Научная статья на тему 'AMIR TEMURNING JANGLARDA ISHLATGAN ASOSIY QUROL-ASLAHALARI VA ULARNING JANG MAYDONIDAGI DOLZARBLIGI'

AMIR TEMURNING JANGLARDA ISHLATGAN ASOSIY QUROL-ASLAHALARI VA ULARNING JANG MAYDONIDAGI DOLZARBLIGI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
1608
67
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qurol-aslaha / jang maydoni / taktika / samaradorlik / mexanizm.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Samandar O‘Ktamovich Niyozov, Sherxon Meytanboevich Ganiev

Ushbu maqolada Amir Temur davlatchiligida qurol-aslahalarning o`rni, ularning jang maydonidagi ahamiyati, qurol-aslahalarga bo`lgan e`tibor, jangda qo`shinning qurol bilan ta`minlanish taktikasi, umumiy ta`minot masalalari muhokama etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AMIR TEMURNING JANGLARDA ISHLATGAN ASOSIY QUROL-ASLAHALARI VA ULARNING JANG MAYDONIDAGI DOLZARBLIGI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

AMIR TEMURNING JANGLARDA ISHLATGAN ASOSIY QUROL-ASLAHALARI VA ULARNING JANG MAYDONIDAGI DOLZARBLIGI

Samandar O'ktamovich Niyozov, Sherxon Meytanboevich G'aniev

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Amir Temur davlatchiligida qurol-aslahalarning o'rni, ularning jang maydonidagi ahamiyati, qurol-aslahalarga bo'lgan e'tibor, jangda qo'shinning qurol bilan taminlanish taktikasi, umumiy taminot masalalari muhokama etiladi. Kalit so'zlar: Qurol-aslaha, jang maydoni, taktika, samaradorlik, mexanizm.

KIRISH

Amir Temur va temuriylar zamoni davlatchilik siyosati, boshqaruv tizimini ko'rib chiqar ekanmiz, davlat, davlatchilik mohiyatida muayyan bir makon va jamiyatda mavjud turli imkoniyatlarni shu yerlik xalq manfaati yo'lida yuzaga chiqaruvchi tashkilotchilik yotganini eslatib o'tish g'oyatda muhimdir. Zero, davlat asoslari, davlatchilik har bir jamiyat va xalq «boshiga bir marta bitilgan bo'ladi». Shu ma'noda o'zbek davlatchiligi miloddan avvalgi 1-mingyillikning birinchi yarmidan o'z tarixini boshlab to Amir Temur davlatimiz tepasiga kelgunga qddar deyarli 2100 yillik taraqqiyot yo'lini bosib o'tgandi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Amir Temur hali oz sonli askarlarga ega bo'lgan va mo'g'ul bosqinchilariga qarshi kurash uchun maydonga bel bog'lab chiqqan dastlabki paytlarda lashkarni qurol-aslaha bilan ta'minlashda qiyinchilikka uchramagan. Yurtni yovlardan tozalab, Movarounnahr hukmdori bo'lgach, uning zimmasiga qo'shindan tashqari qurol-aslaha ta'minoti, uni yangilab borish zaruriyati ham qo'shilgan. O'zga yurtlarga harbiy yurishlarni amalga oshirib, katta hudud va ko'p sonli aholiga ega bo'lgan ulkan imperiyaga bosh bo'lgach, bu muhim va hayotiy masalani doimo diqqat markazida tutgan, uning yechimiga o'ziga xos yo'llar va vositalar bilan yondashgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

A.Temur davrida safarbarlik boshqacha ko'rinishda bo'lgan, lekin urush oldidan qo'shinlar safi fuqoralar bilan to'ldirilgan, ko'ngillilar qo'shinlari tuzilgan, qo'shinlar va otlar soni ko'paytirilgan, qurol-yarog' va anjom-aslaha ishlab chiqarish hajmi ortgan, halqdan yig'iladigan soliqlar miqdori ko'paytirilgan, urush uchun kerak bo'lgan moddiy vositalarni yig'ish amalga oshirilgan.

A.Temur hokimiyatni egallagach, o'z oldiga markazlashgan Movarounnahr davlatini tuzish, uning havfsizligini ta'minlash va o'z xududini kengaytirishni asosiy

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

vazifa qilib qo'ygandi, bunday vazifalarni bajarishda harbiy kuchning, ya'ni qo'shinning o'rni katta rol o'ynashini yaxshi bilargan.

A.Temur harbiy qurilish sohasida o'z zamondoshlari To'xtamish, Boyazid va boshqalardan o'zib ketgan edi. U qo'shinni qurish va takomillashtirish tizimini yaratdi va amalyotda qo'lladi. A. Temur muntazam qo'shinni, ya'ni doimiy shaylikka, aniq belgilangan son va vazifalarga, jangovar tartib va maqsadga ega qism va bo'linmalarni tuzdi. Ularning vazifasi, mamlakat chegaralarini himoya qilish va bosqinchilar hujumlarini qaytarishdan iborat edi [1].

Sohibqiron Amir Temur "Sipoh saqlab turishni va askarlarga maosh to'lashni hamda rag'batlantirib borishni, o'zining "Tuzuklar"ida batafsil yoritgan.

Amir Temur harbiy liboslarga ham xuddi qurol-aslahadek qattiq e'tibor qaratgan. Metall sovutlar puxta ishlangan bo'lib vazni og'ir bo'lsada jangda dushman qurollaridan yetarlicha himoya qila olgan. Ich kiyim va himoya kiyimlari esa ko'proq tabiy tolalardan tayyorlangan kiyim-kechaklar bo'lgan. Chunki jang uzoq davom etgan vaqtda, jangchilarning qizishi, tanasidan ter ajralishi va kiyimning jiqqa ho'l bo'lib tanaga yopishib qolishi bilan jang davomida noqulaylik tug'dirishga sababchi bo'lgan. Bu esa jangchilarning jangovar tayyorgarligiga katta tasirini o'tkazgan.

Otliq qo'shin armiyaning zarbdor qismini tashkil etgan va yengil va og'ir otliqlarga bo'lingan. Yoylar, o'qdonlar, qilichlar bilan qurollangan yengil otliqlar razvedka bilan shug'ullanganlar, qo'riqlov xizmatini olib borganlar va kerak bo'lgan hollarda dushmanning ilg'or otryadlariga qarshi jangga kirganlar.

Saralangan jangchilar va zodagonlardan tuzilgan og'ir otliqlar dushmanning asosiy zarbdor kuchlariga qarshi jang olib borgan. Chavandozlar nayza, dubulg'a, zirh, qilich, yoy, o'qlar solingan sadoq bilan qurollanganlar.

To'xtamishga qarshi Dashti Qipchoqqa harbiy yurishni uyushtirishdan oldin (1390-1391) Amir Temur o'zining o'rinbosarlariga qo'shinni uzoq davrga yetadigan oziq ovqat, qurol yarog' va boshqa kerakli narsalar bilan ta'minlashga buyruq bergan. Har bir jangchi bitta yoyga, o'ttizta o'qqa, bitta kamondonga, bitta qalqon va bitta zaxira otga ega bo'lgan. Safar chog'ida har o'nta jangchiga bitta chodir, ikkita belkurak, kirka, o'roq, arra, bolta va yuzta igna berilgan [2].

Har bir jangchi bundan tashqari o'zi bilan arqon, teri va qozon olib yurgan. Oddiy jangchilar safar chog'ida o'n sakkiz kishiga bitta chodir olib yurganlar. Ularninghar biri yonida ikkita otni yetaklab yurgan, o'zi bilan yoy, zirh, qilich, o'qdon, o'nta igna, bolta, arra va teridan tikilgan qop olib yurishi kerak bo'lgan.

Jangchilar chodirlarda beshtadan bo'lib joylashganlar. Ko'zda tutilgan ta'minot bo'yicha ularning har biri dubulg'a, zirh, qilich, yoy, o'qdon va ot bilan ta'minlangan. O'n begi alohida chodirga joylashgan. U zirh, qilich, yoy, kamondon bilan qurollangan. U o'zi bilan beshta qo'shimcha otni olib yurish huquqiga ega bo'lgan.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Yuz begiga ham alohida chodir berilgan. Uning qurol yarog'larini qilich, yoy, zirh, o'qdon, gurzi, to'qmoq va kolchugalar (simdan tayyorlangan halqachalarni bir biriga o'tkazib to'qilgan ko'ylak) tashkil etgan. Yuz begiga qo'shimcha o'nta ot berilgan.

Ming begi chodirdan tashqari soyabonga ega bo'lib, qurol-yarog'lari nayza, qilich, o'q-yoy, dubulg'a, zirh (chax, oroyna), kolchugalardan iborat bo'lgan.

Piyodalar harbiy yurishlar paytida qilich, yoy va kerakli sondagi yoyning o'qlari bilan qurollanib harakatlanganlar.

Qo'shin bilan birgalikda bir joydan ikkinchi joyga qassoblar, oshpazlar, qovurilgan va qaynatilgan go'sht sotuvchilar, novvoylar, arpa, meva sotuvchilar ko'chib yurganlar. Jangchilarga ko'chma hammomlar xizmat ko'rsatgan. Yurishlarda nafaqat jangchilar, balki qo'shinga xizmat qiluvchi ko'p sonli ma'muriyat ham ishtirok etgan. Bu yerda temirchilar, qurolsozlar, duradgorlar, teriga ishlov beruvchilar, yer qazuvchilar, xo'jalik ishlarini bajaruvchilar vaboshqalar bo'lgan. Amir Temur qo'shini safarlarida harakatlanayotgan jangovar qo'shin korpusi ortidan yirik qurolsiz omma harkat qilgan.

Qo'shinni yig'ish to'g'risidagi qaror chiqqanidan keyin, jangchilar o'z oilalari, anjomlari, oziq ovqatlari bilan birgalikda belgilangan joyga yetib kelganlar. Lagerning (o'rdagohning) markazida Oliy Bosh Qo'mondonning stavkasi joylashgan bo'lib, turli tuman qismlar va birlashmalarning chodirlari-oddiy jangchilarning chodirlaridan tortib yirik harbiy boshliqning chodirigacha bo'lgan, har bir kishi o'zining joylashgan joyini juda yaxshi bilgan [3].

Lagerda Oliy Bosh Qo'mondonning rang barang bayroqlar bilan bezatilgan chodiri (bargoh) o'rnatilgan. Ko'rsatilgan vaqtda (miod vaqti) lagerga yetib kelgan jangchilar, joriy etilgan tartibga ko'ra o'z joylarini egallaganlar va qo'shinning ko'rigiga tayyorgarlik ko'rganlar.

Kerakli sondagi jangchilar yig'ilganidan keyin, harbiy lagerda kamonchilar, arbaletchilar, tosh uloqtiruvchilar, nayzachilar, to'pchilar va boshqalardan tashkiltopgan ulkan qo'shinning ko'rigi bo'lgan. Qo'shinda yonuvchi aralashma (neft) solingan xurmachalarni uloqtirish uchun maxsus askarlar bo'lib, ular o't otuvchi orudiyalarning to'xtovsiz ishlashlarini ta'minlaganlar.

Oliy Bosh Qo'mondonning buyrug'iga ko'ra jangchilar himoya sovutlarida, to'liq qurol-yarog'lari bilan saflanganlar. Ko'rik o'tkaziladigan maydonda turli qismlarga tegishli bo'lgan yashil, qizil, sariq, binafsha, qora, ko'k bayroqlar hilpirab turgan. Harbiy orkestr sadosi ostida Amir Temur navbatma^navbat jangchilar sherengalari oldidan o'tgan. Jangchilar nayzalarini baland ko'tarib, bo'lajak jangga tayyor ekanliklarini namoyon etib baland ovozda na'ra (suron) tortganlar.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Jangchilarning jangovar ruhi va tayyorgarligini aniqlash uchun yurishlar va janglardan oldin harbiy paradning o'tkazilishi Temuriylar davrida ham an'ana bo'lgan. Ko'rikda nafaqat qo'shin birlashmalari, balki asosiy kuchlarning ortidan harakatlanadigan ta'minot aravalari ham ishtirok etgan.

Lagerning atrofi chuqur xandaqlar bilan o'ralgan va qo'riqlov zastavalari va postlari bilan puxta qo'riqlangan. Lagerda o'rnashgan paytlarda qo'shin qo'riqlov xizmatini olib borgan. Qo'riqlov qismlari lagerdan 5-6 km oldinga chiqqan, undan postlar, postlardan soqchilar ajratilgan va oldinga yuborilgan.

Aytish mumkinki Amir Temur o'z qo'shinini yeg'ish uchun o'z buyrug'ini ishlab chiqqan va ko'rik o'tkaziladigan katta maydon tanlagan. Kerakli sondagi jangchilar ya'ni qo'shinni barcha turlari bilan birgalikda yonuvchi aralashma (neft) solingan xurmachalarni uloqtirish uchun maxsus askarlari bo'gan bir-necha bo'linmalardan tashkil topgan ulkan qo'shin yig'ilgan. Qo'shinni bu kabi yig'ish tartibini Sohibqiron tomonidan o'ylab topilgan va u jangchilarning jangovar ruhiyatiga va tayyorgarligiga katta etibor qaratgan [4].

XULOSA VA MUNOZARA

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlab o' tish joizki, Amir Temurning harbiy san'ati, strategiyasi yoki davlat boshqarish tizimida, qo'yinki barcha yo'nalishlardagi mahorati Benazir bo'lgan. Biz Sohibqironningo' z armiyasini jangovar ta'minotini bitta maqola bilan qamrab olib, barcha jihatlarini to'laqonli ochib berish mushkul masala hisoblanadi.

Amir Temur har tomonlama kuchli bo'lgan, o'z davrining ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy, harbiy nuqtai nazardan qaraganda yengilmas qo'shinga asos soldi. Sohibqiron har bir jangga otlanishdan oildin jang taqdiri uchun ta'sir qiluvchi muhim jihatlariga e'tibor berdi.

ADABIYOTLAR ROYXATI

1. Erkaev A. Amir Temur-ma'naviyat-millat nishoni: monografiya. Toshkent : Ma'naviyat, 1999. - 42 b.

2.Amir Temur davlatida milliy g'oya targ'iboti orqali o'zbek mentalitetida pragmatik va bunyodkorlik fazilatlarini shakllantirish jarayonlarini optimallashtirish/ M.Quronov va boshq.: -Toshkent, Turon zamin ziyo. 2014. -B. 48.

3. Temur Tuzuklari-Toshkent O'zbekiston nashryoti 2018 y.

4. Amir Temur Ko' ragon. Temur Tuzuklari. Toshkent.: "Fan", 2019, - 121 b.

5. Saidqosimov. S. Ahmedov. A. Amir Temur jahon tarixida. -T.: "Sharq", -2001, - 97 b.

6. Harbiy tarix san'ati, darslik H.Dadaboev. Toshkent 2013.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.