Научная статья на тему 'ALLOMALARIMIZNING MEROSIDA TARBIYA MASALALARI'

ALLOMALARIMIZNING MEROSIDA TARBIYA MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
94
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
AJDOD / MA'NAVIYAT / TARBIYA / TA'LIMOT / BARKAMOL / HIDOYAT

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Abduxamidov I.A.

Yurtimiz zamirida jahоn sivilizatsiyasi taraqqiyotiga salmоqli hissa qo’shgan, umumjahоn miqyosida e’tirоf etilgan qanchadan-qancha buyuk mutafakkirlar va qоmusiy allоmalar yеtishib chiqqan. Ajdоdlarimizdan qоlgan bоy mеrоs o’zining g’oyat muhimligi bilan haligacha dunyo хalqlarini lоl qоldirib kеlmоqda. Ajdodlarimiz tariхini o’rganish va ularning mеrоs na”munalaridan fоydalangan hоlda jamiyatimiz uchun kоmil insоnlarni shakllantirish bugungi kunning dоlzarb vazifalaridandir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EDUCATIONAL ISSUES IN THE HERITAGE OF OUR KNOWLEDGE

At the heart of our country are many great thinkers and encyclopedic scholars who have made a significant contribution to the development of world civilization and are recognized worldwide. The rich heritage of our ancestors still amazes the peoples of the world with its significance. One of the most important tasks today is to study the history of our ancestors and to form perfect people for our society using the examples of their heritage.

Текст научной работы на тему «ALLOMALARIMIZNING MEROSIDA TARBIYA MASALALARI»

Abduxamidov I.A. kafedrasi assistenti Farg'ona politexnika institutining "O'zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar"

ALLOMALARIMIZNING MEROSIDA TARBIYA MASALALARI

Annotatsiya. Yurtimiz zamirida jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shgan, umumjahon miqyosida e'tirof etilgan qanchadan-qancha buyuk mutafakkirlar va qomusiy allomalar yetishib chiqqan. Ajdodlarimizdan qolgan boy meros o'zining g'oyat muhimligi bilan haligacha dunyo xalqlarini lol qoldirib kelmoqda. Ajdodlarimiz tarixini o'rganish va ularning meros na"munalaridan foydalangan holda jamiyatimiz uchun komil insonlarni shakllantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir.

Kalit so'zlar: ajdod, ma'naviyat, tarbiya, ta'limot, barkamol, hidoyat.

Abdukhamidov I.A.

assistant

department of "history and social sciences Uzbekistan " Fergana Polytechnic Institute

EDUCATIONAL ISSUES IN THE HERITAGE OF OUR KNOWLEDGE

Annotation. At the heart of our country are many great thinkers and encyclopedic scholars who have made a significant contribution to the development of world civilization and are recognized worldwide. The rich heritage of our ancestors still amazes the peoples of the world with its significance. One of the most important tasks today is to study the history of our ancestors and to form perfect people for our society using the examples of their heritage.

Key words: ancestor, spirituality, upbringing, doctrine, perfection, guidance.

Ma'lumki, tabarruk diyorimizda kamol topgan buyuk ajdodlarimizning nomini butun dunyoda yaxshi bilishadi. Bobokalonlarimiz bilan nafaqat faxrlanish, balki ularning boy ma'naviy me'rosini tadqiq va targ'ib etish ahamiyatlidir. Shu ma'noda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning buyuk mutafakkirlar yaratgan boy ma'naviy merosdan foydalanish va ilmiy faoliyatini ta'lim sohasida keng o'rganishga oid ko'rsatmalari alloma va mutafakkirimiz ijodiga bo'lgan e'tiborning yangi bosqichi sifatida tarixiy ahamiyatga ega. O'rta asrlar Sharq tarixi shundan dalolat beradiki, madaniyat va ta'lim-tarbiya, tibbiyot, adabiyot, san'at va arxitektura sohalaridagi beqiyos yuksalish, ilmiy maktablarning vujudga kelishi, yangi-yangi iste'dodli avlodlar to'lqinining

paydo bo'lishi va voyaga yetishi-bularning barchasi birinchi navbatda iqtisodiyot, qishloq va shahar xo'jaligining ancha jadal o'sishi, hunarmandlik va savdo-sotiqning yuksak darajada rivojlanishi, yo'llar qurilishi, yangi karvon yo'llarining ochilishi va avvalambor nisbiy barqarorlikning ta'minlanishi bilan bevosita bog'liq bo'lgan.

Ma'rifat haqida qadimiy tarixiy merosimiz «Avesto»da ham aytib o'tiladi. Unda ma'rifat orqali ezgulikning namoyon bo'lishi ezgu o'y, ezgu fikr va ezgu amalning amalga oshiruvchi kuchi sifatida talqin qilingan. Bundan tashqari, uyg'onish davrining Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Hakim Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband kabi allomalari o'zlarining beqiyos ma'rifatli asarlari orqali umuminsoniy qadriyatlarni yaratishga ulkan hissa qo'shganlar.

O'zbek xalqining ma'naviy merosida Abu Mansur Moturidiyning o'rni va xizmatlari beqiyosdir. Manbalarning guvohlik berishicha, Imom Buxoriy vafot etgan yili, ya'ni milodiy 870 yili tariximizdagi yana bir mumtoz siymo Imom Moturidiy tavallud topgan ekan. Bu voqea zamirida bamisoli Imom Buxoriyning nurli qalamini Imom Moturidiy olib, ul zotning xayrli ishlarini davom ettirishga bel bog'lagandek tuyuladi. X asrda samarqandlik mutafakkir, «Imom al-Huda» (Hidoyat yo'lining imomi) deb shuhrat qozongan Abu Mansur Moturidiy tomonidan asos solingan moturidiya ta'limoti butun islom olamida keng tarqalgan.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o'zining - "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch" asarida xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida muhim o'rin tutgan bu ulug' insonni - Imom Moturidiy bobomizning o'rta asrlardagi g'oyat xatarli va tahlikali bir vaziyatda o'z hayotini xavf ostiga qo'yib, avlodlarga ibrat bo'ladigan ma'naviy jasorat namunasini ko'rsatib, islom olamida - Musulmonlarning e'tiqodini tuzatuvchi degan yuksak sharafga sazovor bo'lgani bu nodir shaxsning ulkan aql-zakovati va matonatidan dalolat beradi [1]. deb ta'riflagani ham bejiz emas, albatta. Jahon tarixida o'z o'rniga ega Imom Moturidiy butun insoniyat tafakkuriga katta ta'sir ko'rsatgan va axloqiy ma'rifat rivojida munosib o'rin egallagan. Uning g'oya va qarashlari umuminsoniy ahamiyatga ega. Ma'rifat - ma'naviyatga olib keladigan yo'l, uni shakllantiruvchi vositadir. Ma'rifat millat tarixining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasining - "Ma'rifat va diniy bag'rikenglik" [3] deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini qabul qilish taklifi ham davlatimizni xalqaro miqyosda nufuzini yanada ko'tardi. Bu hujjatning asosiy maqsadi - barchaning ta'lim olish huquqini ta'minlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko'maklashishdan iborat. Ushbu rezolyusiya bag'rikenglik va o'zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta'minlash, e'tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo'l qo'ymaslikka ko'maklashishga qaratilgan. Inson faoliyatida odob, xulq me'yorlarining shakllanib borishi na tijasida xulq-odob madaniyatiga ega bo'ladi, shu bilan birga axloq-odob bu qoidaga, huquqqa rioya qilishni

taqazo etadi. Qadim zamonlarda boshlab barkamol insonni shakllantirishning asosiy mezoni sifatida aqliy yetuklik, sog'lom fikr, yuqori iste'dod, ijod korlik, yaxshi xulq, ma'rifat tarbiyasini shakllantirish tushuniladi.

Moturidiyning ko'plab asarlari ko'p allomalar asarlariga asos bo'lgan. Shulardan biri Alouddin Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Samarqandiyning sharhidir. U "Ta'vilot ahli as-sunna" deb nomlangan. Moturidiya ta'limoti ilm egallash jarayonida bag'rikenglik g'oyasi asosida inson aql-zakovatining o'rni va ahamiyatiga yuksak e'tibor qaratadi. Bu o'z navbatida ushbu ta'limotning keng ommalashuvida muhim o'rin tutgan. Bunday g'oyalarga bugungi kunda ham insoniyat katta ehtiyoj sezmoqda [2] Tarixiy merosni asrab-avaylash, o'rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biridir.

Yangi tahdidlar, jumladan, «ommaviy madaniyat» xavfi va boqimandalik kayfiyati paydo bo'layotgan, odob-axloq, qadriyatlarning yo'qolish xavfi yuzaga kelayotgan hozirgi globallashuv sharoitida bu g'oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. O'quvchilarni bo'sh vaqtlarini samarali o'tkazish, ularni kitob mutolaasiga jalb qilish hammamizning umumiy vazifamiz hisoblanadi. Shunday ekan ushbu masalaga ham jiddiy e'tibor berib, kitob fondlarini boyitish, amaliy yordam berish maqsadga muvofiqdir. Ayni paytda, maktab kutubxonalarini va axborot-resurs markazlarini milliy va jahon bolalar adabiyotlari bilan to'ldirishga hamda zamon qahramonlari obrazi ochib berilgan yoshlarbop yangi asarlarga katta ehtiyoj mavjud.

Moturidiy o'z davrining islomiy ilmlari sohasida eng yetuk bilim sohibi hisoblanib, musulmon dunyosi olimlari tomonidan tan olingan va hozirda ham turli diniy asarlarda zo'r ehtirom bilan tilga olinadi. Moturidiyni ulug'lab -"Imom alhuda va Imom al-mutakallimin", - Hidoyat yo'li imomi va mutakallimlar imomill kabi nomlar bilan ham ataganlar. Mustaqillik yillarida bir qator azizavliyolarning yubiley sanalari nishonlanishi ham uzoq yillar mobaynida muqaddas dinimizga nisbatan e'tibor na'munasidir. Jumladan, 2000 -yil noyabr oyida Imom Abu Mansur al-Moturidiyning 1130 yilligi nishonlandi [4]. Bu kabi ishlar yurtimizda din ishlariga katta e' tibor qaratilayotganining isbotidir. Abu Mansur al-Moturidiy nomi tilga olinganda, butun musulmon olamida aqidaviy haq ta'limot sifatida e'tirof etilgan moturidiy ta'limoti ko'z oldimizda namoyon bo'ladi. Abu Mansur al-Moturidiyning kelajak avlodga qoldirib ketgan ilmiy-ma'naviy merosini tahlil qilar ekanmiz, u o'z asarlari orqali o'sha davrda islom e'tiqodlariga zid bo'lgan turli aqidaviy adashgan oqim va toifalardan muborak dinimizni saqlab qolganiga guvoh bo'lamiz.

Xulosa qilib, shuni aytishimiz mumkin bo'ladiki, bugun biz yuksak texnologiyalar zamonida yashayotganimiz bilan faxrlansakda, ushbu texnologiyalar ayrim yovuz kuchlar tomonidan nomaqsad ishlatilishi oqibatida axborot xurujlari kuchayotganini e'tirof etishimiz lozim. Sharq uyg'onish davri mutafakkirlarining fikricha, pokiza xulq-atvor, go'zal axloq-odob, halollik, ilohiy ma'rifat - komil insonlik darajasiga yetish manbaidir. Komil insonlargina

millatning yorqin ko'zgusi bo'lishi mumkin. Faqat ma'naviyatli va ma'rifatli insonlargina xalq va davlat manfaati, ravnaqi yo'lida mehnat qilishga qodirdirlar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Karimov I.A. "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch". - T.: Ma'naviyat, 2008. 180-b.

2. Mirziyoyev Sh.M. "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz". - T.: O'zbekiston nashriyoti, 2017-y. 498-bet.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutqi. Xalq so'zi gazetasi. 2017-yil 20-sentyabr.

4. https ://e-tarix.uz/shaxslar/125-moturidiy.html

5. Abdukhamidov I., Tojiboyev U. OBJECTIVE REASONS OF THE MIGRATION PROCESS IN THE FERGHANA ECONOMIC REGION. EPRA International Journal of Economic Growth and Environmental Issues ISSN: 2321-6247. Volume: 8. Issue: 5. December 2020, 16-19.

6. DEVELOPMENT AND PROSPECTS OF NATIONAL CRAFT TOURISM IN FERGANA REGION KD Sobirjonovna - EPRA International Journal of Economic Growth and ..., 2021.

7. Burhanov, I. (2019). Influence of the tax system on political life in the administration of the Kokand khanate. Look to the past, 19(2), 21-27.

8. Azimjonovich R. I. ESTABLISHMENT OF THE MINISTRY OF COMMUNITY AND FAMILY SUPPORT IS AN IMPORTANT STEP IN SELF-GOVERNMENT //Epra International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR) Impact Faktor: 7.032. Indiya. 2020 June. P. 161. - 2020. - Т. 163.

9. Ш. Хонкулов. Место Хамзы Хакизаде Ниязи в джадидкой прессе. "Актуальная наука". Международный научный журнал. № 11. (28). Россия/Волгород - 2019. 98-101.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.