Научная статья на тему 'AMIR TEMURNING HINDISTONGA YURISHI'

AMIR TEMURNING HINDISTONGA YURISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1404
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hindiston / Batnir / Dehli / G‘azna / Amir Temur / Panipat / Seyid Hizixon / Sulton Maxmut / Malluxon / Panjob. / India / Batnir / Delhi / Ghazna / Amir Temur / Panipat / Syed Hizi Khan / Sultan Mahmut / Mallukhon / Punjab.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Bebitov, Maqsud Abdirasulovich, Abdullayeva, Mushtariy G’Ofurjon Qizi

Amir Temur 1398-yil mart oyida Hindistonga jihod qilishini eʼlon qilib, harakatga tushdi. Kobul viloyatini egallagandan so‘ng Panjob va Sind daryolaridan o‘tib, Hindistonning mashhur Batnir qal’asini egallab, Dehliga yetib boradi. 1398-yil dekabriga kelib, u Hindiston shimolidagi musulmonlardan boshqa fath qilib butunlay egallab oldi. Buddistlar va hindular yashagan joylarni vayron qilib, 1399-yil 29-aprelda koʻplab fillar va oʻljalar bilan oʻz mamlakatining poytaxti Samarqandga qaytib keladi. Shu tariqa Amir Temur Hindiston yurishida ko‘zlagan g‘alabaga erisha olgan bo‘sada uning vafotidan so‘ng Hindiston diyori ko‘p o‘tmasdan Temuriylar davlati tasiridan chiqdi . Biroq keyinchalik oʻrta osiyolik turkiy hukmdorlar Hindistonga kelib, oʻrnashib olishga muvaffaq boʻldilar. Shunday qilib, Hindiston shimolida asrlar davomida musulmon-turk hukmronligi davom etdi va Amir Temur bu hukimronlikni boshlagan shaxs sifatida tarixga kirdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AMIR TIMUR'S MARCH TO INDIA

In March 1398, Amir Temur declared his jihad against India and took action. After conquering the Kabul region, he passed through the Punjab and Sind rivers, occupied the famous Batnir fort of India and reached Delhi. By December 1398, he had conquered all the rest of the Muslim north of India. Having destroyed the places where Buddhists and Hindus lived, he returned to Samarkand, the capital of his country, on April 29, 1399, with many elephants and booty. In this way, Amir Temur was able to achieve the desired victory in the Indian campaign, but soon after his death, the land of India left the empire of the Timurids. However, later Turkic rulers from Central Asia came to India and managed to settle. Thus, Muslim-Turkish rule continued for centuries in the north of India, and Amir Temur went down in history as the person who started this rule

Текст научной работы на тему «AMIR TEMURNING HINDISTONGA YURISHI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

AMIR TEMURNING HINDISTONGA YURISHI

Bebitov Maqsud Abdirasulovich

Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti o'qituvchisi (Denov O'zbekiston) Tel: 998977863300 e-mail:m.bebitov@dtpi.uz

Abdullayeva Mushtariy G'ofurjon qizi

Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti Talabasi (Denov O'zbekiston) e-mail: m.abdullayeva@dtpi.uz

Amir Temur 1398-yil mart oyida Hindistonga jihod qilishini e'lon qilib, harakatga tushdi. Kobul viloyatini egallagandan so 'ng Panjob va Sind daryolaridan o'tib, Hindistonning mashhur Batnir qal'asini egallab, Dehliga yetib boradi. 1398-yil dekabriga kelib, u Hindiston shimolidagi musulmonlardan boshqa fath qilib butunlay egallab oldi. Buddistlar va hindular yashagan joylarni vayron qilib, 1399-yil 29-aprelda koplab fillar va o'ljalar bilan o'z mamlakatining poytaxti Samarqandga qaytib keladi. Shu tariqa Amir Temur Hindiston yurishida ko'zlagan g'alabaga erisha olgan bo'sada uning vafotidan so'ng Hindiston diyori ko'p o'tmasdan Temuriylar davlati tasiridan chiqdi . Biroq keyinchalik o 'rta osiyolik turkiy hukmdorlar Hindistonga kelib, o 'rnashib olishga muvaffaq bo 'ldilar. Shunday qilib, Hindiston shimolida asrlar davomida musulmon-turk hukmronligi davom etdi va Amir Temur bu hukimronlikni boshlagan shaxs sifatida tarixga kirdi.

Kalit so'zlar. Hindiston, Batnir, Dehli, G'azna, Amir Temur, Panipat, Seyid Hizixon, Sulton Maxmut, Malluxon, Panjob.

In March 1398, Amir Temur declared his jihad against India and took action. After conquering the Kabul region, he passed through the Punjab and Sind rivers, occupied the famous Batnir fort of India and reached Delhi. By December 1398, he had conquered all the rest of the Muslim north of India. Having destroyed the places where Buddhists and Hindus lived, he returned to Samarkand, the capital of his country, on April 29, 1399, with many elephants and booty. In this way, Amir Temur

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

was able to achieve the desired victory in the Indian campaign, but soon after his death, the land of India left the empire of the Timurids. However, later Turkic rulers from Central Asia came to India and managed to settle. Thus, Muslim-Turkish rule continued for centuries in the north of India, and Amir Temur went down in history as the person who started this rule

Keywords. India, Batnir, Delhi, Ghazna, Amir Temur, Panipat, Syed Hizi Khan, Sultan Mahmut, Mallukhon, Punjab.

В марте 1398 года Амир Темур объявил джихад Индии и начал действовать. После завоевания района Кабула он прошел через реки Пенджаб и Синд, занял знаменитый форт Батнир в Индии и достиг Дели. К декабрю 1398 года он завоевал весь остальной мусульманский север Индии. Разрушив места, где жили буддисты и индусы, он вернулся в Самарканд, столицу своей страны, 29 апреля 1399 года со множеством слонов и добычей. Таким образом Амир Темур смог добиться желанной победы в Индийском походе, но вскоре после его смерти земли Индии отошли империи Тимуридов. Однако позже в Индию пришли тюркские правители из Средней Азии и успели обосноваться. Таким образом, на севере Индии веками продолжалось мусульманско-турецкое правление, и Амир Темур вошел в историю как человек, начавший это правление.

Ключевые слова. Индия, Батнир, Дели, Газна, Амир Темур, Панипат, Сайед Хизи Хан, Султан Махмут, Маллухон, Пенджаб.

Miloddan avvalgi 7000-yillarga borib taqaladigan qadimiy tarixi va boy madaniy merosi bilan Hindiston asrlar davomida qudratli qabilalar va qahramon sarkardalar uchun harzamon bu hududlarga hukimronlik qilish muhim maqsadga aylangan. Hindistonni o'z hokimiyati ostida ko'rishni maqsadi qilgan sarkardalardan biri bu buyuk Iskandar Zulqarnayn edi. Miloddan avvalgi 327-yil bahorida u o'z qo'shini bilan Hindistonga bostirib kirdi. Iskandarning maqsadi Hind dengizi sohiliga chiqish edi. O'n to'qqiz oy davom etgan bosqinchilik yurishi uning qo'shini ko'p talafot ko'rishi tufayli nihoyasiga yetdi. Iskandarning Hindistonga istelosidan so'ng tashkil topgan Mauriya1 imperiyasi Hindistonni uzoq vaqt bosqinchilardan himoya qilgan bo'lsa-da, uzoq vaqt hokimiyatni o'z qo'lida saqlab qola olmadi.

Eramizning 50- yillarida Hindistonga Kushonlar kirib kela boshladi va bu hududlarni o'z nazoratiga olib milodiy 300- yillarga qadar hukimronlik qildilar.

АННОТАЦИЯ

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

Keyingi davrlarda Hindistonga O'rta Osiyoda kuchayib borayotgan turkiy qavimlar bu boy geografiyada istilolar uyushtira boshladilar. G'aznaviylar davlati sultonlaridan biri Mahmut Gznaviy o'zining birinchi hind yutishini milodiy 1001 yilda qilgan. Jami o'n oltita yurish natijasida u Hindistondagi hukmronligini kuchaytirdi. G'aznaviylar tomonidan uyushtirilgan bu harakatlardan so'ng XII asrda Hindiston uchun olib borilgan janglar muhim voqealarga sabab bo'ldi. 1151 -yilda Gur davlati hukmdorlari tomonidan G'aznaviylarga tegishli barcha saroy va masjidlar vayron qilingan. 1175 yilda esa Guru davlati hukimdori Muizziddin Muhammad Lahorga chekingan so'nggi g'aznaviy qo'shinlarini mag'lubiyatga uchtatdi. Shu tariqa Guru davlati hukimdori Muizziddin Muhammad Hindistonning katta qismini oz nazoratiga oldi. Sharqiy va Shimoliy Hindistonning katta qismini bosib olish. U davlatda birlikni taminlash maqsadda taxminan 35-yil kurashdi ammo 1205 yilda Hind daryosi yaqinida o'ldirilgach Gur davlati uzoq yashamadi.

Guru davlatining parchalanishi bilan Hindistonning siyosiy tarqoqligi birinchi Dehli sultonligi davrining Kutbiddin Aybek va Shamsiddin Eltutmush tomonidan qayta tiklandi. Taxminan 80 yil davom etgan bu davr 1286 yilda Dehli sultoni Balabanning vafoti bilan yakun topdi.

Keyingi turkiy xonadon vakillarining Hindistonda 1320-1338 yillarda hukmronlik qilgan siyosiy hokimiyati Tug'luqlar sulolasi qo'liga o'tgan. Keyingi davri 1398-1399 yillar oralig'ida davom etgan Sohibqiron Amir Temurning Hindiston yurishlari bilan davom etdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Tarixiy haqiqatni tiklash jarayonida zamonaviy yondashuvni talab qiladigan dolzarb muammolar mavjud bo'lib, ular qatoriga, davlatchiligimiz tarixida chuqur iz qoldirgan tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyatini tadqiq etish muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa chet el manbalarga asoslangan holda ilmiy tadqiqotlarni olib borish jahon standartlariga mos hisoblanadi. Mazkur ilmiy maqolada tarixiylik, tanqidiy, qiyosiy-mantiqiy tahlil, xolislik tamoyillari kabi tarixiy metodlardan foydalangan holda, Sohibqiron Amir Temurning ko'p qirrali shaxsiyatini ochib berishda muxim sanalga man'balar asosida so'z yuritiladi. Ziyodulla Muqimov "Amir Temur tuzuklari" Samarqand 2008-yil. Abdulaxad Muhammadjonov, "Temur va Temuriylar saltanati" Toshkent, 1994-yil. Forschadan Alixon Sog'uniy va Habibulla Karomatov "Temur tuzuklari" Toshkent 1991-yil. Hamdam Sodiqov, "Amir Temur hayoti g'aroyibotlari", Toshkent 2007-yil. Marsel Brion, "Menkim Sohibqiron Jahongir Temur" Toshkent 2016-yil. Nizomuddin Shomiy, Zafarnama, tarjimon Nejati Lugal, Turk tarix jamiyati nashyoti, Anqara 1987-yil. Hamidulla Dadaboyev Amir Temurning harbiy mahorati Toshkent 1996. "Temur tuzuklari", forschadan Alixon

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

Sog'uniy va Habibullo Karomatov tarjimasi Toshkent 1991. Ibn Arabshoh, "Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur (Temur tarixida taqdir ajoyibotlari)", Toshkent 1992. Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, Toshkent 1997. Mixail Ivanin "Ikki buyuk sarkarda" Toshkent 1994. Bu asarlar Amir Temur va Temuriylar davlati tarixini o'rganishda muxim man'ba va adabiyotlar bo'lib xisoblanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma'lumki, 1392 yilda Sind daryosigacha bo'lgan Sohibqiron Amir Temur davlati hududiga tobey qilinib bu yerlar Amirzoda Jahangir o'g'li Pir Muhammadga berilgan va shahzoda boshqaruvni ta'minlash uchun bu hududga yuborilgan. Besh yillik yurishdan qaytgan Sohibqiron Amir Temur Xo'tan va Xitoy hududiga harbiy yurushga tayyorlayotgan edi. Hatto nabirasi Muhammad Sultonni ham chegaraga jo'natib, tayyorgarlik ko'rishni buyurdi. Biroq Sohibqiron Amir Temur birdan fikridan qaytdi va Hindistonga yurishga qaror qildi.

Sohibqiron Amir Temurning Hindistonga yurishigacha Tug'luqlar sulolasining Dehli sultonligi so'nggi o'n yil ichida siyosiy inqirozlar sabab taxti egaligi yetti marta o'zgargan3. Balki shuning uchun ham Amir Temur o'zining avvaldan rejalashtirgan Xitoyga harbiy yurish yo'nalishini o'zgartirib, Hindistonning ichki notinchliklaridan foydalanmoqchi bo'lgandir. Bundan tashqari, yana bir ehtimol, u Hindistondan oladigan o'ljalar bilan amalga oshirishni rejalashtirgan harbiy yurishlari uchun moliyaviy manbalarni ta'minlashni o'ylagan bo'lishi mumkin edi4.

Nihoyat AmirTemur 1398 yil mart oyida kofirlar bilan jihod qilishini e'lon qilib, harbiy safarga chiqdi. Old qo'shin qo'mondoni sifatida yuborgan nabirasi Pir Muhammad may oyida Multanga kirdi. U oktyabr oyida Hind daryosini kesib o'tdi. Yo'lida Kobul viloyatini qo'lga kiritgach, Panjob va Sind daryolaridan o'tib, Hindistonning mashhur Batnir qal'asini atroflarini zabt etadi. Amir Temur Ajvadan hududini egallab, uni o'z idorasiga olgach, Xalis Kuteli qal'asini ham egallab, Batnir qal'asiga tomon yurdi. Taxminan ikki kunlik yo'ldan so'ng ikki mingga yaqin otliq qo'shini bilan Batnir qal'asiga yetib keldi. Bu qal'a geosiyosiy jihatdan Hindistondagi eng muhim va qudratli qal'alardan biri edi. Amir Temur qo'shinini o'z zamonasi uchun mukammal bir holatda tuzgan bo'lib qo'shinning o'ng qanotida amir Sulaymonshoh, Shayx Nuriddin, Ollohdod, so'l qanotda esa Xalil Sulton Bahodir, Shayx Muhammad, Igu Temur va boshqa amirlar boshqaruvida edi. Avval ular Bend shahrini egallab olishdi ammo ichki qal'ani o'sha kuni zapt eta olmadi. Qal'a mudofa qo'shinlarining qarshilik ko'rsatishi bilan Amir Temur o'z qo'shiniga o'z tomondan yerga chuqur handaq qazishni buyurdi. Temurning harbiy qudrati va aql-zakovatiga endi qarshilik ko'rsata olmasligini anglagan Batnir qal'asi rojasi Dulchin o'g'li bilan birga taslim bo'lib, Amir Temurga sovg'a salomlar, jumladan, qimmatbaho otlar

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

jo'natadi. Bu Amir Temurning Batnir qal'asini zabt etganidan dalolat edi. Amir Temur hukmronligini qabul qilishni istamagan xalqning bir qismi va ularning boshidagi qo'zg'olonchi askarlar o'z rojasining taslim bo'lishini qabul qilmay, qarshilik ko'rsatsalar ham, Amir Temur buyrug'i bilan o'rnatilgan manjaniqlar qal'a devorlarini teshik ochib ichkariga kirdilar raqiblar esa taslim bo'lishga majbur bo'ldi. Har ikki tomondan juda ko'p askarlar va tinch aholi halok bo'ldi. Oxir-oqibat Temur qo'shini g'alaba qozonib, so'nggi manzilga yaniy Dehliga yo'l oladi. Avvaliga o'z yo'lida Kanatayi Havzi Abga yetib kelgan Amir Temur va qo'shini, so'ngra Firuzayi Bandagan, Fatxobod, Rajappur, Ahruniy va Asandiy qal'alarini egallab, asta-sekin Dehliga yaqinlashdi5.

Dehlidan 7 chaqirim shimoli-g'arbda joylashgan Loni qal'asini egallab, uni o'zlarining qarorgohiga aylantirdilar (1398 yil 10 dekabr). 1398-yil avgust oyida Hindiston yurishi chog'ida uning qo'shini Andiravga kelganida, butparastlar va sehir qiluvchilarning zulmidan va ta'qibidan shikoyat qilgan odamlar Amir Temur huzuriga kelib: "Biz musulmonmiz, bu yerdagi kofirlar, bizdan o'lpon va soliq olishadi bermasak, erkaklarimizni o'ldiradilar, ayollarimiz va bolalarimizni asirga oladilar6". Shundan so'ng musilmonlarning imdodiga ijobat qilgan Sohibqiron Amir Temur harakatga tushdi va butparast hindular panoh topgan qal'ani uch kun davomida qamal qildilar7.

Nizomiddin Shomiyning quyidagi jumlalarida Temurning 1398-yilda Hindistonga qilgan yurishi zamirida jihod haqidagi fikr yotadi: " Amir Temurga Hindistonning Dehli, Kanbayt va boshqa ba'zi hududlarida islom tarqalib, tangalarga tavhid kalimalari yozilgan bo'lsa-da, bu hududlarda haligacha musulmon bo'lmaganlar yashab kelayotgani haqida xabar keldi. Mintaqada hukmronlik qilayotgan musulmon rahbarlar faqat bu g'ayri musulmonlardan soliq yig'ish bilan kifoyalanib, ularni islomga davat qilmasligi aqli va mantig'iga sig'masdi. Shu boisdan bu mamlakatlarni kofirlardan tozalashga qaror qilib, Hindistonga yurish qildi" Amir Temur Hindistonga yurishi chog'ida Suvalek yon bag'irlarida ko'p musulmon bo'lmaganlar to'planganidan xabar topgach, qo'shinga zudlik bilan u yerga borishni buyuradi. Hatto Mirzo Halil Sulton, Shayx Nuriddin, Sulaymonshoh kabi ba'zi amirlar: "Ular(kofir)ni, biz ozimiz jazolaymiz, siz oliy hazrat qarorgohda qolib, dam olganingiz ma'qul", deganlarida ham Amir Temur shaxsan o'z askarlari bilan janga kirishadi. Butparastlar va majusiylarni qattiq jazolantirdi8.

Amir Temur 1398-yil 17 dekabrda Sulton Mahmudshoh va uning vaziri boshchiligidagi dushman qo'shini bilan Panipat va Dehli o'rtasidagi Jamna qirg'og'ida urushga kiradi. Hindlarning jangovar fillariga Amir Temurning otliq qo'shinlari aytish mumkin bo'lsa o'z zamoninig tanklariga qarshi o'rtada tengsiz bir

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

jangga kirdi. Ammo Amir Temur qo'shinni shunday tartibga solib qo'ydilarki, bunchalik ulkan va tartibli qo'shinni dunyoning ko'zi ko'rib qulog'i eshitmagan edi. Qarshi tomonda Malikzoda Sulton Mahmut, Malluxon va hind qo'shini qo'mondonlari, o'n ming otliq, yigirma ming piyoda, bir yuz yigirma jangchi fil bilan turardi. Hindlar to'fonli dengiz va qora bulut kabi tish tirnog'igacha qurollar bilan paydo bo'ldilar, bezatilgan fíllarga taxt o'rnatgan, momaqaldiroq va olov sochayotgan singari ko'rinar edi. Filning ustida bir nechta o'q otuvchi jangchilar o'tqazilgan edi. Amir Temur qo'shini ko'p jang chizig'ini yorib o'tib, ko'p xavf-xatarlardan omon o'tib, ko'p janglarni boshdan kechirgan bo'lsa-da, bu safar tog'dek fillarni ko'rib, aqllari larzaga keldi. Otlar fíllardan juda hayiqardi. Bu orada Amir Temur saroy ayonlaridan Nasriddin O'marga joy nomozini hozirlashini buyurdi. Otdan tushib, ming tazarru va duolar ila ikki rakat namoz o'qib, tangridan fath va g'alaba so'radi. Amir namozni tugatib, salom berib, duo qildi. Ikkala qo'shin ham tog'dek bir birlariga qarshi, bu harakatdan yer ularning og'irligiga ko'tara olmas bo'ldi. Maydon muhorabasining harorati yuksa edi. Bir tomondan na filning tishidan, na yo'lbarsning panjasidan, na timsohning og'zidan qo'rqqan jangchilar qilich va nayzalari bilan filni va uning ustidagi jangchilarga hujim qilardi. Ammo Amir Temurning qo'shini fillarning hujumiga qarshi muvaffaqqiyat qozana olmayotgan edi. Qo'shini mag'lub bo'lish arafasida turgan bir vaziyatda Amir Temur tezda o'z dahosini ko'rsatib tuyakashlarni tuyyalari bilan bir saf tutishini buyurdi, tuyalar orasini uzun temir zanjirlar bilan tuyalar bir biri bilan tutashtirildi. Zanjirlarga o'tkir sixli to'g'nog'ichlar taqildi va tuyalar ustiga yonishi mumkin bo'lgan narsalar qo'yildi. Har tuyakashning qo'liga esa bittadan mash'ala beridi. Ularnig ortidan kamonchilar va nayzali suvoriy qoshinini saf torttirdi. Mash'ala tutgan tuyakashlarga tuyalar ustidagi yonadigan narsalarni yondirib to'g'ri fillar tomon harakatlanishini buyurdi. Tuyalar ustida yo'ng'in bilab bir olov chambaragi kabi fillar tomon jon holatda yura boshladi bu esa fillarni qo'rqitib ortga yurishiga va hind qo'shiniga katta talafat berib saflarini tamoman buzib yubordi. Shund Amir Temur kamonchilarga o'q otishni buyurdi ortidan nayzali suvoriylarga ishora qildi. Bu dahosi bilan Sohibqiron Amir Temur jang taqdirini ikki soat ichida o'z foydasiga halqildi8. Nihoyat, Sulton Mahmud va Malluxon oz sonli askarlari bilan jang maydonini tashlab qochib ketishdi. Amir Temur Dehlida o'n besh kun bo'ldi. U Hindiston sultonlari taxtiga o'tirdi. Ketishdan oldin u Multan va Panjobni boshqarishni Seyid Hizixon ismli musulmon hindga topshirdi uo'n uch yil Dehli sultoni bo'lib xizmat qildi. 1398-yil dekabrda Temur Shimoliy Hindistonni butunlay egallab olishga muvaffaq bo'ldi. Buddistlar va hindular yashagan joylar vayron qilindi, u ko'plab fillar va o'ljalar,mohir usta va ilm ahli bilan1399-yil 29-aprelda o'z mamlakatining poytaxti Samarqandga qaytib keladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

Amir Temurning vafotidan so'ng Hindistonda uzoq vaqt markaziy hokimiyat qurilmadi va yana viloyatlar parchalangan holda boshqaruvni davom ettirdi. Manbalarda aytilishicha, Sohibqiron Amir Temur o'limi vaqtida musulmonga yarashir va munosib tarzda vafot etgani aytiladi. O'lim arafasida chodiridan tashqarida quron tilovat qilayotgan Mavlono Haybatullohni ichkariga chaqirib, to'shagida Qur'on o'qib, kalimai tavhid takror qilishni so'radi. O'zi ham Mavlono Haybatullohdan keyin kalimai tavhidni bir necha marta takrorlab, vafot etdi.

Hukmdor sifatida butun umrini islom diniga xizmat qilish uchun o'tkazgan, davlatini boshqarish chog'ida islom dini amrlaridan aslo chetga chiqmagan Sohibqiron Amir Temur, u yurishlarini yo kofirlarga qarshi jihod qilish maqsadida yoki musulmon xalqiga zulm qilgan musulmon hukmdorlarga qarshi uyushtirardi10. Amir Temur islomiy tamoyillarga asoslangan, butun xalqi musulmon bo'lgan jahon davlatini barpo qilmoqchi edi. U davlati sarhadlarini kengaytirish, islom dinini kengroq geografiyalarga yoyish uchun kurashgan sarkarda-davlat arbobi edi. Shu maqsadda u yuzlab harbiy yurushlar uyushtirdi.

Ma'lumki, uning asosiy maqsadi hind diyorida islom dinini hukmron qilib, bu geografiyada siyosiy va harbiy hukmronlikni o'rnatish edi. Dehlini ishg'ol qilgandan so'ng u yerga Said Hizixon isimli musilmon kishini hukumdor atadi.

REFERENCES

1. Hadicha Derya Jan, "Maurya imperatori Chandragupta davridagi boshqaruv", Anqara universiteti DTCF Tarix jurnali, 50 (1), 2011- yil, 50 bet.

2. Hermann Kulke va Dietmar Rothermund, "Hindiston tarixi", tarjimon, Mufit Gunay, Anqara: Imge Kitabevi, 2001-yil, 240-245 bet.

3. Bayur Yusel Hikmet, "Hindiston tarixi", Anqara: Turk Tarix Jamiyati nashryoti, 1987 y. I jild 331bet.

4. Aka Ismoil, "Temur va uning davlati", Anqara: Turk Tarix Jamiyati nashrlari, 2000 yil, 22 bet.

5. Nizomiddin Shomiy, "Zafername",tarjimon, Necati Lugal, Anqara: Turk Tarix Jamiyati nashryoti, 1987 yil, 220-223 bert.

6. Yuksel Musa Shomil, "Temuriylar davrida din-davlat munosabatlari", Anqara, turk tarix jamiyati nashryotii, 2009 yil 63 bet.

7. Yuksel Musa Shomil, "Temuriylar davrida din-davlat munosabatlari", Anqara: Turk Tarix Jamiyati nashryotii, 2009 yil 61-62 bet.

8. Yuksel Muso Shomil, "Aab manbalarida Temur", Bilig nashriyoti, 31 son, 2004 yil, 91-92 bet.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

9. Yuksel Musa Shomil, "Temuriylar davrida din-davlat munosabatlari", Anqara: Turk Tarix Jamiyati nashryotii, 2009 yil 29 bet.

10. Yuksel Musa Shomil, "Aab manbalarida Temur va din", Tarixiy tadqiqotlar jurnali, 23 (1) son, 2008 yil, 240 bet.

11. Marajabov, B. N. M. O. G. (2022). MARKAZIY OSIYO XALQLARINING HAJ ZIYORATI TARIXIGA NAZAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 862-868.

12. Bebitov, M. A. (2021). TURKIYA ANTAKIYADAGI O'ZBEKLAR TAKIYASI TARIXI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(11), 1233-1241.

13. Bebitov,M,& Qalandarova, M. (2022). QADIMGI TURK (KO'KTURK) XALQLARDA BOSHQARUV TAFAKKURINING ASOSIY TAMOYILLARI VA QONUNLARI. Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences, 2(12), 328333.

14. Bebitov, M. A., & Mardonov, M. I. O. G. L. (2022). QORAXONIYLAR DAVLATIDA TA'LIM FAOLIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 487-491.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.