Научная статья на тему 'ALIXONTO’RA SOG’UNIYNING ILMIY MEROSI'

ALIXONTO’RA SOG’UNIYNING ILMIY MEROSI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
50
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Dorilfunun / “Tarixi Muhammadiy” / “Turkiston qayg`usi” / “Shifo-ul-ilal” / “Devoni Sog`uniy” / mutarjim. / Dorilfunun / "History of Muhammadi" / "Turkistan Sadness" / "Shifa-ul-ilal" / "Devoni Soguni" / translator.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Pardayeva, Sarvinoz Ro’ziqul Qizi

Mazkur maqolada ikki Turkiston farzandi, muqaddas islom dinining yetuk olimi, tarjimon, shoir, Marshal Ota, Sharqiy Turkiston Jumhuriyatining Birinchi Prezidenti va raisi, tibbiyot olimi Alixonto’ra Sog’uniyning ilmiy merosi haqida ma’lumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTIFIC HERITAGE OF ALIKHANTORA SOGUNI

This article provides information about the scientific heritage of two children of Turkestan, an accomplished scholar of the sacred Islamic religion, translator, poet, Marshal Father, First President and Chairman of the Republic of East Turkestan, medical scientist Alikhantora Soguni.

Текст научной работы на тему «ALIXONTO’RA SOG’UNIYNING ILMIY MEROSI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ALIXONTO'RA SOG'UNIYNING ILMIY MEROSI

Pardayeva Sarvinoz Ro'ziqul qizi

Termiz davlat universiteti 2-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada ikki Turkiston farzandi, muqaddas islom dinining yetuk olimi, tarjimon, shoir, Marshal Ota, Sharqiy Turkiston Jumhuriyatining Birinchi Prezidenti va raisi, tibbiyot olimi Alixonto'ra Sog'uniyning ilmiy merosi haqida ma'lumot beriladi.

Kalit sozlar: Dorilfunun, "Tarixi Muhammadiy", "Turkiston qayg^usi", "Shifo-ul-ilal", "Devoni Sog^uniy", mutarjim.

ABSTRACT

This article provides information about the scientific heritage of two children of Turkestan, an accomplished scholar of the sacred Islamic religion, translator, poet, Marshal Father, First President and Chairman of the Republic of East Turkestan, medical scientist Alikhantora Soguni.

Key words: Dorilfunun, "History of Muhammadi", "Turkistan Sadness", "Shifa-ul-ilal", "Devoni Soguni", translator.

KIRISH

Alixonto'ra Shokirxonto'ra o'g'li (taxallusi Sog'uniy) 1885-yil qutlug' Navro'z ayyomi kuni, ya'ni 21-mart kuni, Qirg'izistonning To'qmoq shahrida o'zbek oilasida tavallud topgan. Bu insonning otalari Shokirxonto'ra asli andijonlik bo'lib, naqshbandiya tariqatiga mansub olim bo'lgan. Shokirxonto'ra xalq orasida Shokirxo'ja eshon nomi bilan mashhur edi. Bu inson islom dinining muqaddas shaharlari Makka va Madinaga haj safarlarida ham bo'lganlar. U o'g'illari Olimxonto'ra va Alixonto'rani o'n to'rt yoshida Hajga olib borib ziyorat qildirib va o'qish uchun Makkayu Madinaga qoldirib keldi. O'sha paytda Turkistonda ham diniy ta'lim olish uchun madrasalar yetarli edi. Madinai munavvaradagi dorulfununlardan birida tahsil olgan Alixonto'ra qiroat, tafsir, hadis, fiqh, nahv, balog'at, mantiq, tabobat, tarix, siyrat, jug'rofiya, nazmu nasr va boshqa fanlar bo'yicha ham yetuk mutaxassis bo'lib yetishgan. Alixonto'raning otalari nafaqat diniy bilim olish, shu bilan birga til o'rganish uchun ham o'sha yerda qoldirib kelgan. Ular u yerda 5 yil tahsil olganlar.

Alixonto'ra Sog'uniy juda ham o'tkir so'zli, chuqur islomiy va tarixiy ilmlar, uyg'ur, arab, fors, turk tillarining bilimdoni bo'lgan.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

"Tarixi Muhammadiy" asari Alixonto'ra ilmiy-adabiy faoliyatining ko'p yillik mashaqqatli mehnati mahsuli hisoblanadi. Mazkur asarning yozilishi kelajak avlod ichki dunyosi qashshoqlanishining oldini olish, azaliy qadriyatlar qimmatini payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam tarixlari bilan tanishtirish orqali saqlab qolish yo'lida qilingan buyuk jihoddir. Bu asar Toshkentda uy qamog'ida o'tirgan paytlarida yozilgan va vasiyatlariga ko'ra O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin 1991 yilda farzandlari nashrdan chiqargan. Unda payg'ambarimiz hayoti batafsil bayon etilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Bilmak kerakkim, har bir musulmon bolasi, xohi er kishi, xohi xotun kishi, xohi yosh, xohi qari, mana shu tubandagi to'rt narsaning tarixini bilishi albatta lozimdur.

I. Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom tarixlari.

II. Qur'oni karim tarixi.

III. Dini Islom tarixi.

IV. Ka'batulloh tarixi.

Shuning uchun, men faqir - Alixonto'ra Shokirxonto'ra o'g'li Sog'uniydurmankim, bizlardin keyingi avlod nasllarimizga va ham boshqa turkiy tillik vatandosh, din qarindoshlarimizga mendan yodgor bo'lsin deb yuqoridagi to'rt narsa tarixini har qandoq kishi tushungudek qilib, ochiq turkiy tilida yozdim. Bu kitobga "Tarixi Muhammadiy", deb ot qo'ydim. Buni o'qiguvchilar faqirni duolarida yod qilib qo'yishlarini umid qilurman"1.

Sermazmun hayotining oxirgi 30 yili davomida Alixonto'ra yozib qoldirgan ulkan ilmiy meros ichida "Turkiston qayg'usi"2 tarixiy asari alohida o'rin egallaydi. Bu asarda u kishining yigitlik va kamolotga yetgan davri xotiralari asosida o'z e'tiqodi, dunyoqarashi, qaysi g'oyalar uchun jonfido bo'lib kurashganlari, nimalarga Vatan ahlini da'vat qilganliklari, suyukli Vatanimiz tarixi saboqlari, kelajak bo'g'inlar ulardan qanday xulosalar chiqarmoqlari kerakligi, Vatanimiz mustaqilligi muqarrar ravishda qo'lga kelishi bashorati, uni mustahkamlash uchun nimalar qilmoq zarur ekanligi to'g'risida chuqur o'y-fikrlar o'z ifodasini topgan va bayon etilgan.

"Turkiston qayg'usi" asari 1966-1973 yillarda Toshkentda yoziladi. Bu davrda sovet mustabid tuzumi kuch-qudratga to'lgan, o'z siyosatini zo'ravonlik bilan nafaqat mamlakat ichkarisida, balki uning uzoq tashqarisida ham o'tkazib turgan p ayt edi. Shu sababli ko'pchilik ziyolilarimiz hukmron maslakka qattiq ishonib, kechayu kunduz uning xizmatida bo'ldilar. Qanchadan qancha yuksak qobiliyat egalari,

1AnHxomypa CoryHHH. Tapuxu My^aMMaguH. 1-khto6. - T.: fflaprç, 2003. - E.3.

2 A^HxoHTypa CoryHHH. TypKHCTOH rçaHrycH. - T., 2003.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

iste'dodli shoir va yozuvchilarimiz bu soxta mafkura kuychilari, tashviqot va targ'ibotchilari edi3.

Alixonto'ra Sog'uniy umri davomida Vatanini ozod va jahondagi ilg'or davlatlar safida ko'rish orzusi bilan yashadi. Ko'p yillar ta'qibda, qamoqda, quvg'inlikda yurgan bo'lsada, mustabid tuzumning qiynoqlariga bardosh berib, qat'iyatli maqsadidan qaytmadi. Faoliyatini, ijodini, kuch-g'ayratini xalqni uyg'otish, ma'rifatli qilish, shu orqali istibdod zanjiridan xalos bo'lishga bag'ishladi.

"Turkiston qayg'usi" kitobida siyosiy-ma'rifiy qarashlarini ifodalab, eng og'ir qiynoq - mustamlakachilikdan xalos bo'lish yo'llarini o'rtaga tashlaydi. O'zbek xalqining betakror madaniyati, mustahkam dini, tili, turmush tarzi, xonliklar davridagi qoloqlik va uning sabablari, Turkistonning Rossiya manfaatlariga tortilishi, Turkiston muxtoriyati, istiqlolchilar harakati, bolsheviklar ofati, kommunistlarning milliy siyosati fojialari muallif nigohidan o'tkaziladi. Ko'pgina tarixiy jarayonlarning tahlilini keltirar ekan, shaxs ma'naviyatining mamlakat taqdiridagi hal qiluvchi kuchini ko'rsatishga harakat qiladi4.

Alixonto'ra Sog'uniy O'rta Osiyoni alohida geosiyosiy yaxlitlikda tasavvur qiladi. Ammo Turkiston zaminining Chor Rossiyasi tomonidan ishg'ol qilinganini achinish bilan tahlil etib, Vatanimiz hududida somoniylar, qoraxoniylar, temuriylar singari qudratli davlatlarni barpo etgan sulolalar va siyosiy yetakchilar faoliyatiga ham to'xtalib o'tadi. Bu bilan mamlakatimiz hududi buyuk sulolalarni boshidan o'tkazgani, tarixiy buyuklikka daxldor ekanligini va shunga mos voris bo'lish lozimligini ta'kidlaydi. Milliy-hududiy chegaralanish natijasida hosil bo'lgan yasama "iston"lar ruslarning mustamlakachiligi asorati - mamlakatni parchalash va kuchsizlantirish, yaxlit hududda ro'y bergan tarixiy jarayondan uzib qo'yish deb tushunadi.

Davlatning xorlikka tushib qolmasligi uchun mudofaa qudratini oshirish lozimligini ta'kidlab, bu mudofaa davlatning qurol-yarog'i, ya'ni harbiy salohiyati hamda xalqning ma'naviy salohiyatidan iborat ekanligini uqtirib o'tadi. Bunday mudofaga hozirlik ko'rilmasa, inson huquqlari va manfaatlari oyoq osti qilinadi va millatning kelajagi shubha ostida qoladi. Chunki: "Ongi ochilmagan, bilimsiz bir millat o'z dushmanlari oldida kushxonaga haydalayotgan bir to'p hayvondan hyech qanday ayirmasi yo'qdir. Insonning o'ziga eng yaqin halokatlik dushmani ongsizlik va ilmsizlikdir"5. Shu bois millat har qanday sharoitda davlat yaxlitligini saqlash, yetakchi davlatga aylanishi uchun harbiy va ilmiy mudofaaga hozirlik ko'rishi zarur bo'ladi.

3 Шокиров У. Алихан тура Согуни. - Т.: Мухаррир, 2013. - С. 12.

4 Ахмедов Т. Алихонтура Согуний карашлари давлат салохиятининг омили. www.daryo.uz

5 Алихонтура Согуний. Туркистон кайгуси. - Т., 2003. - Б.51.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Bu jarayon Alixonto'ra Sog'uniyni qattiq iztirobga soladi: "Bolsheviklar hokimiyati qurilgan kundan boshlaboq, diniy marosimlarimizni asosi bilan yo'qotishga kirishganlikdan hozirgi bolalarimizning diniy hissiyotlari yo'q hisobida qolmishdur. Buning ustiga yana o'z ona tillaridan ham ajrar ekanlar, u chog'da diniy va milliy hissiyotlar butunlay yo'qolib, ko'p uzoqlamayoq ruslarga yutilib ketishlari shubhasizdir"6.

Bu haqda Alixonto'ra Sog'uniy: "Dinsizlik tufayli o'g'irlik, odob-axloqsizlik, bir-biriga hurmatsizlik, vijdonsizlik ko'paydi. Hozirgi madaniyat davrida diyonat bilan taraqqiyot birga yasholmaydi, degan xato fikr oqillar oldida emas, jahon bo'yicha johillar orasida tarqalmishdur. Haqiqatda esa, din poklikdur. Poklikka qurilgan axloqdur. Dinimizning asli aqldur, quroli ilmdur", - deb yozadi7. Demak, dinni asl mohiyati bilan tushunish axloqimizga, odatlarimizga ta'sir etib, shaxsni yomon illatlardan saqlaydi.

Alixonto'raning so'nggi o'ttiz yillik umri Toshkentda o'tdi. Siyosiy ishlardan majburiy ravishda chetlashtirilgan bo'lsa-da, ilmiy, ijodiy va ijtimoiy faoliyatni sobit qadamlik bilan davom ettirdi.

Alixonto'ra tub ma'nosi bilan aytganda, olim edi. Alixonto'ra faqatgina ajoyib she'ru dostonlar yozibgina qolmay, balki ko'p millionli Sharqiy Turkistonni mazlumlikdan ozod qilish harakatiga sardor ham edi. Bu harakat mag'lubiyat bilan yakunlangach, qonxo'rlar iskanjasiga tushib, Stalinning o'limigacha uy qamog'ida bo'ldi, lekin o'z e'tiqodiga sodiq qoldi. Marksizmni o'ziga tumor qilib olib aldangan ko'plab ziyolilar kabi og'ishmadi.

KGBning doimiy nazoratida bo'lsada, 1960 yilda Buyuk Temur haqida she'r yozib, uni avlodlarga qoldirib ketgan8. "Temur tuzuklari tarjimonidan" deb shartli sarlavha qo'yilgan she'r: "Temurdek jahonda kishi o'tmadi, Aningdek o'g'ilni ona tug'madi" satrlari bilan boshlanadi. Alixonto'ra jasoratli fikr egasi - birinchi bo'lib Amir Temur haqidagi haqiqatni qo'rqmay ochiq aytgan. Uning qonxo'r emas, insonparvar, odil bo'lganini va johil emas, aksincha, oqil va fozil jahongir bo'lganini dalillar bilan isbotladi.

Alixonto'ra Sog'uniy 1962 yildayoq ulug' sohibqiron Amir Temurning "Temur tuzuklari"ni eski forsiydan o'zbek tiliga tarjima qiladi. Dastlab "Guliston" oynomasi sahifasida bu kitobning ko'p qismi 1967 yili u kishining jur'atli kirish so'zi bilan bosilib chiqadi.9

6 Yma MaH6a. - E.71.

7A^HxoHTypa CoryHHH. TypKHCTOH rçaHrycH. - T., 2003. - E. 97.

8www.daryo.uz

9 TeMyp Ty3yK^apH. //Ty^HCTOH ^ypHa^H, 1967.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

"Har bir davlat rahbari, podshosi agar "Temur tuzuklari"dan mukammal xabardor bo'lsa va unga amal qilsa, u eng odil, eng qudratli va yengilmas davlat podshosi bo'lishi muqarrar", degandi Sog'uniy.

Yuqorida qayd etilganlardan tashqari, yana bir asari - "Shifo-ul ilal" 10 ("Kasalliklar davosi") sharq tabobatidagi ko'p yillik tajribasi asosida yozilgan. "Shifo ul-ilal", ya'ni "Kasalliklar davosi" deb atalgan nodir tibbiy asarida 200 ga yaqin kasalliklarni muolaja qilishning tajribadan o'tgan usullari tushunarli tilda mufassal yoritilgan. Sariq kasalining yigirma uch turi mavjud bo'lib, shundan 22 tasiga shifo bor, ko'p hollarda esa qolgan bittasiga ham shifo bor ekan.

Alixonto'ra Sog'uniy mojor olimi Hyerman Vamberining "Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi" 11 asarini usmonli turkchadan o'zbekchaga, Darveshali Changiyning "Musiqa risolasi", Ahmad Donishning "Navodir-ul vaqoye" kitobini forscha-tojikchadan tarix fanlari nomzodi, dosent Abdurahmon Hamroyev hamkorligida tarjima qilgan. Kitob "Fan" nashriyoti tomonidan 1964 yilda chop qilingan12.

Umuman olganda, jadidchilar singari xalqni ma'rifatga, uyg'oqlikka va milliy tiynatdan uzoqlashmaslikka chaqirgan Alixonto'ra Sog'uniy xalqini va ona Vatanini ozod ko'rishni istadi va davlat salohiyatini oshirish va mustaqillikka erishishda xalqning ma'naviy salohiyati, onglilik darajasi, tarixiy xotirasi, milliy va diniy tuyg'ulari, siyosiy yaxlitligi va hokimiyatning siyosiy tabiati muhim o'rin tutishini jiddiy tahlil qildi. "Turkiston qayg'usi" kitobida mustabid hokimiyatning yemirilishi tabiiy ekanligini ko'rsatib berdi va davlatning siyosiy mavqyei va salohiyatini belgilab beruvchi omillarni, tarixiy xotirani, bunyodkor qudratini tahlil etish bilan birga, ma'naviy tahdidlarga berilish va boshqa madaniyat ta'siriga tushish milliy va diniy hisdan uzoqlashtirishini, milliy va diniy hisdan mosuvo bo'lish esa xalqni o'zligidan judo qilishini ta'kidlab o'tdi. Shunday ekan, bugungi globallashuv va "ommaviy madaniyat" tahdidi sharoitida Alixonto'ra Sog'uniy qarashlari va ilmiy merosining ahamiyati katta.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Anuxornypa CoryHHH. Tapuxu MyxaMMagHH. 1-khto6. -T.: fflapK, 2003.

2. Anuxornypa CoryHHH. TypKHCTOH Kañrycu. - T., 2003.

3. ffloKHpoB Y. AnuxaH Typa CoryHH. -T.: Myxappup, 2013.

10 A^HxoHTypa CoryHHH. fflu^o y^-H^a^ (Kaca^HK^ap gaBocu). //fflap^ ro^gy3H, 6-coh, 1996.

11 BaMÖepu X,. Eyxopo ëxyg MoBapoyHHa^p Tapuxu. - T., 1990.

12 Xy^aMÖepgueB Ë. CoryHHH. - T.: Sharq, 2018. - E. 362.

XULOSA

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

4. AxMegoB T. AnHxornypa CoryHHH KapamnapH gaBnaT canox,HflTHHHHr omhhh. www.daryo.uz

5. TeMyp Ty3yKnapu //rynHCTOH ^ypHanu, 1967.

6. AnHxornypa CoryHHH. fflu^o yn-unan. (KacannHKnap gaBOCH) //fflapK wngy3H, 6-COH, 1996.

7. AnHxornypa CoryHHH (Tap®;.). X,epMaH BaMÖepu. Eyxopo ëxyg MoBapoyHHaxp Tapuxu. - T.: 1990.

8. Xy^aMÔepgueB Ë. CoryHHH. - T.: Sharq, 2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.