SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
MUHOJIR AMIR TARIXIDAN LAVHALAR
Nishonova Zarnigor Raxmonberdiyevna,
O'zbekiston xalqaro Islom Akademiyasi, "Islom tarixi va manbashunosligi - IRCICA" kafedrasi, 70220307 - Tarix (islom sivilizatsiyasi) mutaxassisligi 1 - kurs magistranti
ANNOTATSIYA
Men ushbu maqolada, umri shohlikda boshlanib, muhojirlikda poyoniga yetgan, Buxoro Amirligining so 'ngi Amiri - Amir Sayid Olimxonning muhojir bo 'lib o 'zga yurtga ketish sabablari, shuningdek, uning muhojirlikda kechgan hayoti to 'g 'risida manbalar va ilmiy tatqiqotlarga tayangan xolda ma 'lumot berishga harakat qildim.
Kalit so'zlar. Amir Sayyid Olimxon, Buxoro, Karmana, Afg'oniston, "Izvestiya" gazetasi, "Buxoro xalqining xasrati tarixi", "Tarixiy nofe", "Buxoro Turkiston beshigi " O 'zbekistonning yangi tarixi 2-kitob, "Turon " jamoasi.
Tarix insoniyat uchun eng yaxshi ustoz o'laroq xizmat qiluvchi eng muhim va ahamiyatli fandir. Zero har bir inson o'z tarixiga befarq bo'lmagan xolda uni o'rganar ekan, o'tmishda yo'l qo'yilgan xato kamchiliklardan to'g'ri xulosa chiqarishi, shuningdek, yutuqlaridan unumli foydalanib, ularni hayotda to'g'ri qo'llay bilishi lozim. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan tarix ilmini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratib, bu borada ko'plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2021-yil 19-yanvar kuni yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida bo'lib o'tgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishida tarix sohasiga oid o'z fikrlarini bildirib shunday degan edi: "Yoshlarni vatanparvarlik, milliy iftixor ruhida tarbiyalash, buning uchun tarixni yaxshi o'rgatish, bu yo'nalishdagi ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimdir. - Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy ta'siri bo'lmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o'rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur" 1 - degan edi davlatimiz rahbari.
Darhaqiqat, uzoq o'tmishga ega vatanimiz tarixi bizlar uchun haqiqiy ibrat maktabidir. Men ushbu maqolada umri shohlikda boshlanib, muhojirlikda poyoniga
1 https://m.aniq.uz/uz/yangiliklar/shavkat-mirziyoev-milliy-tarixni-milliy-ruh-bilan-yaratish-kerak-aks-holda-uning-tarbiyaviy-tasiri-bulmaydi
KIRISH
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
yetgan Buxoro Amirligining so'ngi Amiri - Amir Sayid Olimxonning muhojir bo'lib o'zga yurtga ketish sabablari, shuningdek, uning muhojirlikda kechgan hayoti to'g'risida manbalar va ilmiy tatqiqotlarga tayangan xolda ma'lumot berishga harakat qildim.
Adabiyotlar tahlili va metadologiya
Maqolaning asosiy qismini yoritishda va mavzu yuzasidan xulosa berishda, Amir Sayid Olimxonning "Buxoro xalqining xasrati tarixi", Muhammad Ali Baljuvoniyning "Tarixiy Nofeiy", Sayid Mansur Olimiy "Buxoro Turkiston beshigi" kabi manbalardan va O'zbekistonning yangi tarixi 2-kitob, T. F. D. Baxrom Irzayev "Qonga botirilgan Buxoro, o'ldirilgan farzandlar, qaytarilmagan pullar - Amir Olimxonning ko'rgiliklari" nomli maqolasidan va internet resurslaridan foydalanildi. Tadqiqot jarayonida qiyosiy tarixiy, tahlil usulidan foydalanildi.
Tahlil va natijalar
Amir Sayyid Olimxon hijriy 1298-yil muharram oyining 15-kuni, ya'ni milodiy 1881-yil Karmanada tug'ildi. 13 yoshida otasi Amir Abdulahadxon buyrug'i bilan harbiy ta'lim olish uchun Peterburgga borib "Nikolayevsk" korpusida harbiy muhandislik mutaxassisligi bo'yicha 1893-1896-yillarda tahsil olib, Buxoroga qaytdi. Hokimiyat tepasiga kelgunga qadar, u dastlab Nasaf, keyinchalik Karmana xukmdori sifatida faoliyat olib bordi. Amir Sayyid Olimxon 1911-yil Buxoro taxtiga o'tirdi va 1920-yilgacha yarim mustamlaka xoldagi Buxoro Amirligini boshqardi. Buxoro Amirligi va uning so'ngi amiri - Sayid Olimxonning achchiq qismati ko'pchilikka ma'lum. 1917-yil Rossiyada bo'lib o'tgan inqilob, Turkistonga ham o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. Oqibatda 1920-yilda davlatchiligimiz tarixida muhim ahamiyatga ega bo'lgan Xiva xonligi va Buxoro Amirligi butkul tugatildi2. Amir Sayid Olimxonning tug'ilib voyaga yetgan, shuningdek o'zi va ajdodlari hukmronlik qilgan vatani bo'lmish Buxoroni tashlab ketishga majbur bo'lganligi ushbu davrga oid manbalarda va tarixchi olimlarning tatqiqotlarida turlicha bayon qilinadi. Ba'zi manbalarda Amir Afg'onistonga qochdi deyilsa, ba'zilari esa ko'chib o'tishga majbur bo'ldi deb guvohlik beradi. O'sha davrda yuz bergan siyosiy voqealarga ko'ra Amir Buxoro Amirligini o'z tasarrufida saqlab qolish uchun chet davlatlardan Angliya va qo'shni davlat Afg'onistondan yordam olishga harakat qilgan. Ammo bari besamar ketdi.
Angliya Buxoroga yordam berishdan manfaatdor emas edi. Afg'oniston garchi Bolsheviklar bilan munosabatlari yomonlashishidan xavotirda bo'lsada, Buxoro Amirligi bilan uzoq yillik din qardoshligi sababidan bu masalaga befarq qaramadi. Bolsheviklar Buxoroga xujum qilgan vaqtda, Buxoro himoyasi uchun Afg'oniston
2 Halim To'rayev. "Buxoro tarixi". O'quv qo'llanma. "Durdona" nashriyoti Buxoro - 2020. B. 67.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
madad kuchlari yuborgan. Muhammad Ali Baljuvoniyning "Tarixiy Nofeiy", ya'ni foydali tarix asarida ushbu voqealarni quydagicha bayon qiladi. "Afg'onlar jamoasi Mazori Samarqand darvozasida turganlarida Rusiya askari shaharga kirib, Buxoroni egallab oldi. Afg'onlar dastasi ish qo'ldan ketganligini fahmlab, qurol yarog'larini olib piyoda Sitorayi Mohi xosaga, Amir xuzuriga kelib, "Amir sohib! Buxoroni ruslar qo'liga berdik, boshqa iloj qolmadi", dedilar. O'sha kunlari to'p zarbi va aeroplan dastidan Sitorayi Mohi xosa xam ancha xarob bo'lgan edi3.
Amir Afg'onlar boshlig'idan so'radi: "Jeniral (general) soxib, bu hodisaga iloj qilsa bo'ladimi?". Jeniral soxib o'rnidan turib: "Yo Amir al - mo'minin, Rusiya askarlari Xavzi Devonbegi labida hozir jang qilmoqdalar. Xayriyatning iloji yo'qdir, endi jonimizni saqlash uchun o'zimizni bir burchakka olishimiz lozim. Jon omon bo'lsa har bir ishning iloji asta - sekin bo'lar. Hozir Sitorayi Moxi xosada 2 millionga yaqin odam bordur", - deb javob qildi. Soat peshin vaqti ikki edi. Amir o'ziga sodiq bo'lgan afg'onlardan bu so'zlarni eshitib, yuragidan oxi purso'z chiqardi-da: "Taqdir firoqda ekan", - deb tayyor xurjinini foytunga tashlab o'zi ham chiqdi. Boshqa izvoshga xazinadagi bir odam ham o'tirdi. Uchinchi foytunga 5-6 nafar musallah odamlar miltiq - pulemyotlar bilan chiqishdi. 5-6 foytun va ikki - uch ming nizomiy askar bir - birlari bilan vidolashib, ming dodu faryod bilan qochishga jazm etdilar4.
Muallif o'sha davrda buxoroda yashab voqealarga bevosita guvoh bo'lganligi sabab, uning asari manba sifatida ahamiyatli hisoblanadi. Yuqorida keltirilganidek Amir Afg'onistonga ketishga majbur bo'lgan. U Afg'oniston hukumati tomonidan yaxshi kutib olingan bo'lsada, ammo uning xuquq va erkinliklari birmuncha cheklangan edi.
Amirning mashaqqatli muhojirlik hayoti haqida uning Afg'onistonda tug'ilgan farzandi Sayid Mansur Olimiyning "Buxoro - Turkiston beshigi" nomli asaridan ko'plab ahamiyatli ma'lumotlarni olishimiz mumkin. Xususan, Amirning Afg'oniston hukumati tomonidan kutib olinishi va unga bo'lgan munosabat qanday bo'lganligi haqida quyidagicha ma'lumotlarni keltirgan. Afg'oniston davlati tarafidan Amir Olimxon va uning hamrohlari uchun Xusayn kavt bog'i ajratilib, Amir uchun 12 ming afg'oni maosh belgilandi. Istiqomat joyi Hoshimxon bog'iga, bir yildan so'ng esa Murodbek qal'asi bog'iga ko'chirildi. To'rt oydan so'ng Amir Olimxon qarorgohi Hashmat qal'asida voqe bo'ldi. Oxiri Qobuldan 11 kilometr uzoqlikda joylashgan Futuh qal'asining bog'i Amir qarorgohiga aylandi. Bu joy Amir va uning hamrohlariga hamda tobeinlariga doimiy yashash uchun bepul in'om etildi. Amir xavfsizligini ta'minlash nuqtai nazaridan unga Futuh qal'asidan tashqariga chiqish
3 Muxammad Ali Baljuvoniy. "Tarixi Nofeiyiyiyiy" (Foydali tarix). "Akademiya nashriyoti". Toshkent -2001. B. 55.
4 Muxammad Ali Baljuvoniy. "Tarixi Nofeiyiyiyiy" (Foydali tarix). "Akademiya nashriyoti". Toshkent-2001. B. 56.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
afg'on xukumati tomonidan man qilingan edi. Agar zarurat yuzasidan tashqariga chiqqanda maxsus bir guruh uni muhofaza qilib yurardi. Bu narsa Amir Olimxonning tashqi dunyo bilan aloqasini uzib qo'yishning bir vositasi edi5.
Amir sayid Olimxon Afg'onistonda yashab ham Buxoroni Bolsheviklardan qaytarib olish fikridan qaytmadi va bu yo'lda harakatdan to'xtamadi. U muhojirlikda yashab Buxoro ozodligi uchun ayovsiz kurash olib borgan Buxoro mujohidlarini moddiy tomondan qo'llab quvvatladi. Bu voqealarni Amir Olimxon o'zining Buxoro xalqining xasrati tarixi nomli asarida shunday eslaydi: "Bir oy Afg'oniston davlatida mehmon bo'ldim. Shu muddat bir necha bor afg'on Amiri bilan muloqot qildim. Afg'on Amiri o'z yordamini "erta - indin" - deb orqaga surardi va buning poyoni ko'rinmasdi. Shuning uchun taqdirga tan berib dorul saltana Kobulda qurol aslahani qo'lga kiritib, so'ng uni Buxoro mujohidlariga yuborish maqsadida yashay boshladim"6. O'sha davr haqida ma'lumot beruvchi qator manbalarda keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, Afg'onistonga kelgan dastlabki kunlarda Amir sayid Olimxon o'zining ishonchli kishilari vositasida Hindiston, Eron va Afg'onistondan shaxsiy puliga bir qancha qurol - aslaha sotib olib Buxoroga yuborgan. Ammo bu harakatlaridan tez orada Afg'oniston hukumati xabar topib, Amir harakatlari kuchli nazoratga olingan.
Amir Afg'onistonga muxojir bo'lib ketgan vaqtda Buxoroda oilasi va yaqinlaridan 64 nafari qolib ketganligi to'g'risida arhiv xujjatlari va bu borada olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda ma'lumotlar keltirilgan. Xususan, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori Baxrom Irzayev o'zining "Qonga botirilgan Buxoro, o'ldirilgan farzandlar, qaytarilmagan pullar - Amir Olimxonning ko'rgiliklari" nomli maqolasida, Amirning Buxoroda sovetlar qo'lida qolib ketgan yaqinlari va farzandlari qismati to'g'risida shunday ma'lumotlarni keltirib o'tadi:
Amir Olimxon xorijga chekinarkan, Buxoroda xotinlari, farzandlari va yaqin qarindoshlarining 64 nafari qolib ketgan. 1936-yil 20-aprelda "Salim" laqabli xufiyaning sobiq Amir qarindoshlari haqidagi axboroti ham o'zida juda ko'p qimmatli ma'lumotlarni qamraydi. Amir Olimxonning uch farzandi Sultonmurodxon (1910), Abdurahimxon (1911) va Shohmurodlar (1911) sovetlar qo'lida qolib ketgan edi. 1921-yildan Sultonmurodxon, Shohmurodlar Amir dodhosining o'g'li Ne'matjon Shamsiddinov bilan Moskvadagi Buxoro maorif uyida tahsil olishgan. Amirning to'ng'ich o'g'li Sultonmurod nogiron bo'lib, bir oyog'i tug'ma falaj edi. Nogironligiga qaramay, Moskvadagi korxonalardan biriga ishga kiradi. 1932-yildan ingliz tilini o'rganishga kirishadi va uning birdan bir orzusi otasi, yor-birodarlari
5 Sayid Mansur Olimiy. "Buxoro-Turkiston beshigi". "Buxoro" nashriyoti. Buxoro-2004. B. 105.
6O'sha asar. B. 107.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
bilan diydorlashish edi. Aynan shu harakati uchun sho'ro dushmanining o'g'li degan ayblov bilan qamoqqa olingan va hibsda bedodlikka qarshi ochlik e'lon qilgan holda jon taslim qilgan. Boshqa ma'lumotga ko'ra, ish vaqtida qaynab turgan qozonga tashlab yuborib o'ldirishgan7. 1932-1933-yillarda Sayyid Olimxon farzandlarini Afg'onistonga keltirish uchun, Afg'onistonning Moskvadagi elchisi Muhammad Azizxondan yordam so'raydi. Elchi Moskvada Abdurahimxon bilan uchrashib, suhbatlashadi. O'z navbatida Abdurahimxon tegishli idoralarga ariza bilan murojaat qilib, otasining huzuriga ketishga ruxsat olmoqchi bo'ladi. Xatto, elchixona xodimlari orqali otasi bilan yozishmalar qiladi. Lekin harakatlari zoye ketadi. Abdurahimxon 1937-yil Afg'onistonga otamning oldiga ketaman degani uchun Moskvada otib tashlangan. Amirning kenja o'g'li Shohmurodning taqdiri akalaridan boshqacha kechdi. Ushbu maqolada keltirilishicha, 1929-yil "Izvestiya" gazetasida Shohmurod nomidan "Buxoro Amirining o'g'li otasiga shunday deydi" sarlavhali maqola e'lon qilindi. Unda o'g'il o'z otasini oshkora oq qilganini aytadi. U 1985-yilda Moskvada vafot etgan8.
Vatanga qaytishdan umidini uzmagan Amir Olimxon muxojirlikda bo'lsada farzandlari tarbiyasiga va ta'lim olishiga alohida ahamiyat qaratgan. U o'z farzandlariga ingliz, urdu tillarini o'rgatish uchun ikkita o'qituvchi yollagan. Ammo, Muhammad Nodirshoh zamonida ham Amirning Afg'onistonda tug'ilgan farzandlari oliy ma'lumot olish huquqidan mahrum edilar. Ularga bir shahardan ikkinchisiga ko'chib yurish, yer-suv sotib olish huquqi ham berilmagan.
Amir Olimxon bo'sh vaqtlarida ov qilishni yaxshi ko'rgan. Ma'lumotlarga ko'ra, Afg'onistonda ko'proq falsafa va adabiyot bilan shug'ullangan. Qal'ai Fotuhda "Bedilxonlik" hamda she'riyat kechalari o'tkazgan. Xatto, Qobulga kelgan bir futbol jamoasi bilan muhojir o'zbeklarning "Turon" jamoasi o'rtasida futbol musobaqasi uyushtirib, yaxshi o'yin ko'rsatganlarga sovg'alar ulashgan. U muhojirlikka mahkum etilgan ko'plab vatandoshlari singari ona-yurti va Buxoroda qolgan yaqinlari, farzandlari sog'inchida yashadi. Amir Sayyid Olimxon umrining oxirida ko'zi ojiz bo'lib qolgan. U og'ir dardga chalinib uzoq davom etgan xastaliklardan so'ng 1944-yil 28-aprelda Qal'ai Fotuhda vafot etgan va Kobul yaqinidagi "Islom shahidlari" qabristoniga dafn etilgan. Sayyid Olimxonning 22 farzandi bo'lib, ularning barchasi -12 o'g'li va 10 nafar qizi turli davlatlarda yashab qolgan. Ayni damda Turkiya, Eron, AQSH, Kanada, Saudiya Arabistoni va Yevropa davlatlarida Amir sulolasining taxminan 700 nafar vakili bor9.
7 https://kun.uz/uz/50475428
8 Amir Sayid Olimxon. "Buxoro xalqining xasrati tarixi". "Fan" nashriyoti. Toshkent-1991. B. 15.
9 Amir Sayid Olimxon. "Buxoro xalqining xasrati tarixi". "Fan" nashriyoti. Toshkent-1991. B. 16.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Yurtimiz mustaqillikni qo'lga kiritgach, boshqa sohalar qatori tarix ilmiga ham alohida e'tibor qaratildi. Xususan, tarixiy haqiqatni tiklash, shuningdek, sovet davrida turli sabablar bilan turli chet davlatlarga muhojir bo'lib ketgan vatandoshlarimiz bilan aloqalarni tiklash va ularni vatanga qaytarish masalasida birmuncha ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, 1993-yil mustaqilligimizning ikki yilligi munosabati bilan Amirning xorijdagi avlodlari birinchi Prizidentimiz I.A.Karimovga tabriknoma yuboradilar. O'z navbatida birinchi prizidentimiz ham Amir avlodlariga ijobiy javob maktubini yo'llagan10. Bu kabi ezgu ishlar bugungi kunda ham davom etib, o'z samarasini bermoqda.
Xususan 2023-yil 6-7-martda O'zbekistonda jadidchilik harakatining goyaviy asoslari, maqsad va vazifalariga qaratilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib otdi. Ushbu anjumanga Amir avlodlaridan vakillar ham tashrif buyurdi. Rost24 muxbirlari anjuman doirasida Amir Said Olimxonning nabirasi Binafshaxonim Xotun o'g'li va uning turmush o'rtog'i Nuriddin Xotun o'g'li bilan suhbatlashdi. Amir Sayid Olimxon haqida salbiy qarashlar ham mavjudligi hech kimga sir emas. Ushbu suhbatda Binafshaxonim bobosiga nisbatan shakllangan qarashlarga nisbatan quyidagicha munosabat bildirdi: — Ota-bobolarim haqida haqiqatlar yuzaga chiqadi qachondir, albatta, yangi qarashlar bilan. Mening bobom xoin bolmagan, ular haqida noto'g'ri tushunchalar ham bor. Va bu fikrlar, ishonamizki qachondir o'zgaradi. O'zbekistonga ilk kelishim. Juda hayajondaman. O'zimni baxtli his qilayapman. Bizni yaxshi kutib olishdi, koshki avvalroq kela olganimda. Inshaalloh, endi tez-tez kelishga harakat qilaman. O'zingni ota-bobolaringning yurtida ekanligingni his qilish, albatta, boshqacha11. (Ma'lumot uchun, Binafshaxonim Amir Olimxonning kenja farzandi bolmish Said Abdulsattor Olimxonning qizi)
Xulosa o'rnida takidlash lozimki, yurtimiz tarixida o'ta ziddiyatli va murakkab kechgan sovet davrida turli xil sabablarga ko'ra o'zga yurtlarga muxojir bo'lib ketgan vatandoshlarimiz tarixiga befarq bo'lmagan xolda ularning tarixini yanada ko'proq va haqqoniy o'rganishni davom etdirish va uni kelajak avlodga yetkazish tarix tadqiqotchilarining dolzarb masalalaridan biri bo'lib qolaveradi. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, Buxoroning so'ngi Amiri Amir Sayid Olimxonning muxojirlikda yashayotgan avlodlari bilan aloqalar tiklanib, ularning o'z ota yurtlariga bemalol tashrif buyurishlari uchun yetarlicha sharoit va imkoniyatlar yaratilayotganligi quvonarli xoldir.
10 https://kun.uz/uz/50475428
11 https://rost24.uz/oz/news/1498
XULOSA
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):
1. Muxammad Ali Baljuvoniy. "Tarixi Nofeiy" (Foydali tarix). "Akademiya nashriyoti". Toshkent-2001. B. 55.
2. Amir Sayid Olimxon. "Buxoro xalqining xasrati tarixi". "Fan" nashriyoti. Toshkent-1991. B. 12.
3. Sotimjon Xolboyev. "Buxoro Amirligining oltin xazinasi" (Tarixi, taqdiri va taxlili). Toshkent - 2020. B. 42.
4. Sayid Mansur Olimiy. "Buxoro-Turkiston beshigi". "Buxoro" nashriyoti. Buxoro-2004. B. 105.
5. Halim To'raev. "Buxoro tarixi". O'quv qo'llanma. "Durdona" nashriyoti Buxoro - 2020. B. 67.
6. O'zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. "O'zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida". "Sharq" nashriyoti. Toshkent-2000.
7. Nurettin HATUNOGLU. "BUHÂRA EMÎRLÎGÎ'NÎN SON HÜKÜMDARI ÂLÎM HAN'IN AFGANÎSTAN'DA ÖLÜMÜ VE SONRASINDA YAÇANAN GELÎÇMELER" Asya Araçtirmalari Dergisi | Sayi: 2 / Cilt: 2 / ISSN: 2667-6419
8. https://m.aniq.uz/uz/yangiliklar/shavkat-mirziyoev-milliy-tarixni-milliy-ruh-bilan-yaratish-kerak-aks-holda-uning-tarbiyaviy-tasiri-bulmaydi
9. https : //oyina.uz/uz/article/2123
10. https://kun.uz/uz/50475428
11. https://rost24.uz/oz/news/1498
12. https ://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/matbuot/mustaqillik-matbuoti/nusratillo-naimov-alinazar-egamnazarov-amirning-avlodlari-1992