Gretsiya va Rimning mashhur tibbiyot sohasida faoliyat yuritgan olimlarning asarlarini qayta ishlashdi va yangi tibbiy nazariyalar ishlab chiqdilar.

Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. Olimlar tomonidan fan tarixiga turli tarzda yondashuvlar asosida fanning ayrim sohalari ixtisoslashuv asosida ma'lum tarzda tadqiq etilgan.Buning natijasida, allomalar tomonidan yaratilgan ilmiy yutuqlar batafsil yoritilmagan ya'ni tibbiyotga oid asarlarning o'zlashtirilishi,tarjimonlik faoliyati,tarjima qilingan asarlarni davrga moslab izohlash ,ba'zi o'rinlarda kamchiliklarini to'ldirish ,ixtiro qilingan yangiliklar tavsiflanmagan.Donald Campell tomonidan yaratilgan "Arabian Medicine and its influence on the Middle Ages" nomli asarida Andalusiyada faoliyat yuritgan allomalarning asarlari,ayrim ixtirolari haqida ma'lumotlar berilgan,lekin tib ilmi rivojlanishida asosiy manba rolini bajargan asarlar va ularning tarjimaqilinishi haqida ma'lumotlar uchramaydi.Jorj Sartonning "Introduction to the history of science" asarida ham Andalusiyadagi tib ilmining qay tarzda paydo bo'lganligi haqida batafsil ma'lumot berilmagan.Ushbu asarlarda turli ilm sohalari kabi tibbiyot sohasi ham umumiy tarzda ilmiy jihatdan asoslangan.Ammo sohaga oid ilmiy adabiyotlarda allomalar ilmiy faoliyati, tibbiyot sohasi taraqqiyoti,erishilgan yutuqlar va uning Yevropaga tarqalishi batafsil bayon etilmagan.

Tadqiqot usullari. Mavzuni yoritishda tarixiylik tamoyili, kompleks yondashish,tizimlashtirish,manbalarning o'zaro qiyosiy tahlili,fanlararo o'zaro bog'liqlik kabi usullardan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar. Andalusiyaning eng mashhur ilmiy markazlaridan biri — Kordovadagi ilmiy akademiya edi. Bu yerda tibbiyot fanlari, jumladan, farmakologiya, anatomiyaga oid ilmiy ishlanmalar va shifobaxsh o'simliklarni o'rganish ishlari olib borilgan. Andalusiyaning tibbiyot markazlari boshqa yirik islomiy markazlar bilan aloqada bo'lib, ilm-fan va tibbiyot sohasidagi yangiliklar tezda boshqa hududlarga tarqalgan. Andalusiyada tibbiyot sohasining rivojlanishida ta'lim tizimi muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Kordovada va boshqa shaharlarida tibbiyot maktablari ochildi, bu yerda talabalar tibbiyotning nazariy asoslarini o'rganish bilan birga, amaliyotda ham tajriba orttirganlar. Boshqa yirik islomiy markazlar bilan bog'lanish va ilmiy anjumanlar o'tkazish Andalusiyada tibbiyotning

rivojlanishiga katta hissa qo'shgan.Tibbiyotda yangi yondashuvlar va ilmiy tajribalar, ayniqsa farmakologiya va shifobaxsh o'simliklarni o'rganishdagi yangiliklar Andalusiya ilmiy merosining ajralmas qismiga aylandi. Andalusiyalik shifokorlar va olimlar, o'z asarlarida o'simliklarning tibbiy xususiyatlarini va ularning organizmga ta'sirini chuqur tahlil qilishgan.

912-961 yillarda hukmronlik qilgan Kordova xalifasi Abd al-Rahmon III va al-Hakam II (961-976)hukmronligi davrida musulmon Ispaniyasi Yevropadagi ilm-fan markaziga aylangan. Andalusiyada turli ilm markazlari, ilk akademiyalar, kutubxonalar bilan bir qatorda Yevropada birinchi hisoblangan tibbiyot maktabi ham shakllangan.Aynan shu davrda faoliyat yuitgan allomalardan biri Ibn Shaprut edi. U 915 yilda Kordovada tug'ilgan. Ibn Shaprutning otasi ilm-fan homiysi bo'lgan,shu bilan birga farzandining ta'lim olishini ta'minlagan.Ibn Sharput arab,ibroniy,lotin tillarini bilgan shu sababdan ham keyinchalik siyosiy sohada ham qator yutuqlarga erishgan, uning tibbiyotga kiritgan yangiligi 30 yoshida Abdurrahmon III saroyida mashhur qildi. Xalifa uni birinchi marta zaharga qarshi faol modda- teriaka (arabchada "faruk")ni kashf etgani tufayli uni saroy tabibi etib tayinlagan.Ushbu malham hozirgi kunda ham Yaqin Sharqning ayrim hududlarida qo'llaniladi. Ko'pgina saroy hududlarida zaharni "siyosiy maqsadlarda" ishlatish odatiy hol edi va zaharga qarshi malhamni yaratilishi Ibn Shaprutni nufuzini oshirgan. Shundan keyin Ibn Shaprut xalifa va boshqa saroy a'zolari huzurida tashkil etilgan tibbiy kengash tarkibiga taklif qilindi. O'sha paytlarda xalifalar atrofidagi tabiblar ko'pincha muhim ma'muriy lavozimlarga tayinlangan. Shunday qilib, Ibn Shaprut yorqin siyosiy faoliyatini boshlagan. X asr 40-yillarining oxirida Ibn Shaprut katta diplomatik imkoniyatdan foydalanishni yaxshi bilardi. Vizantiya imperatori Konstantin VII manfaatlari Kordova xalifaligi manfaatlaribir-biriga to'g'ri kela boshladi.Bir tomondan Kordova xalifaligi to'liq mustaqillikni istagan bo'lsa,ikkinchi tomondan abbosiylar Vizantiya imperiyasiga hujum qilgan.Shu tariqa ikki davlat hamkorlik qilishi uchun siyosiy vaziyat yuzaga kelgan. Bu masalaga parallel ravishda, Konstantin VII ham, Abd al-Rahmon ham san'at va ilm-fanga katta qiziqish bildirgan va xristian olamini islom dunyosidan ajratib turuvchi teologik farqlarga ahamiyat bermagan.948-949-yillarda Konstantin VII tomonidan xalifa Abd al-Rahmon III ga "De Materia Medica" deb nomlangan noyob yunon qo'lyozmasini sovg'a qilgan edi.Bu asar I asrda Dioscorides tomonidan yozilgan bo'lib, asar farmakologiya bo'yicha muhim risola edi. Bu asar Ispaniyada butunlay noma'lum emas edi va hatto VIII asrda Bag'dodda arab tiliga qilingan tarjimasi ham bor edi. Ammo bu shunchalik noaniq ediki, zikr etilgan ko'plab giyohlar va moddalarni aniqlashning iloji bo'lmagan. Shu bois, mavzuni chuqurroq o'rganishni istagan izlanuvchilar Bag'dodga borishga majbur bo'lganlar. Kordova tarjimonlarining hech biri yunon tilini bilmagani uchun xalifa Abd al-Rahmon III Vizantiya imperatori Konstantin VII dan "De

Materia Medica" asarini yunon tilidan lotin tiliga tarima qilishda yordam bera oladigan tarjimon yuborishini iltimos qilgan.951-yilda esa xaifa so'roviga binoan rohib Nikolay Kordovaga kelgan,shundan so'ng asar Nikolay tomonidan yunon tilidan lotin tiliga tarjima qilgan, Ibn Shaprut esa lotin tilini arab tiliga tarjima qilish uchun mas'ul edi.Tibbiy risolaning benuqson tarjimasi, ayniqsa, muallifning obro'-e'tiborini oshirdi. Ushbu asarnng arab tiliga tarjima qlinishi keyinchalik tibbiy bilimlar rivoji uchun asos bo 'lib xizmat qilganligini tahmin qilishimiz mumkin. Chunki deyarli barcha allomalar dastlab,yunon-rim manbalaridan o'z ilmiy faoliyatida asos sifatida foydalangan,kamchilikarini bartaraf etgan, ilmiy qarashlarni rivojlantirgan va yangiliklar bilan boyitgan.

Kordovada faoliyat yuritgan allomalardan yana biri Arib ibn Sa'd al-Katib al-Qurtubidir.U ham Kordovada Abd al-Rahmon III va al-Hakam II saroyida kotib sifatida faoliyat yuritgan. Asli xristian,taxminan 976-yilda vafot etgan.U tarixchi va tabib edi.Tarixchi sifatida 961-976-yilardagi musulmon Ispaniyasi va Afrikadagi voqealarga oid xronologik solnomasini tuzib chiqqan.Shuningdek, u ginekologiya,homilador ayollar va chaqaloqlar gigienasi,akusherlik haqidagi risolalar("Xalq al-janin")ni yozgan.

Andalusiyaning eng mashhur tibbiyot olimlaridan biri Az-Zahraviy (936-1013)dir, u o'z zamonining eng buyuk shifokori va xirurglaridan biri sifatida tanilgan. Az-Zahraviy ham yuqoridagi ikki allomalar qatori al-Hakam II saroyida tabib bo'lgan.U nafaqat ilmiy asarlar muallifi, balki tibbiyot sohasida ko'plab yangiliklar kiritgan shifokor sifatida ham tarixga muhrlangan. Az-Zahraviy "Al-Tasrif" nomli asari orqali tibbiyot va jarrohlik sohasida ko'plab yangiliklar yaratdi. Bu asar o'zining ilmiy yondashuvlari, jarrohlik usullari va tibbiy metodologiyasi bilan mashhur bo'lib, Yevropa va Islom dunyosida uzoq vaqt davomida asosiy tibbiy manba bo'lib xizmat qilgan.Az-Zahraviy tibbiyotda quyidagi yangiliklarni kiritgan:

1. Jarrohlik asboblarining yaratilishi va takomillashtirilishi;

Az-Zahraviy jarrohlik asboblarini rivojlantirish va ularni qo'llashda katta yangiliklar kiritdi. U 200 dan ortiq jarrohlik asboblarini tasvirlab, ularni qanday ishlatish kerakligini batafsil tushuntirdi. Az-Zahraviy bu asboblarning ba'zilarini yangicha shaklda ishlab chiqdi. Masalan, uning tasvirlab bergan jarrohlik asboblari orasida, qaysi asboblar yirik jarrohlik amaliyotlarida, qaysi biri esa kichik jarrohliklarda ishlatilishini ko'rsatib o'tdi.

2. Amaliy jarrohlik usullari batafsil tavsiflangan;

Az-Zahraviy jarrohlikni faqat nazariy yondashuv bilan cheklanmay, amaliy usullarni ham ishlab chiqqan. Uning asarlarida jarrohlik amaliyotini qanday o'tkazish, kasalliklarni aniqlash va davolash usullari haqida aniq ko'rsatmalar mavjud. U xususan, ortopedik kasalliklar, tashqi jarohatlar, siydik yo'llari, oshqozon

kasalliklari va boshqalar bo'yicha ko'plab amaliy maslahatlar berdi. U jarrohlikni og'riqsizlashtirish usullarini qo'llashni ham muhim deb hisoblagan.

3. Sut va qonning inson organizmiga ta'sirini aniqlagan;

Az-Zahraviy qonning ahamiyatini tushunib, uni to'g'ri tashxis qo'yish va davolashda qanday foydalanish kerakligini ko'rsatgan. U sut va qonning tanadagi roli haqida ilmiy ravishda tasavvur hosil qildi va ularning organizmga ta'siri haqida izlanishlar olib bordi. U ko'plab kasalliklar va infeksiyalarni qon va sut orqali aniqlash usullarini ishlab chiqqan.

4. Qorin bo'shlig'ini jarrohlik bilan davolashni boshlab bergan;

Az-Zahraviy ichki a'zolarni davolashda yangi yondashuvlarni ishlab chiqqan. U

qorin bo'shlig'ini jarrohlik yordamida davolashda yangiliklarni amalga oshirdi va ichki jarrohlik amaliyotini bajarishda zarur bo'lgan maxsus jarrohlik usullarini yaratdi. Bu metodlar keyinchalik Yevropadagi jarrohlar tomonidan o'rganilib, keng qo'llanila boshlandi.

5. Tibbiyotda kasalliklarni aniqlash va turli tadqiqotlarni amalga oshirgan;

Az-Zahraviy nafaqat davolash, balki kasalliklarni aniqlashda ham yangi

usullarni kiritdi. U kasalliklarning tashxisini qo'yishda ilmiy yondashuvlarni qo'llab, o'z vaqtida to'g'ri tashxis qo'yishga intildi. Bu esa jarrohlikda, xususan, ichki organlarga tegishli kasalliklarni aniqlashda muhim rol o'ynadi.

6. "Al-Tasrif" asari

Az-Zahraviyning "Al-Tasrif ' asari 30 kitobdan iborat bo'lib, tibbiyot, jarrohlik, farmakologiya, pediatriya va boshqa sog'liqni saqlash sohalarini qamrab oladi. Ushbu asarida Az-Zahraviy o'zining jarrohlik metodlari, kasalliklarni davolash va tashxislashning samarali usullarini aniq tushuntirgan. "Al-Tasrif Yevropada XII-asrda lotin tiliga tarjima qilindi va uzoq vaqt davomida Yevropadagi shifokorlar va jarrohlar uchun asosiy qo'llanma bo'lib xizmat qilgan.

Az-Zahraviy o'zining ilmiy merosi orqali, nafaqat Islom dunyosiga, balki butun dunyoga katta hissa qo'shdi. U yaratgan tibbiyot va jarrohlik sohasidagi yangiliklar, uzoq vaqt davomida davom etgan ta'lim va amaliyot tizimlarini shakllantirdi. Az-Zahraviyning asarlari Yevropada XIV asrgacha o'qilgan va amaliyotda qo'llanilgan.Shuningdek,bu ilmiy asar Yevropadagi tibbiyotning rivojlanishida muhim rol o'ynagan.

Xulosa.Andalusiyada tibbiyot sohasining rivojlanishi Islom madaniyatining ilmiy va texnologik yuksalishining ajralmas qismi bo'ldi. Andalusiyalik olimlar tibbiyotda yangi nazariyalar ishlab chiqqan, o'simliklar va boshqa tabiiy manbalar asosida yangi davolash usullarini taklif etgan, shuningdek, o'rta asr Yevropasidagi tibbiyotning rivojlanishiga katta hissa qo'shgan. Bu davrda yaratilgan ilmiy asarlar, bugungi kungacha tibbiyot tarixida muhim o'rin tutmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. Donald Campbell. Arabian Medicine and its influence on the Middle Ages.Amsterdam;1974.220p.

2. George Sarton. Introducton to the History of Science.vol.1Copyright,1927 Carnegia Institution of Washington.839p.

3. Isidore Singer.The Jewish Encyclopedia.New York:Funk & Wangnalls,( 1901-1906).

4. Roth, Norman. Ibn Shaprut, Hasdai. Medieval Iberia:An Encyclopedia.Gerli,E.Michael,ed.1st ed.2003.print

5. Sadek,M.M.(1983).The Arabic materia medica of Dioscorides.Canada:Les editos du sphinx. ISBN 2-920123-02-5.

6. Sahar A.H. Al-Majali(2017) Arab muslims' medicine and pharmacy in Andalusia: 138-172A H./755-788 A.D. Research on Humnities and Social Sciences.

7. Safet Halilovic'(2017) Islamic civilization in Spain-a magnificient example of interaction and unity of religion and science. p. 64-72.

8. ^монян Р.З. История медицины с древнейших времен до современности.-Чебоксары: Издателъский дом "Среда" , 2020. -224с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.