Научная статья на тему 'QIYOSIY DINSHUNOSLIK SOHASINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI'

QIYOSIY DINSHUNOSLIK SOHASINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
128
59
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
din / dinlar tarixi / qadimgi dinlar / diniy marosim / ibodat / dinshunos tadqiqotchilar / maqolat / radd / radiya / tarojim / manoqib / tabaqot / tazkira. / religion / history of religions / ancient religions / religious ritual / prayer / religious researchers / article / radd / radio / tarojim / manoqib / tabaqat / tazkira.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Pardayev, Abdurahim Chori o‘g‘li

Ushbu maqolada dinshunoslik sohasining vujudga kelishi, qadimda dinshunoslik sohasiga oid yozilgan asarlar keltirilgan. G‘arb va sharq olimlarining qiyosiy dinshunoslik sohasi rivojlanishi uchun qo‘shgan hissalari haqida yozilgan. Ayniqsa musulmon olimlaridan Abu Rayhon Beruniy asarlari musulmon qiyosiy dinshunoslik sohasiga tamal toshi bo‘lib xizmat qilganligini bilib olishimiz mumkin. XI-XII asrlar musulmon dunyosida dinlar tarixi, turli ta’limotlar, e’tiqodlarni o‘rganish borasida bir qator asarlar yozilib, musulmon qiyosiy dinshunosligi sohasi alohida ilm sifatida shakllangan. Ushbu davrda yozilgan asarlarning avvalgi davrda yozilgan kitoblardan asosiy farqi, ularda raddiya va tanqid kam nisbatni tashkil etgan. Dinlar haqidagi xabarlar asosan ensiklopedik shaklda yoritilgan. Bu vaqtda Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Muhammad Ali ibn Hazm Andalusiy (994-1064), Abul Maoliy Muhammad ibn Ubaydulloh (vaf. 1092) va Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniy (1076-1153) kabi olimlar dinlar tarixi, aqidalari, marosimlari to‘g‘risida asarlar yozib qoldirdilar. Musulmon olimlarining qiyosiy dinshunoslikka oid asarlarida obyektivlik va xolislik asosiy o‘rinda turgan. Har bir din, e’tiqod to‘g‘risida fikr yuritilganda, ularni kamsitish, ta’limotlarini past sanash va raddiya berish kabi holatlar deyarli uchramaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT TENDENCIES OF THE FIELD OF COMPARATIVE RELIGION

In this article, the emergence of the field of religious studies, written works related to the field of religious studies in ancient times are presented. It is written about the contributions of Western and Eastern scientists to the development of the field of comparative religion. Especially from the Muslim scholars, we can learn that the works of Abu Rayhan Beruni served as a foundation stone for the field of Muslim comparative theology. In the Muslim world of the XI-XII centuries, a number of works were written on the study of the history of religions, various teachings, beliefs, and the field of Muslim comparative theology was formed as a separate science. The main difference between the works written in this period and the books written in the previous period is that there is a small proportion of refutation and criticism in them. Information about religions is covered mainly in an encyclopedic form. At this time, scholars such as Abu Rayhan Beruni (973-1048), Abu Muhammad Ali ibn Hazm Andalusi (994-1064), Abul Maoli Muhammad ibn Ubaidullah (d. 1092) and Muhammad ibn Abdulkarim Shahristani (1076-1153) studied the history of religions, beliefs, wrote works about their ceremonies. In the works of Muslim scholars on comparative theology, objectivity and impartiality were in the main place. When thinking about every religion and belief, it is almost impossible to find situations such as belittling them, underestimating their teachings, and rejecting them.

Текст научной работы на тему «QIYOSIY DINSHUNOSLIK SOHASINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

QIYOSIY DINSHUNOSLIK SOHASINING RIVOJLANISH

TENDENSIYALARI

Pardayev Abdurahim Chori o'g'li

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi stajyor-tadqiqotchisi e-mail: choriyevich94@mail.ru tel: 97 140 06 00

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada dinshunoslik sohasining vujudga kelishi, qadimda dinshunoslik sohasiga oid yozilgan asarlar keltirilgan. G'arb va sharq olimlarining qiyosiy dinshunoslik sohasi rivojlanishi uchun qo 'shgan hissalari haqida yozilgan. Ayniqsa musulmon olimlaridan Abu Rayhon Beruniy asarlari musulmon qiyosiy dinshunoslik sohasiga tamal toshi bo'lib xizmat qilganligini bilib olishimiz mumkin. XI-XII asrlar musulmon dunyosida dinlar tarixi, turli ta 'limotlar, e'tiqodlarni o 'rganish borasida bir qator asarlar yozilib, musulmon qiyosiy dinshunosligi sohasi alohida ilm sifatida shakllangan. Ushbu davrda yozilgan asarlarning avvalgi davrda yozilgan kitoblardan asosiy farqi, ularda raddiya va tanqid kam nisbatni tashkil etgan. Dinlar haqidagi xabarlar asosan ensiklopedik shaklda yoritilgan. Bu vaqtda Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Muhammad Ali ibn Hazm Andalusiy (994-1064), Abul Maoliy Muhammad ibn Ubaydulloh (vaf. 1092) va Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniy (1076-1153) kabi olimlar dinlar tarixi, aqidalari, marosimlari to'g'risida asarlar yozib qoldirdilar. Musulmon olimlarining qiyosiy dinshunoslikka oid asarlarida obyektivlik va xolislik asosiy o'rinda turgan. Har bir din, e'tiqod to'g'risida fikr yuritilganda, ularni kamsitish, ta'limotlarini past sanash va raddiya berish kabi holatlar deyarli uchramaydi.

Kalit so'zlar: din, dinlar tarixi, qadimgi dinlar, diniy marosim, ibodat, dinshunos tadqiqotchilar, maqolat, radd, radiya, tarojim, manoqib, tabaqot, tazkira.

Dinlar borasidagi ilk qarashlar Qadimgi Yunoniston va Rim tarixchilarining asarlarida uchraydi. Jumladan qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning (mil. avv. V asr) "Tarix" asarida qadimgi xalqlarning dinlari va e'tiqodlari yoritilgan. Shuningdek, Tatsit Korneliy (50-120) kabi qadimgi Rim tarixchilarining asarlarida qadimgi rimliklar, yunonlar, yahudiylar, german qabilalarining e'tiqodlari yoritilgan.

Antik davrda yozilgan kitoblardagi dinlarga oid qarashlar o'rta asrlar

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Yevropasida xristianlik dini qaror topgunga qadar asosiy ma'lumotlar sifatida qabul qilingan. VI asrda xristianlik Vizantiyada davlat dini deb e'lon qilinganidan so'ng, dunyodagi dinlar tarixi xristianlik nuqtai nazaridan o'rganila boshlangan. Ammo, yevropalik dastlabki "dinshunos tadqiqotchilar" nasroniylarning xristianlikdan boshqa dinlarga bo'lgan qiziqishlarini va o'zga dinni qabul qilishlarini oldini olish uchun noxristian dinlarga salbiy munosabat bildirganlar.

Musulmonlarning ham turli dinlar aqidalarini o'rganishlari uzoq o'tmishga ega. Dastlab, VII-VIII asrlarda turli firqalar o'rtasidagi munozaralarni o'z ichiga olgan "maqolot"lar yozilgan. "Maqolot"larda ba'zi firqalar, islomdan boshqa e'tiqodlarning qarashlari islom aqidasi bilan qiyoslangan va ular qattiq tanqid qilingan"1. Dastlabki "maqolot" turidagi asarlar asosan shialik e'tiqodidagi insonlar tomonidan yozilgan va ular "ashob al-maqolot" deb nomlangan. Biroq, vaqt o'tishi bilan sunniy olimlar ham "maqolot" janrida asarlar yozishgan. Shunday asarlardan eng mashhurlari Abu Mansur Moturidiyning "Maqolot" va Abul Hasan Ash'ariyning "Maqolot al-islomiyyin va ixtilaf al-musolliyn" nomli asarlari hisoblanadi.

Fors tarixchisi Abdulloh ibn Muqaffa (724-759) qadimgi hind, fors dinlari va asotirlarini ilk marta arab tiliga tarjima qilgan. Bu tarjimalar natijasida musulmonlar islomdan boshqa dinlarning tarixi, ta'limotlari va qissalari to'g'risida xabardor bo'lishgan. Ibn Muqaffa tomonidan tarjima qilingan asarlardan yana biri mazdakiylik asoschisi Mazdakning hayotiga bag'ishlangan, pahlaviy tilida yozilgan "Mazdaknoma" kitobi bo'lib, bu tarjima bugungi kunga qadar yetib kelmagan2. Shuningdek, olim hindlarning "Kalila va Dimna" eposini ham arab tiliga tarjima qilgan. O'zbek olimasi Suyima G'aniyevaning fikricha, Ibn Muqoffaning ushbu tarjimasi hindlar eposining lotin, slavyan, ivrit, fransuz, italyan va nemis tiliga qilingan tarjimalarida asos bo'lib hizmat qilgan3.

Arab tarixchisi Hishom ibn Kalbiy (737-819)ning "Kitob al-asnom" (Butlar kitobi) asarida johiliyat davri arablarining butlari va marosimlari tasvirlangan. Kitobda johiliyat davrida arablar e'tiqod qilgan dinlar qattiq tanqid qilingan. Britaniyalik islomshunos olim Gerald Houtingning fikricha, islomdagi shirk (Allohga sherik nisbat berish) gunohi bilan "johiliyat arablarining butparastligi"ni birlashtirishda "Kitob al-asnom" muhim o'rin tutgan4.

IX-X asrlarda ham musulmon olimlar tomonidan dinlarni qiyosiy o'rganishga oid ko'plab asarlar yozilgan. Ammo, bu asarlarning aksariyati hozirgi davrga qadar

1 Guy Mannot. Islam at religions. - Paris: "Maisonneuve et Larose", 1986. - P. 29-30.

2 Edward G. Browne. A Literary History of Persia. From the Earliest Times until Firdawsi. - London: T. F. Unwin, - P.

3 Kalila va Dimna / tarj. Suyima G'anieva. - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010. - B. 2.

4 Gerald R. Hawting. The idea of idolatry and the emergence of Islam: from polemic to history. - Cambridge: Cambridge University Press, 1999. - P. 68, 88-95.

169.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

yetib kelmagan. Muhammad ibn Huzaylning (vaf. 840) "Kitab al-majus va-s-sanaviya" (Majusiylik va sanaviylik kitobi), Abul Abbos Saraxsiyning (vaf. 899) "Risola fi vasf mazohib as-sobiin" (Sobiiylik firqalari sifatlari to'g'risida risola), Abu Zayd Balxiyning (vaf. 934) "Kitab sharo'i al-adyon" (Dinlar shariati kitobi), Ibn Nadimning (vaf. 995) "Kitab al-muqaddas 'inda al-muslimin va-l-yahud va-l-masihiyin" (Musulmonlar, yahudiylar va nasroniylar nazdida muqaddas kitob), "al -Asotir va-l-hikoyat va-s-sihr" (Afsonalar, hikoyalar va sehr), "Maqolot an g'oyri muvahhidin amsoli al-hindus va-l-buziin va-s-siniin va-l-almaniin" (Hindlar, buddaviylar, xitoyliklar va olmonlar kabi tavhidda bo'lmaganlar to'g'risida maqolalar), Musabbihiyning (vaf. 1029) "Dark al-bug'yat fi vasf ad-diyonot va-l-ibodot" (Dinlar va e'tiqodlar tavsifida maqsad me'yori) nomli kitoblari yo'qolgan yoki boshqa sabablar bilan bugungacha yetib kelmagan. Bu asarlar to'g'risidagi ma'lumotlar "tarojim", "manoqib", "tabaqot" va "tazkira" manbalari orqali yetib kelgan.

Shuningdek, shialikka mansub olimlardan Hasan ibn Muso Navbaxtiyning (vaf. 910) "al-Oro va-d-diyonat" (Fikrlar va dinlar) kitobi ham dinlar tarixiga oid muhim asarlardan hisoblangan. Afsuski, bu asar ham yetib kelmagan. Olimning zamondoshlaridan bo'lgan Ahmad ibn Ali Najoshiy "Rijol an-Najoshiy" (Najoshiyning hadis roviylari) asarida Navbaxtiyning ko'p kitoblari borligi, ular orasida "Fikrlar va dinlar" kitobi ajralib turishi, uni ustozi Abu Abdulloh qo'lida o'qib chiqqanini ta'kidlagan5.

"Arab Gerodoti" nomini olgan tarixchi Abul Hasan Ali Mas'udiyning (vaf. 957) "Muruj az-zahab va ma'odin al-javohir" (Oltin yaylovlar va javohirlar koni), "Tarix fi axbor al-umam min al-arab va-l-ajam" (Arab va ajam xalqlaridan xabarlar tarixi ), "Kitob al-maqolot" (Maqolalar kitobi), "Kitob axbor az-zamon va ajoyib al-buldon" (Zamon xabarlari va mamlakatlar ajoyibotlari haqida kitob) asarlarida slavyanlar, yunonlar, rimliklar va arablarning e'tiqodlari yoritilgan bo'lib6, afsuski, bu asarlar ham turli sabablarga ko'ra, bugungacha yetib kelmagan. 932-yilda Misr yahudiylaridan bo'lgan Said Fayumiy Tavrot va Talmudni arab tiliga tarjima qilgan7. Tohir Maqdisiyning (vaf. 966) "al-Bad va-t-tarix" (Ibtido va tarix) nomli 6 juzdan iborat kitobi insoniyat tarixiga bag'ishlangan bo'lib, asarda qadimgi xitoy, hind, turk, fors dinlari, shuningdek, yahudiylik, nasroniylik va sobiiylik to'g'risida qimmatli ma'lumotlar berilgan8.

XI-XII asrlar musulmon dunyosida dinlar tarixi, turli ta'limotlar, e'tiqodlarni

5 Ahmad ibn Ali Najoshiy. Rijol an-Najoshiy. - Qohira: Muassasa an-nashr al-islamiy, 2013. - B. 63.

6. Qarang: Ibn Nadim. Fihrist. - Bayrut: Dor al-ma'rifa, 2013. - B. 219-220.

7 Toha Hoshimiy. Tarix al-adyon va falsafatiha. - Bayrut: Dor al-maktaba va-l-haya, 1963. - B. 23-24

8 Tohir Maqdisiy. Al-Ba'd va-t-tarix. - Bayrut: Maktaba as-saqofa va-d-diniyya, 1976. - J. I. - 218 b.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

o'rganish borasida bir qator asarlar yozilib, musulmon qiyosiy dinshunosligi sohasi alohida ilm sifatida shakllangan. Ushbu davrda yozilgan asarlarning avvalgi davrda yozilgan kitoblardan asosiy farqi, ularda raddiya va tanqid kam nisbatni tashkil etgan. Dinlar haqidagi xabarlar asosan ensiklopedik shaklda yoritilgan. Bu vaqtda Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Muhammad Ali ibn Hazm Andalusiy (994-1064), Abul Maoliy Muhammad ibn Ubaydulloh (vaf. 1092) va Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniy (1076-1153) kabi olimlar dinlar tarixi, aqidalari, marosimlari to'g'risida asarlar yozib qoldirdilar.

Sharqda qiyosiy dinshunoslik asoschisi sifatida e'tirof etiladigan Abu Rayhon Beruniyning "al-Osor al-boqiya an al-qurun al-holiya" (Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar), "Hindiston" nomi bilan mashhur "Kitab fi tahqiq ma li-l-hind min maqulatin, maqbulatin fi-l-aql av marzulatin" (Hindlarning aqlga sig'adigan va sig'maydigan ta'limotlarini aniqlash kitobi), "Qonuni Mas'udiy" va "at-Tafhim li availi sinaat at-tanjim" (Munajjimlik san'atidan boshlang'ich tushunchalar) nomli asarlarida dinlar tarixi, asoschilari, marosimlari, e'tiqodlari, bayramlari, ulardagi firqalar shuningdek, qadimgi xalqlarning taqvimlari batafsil yoritilgan. Olimning birinchi asari "al-Osor al-boqiya an al-qurun al-holiya" 1000-yilda Kaspiy dengizining janubiy-sharqidagi Jurjon va Tobaristonda hukmronlik qilgan Ziyoriylar sulolasidan bo'lgan Qobus ibn Vashmgirga9 (978-981, 998-1012) atab yozilgan. Ziyoriylar 928-1042-yillar oralig'ida mintaqada hukmronlik qilganlar.

Alloma ushbu asarida o'z davrigacha ma'lum bo'lgan, turli xalqlarning taqvimlarini to'plagan. Bu taqvimlarning paydo bo'lish sabablari, turli taqvimlarning oy va sanalaridagi farqlar, bayram, marosim, ibodat o'tkaziladigan kunlarni aniqlash kabi masalalar asarning asosini tashkil etadi. Kitobning muqaddimasida insonlarning yaratilishi, to'fon, islomgacha bo'lgan arab dunyosi tarixi va Xorazm to'g'risida bayon qilingan. Shu bilan birga, asarning katta qismi O'rta Osiyo nasroniylarining tarixi, diniy urf-odatlari va an'analariga bag'ishlangan. Bundan tashqari, "al-Osor al-boqiya"da yahudiylarning taqvimlari, Iso payg'ambar tomonidan bashorat berilgan "xaloskor" (Messiya), Paraklit (Furoqlit), Zulqarnayn, Ya'juj va Ma'juj, soxta payg'ambarlar hamda turli mintaqalarda yashovchi insonlarning e'tiqodlari borasida ham xabarlar kelgan. Ammo, alloma asarda dinlar tasnifiga oid biror qarashni ilgari surmagan.

Abu Rayhon Beruniy "al-Osor al-boqiya"ning yozilish maqsadini, "Olimlardan biri mendan xalqlar tarixi, ular amal qiladigan taqvimlarning boshlanishi, oylar va

9 Abul Hasan Shamsu-l-ma'oliy Qobus ibn Vashmgir ibn Ziyor ibn Jiliy (vaf. 1012). Ziyoriylarning to'rtinchi hukmdori. Abu Rayxon Beruniyga homiylik qilgan. 1012 yilda vafot etgandan so'ng, uning o'g'li Manuchehr ibn Qobus davrida ziyoriylar g'aznaviylarga tobe bo'lishgan. Qarang: Abu Rayhon Beruniy. Osor al-boqiya an al-qurun al-holiya. - Leypsig: F.A. Brockhaus, 1878. - B. 4 (Bundan keyin: Beruniy. Al-Osor al-boqiya); Ibn Xallikon. Vafayot al-a'yon.- Bayrut: Dor as-sodr, 2007. - J. 4. - B. 79-81.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

yillardagi qarama-qarshiliklar, bularning sabablari, xalqlarning mashhur bayramlari, maxsus belgilangan kunlar, millatlarning ba'zisi amal qilib, ba'zilari amal qilmaydigan marosimlari haqida so'radi. Men imkon boricha ularni juda ravshan bayon etib, o'qiguvchi fahmlaydigan, turli kitoblarni topib, bu kitoblarga nisbatan tushunmovchilik qolmaydigan bir asar yozishga da'vat etdi"10, deb bayon qilgan.

Abu Rayhon Beruniy bu asarni yozishda qadimgi xalqlar, ularning e'tiqodlari, marosimlari, yil hisoblari haqidagi rivoyatlar chalkashib ketganini hamda yolg'on va asossiz ma'lumotlar ko'p ekanini ta'kidlagan. Bu asossiz ma'lumotlarni qabul etmaslik uchun olim dinlarga oid rivoyatlarning o'z davriga eng yaqin va mashhurini, so'ngra yaqinroq hamda mashhurrog'ini ketma-ket o'rganish, rivoyatlarni har bir dinning mashhur siymolaridan qabul qilish, tuzatish mumkin bo'lganini tuzatish, boshqalarini o'z xolicha qoldirish zarurligini ta'kidlagan. Olimning asarni yozishda qo'llagan xolislik uslubi keyingi davr dinshunos olimlaridan Abdulkarim Shahristoniyga o'zining ijobiy ta'sirini o'tkazgan.

"Al-Osor al-boqiya"ni yozishda Abu Rayhon Beruniy foydalangan manbalariga tanqidiy yondashgan. Olim foydalangan manbalarning aksariyati bugungi kunga qadar yetib kelmagan. Bu haqda 1957-yilda Mixail Aleksandrovich Salye tomonidan asarning rus tiliga qilingan tarjimasi kirish qismida keltirilgan sovet tarixchi-arxeologi Sergey Pavlovich Tolstovning fikriga ko'ra, Abu Rayhon Beruniyning manbalardagi ma'lumotlarni qabul qilishdagi haqqoniyligi ko'plab tarixiy kitoblarning yo'qolib ketganiga sabab bo'lgan11.

"Al-Osor al-boqiya"ning ilk arabcha zamonaviy-tanqidiy nashri 1878-yilda nemis sharqshunos olimi Eduard Zaxau tomonidan "Chronologie orientalischer Volker von Alberuni" (Beruniydan sharq xalqlarining xronologiyasi) nomi bilan amalga oshirilgan. E.Zaxau shu asarni "The Chronology of Ancient Nations" (Qadimgi xalqlar xronologiyasi) nomi bilan 1879-yilda ingliz tiliga ham tarjima qilgan. Asar dunyoning ko'p tillariga, jumladan, 1903-yilda fransuz va fors tiliga, 1957-yilda rus tiliga tarjima qilingan. O'zbek tilidagi tarjima esa 1968-yilda Abdufattoh Rasulov tomonidan amalga oshirilgan. O'zbek tilidagi tarjima tahrirga muhtoj bo'lib, kirish qismida sovet mafkurasi yaqqol sezilib turadi. Xususan, tarjimon Abu Rayhon Beruniyni biror-bir dinni boshqasidan ustuvor ko'rmagan inson sifatida ko'rsatishga harakat qilgan.

Allomaning dinlar tarixiga, xususan hind e'tiqodlari va ta'limotlariga bag'ishlangan ikkinchi kitobi "Kitab fi tahqiq ma li-l-hind min maqulatin, maqbulatin fi-l-aql av marzulatin" bo'lib, qisqa qilib "Hindiston" deb ataladi. Asar taxminan

10 Beruniy. Al-Osor al-boqiya. - B. 4.

11 Qarang: Бируни. Избранные произведения. Т. 1. Памятники минувших поколений // перевод и примечания М.А.Салье - Ташкент: ФАН УзССР, 1957. - С. 15.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

1017-1030 yillar oralig'ida yozilgan. Arabshunos olim V.Rozen, Beruniyning "Hindiston" asari qadimgi va o'rta asr G'arb va Sharq adabiyotida misli ko'rilmagan yodgorlik12 deb, asarga yuksak baho bergan.

XI asrni "Beruniy asri" deb atagan Jorj Sarton bu asar haqida: "U "Hindiston" asarini 1030-yilda G'aznada yozib tugatdi. Asar brahmaniy Hindistonining tavsifi va aholisining turmush sharoitini o'rganishga bag'ishlangan. Beruniy hind falsafasiga, ayniqsa Bhagavat-gitaga maftun edi. U sanskrit tilidagi juda ko'p kitoblarni, musulmonlar hindlar to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'lishlari uchun arabchaga tarjima qilgan", - degan fikrni bildirgan13.

Abu Rayhon Beruniy Hindiston haqida gapirar ekan, hindlarga xos bo'lgan har bir narsalarni bayon qilishda juda ehtiyotkorona munosabatda bo'lgan. O'zi duch kelgan masalalarga aqliy yondashgan. Hindlar uchun tabiiy, boshqalar uchun g'ayri tabiiy bo'lgan narsalarga ob'yektiv munosabat bildirib, ularni hind millatining urf-odatlaridan kelib chiqqan holda sharhlagan. "Bu kitob - deydi, muallif, - bahslashish va tortishish kitobi emas. Xusumatchilarning xujjatlarini keltirmayman, haqdan og'ishganlarga qarshilik bildirmayman. Bu faqatgina bayon qilish kitobi xolos. Shuning uchun, men bu kitobda hindlarning so'zlarini o'z xolicha yozaman"14.

"Hindiston" jami sakson bobdan iborat bo'lib, o'ndan ortiq bobi hindlarning Xudo, ko'rinadigan va ko'rinmaydigan olam, ruh-tana munosabatlari, ruhning ko'chib yurishi (reinkarnatsiya-tanosux), jannat va do'zax, najotga erishish (nirvana), tabaqalanish tizimi (kasta), muqaddas matnlar (vedalar), butlar, qurbonlik marosimlari, diniy bayramlari to'g'risida ma'lumotlarni o'z ichiga olgan.

Alloma hind xalqining kasta (varna) tizimi ularning diniy e'tiqodlariga ham ta'sir qilganini keltirgan. Asarda keltirilishicha, hindlarning yuqori tabaqasi bilan avom xalqning e'tiqodi bir-biridan farq qiladi. Yuqori tabaqa aqliy narsalar ustida mushohada yuritsa, avom xalq tabiati ko'targan narsalarni qabul qilish bilan cheklanadi. Asl-mohiyatni tekshirib o'tirmaydi, aql yuritmaydi. Shuningdek ular tanosuxga butkul ishonadilar15.

Shuningdek, Abu Rayhon Beruniy tomonidan hindlarning ikki kitobi - olamning boshlanishi va mavjudotning tavsifi to'g'risida "Sankhya" va jonni badandan qutqarish - nirvana to'g'risidagi "Patanjali" kabi muqaddas kitoblar hind tilidan arab tiliga tarjima qilingan. Bu ikki kitobda hind dinlarining hukmlari keltirilmagan bo'lib,

12 В.Р. Розен. «Записки Восточного Отд. Имп. Русского Археологического Общества». Т. 11. - СПб: Типография Императорской Академии Наук, 1886. - С. 147.

13 George Sarton. Introduction to the history of science. - Baltimore: Pub. for the Carnegie Institution of Washington,

14 Beruniy. Kitab fi tahqiq ma li-l-hind min maqulatin, maqbulatin fi-l-aql av marzulatin. - Bayrut: Alim al-kutub, 1983. B. 15-16. (Bundan keyingi o'rinlarda: Beruniy. Hindiston)

15 Beruniy. Hindiston. - B. 27.

1962. - P. 707.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

faqatgina ularning e'tiqodlari bayon qilingan. Allomaning "Hindiston"i esa hindlarning hukm va e'tiqodlarini bayon qilishda yuqoridagi ikki kitobning o'rnini to'ldirgan va hindlar to'g'risidagi barcha savollarga to'liq javob bergan.

"Hindiston" 1884-yilda E.Zaxau tomonidan nemis tiliga, 1888-yilda ingliz tiliga tarjima qilingan. 1958-yilda Haydarobodda, 1983-yilda Bayrutda zamonaviy tanqidiy matni nashr etilgan. Asarning o'zbekcha tarjimasi A.Rasulov, Yu.Hakimjonov va G'.Jalolovlar tomonidan 1965-yilda amalga oshirilgan.

Olimning yana bir asari "Qonuni Mas'udiy" bo'lib, 1030-yilda g'aznaviylar sultoni Mas'ud (1030-1040)ga atab yozilgan. Unda asosan astronomiya, astrologiya, geodeziya, metereologiya, geografiyaga oid ilmlar jamlangan. Bu asar jami 11 bo'lim, 135 bobdan iborat. Shu bilan birga, asarda yahudiylar, nasroniylar, majusiylar va hindlar yashaydigan shaharlar, ularning bayram kunlari, diniy marosimlari to'g'risida ham xabarlar mavjud.

Abu Rayhon Beruniyning 1029-yilda yozilgan "at-Tafhim liavaili sinaat at-tanjim" (Munajjimlik san'atidan boshlang'ich tushunchalar) kitobi astrologiyaga oid bo'lishiga qaramay, unda xristianlik marosimlari ham zikr qilingan. Alloma asarda "nasroniy" so'zini Iso payg'ambarning Baytul Maqdis yaqinidagi Nosiro degan qishloqda dunyoda kelgani bilan bog'lagan. "Unga odamlar doim nosiralik Iso deb murojaat qilishgan. Ushbu nisbat tufayli uning xalqi nasroniy nomi bilan mashhur"16, - deydi, olim. Olimning keyingi ikki asari bugungi kunda asosan astronomiya va astrologiya fanlaridan olib borilayotgan tadqiqotlarning asosiy manbasi bo'lib kelmoqda.

Dinlarni qiyosiy o'rganishning tamal toshini musulmon sharqida Beruniy qo'ygan bo'lsa, uning g'arbida, ya'ni Andalusiyada bu ilmga Ibn Hazm Andalusiy asos solgan. Ibn Hazmning to'liq ismi Abu Muhammad Ali ibn Ahmad ibn Said ibn Hazm ibn G'olib ibn Solih ibn Xalaf ibn Ma'dan ibn Sufyon ibn Yazid Andalusiy Qurtubiy 17 bo'lib, 994-yilda Pireney yarimoroli, Andalusiya viloyati sharqida joylashgan Qurtuba (hoz. Kordova) shahrida tavallud topgan.

Ibn Hazmning mazhabi borasida turli fikrlar mavjud. Masalan, Shamsiddin Zahabiy "Siyar a'lam an-nubalo"da olimni dastlab molikiy, so'ng shofe'iy mazhabida bo'lganini va keyinchalik zohiriy18 mazhabini qabul qilganini keltirgan19. Misrlik taniqli dinshunos olim Muhammad Abu Zahro esa, allomaning mujtahid bo'lganini,

16 Beruniy. At-Tafhim liavaili sinaat at-tanjim. - London: Luzac&CO, 1934. - B. 179.

17 Ibn Xallikon: Vafayot al-a'yon.- Bayrut: Dor as-sodr, 2007. - J. 3. - B. 325-330; Muhammad Abu Zahro. Ibn Hazm: hayatuhu, asruhu, arouhu va fiqhuhu. - Qohira: Dor al-fikr al-arabiy, 1978. - B. 21.

18 Zohiriya mazhabi dastlab fors millatiga mansub faqih Dovud ibn Ali Zohiriy tomonidan shakUantirilgan bo'lib, keyinchalik Ibn Hazm Andalusiy tomonidan rivojlantirilgan. Zohiriya mazhabi aqidada ham, fiqhda ham alohida mazhab deb qaraladi.

19 Shamsiddin Zahabiy. Siyaru a'lam an-nubalo.- Bayrut: Muassasa ar-risala, 1996. -J. 18. - B. 186.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

shuning uchun unga bir mazhabni tayin qilish mumkin emasligini ta'kidlagan20.

Olim yozgan asarlar hozirgi kunga qadar o'z ahamiyatini yo'qotmagan. U ilm-fanning o'ndan ziyod sohalarida kitoblar yozgan. 26 yoshigacha barcha islomiy ilmlarni o'rganib chiqqan va islomdan boshqa dinlar: yahudiylik, xristianlik, shuningdek, zardushtiylik, moniylik, mazdakiylik, hinduiylik, buddaviylik kabi e'tiqodlar tarixini o'rgangan. Natijada, 1020-1040-yillar oralig'ida dinshunoslikka oid yagona va mashhur asari "al-Fisol fi-l-milal va-l-ahvai va-n-nihal"ni yozgan. Asarda Quyosh va Oyga sig'inuvchilar, hind diniy-falsafiy ta'limotlari, but-sanamlarga ibodat qiluvchilarning aqidalari, yahudiylik, xristianlik, islom dinlaridagi va majusiylikdagi firqalarning ta'limotlari mavzulashtirilgan holda, qiyosiy o'rganilgan21. Abu Rayhon Beruniyning uslubidan farqli ravishda, Ibn Hazm o'zi yashagan mintaqa (Andalus, Ispaniya)da islomga qarshi boshqa din vakillari tomonidan olib borilgan tashviqotlar sababli raddiya uslubidan ko'p foydalangan.

Ibn Hazm "al-Fisol"ning yozilishi to'g'risida shunday degan: "Insonlarning o'z dinlarida firqalarga bo'linib ketishi haqida juda ko'plab maqola, risola va kitoblar yozilgan. Ba'zilar bir necha o'n jild va undan ham ko'p kitoblar yozib, dinlar haqida ko'p so'z yuritishgan, ko'plab ma'lumotlarni keltirganlar. Lekin ularda xolis fikrlar kam bo'lib, juda ko'p xatolarga yo'l qo'yilgan. Shuningdek, bu kitoblarning aksariyati aqlga tayanmagan holda holda yozilgan. Ba'zilar esa, bu borada qisqa va muxtasar ma'lumotlar bilan cheklangan. Men ushbu asarimda islomdagi firqa va yo'nalishlar haqida ma'lumot berish bilan birga, yahudiylik va xristianlik ta'limotlari, muqaddas manbalari, ulardagi firqa va yo'nalishlar, shuningdek, yunon falsafasi, qadimgi dinlar, otashparastlik, quyosh va yulduzlarga sig'inish, zardushtiylik, hinduiylik, buddaviylik, konfutsiylik haqida ham ma'lumotlar berib o'tdim"22.

"Al-Fisol" asari besh juzdan iborat bo'lib, ular quyidagilar:

Birinchi juzda qisqa muqaddimadan so'ng muallif islomdagi firqalarning yo'lboshchilari haqida ma'lumot bergan. So'ngra, yunon faylasuflari, ularning falsafiy qarashlarini keltirib, ularning islom aqidasiga zid so'zlariga ilmiy raddiyalar bergan. Bundan keyin, yahudiy va xristianlar, ushbu dinlardagi firqalar soni, ularning aqidaviy ixtiloflari, shuningdek, Tavrot va Injil haqida bahs yuritgan. Birinchi juz tanosux mavzusini islomga ko'ra sharhlab, ruh haqiqatini batafsil yoritish bilan tamomlangan.

Ikkinchi juzda to'rt Kanonik (Muqaddas) Injil, islomdagi ilk ixtiloflar to'g'risidagi hadislar bayoni, tavhid, qazo va qadar, ilohiy sifatlar haqida so'z

20 Muhammad Abu Zahro. Ibn Hazm: hayatuhu, asruhu, arouhu va fiqhuhu. - Qohira: Dor al-fikr al-arabiy, 1978. - B.

21 Encyclopaedia Britannica article on Ibn Hazm // http://www.muslimphilosophy.com/hazm/ibnhazm.html

22 Ibn Hazm. al-Fisol fi-l-milal va-l-ahvai va-n-nihal. - Bayrut: Dor al-jiyl, 1996. - J. I. - B. 35. (Bundan keying o'rinlarda: Ibn Hazm. Al-Fisol)

147.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

yuritilgan. Ibn Hazm Injil yoki Tavrot haqida fikr yuritganda aqliy qonun qoidalar va ochiq-oydin asoslarga suyangan. Olim ilohiy kitoblardan matnlar keltirib, ularni batafsil izohlagan.

Uchinchi juzda Qur'oni karim va uning mo'jizalari, hidoyat, tavfiq, Allohning bandalar fe'llarini yaratishi, iymon va kufr, toat va ma'siyat, va'da va ta'qib haqida so'z yuritilgan.

To'rtinchi juzda nabiy va rasullar, farishtalar, shafoat, mezon, qiyomat kuni, shu bilan birga, shialik, mo''taziliylik, murjiiylik va xorijiylik kabi oqimlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Beshinchi juzda esa, muallif sehr, mo'jizalar, metafizika, ayollarning payg'ambarligi masalasi, baqo va fano masalalari, yulduzlar ilmi, harakat va sukunat, jism va ruh haqida so'z yuritgan.

Montgomeri Uott kabi britaniyalik sharqshunos olimlar fikriga ko'ra, "al -Fisol" obyektiv asar emas, sababi unda dinlar va e'tiqodlarga nisbatan raddiyalar juda ko'p. Isroillik tadqiqotchi Izrail Fridlender esa "al-Fisol"ning xolisligini e'tirof etgan23.

Ibn Hazmning ushbu asari bu soha bo'yicha yozilgan asarlardan mavzuni bayon etishda muallifning tanqidiy yondashganligi va dinlar ta'limotlarini batafsil keltirib o'tganligi bilan o'z ahamiyatiga ega. G'arb dinshunos olimlari Abu Rayhon Beruniy va Ibn Hazmni qiyosiy dinshunoslik fanining asoschilari sifatida e'tirof etganlar24. Har ikki olimning dinlarni o'rganish bo'yicha olib borgan izlanish va uslublarida o'zaro hamohanglik ham, qarama-qarshilik ham mavjud. O'xshash jihati shundan iboratki, har ikki alloma dinlar tarixini va ta'limotlarini yoritishda asl manbalarga murojaat qilgan. Farqli tomoni shundaki, Abu Rayhon Beruniy asarlarida boshqa e'tiqodlarga raddiya berish holati umuman uchramaydi, Ibn Hazm esa mutakallim sifatida islomdan boshqa e'tiqodlarga qattiq raddiyalar bergan. Umuman olganda, ikki ulug' allomaning qoldirgan asarlari asrlar o'tsa-da o'z ahamiyatini yo'qotmagan.

Bu davrda dinlar tarixiga oid asar yozgan olimlardan yana biri eronlik Abul Maoliy Muhammad ibn Ubaydulloh hisoblanadi. Abul Maoliyning "Bayon al-adyon" asari fors tilida yozilgan. Asar muallif hayotining so'nggi yillarida, 1092-yilda Xurosonda yozilgan. Kitobning hajmi kichik bo'lib, unda islomdan avvalgi e'tiqodlar va islom mazhablari yoritilgan. Eronlik tarixchi olim Abbos Iqbolning so'zlariga ko'ra, "Bayon al-adyon" dinlar, mazhablar tarixiga oid fors tilida yozilgan eng qadimiy asar bo'lib, o'zida fors tilining eng go'zal va eng qadimgi namunalarini

23 William Montgomery Watt. Muslim-Christian Encounters: Perceptions and Misperceptions. - London: Routledge, 1991. - P. 48; Israel Friedlaender. The Heterodoxies of the Shiites in the Presentation of Ibn Hazm // Journal of the American Oriental Society, Vol. 29. - American Oriental Society, 1908. - 1-183 p.

24 E.J. van Donzel. Islamic Desk Reference. - Leiden: Brill Publishers, 1994. - P. 150.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

saqlagan25.

Abul Maoliy ushbu asarni yozishda o'zidan avvalgi bir qator manbalardan foydalangan. Masalan, Tohir Maqdisiyning "al-Bad va-t-tarix", Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston", Abul Hasan Nishopuriy Omiriy (vaf. 992)ning "al-Amad ala-l-abad" (Cheksiz muddat)26, Abul Xayr Hammor (vaf. 1048)ning "Sirot al-faylasuf" (Faylasuf yo'li)27 va Abu Iso Varroq (889-994)ning "Maqolot"idan foydalangan28.

"Bayon al-adyon" besh qismdan iborat bo'lib, uning birinchi qismida dastlab insonlarning geografik mintaqalarga bo'linishi klassik uslubda bayon qilingan. Ushbu mintaqalarda yashaydigan xalqlar sifatida, forslar, dariylar (afg'on millati), turklar, yunonlar, habashlar (efiopiyaliklar), hindlar va afrikaliklarni keltirgan. Britaniyalik islomshunos Bernard Lyuis olimning bu tasnifi XI asrda yashagan musulmon olimlari xalqlarni geografik jihatdan qanday tasniflaganini bilish uchun g'oyat ahamiyatli ekanini ta'kidlagan29. Shuningdek, asarning birinchi qismida zardushtiylarning "Oliy iloh"i, forslar va dariylarning "Xudo"si, yunonlar, qibtiylar va ahli kitoblarning turli nomlar bilan nomlagan "Iloh"lari hamda turklarning "Ko'k Tangri"si to'g'risida ma'lumotlar bergan. Hindlar va habashlarni madaniyatdan uzoq, yovvoyi odamlar deb ta'riflab, ularning e'tiqodlarini bayon qilgan30.

"Bayon al-adyon"ning ikkinchi qismida, arablarning johiliyat e'tiqodlari, yunon falsafasida ilohga munosabat, yahudiylik, xristianlik, majusiylik, sobiiylik va sanaviylik e'tiqodlari zikr qilingan.

Abul Maoliy yahudiy firqalaridan biri bo'lgan somiriylik haqida bahs qilingan o'rinda, ularni Muso (a.s.) va Horun (a.s.)ni tan olmasliklarini, Tavrot va Zaburga qo'shimcha yana 19 kitobni muqaddas deb bilishlarini keltirgan. "Ota-o'g'il-muqaddas ruh" shaklida xudoga ishonuvchi xristianlarning uch firqasi: ya'qubiylik, nestorianlik va malkoiylik e'tiqodlarini bayon qilgan.

Uchinchi qism, payg'ambar Muhammad (s.a.v)ning "yetmish uch firqa" to'g'risidagi hadisining izohiga bag'ishlangan. Abul Maoliy yetmish uch firqani sakkizta katta guruh: 1. sunniylik. 2. mo'taziliylik. 3. shialik. 4. xorijiylik. 5. jabariylik. 6. mushabbihalik. 7. sufiylik. 8. murjiiylik kabilarga ajratib olgan. Olim

25 Abul Maoliy Ubaydulloh. Bayon al-adyon. Abbos Iqbol tahqiqi. - Tehron: Intishoroti ibn Sino, 1934. - B. 5. (Keyingi o'rinlarda. Abul Maoliy. Bayon al-adyon)

26 Abu Nasr Forobiy va Abu Ali ibn Sinolar davrida Movarounnahr va Xurosonda mashhur bo'lgan faylasuf Abul Hasan Omiriyning falsafa va kalomga oid asari. Asarning yagona nusxasi "Sulaymoniya" kutubxonasida № 179/2 tartib raqami ostida saqlanadi.

27 Bag'dodlik hakim, faylasuf, mutakallim Abul Xayr Hasan ibn Hammorning falsafaga oid asari. Bu asar bizgacha yetib kelmagan.

28 Abul Maoliy. Bayon al-adyon. - B. 11-58.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

29 Bernard Lewis. The Muslim Discovery of Europe. - London: Taylor & Francis, Ltd., 1984. - P. 65.

30 Abul Maoliy. Bayon al-adyon. - B. 45-57.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

har bir guruh ichidagi firqalarni keltirib, ularning sonini yetmish uchtaga yetkazgan. Hadisdagi najot topuvchi firqa ("firqai nojiya") - "ahli sunna" tarkibiga, hanafiylik, dovudiylik31, shofe'iylik, molikiylik, hanbaliylik va ash'ariylikni kiritgan. Tarkibga moturidiylik ta'limotining kiritilmaganining sababi shuki, alloma uni hanafiylik tarkibida zikr qilgan.

Asarning to'rtinchi qismi, "ahli sunna" tarkibiga kiruvchi mazhablardan boshlanib, qolgan firqalarning e'tiqodlariga bag'ishlangan. Har bir firqaning asoschisi, e'tiqodlari to'g'risida batafsil to'xtab o'tilgan.

So'nggi, beshinchi qism esa, ilohlik va payg'ambarlikni da'vo qilgan Musaylama, Tulayha, Ahtal Dabiy, Muxtor Saqafiy, Bayon ibn Sam'on, Abdulloh ibn Harb, Abu Mansur Kisf, Xoyrur Roy, Abu Iso Isfahoniy, Muhammad Muborqiy, Husayn ibn Mansur, Muhammad Ironshahriy va Ahmad Kayyol kabi shaxslar to'g'risida bo'lib, ularning da'volari hamda e'tiqodlarini bayon qilingan. Shuningdek, ilohlik dav'osini qilgan ikki shaxs Muqanna va Bobakning "ruhiy hasta" bo'lgani keltirilgan32.

"Bayon al-adyon"ning ilk zamonaviy tanqidiy matni 1934-yilda Abbos Iqbol tomonidan amalga oshirilgan. Bu nashrda asarning beshinchi qism mavjud emas. Ammo, boshqa bir eronlik tarixchi Muhammad Taqi Donishpezuh beshinchi qismni topib, nashr qilgan33.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, XI-XII asrlar musulmon olimlarining qiyosiy dinshunoslikka oid asarlarida obyektivlik va xolislik asosiy o'rinda turgan. Har bir din, e'tiqod to'g'risida fikr yuritilganda, ularni kamsitish, ta'limotlarini past sanash va raddiya berish kabi holatlar deyarli uchramaydi. Ushbu asarlardagi mana shu jihat, XIX asrning 50-yillaridan boshlab G'arb dinshunosligi sohasida izlanishlar va tadqiqotlar olib borgan olimlar uchun asos bo'lib xizmat qilgan.

ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Abul Fath Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniy. Al-Milal va-n-nihal. -Bayrut: Dor al-ma'rifa, 2001. - 663 b.

2. Abul Fath Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniy. Mafotih al-asror va masobih al-abror. - Tehron: Markaz al-buhus va-d-dirosa li-t-taros, 2008. - 1382 b.

3. Abul Fath Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniy. Musoraat al-falosifa. -Qohira: Matbaat al-jabalaviy, 1976. - 98 b.

31. Zohiriylik mazhabining ikkinchi no mi.

32 Abul Maoliy. Bayon al-adyon. - B. 60-66.

33 Qarang: Mehmet Aydin. Beyänü'l-edyän // TDV islam Ansiklopedisi. C. 6. - Ankara: TDV islam Ara§tirmalan Merkezi, 2016-2022. - S. 33.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

4. Abul Fath Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniy. Nihayat al-iqdom. -Bayrut: Maktaba al-masna, 2009. - 522 b.

5. Abdulkarim Sam'oniy. At-Tahbir fi mo'jam al-kabir. - Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiyya, 1417/1998. - J. 2. - 658 b.

6. Abdulqohir Bag'dodiy. Al-Farq bayna-l-firoq. - Bayrut: Dor al-ma'rifa, 2003. -328 b.

7. Abdulvahhob Musayriy. Mavsua al-yahud va-l-yahudiya va-s-sahyuniya. -Qohira: Dor ash-shuruq, 1999. - J. V. - 534 b.

8. Abu Bakr ibn Ahmad Dimashqiy. Tabaqot ash-shofe'iyya. - Haydarobod: Matbaa al-maorif al-usmaniyya, 1978. - J. 1. - 374 b.

9. Abu Nasr Forobiy. Kitab at-tahsil as-sa'ada. - Bayrut: Dor va maktaba al-hilol, 1995. - 186 b.

10. Abu Rayhon Beruniy. At-Tafhim liavaili sinaat at-tanjim. - London: Luzac&CO, 1934. -701 b.

11. Abu Rayhon Beruniy. Kitaob fi tahqiq ma li-l-hind min ma'qulatin, maqbulatin fi-l-aql av marzulatin. - Bayrut: Alim al-kutub, 1983. - 537 b.

12. Abu Rayhon Beruniy. Osor al-boqiya an qurun al-holiya. - Leypsig: F.A. Brockhaus, 1878. - 478 b.

13. Abu Rayhon Beruniy. Qonuni Mas'udiy. - Qohira: Amir G'ozi Vaqfi, 1954. -649 b.

14. Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. / Tarj. A.Rasulov. - Toshkent: Fan, 1968. - J. I. - 456 b.

15. Abul Hasan Ash'ariy. Maqolot al-islamiyyin va ixtilav al-musollin.- Bayrut: Maktaba al-asriyya, 1990. - J. I. - 340 b.

16. Abul Maoliy. Bayon al-adyon. - Tehron: Intishoroti ibn Sino, 1934. - 66 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.