Научная статья на тему 'ALDANGANGA KO‘RSATILGAN HAQIQAT YOHUD ALIXONTO‘RA SOG‘UNIYNING “TEMUR TUZUKLARI” TARJIMASI TARIXI VA UNING O‘ZBEK XALQI UCHUN AHAMIYATI'

ALDANGANGA KO‘RSATILGAN HAQIQAT YOHUD ALIXONTO‘RA SOG‘UNIYNING “TEMUR TUZUKLARI” TARJIMASI TARIXI VA UNING O‘ZBEK XALQI UCHUN AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
215
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tuzuk / Kompartiya / Amir Temur / Temur tuzuklari / Yoqubjon Xo'jamberdiyev / Turkiston qayg'usi / Alixonto'ra Sog'uniy / tuzuk / Kompartiya / Amir Temur / Temur tuzuklari / Yakubjon Khojamberdiyev / Turkiston kaygusi / Alikhantora Soguniy

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Boburjon Xatamov

Maqolada Alixonto‘ra Sog‘uniyning Amir Temur qalamiga mansub “Temur tuzuklari” tarjimasi tarixi, uning Amir Temur shaxsiyatini SSSR davrida o‘zbek xalqiga qaytarib berganligi haqida ma’lumot beriladi.Tarjima O‘zbekiston SSR fuqarolari ongiga ta’siri, milliy faxr va mustaqillik g‘oylarini ilgari surganligi bilan qadrlidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE HISTORY OF THE TRANSLATION OF "TEMUR TUZUKLARI" AND THE IMPORTANCE OF ALIKHONTORA SOGUNI TO THE UZBEK PEOPLE

The article tells about the history of Alikhantora Soguni's translation of "Temur's Statutes" by Amir Temur, his return of Amir Temur's personality to the Uzbek people during the Soviet era. is valuable in that it promotes the ideas of independence.

Текст научной работы на тему «ALDANGANGA KO‘RSATILGAN HAQIQAT YOHUD ALIXONTO‘RA SOG‘UNIYNING “TEMUR TUZUKLARI” TARJIMASI TARIXI VA UNING O‘ZBEK XALQI UCHUN AHAMIYATI»

ALDANGANGA KO'RSATILGAN HAQIQAT YOHUD ALIXONTO'RA SOG'UNIYNING "TEMUR TUZUKLARI" TARJIMASI TARIXI VA UNING

O'ZBEK XALQI UCHUN AHAMIYATI

Boburjon Xatamov

"Kristall" o'quv markazi tarix o'qituvchisi xatamovboburj on@gmail .com

ANNOTATSIYA

Maqolada Alixonto'ra Sog'uniyning Amir Temur qalamiga mansub "Temur tuzuklari" tarjimasi tarixi, uning Amir Temur shaxsiyatini SSSR davrida o'zbek xalqiga qaytarib berganligi haqida ma'lumot beriladi.Tarjima O'zbekiston SSR fuqarolari ongiga ta'siri, milliy faxr va mustaqillik g'oylarini ilgari surganligi bilan qadrlidir.

Kalit so'zlar: tuzuk, Kompartiya, Amir Temur, Temur tuzuklari, Yoqubjon Xo'jamberdiyev, Turkiston qayg'usi, Alixonto'ra Sog'uniy

THE HISTORY OF THE TRANSLATION OF "TEMUR TUZUKLARI" AND THE IMPORTANCE OF ALIKHONTORA SOGUNI TO THE UZBEK PEOPLE

ABSTRACT

The article tells about the history of Alikhantora Soguni's translation of "Temur's Statutes" by Amir Temur, his return of Amir Temur's personality to the Uzbek people during the Soviet era. is valuable in that it promotes the ideas of independence.

Keywords: tuzuk, Kompartiya, Amir Temur, Temur tuzuklari, Yakubjon Khojamberdiyev, Turkiston kaygusi, Alikhantora Soguniy

Yolg'onlar ichida yurgan insonga asl haqiqatni aytsangiz, u sizning gapingizga ishonish tugul bu haqiqatni inkor qiladi va hattoki sizni yolg'onchiga ham chiqaradi. Aslida o'zi aldanganini tushunib yetguniga qadar ko'plab insonlarni ranjishiga sabab bo'ladi. O'tgan asrning 50-60-yillari ham shunday yolg'onlarga boy edi. Jumladan, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur shaxsiyatiga ko'plab tuhmat toshlari otilgan, millat yoshlari buyuk ajdodidan faxrlanish o'rniga unga nisbatan nafrat ruhida tarbiyalanayotgan davr edi.

Shunday vaziyatda katta jasorat va ilm sohibi Alixonto'ra Sog'uniy kelajak farzandlarga, ko'zi ko'r ziyolilarga asl haqiqatni ko'rsatish uchun "Temur tuzuklari"ni tarjimasiga kirishdi. Asarni turli yig'inlarda, matbuotda keng ommaga tanishtirishga harakat qildi. Bu esa 30-50-yillardagi ziyolilar qatag'oni siyosati sovimagan, SSSR o'z taraqqiyotining eng rivojlangan davriga kirgan paytda qilinayotgan edi. Bu o'sha davr kishisidan katta jasorat talab qilar edi. Sog'uniy hazratlari ana shunday jasorat va adolat

Uzbekistan

www.scientificprogress.uz

Page 1215

sohibi edi. Amir Temurning asl shaxsiyatini ajdodlariga yetkazish yo'lida tarjimonga turli "tanqid"lar, bo'xtonlar yog'dirildi.

Sog'uniyning jasorati haqida Yoqubjon Xo'jamberdiyev o'zining "Sog'uniy" asarida quyidagilarni yozadi: "Guliston" jurnalining 1967-yil 1-sonida "Temur tuzuklari" chop etilgach, nafaqat tahririyat ayni paytda O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasi hodimlari o'z halovatlarini yo'qotdilar. Bu "balo" (ular uchun aynan balo edi)ning qayerdan, kim tomonidan paydo bo'lganini aniqlash uchun telefonlar tinimsiz jiringlar, kur'erlar xonama-xona izg'ir, jurnal hodimlari turli "eshiklar" oldida muntazir va hokazo. Urush ko'rgan turmushning juda ko'p achchiq -chuchugining tatib, oxirida haqiqat yo'lida fido bo'lishdan boshqa hamma narsa ikki pulga qimmat ekaniga iqror bo'lgan harbiy yozuvchi, jurnalning bosh muharriri Ibrohim Rahim ham dastlab bu to's-to'polondan o'zini yo'qotayozdi. Axir yuz yildan ortiq davr mobaynida "Bosqinchi", "Zolim", "Kallalardan minora yasagan qonxo'r" deya tavsif berib kelingan odamni bir kunda oqlashning o'zi bo'ladimi?! Ammo Ibrohim aka tezda o'zini o'nglab oldi va jamoani ham jipslashishga da'vat etdi. Shohidlarning guvohlik berishlaricha jurnalning har soni chiqqanida tahririyatga "zambarak"ning o'qi otilar edi. Telefonda markazkomdagi ma'sul hodimning: "Bu zormanda qachon tugaydi" degan daxshatli ovoz kelganda tahririyatda suv quygandek jimlik hukmron bo'lar edi. Hamma bir-birlariga ovoz sohibining kimligini aytmoqchi bo'lgandek, im qoqishardi.

"Temur tuzuk"larining oxirgi qismi jurnalning sentyabr sonida tugallanishi lozim edi. Ammo Markazkomdagi ma'sul hodimning har gal do'q-po'pisa bilan: "Bas qilinglar o'shani, to'ydirib yubordinglar!" degan qo'ng'iroqlari tufayli "Temur tuzuklari" oynomada to'laligicha bosilmay, to'xtab qoladi..."1

Sog'uniy hazratlari Amir Temurning "Temur tuzuklari" asarini fors tilidan ikkinchi marta qayta tarjima qilib 1967 yili tamomladilar, chunki birinchi tarjima qilingan qo'lyozma asar favqulodda holatda g'oyib bo'lgan edi.

Alixonto'ra Sog'uniy tarjimasi haqida uning nabirasi Uvaysxonto'ra Shokirov shunday deydi: "Bobomiz Alixonto'ra Sog'uniy 1962 yildayoq ulug' sohibqiron Amir Temurning "Temur tuzuklari" nomli kitobini eski forsiydan o'zbek tiliga tarjima qiladilar. Dastlab "Guliston" oynomasi sahifasida bu kitobning ko'p qismi 1967-yili u kishining jur'atli kirish so'zi bilan bosilib chiqadi. O'sha davrda "qonxo'r Temur"ni oqlab yozish katta jasoratni talab qilar edi. Vaholanki, bobomiz sohibqiron Amir Temurni o'zbek xalqiga tiriltirib berib ketgan edilar. Shundan bir yil keyin, ya'ni 1968 yili O'zbekiston Fanlar akademiyasining vitse prezidenti I.M. Mo'minov ko'pchilik tarixchi olimlar muhokamasidan o'tkazgan holda "Amir Temurning O'rta Osiyo tarixida tutgan o'rni va roli" risolasida ehtiyotlik bilan u kishiga ijobiy baho berishga harakat qiladi. Shundan keyin O'zbekiston matbuotida deyarli 25 yil davomida bu mavzuda ma'lumot berilmaydi. Ajablanarli hol shundaki, 1991 yili "Temur tuzuklari"

1 Yoqubjon Xo'jamberdiyev. So'guniy. Toshkent. "Sharq" 2018.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

Page 1216

qaytadan kitob shaklida chop etilib, tarjimon bobomizning yoniga yana bir kishining ismi-sharifi qo'shib qo'yildi. Unga kirish so'zi yozgan tarixchi olimning fikricha, bu "asarning muallifi ma'lum emas"mish. "Temur tuzuklari" feodalizm, hukmron sinfning maqsad va manfaatlarini ko'zlab yozilgan ..." asarmish. O'sha olimning keyingi yillarda Amir Temur haqida yozgan asarlarini o'qib, bu kabi ko'z-qarashlari ancha o'zgarganidan hursand bo'lasan kishi. Mustabid tuzumning yemirilgan davrida ham tarixchi olimlarimiz Alixonto'raning birinchi bo'lib ulug' bobomiz sohibqiron Amir Temurni va uning shon-shuhratini himoya qilib ko'rsatgan bu jasorati to'g'risida ochiq gapirishdan, tarixiy haqiqatni tiklashdan biroz hayiqdilar. Mustahkam iymon, buyuk e'tiqod, haqqoniy maslak egasi bo'lgan, Vatanim Turkistonim deb qayg'urib yig'lagan, uning ozodligi, istiqboli uchun umr bo'yi kurashgan, davr tuzumining siyosiy, iqtisodiy tazyiqlariga bardosh bergan insonlarni odatda millatning vijdoni deb bilishadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda Alixonto'ra Sog'uniy 1960—1980 yillarda ana shunday insonlardan bo'lgan edi, deyishga to'la haqlimiz."2

Sog'uniy hazratlari o'zining "Turkiston qayg'usi" asarida "Temur tuzuklari" tarjimasi haqida quyidagilarni yozib qoldiradi: B a y t:

Jarqanoq yo'q der ekan yog'du quyoshning nurini, Qancha ko'p aytganlaridan nuri kam bo'lmas quyosh. Ko'rlar bozorida yo'qdir so'rovchi surmani Dardi yo'qlardin topilmas ko'zlarida tomchi yosh. Aslida javhar ko'ran ermas ekandur har kishi, Qayda bilgay farqini gavharmidur yo qora tosh. Ilmu hikmat durlarini sochma nokas oldida, Kirma, ul majlisgakim, iflos oyog'lar bo'lsa bosh. Gul hidi sassiq emish o'sroq qo'ng'izlar burniga, So'zi sassiqdan yiroq yur, xoh qaridur, xohi yosh. Uzma umidni Sog'uniy, yetkazur Tangrim sani Tarqalur olam aro bir kun haqiqat bo'lsa fosh. Ilgari keyin mening bu kitobimni o'quvchilarga ma'lum bo'lg'aykim, Temur sultonni yoqlab yuqoridagi so'zlarni yozishimning sababi shulki, jahongirlar boshlig'i qahramon Temur sulton 36 yillik saltanat davrida, qisqacha bo'lsa ham qondurg'udek o'z tarjimai holini yozmish ekan; unga qo'shimcha qilib davlat tutish tartiblari, askariy yasoq-intizom qonunlari to'plamini ham yozib, uni «Temur tuzuklari» deb atamishdir. Temur tomonidan yozilgan bu asar, aslida, o'z tili turkcha yozilgan bo'lsa ham, so'nggi Bobur avlodi zamonlarida forschaga tarjima bo'lmishdir. Bu «oltin kitob» o'z zamonasiga ko'ra siyosiy, harbiy yasoqlar qonunnomasi bo'lganliqdan, Temur shahzodalari uni qizg'anishib, yoshirib saqlamish edilar. Taxt talashgan shaybon iylar

2 Alixonto'ra Soguniy Turkiston qayg'usi.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

Page 1217

temuriylarni yengandan keyin, mirza Bobur podshohlikdan ajrab, xazinalarini tashlab qochgan bo'lsa ham, unga rahmatlar bo'lsin, bu kitobni u dushman qo'lida qoldirmay olib ketmish ekan. Biroq Hindistonda uzun yillar davlat tutgan uning nabiralari turk tilini unutib, majburiy ravishda urdu, forsiy tillik bo'lganliklari uchun bobolari Temur sulton asari «Temur tuzuklari»dan foydalanmay qolmish edilar. Shunga ko'ra, bu kitobni u avloddan qaysi birovi ekan, forschaga tarjima qilishga buyurmish edi. Bu gavhar kitob ilk vaqtida yoshirin saqlanib, so'nggi kunlari esa forscha bo'lib qolgani uchun, shu kunlargacha o'z ulusi, o'z merosxo'rlari undan foydalanishi buyon tursin, balki, Temurning bunday kitob yozganligini, ba'zi haqiqiy tarixchilardan boshqa, hech kim bilmagan edi. Mana shundan foydalangan dushmanlar va ham ularning yaloqchilari bu jahon qahramoni haqida har turlik aqldan tashqari nohaq tuhmat so'zlar yozib, matbuot orqali butun xalq ichiga tarqatmish edilar. O'z tarixini tanimaganlikdan bularga qo'shilganlar orasida o'z sharafini bilmagan, olimsifat yerlik axmoqlar ham oz emas edi. Shunga ko'ra «Temur tuzuklari» nomli bu qahramon asarni qo'lga keltirib, 1962 yili forschadan o'z tili turkchaga tarjima qildim. 1967 yili O'zbekistonda yangidan chiqa boshlagan «Guliston» jurnalida bosilib, butun O'zbekiston xalqiga tarqalgach, o'z tarixini tushunmagan Tojikiston «olimlari» atalmish kishilar tomonidan tarjima ustida va ham Temur sulton haqida nohaq hujumlar boshlangan edi. Unga qarshi biz ham suyakka sanchilg'udek aqliy va naqliy dalillar bilan javob qaytarib, hammani qanoatlantirgan so'nggidagina, ularning eshaklari loyga botib, o'zlari taslim bo'ldilar. O'sha botqaq o'ylarida o'zlari tutqaloqdan tollaslayotqan chog'larida, shu yozayotgan «Turkiston qayg'usi» tarixi voqealari Temur ustiga yetgach, u adabsizlarning ahmoqona so'zlarini eskarib, o'quvchilarni shubhadan chiqarish uchun bu o'rinda yozdim. Tarix yozuvchilar yaxshi yomon, bo'lgan o'tgan voqealarni bo'lganicha-boricha haqiqati bilan yozib qoldirishlari ularning o'z vazifalari bo'lganliqdan, bu ham foydadan holi bo'lmasa kerak.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz kerakki, Amir Temur shaxsiyatini bizga o'sha og'ir yillarda tiriltirib bergan Alixonto'ra Sog'uniyning "Temur tuzuklari"ni tarjima qilishlaridan maqsadni teranroq anglashimiz kerak. Bu asar o'zbek xalqiga o'z tarixidan, ajdodlaridan, tilidan faxrlanishni o'rgatdi. Mustaqillik g'oyalarini qalbida uyg'otdi. Yevropalik olimlar Amir Temur shaxsiyati haqida ilmiy ishlar qilayotgan bir paytda shu tarjima orqali buyuk ajdodimizning asl tarixini o'rganishni bir necha o'n yillar oldinga surdi. Asl haqiqat tiklanishida katta qadam bo'ldi. O'sha davrdagi Amir Temur shaxsiyatiga bo'xtonlar bir muncha tiyildi. Yolg'onlar fosh bo'ldi.

REFERENCES

1. Yoqubjon Xo'jamberdiyev. So'guniy. Toshkent. "Sharq" 2018

2. Alixonto'ra Soguniy. Turkiston qayg'usi.

3. Amir Temur. Temur tuzuklari.

Uzbekistan

www.scientificprogress.uz

Page 1218

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.