Научная статья на тему 'О‘ZBEKISTONNI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISHDA HAMDA YOSH AVLODGA TA’LIM-TARBIYA BERISHDA PEDAGOGIK MAHORATNING AHAMIYATI'

О‘ZBEKISTONNI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISHDA HAMDA YOSH AVLODGA TA’LIM-TARBIYA BERISHDA PEDAGOGIK MAHORATNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
59
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim-tarbiya / ilm-fan / ta’lim va tarbiya / yosh avlod / barkamollik / pedagogika / shaxs. / education / science / education and upbringing / young generation / perfection / pedagogy / personality.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nurjonov, Ulfat, Erdanov, Asliddin

Ushbu maqolada O’zbekistonni yangi bosqichga olib chiqishda hamda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda pedagogik mahoratning ahamiyati, inson ma’naviy kamolotiga ta’siri tahlil qilingan hamda О‘zbekistonni yangi bosqichga olib chiqish omillariga bо‘lgan ehtiyojning ortishi bilan bog‘liq masalalar ilmiy muhokama qilinganligi. Raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash maqsadida yangi zamonaviy universitet tashkil etilganligi, ta’lim jarayonlariga xorijlik yetakchi olimlar va pedagoglarni jalb qilinib, yoshlarga eng zamonaviy metodologik dasturlar asosida ta’lim-tarbiya berilish haqida to’xtalib ilmiy xulosa va takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF PEDAGOGICAL SKILLS IN TAKEING UZBEKISTAN TO A NEW LEVEL AND EDUCATING THE YOUNG GENERATION

This article analyzes the importance of pedagogical skills in bringing Uzbekistan to a new level and in educating the young generation, and its impact on human spiritual maturity. Scientific discussion of the issues related to the increasing need for factors to take Uzbekistan to a new stage. In order to prepare a new generation of competitive national personnel, a new modern university was established, leading foreign scientists and pedagogues were involved in the educational process, and scientific conclusions and suggestions were given.

Текст научной работы на тему «О‘ZBEKISTONNI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISHDA HAMDA YOSH AVLODGA TA’LIM-TARBIYA BERISHDA PEDAGOGIK MAHORATNING AHAMIYATI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

0‘ZBEKISTONNI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISHDA HAMDA YOSH AVLODGA TA’LIM-TARBIYA BERISHDA PEDAGOGIK MAHORATNING AHAMIYATI

Nurjonov Ulfat Erdanov Asliddin

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O’zbekistonni yangi bosqichga olib chiqishda hamda yosh avlodga ta ’lim-tarbiya berishda pedagogik mahoratning ahamiyati, inson ma ’naviy kamolotiga ta’siri tahlil qilingan hamda О‘zbekistonni yangi bosqichga olib chiqish omillariga bo‘lgan ehtiyojning ortishi bilan bog‘liq masalalar ilmiy muhokama qilinganligi. Raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash maqsadida yangi zamonaviy universitet tashkil etilganligi, ta’lim jarayonlariga xorijlik yetakchi olimlar va pedagoglarni jalb qilinib, yoshlarga eng zamonaviy metodologik dasturlar asosida ta’lim-tarbiya berilish haqida to’xtalib ilmiy xulosa va takliflar berilgan.

Kalitso‘zlar: ta’lim-tarbiya, ilm-fan, ta’lim va tarbiya, yosh avlod, barkamollik, pedagogika, shaxs.

ABSTRACT

This article analyzes the importance of pedagogical skills in bringing Uzbekistan to a new level and in educating the young generation, and its impact on human spiritual maturity. Scientific discussion of the issues related to the increasing need for factors to take Uzbekistan to a new stage. In order to prepare a new generation of competitive national personnel, a new modern university was established, leading foreign scientists and pedagogues were involved in the educational process, and scientific conclusions and suggestions were given.

Key words: education, science, education and upbringing, young generation, perfection, pedagogy, personality.

KIRISH

Bugungi kunda jahonda ta’lim hamda ilm-fanga alohida e’tibor qaratilmoqda, chunki taraqqiyotning asosiy o’zaglaridan biri hisoblanadi. Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston olimlari xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-ma’rifiy aloqalar o‘rnata boshladilar. Natijada yurtimizga ilg‘or va samarali texnologiyalar kirib kela boshladi. Bular qatorida, jahondagi progressiv PT degan tushunchalar ham kirib, pedagogik jamoatchiligimiz fikrini chulg‘ab oldi. Oxirgi yillarda, Rossiya bilan O‘zbekistonda PTni o‘rganish yo‘lida ancha ishlar qilindi. Shu

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

16 jumladan, O‘zbekiston olimlari bilan hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida ham PTlarning loyihalarini tuzish bo‘yicha ancha ishlar qilindi.O‘zining mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘lini tanlab olgan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasini ham sobitqadamlik bilan isloh qilib bormoqda. Ayniqsa, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingach, bu boradagi ishlar keng ko‘lamga erishdi. Ushbu hujjatlarning talablari asosida bilim va kasb-hunar egallashga bo‘lgan e’tibor kuchayib ketdi. Shu tufayli ta’lim-tarbiya tizimiga yangicha ilmiy-uslubiy yondashuvlar kirib kela boshladi. Bu yondashuvlar, o‘z navbatida, o‘quv jarayonining turli tashkiliy va metodik jamg‘armalarida muayyan ijobiy o‘zgarishlarni sodir etadi, albatta. Ularning juda ko‘pchiligi pedagogik texnologiyalar (PT) va pedagogik mahorat (PM) bilan uzviy bog‘liq o‘zgarishlardir. O‘quv faoliyati, bu - keng ma’noda inson faoliyatining muayyan maqsadlar yo‘nalishida namoyon bo‘lishidir. Bu faoliyat faqat insoniyat jamiyatida amalga oshirilishi sababli, u nafaqat har bir insonning, balki butun jamiyatning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O‘quv faoliyati insonning ongli va maqsadli mehnati bo‘lib, u shaxsga ta’lim berish, uni tarbiyalash va uning rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan to‘plangan tajriba, bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni o‘sib kelayotgan avlodga berishdan iborat. O‘quv faoliyati insonning individual rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq holda bolalikdan boshlab, to ulg‘aygan davrigacha mavjud bo‘ladi. Shuning uchun tarixiy ijtimoiy hodisa hisoblanmish o‘quv jarayoni o‘z rivojlanish tarixiga ega. Mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida so‘z ketganda «Yangi 0‘zbekiston» iborasi takror-takror tilga olinmoqda. Bu keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘yganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimizning e’tirofi, jahon hamjamiyatining yurtimizga jiddiy e’tiboridir. Chunki bizga mustaqillik g‘oyasi, istiqlol ruhi tog‘dek tayanch bo‘lmoqda. Bizni ilg‘or niyatlar, buyuk maqsadlar, ulkan marralar yo‘lida adashmaslikka undamoqda, tanlagan yo‘limiz to‘g‘riligiga inontirmoqda. Qaysi sohani olmaylik, qaysi jabhaga nazar solmaylik, ilgari surilayotgan xalq tashabbusi albatta qo‘llab-quvvatlanmoqda, sharoit yaratilmoqda, investitsiya kiritilmoqda, rag‘batlantirilmoqda, bir so‘z bilan aytganda, xalqning roziligi yo‘lida tinmay izlanmoqda. Zero, iqtisodiyotni siyosatdan, ma’naviyatni ta’lim-tarbiyadan ayro ko‘rib bo‘lmaganidek, «xalqimizning ulug‘vor qudrati jo‘sh urgan hozirgi zamonda 0‘zbekistonda yangi bir

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

uyg‘onish - Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat bo‘ladi. Chunki bugungi 0‘zbekiston - kechagi 0‘zbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas», deydi davlat rahbari.

0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning har bir chiqishlari, ma’ruzalari va nutqlarini biz ziyolilar doimo intiqlik bilan kutamiz. Buning sababi nimada? Eng avvalo bu chiqishlarda yangi fikrlar, yangi g‘oyalar, taraqqiyotimizni belgilaydigan ustuvor yо‘nalisЫar, 0‘zbekistonni yangi bosqichga olib chiqish omillari, shu bilan bir qatorda rivojlanishimizga g‘ov bо‘layotgan holatlar, mavjud muammolarni hal qilishning nostandart yechimlari aniq, ravon, sodda tilda ifodalab beriladi. Misol sifatida mustaqilligimizning 29 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi[1], BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasidagi[2], Konstitusiyamizning 28 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi, 0‘zbekiston Yoshlari forumidagi nutqlari va nihoyat Oliy majlisga qilgan Murojaatnomani keltirish mumkin[3]. Eng muhimi - barcha ma’ruzalardagi markaziy masala bu - xalqimizning turmush darajasi, farovonligini oshirish, 0‘zbekiston xalqiga munosib turmush sharoitini yaratish. Sobiq Ittifoq davrida shunday shior bо‘lardi: ”Bizdan keyingi avlod albatta kommunizmda yashaydi”, ya’ni, baxtli hayot faqat kelajakda bо‘ladi, degani. Muhtaram Prezidentimiz esa xalqimiz ertaga, indinga, kelajakda emas, bugun baxtli hayot kechirishga munosib, degan g‘oyani doimo ilgari suradilar. Shu о‘rinda mashhur donishmand Konfusiyning quyidagi xikmatini keltirmoqchiman: “Hukmdor xalqni о‘z farzandidek sevishi, fuqarolar esa hukmdorni о‘z otasidek hurmat qilib, e’zozlashi lozim”.

Murojaatnomada ustuvor yо‘nalish sifatida ta’lim-tarbiya sohasiga alohida urg‘u berildi. Chunki har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini ta’minlaydigan yosh avlodning sog‘lom va barkamol Ьо‘НЬ voyaga yetishi hal qiluvchi o‘rin tutadi. Shu maqsadda “Yangi 0‘zbekiston - maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu o‘rinda bir narsaga e’tiboringizni qaratmoqchi edim. Biz qachonki ta’lim to‘g‘risida gapirsak, albatta tarbiyani ham qo‘shib aytamiz. Sababi ta’lim va tarbiya yagona, uzviy jarayon. Ta’lim bor joyda, albatta tarbiya ham bo‘ladi. Lekin bu masalada boshqacha qarashlar ham bor. Ya’ni tarbiya oilada beriladi, ta’lim muassasalarida esa faqat ta’lim berish kerak, degan. Mening fikrimcha, maktab, litsey, texnikum, universitet o‘qituvchisimi, shu bilan birga u ham tarbiyachidir. Nafaqat ta’lim dargoxida, balki mahallada ham, oilada ham. Chunki azal-azaldan qishloqda ham, mahallada ham o‘qituvchiga munosabat, e’tibor boshqacha bo‘lgan. Ziyoli inson sifatida uning fikrlariga quloq solishgan.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

Davlatimiz rahbari “0‘qituvchi va murabbiylar kuni”da so‘zlagan nutqlarida shunday ta’kidladilar: “Biz Uchinchi Renessans masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qo‘yib, uni milliy g‘oya darajasiga ko‘tarmoqdamiz. Biz maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz. Men ishonaman - hurmatli ota-onalar bu tashabbusni albatta qo‘llab-quvvatlab, yangi Renessansning beshinchi halqasi, beshinchi ustuni bo‘ladilar”.

0‘zbekiston Prezidenti tomonidan Murojaatnomada keltirilgan quyidagi vazifalar professor-o‘qituvchilar jamoasi uchun ta’lim-tarbiya sohasida tub o‘zgarishlarni amalga oshirishdek ulkan mas’uliyat yuklaydi: “Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Buning uchun eng avvalo yosh avlodga bog‘cha, maktab va oliygohda sifatli ta’lim-tarbiya berishni yo‘lga qo‘yamiz”.

Murojaatnomada bola tug‘ilganidan to 30 yoshgacha bo‘lgan davrda uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib o‘rin topishi uchun ko‘mak beradigan, yaxlit va uzluksiz tizim yaratilishi zarurligi ta’kidlanadi. Chunki dunyo tajribasidan ma’lumki, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish uchun sarflangan sarmoya jamiyatga o‘n, yuz barobar ko‘p foyda keltiradi.

So‘nggi yillarda milliy ta’lim tizimida sezilarli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu o‘zgarishlarni quyidagilarda ko‘rish mumkin.

1. Maktabgacha ta’lim tizimi tubdan o‘zgarmoqda. Aloxida vazirlik tashkil qilindi. Ilgari maktabgacha ta’lim muassasalari Xalq ta’limi vazirligi tasavvurida edi. Ushbu vazirlik respublikamizdagi eng katta vazirlik hisoblanardi. Bolalar bog‘chalari, 10 mingga yaqin maktab, pedinstitutlar, pedkollejlar va x.z. Maktabgacha ta’lim qamrovi taxminan 17-18 foizni tashkil qilardi. 2021 yil yakuni bilan maktabgacha ta’lim qamrovi 65 foizga, 2023 yil oxirida esa 75 foizga yetkazilishi, qo‘shimcha 2 mingta nodavlat bog‘cha tashkil etilib, xususiy sektor ulushi 25 foizga yetkazilishi kutilmoqda.

2. Maktab ta’limini tubdan yaxshilash uchun 2021 yili 30 ta yangi maktab qurilishi, 320 ta maktabni ta’mirlash va moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida byudjetdan 2 trillion so‘m ajratilishi reja qilingan. Ta’lim sifatini tubdan yaxshilash maqsadida, avvalo, o‘quv dasturlari, o‘qituvchi va domlalar uchun uslubiy qo‘llanmalarni ilg‘or xalqaro mezonlarga moslashtirish ishlari bajariladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

Murojaatnomada bolalaming tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun ularga sermazmun va tushunarli darsliklar yaratish zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu borada kelgusi o‘quv yilida boshlang‘ich sinflarda davlat ta’lim standarti o‘rniga, ilg‘or xorijiy tajriba asosida, bolaga ortiqcha yuklama bermaydigan “Milliy o‘quv dasturi” joriy etiladi. Umumta’lim maktablaridagi ta’lim sifati poytaxtda ham, olis qishloqlarda ham yuqori bo‘lishi ta’minlanadi. Boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan o‘qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa - 100 foiz ustama haq to‘lanashi ko‘zda tutilgan. 2021 yilda 10 ta Prezident maktabi, kimyo-biologiya, matematika, axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan 197 ta maktab o‘z faoliyatini boshlaydi.

Raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash maqsadida Toshkent shahrida yangi zamonaviy universitet tashkil etiladi. Mazkur universitetda xorijlik yetakchi olimlar va professor-o‘qituvchilar jalb qilinib, yoshlarga eng zamonaviy dasturlar asosida ta’lim-tarbiya beriladi.

3. Oliy ta’limning qamrovi va sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. 2021 yildan boshlab oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshiriladi. OTMga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga ko‘paytirib, 2 mingtaga yetkazamiz. Kirish testlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar talabaga 4 yil mobaynida Prezident stipendiyasi beriladi[3]. «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari uchun 1993-2003 yillarda o‘tkazilgan tanlov natijalarida 55 aspirant va 20 talaba-magistrantlar Prezident Davlat stipendiyalariga sazovor bo‘ldilar. 2004 yil 16 mart kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat stipendiantlari seminar - ko‘rgazmasi tashkil etildi va o‘tkazildi».2005 yil 7 mayda Toshkentda Konfusiy instituti ochildi.O‘zb.Resp. Prezidentining 2007 yil 5-sentyabr qaroriga muvofiq Singapur menejmentni rivojlantirish instituti tashkil etildi.2003 - yil 1-iyuldan “Iste’dod” jamg‘armasi o‘z faoliyatini boshladi.Ta’lim soxasiga sarflanayotgan xarajatlar ulushi Ya.I.M. - tarkibida 12% ni tashkil etmoqda. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bu ko‘rsatkich 3-5% dan oshmaydi.Bugungi kunda birgina o‘rta-maxsus va kasb-xunar ta’limida turli soxa va yo‘nalishlar bo‘yicha 840 mingga yaqin zamonaviy bilim va kasbni egallagan yuqori malakali kadrlar tayyorlanganligi bu soxada ijobiy ma’nodagi “portlash effekti” ro‘y bera boshlaganidan dalolatdir.

Bugungi kunda Oliy va o‘rta-maxsus o‘quv yurtlari hamda umumta’lim maktablari huzurida 1187 ta axborot -resurs markazlari mavjud bo‘lib, ularda o‘zbek, qoraqalpoq, rus va boshqa tillardagi 15 mln. Nusxadan ortiq darslik, o‘quv.-usl., badiiy, texnikaviy va ma’lumotnoma yo‘sinidagi kitobi bo‘lgan 15276 ta kutubxonani birlashtirgan. Ularning 13 mln.ga yaqin kitobxonlari bor. Bu borada 2006 yil 20

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

iyundagi O‘zbekiston Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risidagi” qarori diqqatga sazovordir.2002 - yilda mamlakatimizda Internet tizimidan 136 ming kishi foydalangan bo‘lsa, 2007 yilga kelib bu ko‘rsatkich 2 mln.ga yetdi. “UZ” domen zonasidagi veb-saxifalar soni o‘n karra ko‘payib, 4,5 mingdan ortiqni tashkil qildi.2004-2009 yillarga mo‘ljallangan “Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy Dasturining” xayotga tadbiq etilishi ta’lim sifati va mazmun - mohiyatini tubdan yaxshilash imkonini berdi. “Ushbu dasturga muvofiq, yurtimizda mavjud bo‘lgan o‘n mingga yaqin umumta’lim maktabining modiy-texnik bazasini mustaxkamlash, ta’lim jarayonining mazmsunini tubdan takomillashtirish, o‘qituvchilarning mexnatini modiy va ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha katta ishlar qilinmoqda”.

Bozor munosabatlari qonuniyatlariga ko‘ra, mahsulotning sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillardan biri bu raqobatdir. Mamlakatimizda turli sohalarda, jumladan, qishloq xo‘jaligi, qurilish, sanoat, tibbiyot, farmatsevtika va xokazo sohalarda davlat-xususiy sherikchiligi joriy qilingani holda ta’lim tizimida mavjud emas edi. Endi esa maktabgacha ta’lim, o‘rta ta’lim, oliy ta’limda ham sog‘lom raqobat muhiti yaratilmoqda. Xususiy bog‘cha, maktab, universitetlar tashkil qilinmoqda. Davlat-xususiy sherikchilik asosida Qo‘qon nodavlat universiteti, “Tashkent International University” xalqaro universiteti, Britaniya menejment universiteti, TEAM universiteti, Akfa universiteti kabi nodavlat oliy ta’lim muassasalari tashkil etildi .

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkin yoshlarimizda tanlash imkoniyatini paydo qilish orqali ilm-fanga muhabattini uyg’otish, tabiiy ravishda ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantiradi. OTM moliyaviy tomondan mustaqil bo‘layotganini e’tiborga olsak, endi ular o‘rtasida ko‘proq yoshlarni jalb qilish uchun amaliy harakatlar olib boriladi. Bu esa ta’limga o’zgacha rukn beriladi deb xisoblayman.

REFERENCES

1. SH.Mirziyoyev.O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan nutqi. //Xalq so‘zi №186 son.2020.

2. 0‘zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75 -sessiyasidagi nutqi // https://president.uz/uz/lists/view/3851.

3. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.2020 yil 29 dekabr https://www.youtube.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.