Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTONDA MA’NAVIY MAKONNI YARATISH BORASIDAGI ASOSIY VAZIFALAR'

YANGI O’ZBEKISTONDA MA’NAVIY MAKONNI YARATISH BORASIDAGI ASOSIY VAZIFALAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
665
105
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yangi O’zbekiston / ma’naviy makon / ilm-fan / ijtimoiy islohotlar. / New Uzbekistan / spiritual space / science / social reforms.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mamatqulov, Eldor

Ushbu maqolada Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida aks etgan ma’naviy makon tushunchasi, uning ma’no-mazmuni hamda mamlakatimizda yangi ma’naviy makonni yaratish borasidagi asosiy vazifar ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Yangi ma’naviy makon yaratishning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishdagi ahamiyati muhokama qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE MAIN TASKS OF CREATING A SPIRITUAL SPACE IN THE NEW UZBEKISTAN

This article analyzes the concept of spiritual space reflected in the Development Strategy of New Uzbekistan, its meaning, and the main task of creating a new spiritual space in our country from a socio-philosophical point of view. The importance of creating a new spiritual space in socio-economic, spiritual and educational development was discussed.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTONDA MA’NAVIY MAKONNI YARATISH BORASIDAGI ASOSIY VAZIFALAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

YANGI O'ZBEKISTONDA MA'NAVIY MAKONNI YARATISH BORASIDAGI ASOSIY VAZIFALAR

Mamatqulov Eldor

Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida aks etgan ma 'naviy makon tushunchasi, uning ma 'no-mazmuni hamda mamlakatimizda yangi ma 'naviy makonni yaratish borasidagi asosiy vazifar ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Yangi ma'naviy makon yaratishning ijtimoiy-iqtisodiy, ma 'naviy-ma 'rifiy rivojlanishdagi ahamiyati muhokama qilingan.

Kalitso'zlar: Yangi O'zbekiston, ma'naviy makon, ilm-fan, ijtimoiy islohotlar.

АННОТАЦИЯ

В данной статье анализируется понятие духовного пространства, отраженное в Стратегии развития Нового Узбекистана, его значение, а также основная задача создания нового духовного пространства в нашей стране с социально-философской точки зрения. Обсуждена важность создания нового духовного пространства в социально-экономическом, духовном и образовательном развитии.

Ключевые слова: Новый Узбекистан, духовное пространство, наука, социальные реформы.

ABSTRACT

This article analyzes the concept of spiritual space reflected in the Development Strategy of New Uzbekistan, its meaning, and the main task of creating a new spiritual space in our country from a socio-philosophical point of view. The importance of creating a new spiritual space in socio-economic, spiritual and educational development was discussed.

Keywords: New Uzbekistan, spiritual space, science, social reforms.

KIRISH

Hozirgi kunga kelib dunyoning turli mintaqalarida ma'naviy sohadagi tahdidlar, mafkuraviy xurujlar avj olib bormoqda. Madaniyat niqobi ostida ming yillar davomida avloddan avlodga o'tib kelgan ma'naviy qadriyatlarga putur yetkazish, ularning jamiyat hayotidagi ahamiyatini kamaytirish orqali butun butun xalqlarni ma'naviyatsizlik qa'riga tortish, ma'naviy-axloqiy tanazzul holatiga tushirish holatlari uchramoqda. Ushbu holatlarning oldini olish maqsadida jamiyatning har bir fuqarosi ma'naviy islohotlarning faol ishtirokchisi bo'lishi, jamiyatda mavjud bo'lishi

402

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mumkin bo'lgan ma'naviy bo'shliqni bahamjihatlikda to'ldirishi maqsadga muvofiqdir. Shu maqsadda mamlakatimizda oxirgi yillarda ma'naviy islohotlarga alohida ahamiyat qaratilib, xalqimizning ma'naviy dunyoqarashini yuksaltirish, yosh avlodni kitob va ilm-fanga oshno qilish orqali yangi ma'naviy makonni vujudga keltirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Zero, "ma'naviyat -jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir"1.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Yangi ma'naviy makonni yaratish masalasiga "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonida alohida ahamiyat qaratilgan bo'lib, ushbu farmon mazkur sohani butunlay yangi, yuqori bosqichga ko'tarish borasida dasturulamal bo'lib xizmat qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Muhtaram Prezidentimiz ta'kidlab o'tganidek, "O'zbekistonning yangi uyg'onish davrini yaratishga kirishar ekanmiz, har bir yurtdoshimizning qalbi va ongida ma'naviyat shu'lasi porlashi va u bizni ezgu ishlarga undab, yuksak mas'uliyat tuyg'usi bilan yashashga da'vat etib turishi zarur"2. Alohida qayd etish joizki, bugungi kunda mamlakatimizdagi ma'naviy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar har bir insonni ham qalban, ham ruhan ezgu maqsadlar yo'lida birlashtirishga xizmat qiladi. Bu yo'lda milliy g'oya, milliy ma'naviyat har bir fuqaroning amaliy dasturiga aylanadi. Bugungi kunda "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" degan ulug'vor maqsad kun tartibiga qo'yildi. Taraqqiyotning yangi davri talablari asosida mamlakatimizda amalga oshiriladigan eng muhim vazifalar belgilab olindi. Mamlakatimizni rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan Taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar O'zbekistonning yangi Renessansiga - yangi Uyg'onish davriga mustahkam poydevor bo'lishi lozim.

Taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan yangi ma'naviy makonni yaratishga doir islohotlar natijasida bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, xalqimiz tarixida, qadriyatlarida katta ta'sir kuchiga ega bo'lgan, o'zligimizning ajralmas qismi hisoblangan Islom dinining asl mazmun-mohiyatini ko'rsatib berish, jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo'shgan buyuk allomalarning boy ma'naviy merosini tadqiq etish, ularning asarlarida ilgari surilgan umuminsoniy

1 Sh. M. Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent "O'zbekiston" nashriyoti, 2021. - B. 267.

2 Sh. M. Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent "O'zbekiston" nashriyoti, 2021. - B. 276.

403

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

g'oyalar vositasida ma'naviy-ma'rifiy soha faoliyatini isloh qilish masalasiga hukumat darajasida ahamiyat qaratilmoqda. Shu maqsadda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to'g'risida"gi, "Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to'g'risida"gi, "Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to'g'risida"gi qarorlari qabul qilingan bo'lib, ushbu markazlar tom ma'noda Taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan "Uchinchi renessans" g'oyasining amalga oshirilishida tayanch markazlar vazifasini o'tamoqda.

Ma'lumki, muqaddas dinimizda jaholatga qarshi ma'rifat asosida, ma'naviyatsizlikka qarshi yuksak ma'naviyat asosida kurashish g'oyasi ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, mazkur ilmiy markazlar tomonidan bugungi kunda islom faylasuf-olimlarining qo'lyozma asarlarini tadqiq etish, buyuk sarkardalarimizning jasorati va harbiy merosini o'rganish, muqaddas dinimizning sof insonparvarlik g'oyalarini namoyon etish, ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlik va mutaassiblik kabi illatlarga qarshi kurashda ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan boy ma'naviy merosdan foydalanish masalasiga alohida ahamiyat qaratilib kelinmoqda3.

Jumladan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar doirasida ulug' allomalar, xususan termiziy olimlarning ibratli hayoti, boy ma'naviy merosi yoritilgan ommabop risolalar tayyorlash, ularni ta'lim muassasalari o'quvchilariga yetkazib berish an'anasi yo'lga qo'yilgan bo'lib, ushbu tadbir orqali ma'naviy tarbiyaning uzluksiz amalga oshirilishi yo'lida katta qadamlar tashlanmoqda. Chunki, ma'naviy tarbiyada tanaffus, oqsash holatlari yosh avlodda ommaviy madaniyatga ergashish, ma'naviyatsizlik holatlarining paydo bo'lishiga sabab bo'luvchi jarayondir. Shu nuqtai nazardan, ta'lim jarayonida ma'naviy islohotlar aks etishi, mafkuraviy profilaktika izchil olib borilishi maqsadga muvofiq.

"Islom falsafasining otasi", "Ikkinchi muallim" kabi yuksak nomlar bilan sharaflangan bobokalonimiz Abu Nasr Forobiy o'zining dunyoga mashhur "Fozil odamlar shahri" nomli asarida jamiyatni ma'naviy, axloqiy jihatdan kamol toptirish masalalariga alohida to'xtalib, farovon jamiyatni sog'lom tanaga o'xshatganligi bejiz emas. Zero, tana sog'lom bo'lishi uchun undagi barcha a'zolar o'z vazifasini mukammal darajada amalga oshirishi lozim bo'lganidek, jamiyat ham sog'lom bo'lishi uchun undagi barcha muassasalar o'z vazifasini sidqidildan bajarishi, jamiyat a'zolari ma'nan yetuk, axloqan barkamol bo'lib yetishishlari lozim. Forobiyning

3 A. Erkayev. Ma'naviyat — millat nishoni. - Toshkent, "Ma'naviyat", 1997. - B. 149.

404

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ushbu hikmati orqali jamiyat taraqqiyotida ma'naviyatli insonning ahamiyati qay darajada ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilish mumkin4.

Barchamizga ma'lumki, bugungi kunda hayotimizni virtual makondan, media olamdan ayro tarzda tasavvur qila olmaymiz. Mediamakon bitmas-tuganmas bilim, ma'rifat manbai. Shu bilan bir qatorda, milliy mentalitetimizga zid bo'lgan, qadriyatlarimiz, ma'naviyatimizga ziyon yetkazuvchi, destruktiv g'oyalarni targ'ib qiluvchi materiallar ham kam emas. Shularni hisobga olgan holda, bugungi kunda milliy media tizimini takomillashtirish, boy tariximizni, shonli o'tmishimizni, bebaho ma'naviy merosimizni internet olamida keng targ'ib qilish, virtual olamda yoshlar uchun xavfsiz, sof ma'naviy makonni yaratish masalasi kun tartibiga chiqmoqda. Bularni hisobga olgan holda, oliy ta'lim tizimida mediasavodxonlik va axborot madaniyatini shakllantirishga qaratilgan qator darslar o'qitilib kelinmoqda.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda, ma'naviyat murakkab ijtimoiy hodisa bo'lib, uning taraqqiyotiga juda ko'p omillar - siyosat, iqtisod, fan, axloq, san'at, din kabi hodisalar bevosita ta'sir ko'rsatadi. Ushbu omillardan oqilona foydalanish, ulardan "yangi ma'naviy makon"ni yaratish yo'lida foydalanish ma'naviyatli davlat, farovon xalq sifatida shakllanishimizga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Sh.M. Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent "O'zbekiston" nashriyoti, 2021. - 464 bet.

2. E. Umarov. Ma'naviyat asoslari. - Toshkent: "Sharq" nashriyoti, 2005. - 128 bet.

3. A. Erkayev. Ma'naviyat — millat nishoni. - Toshkent, "Ma'naviyat", 1997. -166 bet.

4. O. Musurmonova. Ma'naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. - Toshkent, "O'qituvchi", 1996. - 227 bet.

5. Saidov, S. (2022). "TADBIR UL-MANZIL" RISOLASI-OILAVIY MUNOSABATLAR UCHUN DASTURULAMAL. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 894-897.

6. Saidov, S. A. O. G. L. (2021). IBN AL-MUQAFFANING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(7), 8-14.

4 O. Musurmonova. Ma'naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. - Toshkent, "O'qituvchi", 1996. - B. 71.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

7. Saidov, S. (2022). TARIXIY MANBALARDA KELTIRILGAN IBN AL-MUQAFFA BORASIDAGI MA'LUMOTLAR TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 525-528.

8. Saidov, S. A. O. G. L. (2021). IBN AL-MUQAFFANING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(7), 8-14.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.