Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ASHTARXONIY HUKMDOR SUBHONQULIXONNING ILMIY-IJODIY
FAOLIYATI
Maqolada Buxoro xonligining ashtarxoniy hukmdori Subhonqulixon ilmiy-ijodiy faoliyatining mohiyati ochib berilgan. Subhonqulixonning tibbiyot sohasidagi islohotlari, zamon hakimlari bilan munosabatlari haqida atroflicha to 'xtalib o 'tilgan. Shuningdek, xonning ilm-fan va madaniyat namoyondalari bilan aloqalari, ular bilan ijobiy va salbiy aloqalari maqolada batafsil yoritilgan.
Kalit so'zlar: Subhonqulixon, Ashtarxoniylar, Turdi Farog'iy, tibbiyot, Subhoniy tibbiyoti, Dor ush-shifo, Nishoniy, Lub-lavoih al-qamar fi-l-ixtiyorat.
В статье раскрывается сущность научной и творческой деятельности Субханкулихана, аштарханского правителя Бухарского ханства. Подробно обсуждались реформы Субханкулихана в области медицины и его отношения с тогдашними правителями. В статье также подробно рассматриваются отношения хана с представителями науки и культуры, их положительные и отрицательные отношения.
Ключевые слова: Субханкулихан, Аштарханилар, Турди Фараги, медицина, медицина Субхани, Дор уш-шифо, Нишани, Луб-лавоих ал-камар фи-л-ихтиёрат.
Ilm-fan sohasini rivojlantirish har bir davming muhim va dolzarb masalalaridan biri bo'lgan. Ayniqsa, O'rta Osiyoda IX-XII va XIV-XV asrlarda ilmfan madaniyat yuksak darajada rivojlangan. O'z davrining buyuk hukmdorlari hisoblangan Mirzo Ulug'bek va Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ajdodlarimiz ham ilm-fanga homiylik qilgan, ham bevosida ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug'ullangan. Ammo, xonliklar davriga kelib, yurtimiz madaniy hayotida turg'unlik vujudga keldi, aniq va tabiiy fanlarning rivojlanishiga to'siqlar paydo bo'ldi. Bu "to'siqlar" hukmdorlar faoliyatiga ham ta'sir etmay qolmadi. Ushbu jarayonlarni tadqiq etish, ilm-fan sohasining turg'unlikka tushish sabablarini tahlil etish bugungi yosh tadqiqotchilar oldida turgan asosiy muommolardan biri hisoblanadi.
Nasrullayev Karimjon Sobirjon o'g'li,
O'zbekiston Milliy Universiteti, Tarix yo'nalishi 1-bosqich magistranti
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
XVII asr boshlarida Buxoro xonligida hokimiyatga kelgan ashtarxoniylar sulolasi davrida o'zaro ichki ziddiyatlar, tinimsiz urushlar va siyosiy parokandalik avj oladi. Bunday jarayonlar esa albatta, mana'viy-ma'rifiy va madaniy hayotga o'z salbiy ta'sirini ko'rsatmasdan qolmadi. Shuningdek, bu davrda diniy mutaassiblik va ommaning diniy aqidalarga so'zsiz itoat etish talablarining kuchayishi ham ilm-fan rivojiga salbiy ta'sir o'tkazgan. Shunday bo'lishiga qaramasdan, murakkab diniy va siyosiy vaziyat ashtarxoniylar davrida maorif, ilm-fan va madaniyat rivojini to'xtatib qola olmagan. Bu davr ilm-faniga Mahmud ibn Vali, Muhammad Sharif Buxoriy, Muhammad Yusuf Munshiy, Muhammad Amin Buxoriy, Muhammad Zamon Buxoriy Abdurahmon Tole kabi ilm fan namoyondalari bilan bir qatorda ashtarxoniy hukmdorlari ham ulkan hissa qo'shganlar. Shunday hukmdorlardan biri ashatarxoniy Subhonqulixondir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Subhonqulixon (1681-1702) ashatarxoniy hukmdorlar orasida o'zining ma'rifatliligi, ilmiy faoliyat bilan shug'ullanganligi va ilm bilan shug'ullanuvchilarga himoylik qilganligi bilan ajralib turadi. Ma'lumotlarga qaraganda, Subhonqulixon davriga kelib ilm-fan taraqqiyotida katta o'zgarishlar ro'y bergan. Subhonqulixon qobiliyatli hukmdor bo'lib, u tibbiyotdan, astranomiya va she'riyatdan xabari bor shaxs edi. Subhonqulixon tibbiyot ilmini haqiqatdan ham yaxshi bilgan, tibbiyot ilmiga oid asarlar ham yaratgan. Xususan, uning tibbiyotga oid ikkita asari mavzud. Birinchisi asari turkiy (o'zbek tili) da yozilgan bo'lib, "Tibbi Subxoniy" deb ataladi1. Bu asarda turli xil kasalliklarni aniqlash va davolash usullari haqida batafsil ma'lumot berilgan. Subhonqulixoning bu asari shu darajada ahamiyatli ediki, hatto bu asar o'sha davr hakimlari uchun yirik qo'llama bo'lib xizmat qilgan. Uning ikkinchi asari 8 qismdan iborat bo'lib, "Subhonning hayotbaxsh tibbiyoti" deb nomlangan. Bu asar ham tabobat sohasidagi muhim asarlardan biri hisoblanadi. Jumladan, uning har bir qismida dorilarning sifatli tayyorlanishi va ishlatilishiga oid masalalar yoritilgan. Shuningdek, asarda insonning sog'ligi uchun foydali bo'lgan o'simliklar haqida ham to'xtalib o'tilgan2. Bu ikkala asar chindan ham o'z davrining mukammal yozilgan asarlari hisoblanadi. Sababi bu asarlar bir-biri bilan uzviy bog'liq. Birinchisida kasalliklarning kelib chiqish sabablari va ularni davolash usullari haqida ma'lumot berilsa, ikkinchisida davolashda qo'llaniladigan dorivor o'simliklar va ulardan tayyorlanadigan dorilar haqida yozilgan. Subhonqulixon bu
1 Qodirov A.A. Tibbiyot tarixi. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti - Toshkent: 2005. -B. 145.
2 Usmon Qoraboyev G'ayrat Soatov. O'zbekiston madaniyati tarixi. O'quv qo'llanma. Tafakkur bo'stoni. -Toshkent:
2011. -B. 103.
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5
educational, natural and social sciences ÍV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
asarlarni yozishda faqatgina asarning mukammalligiga emas, balki uning yozilish tiliga ham alohida e'tibor qaratgan. Xususan, u o'z asarlari haqida shunday degan edi: "O'tmishdagi tabiblar bizgacha arab va fors tillarda yozilgan asarlarni qoldirishgan, men turk (o'zbek) tilida yozilgan tibbiy kitob uchratmadim. Mahalliy aholi arab va fors tilida yozilgan kitoblardan foydalana olmaydi. Shuning uchun men o'z kitoblarimni turk (o'zbek) tilida yozdimki undan o'zimizning odamlar foydalansinlar"3. Bundan ko'rinib turibdiki, Subhonqulixonning tibboyot sohasidagi bu asarlari nafaqat ilmiyligi jihatdan, balki o'sha davr isnonlari uchun tushunarli bo'lgan va dastlabki turkiy tilda yozilgan tibbiy asar sifatida ham ahamiyatlidir.
Subhonqulixon asarlarining ahamiyatli tomonini yana ochib berish uchun ba'zi tadqiqotchilarning asarlariga murojaat qilamiz. Masalan, Akbar Zamonov o'zining "Buxoro xonligining ashtarxoniy hukumdorlari" nomli kitobida Subhonqulixoning amaliyotda insonlarni davolash chora tadbirlari to'g'risida ma'lumotlar beriladi. Xususan, unda aytilishicha, "Yozgi ich ketishini oldini olish bo'yicha Subhonqulixon shunday farmon chiqardiki, xonlikka qarashli hamma hududlarda yoz faslida barcha novvoylarga yopiladigan non yuziga kunjut urug'ini sepishni buyurgan. Bu chora chindan ham yozgi ich ketishni kamaytirgan, chunki kunjut ichni to'xtatish hususiyatiga ega, o'zi esa xushbo'ydir. Xon farmoni bilan boshlangan bu tadbir keyinchalik odat tusiga aylangan va hozir ham mahalliy novvoylar nonlar yuziga kunjut sepib yopadilar"4.
Subhonqulixon mamlakatda tibbiy bilimning rivojlanishi va chuqur bilimli hakimlarning yetishib chiqishiga alohida e'tibor berilgan. U xalqni sog'lomlashtirish, kasalliklarni kamaytirish, yuqumli kasaliklarni tarqalib ketishining oldini olish kabilarni shaxsan o'zi nazorat qilgani haqida malumotlar uchraydi. Shuningdek, Subhonqulixon davrida aholini davolashni yo'lga qo'yish maqsadida maxsus shifoxonalar ham qurilgan. Usmon Qoraboyev va G'ayrat Soatovlarning "O'zbekiston madaniyati tarixi" nomli kitobida Subhonqulixon turli xil kasall iklarni davolash maqsadida 1697-yilda Buxorada 2 qavatli 18 hujradan iborat "Dor ush-shifo" nomli madrasa-kasalxona qurdirganligi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Kasalxona qoshida tashxisxona, dorixona, kutubxona va boshqa yordamchi binolar bo'lgan. Dor ush-shifo harajatlariga vaqf mulklaridan keladigan 40 ming tanga miqdorda pul ham ajratilgan. Ma'lumotlarga qaraganda, madrasada o'qiydigan talabalarga vaqf mulkidan keladigan daromad evaziga stependiya ham berilgan. Ashtarxoniylar davrida qurilgan bu madrasa boshqalaridan farq qilgan. Sababi unda
3 Yuqoridagi manba. -B. 104
4 Zamonov Akbar, Subxonov Farrux. Buxoro xonligining Ashtarxoniy hukmdorlari. -Toshkent: 2021. -B.
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
faqat tibbiyot ilmi o'qitilgan. Lekin u yerda ta'lim oluvchi talabalarga ulami qanoatlantiradigan darajada ma'lumot berilgan deyish qiyin. Chunki, XVII-XVIII asrlarga oid Buxoro xonligidagi tibbiyot sohasining rivojlanish darajasi batafsil yoritilgan ilmiy tadqiqotlarda ham bu haqida batafsil ma'lumot berilmagan5.
Shuningdek, Subhonqulixon o'z saroyida tabiblarni yig'ib tabobat borasida ilmiy anjumanlar tashkil etib turgan, bu anjumanlarda o'sha davrda keng tarqalgan kasalliklar va ularni bartaraf etish yo'llari, tabobatga oid yangiliklar bo'yicha fikrlar almashilgan6. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, Subhonqulixon nafaqat o'z davrining kuchli hukmdori, balki yetuk hakimi bo'lganligini ham ko'rishimiz mumkin.
Subhonqulixon faqatgina tibbiyot ilmi bilan shug'ullanibgina qolmasdan, balki boshqa fanlarga ham e'tiborini qaratgan. Masalan, u ilmi nujum (astranomiya) bilan ham shug'illangan. Uning astronomiyaga oid "Lub-lavoih al-qamar fi-l-ixtiyorat" (Oy nurining ixtiyorat uchun mohiyati) asari mavjud7. Subhonqulixon bu asarini o'zidan oldin o'tgan astranom olimlarni malumotlariga asoslangan holda yozgan. Shu bilan bir qatorda u adabiy soha bilan ham shug'ullangan. Masalan, Subhon qulixon "Nishoniy" taxallusi bilan bir qancha asarlar yozgan8. "Ayn at-tavorix" (Tarixlar chashmasi) asarining muallifi Xoji Abdulazim Sharif (1889-1890) Subhonqulixonning adabiy ilmiy faoliyatiga yuqori baho berib shunday yozgan edi: "Tib ilmida tenggi yo'q edilar chunonchi Tibbi Suboniy buning qat'iy dalilidir. She'rga tabi baland edi. "Nishoniy" ni taxallus qilgan edilar" 9. Yuqoridagi jumlalardan ko'rinib turibdiki, Subhonqulixon saroy adabiy muhitini shakllantirgan va unda ham o'z o'rniga ega hukmdor bo'lgan. Quyidagi ma'lumotlar ham yuqoridagi fikrimizni isboti hisoblanadi. Manbalarning guvohlik berishicha, Subhonqulixon saroyda adabiy kechalar o'tkazib turgan. Masalan, "Maleho" taxallusi bilan mashhur bo'lgan Samarqandlik shoir Muhammad Bade ibn Muhammad Sharifning yozishicha, shu vaqtlarda saroyda 150 ga yaqin shoir bo'lgan10. Subhonqulixon ilm-fan va ilmiy ijod bilan shug'ullanuvchi olimlarning homiysi bo'lgan. Shuning uchun ham saroy shoirlari Subhonqulixoning hukumdorligini yuqori baholab unga atab g'azallar va asarlar yozishgan. Shu bilan birga
5 Aögycarrop ®yMaHa3ap. Eyxopo xoH^Hra Ta*mHM th3hmh Tapnxn. - T.: ÂKageMHamp, 2017. - E. 221
6 Usmon Qoraboyev G'ayrat Soatov. O'zbekiston madaniyati tarixi. O'quv qo'llanma. Tafakkur bo'stoni. - Toshkent: 2011. -B. 104.
7 Zamonov Akbar, Subxonov Farrux. Buxoro xonligining Ashtarxoniy hukmdorlari. -Toshkent: 2021. 87-bet.
8 Irisov A., Nosirov A., Nizomiddinov I. O'rta Osiyolik qirq olim. - Toshkent: -B. 92.
9 Ayn at-tavorix. Qo'lyozma, № 4217, -B.253.
10 Muhammad Amin Buxoriy. Muhit at-tavorix. Taijima, kirish va izohlar muallifi D.Y. Yusupova va U. Hamroyev. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi. Fan nashriyoti davlat korxonasi. - Toshkent: 2020. -B. 8
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
Subhonqulixon faoliyatini salbiy baholagan shoirlar ham bo'lgan. Shulardan biri Buxoroning yuz urug'idan bo'lgan Turdi edi. U o'zining hajviy shaerlari orqali Buxoroning XVII asr 80-yillaridagi hayotini bayon qilgan. Shoir saroydagi Qirq, Yuz, Ming, Jaloyir, Qipchoq, Nayman va Kenagas kabi urug' boshliqlari mansab va martaba uchun urush janjal qo'zg'atib, xalq boshiga turli-tuman uqubatlar solganini yozadi. Shuningdek, Turdi Farog'iy Subhonqulixon va uning amaldorlarining kirdikorlarini, ularning ma'naviy qiyofasini fosh etish maqsadida 1691-yilda 165 misradan iborat satira yozgan11. Unda shoir Subhonqulixon hukmronligi davrida zulm-zo'ravonlikning yanada avj olganini, uning saroyida nizo-adovat, amaldorlarning o'zboshimchaligi, poraxo'rlik, munofiqlik kuchayganligini tasvirlaydi. Turdi Farog'iy Subhonqulixon va uning amaldorlarini tanqid qilar ekan, shaxsiy g'arazi doirasida qolib ketmaydi, balki Subhonqulixon hukmronligining dahshatli manzara va oqibatlarini obyektivroq tasvirlashga harakat qilgan.
XULOSA
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, ashtarxoniy hukumdor Subhonqulixon o'z davrining o'qimishli kishisi bo'lgan. Uning davrida mamlakatda ilm-fan, madaniyat o'ziga xos ravishda rivojlandi. Ilm ahliga va ilmiy faoliyat bilan shug'ullanuvchi kishilarga homiylik qildi. Tabobat sohasida katta o'zgarishlarni amalga oshirdi. Uning tashabbusi bilan Buxoroda bepul tibbiy xizmat ko'rsatadigan shifoxonalar ochildi.
REFERENCES
1. Zamonov Akbar, Subxonov Farrux. Buxoro xonligining Ashtarxoniy hukmdorlari. -Toshkent: 2021. -B. 88.
2. Azamat Ziyo. O'zbek davlatchiligi tarixi. Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar. - T.: Sharq, 2000.
3. Muhammad Haydar. Mirzo. Tarixi Rashidiy. - T.: Sharq, 2010.
4. Usmon Qoraboyev G'ayrat Soatov. O'zbekiston madaniyati tarixi. O'quv qo'llanma. Tafakkur bo'stoni. - Toshkent: 2011. -B. 104.
5. Muhammad Amin Buxoriy. Muhit at-tavorix. Tarjima, kirish va izohlar muallifi D.Y. Yusupova va U. Hamroyev. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi. Fan nashriyoti davlat korxonasi. - Toshkent: 2020. -B. 8
11 Abdullayev V.A. O'zbek adabiyoti tarixi. Ikkinchi kitob. (XVII asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha). Ikkinchi nashr. - T.: O'qituvchi, 1967. -B. 50.