Научная статья на тему 'AMIR TEMURNING MO’JIZALAR MAMLAKATI HINDISTONGA YURISHI'

AMIR TEMURNING MO’JIZALAR MAMLAKATI HINDISTONGA YURISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1022
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ilonlar qal’asi / kengash / Maratx / Luni / xandaq / vabo / chetinlar / jangovor fillar / qal’a / tumanboshi / o‘rdagoh / Snake Castle / Council / Maratha / Luni / Trench / Plague / Strangers / War Elephants / Castle / District Chief / Camp

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xurshida Axtamova

Amir Temurning mo’jizalar mamlakati Hindistonga yurishi nomli maqolada o’rta asrlarda humronlik qilgan o’z davrida juda katta hududlarni bo’ysundirgan,harbiy sohadagi ajoyib taktikalari shuhrat qozongan Amir Temurning mo’jizalar mamlakati Hindistonga yurishi sabablari,yurush oldiga qilingan harakatlar, u yerni egallashdagi uch qal’ada qo’llagan jang usullari yurish so’ngida bo’lgan voqealar haqida so’z yuritiladi va tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AMIR TEMUR'S MARCH TO INDIA, THE LAND OF MIRACLES

In the article "Amir Temur's march to India, the land of miracles", the reasons for Amir Temur's march to India, the country of miracles the methods of warfare used in the three fortresses to occupy the land are discussed and analyzed at the end of the march.

Текст научной работы на тему «AMIR TEMURNING MO’JIZALAR MAMLAKATI HINDISTONGA YURISHI»

AMIR TEMURNING MO'JIZALAR MAMLAKATI HINDISTONGA

YURISHI

Xurshida Axtamova

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Amir Temuming mo'jizalar mamlakati Hindistonga yurishi nomli maqolada o'rta asrlarda humronlik qilgan o'z davrida juda katta hududlarni bo'ysundirgan,harbiy sohadagi ajoyib taktikalari shuhrat qozongan Amir Temurning mo'jizalar mamlakati Hindistonga yurishi sabablari,yurush oldiga qilingan harakatlar, u yerni egallashdagi uch qal'ada qo'llagan jang usullari yurish so'ngida bo'lgan voqealar haqida so'z yuritiladi va tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Ilonlar qal'asi, kengash, Maratx, Luni, xandaq, vabo, chetinlar, jangovor fillar, qal'a, tumanboshi, o'rdagoh

AMIR TEMUR'S MARCH TO INDIA, THE LAND OF MIRACLES

ABSTRACT

In the article "Amir Temur's march to India, the land of miracles", the reasons for Amir Temur's march to India, the country of miracles the methods of warfare used in the three fortresses to occupy the land are discussed and analyzed at the end of the march.

Keywords: Snake Castle, Council, Maratha, Luni, Trench, Plague, Strangers, War Elephants, Castle, District Chief, Camp

KIRISH

O'zbekiston o'zining davlat mustaqilligiga erishgach, uning bir necha ming yillik ijtimoiy siyosiy tarixini har taraflama o'rganish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Ayniqsa, markazlashgan Amir Temur saltanati, uni o'zbek davlatchiligi va madaniyatini rivojlantirishdagi o'rni masalalariga oydinlik kiritib, tarixchi, sharqshunos olimlarimiz asosiy manba ahamiyatidagi asarlarni o'zbek tilida nashr qildirdilar. Amir Temur hayoti va faoliyatini yorituvchi manbalar juda ko'p va xilma xil bo'lib, bu uning nomi jahon tarixidagi o'rni nihoyatda beqiyos ekanligini bildiradi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov takidlagandek, ,,... bizning tariximizda Amir Temurdek siymo bor ekan, uning qoldirgan merosi pand o'gitlari bugingi hayotimozga

hamohang ekan, oldimizda turgan bugungi muommolarni yechishda bizga qo'l kelayotgan ekan, bizning bu merosni o'rganmasdan, ta'riflamasdan, targ'ibot qilmasdan haqqimiz yo'q''.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Amir Temur davlat arbobi va askarboshilik faoliyati ikki davrga bolish mumkin: 1 Temurning Chig'atoy ulusida hokimyatni qo'lga kiritishi. Mo'g'ullar zulmini ag'darib tashlab, mustaqil markazlashgan davlat tuzishi (1370-1380 yillar). 2 Imperiyani kengaytirish maqsadida o'zga mamlakatlarni asoratga solish davri. Markazlashgan davlat tuzilgach, butun kuchini qisman mudofaa va istilo urushlariga burdi (1380-1405 yillar). Tez fursatda Xuroson va Eronni, Hindiston, Iroq, Suriya va Misrni, Rum va Kavkazortini bosib olib, o'z davlati hududlariga qo'shdi. 1398-yilning may oyida Temur 90 ming askar bilan Amudaryodan o'tib Hindistonga yurish qiladi. Avgustda Kobul shahrini zabt etgach, olti oy mobaynida Mo'ltonni qamal qilib turadi.

Amir Temur: ,, Dastavval, farzandlarim va amirlarimning ko'ngli, o'y- filrlarini bilish uchun ularga maslahat soldim''. Amirzoda Pirmuhammad Jahongir:,, Agar Hindistonni olsak, uning oltinlari bilan butun yer yuzini egallaymiz'', - dedi. Amirzoda Muhammad Sulton esa:,, Hindistonni olamiz-u biroq to'siqlar bor: birinchisi- daryolar, ikkinchisi- o'rmon to'qaylar, uchinchisi- to'liq qurollangan sipohiylar va odam ov qiluvchi quturgan fillari ko'p'',- dedi. ... Men bo'lsam, ya'ni Amir Temur shundy deydi, Hindistonga yurish uchun himmat kamarini belga bog'laganimdan o'z azmu jazmimdan vos kechishni istamadim va shunday javob qildim. ,,Tangri taologa o'tinch bilan murojaat qilaylik. Jang qilish yoki qilmaslik haqida Qur'ondan fol ochaylik, toki tangri taolo neni buyursa shunga amal qilgaymiz". Hammalari meni taklifimni maqullashdi. Qur'oni majiddan fol ochsam, ushbu ulug' oyat chiqdi: ,, Ey payg'ambar, kofirlarga va munofiqlarga qarshi jang qilgil " .

Kobulga o'ttiz ming jangovar otliq askar bilan turgan amirzoda Pirmuhammad Jahongirga Sulaymon tog'i orqali yurib, Sind daryosiga o'tgach, Mo'ton viloyati ustiga to'satdan bosqin qilib, uni zabt etishni buyurdim. Sulton Muhammadxon, amirzoda Rustam va boshqa amirlarga o'ttiz ming barong'or otliq bilan Sind daryosidan kechib o'tib, Kashmir tog' etagidagi yo'ldan yurib, Lohur viloyatida qo'qisdan bostirib kirishni buyurdim. O'zim o'ttiz ming g'ulning otliq askarlari bilan boldim ... Badaxshon chegarasidagi Andarob degan joyga kelib tushdim. Bu yerdabir necha kun turib Katur tog'ida istiqomat qilib turgan kofirlarni yengib, jazo berganimdan so'ng dor ul- xarb bo'lmish Hindiston g'azotiga yuzlandim.

Lashkar hech qayerda qarshilikka uchramay, Kvita sultonligi hududiga yetdi. Sulton Abdulloh Voli al-Mulk soch soqoli oqargan, ulug' yoshdagi odam edi. Sultondan Dehliga borish yo'lini so'radim. U:,, Multon yo'liga borasiz. Hindiston Multondan keyin boshlanadi. Dehliga borguncha yo'lingiz ustida uchta buyuk qal'a uchraydi - Maratx, Luni, Jumba. Ularni egallasangiz Dehliga qadam qo'ydim deyavering". Temurbek 1398-yil Multondan jo'nab changalzorga yetishganda changallarga daraxtlar ustida chinqirayotgan minglab maymunlarlarni ko'rishdi. - Bu maymunlar orasida odamxo'rlari ham bor. Changal oltinch kun tugab, oldinda botqoqliklar ko'rindi. Nihoyat, Maratx qal'asi ko'zga tashlandi. Qal'a oldi quruqlik. Ammo uning shimoliy va janubiy tomoni quruqlik. Temurbek chodirga lashkarboshilarni chaqirdi:,, Bu kungacha biz urushgan o'lkalarda filni uchratmaganmiz. Filni urushga loyiq narsasi yo'q, faqat jussasi katta, xartumi uzun. Bir qilich zarbi ila xartumini kesib tashlash yo jarohatlash mumkin. Urulgan qilich yoki nayza bilan filning qorni yoriladi''. Marat qal'asi atrofi jang maydonini eslatar edi. Temurbek odat bo'yicha qal'a boshlig'i- qutvol Alashirga elchi yuborib, taslim bolishini taklif qildi. Rad javobini olgach, qal'ani qamal qilish ishlari boshlandi. Baland toqqa qurilgan qal'a devorlarini portlatish uchun naqab qazish lozim. Butun ko'rinish burch solayotgan kabi ko'rsatilib uy ichidan naqab kovlanib portlandi. Bu hiylani qal'adagilar sezmay, asosiy diqqatlarini burj qurayotgan binokorlarga qaratib, ularga manjaniqalarda tosh yog'dira boshlashdi. Bu vaqtda esa Sher Bahrom Marvoziy boshliq muhandislar ikki tarfdan naqab qazish ishlarini bajarishdi. Qamalning qirqinchi kuni muhandis Sher Bahrom naqablar tayyorligi haqida axborot bergach, Temurbek erta tong bilan norox to'ldirilgan naqablarning piligiga o't oldirishni buyurdi. Portlash shu qadar kuchli bo'ldiki, xuddi zilziladek, atrof gumburlab larzaga keldi. Qal'aning ikki devori qulab tushdi. Movorounnahr lashkari qal'aga shiddatli hujum boshladi. Hindlar dasta-dasta bo'lib taslim bo'ldi. U mingga yaqin askarni qal'aga qoldirib, Luni qal'asi tomon yurishga amr qildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Oftob qiyomiga kelganda Luni qal'asi ko'rindi. Bu qal'a ham Maratx kabi bir tepa ustida qurilgan edi. U qal'ani qamal qilishga lashkardagi eng yosh mingboshi Sad Vaqqosni yonladi. O'zi asosiy qoshin bilan olg'a yurish uchun qulay yo'l izlagan G'ur podshosi yigitlarini yubordi. ... U asta o'z rejasini bayon qila boshladi. Luni qal'asi qamaliga bir qism lashlar qoldirildi. Qolganlar yana yolda davom etadi. Ammo dushman buni bilmasligi darkor. Shunday qilish lozimki, go'yo barcha qo'ahin qamal ishlari bilan band. Chodirlarni bari shu yerda qoladi. Qal'a qutvoli Kortor anoyi odam

emas. Uni chalg'itish qiyin . Shuning uchun darhol qal'a devorlari ostida naqab qazish ishlari boshlasin. -Bu yerda kim qoladi?- dedi shahzoda Xalil Sulton yonida o'tirgan Shohrux Mirzoga nazar tashlab . - Bugun men tumanboshi unvoniga ko'targan Sad Vaqqos, -dedi Temur. ... O'n sakkiz yoshli bu yigit qachonlardir halok bolgan Temurbekning eski safdoshining o'g'li ekanligi va uni Sohibqiron o'z farzandidek ardoqlashini sarkardalar bilishadi.

Maratx va Luni qal'alar balandlikka qurilgan bolsa Jumba -Ilon qal'asi esa jilg'ada ekan. Movorounnahr lashkarlar qql'a ostida hali hech ko'rmagan manzaraga duch keldi. Hisor ustida erkaklar emas xotinlar yuribdi. ... Qal'a atrofida suvsiz bir xandaq . Ko'prigi buzib tashlangan. Temurbek bu manzarani ko'rib bir qarorga keldi. ...Qal'a atrofida chodirlar tikilsin. ... Xufton nomozini o'qigan Temurbek istirohat uchun chodirga kirdi. ... O'rdagoh janubi tarafdan qandaydir tovush eshitildi. ... -Ilonlar, ilonlar!

Har yoqdan o'rmalab kelayotgan ilonlar mash'ala nuridan ko'zga tashlandi. ... Ilonlar chor atrof yorug'oda orqaga qochishga tushishdi. Yuzlab gazandalar chopib tashlandi. Tong otganda tayyorlangan narvonlar devorlarga tirkaldi. Hujum boshlandi. Hisor ustida xotinlar ko'rinmadi. Sarbozlar qatori Temurbek ham qal'a ichiga tushdi. Hisor bilan uylar orasida bo'sh maydon ko'rindi. Qal'a ichida sakkiz joyda mavjud buday bo'sh maydon nimaga hizmat qiladi? Bo'sh maydonda chayonlar ko'rindi. ... Chayonlar maydonining boshqa tarafida xotinlar ko'rindi. Ma'lum bo'lishicha qal'ada erkaklar yo'q, xotinlar Vishnu xudosiga sig'inadigan Braxma jamoatiga mansub. Ilonlarni ular qo'yib yuborishgan. Temurbek amri bilan porux - borud solingan ko'zachalar odamlar ustiga otila boshladi. Xotinlar faryod solib taslim bo'lishlarini bildirishdi. Portlashlar ilonlarni parchalabgina qolmay xotinlarga ham daxshat solgan edi.

Sulolaning songgi vakili Mahmud Xalloj ayni paytda Malu Eqbol qo'lida tutqin! U Dehli hokimiyatini Xallojdan tortib oldi. Men o'sha yega borib uni mavh etmoqchiman. ... Men Dehlidagi vaziyatdan bexabar edim. Faqat Malu Eqbol bu xabarni eshitib, Mahmud Ikkinchi nomi bilan dong taratgan Mahmud Xallojni tutqunlikdan ozod qilib, menga qarshi birgalikda birgalikda kurashga chaqirganligini, Mahmud Xalloj bu taklifni qabul qilib, kuchlarini birlashtirganidan xabarim yo'q edi. Men Dehli devorini bugungi ahvoli haqida so'ramoqchi edim, Ebdala Gilzeyi yetarli ma'lumotga ega emasligini, ammo devor juda pishiq mustahkam ekanligini, porox portlagichlarga ham bemalol dosh berishini aytdi.

Men tong chog'i Dehli devorlariga yetib oloshni mo'jallagandim. O'sha choqqacha o'g'lim Sa'ad Vaqqosning ayanchli taqdiridan bexabar edim. Avvalo, Dehli

qal'a devorining o'lchamlari haqida ma'lumot olmoqchi bo'ldim. Bo'rttirma so'zlardagidek 50 zar'ga yaqin emas ekan. Mening taxminimcha, Dehli muhofaza devorlarining balandligi 12 zar'dan ortiq emas. Yulduzlarga qarab bildimki, tong otishiga bir soat vaqt bor. Ozgina dam olay deb o'rnimga cho'zildim. Biroq ko'zim ilg'ar-ilg'amas tos- to'polon boshlandi. Qal'adagilar qarorgohimiz tomon ulkan toshlarni yog'dirayotgan edi. ... O'sha kuni devor ustida tosh otish moslamalari yo'q edi. ... Zudlik bilar lashkarlarimni xavfsiz joyga ko'chirish harakatiga tushdim. Yangi qarorgohni qurib bo'lishim bilanoq, sarkardalarimni kengashga chaqirdim. Men dedim:,,Shahar atrofi suv to'la xandaq bilan o'ralgan va biz undan o'ta olmaymiz. Xandaqlar ostidan yer osti yo'lagini kavlash o'ta mashaqqatli va ko'p vaqtni talab qiladi'',-deya Sher Bahromga yuzlandim. Sher Bahrom dedi: ,, Ey, Amir Temur, yer osti yo'lagini qazish uchun xandaqda suv bo'lmasligi kerak-uni quritishimiz lozim. ... agar xandaqqa qo'yilgan suvning yo'li to'silsagina uni quritish mumkin bo'ladi'',- deb javob qildi. Bizning duradgorlarimiz beshta ulkan tosh uloqtiradigan moslamalarni yasab, xandaqning qurilish ishlari borayotgan qismida o'rnatishdi. Biz ham qal'a devorlariga tosh uloqtirishni boshladik va qal'a himoyachilari zarbalarini bir muncha yumshatishga erishdik. Shundan keyin ish tezlashdi va xandaqning biz uchun muhim bo'lgan qismini ham to'dirdik. Shu ish oxiriga yetgach, Sher Bahrom boshchiligidagi ustalar yer osti yo'llarini kavlash ishlarini boshlab yuborishdi. Bir kun u qoshimga kelib yo'lak tayyor bo'lganini aytdi. Sher Bahrom portlash joyini biz qoldirgan ko'priklarning to'g'risidan belgiladi. Shaharga birinchi bo'lib kirishni chetin jangchilariga buyurdim. Avval ham aytganman, chetinlar mening qoshinimdagi eng zo'r jangchilar edi. Shuningdek extiyotkorlikni qo'ldan bermay, chetinlar ortidan betakror qurollarini mohirlik bilan ishlatadigan Ebdala Gilzayi jangchilarini qo'yishga qaror qildim. ... Shahar devorlari ostida o'rnatilgan poroxni portlatdik. Chetin jangchilari hosil bo'lgan guzardan shaharga yopirilib kirdi. ... Chetin jangchilarining qilichi ham, Gilzayn odamlarining qarmoqsumon qurollari ham dushmanning himoyasi oldida ojiz qolgan edi. Kun yarmoda hindular o'zlarining jangovar fillarini maydonga tushurdilar. Jangchilarimga o'sha buzulgan joyda chuqur kavlashni buyurdim. ... Shundan so'ng shaharning janubiy qismi tomon yurdim. Dushmanning janovor fillariga qarshi kurash avjiga chiqdi. Jang davom etar ekan, men kuyovim Qora Xonni chaqirib, mening ixtiyorimga 500 nafar ko'ngillilarni yuborishni buyurdim. ... Shu qadar jahdu jadal bilan olg'a intilar edikki, ko'p o'tmay darvozaga yaqinlashdik, oraliq masofa 20 zar': Endi yo'limizda fillar yo'q edi. ... Dushman jangchilarini bitta qoldirmay yer tishlatib, shaharga yorib o'tdik. Biz oxir-oqibat shaharning nisbatan tinch, osoyishta hududiga chiqdik. Agar chap ko'zimga qon oqib

tushmaganda, balki yaralanganimni sezmasdim ham. Yana ikki jarohat, old yelka va tirsakda hamda oyog'im jarohatlangan edi. ... Shu paytgacha issig'ida bilinmagan ekan. Shundan keyin nima bo'ldi bilmayman. ...O'zimga kelib qarasam, mening barcha jang liboslarim yechib olgan, ko'zimning usti, qo'l-oyog'imdagi jarohatlarga malham qo'yib bog'langan edi. ... O'sha paytda Qora Xon keldi va Malu Eqbol hamda Mahmud Xalloj hozirgina asir olinganini aytdi. Jangchilarimiz keragicha harbiy o'ljani qo'lga kiritgach, barchasini shahardan tashqariga olib chiqishibdi. Men uch kun Malu Eqbolni qarorgohida yashadim. ... huzurimizga Qora Xon tashvishli qiyofaga kirdi. Men undan buning sababini so'radim. U javob qildi: ,,Amirim, jangchilarimiz allaqanday dardga chalina boshladilar, butun vujudida qaltiroq. ... Tabibni aytishicha, bu vabo emish''. Ajablanarlisi shundaki, bu kasallik tub aholiga yuqmas ekan. Tabibimiz ham buning oldida ojiz edi. Qora Xon menga dedi: ,,Amirim, agar Dehlini tezda tark etmasak, tez orada qo'shinga bir kishi ham qolmay qirilib ketadi. Ehtimol iqlim o'zgarsa, kasallikdan batamom qutilamiz!". Dehlidan chiqqanimizni uchinchi kunigacha navkarlarimizni orasida vabo bilan og'riganlar va o'lim holatlari bo'lib turardi. Luni qal'asiga yaqin borganimizda qal'a devorlari ustidagi minoralarning birida osilib turgan inson gavdasiga ko'zim tushdi. U huddiki puflab shishirilgandek edi. Garchi osilib turgan gavda o'g'lim Sa'ad Vaqqosniki ekanini bilsam ham, uning ostiga shishirilgan qopga o'xshab turgan narsa nima ekqnligini anglay olmadim. Keyinroq bilsam, bu o'g'limning tanasidan shilib olinib, so'ng unga somon tiqilgan terisi ekan. Men sarkardalarimga qal'a atrofini qamalga olish ishlarini ... bitkazishlarini tayinladim. ... Ustalarimiz ayvon ostida toshotar moslamalarni yasashga kirishishdi. Yomg'ir tingach, men harbiy kengash chaqirdim. Ertasi kuni ertalab qal'ani ishg'ol qilishga kirishadigan bo'ldik. Dehlida qo'llagan bu yerda davom ettirishga qaror qildik: devorning ikki uch joyodan chuqur qazib, porox bilan bir vaqtning o'zida portlatadigan bo'ldik. Ertasi kuni chuqur qazuvchilar bir necha guruhga bo'linib, teppalik ustiga chiqishdi. Toshotar moslamalar ishga tushdi: qa'a himoyachilariga tinimsiz tosh yog'dira boshladik. ... uchinchi kuni ertalab, nihoyat devorning ikki joyini buzishga muvoffaq bo'ldik. Bir qism jangchilar bilan sharqiy devorning buzilgan joyidan ichkariga yopirilib kirdik. Olishuvimizning birinchi soatidan keyin qal'aga yana bizning jangchilarimiz kirishdi. Ular orasidan kimdir:,, Temur" deb mening nomimni tilga olib gapini davomida hindchalab nimalardir dedi. Unga qarab dedim:,, Men-Temur!" U qo'li bilan o'ziga ishora qilib:,, Kartar!''- dedi. ... unga tomon otildim. U ham menga tomon qilich o'ynatib keldi. Men sekira bilan qaqshatqich zarb berdim. Uning qo'lidan qilich tushib ketdi. Men faqat bir narsani -kimning qo'lidan o'layotganini bilishini xohladim, xolos. Shundan so'ng uning

terisini shilib somon tiqishdi va shu paytgacha o'g'lim osiliq turgn joyga uni osib qo'yishdi. Urushdan olgan o'jamni Qandahor orqali Keshga jo'nattirdim.

XULOSA

O'lja, olingan boyliklar bilan malakali usta va hunarmandlar Samarqandga jo'natiladi, qolgan qismi amir va lashkarlarga bo'lin beriladi. Ularning har biriga 150 dan asr olingan hunarmandlar tegadi. Temur qo'shin tortib Gang daryosi sohillarigacha boradi. O'sha yerda orqaga qaytib, 1399-yilning bahorida Samarqandga yetib keladi va o'zi bilan ko'pgina Hindiston fillarini ham olib keladi.

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, Amir Temur nafaqat O'rta Osiyoda balki jahonda o'z e'tibori, kuch-qudratiga ega bo'lgan markazlashgan davlat asoschisi. Amir Temur davri davlatchiligi , ma'naviyatidagi o'zinig salohiyati, tarbiyaviy kuchi va ta'siri bilan xalqimiz tarixida alohida o'rin egallagan. Harbiy janglarda yaqinlarining ham fikrlarini tinglagan yetuk shaxs bo'ganini ko'rishimiz mumkin.

REFERENCES

1. Ziyodulla Muqimov ,, Amir Temur tuzuklari''. Samarqand 2008-yil 21-bet.

2. Abdulaxad Muhammadjonov ,,Temur va Temuriylar saltanati''.,,Qomusiylar bosh taxririyati'' Toshkent, 1994-yil 23- bet.

3. Forschadan Alixon Sog'uniy va Habibulla Karomatov ,,Temur tuzuklari' '. Toshkent 1991-yil 46-47bet.

4. Hamdam Sodiqov ,,Amir Temur hayoti g'aroyibotlari''. Toshkent 2007-yil, 169-177 bet.

5. Marsel Brion ,,Menkim, Sohibqiron-Jahongir Temur''. Toshkent 2016-yil, 407-473bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.