Научная статья на тему 'TALABALARDA MILLIY CHOLG‘UDA IJRO ETISH KO’NIKMALARINI SHAKILLANTIRISH'

TALABALARDA MILLIY CHOLG‘UDA IJRO ETISH KO’NIKMALARINI SHAKILLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
27
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
tаlаbа / milliy сhоlg‘u / tаnbur / rubоb / dutоr

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Saidaxmad G‘ofurovich Saydaliyev

О‘zbеk хаlq сhоlg‘ulаri ijrо аmаliyоtidа tаnbur, rubоb, dutоr, g‘ijjаk, сhаng, nаy, surnаy, qоnun, dоyrа kаbi hаr tоmоnlаmа mukаmmаl sоzlаr mаvjud. Hаr bir сhоlg‘u о‘zining shаkllаnish vа tаkоmillаshish tаriхigа еgа. Tаkоmillаshish jаrаyоnlаri сhоlg‘ulаrning shаkli, оvоzi, оvоz diаpаzоni kаbi jihаtlаrigа аsоslаngаn. Dutоr, mаnbаlаrdа yоzilishigа kо‘rа shаkliy jihаtdаn о‘zgаrmаgаn. Dutоr сhоlg‘ulаr оrаsidа о‘zining tаbiаti, nоzikligi, sirli sаdоsi bilаn аjrаlib turgаn. Сhоlg‘u sаdоsining unсhаlik kеskin bо‘lmаgаnligi, mаyin vа (kаmеr) хоnаki оvоzgа еgаligi bungа аsоsiy sаbаb bо‘lgаn. Bu jihаtlаr аyni pаytdа hаm sаqlаnib qоlgаn. Аzаl-аzаldаn dutоr kо‘prоq аyоllаr ijrо аmаliyоtidа kеngrоq оmmаlаshgаnining аsоsiy sаbаblаridаn biri hаm аnа shundа.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA MILLIY CHOLG‘UDA IJRO ETISH KO’NIKMALARINI SHAKILLANTIRISH»

TALABALARDA MILLIY CHOLG'UDA IJRO ETISH KO'NIKMALARINI

SHAKILLANTIRISH

Saidaxmad G'ofurovich Saydaliyev O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: O'zbek xalq cholg'ulari ijro amaliyotida tanbur, rubob, dutor, g'ijjak, chang, nay, surnay, qonun, doyra kabi har tomonlama mukammal sozlar mavjud. Har bir cholg'u o'zining shakllanish va takomillashish tarixiga ega. Takomillashish jarayonlari cholg'ularning shakli, ovozi, ovoz diapazoni kabi jihatlariga asoslangan. Dutor, manbalarda yozilishiga ko'ra shakliy jihatdan o'zgarmagan. Dutor cholg'ular orasida o'zining tabiati, nozikligi, sirli sadosi bilan ajralib turgan. Cholg'u sadosining unchalik keskin bo'lmaganligi, mayin va (kamer) xonaki ovozga egaligi bunga asosiy sabab bo'lgan. Bu jihatlar ayni paytda ham saqlanib qolgan. Azal-azaldan dutor ko'proq ayollar ijro amaliyotida kengroq ommalashganining asosiy sabablaridan biri ham ana shunda.

Kalit so'zlar: talaba, milliy cholg'u, tanbur, rubob, dutor

ISSUES OF STUDENTS' ABILITY TO PLAY NATIONAL MUSICAL

INSTRUMENTS

Saidakhmad Gofurovich Saidaliyev Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: Uzbek folk instruments include tanbur, rubob, dutor, gijjak, chang, flute, trumpet, ganon, and doyra. Each instrument has its own history of formation and improvement. Improvement processes are based on aspects such as shape, sound, sound range of instruments. Dutor, according to what is written in the sources, has not changed in form. Dutor stands out among musical instruments for its nature, subtlety, and mysterious sound. The main reason for this is that the sound of the instrument is not very sharp, it has a soft and (camera) homely sound. These aspects are still preserved. This is one of the main reasons why more and more women have become popular in performance practice.

Keywords: student, national musical instrument, tanbur, rubob, dutor

O'tmish davomida dutor ijrochiligining turli yo'nalishlari yuzaga kelgan. Xalq ijodiyoti amaliyotida, yakkanavoz va jo'rnavoz soz, hattoki an'anaviy uslubda o'zining maxsus maqom yo'llarini yaratishiga ham sabab bo'lgan. Bunga yorqin misol Xorazm dutor maqomlaridir.

Demak, dutor ijrochiligi o'zining serqirraligi bilan ahamiyatli. XX asrga kelib dutor ijrochiligi professional darajada rivojini topdi. Yakka soz ijrochiligi, ayniqsa, ustozona uslubda o'z o'rniga ega bo'ldi. Bu albatta, dutorning O'tmish ijrochilik amaliyotida erishgan ijro imkoniyatlari, xalq orasida dutor ijro an'analarini rasm qilgan mohir ijrochilar ijodi bilan baholanadi. Natijada dutor ijrochiligida voha va shaxsiy ijro uslublari shakllandi va ommalashdi. Bunday ijro uslublarining paydo bo'lishi sozning inson tabiati qirralarini yanada kengroq ochib berishga imkon yaratdi.

Dutor ijrochiligining keng ommalashuvi ijrochining samarali mehnati natijasidir. Shinavanda-tinglovchilar bir-biridan serjilo, rang-barang asarlar va sirli ijro uslublarga oshno bo'lib bordilar. Uslublar vaqt o'tib o'z-o'zidan ijro maktablariga aylanadi. Xorazm dutor ijrochiligi maktabi yoki Qo'qon ijro maktabi ana shunday an'analar asosida yuzaga kelganligi begumon.

Darhaqiqat, maktab darajasida shakllanib rivojlangan cholg'u yo'llarining bir qator tomonlari mavjud bo'lib, ular aniq bir tugal maqomga ega bo'lgan. Birinchidan ijro dasturi, ya'ni shu uslub doirasida yuzaga kelgan musiqiy namunalar yoki asarlar turkumlari. Ikkinchidan, asarlarning tarkibiy jihatlari va albatta ijrochilikdagi o'ziga xos xususiyatlardir. Ushbu printsiplarsiz ijrochilikni maktab darjasida tasavvur etish qiyin. Lekin, masalani ikkinchi tomoni, maktab darajasiga erishish uchun vaqt, ijod, ijrochilik amaliyoti asosiy ahamiyat kasb etadi.

Xorazm dutor ijrochilik maktabida yuqorida eslatib o'tilgan barcha printsiplar amaliyotda shakllanganining guvohi bo'lamiz. Amaliyotda yuzaga kelgan dutor maqomlari esa, «Shashmaqom» yoki «Xorazm olti yarim maqomlari» kabi ichki murakkab funktsional tartiblardan farqliroq, sodda va maqomlar yo'liga mansub holda shakllanganligi mutaxassislar tomonidan e'tirof etiladi.

Mulla Bekjon Rahmon o'g'li va Muhammad Yusuf Devonzodalar o'zlarining «Xorazm musiqiy tarixchasi» kitoblarida «Dutor maqomlari deganda bir tarafdan mumtoz musiqa, ikkinchi tomondan el kuylari deyiladigan ma'muliy (amaldagi) butun boshli asarlar tushuniladi» deya ta'kidlaydilar. Bundan adabiyotlarda xalq orasida mashhurlikka erishgan va mumtoz yo'lda yaratilgan alohida musiqiy namunalar dutor maqomlari deyilgan degan fikrga kelish mumkin.

Dutor sozi quyidagicha ta'riflangan o'rinlar mavjud: - «Dutor sozi Xorazm o'lkasida xalq orasida tanburdan ortiqmoch suratda tarqalgan bo'lsada, tanbur qadar tartibda intizom ostina olinmagandur. Garchi dutor nag'malari tanbur nag'malari qadar bo'lsada, tanburga berilgan ahamiyatni dutor nag'malarina bera olmaganlar. Chunki, chertilish yoqidan qaraganda tanburdan qiyinroqdir».

Bu fikr esa dutor maqom ijrochiligida tanburchalik mohir bo'lmasada, murakkab va o'ziga xos uslubga ega bo'lganini bayon etadi. Shu bois bo'lsa kerak, Xorazm dutor ijrochilik uslubi zarblarga boy, rang-barang va eng muhimi Xorazm vohasiga xos «shovqinli» ijro uslubi sifatida alohida qayd etiladi. Bu ijro o'ng qo'l harakatlarini

cholg'u qopqog'iga ishqalab chalish bilan xarakterlanadi. Ushbu vohaning Matkarim Hofiz, Jumaniyoz ota Hayitboyev, Otajon Qo'shmo, Sharif Botir, Nurmuhammad Boltayev, Yusuf Jabbor kabi mashhur dutorchilarining ijro yo'llarini alohida e'tirof etish o'rinlidir. Ayni paytda bu ijro yo'llari yoshlar tomonidan munosib davom ettirilishi muhimdir.

Xorazm dutor ijrochilik uslubiga nisbatan Samarqand ijro yo'li o'zgacha ekanligi Abdurauf Fitrat tomonidan ham qayd etilgan. U «Bu kunlarda bizning eng mashhur dutorchimiz samarqandlik Hoji Abdulaziz qo'lini taxtaga urmay chalg'oni uchun uning dutori havas bilan tinglanadir», - deb u samarqandlik Hoji Abdulaziz Abdurasulovning dutor ijrochiligida mohir ekanligi va nozik bir uslub egasi ekanligiga e'tibor berib o'tadi.

Farg'ona-Toshkent vohasining dutor ijrochilik uslublari ham juda rang-barang ekanligini aytib o'tish lozim. Chunki, bu vohada ijro uslublari ko'p. Faqat Qo'qon dutor ijrochilik maktabining o'zigina, o'ziga xos an'analar bilan sug'orilgan. Bu an'analarni XX asrda dutor ijrochiligining rivoji aynan mana shu ustozlarning samarali ijodiy faoliyatlari bilan bog'liq bo'lgan. Lekin, har bir san'atkorning dutor ijrochiligida o'ziga xos chertish yoki chalish usuli bo'lgan. Aynan shu jihat ularning mohir ekanliklariga asos bo'lgan. Bu dutor ijro etganda chap yoki o'ng qo'l harakatlarida o'z ifodasini topgan. Ijro amaliyotida ham shu sozanda nomi bilan muhrlanib qolgan (bu albatta kelajak avlodlar uchun o'rnak bo'lishi yoki eslab qolish, o'rganishda osonlik yaratish uchun xizmat qiladi).

Jumladan, ana shundaylardan biri o'z zamonasida mohir sozandalik darajasiga erishgan, dutor ijrosi bilan elga tanilgan Zohidjon Obidovdir.

Zohidjon Obidov ijrochi bo'lish bilan birga ijod bilan ham shug'ullangan. Shu holat uning dutor ijrochiligida turli metroritmik usullarni izlashiga sabab bo'lgan bo'lishi ehtimoldan xoli emas. Chunki, Zohidjon Obidovning dutor ijrochilik uslublarida o'ng qo'l harakati alohida ahamiyat kasb etgan.

Sozanda shaxsiy ijro uslubining negizi ham uning o'ng qo'li harakati bilan bog'liq. Qo'l barmoqlari va beriladigan zarblarning turli ko'rinish va shakllari hamda urg'ularni rang barang ishlatishda, teskari zarblarni o'rniga qo'yib aks ettirish uslubning zaminidir. Zohidjon Obidov asosiy diqqatni o'ng qo'lga qaratib, kuyni rang-barang usullar va zarblar bilan bezaydi. Asarga joziba baxsh etuvchi harakatlarni ko'paytiradi. Lekin, u chap qo'lga e'tiborsiz bo'lgan. Bu uslub ham ijrochilikning o'ziga xos tomonlari sifatida amaliyotda muhrlangan.

Zohidjon Obidov uslubiga aks xarakterga ega bo'lgan, va el orasida mashhurlikka erishganlardan, taniqli dutorchi sozanda, ustoz san'atkor Mahmud Yunusovdir. Mahmud Yunusov dutor ijrochiligida o'ziga xos uslub orqali tanilgan. Bu uslub asosida o'ng qo'l harakatining to'g'riligi, bir xillik xususiyat kasb etishi, elastik harakatlardan

va mayda zarblardan mustasno ekanligi turadi. Lekin uslubning muvaffaqiyati va xalqqa manzur bo'lishi chap qo'l ijro jozibasida mujassamlashgan.

Mahmud Yunusov ijroda chap qo'l bilan o'zbek milliy sayqal va qochirim-bezaklarni juda mohirona ishlata olgan. Bu esa dutordan taralayotgan ohangning serjilo va sersayqal yangrashiga zamin bo'lgan.

Xalq orasida, ayniqsa, dutorni o'rganish mezonlarida ijrochilikka xos texnik jihatlarni yaxshi o'zlashtirish doimo samaraliligi bilan alohida ahamiyatli bo'lgan.

XX asr dutor ijrochiligi ham xalq cholg'ularining akademik ijro uslubi bilan tutashganligini qayd etish lozimdir. Chunki, bu uslub dutor oilasi cholg'ulari rivojini yuzaga kelishiga sabab bo'lgan. Dutorning texnik jihatdan mohir ijrosiga asoslangan uslub mashhur ustoz dutorchi Orif Qosimov nomi bilan bog'liq.

birgina «Qo'qoncha» asarida ham ko'rish mumkin. Dutorning shaxdam shiddatli talqini, zarblarining rang-barangligi, chap va o'ng qo'llar mohirligi va jozibaliligi uslub ijrochiligining mag'zi hisoblanadi.

Ijrochilik maktablari yuzaga kelishida alohida ijro uslublarning ahamiyati katta. Shuning uchun Farg'ona-Toshkent vohasida biz ko'pgina shaxsiy dutor ijrochilik uslublari shakllanganining guvohi bo'lamiz.

Musiqa ijrochiligi amaliyotida dutor cholg'u ijrosini me'yoriga etkazib, ustozlik darajasida faoliyat olib borgan bir talay mashhur san'atkorlar o'tgan. Zohidjon Obidov, Faxriddin Sodiqov, Mahmud Yunusov, Orif Qosimov, G'ulom Qo'chqorov kabi ustoz san'atkorlar shular jumlasidandir.

Dutor ijrochiligining an'anaviy yo'nalishida o'ziga xos jozibali uslub in'om etgan ikki zabardast ustozlarni e'tirof etish joiz. Bular xalq ardoqlagan san'atkorlar Faxriddin Sodiqov va Turg'un Alimatovlardir.

XX asrning 30-yillaridan o'zbek musiqa san'atida, ayniqsa ijod va ijroda yangi-yangi qarashlar yuzaga kela boshlagan. Musiqaning sehri va jozibasi yanada teranroq va zamona ruhi bilan uyg'unlikda aks ettirila boshlangan.

Faxriddin Sodiqov o'zining ko'p yillik ijodiy va ijrochilik faoliyatida o'ziga xos dutor ijro uslubini kelajak avlod uchun taqdim etgan.

Turg'un Alimatov uslubi keng ommalashgan va o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Uning dutor ijrochilik uslubi, mukammal tarzda o'ng va chap qo'llar harakatlari bir biriga mutanosib holda ifoda etilishini e'tirof etish joizdir. Dutor sadosi tekis, ravon va serjilo, jozibali yangrashidagi barcha jarayonlarning mutanosibligi aynan Turg'un Alimatov ijro uslubining asosini tashkil etadi.

Bu uslubda chap qo'ldagi har bir sayqal va bezaklar o'ng qo'l harakatlari bilan muhrlanadi. Bir-biriga mutanosib harakatlarning har biri tinglovchi yuragini tirnab zavqlantiradi. E'tiborsiz qolishga iloj yo'q, chunki harakatlar ohang bilan uyg'un, ohang esa tarannumda go'zal va jozibali taraladi Bu har qanday insonni maftun etadi. Turg'un Alimatovning dutor ijrochiligidagi o'ziga xos tomonlaridan yana biri, bu -

tanbur va sato cholg'u ijrochilik an'analarining dutorga moslashtirilganidadir. Bir cholg'uning imkoniyati ikki va uch cholg'uning ovoz tarannumlari xususiyati bilan boyitilsa, albatta undan taralayotgan ovoz boy, serjilo va zabardast bo'lishi begumon. Bu esa ijrochilik amaliyoti uchun o'rnak sifatida xizmat qiladi.

Zamonaviy dutor ijrochiligi rang-barang uslublar bilan boyib, o'z taraqqiyoti jarayonida va davr talabi doirasida rivoj topib bormoqda. Bunga, dutorning o'quv tizimi jarayoni, ya'ni maktab, litsey, kollej va oliy o'quv muassasalarining dasturidan joy olganligi ham misol bo'la oladi. Chunki, dutor o'zbek xalqining qadimiy va hamisha zamonasi bilan hamohang yashab kelgan sevimli sozlaridan biridir.

Dutor azal-azaldan O'rta Osiyoning turli vohalarida o'z shevasi va an'anasi asosida iste'molda bo'lib kelgan. Xalq ommaviy ijro yo'llari, daydi yoki yowoyi ijro yo'llari hamda an'anaviy mumtoz ijro yo'llari doimo xalq dutor ijrochilik amaliyotini bezab kelgan. Dutor aslida, xalqona uslubga moyilligi bilan mumtozlik darajasigacha rivojlangan. Dutor xalq cholg'u ijrochilik amaliyotida o'z o'rniga ega bo'lgan va turli cholg'ular bilan jo'rnavozlikda, davr madaniyati rivojida munosib o'rin tutgan hamda kerakli cholg'u sifatida qadrlangan. Shu bois bo'lsa kerak, bizning zamonamizga kelib dutorning xilma- xil tarkibiy ansambllari, yakkanavozlikda uslublari yanada ko'paydi. Yoshlarning bunga ijobiy munosabatda bo'lib, uni qabul qilishi quvonarli holdir. Yoshlarni dutor ijrochiligi sirlarini o'rganishga intilishi esa uning kelgusi taraqqiyotidan darakdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Muydinov, F. (2022). Methodological Recommendations in Mastering the Nay Musical Instrument. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 218-220.

2. O'G, M. Y. F. N. (2022). MILLIY MUSIQA CHOLG 'ULARI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(Conference DSMI), 207-210.

3. Yuldashev, А., & Azizov, S. (2021). MI Glinka's Place in Music History. International Journal of Culture and Modernity, 11, 228-234.

4. Yuldashev, A., Azizov, S., & Boboyev, V. (2021). A LOOK AT THE GENRE OF UZBEK FOLK MUSIC. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 226-232.

5. Юлдaшeв, C., & A3rooB, C. (2022). ХАЛ^ ОЕЗАКИ ИЖОДИ СУЗ САНЪАТИ. Oriental Art and Culture, 3(1), 726-734.

6. Topildiev, S. (2022). Makom-Invaluable Art. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 261-263.

7. Topildiev, S. (2022, November). A Glance at the History of Makom Art. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 170-172).

8. Mamatov, J. (2022). The Secret of the Violins of the Cremonese School. Central Asian Journal of Medical and Natural Science, 3(6), 293-295.

9. MaMaroB, (2021). CAHLAT MYTAXACCHCnAPHHH TAHERnAffl^A ^HPH^ERnHK. Oriental Art and Culture, 2(4), 353-360.

10. Mamatov, J. (2022). Parameters of the Connection between Art and Culture. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 69-76.

11. Mamatov, J. (2020). BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI. Oriental Art and Culture, (V), 6-12.

12. Mamatov, J. (2021). Directing in the Training of Art Professionals. International Journal of Culture and Modernity, 11, 90-96.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.