Научная статья на тему 'DAVRLAR OSHA QADRLANIB KELINGAN DUTOR CHOLG‘USI'

DAVRLAR OSHA QADRLANIB KELINGAN DUTOR CHOLG‘USI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
22
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqa madaniyati / dutor / Xorazm dutor maqomlari / tor / shashmaqom / Qo‘qoncha

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nigora Isayeva

Mazkur maqolada qadim-qadimdan to bugungi kunga qadar o‘zining ijrochilik tarixi bilan ahamiyatli bo‘lgan Dutor cholg‘usining tarixiy shakillanish jarayonlari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DAVRLAR OSHA QADRLANIB KELINGAN DUTOR CHOLG‘USI»

DAVRLAR OSHA QADRLANIB KELINGAN DUTOR CHOLG'USI

Nigora Isayeva O'zbekiston davlat konservatoriyasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada qadim-qadimdan to bugungi kunga qadar o'zining ijrochilik tarixi bilan ahamiyatli bo'lgan Dutor cholg'usining tarixiy shakillanish jarayonlari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

Kalit so'zlar: musiqa madaniyati, dutor, Xorazm dutor maqomlari, tor, shashmaqom, Qo'qoncha

A TIME-PREMISED DUTOR INSTRUMENT

Nigora Isayeva State Conservatory of Uzbekistan

Abstract: This article discusses the processes of the historical formation of the dutar instrument, which is significant for its performing history from ancient times to the present day.

Keywords: musical culture, dutar, Khorezm dutar makom, tor, shashmakom, Kokandcha

Dutor juda qadimiy musiqa asboblaridan biri bo'lib, uning paydo bo'lish tarixiga kelsak, eramizdan avvalgi asrlarga borib taqaladi. Dutor tojikcha so'z bo'lib ikki tor degan ma'noni bildiradi. Dutor asr-asrlardan o'zbek xalqiga madaniy xizmat qilib kelayotgan milliy musiqa cholg'ulardan biri hisoblanadi. Bu cholg'u faqat o'zbek xalqining cholg'usi bo'lmay, balki uni qardosh tojik, uyg'ur, qoraqalpoq, turkman xalqlari ham o'zlarining sevimli cholg'usi deb hisoblashadi.

Dutor O'rta Osiyoda keng ommallashgan cholg'ularidan biri. U ijrochilik amaliyotida keng qo'llanib kelingan. Ilk bor XV asrda yashab ijod etgan musiqashunos olim Zaynullobiddin al-Husayniy!ning "Qonuni ilm va amali musiqiy" nomli risolasida ta'riflangan. O'sha davrda dutorning bir qator turlari mavjud bo'lgan bo'lishi mumkin. Lekin, ushbu asarda ta'riflangan dutorning barcha xususiyatlari (dastasi, dastaga bog'langan pardalar, torlar va sozlanishlar) hozirgi amaldagi cholg'uga ko'p xususiyatlari ila mosligini bayon qilish lozim.

O'zbek xalq cholg'ularini takomillashish jarayonlari cholg'ularning shakli, ovozi, ovoz diapazoni kabi jihatlariga asoslangan. Dutor, manbalarda yozilishiga

1 O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

ITFVE^^Hl 307 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

ko'ra shakliy jihatdan o'zgarmagan. Dutor cholg'ular orasida o'zining tabiati, nozikligi, sirli sadosi bilan ajralib turgan. Cholg'u sadosining unchalik keskin bo'lmaganligi, mayin va (kamer) xonaki ovozga egaligi bunga asosiy sabab bo'lgan. Ayni paytda bu jihatlar ham saqlanib qolgan. Qadim-qadimdan dutor ko'proq ayollar ijro amaliyotida kengroq ommalashganining asosiy sabablaridan biri ham ana shunda. Tarixdan ma'lumki, dutor ijrochiligining turli yo'nalishlari yuzaga kelgan.

Ma'lumki, xalq ijodiyotida yakkanavoz va jo'rnavoz soz, ba'zan an'anaviy uslubda o'zining maxsus maqom yo'llarini yaratishiga ham sabab bo'lgan. Bunga yaqqol misol Xorazm dutor maqomlarini keltirsak bo'ladi. Bundan ma'lum bo'ladiki, dutor ijrochiligi o'zining ko'pqirraligi bilan muhim hisoblanadi. Yigirmanchi asrga kelib dutor cholg'u ijrochiligi professional taraqqiyot pog'onasini egalladi. Yakka soz ijrochiligi, ayniqsa, ustozona uslubda o'z o'rniga ega bo'ldi. Albatta bu, dutor tarixi ijrochilik amaliyotida erishgan ijro imkoniyatlari, xalq orasida dutor ijro an'analarini o'ziga asos qilgan mohir ijrochilarning ijodi bilan baholanadi. Shu sababli dutor ijrochiligida voha va shaxsiy ijro uslublari shakllandi va taraqqiy etdi. Bunday ijro uslublarining paydo bo'lishi dutorning inson tabiati xususiyatlarini yanada kengroq yoritishga imkoniyat tug'dirdi.

O'tgan asrning mohir ijrochilarining samarali mehnati natijasida Dutor ijrochiligining keng ommalashdi. Ijrochilik uslublari vaqt o'tib o'z-o'zidan ijro maktablariga aylanadi. Misol tariqasida Xorazm dutor ijrochiligi maktabi yoki Qo'qon ijro maktabi kabi an'analar asosida yuzaga kelgan. shuningdek, maktab darajasida shakllanib taraqqiy etgan dutor cholg'u yo'llarining bir qator xususiyatlari mavjud bo'lib, ular aniq bir tugal maqomga ega bo'lgan2:

> ijro repertuari, ya'ni uslub doirasida yuzaga kelgan musiqiy namunalar yoki asarlar turkumlari.

y asarlarning tarkibiy jihatlari va albatta ijrochilikdagi o 'ziga xos xususiyatlardir.

Mazkur prinsiplarsiz dutor ijrochiligini maktab darjasida tasavvur qilish mushkuldir. Lekin, masalani boshqa tomoni, maktab darajasiga yetishish uchun vaqt, ijod, ijrochilik amaliyoti muhim ahamiyat kasb etadi. Xorazm dutor ijrochilik maktabida yuqorida bayon qilingan deyarli barcha prinsiplar amaliyotda shakllanganining guvohi bo'lishimiz mumkin. Amaliyotda yuzaga kelgan dutor maqomlari esa, «Shashmaqom» yoki «Xorazm olti yarim maqomlari» kabi ichki murakkab funksional tuzilishdan farqliroq, sodda va maqomlar yo'liga mansub holda shakllanganligini olimlar va mutaxassislar e'tirof qilishadi.

Mulla Bekjon Rahmon o'g'li va Muhammad Yusuf Devonzodalar o'zlarining «Xorazm musiqiy tarixchasi» kitoblarida «Dutor maqomlari deganda bir tarafdan

2 Ilyos Arabov "An'anaviy cholg'u ijrochiligi (Dutor)" Oliy ta'lim muassasalari uchun o'quv qo'llanma, Toshkent 2018;

mumtoz musiqa, ikkinchi tomondan el kuylari deyiladigan ma'muliy (amaldagi) butun boshli asarlar tushuniladi3» deya ta'kidlaydilar. Bundan adabiyotlarda xalq orasida mashhurlikka erishgan va mumtoz yo'lda yaratilgan alohida musiqiy namunalar dutor maqomlari deyilgan degan fikrga kelish mumkin. Dutor sozi quyidagicha ta'riflangan o'rinlar mavjud: - «Dutor sozi Xorazm o'lkasida xalq orasida tanburdan ortiqmoch suratda tarqalgan bo'lsada, tanbur qadar tartibda intizom ostina olinmagandur. Garchi dutor nag'malari tanbur nag'malari qadar bo'lsada, tanburga berilgan ahamiyatni dutor nag'malarina bera olmaganlar. Chunki, chertilish yoqidan qaraganda tanburdan qiyinroqdir»4

Bu fikrlar dutor maqom ijrochiligida tanburchalik mohir bo'lmasada, murakkab va o'ziga xos uslubga ega bo'lganini bayon etadi. Shu bois bo'lsa kerak, Xorazm dutor ijrochilik uslubi zarblarga boy, rang-barang va eng muhimi Xorazm vohasiga xos «shovqinli» ijro uslubi sifatida alohida qayd etiladi. Bu ijro o'ng qo'l harakatlarini cholg'u qopqog'iga ishqalab chalish bilan xarakterlanadi. Ushbu vohaning Matkarim Hofiz, Jumaniyoz ota Hayitboyev, Otajon Qo 'shmo, Sharif Botir, Nurmuhammad Boltayev, Yusuf Jabbor kabi mashhur dutorchilarining ijro yo'llarini alohida e'tirof etish o'rinlidir. Ayni paytda bu ijro yo'llari yoshlar tomonidan munosib davom ettirilishi muhimdir. Xorazm dutor ijrochilik uslubiga nisbatan Samarqand ijro yo'li o'zgacha ekanligi Abdurauf Fitrat tomonidan ham qayd etilgan. U «Bu kunlarda bizning eng mashhur dutorchimiz samarqandlik Hoji Abdulaziz qo 'lini taxtaga urmay chalg'oni uchun uning dutori havas bilan tinglanadir»5, - deb u samarqandlik Hoji Abdulaziz Abdurasulovning dutor ijrochiligida mohir ekanligi va nozik bir uslub egasi ekanligiga e'tibor berib o'tadi. Farg'ona-Toshkent hududining dutor ijrochilik uslublari ham juda rangbarang ekanligini aytib o'tish lozim. Chunki, bu hududda ijro uslublari ko'p. Faqat Qo'qon dutor ijrochilik maktabining o'zigina, o'ziga xos an'analar bilan sug'orilgan. Bu an'analarni birgina «Qo'qoncha»6 asarida ham ko'rish mumkin. Dutorning shaxdam shiddatli talqini, zarblarining rang-barangligi, chap va o'ng qo'llar mohirligi va jozibaliligi uslub ijrochiligining mag'zi hisoblanadi. Ijrochilik maktablari yuzaga kelishida alohida ijro uslublarning ahamiyati katta. Shuning uchun Farg'ona-Toshkent vohasida biz ko'pgina shaxsiy dutor ijrochilik uslublari shakllanganining guvohi bo'lamiz. Musiqa ijrochiligi amaliyotida dutor cholg'u ijrosini me'yoriga yetkazib, ustozlik darajasida faoliyat olib borgan bir talay mashhur san'atkorlar o'tgan.

Zohidjon Obidov, Faxriddin Sodiqov, Mahmud Yunusov, Orif Qosimov, G'ulom Qo'chqorov kabi ustoz san'atkorlar shular jumlasidandir. XX asrda dutor

3 Mulla Bekjon Raxmon o'g'li Muhammad Yusuf Devonzoda. Xorazm musiqiy tarixchasi (ikkinchi nashr). -T.: Yozuvchi, 1998. - 47 b.

4 A.Fitrat. «O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi» (ikkinchi nashr). -T.: «Fan», 1993. -29-bet.

5 A.Fitrat. «O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi» (ikkinchi nashr). -T.: «Fan», 1993. -28-bet.

6 «Qo'qoncha» - kuy nomi, amaliyotda «Qo'qon tanovari» deb ham yuritiladi

rfccTii^^Bl 309 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

ijrochiligining rivoji aynan mana shu ustozlarning samarali ijodiy faoliyatlari bilan bog'liq bo'lgan. Lekin, har bir san'atkorning dutor ijrochiligida o'ziga xos chertish yoki chalish usuli bo'lgan. Aynan shu jihat ularning mohir ekanliklariga asos bo'lgan. Bu dutor ijro etganda chap yoki o'ng qo'l harakatlarida o'z ifodasini topgan. Ijro amaliyotida ham shu sozanda nomi bilan muhrlanib qolgan (bu albatta kelajak avlodlar uchun o'rnak bo'lishi yoki eslab qolish, o'rganishda osonlik yaratish uchun xizmat qiladi).

Bu uslub asosida o'ng qo'l harakatining to'g'riligi, bir xillik xususiyat kasb etishi, elastik harakatlardan va mayda zarblardan mustasno ekanligi turadi. Lekin uslubning muvaffaqiyati va xalqqa manzur bo'lishi chap qo'l ijro jozibasida mujassamlashgan. Mahmud Yunusov ijroda chap qo'l bilan o'zbek milliy sayqal va qochirimbezaklarni juda mohirona ishlata olgan. Bu esa dutordan taralayotgan ohangning serjilo va sersayqal yangrashiga zamin bo'lgan. Xalq orasida, ayniqsa, dutorni o'rganish mezonlarida ijrochilikka xos texnik jihatlarni yaxshi o'zlashtirish doimo samaraliligi bilan alohida ahamiyatli bo'lgan. XX asr dutor ijrochiligi ham xalq cholg'ularining akademik ijro uslubi bilan tutashganligini qayd etish lozimdir. Chunki, bu uslub dutor oilasi cholg'ulari rivojini yuzaga kelishiga sabab bo'lgan. Dutorning texnik jihatdan mohir ijrosiga asoslangan uslub mashhur ustoz dutorchi Orif Qosimov nomi bilan bog'liq7.

Dutor ijrochiligining an'anaviy yo'nalishida o'ziga xos jozibali uslub in'om etgan ikki zabardast ustozlarni e'tirof etish joiz. Bular xalq ardoqlagan san'atkorlar Faxriddin Sodiqov8 va Turg'un Alimatov9lardir. XX asrning 30-yillaridan o'zbek musiqa san'atida, ayniqsa ijod va ijroda yangi-yangi qarashlar yuzaga kela boshlagan. Musiqaning sehri va jozibasi yanada teranroq va zamona ruhi bilan uyg'unlikda aks ettirila boshlangan. Faxriddin Sodiqov o'zining ko'p yillik ijodiy va ijrochilik faoliyatida o'ziga xos dutor ijro uslubini kelajak avlod uchun taqdim etgan. Turg'un Alimatov uslubi keng ommalashgan va o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Uning dutor ijrochilik uslubi, mukammal tarzda o'ng va chap qo'llar harakatlari bir biriga mutanosib holda ifoda etilishini e'tirof etish joizdir. Dutor sadosi tekis, ravon va serjilo, jozibali yangrashidagi barcha jarayonlarning mutanosibligi aynan Turg'un Alimatov ijro uslubining asosini tashkil etadi. Bu uslubda chap qo'ldagi har bir sayqal va bezaklar o'ng qo'l harakatlari bilan muhrlanadi. Bir-biriga mutanosib harakatlarning har biri tinglovchi yuragini tirnab zavqlantiradi. E'tiborsiz qolishga iloj yo'q, chunki harakatlar ohang bilan uyg'un, ohang esa tarannumda go'zal va jozibali taraladi Bu har qanday insonni maftun etadi. Turg'un Alimatovning dutor

7 Ilyos Arabov "An'anaviy cholg'u ijrochiligi (Dutor)" 2018;

8 https://www.wikiwand.com/uz/Faxriddin_Sodiqov

9 http://milliycha.uz/alimatov-turgun/

Oliy ta'lim muassasalari uchun o'quv qo'llanma, Toshkent

ijrochiligidagi o'ziga xos tomonlaridan yana biri, bu - tanbur va sato cholg'u ijrochilik an'analarining dutorga moslashtirilganidadir.

Bir cholg'uning imkoniyati ikki va uch cholg'uning ovoz tarannumlari xususiyati bilan boyitilsa, albatta undan taralayotgan ovoz boy, serjilo va zabardast bo'lishi begumon. Bu esa ijrochilik amaliyoti uchun o'rnak sifatida xizmat qiladi. Zamonaviy dutor ijrochiligi rang-barang uslublar bilan boyib, o'z taraqqiyoti jarayonida va davr talabi doirasida rivoj topib bormoqda. Dutor azal-azaldan O'rta Osiyoning turli vohalarida o'z shevasi va an'anasi asosida iste'molda bo'lib kelgan10. Xalq ommaviy ijro yo'llari, daydi yoki yovvoyi ijro yo'llari hamda an'anaviy mumtoz ijro yo'llari doimo xalq dutor ijrochilik amaliyotini bezab kelgan. Dutor aslida, xalqona uslubga moyilligi bilan mumtozlik darajasigacha rivojlangan. Dutor xalq cholg'u ijrochilik amaliyotida o'z o'rniga ega bo'lgan va turli cholg'ular bilan jo'rnavozlikda, davr madaniyati rivojida munosib o'rin tutgan hamda kerakli cholg'u sifatida qadrlangan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. A.Fitrat. «O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi» (ikkinchi nashr). -T.: «Fan», 1993. -29-bet.

2. Ilyos Arabov "An'anaviy cholg'u ijrochiligi (Dutor)" Oliy ta'lim muassasalari uchun o'quv qo'llanma, Toshkent 2018;

3. Mulla Bekjon Raxmon o'g'li Muhammad Yusuf Devonzoda. Xorazm musiqiy tarixchasi (ikkinchi nashr). -T.: Yozuvchi, 1998. - 47 b.

10 Ilyos Arabov "An'anaviy cholg'u ijrochiligi (Dutor)" Oliy ta'lim muassasalari uchun o'quv qo'llanma, Toshkent 2018;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.