Научная статья на тему 'ALOQA XIZMATLARINI KO’RSATUVCHI SUBYEKTLARDA DAROMADLAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH'

ALOQA XIZMATLARINI KO’RSATUVCHI SUBYEKTLARDA DAROMADLAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
16
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
DAROMAD / SEGMENT / ALOQA / XIZMAT / BOZOR IQTISODIYOTI / TELEFON XIZMATI / ASOSIY FAOLIYAT DAROMADI

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shirinov U.A., Amonov A.A., Hamidov D.

Maqolada aloqa xizmatlarini ko’rsatuvchi subyektlarda daromadlarni tan olish, ularni hisobda to’g’ri aks ettirish va segmentlar bo’yicha daromadlarni hisobga olish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF REVENUE ACCOUNTING IN SUBJECTS PROVIDING COMMUNICATION SERVICES

The article covers the issues of revenue recognition, their correct reflection in accounts, and accounting of revenue by segments in entities providing communication services.

Текст научной работы на тему «ALOQA XIZMATLARINI KO’RSATUVCHI SUBYEKTLARDA DAROMADLAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH»

Shirinov U.A., PhD.

SamISI Amonov A.A. katta o'qituvchi SamISI Hamidov D. magistr SamISI

ALOQA XIZMATLARINI KO'RSATUVCHI SUBYEKTLARDA DAROMADLAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

Annotatsiya. Maqolada aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlarda daromadlarni tan olish, ularni hisobda to'g'ri aks ettirish va segmentlar bo'yicha daromadlarni hisobga olish masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: daromad, segment, aloqa, xizmat, bozor iqtisodiyoti, telefon xizmati, asosiy faoliyat daromadi.

Shirinov U.A., Ph.D.

SamIES Amonov A.A. senior lecturer SamIES Hamidov D. master SamIES

IMPROVEMENT OF REVENUE ACCOUNTING IN SUBJECTS PROVIDING COMMUNICATION SERVICES

Abstract. The article covers the issues of revenue recognition, their correct reflection in accounts, and accounting of revenue by segments in entities providing communication services.

Key words: income, segment, communication, service, market economy, telephone service, main activity income.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo'jalik yurituvchi subyektlarning asosiy maqsadi daromad olish hisoblanadi. Cheklangan resurslardan unumli foydalanib yuqori daromad olish har bir korxonaning asosiy muammosi bo'lib qolmoqda.

Aloqa hizmatlarini ko'rsatuvchi korxonalarda xizmatlar turlarining xilma - xilligi ulardan olinadigan daromadlarning ham xilma-xilligidan darak beradi. Bu esa ularning tasnif va tavsifiga qarab guruhlarga to'g'ri ajratishni talab

qiladi. Davriy adabiyotlarda aloqa hizmatlari daromadlari tasnifi, tavsifi, ularni tan olish mezonlari yetarlicha o'z aksini topmagan.

Telefon xizmatlarini ko'rsatuvchi korxonalarda daromadlarni quyidagicha tasniflash mumkin (2.1-rasm).

Telefon xizmatlarini ko'rsatuvchi korxonalarda daromadlarni tan olishning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Xususan korxona mijozlardan oldindan to'lovlarni qabul qilish orqali xizmat ko'rsatadi. Korxona daromadini mijozlar ularning xizmatlaridan foydalanganidan so'nggina tan oladi.

Aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlarning boshqa subyektlardan farqli jihatlari shundaki, ular tomonidan ko'rsatiladigan xizmat turlaridan olinadigan daromadlarni yaxlit tartibda hisob-kitob qilib bo'lmaydi. Buning sababi shundaki, ko'rsatilayotgan xizmat turlarining har biri bo'yicha daromadni aniqlashga asos bo'luvchi baza, bir birlik xizmat uchun belgilangan sotish bahosi (tarif), guvohlik beruvchi hujjat va boshqa me'zonlar bo'yicha bir -biridan farqlanadi. Shuningdek, daromad muhim segment sifatida aloqa subyektlarining barcha filiallari, bog'lamalari faoliyatining bosh ko'rsatkichi bo'lib hisoblanadi. Bosh ofisda daromadlarning segmentar hisobini to'g'ri yuritilishi va ular bo'yicha senmentar hisobotning to'g'ri tuzilishi korxonaning jami daromadida har bir filial va bog'lamaning roliga to'g'ri baho berish imkonini beradi.

Telefon xizmatlari daromadlar^

Asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlar Asosiy bo'lmagan faoliyatdan olingan daromadlar

1-rasm.Telefon xizmatlarini ko'rsatuvchi korxonalarda daromad turlari.

Aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlarning bosh ofisda unga kiruvchi filiallar va bog'lamalar kesimida ular tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarning barcha turlari bo'yicha olinadigan daromadni tan olish, baholash va hujjatli asosini o'zida mujassamlashtiruvchi quyidagi shakldagi "Daromadlar hisob-kitobi bo'yicha korxona siyosati"ni tasdiqlash va joriy etish lozim (1-jadvalga qarang):

Aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlarda "Daromadlar hisob-kitobi bo'yicha korxona siyosati"ni belgilash tartibi pochta aloqasi va telefon aloqasi xizmatlari misolida ko'rsatib berildi. Chunonchi, pochta aloqasi subyektlarida posilkalarni yetkazib berish xizmatlari bo'yicha daromadni hisob -kitob qilishda quyidagi formuladan foydalanish tavsiya etildi:

D=Pv*T100km* Kv* Kkm

Bu yerda: Pv- posilka vazni, T100km - 1 kg vaznli posilkani 100 km uzoqlikka yetkazish uchun belgilangan tarif, Kv -1 kgdan ortiq har bir kg og'ir vazn uchun belgilangan qo'shimcha to'lov koeffisiyent, Kkm -1 kgdan ortiq vazndagi posilkani har 100 km ortiq masofaga yetkazish uchun belgilangan qo'shimcha to'lov koeffisiyenti.

1-jadval

Daromadlar hisob-kitobi bo'yicha korxona siyosati_

Daromadni

hisoblashga Bir birlik Guvohlik beruvchi hujjat

№ Xizmat turi asos bo'luvchi baza summasi xizmatning sotish narxi (tarifi) Daromad summasi

1 2 3 4 5 6

Telefon so'zlashuvlaridan olinadigan daromadlarni (D) hisob -kitob qilishda quyidagi formuladan foydalanish tavsiya etildi:

D=Mt=Fd*Tn

Bu yerda: Mt - mijoz to'lovi, Fd - foydalanilgan daqiqa, Tn - bir daqiqaning tarif narxi.

Internet xizmatlaridan olinadigan daromadlarni (D) hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalanish tavsiya etildi:

D=It = Fmb*Tn

Bu yerda: It - internet to'plam narxi (agarda to'plam xarid qilinmagan bo'lsa It=0), Fmb - foydalanilgan mb, Tn - bir mbning tarif narxi.

Aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlarda daromadlar hisobini bosh ofis, filiallar, bog'lamalar, daromad guruhlari va turlari kesimida segmentar hisobini yuritish uchun 9000 "Asosiy faoliyatning daromadlari" sintetik schyotining quyidagi 4 darajali iyerarxik tarkibini belgilash tavsiya etildi (2-jadval).

1-darajali sintetik schyot 9000 da korxonaning barcha filiallari daromadlarini jamlab aks ettiradi. 2-darajali sintetik schyot 9001-9030 da filiallar kesimida daromadlar jamlanadi. 3-darajali sintetik schyotlar 900101900110, 903001-903010 filiallar daromadini uning guruhlari kesimida tafsilotini ochib beradi. 4-darajali sintetik schyotlar 90010101-90010120, 9030010190300120 filiallar alohida guruhga ajratilgan daromadini ularning turlari kesimida tafsilotini ochib beradi. Biz korxona daromadlarni 4 darajali iyerarxik schyotlarda aks ettirishimiz korxonaning daromad manbalari bo'yicha aniq qarorlar qabul qila olishimizga imkon beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Эшпулатова, З. (2021). Recognition of income: allocate the transaction price to the performance obligations in the contract. Экономика и финансы (узбекистан), (3), 16-22.

2. Эшпулатова, З. Б. (2021). Даромадни тан олиш: операция нархини бажарилишларга оид мажбуриятларга таксимлаш. Экономика и финансы (Узбекистан), (3 (139)), 16-22.

3. Эшпулатова, З. Б. (2022). Роль и значение первого применения международных стандартов финансовой отчётности в республики Узбекистан. Экономика и социум, (4-1 (95)), 537-540.

4. Najimova N. I., Bahriyev M. Fermer xo 'jaliklarida daromadlar tahlili va auditining vazifalari //Academic research in educational sciences. - 2022. - №. Conference. - С. 121-124.

5. Saidaloxonovich X. A. Oliy ta'lim muassasalarida byudjetdan tashqari faoliyatidagi daromadlari va xarajatlari hisobini takomillashtirish yo 'llari //qo 'qon universiteti xabarnomasi. - 2023. - Т. 1. - С. 65-68.

6. Bauwhede H. V., Willekens M. Evidence on (the lack of) audit-quality differentiation in the private client segment of the Belgian audit market //European accounting review. - 2004. - Т. 13. - №. 3. - С. 501-522.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.