Научная статья на тему 'AMIR TEMURNING HARBIY YURISHLARGA TAYYORGARLIGI'

AMIR TEMURNING HARBIY YURISHLARGA TAYYORGARLIGI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1474
110
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
KO‘RIK / QUROL-YAROG‘ / TA’MINOT / JANGOVOR RUH

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Pulatov Sh.Sh.

Mazkur maqola Amir Temur harbiy yurishlaridan oldin lashkarlarining jangovar shayligi, anjom-aslahalar bilan ta’minlanganligi va ularning sozligi qay darajada e’tibor qaratilganligini kuzatish orqali qo‘shinni jang oldi mas’uliyatini oshirishi borasidagi tajribasini o‘rganishga bag‘ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AMIR TEMUR'S PREPARATION FOR MILITARY CAMPAIGN

This article is dedicated to the study of Amir Temur's experience in increasing the pre-battle responsibility of the army by observing the level of attention paid to the combat readiness, provision of equipment and their training before military campaigns.

Текст научной работы на тему «AMIR TEMURNING HARBIY YURISHLARGA TAYYORGARLIGI»

Pulatov Sh.Sh. o'qituvchisi

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi AMIR TEMURNING HARBIY YURISHLARGA TAYYORGARLIGI

Annotatsiya: Mazkur maqola Amir Temur harbiy yurishlaridan oldin lashkarlarining jangovar shayligi, anjom-aslahalar bilan ta'minlanganligi va ularning sozligi qay darajada e 'tibor qaratilganligini kuzatish orqali qo'shinni jang oldi mas'uliyatini oshirishi borasidagi tajribasini o'rganishga bag'ishlangan.

Kalit so'zlar: ko'rik, qurol-yarog', ta'minot, jangovor ruh.

Pulatov Sh.Sh. teacher

Academy of the Armed Forces of the Republic of Uzbekistan AMIR TEMUR'S PREPARATION FOR MILITARY CAMPAIGN

Annotation: This article is dedicated to the study of Amir Temur's experience in increasing the pre-battle responsibility of the army by observing the level of attention paid to the combat readiness, provision of equipment and their training before military campaigns.

Key words: inspection, weapons, supply, fighting spirit.

Dunyoda birinchi marotaba yengilmas muntazam armiyaga asos solgan Sohibqiron Amir Temurning harbiy daholari yaqqol ko'zga tashlanib kelmoqda. Amir Temurning harb ilmi borasidagi betakror zakovati jahon sarkardalari uchun ulkan saboq bo'lib keldi va hozirgi kunda ham uzliksiz ravishda o'rganilib borilmoqda. Uning nomi va amalga oshirgan ishlari Sharq va G'arb mamlakatlari harbiy mutaxassislari o'rtasida juda ma'lum va mashhurdir. Sohibqironning umir bo'yi jang-u jadallarda va safarlarda yurishi, ko'plab mamlakatlarni zabt etishi va yengilmas qo'shinni oqilona boshqarishi barcha harbiy harakatlarni zafarli amalga oshirish uchun namunadir. Ulug' Temur son jihatdan juda ko'p sonli qo'shinni say- harakatlarini qanday tarzda nazorat qilgani hamda ularni oqillik va sabot bilan boshqargani biz uchun jasorat va mahorat maktabidir.

Amir Temur har bir harbiy yurishdan oldin o'z lashkarlariga ogohlantiruvchi buyruq bergan. U buyruqni yetkazuvchi maxsus chopar bo'linmalari mavjud bo'lib, ular askarlarni yashash joylariga borib safarga otlanish to'g'isida habar berishgan. Buni eshitgan askarlar belgilangan maydonga zudlik bilan yetib kelishgan. Sohibqiron har bir yurishidan oldin harbiy ko'rik o'kazgan, buni o'tkazishdan maqsad esa lashkarlarning safar va

jang mobaynidagi turli xil kutilmagan vaziyatlarni oldindan bartaraf etish hamda askarlarga jangovor ruh bag'ishlab, ularning har tomonlama zarur ta'minotini butlanganligini ko'zdan kechirish bo'lgan.

"Yurish oldidan ko'rik qilib, lashkarim qayergacha borib yetishini bilmoqchi bo'ldim. Qarasam, to'rt farsang masofada lashkarim saf tortib turardi" [1].

Ko'rikdan nafaqat jangovor qismlar, shuningdek ularni qurol-yarog', oziq-ovqat, kiyim-kechak zaxiralari ortilgan bir qator og'ir karvonlar ketma-ket o'tkazilgan [2]. Shu bilan birga musiqachilar, muxandislar, tabiblar va shu kabi o'ziga xos bo'linmalar va anjom-aslaxalarini mavjudligini tekshirgan.

Yetarli miqdorda cherik jam bo'lgach, barcha qo'shin turlari - yoychilar, nayzavarlar, qoruandozlar, sangandozlar, taxshandozlar, manjanaq, arroda va turicharx otuvchilar hamda boshqa askariy qisimlar ko'rikdan o'tishgan. Temurbek armiyasida ichiga yonuvchi modda naft solingan ko'zachalar irg'ituvchi o't sochish quroli - ra'dning uzliksiz yetkazib berishni ta'minlovchi maxsus to'pchilar - ra'dandozlar mavjud bo'lgan [3].

Sohibqironning bunday qat'iligi va o'ta talabchanlik harakatlari jangda g'anim ustidan qozoniladigan g'alaba uchun dastlabki qadam vazifasini o'tar edi. Amir Temur bunday ko'rik o'tkazishi bilan bir tomondan jangchilarning aslaxalarini tekshirsa, ikkinchi tomondan ulardagi yengilmas kuch bo'lgan jangovor ruhini ko'tarar edi. Ulug' Amir butun qo'shini oldida ularga bo'lgan yuksak ishonchini bildirar hatto har bir askarlar bilan ko'rishib, ularda o'zgacha g'urur uyg'otar edi.

Amir Temur yaqinlashib kelganda, qo'shindagi har bir qism boshlig'i otidan tushib, unga o'z qismini ko'rsatar, jangchilarning abjirligi va chaqqonligini namoyish qilar, keyin tiz cho'kib, yerni o'par, Amir Temur sha'niga duo o'qib, uning g'alabalarini olqishlab, kerak bo'lganda uning uchun o'z jonini tikishga ham tayyor ekanligini izhor qilardi. Amir Temur qo'shin qisimlari yoniga yaqinlashishi bilan jangchilarning hayqiriqlari Dashti Qipchoqni larzaga solardi [4]. Amir Temur lashkarlari, qurol-yarog', anjom-aslaxa va qo'shinning soni bilan ruhiy holatini bilish uchun kelgan ayg'oqchilar buni ko'rib dahshatga tushar edi. Aksincha dushman tomonidan tashrif buyurgan elchilarni esa ushbu ko'rikka taklif etardi. Boyazid chorlovi bilan bo'lgan jang oldi harakatlarda ham Sohibqiron dushman elchilariga hurmat ko'rsatib ularni jangovor ko'rikka taklif qiladi.

Ko'rik paytida qo'shin boshliqlari Amir Temur uchun har narsaga tayyor ekanliklarini, o'z hayotlarini unga xizmat qilishga bag'ishlaganliklarini bildirib uning dushmanlari yerlarida bir dona ham o'simlik va ko'kat qoldirmaslikka, Usmonli Turk davlatini yo'q qilishga qasam ichadilar [5]. Elchilar bu qo'shinning qudratini ko'rib taajjubga tushishadi. Elchilar o'z yertlariga qaytishi bilan bo'lib o'tgan barcha voqealarni o'z hukumdorlariga aytib berishadi.

Amir Temur bu ko'rikni qilishi har tomonlama o'zi uchun muoffaqiyat keltiradi. Chunki birinchidan o'z qo'shinlarini jihozlarini ko'zdan kechiradi,

ikkinchidan har bir bo'linmalar oldiga borib ularga "ishonch" bildiradi. Bu esa o'z navbatida qo'shiniga eng kerakli ruhiy ozuqa, ya'ni jangovar ruhni his etishi uchun asos bo'ladi. Eng asosiy maqsadi dushman qo'shinlarini jangovar ruhlarini sindirishga dastlabki qadam bo'ladi. Elchilar Amir Temurning maqsadini ro'yobga chiqaradi [6].

Ulug' Temur mahorabaga otlanishdan avval qo'shinni safarda oziq-ovqat ta'minoti masalasi bo'yicha qiyinchilik ko'rmasliklari uchun ta'minot bo'linmalarini yuboradi. Bu bo'linmalar yo'l yo'lakay oziq-ovqat g'amlar, otlar uchun esa yem-hashak to'plab qo'riqchi soqchi askar tashlab ketar edi. Amir Temur bu harakarlari bilan qo'shinni safar mobaynida ham qisqa to'xtalishlarni oldini olishi, ko'zlangan marraga esa dushmani kutmagan holatda hujum qilishiga sharoit yaratar edi.

Sohibqiron jang oldi tayyorgarligi ishlarida barcha qo'shin turlarini ko'rikdan o'tkazib chiqar edi. Harbiy musiqachilarga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, bu bo'linmaning xizmati, jangda asosiy jangchilarning xizmati bilan barobar bo'lardi. Temurning gerblar bilan bo'lgan janggida ham musiqachilarning xizmati beqiyos bo'lgan.

Mixail Ivanin o'zining "Ikki buyuk sarkarda. Chingizhon va Amir Temur: harbiy san'ati, strategiya va taktikasi" asarida keltirilihsicha, "Astoydil himoyaga otlangan gerblar Temur qo'shinlari hayqirig'i, karnay va nog'ora sadolarining tog'dagi aks sado bilan qaytishidagi shovqindan shu qadar qo'rqib ketdilarki, natijada bor-yo'qlarini tashlab, har tarafga qochishga majbur bo'ldilar" [7].

Amir Temur hattoki jangovar bo'linmalardan tashqari moddiy ta'minot bo'linmalari bilan ham to'laqonli qo'shin ko'rigida ishtirokini ta'minlagan. Qo'shin ko'rigida e'tiborni tortadigan tomoni safda "jangovar ayollar"dan tuzilgan bo'linmalar, tabiblar, qurol-yarog'larga texnik xizmat ko'rsatuvchi temirchilar, qurolsozlar, chodir va hammom tiklovchilar, savdo-sotiq bilan shug'ullanuvchi karvonboshilar bilan o'zaro suhbatlashib, qo'shinning moddiy va ma'naviy ta'minotini barcha omillar asosida, jumladan, mahsulotlar sifatli, belgilangan muddatida, uzluksiz va tizimli ravishda o'z jangchilari uchun barcha maishiy sharoitlarini yaratib bergan.

Amir Temurning tarixdagi xizmati yana shundan ibkratki, u davlatchilik boshqaruv tizmi, ichki va tashqi siyosatning, tartib-qoidalari, huquqiy asoslarini yangi tarixiy sharoitda takomillashtirdi [8].

Amir Temurning bu kabi jang oldi amalga oshirgan ishlari uning barcha yurishlaridan zafar bilan qaytishiga asos bo'ldi.

Biz Sohibqiron shaxsini chuqurroq o'rgana boshladik, o'zligimizni va ajdodlarimiz jasoratlarini yengilmas kuch qudratini anglay oldik [9]. Albatta, ularning harbiy salohiyati, jang maydonidagi qo'llagan strategiyasi va taktikasi -bu alohida boshqa mavzu. Lekin bu ulug' sarkardaning uzoqni ko'ra bilishi, o'z vaqtida kerakli bo'lgan tadbirlarni amalga oshirib, o'z askarlari qalbida

chinakam vatanparvarlikni, jangovar ruhni singdira olgani biz uchun ulkan ibratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Amir Temur Ko'ragon. Temur tuzuklari - Toshkent. O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi "Fan". 2018 - 159 b.

2.Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa'dayn va majmai bahrayn. Fors tojik tilidan tarjima, kirish so'z va izohli lug'atlar tarix fanlari kandidanti A. O'rinboyevniki. Toshkent, 1969, - 91-92 betlar.

3. Yakubovskiy A. Yu. Temur ... b. - 68 b.

4. Mixail Ivanin. Ikki buyuk sarkarda. Chingizhon va Amir Temur: harbiy san'ati, strategiya va taktikasi. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017, - 233 b.

5. Lyusen Keren. Amir Temur Saltanati. "Fan", Toshkent. 2018. - 86 b.

6. Mixail Ivanin. Ikki buyuk sarkarda. Chingizhon va Amir Temur: harbiy san'ati, strategiya va taktikasi. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017, - 258 bet.

7. Mixail Ivanin. Ikki buyuk sarkarda. Chingizhon va Amir Temur: harbiy san'ati, strategiya va taktikasi. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017, - 252

8. https://cyberleninka.ru/article/n7amir-temur-davlati-boshqaruv-tizimi/viewer

9. https://ares.uz/uz/maqola-sahifasi/amir-temur-lashkarlarining-jangovor-tayyorgarligi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.