Научная статья на тему 'ZAHRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING HINDISTONGA HARBIY YURISHI'

ZAHRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING HINDISTONGA HARBIY YURISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
5174
288
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
BURONG'AR / LOHUR VA MO'LTON VA SHIRIND

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Panjiyev J.T., Bozorov Q.D., Mardonova M.H.

Buyuk sarkarda,davlat arbobi,ilm -fan homiysi Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi malumotlarga nazar tashlasak aynan uning Hindistonga yurishi haqida ma’lumotlar kam saqlanib qolgan.Bobur Mirzo Hind yurtiga qilgan yurishi batafsil tasvirlangan ushbu maqola aks etadi Uning jang taktikalaridan tortib mayda detallargacha o’rganib keyinyurish qilgani manbalarda keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ZAHRIDDIN MUHAMMAD BOBUR'S MILITARY MARCH TO INDIA

If we look at the information about the great commander, statesman, patron of science Zahiriddin Muhammad Babur, little is known about his march to India. This article describes in detail the march of Babur Mirza to India. Sources say that he studied and followed

Текст научной работы на тему «ZAHRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING HINDISTONGA HARBIY YURISHI»

Panjiyev J. T. talabasi

Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti

O'zbekiston, Denov Bozorov Q.D. talabasi

Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti

O'zbekiston, Denov Mardonova M.H.

talabasi

Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti

O'zbekiston, Denov

ZAHRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING HINDISTONGA HARBIY

YURISHI

Anatatsiya: Buyuk sarkarda,davlat arbobi,ilm -fan homiysi Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi malumotlarga nazar tashlasak aynan uning Hindistonga yurishi haqida ma'lumotlar kam saqlanib qolgan.Bobur Mirzo Hindyurtiga qilgan yurishi batafsil tasvirlangan ushbu maqola aks etadi Uning jang taktikalaridan tortib mayda detallargacha o'rganib keyinyurish qilgani manbalarda keltirilgan

Kalit so'zlar: Sarkarda.juvong'ar,burong'ar,qanbul, Rano Sango, Lohur va Mo'lton va Shirind.

Panjiyev J.T. student

Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy

Uzbekistan, Denau Bozorov Q.D. student

Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy

Uzbekistan, Denau Mardonova M.H.

student

Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy

Uzbekistan, Denau

ZAHRIDDIN MUHAMMAD BOBUR'S MILITARY MARCH TO INDIA

Anatation: If we look at the information about the great commander, statesman, patron of science Zahiriddin Muhammad Babur, little is known about his march to India. This article describes in detail the march of Babur Mirza to India. Sources say that he studied and followed

Keywords: Sarkarda.juvongar, burongar, qanbul, Rano Sango, Lohur and Molton and Shirind.

O'zbek davlatchiligi tarixiga xizmat qilgan buyuk shaxslardan biri mohir sarkarda buyuk davlat arbobi Zahriddin Muhammad Boburning xizmatlari benihoyatda kattadir. Bobur o'z bobokaloni Amir Temur singari davlatining chegaralarini mustahkamlashga intilgan o'z yurtini qudratli davlatlar safida bo'lishini hohlagan turkiy xalqlarning eng kuchli hukmdoridir. Uning faoliyatiga to'xtalib o'tadigan o'tadigan bo'lsak u umri davomida juda ko'plab harbiy yurishlarni amalga oshirgan hukmdor sifatida tilga olinadi. U o'z yurti Mavarounnahr hududidan bosh olib chiqib ketgach oz sonli qo'shini bilan juda ko'plab hududlarni bo'ysindiradi. Turkiy xalqlarni butun dunyoga tanitgan Bobur yurishlari ichidan eng kattasi uning Hindiston tomon yurishidir. Boburning Hindiston tomon yurishi hanuzgacha olimlar tomonidan baxs munozaraga sabab bo'lib kelmoqda, uning faoliyatiga chuqurroq to'xtalib o'tadigan bo'lsak Bobur Hindistonni egallash uchun to'rt marotaba harakat qilib ko'rgan. Yani u

Hind sarzaminida Asos slogan markazlashgan davlatning tarixi haqida so'z yuritganda, mavzuni tarixan " Hindga yurishi,,ga zamin yaratgan quydagi uch omil zikridan boshlashni farz deb bildik:

Biri bu - temuriylar inqirozidan keyin yuzaga kelgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik sharoitidagi feodal tarqoqligi asoratlari.

Ikkinchisi, bu- temuriyzodalarning sobiq saltanat hududida o'z davlatining barpo etish maqsadidagi xatti-harakatlari.

Uchinchisi, bu- nihoyat, " Hindistonda qotib qolgan diniy aqidalar va turmush asosini tashkil qilgan o'zgarmas ishtimoiy tartibning taraqqiyot jarayonini to'xtatib qo'yilganligi edi,,[1]

Malumki, Boburning Hindistonni tasarruf etishidan muqaddam uning to'rt bor hind viloyatlariga qilgan hujumlari aksariyat taqdiqotlarda '' Rano Sango taxmin qilganidek,, go'yo u Hindistonga faqat moddiy manfaat uchun yurish qilgan deb tarif beradi. Boburning asosan ushbu hududga yurishiga bir qancha sabablar bordir, Bobur haqida taqdiqot olib borgan olimlardan biri ingliz taqdiqotchisi ingliz olimi Uilyam Erksin takidlashicha "Hindga yurishi,, bobokaloni Temurning hindga qilgan safari haqida eshitgan bilganlarining oqibati deya, taxmin qilgan bo'lsa:

"Extimol, yosh shaxzodaning chekka bir qishloqdagi keksa kampirdan hind mo'jizalari haqidagi eshitgan hikoyalari, uning alanglagan qalbida o'sha uzoq o'lkaga sayohat qilish havasini uyg'otgandir.[1]

Avvalom bor Bobur hindga yurishi oldidan juda katta tayyorgarlikni amalga oshiradi, yani u 1504 yilda Afg'onistonni zabt etgandan kuchli davlat hokimiyatini o'rnatmoq uchun bor e'tiborini Hindiston tomon qaratgan bo'lishi mumkin. U Hindistonni egallash oldi qo'shinni kuchli tayyorlantiradi va turli davlatlarning jang usullaridan Ibrohim Lo'diyga qarshi kurashda foydalandi.

Birinchi galda Hindistonlik olim L. P. sharmaning takidlashicha " Boburning o'zi jismonan juda baquvvat bo'lib, hatto qal'a devoir ustidan ikki kishini qo'ltiqlab o'taolardi. Hindistonga duch kelgan har qanday dar yodan suzib o'tar va sakson milgacha masofani dam olmasdan bir kunda bosib o'tar edi. U shayboniyxondan urushning "to'lg'ama,, usulini, mug'illardan esa pistirma qo'yishni o'rganadi. Afg'onlardan poroxli miltiq ishlatishni egallagan bo'lsa eroniylardan to'pni ishlatishni va turklardan suvoriy safidan unumli foydalanishni o'zlashtiradi,, deya tariflaydi.[1]

Zahriddin Muhammad Boburning avvalom bor hindga yurishiga to'xtaladigan bo'lsak uning birinchi galdagi yurishi 1519- yilda sodir bo'lib, unda Bajur qal'asini olib Sind orqali Attoqgacha borgan va Behra vodiysigacha yetib brogan edi. Udan o'tib, Kushob va CHanob viloyatlarini ham olgan edi. Olti hafta davomida daryoning narigi tomonidagi ko'plab hududlar ham egallab bo'lingan edi. Uning ikkinchi bor yurishida Bobur Lohur va Mo'lton va Shirind viloyatlarini egallab, qaysar afg'on qabilalarini bo'ysindirib, 30 minga yaqin qul va 400 ming shohruhiy soliq undirib ortiga qaytib ketgan edi.

Boburning Hindistonga uchinchi bor yurishi ( 1520) yilda amalga oshirilgan b'o'lib unda Hind daryosidan o'tib Behar va CHanob viloyatlarini ham bo'ysindirib o'z hududiga qo'shib oladi. O'sha paytda Qandahorliklar Bobur yerlariga hujum qilganliklari haqida habar kelib, tinchlantirish va Qandahorni qaytarish uchun ortiga qaytib ketadi. Boburning to'rtinchi yurishi ( 1522 ) yilda amalga oshiriladi. Unda Sulton Ibrohimning tog'asi Alovuddinning Bobur huzuriga kelishi va uni Dehli taxtiga ko'tarmoqchi ekani haqidagi haqidagi chaqirig'i bilan bo'g'liqdir Sulton Ibrohimning raqibi bo' lmish Lohur hokimi Davlatxon ham afg'on beklari bilan til biriktirib, Boburdan yordam yordam so'rab murojaat qildi. Chunki u o'z kuchlari bilan unga qarshi jo'natilgan Bahorxon Lo'diyning qo'shiniga bas kelolmas edi. Ko'rsatilgan yordam evaziga Boburni Shoh qilib ko'tarishga vada bergan edi. Bobur bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib, o'z qo'shini bilan yo'lga chiqadi. Sind daryosidan o'tib Gekirlar viloyati olindi. CHanob va Jilem viloyatlari ham qo'lga kirgach tez orada Lohurga yaqinlashib keldilar. Bahorxon Lo'diyning yaqinlashganini eshitib Davlatxon Belujlar qal'asiga keldi. Bobur qo'shini Lohur yaqinida Bahorxon Lo'diyning qo'shini bilan yuzma-yuz kelib, ancha talofat berib nihoyat uni tormor qildi. Uning qo'shini shaharni talab, bozorga o't qo'ydi. SHaharda to'rt kunga to'xtab, Dibolpurni ishg'ol qilish uchun yo'lga chqildi. Qattiq hujum bilan shahar olindi va talandi, himoyachilarning bari qilichdan o'tkazildi.[2]

Bobur o'z davriga yarasha barcha bilimlarni chuqur egallagan va shu bilan birgalikda o'z davrining eng kuchli hukmdorlaridan biri hisoblangan. U yoshligidan juda ko'plab harbiy sanat sirlaridan voqif bo'lgan. Yuqorida takidlab o'tilganidek Bobur juda mohir sarkarda qilichboz, o'z davrining eng kuchli chavandozlaridan biri hisoblangan. Boburning jasoratiga qoyil qolgan Rus olimlaridan biri Petirburg unversititining professori N. I. Vaselovskiy u

haqda shunday degan edi: Aytish mumkinki, Bobur botirligining cheki bo'lmagan uning hayoti jasorat namunalari bilan to'lib toshib yotibdi. Faqat ugina ikki yuz kishilik qo'shini yordamida SHayboniy o'zining 15 minglik askari bilan mustahkamlanib olgan Samarqandga yurish qilishga jur'at eta oldi: Faqat jur'at etibgina qolmadi, balki qal'adan haydab yubordi deb tariflagan edi.[3] Uning emperiyasini asos solinishini olaylik-chi! Bobur Ibrohim Lo'diy qo'lidan qudratli Hindistonni hech narsaga arzimaydigan qurol bilan tortib olgan edi. Aytib o'tish lozimki U bunday botirligi va qo'rqmasligi bilan o'z atrofidagilarga o'rnak bo'lish uchun namunalar ko'rsata olgan bo'lsa ajab emas. Boburning jasoratlaridan bazilarini aytib o'tadigan bo'lsak, bir harbiy yurish payti qish fasli edi kunlar juda sovigan mahal, sovuq shunchalar qattiq ediki hatto Bobur armiyasidan o'sha sovuqda bazilari vafot etgandi. SHunda Boburning o'zi anhorning muzini yorib o'sha anhorga 16 marta sho'ng'iydi... yoki bo'lmasa uning yana bir jangida o'zidan bir necha marta kuchli bo'lgan armiyani taqib qilgan edi.[3]

Bu tajribali sarkarda o'zi bilan bir qancha jangchilari jang mahalida dushmanning ko'p sonli armiyasi ustidan g'alab qilgan paytlari ko'p bo'lgan. Boburning jasotasiga qoyil qolishimiz kerak bunday kuchli hukmdorlar tarix zarvaraqlarida munosib o'rin egallamog'i zarurdir. CHunki bunaqangi mohir sarkardalar dunyoda kamdan-kam holatlarda uchraydi. Uning eng katta jasoratlaridan biri bu uning o'sha davrning eng kuchli emperiyalaridan biri Hindistonning olinishidir. O'sha kezlarda Hindiston kukmdori hisoblangan Ibrohim Lo'diy qo'shinlar soni ko'p bolsada uning qo'shinlarida tartib intizomga umuman rioya qilinmagan edi.

Lekin Bobur qo'shini juda ozchilik edi, tajribali sarkarda qo'shinda malum tartib va intizom joriy qilib qo'shinni kuchli qilib mustahkamlaydi. Ayrim manbalarda Bobur va Lo'diy qo'shinlariga turli olimlar turlicha tafsif berib o'tadi. Jangda qatnashgan Bobur va Lo'diy qo'shinlarining soni tog'risida ilmiy nashrlarda zikr etilgan raqamlarda bazi farqlanishlar ko'zga tashlanadi, masalan.Y. Rashburk hisobida Bobur qo'shinining umumiy soni 8 ming askardan oshmagan. A. L. SHrivastavning yozishicha, Bobur Panipatda 25 ming askar bilan janga kirgan deyiladi. L. P. SHarmaning takidlashicha Ibrohim ko'shinining soni 100 ming emas 40 ming bo'lgan deb taxming qilingan edi. Yana ayrim manbalarda Lo'diy qo'shinlarida 1500 ga yaqin jangovor fillar ham borligi aytib o'tiladi. Eng avvalo qo'shin son jihatdan emas balki, sifat jihatdan mustahkam bo'lish kerak. Buni biz Boburning jang taktikalaridan ko'rib tanishib chiqishimiz mumkin.Bobur turk zobitlari Ustod Ali va Mustafolar yordamida kuchli artilleriya qo'shinini tuzdi va ular tufayli Hindistondagi raqiblari ustidan g'olib keldi. Boburning Hindistondagi tantanasiga asosiy sabab bo'lgan yagona moddiy omil- bu uning qudratli yagona artilleriya guruhi bo'lganligi edi.[4].

Bundan tashqari, Boburning chidamliligi, matonatlilik, jasurlik, o'limga tik turish, o'ziga va o'z taqdiriga ishonish kabi hislatlarga ega ediki, bu fazilatlari unga kishilarni olg'a yetaklash tuyg'usini berar edi. Shunday qilib,

o'zining tuganmas g'ayrati va shaxsiy xislatlari o' z baxtini Hindistonda sinab ko'rishga chorlagan edi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. N. G'. Nizomiddinov. (XVI-XIX asr) Buyuk Boburiylar tarixi. 68-70 bet.

2. Uilyam Erksin. Bobur Hindistonda. Toshkent. 71-72 bet.

3. Boburnoma. Toshkent-1960 46-47 bet.

4. G'ofurjon Satimov, Markaziy Osiyo va Hindiston tarixida Boburiylar davri Toshkent-2008 48-51 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.