Научная статья на тему 'AN’ANAVIY DUTOR CHOLG‘USIDA IJRO USLUBLARI'

AN’ANAVIY DUTOR CHOLG‘USIDA IJRO USLUBLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
46
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Dutor / zarb / nola / qochirim / Xorazm / Far‘ona / Samarqand / miyang / Abdurahim Hamidov / Turg’un Alimatov

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Qumriniso Emin Qizi Rasulova

Ushbu maqolada An’anaviy dutor ijrochiligining mahalliy uslublari haqida qisqacha so‘z yuritilib, ularning bir biridan farqli jihatlari ochib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AN’ANAVIY DUTOR CHOLG‘USIDA IJRO USLUBLARI»

AN'ANAVIY DUTOR CHOLG'USIDA IJRO USLUBLARI

Qumriniso Emin qizi Rasulova Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI

Annotatsiya: Ushbu maqolada An'anaviy dutor ijrochiligming mahalliy uslublari haqida qisqacha so'z yuritilib, ularning bir biridan farqli jihatlari ochib beriladi.

Kalit so'zlar: Dutor, zarb, nola, qochirim, Xorazm, Far'ona, Samarqand, miyang, Abdurahim Hamidov, Turg'un Alimatov

PERFORMANCE STYLES ON THE TRADITIONAL DUTOR INSTRUMENT

Qumriniso Emin kizi Rasulova UzNMAI named after Yunus Rajabi

Abstract: This article briefly talks about the local styles of traditional dutor performance and reveals their differences.

Keywords: dutor, zarb, nola, kochirim, Khorezm, Farana, Samarkand, miyang, Abdurahim Hamidov, Turgun Alimatov

Bugungi kunda mamlakatimizda madaniyat va san'at sohasini izchil rivojlantirish, jahon miqyosidagi ijobiy tajriba va tendensiyalar, yutuq va natijalarni har tomonlama chuqur o'rganish asosida madaniyat va san'at muassasalari faoliyatini samarali yo'lga qo'yish, tarmog'ini kengaytirish, moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyatini mustahkamlash masalalariga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Bu esa o'zbek milliy cholg'u ijrochiligining yuksalishida yana bir muhim qadam bo'ldi.

Darhaqiqat o'zbek milliy cholg'ulari o'zining rang-barangligi va jozibadorligi bilan boshqa xalqlardan ajralib turadi. Azal-azaldan har bir o'zbek xonadonida biror bir cholg'u asbobi bo'lgan. Hozirgi kunda ham bu an'ana davom etmoqda. Ushbu maqolamizda o'zbek xalqining sevimli cholg'usi bo'lmish "Dutor" haqida to'xtalib o'tishni lozim topdik.

Dutor - o'zbek xalqining eng keng tarqalgan torli cholg'ularidan biri. Dutor yakkanavoz, qo'shiqchilarga jo'r bo'luvchi va ansambl cholg'u asbobi sifatida qo'llaniladi. Unda turli janrlar, raqs kuylari hamda shu jumladan maqomlarimizning barcha bo'limlari ijro etiladi.

Dutor noksimon korpusli, dastasi uzun ikki torli cholg'u asbobi. Dutor adabiy manbalarda Temuriylar davridan boshlab tilga olingan. Dutor haqidagi ilk

ma'lumotlarni Zaynulobiddin Al-Husayniyning "Qonun" asari, 16-bobidan topishimiz mumkin.

1920-yillar oxiri 1930-yillar boshida dutorni takomillashtirishga kirishildi. Konstruktorlar birinchi navbatda cholg'u tovushini yanada kuchaytirish haqida o'ylay boshlashdi, ayni mahalda dutorning parda bog'lamlari, uzun dastasi, sozlanishi va torlar tovushqatori o'zgarishsiz qoldirildi. Dutorni takomillashtirish va bu cholg'u yaratish ishlari 1930-yillarning oxirida A.I.Petrosyan va S.Y.Didenko tomonidan boshlandi. Dutorda xromatik tovushqatorli konstruksiyada bog'lama pardalar doimiy, o'yma pardalar bilan almashtirildi, tashqi jihatdan xalq cholg'usidan birmuncha bo'lakcha ko'rinish kasb etadi. Keyinchalik tipik namuna asosida prima, sekunda, alt, bas va kontrabas dutorlar yaratildi. Bas va kontrabas dutorlar qattiq charm noxun bilan chalinadi. Dutorlar oilasidan hozirgi o'zbek xalq cholg'u ansambllari va orkestrlarida foydalaniladi.

Dutor tojik tilida ikki tor degan ma'nosini beradigan, eng sevimli va ommalashgan o'zbek musiqiy cholg'ularidan biridir. Dutorning sadosi juda mayin bo'lib alohida holda ham juda yaxshi eshitiladi. Dutorning sadosini yanada serjiloligini sezish uchun uni tanbur, g'ijjak bilan birgalikda qo'llash maqsadga muvofiq.

Dutorning tuzilishi: Dutor qovurg'asimon taxtachalardan yasalgan kosoxona, qopqoq va yarim qopqoq, xarrag, torini taqish uchun moslangan ilgak cho'plar(quloqlar)dan tashkil topgan Dutorning dasta qismi oralig'i xromatik ya'ni yarim tondan taqsimlangan.

Dutor zarblari: Rez Pitssikato Terma zarb, Ufori zarb, tanovor zarb. O'zbek xalq cholg'ulari ijro amaliyotida tanbur, rubob, dutor, g'ijjak, chang, nay, sunray, qonun, doira kabi har tamonlama mukammal sozlar mavjud. Har bir cholg'u o'zining shakillanish va takomillashish tarixiga ega. Takomillashish jarayonlari cholg'ularning shakli, ovozi, ovoz diapazoni kabi jihatlariga asoslangan. Dutor cholg'ular orasida o'zining tabiati, nozikligi, sirli sadosi bilan ajralib turadi. Cholg'u sadosining unchalik keskin bo'lmaganligi, mayin va xonaki ovozga egaligi bunga asosiy sabab bo'lgan. Bu jihatlar ayni paytda ham saqlanib qolgan.

Dutor ijrochiligining jozibasi - rang-barang zarblaridan hosil bo'ladigan sadolarni turli bezak va jilolar bilan bezashdir. Shu bois dutorga xos bezak -qochirimlar an'anaviy ijrochilikda munosib o'rin olgan. Ular sozandalar orasida qochirim, kashish, miyang', molish, nolish, to'lqinlatish kabi iboralar bilan ataladi. Har bir bezak o'z ko'rinishi, ijro uslubi va shunga xos jozibali sadosiga egadir.

Dutor ijrochiligining keng ommalashuvi ijrochining samarali mehnati natijasidir. Shinavanda-tinglovchilar bir-biridan serjilo, rang-barang asarlar va sirli ijro uslublarga oshno bo'lib bordilar. Uslublar vaqt o'tib o'z-o'zidan ijro maktablariga

aylanadi. Xorazm dutor ijrochiligi maktabi yoki Qo'qon ijro maktabi ana shunday an'analar asosida yuzaga kelganligi begumon.

Darhaqiqat, maktab darajasida shakllanib rivojlangan cholg'u yo'llarining bir qator tomonlari mavjud bo'lib, ular aniq bir tugal maqomga ega bo'lgan. Birinchidan ijro repertuari, ya'ni shu uslub doirasida yuzaga kelgan musiqiy namunalar yoki asarlar turkumlari. Ikkinchidan, asarlarning tarkibiy jihatlari va albatta ijrochilikdagi o'ziga xos xususiyatlardir. Ushbu prinsiplarsiz ijrochilikni maktab darjasida tasavvur etish qiyin. Lekin, masalani ikkinchi tomoni, maktab darajasiga erishish uchun vaqt, ijod, ijrochilik amaliyoti asosiy ahamiyat kasb etadi.

Xorazm dutor ijrochilik maktabida yuqorida eslatib o'tilgan barcha prinsiplar amaliyotda shakllanganining guvohi bo'lamiz. Amaliyotda yuzaga kelgan dutor maqomlari esa, «Shashmaqom» yoki «Xorazm olti yarim maqomlari» kabi ichki murakkab funksional tartiblardan farqliroq, sodda va maqomlar yo'liga mansub holda shakllanganligi mutaxassislar tomonidan e'tirof etiladi.

Mulla Bekjon Rahmon o'g'li va Muhammad Yusuf Devonzodalar o'zlarining «Xorazm musiqiy tarixchasi» kitoblarida «Dutor maqomlari deganda bir tarafdan mumtoz musiqa, ikkinchi tomondan el kuylari deyiladigan ma'muliy (amaldagi) butun boshli asarlar tushuniladi» deya ta'kidlaydilar. Bundan adabiyotlarda xalq orasida mashhurlikka erishgan va mumtoz yo'lda yaratilgan alohida musiqiy namunalar dutor maqomlari deyilgan degan fikrga kelish mumkin.

Dutor sozi quyidagicha ta'riflangan o'rinlar mavjud: - «Dutor sozi Xorazm o'lkasida xalq orasida tanburdan ortiqmoch suratda tarqalgan bo'lsada, tanbur qadar tartibda intizom ostina olinmagandur. Garchi dutor nag'malari tanbur nag'malari qadar bo'lsada, tanburga berilgan ahamiyatni dutor nag'malarina bera olmaganlar. Chunki, chertilish yoqidan qaraganda tanburdan qiyinroqdir».

Bu fikr esa dutor maqom ijrochiligida tanburchalik mohir bo'lmasada, murakkab va o'ziga xos uslubga ega bo'lganini bayon etadi. SHu bois bo'lsa kerak, Xorazm dutor ijrochilik uslubi zarblarga boy, rang-barang va eng muhimi Xorazm vohasiga xos «shovqinli» ijro uslubi sifatida alohida qayd etiladi. Bu ijro o'ng qo'l harakatlarini cholg'u qopqog'iga ishqalab chalish bilan xarakterlanadi. Ushbu vohaning Matkarim Hofiz, Jumaniyoz ota Hayitboev, Otajon Qo'shmo, SHarif Botir, Nurmuhammad Boltaev, Yusuf Jabbor kabi mashhur dutorchilarining ijro yo'llarini alohida e'tirof etish o'rinlidir. Ayni paytda bu ijro yo'llari yoshlar tomonidan munosib davom ettirilishi muhimdir.

Xorazm dutor ijrochilik uslubiga nisbatan Samarqand ijro yo'li o'zgacha ekanligi Abdurauf Fitrat tomonidan ham qayd etilgan. U «Bu kunlarda bizning eng mashhur dutorchimiz samarqandlik Hoji Abdulaziz qo'lini taxtaga urmay chalg'oni uchun uning dutori havas bilan tinglanadir», - deb u samarqandlik Hoji Abdulaziz

Abdurasulovning dutor ijrochiligida mohir ekanligi va nozik bir uslub egasi ekanligiga e'tibor berib o'tadi.

Farg'ona-Toshkent vohasining dutor ijrochilik uslublari ham juda rang-barang ekanligini aytib o'tish lozim. Chunki, bu vohada ijro uslublari ko'p. Faqat Qo'qon dutor ijrochilik maktabining o'zigina, o'ziga xos an'analar bilan sug'orilgan. Bu an'analarni birgina «Qo'qoncha» asarida ham ko'rish mumkin. Dutorning shaxdam shiddatli talqini, zarblarining rang-barangligi, chap va o'ng qo'llar mohirligi va jozibaliligi uslub ijrochiligining mag'zi hisoblanadi.

Ijrochilik maktablari yuzaga kelishida alohida ijro uslublarning ahamiyati katta. Shuning uchun Farg'ona-Toshkent vohasida biz ko'pgina shaxsiy dutor ijrochilik uslublari shakllanganining guvohi bo'lamiz.

Musiqa ijrochiligi amaliyotida dutor cholg'u ijrosini me'yoriga etkazib, ustozlik darajasida faoliyat olib borgan bir talay mashhur san'atkorlar o'tgan. Zohidjon Obidov, Faxriddin Sodiqov, Mahmud Yunusov, Orif Qosimov, G'ulom Qo'chqorov kabi ustoz san'atkorlar shular jumlasidandir.

XX asrda dutor ijrochiligining rivoji aynan mana shu ustozlarning samarali ijodiy faoliyatlari bilan bog'liq bo'lgan. Lekin, har bir san'atkorning dutor ijrochiligida o'ziga xos chertish yoki chalish usuli bo'lgan. Aynan shu jihat ularning mohir ekanliklariga asos bo'lgan. Bu dutor ijro etganda chap yoki o'ng qo'l harakatlarida o'z ifodasini topgan. Ijro amaliyotida ham shu sozanda nomi bilan muhrlanib qolgan (bu albatta kelajak avlodlar uchun o'rnak bo'lishi yoki eslab qolish, o'rganishda osonlik yaratish uchun xizmat qiladi).

Bugungi kun yoshlari dutor ijrochiligining tamal toshlari bo'lmish buyuk ustozlar nomini har vaqt yodlarida saqlashi lozim. Tariximiz zarvaraqlarida o 'chmas iz qoldirgan Xoji Abdulaziz Rasulov, Abdusamad Vahobov, Faxriddin Sodiqov, Abdurahim Hamidov, Turg'un Alimatovlar haqida qancha fikr yuritmaylik shuncha oz. Biz yoshlar nafaqat ularning ijrolari bilan tanishish, balki ular darajasidek ijro malakamizni oshirish yo'lida tinim bilmay mehnat qilishimiz lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mahmud Ahmedov. Hoji Abdulaziz Rasulov. T.: "O'qituvchi" 1974.

2. Yuldosheva Feruza. Bugungi maqom cholg'u ijrochiligida Turg'un Alimatov maktabining ahamiyati: dutor misolida. Yunus Rajabiy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2022.

3. Malika Ziyayeva. Dutor (Faxriddin Sodiqov ijro uslubi). T.: "Musiqa" 2011.

4. B.Matyoqubov. "Sozi dur so'zi gavxar. Maqolalar to'plami. "Urganch" 2007.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.