Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
PEDAGOGIK MAHORATNING MUAMMOLI O’ZLASHTIRISH
YO’LLARI
Egamberdiyev Oyatillox Alisher o’g’li
Fargona davlat universiteti Pedagogika-Psixologiya fakulteti 3-kurs talabasi Sotvoldiyeva Orzigul Ma’rufjon qizi Farg‘ona davlat universiteti Pedagogika Psixologiya fakulteti 2-kurs talabasi Turdaliyev Abror Yigitali o‘g‘li Farg‘ona davlat universiteti Pedagogika-psixologiya fakulteti 3-kurs talabasi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada pedagogik mahoratning muammolari, tavsifi, ularning kelib chiqish sabablari bayon etilgan. Shuningdek, pedagogic mahorat muammolariga yechim, pedagogik tavsiyalar va buyuk mutafakkirlarning pedagogikaga oid fikr-mulohazalari bayon etilgan.
Kalit so’zlar: pedagogika-psixologiya, mahorat darslari, metodik tavsiyalar, ta ’lim tizimi, milliy dastur.
ABSTRACT
This article describes the problems of pedagogical skills, their description, the reasons for their origin. It also provides solutions to problems of pedagogical skills, pedagogical recommendations and opinions of great thinkers on pedagogy.
Keywords: pedagogical psychology, master classes, methodical
recommendations, education system, national program.
АННОТАЦИЯ
В статье описаны проблемы педагогического мастерства, их описание, причины их возникновения. Здесь также представлены решения проблем педагогического мастерства, педагогические рекомендации и мнения великих мыслителей о педагогике.
Ключевые слова: педагогическая психология, мастер-классы,
методические рекомендации, система образования, национальная программа.
KIRISH
Jahon ta’limi taraqqiyoti tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyat taraqqiyoti shu jarayonda joriy etilgan ta’lim tizimining rivoji va takomillashuvi bilan chambarchas bog’liqdir. So’nggi o’n yillar orasida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish,
535
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
kasbga o’rgatish, ulaming aqliy va ma’naviy kamol topishlarini tashkil etishda jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqqan holda ta’limning mazmuni qayta ishlab chiqildi. Bu omil ta’lim jarayoni tarkibiy qismlarini yangicha tartibda namoyon bo’lishini taqozo etadi. Ana shu tashkiliy-pedagogik jarayonda ta’lim qonuniyatlari va tamoyillariga mos holda yangi tamoyillarga amal qilish, ta’lim metodlarining paydo bo’lishi, ta’lim vositalarining takomillashuvi, ayniqsa, ta’limni tashkil etishda pedagogik mahoratning tarkibiy shakllari keng ko’lamda joriy etilishi kuzatilmoqda.
Mazkur o’zgarishlarning bir qismi mavjud didaktik yondashuvlarning tarkibidan o’sib chiqqan bo’lsa, yana bir qismi dunyodagi ta’lim tizimi rivojlangan mamlakatlar olimlarining pedagogik tajribalariga suyangan holda paydo bo’ladi. Shu o’rinda ilg’or pedagogik mahorat fanining mamlakatimiz ta’lim sohasiga kirib kelishi alohida e’tibor qaratadigan yo’nalishlardan biri ekanligini qayd etish zarur.
Ta’lim amaliyotidan ma’lumki, o’quvchi talabalikka qabul qilingandan boshlab har bir fanning ilmiy-na’zariy asoslarini chuqur o’rganish bilan birga kasb tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratildi.
Haqiqatdan ham, mustaqillik yillarida ta’lim sohasida o’qitishni o’qituvchining yuksak pedagogik mahorati asosida tashkil etish hozirgi jamiyat taraqqiyoti talabidan kelib chiqmoqda. O’zbekistonda ham ushbu muammoga oid izlanishlar, tadqiqotlar olib borilayotgani sir emas, biroq bu jarayonning yahlit metodikasi, tizimi haligacha ishlab chiqilgan emas. Shu sababli ham bu holatni tuzatish uchun jiddiy e’tibor qaratish zarurligi dolzarb pedagogik muammo sifatida e’tirof etilmoqda.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: pedagogik mahorat fanini o’zlashtirish jarayonini muammoli yondashuvlar asosida tashkil etish omillari, yo’llari, pedagogik shart-sharoitlari ko’rsatib berildi. Tadqiqot ishida ilgari surilgan nazariy qarashlar pedagogik mahorat fanini o’zlashtirish jarayonini mazmunan boyitadi, ushbu jarayonni takomillashtiradi hamda ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalaridan pedagogik mahorat fanini o’qitish ta’lim samaradorligini oshirish borasidagi adabiyotlar, qo’llanmalar hamda uslubiy ishlanmalarni yaratishda foydalanish mumkin.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Tadqiqotning ilmiy farazi: pedagogik mahorat fanini o’qitishda muammoli ta’lim usullari vositasida ta’lim samaradorligiga erishish mumkin, agarda:
O’quv yurtlarida ta’limni tashkil etishga nisbatan muammoli yondashuv qaror topsa:
536
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
pedagogik mahorat fani bo’yicha o’quv jarayonini muammoli ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etishning didaktik imkoniyatlarining mazmuni, maqbul shakl, metod va vositalar tizimi asoslansa;
pedagogik mahorat fanini o’zlashtirish jarayonini muammoli yondashuv asosida tashkil etish jarayonida fanlararo aloqadorlikning ta’minlanishiga erishilsa;
pedagogik mahorat fanini o’zlashtirish jarayonida muammoli o’qitish usullari va texnologiyalardan foydalanish yo’llari amaliyotga tatbiq etilishiga erishilsa.
Pedagogik mahorat fanini o’zlashtirish jarayonida muammoli o’qitish usullari va innovasion texnologiyalardan foydalanishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqilsa.
Oliygohlarni tugatgan mutaxassislar ta’limni tashkil etishga nisbatan tarbiyani tashkil etish qiyinligidan zorlanadilar. Buning obyektiv sabablari mavjud. Tarbiya jarayoni ta’lim jarayoniga nisbatan keng tushuncha, chunki u shaxs tarbiyasi vositalari, bilish qobiliyatlarini rivojlantirish va mehnat qilish singarilarni o’zida aks ettiradi. Tarbiya san’ati, - deb yozgan edi Ushinskiy, - shunday xususiyatga egaki, deyarli barcha tanish va tushunarli, ba’zilariga esa juda oson ish bo’lib tuyuladi. -Odam bu ish bilan nazariy va amaliy jihatdan qanchalik kam tanish bo’lsa, unga bu shuncha tushunarli va oson bo’lib ko’rinadi. Deyarli hamma tarbiya sabr-toqatni talab etishini e’tirof qilishadi, ayrimlar buning uchun tug’ma qobiliyat va malaka, ya’ni ko’nikma kerak deb o’ylaydilar, lekin juda kam odam sabr-toqat, tug’ma qobiliyat va malakadan tashqari yana maxsus bilimlar kerakligi haqida ishonch hosil qilishadi.
A.S.Makarenko fikricha, tarbiya faoliyati avvalombor tashkilotchilik faoliyatidir. Ya’ni bolalar hayotini mohirona tashkil qilishni alohida ta’kidlagan edi.
Mahorat bu - pedagogik faoliyatni malakali tashkil eta olish, o’quvchilar rivojlanishini samarali ilxomlantirishdir.
Qisqa fursatlar jamoa va har bir o’quvchining qobiliyatlariga pedagogik ta’sirni ta’minlashni nazarda tutadi. Tarbiyachilik mahorati faqat bilimlar bilan qurollanishni amalga oshiribgina qolmasdan, balki tarbiya usullari va metodikalarini ijodiy hayotda qo’llashni?
Tarbiyachining mahorat mazmuni - bu bilimlar va asoslangan ko’nikma, malakalar tashkil etadi. Tarbiyachining mahoratini tubandagilar tashkil etadi. Turli pedagogik sharoitda jamoa va ayrim o’quvchilar dunyosida sodir bo’lgan voqyealarni to’g’ri qabul qilish ko’nikmasi;
maqsad vositalarni taqqoslab analiz qilish ko’nikmasi;
talab qilish va ishontira olish ko’nikmasi; bolalar bilan o’ynay olish qobiliyati vaziyatga har tomonlama to’g’ri baho berish ko’nikmasi;
rang-barang pedagogik asoslardan, eng muhimini ajrata olish;
537
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
tasodif hodisadan asosiysini aniqlash ko’nikmasi;
har xil vaziyatlar - ta’sir ko’rsatishning turli-tuman usullardan foydalanish ko’nikmasi;
o’z kayfiyati, hissiyoti, harakatlarni aniq ko’rsata olish malakasi.
Yuqorida ta’kidlab ko’rsatilgan ko’nikmalardan tashqari yana quyidagilarni o’zida shakllantirmog’i lozim;
O’quvchilar bilan o’qish, mehnat, sport va badiiy faoliyatlarda aloqa o’rnatish; individual yondashish, tahsabbuskorlikni o’stirish, qiyin damlarda yordam berish, jamoa va ayrim o’quvchi fikrini hisobga olish, hurmat qilish; ojizlarni himoya qila olish, o’z-o’zini boshqarishning turli formalaridan foydalanish; o’quvchining ishonchini suyistemol qilmaslik, har-bir o’quvchining ijobiy sifatiga asoslanib munosabatni tashkil eta olish;
O’quvchilarni yaxshi yoki yomonga ajratmaslik;
bolalarning axloqiy sifatlarini mo’ljallay olish;
o’quvchilarning adolatsizligi, axloqsizligi, shafqatsiz bo’lishi, o’quvchining saxiyligi va ziqnaligi haqida tasavvurlarga ishonish singari ko’nikmani ham o’zida shakllantirmog’i darkor.
A.S.Suxomlinskiy "...o’quvchi ruhining tetikligi, aqlning o’tkirligi, taassurotlarining sog’lomligi, hissiyotlarining ta’sirchanligi uzoq yillar saqlanishi uchun katta insonparvarlik talantiga, o’z mehnatiga, bolalarga bo’lgan cheksiz muhabbatga ega bo’lish kerak - bu sifatlarsiz pedagogning mehnati uqubatlarga aylanadi ”.
Texnologik tuzum yoki texnalogiya o’qituvchi, o’quvchi va jamoalarga konkret vositalar asosida ta’sir ko’rsatishda ko’ngildagidek muayyan natijalarga yerishish imkoniyatini yaratadi.
Tarbiyachining mahorat natijasi tubandagi vazifalarni bajarishda namoyon bo’ladi: har-bir o’quvchiga individual yondashib, shug’ullanayotgan faoliyatda uning faolligini uyg’otish, layoqatini o’stirish.
Tarbiyachi tarbiyaviy tadbirni olib borishda muhim talablarga amal qilishi zarur: har qanday tarbiyaviy tadbir tasodifiy holda olib borilmasligi va o’quvchilarni tarbiyalashning mustaqil tarkibi sifatida hal etilishi kerak.
Kattalar va bolalar o’rtasida o’zaro munosabatni, o’zaro jamoa ta’sirini tashkil etish mazmun va tuzilish jihatidan ham tarbiyachi faoliyatida muhim o ’rin tutadi. Tarbiyachining mahorati - bu uning bolalarga moslashishi. Tajribali tarbiyachilar o’qituvchilar munosabatidagi sirli tamonlarni bilishi o’zlarining burchi deb biladilar.
538
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
Pedagogik mahoratni boshlangich ta’lim tizimida ommalashtirish eng mas’liyatli vazifalardandir. Chunki Respublikamiz ta’lim tizimining ana shu zvenosi eng yordamga muhtoj hisoblanadi. Chunki bu sohada pedagogik faoliyat ko’rsatuvchilarning atigi 20 % oliy ma’lumotlidir.
Uzluksiz ta’limning mazkur turida pedagogik mahoratni ommalashtirishning amaliy, og’zaki, ko’rgazmali turlaridan foydalanish bilan birga ilg’or, tajribali boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari yaratgan mahorat maktabini viloyat, respublika miqyosida matbuot vositasida yoyish katta ahamiyatga egadir. Bunday rag’batlantirish usulining ahamiyati shindaki, u kam tajribali o’qituvchi uchun ibrat, namuna, ilg’or o’qituvchi uchun esa rag’batlantirish hisoblanadi. Pedagogik mahorat sirlarini o’rta maktab (tayanch maktabi)da yoyish ancha yengilroq bo’lib, bu sohada katta tayyorgarlikka ega bo’lgan ilmiy, o’quv, pedagogik tajriba mavjud. Biroq, pedagogik mahoratning ijtimoiy tajriba ekanligini tushunmaydigan, o’z ustida ishlashni bilmaydigan yoki buni istamaydigan o’qituvchilarning mavjudligi sir emas. Shuning uchun ham pedagogik mahorat o’rta maktabda uzluksiz ravishda predmet -seksiyalari, metod birlashmalari yig’ilishlari, matbuotda targ’ib qilinishi lozim.
Oliy ta’lim tizimida pedagogik mahorat sirlari maxsus dastur asosida 50 soat davomida o’rganiladi, biroq bu hali oz. Universitet qoshidagi mintaqaviy malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi dasturida ham pedagogik mahorat sirlarini o’rgatish rejalashtirilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Oliy ta’lim tizimida pedagogik mahorat sirlari quyidagi yo’nalishlarda o’rgatib boriladi:
Pedagogika va psixologiya mashg’ulotlarida;
Pedagogik mahorat kursini o’tish jarayonida;
O’z ixtisosligini egallash jarayonida (pedagogik amaliyot davrida);
Mustaqil tayyorgarlik davrida.
Savol tug’iladi: Pedagogik mahorat nima o’zi?
Pedagogik mahorat bu - fahm-farosat va chinakam ilmiy bilimlarning, tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bo’lgan obro’li rahbarlikning, o’quvchilar qalbining qandayligini his qilish mahorati (empatiya), ichki dunyosi, nozik va zaif bo’lgan bola shaxsiga mohirona, avaylab yond ashish, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga boy bo’lgan qobiliyat majmuasidir.
Pedagogik mahorat quyidagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi:
O’qituvchi faoliyatida insonparvarlikning ustunligi.
Pedagogik iste’dod, qobiliyat.
Pedagogik texnika (san’at).
O’qituvchining shaxsiy intilishi.
539
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
Pedagogik mahorat nazariyasi va metodikasining ishlab chiqilmaganligi shunga olib keladiki, pedagoglaming har bin o’z-o’zicha, paypaslab ijodiy izlanish olib boradi: bolalar bilan, pedagogik jamoa bilan qanday qilib yaqindan til topishish mumkin? Qanday qilib qisqa muddat ishida bolalar o’rtasidagi munosabatlarning haqqoniy manzarasiga erishmoq mumkin? degan savollarga javob izlaydi.
Har bir insonda u yoki bu kasbga qobiliyat mavjud bo’ladi. Ba’zi taniqli ruhshunoslarning fikricha (F.Gonobolin, N.Kuzmina), pedagoglik kasbi uchun quyidagi 6 xil qobiliyatlar muhim hisoblanadi;
O’rtaga tusha bilish.
Tashkilotchilik.
O’zini idora eta bilish.
Mo’ljallay olish, chamalay bilish.
Kuchlilik, zehnlilik.
Faoliyatga ijodiy yondashish.
Bularning barchasi tarbiyaviy maqsad mavjud bo’lgan, insonparvarlik nuqtai-nazaridan turib yondashilgan taqdirdagina pedagogik qobiliyat tarkibiga kirishi mumkin.
Pedagogik texnika - pedagogik mahoratning asosiy qismlaridan biri bo’lib, u o’qituvchidan o’quvchilar bilan muomala qilganda zarur so’z, gap ohangi,
qarash, imo-ishorani tez va aniq topish, eng o’tkir va kutilmagan pedagogik vaziyatlarda osoyishtalik va aniq fikr yuritish, tahlil qilish qobiliyatini caqlab qolish imkonini beradi. Haqiqiy pedagogik ta’sir ko’rsatishda o’qituvchining pedagogik texnika sohasidagi barcha malakalari bir paytda yaqqol ko’rinadi. Nutq, imo-ishora, mimika harakat bilan birga sodir bo’ladi.
Pedagogik texnika pedagogning individual psixik-fiziologik xususiyatlari asosida tarkib topadi. Indidvidual pedagogik texnika pedagogning jinsi, yoshi, mijozi, fe’l-atvori, anatomik-psixologik xususiyatlariga ham bog’liq bo’ladi.
Pedagogik texnika malakalarining shakllanish darajasi ma’lum darajada pedagogning umumiy tayyorgarlik darajasini, ya’ni shaxsning pedagogik imkoniyatlarini aks ettiradi. Pedagogning nutqi tartibsiz, qashshoq bo’lsa, o’zi jizzaki bo’lsa, didi past, madaniyatsiz bo’lsa, eng topib gapirgan to’g’ri so’zi ham tarbiyalanuvchilarga ta’sir etmaydi, balki teskari natijaga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun ham, tarbiyachi avvalo o’zi tarbiyalangan, o’tirib-turish, suhbatlashish madaniyatini qon-qoniga singdirgan bo’lishi lozim.
Har yigitning aslin bilay desangiz
Ma ’rakada o ’tirib-turishin ko 'ring.
540
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
(Maxtumquli)
O’qituvchining shaxsiy intilishi, munosabati pedagogik mahorat tarkibiy qismlari orasida muhim o’rinni egallaydi. Uning bunday shaxsiy munosabati unda
tegishli bir qolipdagi fikrlar sistemasi mavjudligi bilan izohlanadi, shu tufayli u ko’p hollarda deyarli avtomatik ravishda ta’sirlarga javob bera oladi. Chunonchi, o’quvchilar bilan albatta xushmuomalada bo’lish, dilkashlik o’quvchi shaxsiga prinsipial yondashishning yuqori darajada bo’lishi, o’zining birorta ham o’quvchisi yomon emasligi, buning ustiga ishonchsiz bo’lishi mumkin emasligiga ishonch kabilar.
Lekin bunday bir qolipdagi fikrlar salbiy rol o’ynashi ham mumkin. Masalan, hamkasbi o’quvchilar bilan haqiqatda noto’g’ri munosabatda bo’lganda unga qarshi turish o’rniga, uni himoya qila boshlaydi.
O’qituvchining xohish-istagi haqqoniylik va insonparvarlik xarakterida bo’lsagina bunday chekinishlarga yo’l qo’ymasligi mumkin bo’ladi.
Pedagogik faoliyat - yoshlarni hayotga, mehnatga, Vatan mudofaasiga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat va jamiyat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim-tarbiya berish ishi bilan shug’ullanadigan va bu ishga maxsus tayyorlangan kishilarning mehnat faoliyatidir.
Maktab o’qituvchilarining faoliyati respublikamizda buyuk davlat-jamiyatni quruvchi va unda yashab mehnat qiluvchi yetuk, erkin fikrlovchi inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan. O’qituvchining barkamol avlodni tarbiyalash va unda yangi insonga xos sifatlarni tarkib toptirish vazifasi eng oliyjanob, yuksak va shu bilan birga eng sharafli va murakkab vazifadir. Har bir tarbiyalanuvchi o’z xulq-atvoriga, xarakteriga ega. Ularni o’qitish va tarbiyalashda ularning ana shu o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish nihoyatda murakkabdir. Bunga insonlar o’rtasida ijtimoiy munosabatlarning murakkabligini o’zida akz ettiruvchi maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko’rayotgan yoshlar uning ana shunday xususiyatlarini bilishlari lozim.
O’qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari uning professiogrammasida o’z ifodasini topadi:
1) O’qituvchining shaxsiy xususiyatlari;
2) O’qituvchining pedagogik-psixologik tayyorgarligiga qo’yiladigan talablar;
3) Maxsus tayyorgarlikning hajmi va tarkibi:
4) Ixtisosga oid metodik tayyorgarlik mazmuni.
541
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
XULOSA
Ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib borayotgan pedagogik mahorat fanining vazifalari doirasi kengayib bormo^da. Tabiiy ravishda zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan samarali va unumli foydalana olish vazifasi mazkur fan oldiga ham qo’yilgandir. Ayni vaqtda Respublika ijtimoiy hayotiga keng ko’lamli va shiddatli tezlikdagi axborotlar oqimi kirib kelmoqda. Pedagogik mahorat faniga oid axborotlarni tezkor sur’atda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda o’quvchiga yetkazib berishini yo’lga qo’yish ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Demak, bo’lajak o’qituvchini professional faoliyatga tayyorlashda pedagogik mahorat fanini nnovasion ta’lim texnologiyalar yordamida o’zlashtirishning o’rni beqiyosligi hamda o’qituvchining diqqat markazida bo’lishi davr talabidir. Ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik mahorat komponentlarini pedagogik texnologiyalar asosida tatbiq etish mazkur muammoni ijobiy hal etishning pedagogik kafolatidir.
Ishlab chiqarish sohalarining barkamol shaxs va malakali mutaxassis bilan ta’minlanishi ijtimoiy harakatni yuzaga keltiruvchi vosita, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashning eng muhim omilidir. Malakali kadrlarni tayyorlash jarayoniga nisbatan muammoli yondashuv ushbu jarayonning samaradorligini ta’minlashga olib keladi. Shu bois so’nggi yillar mobaynida ta’lim tizimida pedagogik mahorat komponentlaridan samarali foydalanish masalasiga respublika miqyosida alohida e’tibor berib kelinmoqda. Ta’lim muassasalarining faoliyat jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bir qator shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.
REFERENCES
1. Абдукаримов Х. Профессионалное воспитание личности учителя в просессе непреривного педагогического образования.: Автореф. дисс. докт. пед. наук.-Т.: 1997.-46 с.
2. Абдуллажонов М.А. Формирование профессионалних качеств будущего учителя в просессе обучения в педвузах.: Автореф. дисс. канд. пед. наук.-Т.: 1991.-21с.
3. Abduqodirov A. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish muammolari //Uzluksiz ta’lim j. - 2002. №
4. Adizov B.R. Boshlang’ich ta’limni tashkil etishning nazariy asoslari. Ped.fan.doktori. diss... avtoref.-T.: 2003.-44 b.
542
November 2021
www.oriens.uz