Научная статья на тему '“AMIR TEMUR LASHKARLARINING JANGOVOR TAYYORGARLIGI”'

“AMIR TEMUR LASHKARLARINING JANGOVOR TAYYORGARLIGI” Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

1729
88
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
competition / power / fighter / sport / competition / power / fighter / sport.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Avazbek Abdurashidovich Urmonov, Ibrohim Olimjon O„G„I Mamajonov

Amir Temur lashkarlarining jangovor tayyorgarligini yuksak darajada kamol topishida Sohibqironning qanday yo„l tutgani. Askarlar bilan munosabti, jismonan sog„lom va kuchli, yengilmas jangchini yaratishda jangovor shaylikni uzliksiz ushlab turishda sport o„yinlari va musobaqalarning o„rni yoritib o„tilgan. Shuningdek oddiy askarlikdan to amirlik darajasiga erishish uchun qandayin sinovlarni yengib o„tishi keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The battle of Amir Temur's troops high level of ambitious preparation in the perfection of Sahibkiran how he behaved. Soldiers, relationship with, physically healthy and strong, in creating an invincible warrior uzliksis of combat readiness sports games while holding and the location of the races is highlighted. Also from ordinary soldier to emirate to reach the level of how to overcome trials to pass

Текст научной работы на тему «“AMIR TEMUR LASHKARLARINING JANGOVOR TAYYORGARLIGI”»

"AMIR TEMUR LASHKARLARINING JANGOVOR TAYYORGARLIGI"

Avazbek Abdurashidovich Urmonov

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi Jismoniy tayyorgarlik va

sport kafedrasi o'qituvchisi podpolkovnik

Amir Temur lashkarlarining jangovor tayyorgarligini yuksak darajada kamol topishida Sohibqironning qanday yo'l tutgani. Askarlar bilan munosabti, jismonan sog'lom va kuchli, yengilmas jangchini yaratishda jangovor shaylikni uzliksiz ushlab turishda sport o'yinlari va musobaqalarning o'rni yoritib o'tilgan. Shuningdek oddiy askarlikdan to amirlik darajasiga erishish uchun qandayin sinovlarni yengib o'tishi keltirilgan.

Keywords: competition, power, fighter, sport.

The battle of Amir Temur's troops high level of ambitious preparation in the perfection of Sahibkiran how he behaved. Soldiers, relationship with, physically healthy and strong, in creating an invincible warrior uzliksis of combat readiness sports games while holding and the location of the races is highlighted. Also from ordinary soldier to emirate to reach the level of how to overcome trials to pass.

Keywords: competition, power, fighter, sport.

Buyuk sarkarda, davlat arbobi va odil hukumdor Amir Temur o'z davrining yengilmas va muntazam armiyasiga asos soldi. Amir Temur mohir sarkarda, bitmas-tuganmas g'ayratga ega rahbar, qat'iyatli, shijoatli kuchli jangchi bo'lganligi barchamizga ma'lum. Sohibqiron ayni kuch-quvvatga to'lgan paytida bir oyog'i va qo'lidan jiddiy jarohat olganligi va ushbu jarohati bilan umir bo'yi jang maydonida mardonavor harakatlari bilan jangchilarga ko'rsatib kelgan jasorati taqsinga sazovordir. Temurbekning bolaligi kesh tog'larida o'tadi. U yoshligidan jismonan sog'lom, baquvat va ma'nan yetuk bo'lib ulg'ayadi. Yoshligidan esa u ov mashg'ulotlarini sevar va tinimsiz ravishda otda

Ibrohim Olimjon o'g'i Mamajonov

Umumqo'shin fakulteti kursanti

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

musobaqalarda ishtirok etardi. Nayza uloqtirish, kamondan o„q

June, 2022

uzish, qilichbozlik kabi mashg'ulotlarda doimo o'rtoqlari bilan bellashardi. Amir Temurning yoshligidan harbiy va sport o'yinlariga qiziqishi yaqqol sezilib turar edi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'n yoshga to'lganidan so'ng Tarag'ayning xizmatida bo'lgan murabbiylar (otabegilar) Temurbekni harbiy san'at va sport o'yinlarini o'rgatishni boshlaydilar. Amir Temur sport o'yinlarini juda ham yoqtirar hamda uzliksiz ravishda ot sporti, nayzabozlik, qilischbozlik va kamondan o'q uzish kabi mashg'ulotlar bilan shug'ullanib kun sayin jismonan kamol topib baraverardi. Sohibqiron daslab harbiy xizmatni mahalliy bo'lgan hukumdorlarga xizmat qilishdan boshlaydi. U kichik lekin yaxshi qurollangan otryadga egalik qilib ular bilan birgalikda harbiy-taktik tajribalarini ortirdi. Amir Temur ushbu otryad bilan tinimsiz birgalikda shug'ullanar har bir oddiy askarlar bilan suhbatlashar, ularni qiziqishlari va oilaviy muommlarini o'rganib ularga munosib muomala qilardi.

Askarlar Temurbekni bu munosabatlarini ko'rib unga bo'lgan sadoqati va hurmati kun sayin ortib borar edi. Amir Temur har kuni o'z bo'linmasi bilan sport mashg'ulotlarini tashkil etardi va o'zi ham ular bilan qatnashar va doimiy ravishda har tomonlama namuna bo'lib kelar edi. Sohibqironning jismoniy jihatdan chidamliligi, chaqqonligi va jasurligi har jabhada ko'rinar edi.

Amir Temurning o'zgacha tipdagi sport va jangovor mashg'ulotlari mavjud edi. Bularga ikki oyog'i orasiga tosh boylab uzoq masofaga yurish, yaralangan askarlarni jang maydonidan olib chiqish usullari, suvda suzish mashqlari (ushbu mashq yurish uyishtirilgan vaqtda daryolardan kechuvlarni amalga oshirda qiynalmaslik uchun), nayza uloqtirish, qilichbozlik, kurash, bir oyoqda turib jang qilish, kamondan o'q uzish va h.k. kabi ko'plab mashg'ulotlarni o'tkazar edi.

Bu askarlarning jang mobaynida, yurish paytida, ov uyishtirganda, otda jang qilganda muozanatni ushlab turish kabi ko'plab askarlarni chiniqishini rivojlantirib kun sayin ko'nikib borishlariga sabab bo'lardi. Askarlar bilan doimiy ravishda Amir Temur ov (shikor) mashg'ulotlarini o'kazib kelgan. Negaki, ov qo'shinning jang qilish yo'llarini o'rgatuvchi mashqdek bo'lgan.

Amir Temurning qo'shinida maxsus vazifalarni bajaruvchi bo'linmalar, mavjud bo'lib ularga razvedga, pontonchi, og'ir va yengil otiliq bo'linmalari va maxsus topshiriqlarni bajaruvchi ayollar bo'linmalari bo'lgan. Har bir bo'linmalarning o'zizni topshiriqlari bo'lib ushbu vazifalarni jang maydonida to'laqonli amalga oshirar edi. Bu esa Sohibqironning eng buyuk sarkardaligidan darak berar edi. Ushbu bo'linmalar o'zlariga yuklatilgan

topshiriqlarni eng yuqori darajada amalga oshirishida Amir

June, 2022

Temuming jang oldi lashkarlar bilan jismoniy va jangovor tayyorgarligini yuqori darajada tashkillashtirishida bo'lgan.

Razvedka bo'linmalarining jismoniy va jangovor tayyorgarligi ko'proq jangchilarni turli xil muhitlarga moslashish va chaqqonlikni talab qiluvchi mashiqlardan iborat bo'lsa, pontonchi va muxandis bo'linmalarning esa jismoniy va jangovor tayyorgarligi suzish, qo'lga kuch beruvchi va chidamlilik xusussiyatiga bog'liq bo'lgan maxsus mashqlarni uzliksiz ravishda bajarib kelishgan. Bu mashqlarning asl samarasi esa jang maydonida namoyon bo'lar edi.

Temurning yengil va og'ir otliq bo'linmalarining asosiy kun davomida bajaradigan mashg'ulotlari yelka, qo'l, bel va bosh qismiga ahamyat berilgan mashg'ulotlar bo'lgan. Og'ir va yengil turlariga bo'linishing sababi esa jangchilarning qurollanishidan kelib chiqib og'ir va yengil nomlari berilgan. Og'ir otliq bo'linmalarining qurol-yarog' va anjom-aslahalari yengil otliq bo'linmalarinikiga qaraganda og'ir, soni ham ko'p bo'lgan. Bu ikki bo'linmalarning jismoniy tayyorgarliklari ham bir biridan farq qilgan.

Maxsus topshiriqlarni bajaruvchi o'ziga xos, jang oldi harakatlarida o'rni beqiyos bo'lgan ayollar bo'linmalari bilan esa alohida mshg'ulotlar tashkillashtirilgan. Ularning jismoniy jihatdan chaqqonligi va abjirligi Temur askarlarining anchasidan ustun ham bo'lib turgan. Bu ayol bo'linmalarni tayyorlanishining asosiy sabablaridan biri razvedka ishlari bo'lgan.

Sohibqiron o'z lashkarlarining jismoniy tayyorgarligiga asosiy e'tiborini qaratib kelgan. bo'linmalar orasida doimiy ravishda musobaqalar tashkillashtirib o'tkazilib kelingan. G'oliblarni munosib rag'batlantirib unvonlarini ham oshirar edi. Mag'lub bo'lgan askarlar esa mashg'ulotlardan tashqari o'z ustida ishlab sara kuchli jangchilar qatoriga qo'shilishga intilardi. Amir Temur 200 ming qo'shinni jangovor tayyorgarligini eng yuksak darajaga olib chiq olgan desak ham adashmaymiz.

Amir Temur o'z millati va el-yurtining taqdiri haqida haqida ko'p o'ylagan. U qo'ygan har bir qadam nafaqat o'sha davr uchun, balki hozirgi davrimiz va kelajak sari xizmat qilgan. Uning donishmandligi, odilligi, qatiyatli va jismoniy jihatdan tengsiz kuchga ega bo'lganligi bugungi kunimizda ham ibratlidir.

Amir Temurni jangovor harakatlarda amalga oshirgan ishlari hozirgi kunda ham keng ko'lamda o'rganilib kelinmoqda. O'z davrining eng ko'p sonli va yengilmas armiyasini yarata olgan Sohibqiron shaxsiga bugungi

XULOSA

kunda alohida katta etibibor qaralmoqda. Xususan birinchi

June, 2022

prizidentimiz Islom Karimovning bu boradagi so'zlari quyidagicha edi: "Amir Temur shaxsini idrok etish - tarixini idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash - o'zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug'lash - tarix qa'riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizga ishonchimizni mustahkamlash demakdir".

Yillar davomida qoralanib kelingan Amir Temur nomi XIX asrga kelib yana tilga olina boshlandi. Ushbu shaxs siymosida ko'plab kitoblar, maqolalar va izlanishlar olib boorish yo'lga qo'yildi. Biz Sohibqiron shaxsini chuqurroq o'rgana boshladik o'zligimiz va ajdodlarimiz jasoratlarini yengilmas kuch qudratini anglay oldik. Mana shunday dunyo tarixida o'chmas iz qoldirgan buyuk shaxslar yetkazib bergan ona zaminimizga mehrimiz oshishiga va buyuk ishlar qilishizmiz uchun ruhiy ozuqa ola boshladik. Amir Temurdek ajdodlarimiznni borligi va ular tomonidan bizga qoldirgan merosi sababli hayot faoliyatimizda ruhan va jismonan birdamlikka ega bo'lish, har qanday yuzaga kelgan nostandart vaziyatlarda to'g'ri va sog'lom qaror qabul qila olishimizga asos vazifasini o'tab kelmoqda.

REFERENCES

1. Amir Temur Yevropa elchilari nigohida. Gonsales de Klavixo. "G'ofur G'ulom", -Toshkent. 2007. - 208 b.

2. Ahmedov, Bo'riboy. Amir Temurni yod etib. - Toshkent: O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Fan" nashriyoti, 2018. - 392 bet.

3. Abduqahhor Ibrohimov. Bizkim O'zbeklar... Milliy davlatchiligimiz asoslari haqida mulohazlar. "Sharq" Toshkent - 2001, - 400 b.

4. Amir Temur Ko'ragon. Temur Tuzuklari. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Fan", Toshken - 2019.

5. Ivanin, Mixail. Ikki buyuk sarkarda. Chingizhon va Amir Temur: harbiy san'ati, strategiyasi va taktikasi. Yangi asr avlodi. Toshkent - 2017, - 304 b.

6. Keren, Lyusen. Amir Temur saltanati. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Fan". Toshkent - 2018, - 212 b.

7. Hamidulla Dadaboyev. Amir Temurning harbiy mahorati. "Yozuvch" -Toshkent, - 96 bet.

June, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.