Научная статья на тему 'O‘QUV MATERIALLARI TAYYORLASHNING TA’LIM JARAYONIDAGI AHAMIYATI'

O‘QUV MATERIALLARI TAYYORLASHNING TA’LIM JARAYONIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1211
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kognitiv yondashuv / bexivioristik yondashuv / o’quv rejalari / o’quv dasturlari / kashfiyot ta’lim usuli / o’quv materiallari / darslik. / cognitive approach / behavioral approach / curriculum / curriculum / discovery learning method / educational materials / textbook

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sattorova, Feruza Elmurodovna

Zamonaviy sohalarda innovatsion ishlab chiqarishni yaxshilash uchun ta’limda funksional o‘quv materiallarning sifatini boyitish orqali samarali o‘qitishga erishish mumkin. Ta’lim jarayonidagi o‘quv materiallarining ahamiyatini anglagan holda ushbu maqola til ta’limida materiallarni ishlab chiqish, tilni o‘rgatuvchi materiallarni loyihalash, ularni amalda qo‘llash hamda baholash tamoyillarini tartibga solish kabi asosiy mulohazalarga bag’ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF PREPARATION OF STUDY MATERIALS IN THE EDUCATIONAL PROCESS

Effective teaching can be achieved by enriching the quality of functional learning materials in education to improve innovative production in modern industries. Realizing the importance of educational materials in the educational process, this article is devoted to the main considerations, such as the development of materials in language education, the design of language teaching materials, their practical application, and the regulation of assessment principles.

Текст научной работы на тему «O‘QUV MATERIALLARI TAYYORLASHNING TA’LIM JARAYONIDAGI AHAMIYATI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

O‘QUV MATERIALLARI TAYYORLASHNING TA’LIM JARAYONIDAGI

AHAMIYATI

Sattorova Feruza Elmurodovna

Samarqand davlat chet tillari instituti katta o’qituvchisi, PhD.

ANNOTATSIYA

Zamonaviy sohalarda innovatsion ishlab chiqarishni yaxshilash uchun ta ’limda funksional o ‘quv materiallarning sifatini boyitish orqali samarali o ‘qitishga erishish mumkin. Ta’lim jarayonidagi o‘quv materiallarining ahamiyatini anglagan holda ushbu maqola til ta ’limida materiallarni ishlab chiqish, tilni o ‘rgatuvchi materiallarni loyihalash, ularni amalda qo‘llash hamda baholash tamoyillarini tartibga solish kabi asosiy mulohazalarga bag’ishlangan.

Kalit so’zlar: kognitiv yondashuv, bexivioristikyondashuv, o’quv rejalari, o’quv dasturlari, kashfiyot ta ’lim usuli, o ’quv materiallari, darslik.

ABSTRACT

Effective teaching can be achieved by enriching the quality of functional learning materials in education to improve innovative production in modern industries. Realizing the importance of educational materials in the educational process, this article is devoted to the main considerations, such as the development of materials in language education, the design of language teaching materials, their practical application, and the regulation of assessment principles.

Key words: cognitive approach, behavioral approach, curriculum, curriculum, discovery learning method, educational materials, textbook

KIRISH

Ijodiy tafakkur sohibini jadal rivojlanib borayotgan davlatimiz uchun zarur bo‘lgan ijodkor, keng fikrli, yuksak madaniyatli, kompetent kadrlar bilan ta’minlash chet tili o‘qitish ta’limida eng muhim va dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Ravshanki, XXI asr zamonaviy texnologiyalar asri, bu shuni taqozo etadiki, biz til o‘qitish metodologiyasini jahon andozalariga mos keladigan dastur va darsliklar bilan boyitishimiz davr talabiga aylanib ulgurdi. Bu talabni qondirish uchun chet tili o‘qitishning mazmunini ongli- verbal - kognitiv ta’lim sistemasi bilan qayta ishlab chiqish, ya’ni ta’limni bexivioristik - ongsiz reaksiyalar yondashuvidan “tozalab”, kognitiv yondashuvni - onglilikni ta’limga joriy qilish kerak bo‘ladi. XX asrning 60-yillarida kognitivizm (ing. Cognitive - o‘rganilgan, ta’limiy, o‘zlashtirilgan) tushunchasi didaktika, pedagogika sohalarida qo‘llanila boshlandi. “Bu oqim o‘sha davrda ancha ommalashgan ta’limning verbal (ya’ni kommunikativ - muloqotda

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

ta’lim oluvchining faolligi va o‘zligini namoyon qilishga intilishi) usullari bilan birlashib, ongli verbal-kognitiv ta’lim yo‘nalishini shakllantirdi. Mashhur pedagog-metodist D.Ozbel bu yo‘nalishga asos solib, ta’lim jarayonida yetakchi usul-kashfiyot (ing. discovery) ekanligini alohida ta’kidladi. Kashfiyot ta’lim usulining mohiyati shundaki, ta’lim oluvchi har bir topshiriqni bajarish jarayonida yangi -yangi materiallarni kashf etish yoki nimadir yaratish bilan shug‘ullanadi. Shu bois ta’lim jarayonida onglilik yetakchilik qiladi”[13,5].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O‘zbekiston Respubliksining “Ta’lim to’g’risidagi” qonunining 35-moddasida Ta’lim jarayoniga o’quv rejelari va o’quv dasturlarini joriy etish bo’yicha belgilangan ishlarda “O‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘qitishning innovatsion shakllari va usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llaniladi” [6] deya ta’kidlab o’tilgan. Ushbu qonun qabul qilinganiga o’p bo’lmasganligiga qaramay, ushbu o’qitishning innovatsion shallari muammosi uzoq vaqtdan beri jamoatchilining keng muhokamada, xususan,O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” qarorida belgilangan vazifalarda ta’limning har bir bosqichida xorij tajribasidan kelib chiqib o‘quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, o‘quv standartlarini optimallashtirish, yagona elektron o‘quv materiallari platformasini tashkillashtirish kabi ustuvor yo‘nalishlar ta’lim-tarbiya sohasida o‘quv materiallari nechog‘lik ahamiyatga ega ekanligining namunasidir. Bu qarorda Finlyandiya tajribasini o‘rganish taklif etilganligi ilm-fanni rivojlantirishda chet el tajribasining ahamiyati, o‘quv materiallari tayyorlashda esa xorij tajribasining muhimligi isbotidir. Qarorning yana bir ahamiyatli tomoni “Uzluksiz ta’lim tizimida bir necha chet tilini o‘rganish konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash”[9] chora-tadbiri til o‘rganishga bo‘lgan davlat miqyosidagi talab deb izohlash mumkin. Bu chora-tadbirning amalga oshirish mexanizmi sifatida yuqori sinflardan boshlab o‘quv rejadagi ba’zi fanlarni chet tillariga o‘tkazish hisobidan ikki va undan ortiq chet tillarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish orqali erishilishi ko‘zda tutilgan. Mexanizmdagi talab esa chet tillari o‘qituvchilari oldiga til o‘rganuvchilari o‘zlashtirayotgan chet tillarida kompetentlikni oshiradigan, amaliy natijaga erishtiradigan o‘quv materiallari ustida ishlashlarini taqozo etadi. Bundan tashqari, Respublika miqyosidagi muhim ahamiyat kasb etgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar orasida Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 124-sonli qaror muhim ilmiy-amaliy metodologik asosga ega. Chunki mazkur qarorda ko‘rsatilgan talablarga binoan oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan fanlarning mazmunini

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

xalqaro tajribalar asosida takomillashtirish maqsadida soha bo‘yicha DTS ishlab chiqildi[10].

Yuqoridagi bobda biz til tabiati, uning vazifasi va til o‘rganish bo‘yicha nazariyalarni tahlil qilib, insonni inson qiladigan omil so‘z degan mutafakkirlar fikri naqadar muhimligini anglab yetdik. Zero, “Odamning shaxsiyatini bilish uchun shaxsni shaxs qilib turgan tilni anglash darkor. Ko‘plab insonlarning dinida va afsonalari falsafasida til inson uchun hayot va kuch manbai sifatida ifodalanadi. Afrika qit’asining ayrim xalqlari uchun yangi tug‘ilgan bola hali “mantu” shaxs emas, balki “kuntu” ya’ni “narsa”deb nomlanadi. O‘rganish faoliyati bolani shaxs qilib tarbiyalaydi” [3,337].

Shuningdek, o‘tgan asrdagi tilga belgilar sistemasi sifatida qarovchi tilshunoslarimiz Sossyur, Layonz kabi olimlarimiznig til va nutq o‘rtasidagi far qlarni aniqlab olishi, Amerika tilshunosi Chomskiy tomonidan ham amalga oshirildi. N.Chomskiy 1916 yilda tilni bilish “qobiliyati”- insonning o‘z ona tilidagi qoidalarini bilishni nazarda tutsa, tildan foydalanish “faoliyatini” tildagi qoidalardan qanday foydalanishni anglatadi deya til va nutq tushunchalarini yangicha izohlar bilan boyitdi[2,4]. Uning nazdida kompetensiya faqat ma’lum grammatik to‘plamlardan iborat edi, ammo o‘tgan asrning 70-yillarida L.Kempel va V.Uils kabi olimlar N.Chomskiyning kompetensiya tushunchasi quruq grammatik elementlardan tashqari muloqot qobiliyatini ham hisobga olib, kompetensiya so‘zi kengaytirilishi kerakligini taklif qildilar, chunki til ma’lum ijtimoiy kontekstda til maqsadlari uchun emas, balki aniq bir ijtimoiy maqsad uchun ishlatiladi. Til sohasida turli nazariyalarning rivojlanishi bir necha o‘n yillardan beri tilga faoliyat nuqtayi nazar bilan qaralishiga asos bo‘ldi. Ayniqsa, o‘tgan asrning 70-yillarida shakllangan kommunikativ kompetensiya tushunchasi N.Chomskiy taklif qilgan lingvistik qobiliyatga to‘g‘ridan to‘g‘ri qarshi paydo bo‘lgan tushuncha bo‘ldi. Tilga faoliyat mahsuli sifatida qarash ijtimoiy hayotga uzviy bog‘langan diskurs, ya’ni “ma’lum vazifaga erishish uchun tilda ijtimoiy va madaniy tartiblarni hisobga olgan holdagi muloqot tili” tushunchasi uzoq yillardan beri ilm ahlining qizg‘in muhokamasida. Shuningdek, til falsafasi negizida shakllangan va tilga faoliyat nuqtayi nazari bilan qarash Jon Ostin tomonidan taklif qilingan nutq aktlari ham muloqotning muhim bo‘lagi deb qaraladi. Keyinchalik Jon Syorl nutq aktlari “muloqotning eng asosiy birligidir”[ 12,203], degan xulosaga keldi. Shuningdek, P.Graysning “hamkorlik tamoyili” olg‘a surgan aniqlik, bog‘liqlik, haqiqiylik, tartiblilik va qisqalik kabi autentik nuqt maksimlari ham til faoliyatini yangi tushunchalar bilan boyitdi[5,52]. Til tuzilishi haqida bunday qarashlarning paydo bo‘lishi tilda yangi etnometodologik yo‘nalishning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu esa o‘rganilayotgan til foydlanuvchilariga o‘qitish

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

davomida tegishli hayotiy vaziyatlar yaratish orqali tilning ijtimoiy funksiyasi ahamiyatini tushuntirishga imkon berdi.

Ravshanki, hozirgi davrda funksional ta’lim bandlik, shaxsiy rivojlanish, iqtisodiy farovonlik, shaxslararo ijobiy munosabatlar va daromad olishning asosiy vositasi bo‘lib xizmat qilmoqda. Aksincha, noto‘g‘ri tashkillashtirilgan ta’lim jinoyat, qashshshoqlik, umidsizlik va kam rivojlanganlik belgisidir. Zamonaviy sohalarda innovatsion ishlab chiqarishni yaxshilash uchun ta’limda funksional o‘quv materiallarini sifatini boyitish orqali samarali o‘qitishga erishish mumkin. O‘quv materiali ahamiyatini his etgan har qanday o‘qituvchi ta’limda sinf mashg‘ulotlarini o‘quv materialisiz olib bormaydi. Xo‘sh, o‘quv materiali nima?

O‘quv materiallari bu - o‘quvchilar va o‘qituvchilarning til o‘rganishini osonlashtirish uchun qo‘llaniladigan har qanday narsadir.O‘quv materiallarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu materiallar o‘qituvchilar tomonidan pedagogik maqsadlar uchun yaratiladi. Materiallar darslik, ish daftarchasi, kaseta, CD disk, video, fotokopiya, gazeta, doskada yozilgan paragraf yoki o‘rganilayotgan tilni ko‘rsatadigan yoxud ma’lumot beradigan har qanday shaklda bo‘lishi mumkin. Bu materiallar o‘quvchilar tomonidan ta’limiy, tajribaviy, aniqlashtiruvchi, kashf etuvchi kabi turli maqsadlarda foydalaniladi. Masalan, o‘quvchi ishlatayotgan material u o‘rgangan tilga ta’sir ko‘rsatsa, bu materialni tajribaviy maqsadda qo‘llaniladigan material deb atash mumkin.

O‘quv materiallari - ta’limning har qanday bosqichining o‘quv dasturidagi har bir fanni o‘rganishda muhim vositadir. Ular o‘quvchiga o‘qish, tinglash, muammoni yechish, ko‘rish, fikrlash, gapirish, yozish, ommaviy axborot vositalari va texnologiyalardan foydalanish qobiliyatlarini rivojlantirishlari uchun so‘zlar, belgilar va g‘oyalar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishga imkon beradi. O‘quv materiallarini talabalarning ta’lim jarayonlariga ta’sir qilish uchun mo‘ljallangan bosma yoki nobosma materiallar kabi turlarga bo‘lish mumkin.

Ko‘plab tadqiqotchilar ma’lumotlariga ko‘ra eng asosiy o‘quv materiali darslikdir. Darslikka berilgan turli xil ta’riflarda darslikning ta’lim vositasi sifatidagi roli ta’kidlangan. Xususan, “darslik bu - muayyan o‘quv predmeti mazmunini o‘quv dasturida ko‘satilgan hajmda, didaktik talablarga muvofiq ravishda batafsil bayon qiluvchi kitob bo‘lib, uning xarakterli xususiyati darslik mazmunining o‘quv dasturi mazmuniga mos kelishidir”[8,228]. Darslik muayyan o‘quv dasturi bilan bog‘liq barcha bilimlarning faoliyat o‘zagidir. Darslik bilim berishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston misolida tahlil qiladigan bo‘lsak ham chet tili o‘qituvchilarining asosiy o‘quv materiali bo‘lib turli xil savdo uchun chiqarilgan kitoblar asosiy manba bo‘lib qolmoqda. Ammo bu ko‘plab o‘qituvchilarning turli raqamli vositalar va kompyuter

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

platformalardan foydalanib dars olib borishlarini inkor etmaydi, balki bu vositalardan foydalanish ham darslikdan kelib chiqib qo‘shimcha materialni yaratishni taqozo etmoqda. Uzoq olib borilgan tadqiqotlar natijasi o‘quv materiallarini turli tuman ekanligidan guvohlik beradi. Xususan, birinchi tur o‘quv materiallari bu autentik materiallar -haqiqiy vaziyatlarga taqlid qilish imkoniyatini beradigan materiallardir. Xuddi shu qatorda E.Jakobson autentik material deya sinfda haqiqiy hayotda qo‘llaniladigan tarzda foydalaniladigan bosma materialni ham kiritib o‘tadi[7,4]. Umuman, autentik (haqiqiy) materiallar o‘quvchilarni haqiqiy til bilan tanishtirishi mumkin bo‘lgan har qanday materiallardir. Bu biz sinfda topishimiz mumkin bo‘lgan ko‘p narsalarda bo‘lishi mumkin. Masalan, talabalar hayotida duch keladigan bosma, video va audio materiallar, shuningdek, bankomat kvitansiyasi, veb saytlar, ko‘cha belgilari, kalendarlar, jurnallar, gazetalar, filmlar, teledasturlar, telefon xabarlari, radio eshittirishlar va boshqalar autentik materiallar namunalari deb baholananadi. J.Richardz kommunkitivlik asosida o‘qitish haqida mulohazalar yuritganda, autentik materiallardan foydalanishdagi ustuvorliklarni quyidagilar deb ta’kidlaydi:

- Ular o‘rganilayotgan til haqida madaniy bilimlar beradi;

- Ular haqiqiy tildan qanday foydalanishni namoyon qiladi;

- Ular o‘quvchilar ehtiyoji bilan yaqinroq aloqador;

- Ular o‘qitishga nisbatan yanada kreativ yondashishni ta’minlaydi[n,51].

J.Gebhard tomonidan autentik materiallar tinglash-tomosha qilish materiallari,

haqiqiy vizual materiallar, haqiqiy bosma materiallar va realiya[12,29] kabi to‘rt turga bo‘lingan. Autentik materiallar chet tili o‘qitishda ahamiyatli hisoblanadi, chunki ular talabalarga sinf va tashqi dunyo o‘rtasidagi bo‘shliqni bartaraf etishga yordam beradi. Zero, Berardo ta’kidlaganidek autentik matnlar o‘quvchilarni haqiqiy hayotda qo‘llaniladigan til bilan ta’minlaydi, chunki xorijiy tilni o‘rganuvchilar sinfda o‘qituvchi nazoratida qo‘llaniladigan “xavfsiz” muhitdagi “sun’iy” tilni sinfdan tashqarida uchratmaydilar[1,7].

Ingliz tili yurtimizda ta’limning har bir bosqichida o‘qitiladigan chet tili bo‘lganligi sababli, o‘qituvchi o‘quvchilarning bu tilni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, o‘z darslarini qo‘llab- quvvatlash uchun mos o‘quv materiallari tanlashi va undan foydalanishi zarur masaladir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI (REFERENCES)

1. Berardo, S. A. 2006. The use of authentic materials in the teaching of reading. The Reading Matrix 6 (2): 60-69//Mina Gavel. Task-based reading activities using authentic materials and skills. Journal of English teaching Forum. Volume 59, Number 2. -2021 -P.7.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

2. Chomsky N. Aspects of the theory of syntax. - Cambridge.: Massachusetts Institute of Technology Press, 1965. - P.4.

3. Fromkin V., Rodman R. An Introduction to Language. - Wadsworth.: Cengage leraning, 2011. - P. 337.

4. Gebhard J. G. Teaching English as a foreign language: A teacher selfdevelopment and methodology. - Ann Arbor.: Michigan University Press, 1996. - Ps. 15-29.

5. Grice H. P. Logic and conversation // P. Cole & J. Morgan (Eds.). Syntax andsemantics: Speech acts. - New York.: Academic Press, 1975. - P.52.

6. https://lex.uz/docs/-5013007#-5013699

7. Jacobson E., Degener S., Purcell-Gates V. Creating authentic materials and activities for the adult literacy classroom: a handbook for practitioners. - NC SALL .: Michigan State University, 2003. -P.4.

8. Muhamedov G.I., To‘raqulov X.A. Zamonaviy pedagogik tadqiqotlarning ilmiy - nazariy asoslari. - Jizzax.: Fan, 2004. - B. 228.

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ - 4884-son qarori.Toshkent sh.2020-yil 6-noyabr.

10. Oliy ta’lim Davlat standarti. 5111400 - Xorijiy tillar (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan talablar. - Toshkent.: Rasmiy nashr, - 2018.

11. Richards J.C. Communicative language teaching. - Cambridge.: Cambridge University Press, 2006. - P.51

12. Searle J. R. Speech acts: An essay in the philosophy of language. - Cambridge.: Cambridge University Press, 1969. - P. 203.

13. To’xliyev B., Shamsiyeva M., Ziyodova T. O’zbek tili o’qitish metodikasi: O’quv qo’llanma. - T.: O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashri, 2006. - B. 5.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.