Научная статья на тему 'AMALY MATEMATIK DASTURLAR PAKETI FANINI O‘QITISHDA BLENDED LEARNING METODIDAN FOYDALANISH'

AMALY MATEMATIK DASTURLAR PAKETI FANINI O‘QITISHDA BLENDED LEARNING METODIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
65
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Moodle / online ochiq kurs / blended learning / electron ta’lim muhiti / To‘g‘ri to‘rtburchaklar usuli / Trapеtsiya usuli / Simpson (parabolalar ) usuli / Moodle / open online course / blended learning / e-learning environment / rectangular method / trapezoidal method / Simpson's method (parabolas)

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ismoilov Shohimardon Muhammadjonovich, Olimov Murodilla, Abdujalilov Sodiqjon Muxammadamin o’g’li

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasida o‘quv jarayonlarini tashkil etish va natijasini baholash muammo va yechimlariga bag‘ishlangan. Maqolada oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini tashkil etishda talabalarning online ochiq tizimlardan olgan natijalarini baholash mexanizmalari ishlab chiqilgan. Maqolada blended learning konsepsiyasiga asoslangan holda internet muhitida talabalarning ta’lim olishini Moodle platformasi orqali tashkillashtirish va talabalarning shaxsini identifikatsiyalash mexanizmalari ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USING THE BLENDED LEARNING METHOD IN TEACHING THE SUBJECT “APPLIED MATHEMATICS PROGRAM PACKAGE

This article is devoted to the problems and solutions of the organization of educational processes and evaluation of results in a higher educational institution. The article develops mechanisms for evaluating the results obtained by students from open online systems in the organization of educational processes in higher educational institutions. In the article, based on the concept of blended learning, mechanisms for organizing student learning in the Internet environment through the Moodle platform and identifying the identity of students are developed.

Текст научной работы на тему «AMALY MATEMATIK DASTURLAR PAKETI FANINI O‘QITISHDA BLENDED LEARNING METODIDAN FOYDALANISH»

UDK 37.01:007

AMALY MATEMATIK DASTURLAR PAKETI FANINI O'QITISHDA BLENDED LEARNING METODIDAN FOYDALANISH

Ismoilov Shohimardon Muhammadjonovich NamMQI, t.f.f.d., (PhD), [email protected] tel: +998942930606

Olimov Murodilla NamMQI, professor [email protected] tel:+998972513242

Abdujalilov Sodiqjon Muxammadamin o'g'li NaMQI, stajyor o'qituvchi, [email protected], tel:+998950365151

Parpiyev Sanjar

NamMQI, stajyor o'qituvchi, [email protected], tel:+998950365151

Annotatsiya. Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasida o'quv jarayonlarini tashkil etish va natijasini baholash muammo va yechimlariga bag'ishlangan. Maqolada oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonlarini tashkil etishda talabalarning online ochiq tizimlardan olgan natijalarini baholash mexanizmalari ishlab chiqilgan. Maqolada blended learning konsepsiyasiga asoslangan holda internet muhitida talabalarning ta'lim olishini Moodle platformasi orqali tashkillashtirish va talabalarning shaxsini identifikatsiyalash mexanizmalari ishlab chiqilgan.

Аннотация. Данная статья посвящена проблемам и решениям организации образовательных процессов и оценивания результатов в высшем учебном заведении. В статье разработаны механизмы оценки результатов, полученных студентами из открытых онлайн-систем при организации образовательных процессов в высших учебных заведениях. В статье на основе концепции смешанного обучения разработаны механизмы организации обучения студентов в интернет-среде посредством платформы Moodle и идентификации личности обучающихся.

Abstract. This article is devoted to the problems and solutions of the organization of educational processes and evaluation of results in a higher educational institution. The article develops mechanisms for evaluating the results obtained by students from open online systems in the organization of educational processes in higher educational institutions. In the article, based on the concept of blended learning, mechanisms for organizing student learning in the Internet environment through the Moodle platform and identifying the identity of students are developed.

Kalit so 'z: Moodle, online ochiq kurs, blended learning, electron ta'lim muhiti, To'g'ri to'rtburchaklar usuli, Trapеtsiya usuli, Simpson (parabolalar ) usuli

Ключевые слова: Moodle, открытый онлайн-курс, смешанное обучение, электронная среда обучения, прямоугольный метод, метод трапеций, метод Симпсона (параболы).

Keywords: Moodle, open online course, blended learning, e-learning environment, rectangular method, trapezoidal method, Simpson's method (parabolas).

Bugungi kunda taraqqiyot tez o'zgarmoqda va juda tez rivojlanmoqda. Deyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o'zgarishlar, yangilanishlar va kutilmagan voqea -xodisalar sodir bo'lmoqda. Har bir kunimiz kuchli axborot oqimi ostida o'tmoqda. Axborot oqimi bizni uyda, ishxona va ta'tilda ta'qib etadi. Inson axborot ta'siridan holi normal faoliyat yurita olmaydi. Xayotni yangilash, uni o'rganish axborotlarnilarni yig'ish va o'zlashtirish orqali kechadi [1].

Insonning bilimlilik darajasi ham ma'lum davr ichida shaxs tomonidan o'zlashtirilgan axborotlarlarning ko'p yoki ozligi bilan belgilanadi.

Shuning uchun zamonaviy bilimlar sari keng yo'l ochish, ta'limotni takomillashtirishda yangi axborot texnologiyalardan unumli foydalanish-bugungi kunning talabiga aylandi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni ham zimmamizga shu ma'suliyatni yuklaydi. Vaholanki ta'lim tizimida sezilarli o'zgarishlar ro'y bermoqda. Ta'lim tizimida moodle tizimi masofadan va aralash o'qitish uslubi shakllari qo'llanilmoqda [1].

Blended learning va Masofadan o'qitish uslubi shakllari o'qitishning yangi shaklidir. Masofadan o'qitish uslubi-bu mustaqil o'qishdir. Mustaqil o'qish insonning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi.

Ta'limda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini samarali jorish etish masalalari U.Nishonaliev, U.M.Inoyatov, Q.T.Olimov, X.F.Rashidov, Ya.A.Vagramenko, Yu.S. Branovskiy, S.G.Grigorbev, S.A.Jdanov, A.A.Kuznetsov, M.P. Lapchik, N.I. Pak, C.B. Panyukova, Ye.S. Polat, I.V. Robert, A.Yu. Uvarov va boshqa olimlarning ilmiy izlanishlarida o'z aksini topgan. Ushbu olimlar ishlarining tahlili shuni ko'rsatadiki, AKT o'quv jarayonida qo'llash o'quvchilarning o'qishga bo'lgan motivatsiyasini oshiradi, shaxsiy stimulini faollashtiradi, mustaqil bilim olish bo'yicha shaxsiy ta'lim troektoriyasini qurish sharoitlarini yaratadi, shuningdek o'quv jarayonini intensifikatsiyalash imkonini beradi [1-2].

Ayniqsa, mustaqil ishlarni tashkil etish bo'yicha maxsus elektron ta'lim muhitini ishlab chiqish, uning strukturasi, funktsiyalarini belgilash va unda sub'ektlarning aloqadorligini ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Bunday muammolar ustida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar ichida olimlardan A.G.Abrosimov, A.Abduqodirov, M.I.Bashmakov, T.V.Bogdanova, V.I. Gorovova, S.G.Grigorbev, I.G.Zaxarova, C.B.Zenkina, K.G.Krechetnikov, A.A.Kuznetsova, Ye.V.Lobanova, C.JI. Lobochev, Q.T. Olimov, Ye.V. Ogorodnikov, C.B. Panyukova, Ye.S. Polat, I.V. Robert, I.N. Rozina, V.I. Soldatkinalarning ishlari diqqatga sazovvordir. Shu bilan birga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini mustaqil ishlarni samarali tashkil etishda joriy etish masalalari to'liq o'rganib chiqilmagan. Bunday tadqiqotlar faqat olimlardan A.Abduqodirov, M.Luffullaev, A.F.Marasulov, I.A.Zimnya, M.I.Dyachenko, M.I.Kazakov, A.K.Osnitskiy, V.A.Yakunin va yana bir nechta olimlarning ilmiy tadqikotlarida o'z tasdiqini topgan [1-3].

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 06.11.2020 yildagi PQ-4884-son "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorida belgilab qo'yilgan. Professional ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning metodik ta'minotini mustahkamlash, ularni yangi ta'lim resurslari bilan ta'minlab borish imkoniyatini beradigan alohida elektron platformani ishlab chiqsin va ta'lim dasturlari, o'qitish materiallari hamda boshqa uslubiy qo'llanmalardan masofaviy tarzda foydalanish imkoniyatini yaratsin;

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi 2021/2022 o'quv yilidan boshlab:

barcha oliy ta'lim tashkilotlarida axborot-resurs markazlari bazasida mavjud darslik, o'quv-uslubiy va boshqa qo'llanmalar raqamli formatga o'tkazilib, ularning elektron platformasi shakllantirilishini ta'minlasin hamda ular bo'yicha raqamli yagona axborot qidiruv tizimini joriy qilsin;

har bir fan kesimida ma'ruza, amaliy (seminar) va laboratoriya mashg'ulotlari, mustaqil ishlar bo'yicha elektron modullarni ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin; [4].

Ta'lim tizimida qo'llanilayotgan innovatsion texnologiyalaridan biri moodle masofaviy ta'lim tizimi bo'lib hisoblanadi. Bu axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta'lim shaklidir. Blended learning - ta'lim jarayonida an'aviy o'qitish vositalari bilan birga innovatsion-kompyuter texnikasi va telekomunikatsiyalarga

asoslangan hamda ta'lim texnologiyasi sohasida erishilgan oxirgi yutug'lardan biridir [1-7].

Moodle tizimi ta'lim jarayoniga tadbiq qilish alohida ahamiyat kasb etadi:

- talabalar tomonidan fanlarni chuqur o'zlashtirish

- talabalarda mustaqil izlanish uchun sharoit yaratilishi

- dars mashg'ulotlarini Blended learning asosida tashkil etish.

- professor-o'qituvchilarni vaqtini tejash

- ta'limda ilmiy saloxiyatni ko'tarishga imkon yaratilishi

- baxolashning xaqqoniyligi shakillantirish

Yuqoridagilardan kelib chiqib Mathcad amaliy dasturlar paketida Aniq integralni taqribiy hisoblash mavzusida Blended learning o'quv jarayonini tashkillashtirishni rejalashtirish.

Mathcad amaliy dasturlar paketida aniq integralni taqribiy hisoblash mavzusini o'quv materiallarini rejalashtirish muhum axamiyat kasb etadi [8-9].

1. Aniq integrallarni taqribiy hisoblash haqida umumiy tushunchalar

2. To'g'ri to'rtburchaklar usuli

3. Trapetsiya usuli

4. Simpson (parabolalar ) usuli

Ma'lumki, berilgan funksiyaning hosilasini topish amali differensiallash deb atalib, uning uchun boshlang'ich funksiyani topishdan iborat teskari amal integrallash deb ataladi (lotincha-untegrare-tiklash degan ma'noni bildiradi). Amalda ko'pgina funksiyalarning boshlang'ich funksiyalarini elementar funksiyalarning kombinatsiyasi orqali ifodalab bo'lmaydi. Shuning uchun, bu funksiyalarning aniq integrallarini ba'zan taqribiy usullar bilan hisoblash zaruriyati tug'iladi. Shuning uchun ushbu maqolada aniq integralni taqribiy hisoblashning ayrim usullari, ularning mohiyati, geometrik ma'nosi, ishchi algoritmlari va dastur ta'minotlari tavsiya qilinadi.

Mathcad amaliy dasturlar paketida aniq integralni taqribiy xisoblash mavzusini o'qitishda Blended Leoring kontsepsiyasini ishlab chiqish muhimdir.

Ta'limni modernizatsiya qilish davrida jaxon andozalarini o'rganib, milliy annalarimizga mos holda tadbiq etish va ta'lim samaradorligni yuqori darajaga ko'tarish oldimizda turgan asosiy vazifalardan biridir.

Xozirgi axborot texnologiyalar rivojlangan davrda elektron ta'lim muxitini olib kirish juda katta samara berishi tabiiy.

TAMHM MYAMMOHAPH

1-rasm. Ta'lim jarayoniga elektron ta'lim muxitini kirib kelish sxemasi.

Ta'lim jarayonini tashkil etish shakllari sxemasi keltirib o'tilgan.

Zamonaviy ta'lim jarayoni tubdan islox qilinish, ta'lim oluvchining auditoriya yuklamalari mustaqil ishning hissasini oshirish orqali kamaytirilishini talab qiladi. Bu holda ta'limning asosiy markazi ta'lim beruvchidan ta'lim oluvchining mustaqil faoliyatiga o'tadi. Auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar nisbatini aniqlashda mustaqil ishni tashkil etishga e'tibor qaratish zarur bo'ladi.

Ta'lim jarayoniga elektron ta'lim muxitini kirib kelishi ananaviy ta'lim va elektron ta'limlarning birgalikda qo'llanilishi quyidagi sxemada keltirilgan.

Blended learning

2-rasm. Blended learning.

OTMda mustaqil ishning auditoriya va auditoriyadan tashqari o'qitish jarayonini tashkil qilish, ta'lim berish asosi hisoblanadi.

Elektron ta'lim muxiti LMS(Learing Menegment Sistem) o'qitishning boshqaruv tizimini joriy etish ekanligini bildiradi. Bunda Moodle tizimi kadrlar tayyorlash milliy dasturdagi sifat bosqichini yanada yuqori darajada va yosh avlodni ta'lim jarayonida vaqtini tejash, samarali taqsimlash, yuqori bilim olishga qaratililgan o'quv kontenti xisoblanadi [1].

Ananaviy dars mashg'ulotni tashkil etishda eng avvalo auditoriya, texnologik xarita va mustaqil ta'limni birlashtirish, uzviy bog'lash orqali tashkil etilishi quyidagi sxemada keltirilgan.

Mustaqil ta'lim

Teiflologüc

шйа V

i

3-rasm. Auditoriyadagi dasr mashg'uloti va mustaql ta'limga bog'liqligi

Elektron ta'lim ínuxiti

Mustaqil ta'lim

3-rasm. Ta'lim jarayonida Blended learning qo'llanish sxemasi

4-rasm. Blended learning tizimining sxematik ko'rinishi

Blended learning tizimini tashkil etish moodle (LMS) tizimi bizga katta yordam beradi.

Blended learning kontseptsiyasi asosida xar bir auditoriya mashg'ulotini texnologik xaritasini yaratish jarayonida moodle tizimiga asoslangan holda yaratish talab etiladi.

Ushbu maqolada Mathcad amaliy dasturlar paketida "Aniq integralni taqribiy xisoblash" mavzusida texnologik xaritasi moodle tizimiga asoslangan holda ishlab chiqiladi. Bunda mashg'ulot davrida o'qituvchi va talabalar o'rtasida interaktiv muloqotni moodle tizimi amalga oshirib berish bilan bir qatorda ta'limni samarasini oshirishga juda katta yordam beradi.

5-rasm. Amaliy matematik dasturlar paketi fanining "Aniq integralni taqribiy hisoblash"

mavzusida online ochiq kursining ko'rinishi

Respublikamiz ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar o'qitish ishlarini jahon andozalariga moslashtirishni va eng samarali usullarga asoslanishni taqoza etmoqda. Elektron ta'lim jarayonini tashkillashtrish xozirgi zamon talabidir. Shuning uchun blended learning (aralash ta'lim, ana'naviy va elektron ta'lim) asosida ta'lim tizimi tashkil etishni yo'lga qo'yish ta'lim samaradorligini oshirishga olib kelishi shubhasiz. Bizning nazarimizda, bu borada ananaviy va moodle tizimida o'qitish ishlarini takomillashtrish, ommalashtirish, aralash ta'lim bo'yicha rivojlangan davlatlar tajribasini chuqur o'rganish aralash ta'lim milliy modelini yaratilishiga imkon yaratadi.

TAKLIFLAR

1. Oliy ta'lim tizimida Internet texnologiyalari asosida ommaviy online ochiq kurslardan foydalangan holda o'quv jarayoniga keng joriy etish kerak.

2. Professor-o'qituvchilari uchun amaldagi avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida

ishlash hamda online ochiq kurslar bo'yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar tashkillash;

3. Professor-o'qituvchilarni ta'lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha ta'lim muassasasida o'quv-seminarlar tashkil qilish (bu bo'yicha kerak bo'lsa boshqa yetakchi oliy ta'lim muassasalaridan mutaxassislarni jalb qilish);

4. Fanlarni o'qitish bo'yicha xorijiy davlatlarda olib borilayotgan jarayonlar bilan muntazam tanishib borish va ta'lim muassasalariga joriy qilish bo'yicha choralar ko'rish;

5. Blended learning kontseptsiyasi asosida ta'lim sifatini oshirish bo'yicha yangi usul va uslublarni ishlab chiqish;

XULOSA

- Oliy ta'lim sifatini ta'minlash bo'yicha nufuzli xorijiy universitetlarning kontsorsumi natijasida hosil bo'lgan ommaviy online ochiq kurslardan foydalangan holda oliy ta'lim tizimidagi professor-o'qituvchilar va talabalarning bilim, ko'nikmalarini oshirishdagi o'rni muhim ekanligi ko'rsatib o'tildi.

- Oliy ta'lim tizimidagi professor-o'qituvchilar va talabalarini masofaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalangan holda nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalarida bepul o'qitish imkoniyati mavjud.

- Masofaviy ta'lim texnologiyalari asosida ommaviy online ochiq kurslar orqali professor -o'qituvchilar va talabalarini bilim, malaka va ko'nikmalarini tekshirish va tasdiqlash muammosi mavjud.

- OTMda online ochiq kurslardan foydalanish ta'lim sifatini ta'minlashda df innovatsion yondashuvlar tahlili qilindi;

- OTM o'quv jarayonlarini tashkil etishda online ochiq kurslardan foydalanish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o'rganib chiqildi;

- Talabalar o'quv natijalarini nazorat qilish, baholash va monitoring qilish tizimi sifatida LMS dan foydalanish o'rganilib chiqildi;

- Yozma ishlarni o'tkazish va ularni tekshirish jarayonlarida QR kodlardan foydalanish imkoniyatlarini aniqlandi;

"Amaliy matematik dasturlar paketi" fanining xususiyatlaridan va ta'lim muassasasining texnik, dasturiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, nazariy, o'quv-laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarni o'tkazishda "Bleanded learning" ("Aralashgan ta'lim") shaklidan foydalanish yoki pedagogik xodimning ta'lim oluvchi bilan bevosita muloqoti asosida olib borish tartibi hamda ularning xajm nuqtai nazardan o'zaro nisbati oliy ta'lim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanishi kerak bo'ladi.

Xulosa qilib, Moodle ta'lim axborot tizimidan foydalangan holda ommaviy onlayn ochiq kurslarda o'zlashtirgan talabaning olgan bilimini akkreditatsiyalash maqsadida va talabaning online ochiq kurslardan foydalanish o'quv faoliyatini samarali tashkillashtirilishi va elektron o'quv-uslubiy resurslari bilan ta'minlash zarur. Moodle tizimida baxolanishi ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jihatddan foydaliroq ekanligi aniqlandi.

ADABIYOTLAR

1. Хамидов В.С. Эркин ва och^ кодли LMS тизимлар тахлили, infocom.uz журнали №7,8. 14 бет, 2013 й.

2. Хамидов В.С. Методы и модели веб ориентированных адаптивных обучающих систем/LAP LAMBERT Academic Publishing, Germany. 228 стр.

3. А.Парпиев, А.Марахимов, РДамдамов, У.Бегимкулов, М.Бекмурадов, Н.Тайлок;ов. Электрон университет. Масофавий таълим технологиялари. Олий таълим муассасалари учун/ УзМЭ давлат илмий нашриёти. -Т.: 2008. 196 б.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 06.11.2020 yildagi PQ-4884-son "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori

5. Bulletin. National Association of secondary schools principals. Flying High with PORTFOLIO ASSESSMENT. October 2005. Chicago, USA.

6. Х,амдамов РД., Масофадан укитиш тизимларини яратишдаги юзага келадиган муаммолар хдкида. «Фан ва таълимда ахборот-коммуникация технологиялари» Республика илмий-техник конференциясининг материаллари. Тошкент. 6-7 апрел 2006 й.

7. Хамидов В.С. Талим тизимида кескин бурилишга сабаб булган 4 дастур хдкида. http://uz.infocom.uz/2009/12/21/talim-tizimida-keskin-burilishga-sabab-bolgan-4-dastur-haqida/

8. M.Olimov, P.Karimov, K.Usmanova, Sh.M.Ismoilov "Amaliy matematik dasturlar paketi Toshkent -2015 yil. N:Tafakkur bostoni

9. S.S. Irisqulov, K.D. Ismanova, M.Olimov, A.Imomov Sonli usullar va algoritmlar, O'quv qo'llanma.-N.: Namangan nashriyoti, 2012, -276 b.

10. Шойимардонов Т.Т., Хамидов В.С., Файзиева М., Электрон педагогика ва педагогнинг шахсий, касбий ахборот майдонини лойихдлаш, 2016 й. 110 б. https://lib.bimm.uz/.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.