Научная статья на тему 'ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “BOBURNOMA” ASARIDA IRFONIY QARASHLAR'

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “BOBURNOMA” ASARIDA IRFONIY QARASHLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
6051
351
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
“Boburnoma” / tasavvuf / tavakkul / panjshanba / namozi digar / Panipat / Ibrohim Lo‘diy. / "Boburnoma" / mysticism / tawakkul / Thursday / other prayers / Panipat / Ibrahim Lodi.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sirojiddin Namozov

Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning diniy-irfoniy qarashlari xususida so‘z yuritiladi. Ayni paytda uning “Boburnoma” asaridan olingan parchalar orqali fikrlar quvvatlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GENEALOGICAL VIEWS IN ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR'S “BOBURNOMA”

This article discusses the religious and mystical views of Zahiruddin Muhammad Babur. At the same time, opinions are supported by excerpts from his work ";Boburnoma".

Текст научной работы на тему «ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “BOBURNOMA” ASARIDA IRFONIY QARASHLAR»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2021

ISSN: 2181-1601

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING "BOBURNOMA" ASARIDA

IRFONIY QARASHLAR

Sirojiddin Namozov

O'zMU magistri

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Bobuming diniy-irfoniy qarashlari xususida so'z yuritiladi. Ayni paytda uning "Boburnoma" asaridan olingan parchalar orqali fikrlar quvvatlanadi.

Kalit so'zlar: "Boburnoma", tasavvuf, tavakkul, panjshanba, namozi digar, Panipat, Ibrohim Lo'diy.

GENEALOGICAL VIEWS IN ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR'S

"BOBURNOMA"

ABSTRACT

This article discusses the religious and mystical views of Zahiruddin Muhammad Babur. At the same time, opinions are supported by excerpts from his work "Boburnoma".

Keywords: "Boburnoma", mysticism, tawakkul, Thursday, other prayers, Panipat, Ibrahim Lodi.

Ma'lumki, Bobur hazratlari nafaqat shoh, balki betakror ijodkor sifatida ham mashhurdir. Xususan, "Boburnoma" yaratilgan davridan beri o'z qadr-qiymatini yo'qotmasdan kelmoqda. Ushbu asarda Boburning yigirmdan ortiq sohaga qiziqqani yaqqol namoyon bo'ladi. Ya'ni faqatgina voqealar rivojini bayon etish bilan cheklanmasdan etnografiya, geografiya, tilshunoslik, hayvonot olami kabi sohalar bo'yicha qimmatli ma'lumotlar berib o'tadi. Boburshunoslarning aytishicha, hindlarning o'zi ham "Boburnoma"ni ishonchli manba sifatida ardoqlab kelar ekan. Bu esa "Boburnoma"dagi har bir ma'lumot aniqlik, daqiqlik bilan keltirilganligidan dalolat beradi. Fikrimizning isboti sifatida asardagi "...kecha-kunduz ikki yuz o'n olti ming ko'zni yumub ochquncha bo'lg'ay" ma'lumotini olaylik. Hozirgi kundagi ilmda ham inson biologik nuqtayi nazardan bir sekundda ikki yarim marta (har 400 millisekundda bir marta) ko'zini yumib ochishi mumkin. Bir minutda 150 marta ko'zni yumib ochish mumkin. Bir kecha kunduzda 1440 daqiqa bor. 150x1440=216000. Demak, xuddi "Boburnoma"da aytilganidek bir kecha-kunduzda 216 ming marta ko'zni yumib ochish mumkin ekan.

"Boburnoma" da Bobuming diniy-irfoniy qarashlari ham aks etgan. Buni asardagi ko'plab diniy terminlar orqali ham kuzatishimiz mumkin. Xususan, namoz bilan bog'liq quyidagi terminlar uchraydi:

Namozi bomdod. Ushbu izofa asarda 3 joyda ishlatilgan:

Rapriy parganalaridin Jakiyn otliq pargana to 'g'risida kemalarni yoqag'a tortib, ul oxshom kemada-o'q bo'lduk. Andin subhdin burunroq kemalarni yurutub, orada namozi bomdodni o 'taduk.

Namozi peshin. Bu izofa asrda 59 marta ishlatilgan. Bir o'rinda peshin mamozi arabcha zuhur atamasi bilan ham ifodalangan:

Namozi peshin bo 'lub edikim, bir qo 'yni topib kelib, bir erda tushub, o'Iturub, kabob qildilar

Namozi digar. Ushbu birikma forsiy bo'lib, digar "boshqa, o'zga" ma'nosini anglatadi. Istilohda asr namozi shunday nomlangan. Hozirgi kunda ba'zi shevalarda ushbu birikmaning qisqargan shaklda namozgar shaklida qo'llanilishi kuzatiladi. Namozi digar asarda 49 marta ishlatilgan:

Namozi digar xabar keldikim, Sulton Ahmad Tanbalning inisi Xalil kelib O 'sh qo'rg'onini o'g'urlab olibdur. Panjshanba kuni andin ko'chub, men To's suyining qotilishig'acha kema bila keldim. Namozi shom. Bu so'z asarda 39 marta

ishlatilgan:

Kunlar g'oyat qisqaliqqa ilgarigi kishi yorug' choqta havol ollig'a keldilar, namozi shom, namozi xuftang 'acha el kela qoldi.

Namozi xuftan. Asarda 37 marta uchraydi: Namozi xuftan edi, kelib Xokon arig'idin o'tub, Raboti Ro'zaq kentining yonig'a tushuldi.

Ramzon iydi. Ushbu birikma asarda 3 marta ishlatilgan:

Bu ramazonni «Hasht bihisht» bog 'ida o 'tkarildi. Har tarovihni g 'usl bila o 'taldi. O'n bir yoshimdin beri ikki ramazon iydini payopay bir erda qilg'on emas edim. O'tgan ramazon iydi Agrada bo 'lub edi.

Iydi fitr. Bu birikma asarda 2 marotaba ishlatilgan:

Tonglasi iydi fitr namozini anda qilib, Samarqand ustiga mutavajjih bo 'lub, Obyor qo 'rug 'ig 'a tushtuk.

Sunnat vaqti. Ushbu birikma asarda 6 marta qo'llanilgan:

So'g'dning ulug' shohjo'ylarig'a qorong'u kechada urunub, yo'l iturub yuz tashvish bila tong otqonda Xoja Diydordin o 'tub, sunnat vaqtida Qorbug' pushtasig 'a yormoshtuk. Qorbug' pushtasining shimolidin Xudak kentining oyog'i bila Ilono'ttini tuslab tebraduk.

Qurbon iydi. Bu so'z asarda 1 marta ishlatilgan:

Bizga qurbon iydi SHohruxiyada bo 'ldi.

"Boburnoma" asarini o'qish jarayonida uning xatti-harakatlari, tutumlari, o'y-u xayollari orqali haqiqiy siymosi ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi. U har bir yurishini Allohning o'ziga tavakkul qilib, natijasini esa Uning o'ziga havola etardi. "Tavakkul" so'zi asarda o'n marta uchraydi. Ayniqsa, "Boburnoma"dagi Hindistonni zabt etilishi o'rinlarida Boburning o'zini tutishi, harakatlari uning haqiqiy tavakkul sohibi ekanligiga yorqin misoldir. Panipat jangining Bobur hayotidagi o'rni haqida "Bobur ensiklopediyasi"da quyidagilar yozilgan: "Panipat jangi Boburning buyuk sarkarda sifatidagi iqtidorini yaqqol namoyon etgan. Xususan, uning son jihatdan juda katta dushman qo 'shinini oz sonli lashkar bilan tor-mor qilgani harbiy san 'at tarixidan o 'rin olgan. Sharq tarixchilari, shu jumladan, Boburning o 'zi ham mazkur jangda qatnashgan dushman qo 'shini sonini bir lak (yuz ming) deb ko 'rsatadi. Bobur qo 'shini esa o 'n ikki ming kishidan iborat bo 'lgan. Lekin ayrim hind va xorij tarixchilari boshqa raqamlarni ham keltiradi. Masalan, ayrim manbalarda Ibrohim Lo 'diy qo 'shinining soni qirq ming, Boburniki esa sakkiz ming atrofida bo'lgan, deyiladi. Panipat jangi Hindiston tarixida ham, Bobur hayotida ham o'ta muhim voqea bo'lgan. Bu g'alaba tufayli Bobur shimoliy Hindistonda uzil-kesil o'z hokimiyatini o'rnatib, yangi buyuk imperiyaga asos solgan ".

Bu holat asarda quyidagicha tasvirlangan: " .. O'sha yildan to to 'qqiz yuz o 'ttiz ikkinchi (1526) yilgacha Hindustonni egallashga astoydil kirishib, etti-sakkiz yil ichida besh marta qo 'shin tortdik. Beshinchi safar Tangri taolo o 'z fazlu karami bilan Sulton Ibrohimdek dushmanni qahru g'azabiga olib yakson etdi, Hindistondek katta mamlakatni bizga muyassar qildi va bo'ysundirdi".

" Tavakkulimizga yarasha Tangri taolo chekkan ranj va mashaqqatimizni bekor qilmay, bunday kuchli dushmanni mag 'lub qilib, Hindistondek katta mamlakatni ochib berdi. Bunday davlatni o 'zimizning kuch va quvvatimizdan deb bilmaymiz, balki bu faqat Tangrining lufi va marhamatidandir. Bunday saodatni harakat va intilishlarimiz tufayli emas, balki Tangrining karam va inoyatidandir, deb bilamiz". e'tibor bering: Bobur shunday katta g'alabga erishgan bo'lsa-da, tug'yonga ketmayapti. O'zining aql-u zakosini, tadbir-u mahoratini, askariy kuch-quvvatini ko'z-ko'z qilmayapti. Erishiligan ushbu g'alaba Allohning unga bergan nusratidan, fazlidan boshqa narsa emasligini ta'kidlamoqda. Ha, shu o'rinda Bobur hazratlarining nafslarining ustidan-da g'olib bo'lgan haqiqiy muxlis mo'min ekanliklari, har bir yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan ekanligiga shubhasiz ishongan, qazo va qadarga nisbatan taslimiyat hosil qilgan mustahkam, sobit e'tiqodli inson ekanliklari, aksar insonlarda uchraydigan ujb, kibr holatidan uzoqda bo'lganliklari yaqqol namoyon bo'ladi. Darhaqiqat, chin mo'min musibatga sabr, ne'matga esa shukr qiladi...

"Boburnoma"ning boshqa bir o'rinda esa: "Askarlarning ba 'zilari taraddudlanib vahimaga tushdilar. Qo 'rquv va vahimaga tushish o 'rinsizdir. Tangri nimaniki azaldan taqdirga bitgan bo'lsa, undan boshqasi bo'lmaydi. Ammo ularni ham ayblab

bo 'Imaydi. Ularning ham tashvishga tushishga haqlari bor. CHunki vatanidan ikki-uch oylik yo 'lni bosib kelib, begona qavm bilan urushga kirishgan edilar. Na biz ularning tilini bilamiz, na ular bizning tilimizni bilishadi", yoki "Samarqandni qo'lga kiritgandan so 'ng har ne Tangrining xohishi bo 'Isa, o 'sha bo 'Igusidir ", satrlariga duch kelamiz. Bu holatda ham iymonning farzlaridan biri bo'lmish qazo va qadarga itoat qilingan.Taqdirga tadbir yo'qligini butun vujudi ila his qilgan. Bobur har bir yaxshilik va yomonlik Allohdan ekanligini quyidagi misralar orqali ham quvvatlaydi: Agar tig'i olam bijunbad zi joy, Naburrad rage to naxohad Xudoy. (Mazmuni: „Agar olam tig'i qo'zg'alsa ham, Xudo xohlamasa biror tomirni kesolmaydi ".) Yana bir o'rinda esa:

Ko 'pu ozga Tangridir berguchi, Bu dargohda yo 'qtur kishininig kuchi.

Misralarini keltirib o'tadi, bu esa hazrati Boburning biz uchun o'mak bo'ladigan sifatlaridan biridir. Ko'pchiligimizda mo'ljal bilan voqelik nomutanosib kelib qolsa, rozi bo'lmaslik, isyon qilish kayfiyati sodir bo'ladi. Vaholanki, haqiqiy musulmoni komilda qazo va qadarga nisbatan isyon emas, taslim kayfiyati bo'lishi lozim.

Hazrati Bobur tabiatidagi nuqsonlarni isloh qilishga, undan zuhd qilishga harakat qilardi. Buning dalili o'laroq butun mamalakat bo'yicha ichkilikka barham berish haqidagi farmonini kltirib o'tish mumkin: "Sabablar surati in'ikosining to'planish joyi va sadoqat, to'g'rilik injulari naqshining xazinasi bo'lgan aql egalarining fikr oyinasi bu ma'ni chechaklari javharining naqshini o'ziga olurki, inson tabiati o'zining yaratilishi bo 'yicha nafs lazzatlariga moyildir, zavq keltiruvchi yoqimli narsalarni tark etish Xudoning tavfiq berishiga va osmoniy ko 'makka bog 'liq. Bashar nafsi yomonlikka mayl etishdan uzoq emas, «Nafsimni poklay olmadim, chunki nafs yomonlikka amr etuvchidur». Undan qaytish bag'ishlovchi Malikning lutf-marhamatidan boshqa mumkin emas. «Bu Allohning ehsonidir, kimga xohlasa baxsh etadi, Alloh katta ehson egasidir».

Bu so'zlarni ifodalashdan va bu gaplarni bayon qilishdan g'araz shuki, insonlik taqozosi, podshohlar rasm-rusmi podshohlik lavozimi, mansabdorlar odati bo 'yicha shohdan tortib sipohiygacha go'zal yoshlik kunlarida shariat man' qilgan ba'zi narsalarga va ayrim o 'yin-kulgilarga ruju qilinardi. Bir qancha vaqtdan keyin pushaymonlik kunlari kelib, ularni bitta-bitta tark qilinar va chin tavba bilan ularga qaytish eshigi yopilar edi ".

Bobur hayotning o'tkinchi ekanligini, bu dunyoda hech kim abadiy qolmasligini, hech kim mutlaq ustun bo'la olmasligini, doimo yaxshilik qilish kerakligini ich-ichidan his qilardi. Ushbu foniy dunyoning arzimas matohlaridan o'zini baland olardi. Insonlarga nisbatan bahosini ilohiy mezon, ya'ni taqvosiga qarab belgilardi: "Bu besh

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2021 _ISSN: 2181-1601

kunlik o 'tar dunyo uchun o 'shanday donishmand va qari otasini shahid qildi", "Bu besh kunlik o 'lar jon uchun yomon ot bilan ketdi", "Besh kunlik o 'tar dunyo uchun bir o'zi o'stirgan valine'matzodasi Sulton Mahmud mirzo o'g'lining ko'zini ko'r qildi. Boshqa birini o 'Idirdi. Tangri qoshida osiy va xalq oldida yomonotliq bo 'ldi. Qiyomat tongigacha la 'nat va nafratga sazovor bo 'ldi. Bu o 'tar dunyo uchun shunday yomon ishlar qildi".

Xulosa o'rnida aytishimiz mumkinki, Zahiriddin Muhammad Bobur o'zining "Boburnoma" asarida olam va odam haqidagi mushohadalarini, o'yu qarashlarini ilohiy ta'limot asosida keltirib o'tgan. Asarning ko'p o'rinlarida fikrini quvvatlash uchun Qur'on oyatlari va hadislarni dalil sifatida ko'rsatgan.

REFERENCES

1. Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Toshkent: Sharq, 2002.

2. Bobur ensiklopediyasi. Toshkent: Sharq, 2014.

3. Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Toshkent: O'qituvchi, 2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.