ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
QASHQADARYOLIK QORBOSHILAR QISMATI
Shahboz Shuhrat o'g'li Shamsiddinov
Qarshi davlat universiteti magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada XX asrning 20-yillarida Qashqadaryo vohasida bo'lib o'tgan milliy-ozodlik kurashlariga boshchilik qilgan qo'rboshilarning vohadagi qarshilik harakatlariga boshchilik qilishi, olib borgan faoliyati va taqdiri tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar: Qo'rboshi, "bosmachi", sovetlar, qatag'on, to'qsoba, dodxoh, qarshilik harakati.
The article analyzes the activities and fate of the soldiers who led the national-liberation struggle in the Kashkadarya oasis in the 20s of the 20th century.
Keywords: korboshi, "basmach", soviets, repression, toksoba, dodkhoh, resistance movement.
1917-yilda Rossiya imperiyasi agMarilgandan so'ng Turkiston Muxtoriyati tuzish uchun boshlangan harakatlar "Qoqon fojeasi" bilan yakun topgach Farg'ona vodiysida milliy-ozodlik harkatlari boshlanib ketdi. Bu harakatalarga boshchilik qilganlar esa qo'rboshilar deb atala boshlandi. Bunday harakatlar keyinchalik mintaqaning boshqa hududlarida ham bosh ko'tardi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Jumladan, O rta Osiyodagi uch xonliklar davrida Buxoro amirligi davlati tarkibida boTgan Qashqadaryo vohasida ham 1920-yilda amirlik hokimiyati agMarilib, 1921-yilda Buxoroning so'nggi amiri Sayid Olimxonning Afg'onistonga qochib ketganidan so'ng boshlangan. Buxoro amirligi qulatilgandan so'ng dastlab g'arbiy Buxoroda, so'ngra sharqiy Buxoroda qarshilik harakatlari avj oladi. Amir Olimxonning o zi ma lum bir muddat bu qarshilik harakatlarga bosh bo lish harakatida bo'lgan, biroq 1921-yilgi magTubiyatidan keyin oila azolari va yaqinlari bilan birgalikda qo'shni Afg'oniston davlatiga qochib ketadi. Shunday boTsa-da amirlik hududlarida boshlanib ketgan qarshilik harakatlari to'xtab qolmagan. Jumladan, Qashqadaryo vohasida ham 1920-1922-yillarda qizil istibdodga qarshi yalov ko'targan qo'rboshilardan Tangri Berdi
ABSTRACT
KIRISH
dodxoh, Eshqul dodxoh, Doniyorbek, Ibrohimbek, Avliyoqulibek,
November, 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
Bozorbek, Mavlonbek, Mulla Abdurahmonbek, Mulla Juma Qoravulbegi, Gul oqsaqol (Koson tumani ijroqo'mi raisi), Eshqul Tursun (dehqon), Bahrom boyvachcha, Mulla Abduroziq, Mulla Abdusattor To'raboy, Mulla Muhammad To'raboy, Mulla Muhammad Ali, Ochilbek, Xoliqulibek, Bahrombek, Xo'jamqul, Qodir polvon va boshqalarning har qaysisi qo'l ostida 50 dan 400-500 tagacha yigiti bo'lgan[1].
Mazkur qo'rboshilar va ularning qo'l ostidagi yigitlari vohada milliy-ozodlik kurashini olib borganlar. Biroq oz davrida bularga nisbatan "bosmachilik" tamg'asi bosildi va xalqning ularga bo'lgan xayrixohligini o'zgartirishga harakat qilindi. Bugungi kun nazari bilan qaraganimizda, ular ko'pchiligi aslida yurt ozodligi uchun kurashlarga boshchilik qilgan qo'rboshilardan bo'lganligi ayon bo'lmoqda. O'z vaqtida va undan keyingi to mustaqillikkacha bo'lgan davrda ularning harakatlariga nisbatan ishlatilgan yot tushunchalardan tozalash va asl haqiqqatlarni yuzaga chiqarish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
Qashqadaryo vohasida o'tgan asrning 20-yillarida bo'lib o'tgan qarshilik harakatlari va ularga boshchilik qilgan qo'rboshilarning faoliyatiga bag'ishlanagan sovet davrda bosmadan chiqqan davriy matbuot nashrlarida e'lon qilingan maqolalarga nazar tashlaydigan bo'lsak, ko'pchilik holatlarda ushbu harakatlar salbiy jihatdan yortilganligi va ularga nisbatan "bosmachilik" nomi talqin etilganligini guvohi bo'lamiz. Ushbu maqolalarning deyarli barchasida "bosmachi"larning oddiy xalqqa qilgan "qilmish"lari ularga qarshi xalq vakillarining "kurash"lari yortilgan.
"Galaba" gazetasining 1987-yil 10-noyabr sonida "Otam haqida" deb nomlangan maqola bosilgan. Maqola muallifi: Isomiddin Fattohov Quybishev nomli maktabda matematika fani o'qituvchisi sifatida faoliyat ko'rsatgan, shuningdek boshlang'ich partiya tashkiloti sekretari bo'lgan. Maqolada keltirilishicha, otasi Abdufattoh G'afforov bilimli kishi bo'lib, arab yozuvidagi kitoblarni qiynalmay o'qigan. Uning bobosi dong'i ketgan tabib o'tgan, tog'asi esa kitoblarni muqovalash ishlari bilan shug'ullangan.
Abdufattoh G'afforov 1920-yilda Buxoro Xalq Respublikasining birinchi qurultoyida kitoblik 3 ming kambag'al dehqon va hunarmandlarning vakili sifatida qatnashgan. Bu paytda u 19 yoshda bo'lgan. Ayni shu yildan uning jo'shqin komsomollik faoliyati boshlangan. Kitobda birinchi Komsomol yacheykasini tuzishda faollik ko'rsatib, tez orada a'zolari sonini 100 kishiga yetkazgan. Ushbu komsomollarning keyingi faoliyati yer islohoti o'tkazish, yangi maktablar ochish kabi ishlar bilan birgalikda "bosmachilar"ga qarshi kurashni ham
qamrab olgan. Shu tariqa ularning "bosmachilar" bilan
November, 2022
to'qnashuvlari ham bo'lib o'tgan. Maqolada ularning aynan Tangri Berdi dodxoh yigitlari bilan kurshganligi qayd etilgan.
... 1925-yilni otam xo'rsinib xotirlardi. O'shanda Denovbola qishlog'ida bosmachilar bilan bo'lgan og'ir kurashda otam boshidan va o'ng qo'lidan yaralanib, uyga qaytganida xonadonda fojea yuz bergan ekan. Suiqasd uyishtirish maqsadida uyimizga kechasi bostirib kirgan Tangri Berdi dodxoh kallakesarlari otamning qayinsinglisi homilador Sharofat Pardayevani otib o'ldirib, xotini Salomat Pardayevani o'zlari bilan olib ketishibdi. Buvimni o'g'lini topib bermaganlikda ayblab, rosa kaltaklashibdi [2].
Shundan so'ng Abdufattoh G'afforov davlat idoralari bilan hamkorlikda Tangri Berdi dodxohni qo'lga tushirishdi qatnashganligi ham qayd etilgan. Shuningdek maqolada biz kitoblik komsomolchilar tomonidan kurash olib borilgan bosmachi galalarga boshchilik qilgan shaxslar nomlari orasida Tangriqul qo'rboshi, mulla Roziq, Ochildov, Xudoyberdi, Mamadali to'qsoba, Elbek, Ibrohimbek kabilarni ham ko'rishimiz mumkin.
"Avangard" gazetasining 1991-yil 30-mart sonida O'rol G'oyibnazarovning "Shahidlarga etamiz tazim" nomli maqolasi chop etilgan. Ushbu maqolada ham xalq va "bosmachilar" o'rtasidagi kurash jarayonlaridan lavhalar berib o4ilgan. Bu maqolada biz Yakkabog' tomonlarda qo'rboshilik qilgan Jabborbek ismini uchratamiz.
- 1922-yilning kuzi edi. Biz hali yosh edik. Mirza Odil xoinlik qildi, - eslaydi o'sha kunlarni faxriy chekist Yusuf ota Niyozov, - u 70 nafar chekistga bosmachilar to'dasiga qarshi o'q uzmaslikni buyurdi va o'zi qochib qoldi. Bosmachilar tomonidan birinchi galda G'ulom militsioner otib tashlandi. Beklik qo'rg'onida ikki jasur yakkabog'lik - Yakkabog' tuman inqilob qo'mitasi kotibi, firqa a'zosi mulla Shukur Xolmurod xoji o'g'li va chekist, o'ta qo'rqmas va mergan Ashur qo'r Bobomurod o'g'li qolgan edilar. Ular Mirzo Odilning xoinligini sezib qolishganlar. Pistirmadan turib ikkisi ikki joydan bosmachilarga hujumga qarshi o'tdilar. Ular o'ndan ortiq kallakesarlarni yer tishlatishdi. Biroq, 1,5-2 ming kishilik bosmachilar galasiga bas kelib bo'larmidi.
Qo'rboshining buyrug'iga binoan o'qi tugab, otishuvdan to'xtagan inqilob himoyachilari tiriklay qo'lga olindi. Shundan so'ng Jabborbek Yakkaboqqa bir hafta bek bo'ldi [3].
Ushbu maqolada nomi keltirilgan Jabborbek qo'rboshining faoliyati yoritilgan boshqa manbalarga nazar tashlaydigan bo'lsak, u bilan birgalikda o'z vaqtida Qashqadaryo okrug militsiya bo'limi boshlig'i Doniyorbeklar viloyatda ko'zga ko'ringan amaldorlar va
November, 2022
411
ruhoniylarga rahbarlik qilgan holda Shahrisabz va G'uzor uyezdlarida kuchli va jips guruhlar tuzishga muvaffaq bo'lganligi va ularning Afg'onistondagi muhojirlar bo'lmish Buxoroning sobiq amiri Sayid Olimxon qarorgohi bilan bog'langanligi keltirib o'tilgan [4].
Qo'rboshilar va mahalliy aholi bilan o'rtasida kurash kechmagan deya olmaymiz. Afsuski bunday holatlar ham yuz bergan. Bunga esa o'ziga xos holatlarni sabab qilib ko'rsatish mumkin. Qarshilik harakatlari boshlangan dastlabi kezlarda aholi qo'rboshilar yigitlarini qo'ldan kelgancha oziq-ovqat va kerakli anjomlar bilan ta'minlab turgan. Bunday holatda qarshilik harakatini bostirib bo'lmasligiga ko'zi yetgan sovetlar ushbu ta'minot manbalarini uzish harakatiga tushadi. Qarshilik harakati qatnashchilari "bosmachilar" sifatida talqin qilana boshlaydi va ular bilan aloqada bo'lganlar ham jazoga tortila boshlanadi. Bunday harakatlar, shubhasiz, ta'minotning kamayishiga sabab bo'ladi. Shunday holatda qo'rboshilar aholining boyroq qatlamiga o'ziga xos soliqlar joriy etadi. Soliq to'lashni xohlamagan va jazolanishdan qo'rqqan ayrim shaxslar sovetlar bilan hamkorlik qilishga o'tib, qo'rboshilar faoliyati va manzillari haqida ularga ma'lumotlar bera boshlaydi. Ayni shu jihatlar aholining ayrim qatlamalari va qo'rboshilar o'rtasida ziddiyatarni keltirib chiqaradi. Bu holatlar esa keyinchalik ular o'rtasidagi to'qnashuvlarga olib keladi. Bundan yutgan tomon esa aniq. Ya'ni sovetlar bunday foyda ko'rgan tomon edi. Ular oldilariga qo'ygan maqsadlariga qay bir darajada erishadilar. Biroq davriy nashrlarda kelgan ayrim voqealar va sonlar boshqa manbalarga mos emas. Yuqorida keltirilgan to'nashuvda Jabborbek qo'rboshining qo'l ostidagi yigitlari soni 1,5-2 ming deb ko'rsatilgan. Bu haqiqatga unchalik yaqin emas. Boisi, ayni shu davrda Qashqadaryo vohasida harakat qilgan eng yirik qo'rboshilar sifatida e'tirof etiladigan Turdi to'qsobaning yigitlari soni 600 nafar deb ko'rsatilgan qolgan qo'rboshilarning qo'l ostida ham 50 dan 400-500 tagacha yigitlar bo'lganligi ko'rsatib o'tilgan. Bunday holatda Jabborbek qo'rboshi qo'l ostida ham shunga yaqin yigitlar bo'lganligi haqiqatga yaqinroqdir.
Shunday bo'lsa-da aholining ayrim o'ziga to'q qismlari qo'rboshilar va ularning yigitlarini kerakli narsalar ta'minlab turishga harakat qilishgan. Buni arxiv materiallarida ham uchratsih mumkin. 1926-yilda "bosmachilar" ga yordam berganlikda ayblanib hibsga olingan Kasbi qishlog'ilik dehqon Mulla Aymurod Bobojonovga oid ishda u qo'rboshilardan Juma Qoravulbegi, Turdi to'qsoba, Gul oqsoqol, Bahrom boyvachchalarga ta'minot bilan yordam berganlikda ayblangan. Jumladan, 1923-yilda Juma Qoravulbegiga bitta uch chiziqli mosin miltig'ini 300 ta o'q bilan bergan. Shu yili Juma Qoravulbegi va Mulla Jumalar Mulla Aymurod Bobojonovdan
November, 2022
412
200 ta qoramol terisini olib, uni Buxoroda sotib puliga bitta uch chiziqli mosin miltig'ini 100 ta o'q bilan sotib olganligi qayd etilgan.
Bobojonovning yordami faqat bu bilan kifoyalanmagan. Shunigdek, u mahalliy aholi orasidan qarshilik harakati saflari uchun targ'ibot orqali 20 nafar odam to'plab qo'rboshilar yigitlari safiga jo'natadi. Ular bilan esa 2 ta tuyada guruch, 3 tuyada arpa ham jo'natgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Xo'sh milliy-ozodlik kurashchilariga bunday yordam ko'rsatgan Mulla Aymurod Bobojonovning o'zi kim edi? U Behbudiy uyezdi Kasbi qishlog'idan bo'lib, hibsga olingan 1926-yilda 43 yoshda bo'lgan. Millati o'zbek. Kasbi dehqon. Oilali, 3 nafar o'g'il farzandi bo'lgan. Qo'l ostidagi mulki esa 30 tanob yer, 1 ta uy, 20 ta qo'y, 1 ta buqa, 1 ta otdan iborat bo'lgan[5]. Ya'ni o'ziga to'q dehqon oilasidan bo'lgan. Keyinchalik bu qilgan ishlari uchun hibsga olinib, qamoqqa tashlangan.
Sovetlar hukmronligi davrida bosmadan chiqqan mahalliy matbuot nashrlarida Qashqadaryo vohasida qo'rboshilik harakati bilan tarixda qolgan yana bir shaxs, Turdi to'qsoba haqida ham maqola va ocherklar chop etilgan. Jumladan, "Qashqadaryo haqiqati" gazetasining 1957-yil 13-noyabr sonida "Mo'tabar qon" sarlavhali ocherk bosilgan. Ushbu ocherkda Turdi to'qsoba va Xilol qishloq ahlining to'qnashuvlari aks ettirilgan. Ocherkda keltirilishicha uzoq to'qnashuvlarda holdan toygan to'qsoba o'z yigitlari bilan Xilol qishlog'iga kelib qo'nadi. Qishloq oqsoqollari orqali odamlardan turli oziq-ovqat va boshqa narsalardan iborat soliq talab qiladi. Shunda qishloq yoshlaridan Damir va Sayfullalar qishloq ahlini "bosmachilar"ga qarshi birlashib kurashishga chaqiradi va qishloq ahlini inqilob qo'mitasining har bir qishloqda komsomol yoshlardan "bosmachilar"ga qarshi kurashuvchi guruppa tuzish haqidagi qarori bilan tanishtiradi. Natijada ular qishloqda "qizil tayoqchalar" deb nomlangan guruppa ham tuzishadi. Bu ishlar to'qsobaning qulog'iga yetib borgach, u tunda odamlari bilan kelib, bu ikala yoshni o'ldirishadi. Ocherkda esa ularning to'kilgan qoni mo'tabar qon deb tilga olinadi.
Ushbu ocherkda keltirilgan quyidagi jumlalar yuqorida bayon etilgan qo'rboshilar tomonidan aholiga solingan soliqlarni bir qadar eslatadi: "Xidir oqsoqol qishloq aholisini yig'ib, birovga ikki echki, birovga bir pud un, yana birovga bir arava beda soliq solmoqda. Zayni oqsoqol uni quvvatlab, "kimki bu buyruqni bajarmasa boshi tanasidan judo bo'ladi", deb yig'ilganlarni qo'rqitmoqda. Hamma darg'azab, ammo itoatkor. Soliq Turdi To'qsoba uchun edi. Asli Kosonning arabxonasidan bo'lgan Buxoro amirining tuyachisi Turdi To'qsoba yemirilgan amirlik saltanatini qayta tiklamoqchi
November, 2022
413
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: G,89 j SIS: 1,12 j ASI-Factor: 1,3 j SJIF: 5,? j UIF: 6,1
bo'lganlar qatorida qo4ga qurol olib, begunoh aholini qon qaqshatib kelmoqda edi"
Ocherkda diqqatni tortadigan jihatlardan biri bu - inqilob qo'mitasining har bir qishloqda Komsomol yoshidagilardan "bosmachilar"ga qarshi kurashuvchi guruhlar tuzish haqidagi qaroridir. Bu guruhlarni tuzishdan maqsad aholining osyishtaligini saqlash deb o'qtiriladi. Kimdan saqlash? Bir joyda istiqomat qilayotgan xalqni shu xalqning boshqa bir bo'lagidan saqlash uchun! Bu guruhlarning tuzilishi esa boshqalar uchun kerak edi. Ya'ni sovetlar uchun. Ha, bir xalqni bir-biriga qo'yishni uddasidan chiqishdi. Bu maqsad yo'lida ko'proq yoshroq qatlamdan foydalanishdi. Chunki bu qatlam qiziqqon. Ularni o'z yo'llarida yurdirish yoshi kattaroq qatlamga nisbatan osonroq. Ocherkda o'sha davrda bunday guruppalarni tuzilishida faol tashabbuskor bo'lgan Qarshi revkomi Sayidqo'l aka degan shaxs ham tilga olingan.
Poyon Ravshanovning "Qizil saltanat iskanjasida. Tajovuz" kitobida Turdi to'soba haqida quyidagilar bayon etilgan. Haqiqatdan ham Kosonning Arabxona qishlog'idan bo'lgan Turdi to'qsoba 1920-yilgacha amirlik xizmatida bo'lib kelgan taniqli kishilardan bo'lgan. Amirlik ag'darilib sovetlar hokimiyatga kelgandan so'ng, u ham qarshilik harakati rahbarlaridan biriga aylanadi. Bora-bora qo'l ostida 600 ga yaqin yigit yig'iladi va bu yigitlar bilan vohaning turli joylarida sovetlarga qarshilik ko'rsatishga harakat qilgan. Turdi to'qsoba 1922-1925-yillarda qarshilik harakatlarini faol amalga oshirdi. Aynan Turdi to'qsobaning halokati Qashqa vohasida 20-yillar boshlarida vujudga kelgan, sovet hokimiyatiga qarshi katta kuchga aylangan ozodlik harakati uchun qattiq yo'qotish, mag'lubiyatning ibtidosi edi.
Qashqadaryoda o'tgan asrning 20-yillarida bo'lib o'tgan milliy-ozodlik harakatlari 1926-yilga kelganda deyarli mag'lubiyatga uchradi. Bu paytga kelib vohada yirik qo'rboshilarning hammasi yoki taslim bo'lgan, yoki to'qnashuvlarda halok bo'lgan edi. Qo'rboshilari halok bo'lgan harakat a'zolari qarshilik harakatlarini davom ettirishgan, biroq boshliqsiz qolgan harakat mayda guruhlarga bo'linib ketgan. Bu holatda davom etgan qarshilik harakatlarini bostirish esa, oldingisiga nisbatan ancha osonroq kechgan.
Sovetlar milliy-ozodlik kurashlarini so'ndirishda turli xil yo'llarni qo'llashdi. Dastlab, ularga "bosmachi" nomini "muhrlash" orqali mahalliy xalqdan uzoqlashtirishga urinishdi. Keyin esa qo'rboshilar orasida mavqeyi yuqori bo'lganlarini turli yo'llar bilan obro'sizlantirishga harakat qilishdi. Oddiy xalq bilan o'rtasida nizo keltirib chiqarishga va bu orqali ularni xalqqa qarshi harakatda ayblashdi. Shunday voqealardan biri Tangri Berdi dodxoh bilan
[6].
yuz bergan "G'ilon fojeasi"dir.
November, 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
Yana "Qashqadaryo haqiqati" gazetasiga yuzlanamiz. Mazkur nashrning 1966-yil 28-avgustda bosilib chiqqan sonida "So'nmas jasorat" nomli maqola (muallifi: Qarshi davlat pedogogika institutining katta o'qituvchisi Bozor Samadov) chop etilgan. Ushbu maqola Shahrisabz shahridan 30 kilometr yuqorida tog' tepasida joylashgan G'ilon qishlog'ida vohada milliy-ozodlik harakatlari davom etayotgan davrda yuz bergan fojeaga bag'ishlangan. Maqolada keltirilishicha: "4 tomoni baland cho'qqilar bilan o'ralgan G'ilon qishlog'ida 1500 kishi istiqomat qilib, "Madaniyat" kolxozining markazi hisoblangan. G alla, pilla, tamaki, kartoshka va chorva mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan bu qishloq, shuningdek 30 dan ortiq hunarmandchilik kasblari bilan ham shug'ullangan"
Maqolada bir qancha nomlarni uchratish mumkin. Bu nomlar orasida biz shu davr bo'yicha yirik olimlarning yozgan ilmiy asarlarida milliy-ozodlik kurashiga boshchilik qilgan qo'rboshilarning nomlari bilan bir qatorda boshqa nomlarga ham duch kelamiz. Jumladan, G'ilon qishlog'iga bostirib kelgan "bosmachi"lar rahbarlari sifatida quyidagilarni ko'rishimiz mumkin: Jovuz qishloqli Roziq, samarqandlik Ochildov, yakkabog'lik Jabborbek va Bozorbek, chorshanbalik To'ra to'qsoba, Dodxo va Musurmonqul kabilar.
- 1921-yil avgust oyida jovuz qishloqli Roziq bosmachi o'zining qurollangan 25 kishisi bilan G'elonga bir kechali joy izlab keladi. Buni payqab qolgan qizil askarlar ularni qo'qqisdan qo'lga tushiradilar va Roziqni otadilar. 1922-yilning kuz faslida Samarqanddan oshib kelgan Ochildov (300 kishi bilan), yakkabog'lik Jabborbek va Bozorbek bosmachilari o'zlarini "xalq himoyachisi" deb ko'rsatib, qizil askarlarga qarshi kurashmoq uchun G'elonda birlashmoqchi bo'ladilar. Uch kunlik tunovda ular 50 dan ortiq qo'y va qoramolni so'yib yeganlar. Bosmachilarning bu yerdaligini eshitgan ko'ngilli otryad yetib keladi. O'rtada ancha jang bo'ladi, bardosh bera olmagan banditlar to'dasi qochadi [7].
Bundan ko'rinib turibdiki, G'ilon qishlog'iga bir vaqtning o'zida bir necha qo'rboshilar yig'ilgan. Aftidan ular yakka holda harakat qilishning samarasizligini tushunib yetgan holda birlashib harakatga o'tishni niyat qilishgan. Bu qo'rboshilar qo'l ostida turlicha adaddagi yigitlar bo'lib, agar ular birlashadigan bo'lsa, ularni mag'lub etish sovetlar uchun ancha qiyinlashardi. Shuning uchun ham ularning birlashishiga yo'l qo'yilmagan ko'rinadi. Bunda mahalliy aholining aksariyat qismi sovetlar bilan aloqada bo'lganligi ham qo'l kelgan. Bu voqealardan xabar topgan Tangri Berdi dodxoh, ehtimol, shu boisdan G'ilonga bosqin uyushtirgan bo'lsa kerak. Bu borada bosqinni oqlash niyatidan yiroqmiz. Chunki bosqin
natijasida g'ilonlik begunohlar ham jabr ko'rgan ular ichida
November, 2022
ayollar va bolalarning ham bo'lganligi achinarli holat. Bu bosqinni bo'lishi kimlarga kerak bo'lganligi kundek ravshan.
Maqolada bosqin yuz berishidan oldin qo'rboshilar aholidan turli xil ko'rinishdagi soliq talab qilganligi bayon etilgan. ...Shundan keyin yana bir yirtqich paydo bo'ldi. Bu chorshanbalik To'ra to'qsoba edi. U G'elonga kelib, o'z yordamchilari Eshonqulga Anbar ismli, Atoulloga Gulsum ismli qizlarni tortiq qilishni talab etadi. Uning bu niyatidan xalq g'azablanadi va astoydil kurashga otlanadi. Qishloqda ko'ngilli guruppalar tuziladi. Misgar, duradgor va barcha hunarmandlar o'q-dori, qurol-aslaha yasashga kirishadilar. Bu ishlarga g'elonlik usta Rustam Darvishov, Abdukarim Abdurahimov, Yusup bobo Yoqubov va boshqa kishilar bosh bo'ladilar. Bosmachilar qishloq aholisidan 2 pud oltin, 3 pud choy, 3 pud nos, 40 ta to'n, 1000 juft ot nahali va 3 qiz berishni talab qiladilar. Buni so'rab kelgan 7 bosmachini g'elonliklar ushlab oladilar va Qizilemchakdagi harbiy gornizonga jo'natadilar. Bu voqea 1924-yil may oyida yuz beradi.
Mazkur fojea Poyon Ravshanovning "Qizil saltanat iskanjasida. Tajovuz" kitobida quyidagicha talqin etilgan. Shu yili 22-sentabr kuni ertalab soat 500 da: Tangri Berdi dodxoh, Shayman to'qsoba, Mulla To'raboy va yana bir aniqlanmagan qo'rboshi, hammasi bo'lib 4 ta qo'rboshi, taxminan 100 yigiti bilan G'ilon qishlog'iga g'arbiy tarafdan kirib kelgan. Ular qishloqni to'rt tomondan o'rab olgan. Dodxohni o'zi 15 yigiti bilan qishloq ichiga kiradi va qishloqni obro'li bir necha kishilarini daraxtga bog'lab, otib tashlaydi. Yigitlariga qishloqni talashni buyuradi. 2 soat davom etgan talonchilikdan so'ng, qishloqqa to'rt tarafdan o't qo'yiladi. Talonchilik va yong'in natijasida 238 kishi halok bo'lgan. Bular ichida yosh bolalar va ayollar ham bo'lgan.
Ushbu fojea haqida keyinchalik davriy matbuot nashrlarida chiqqan maqolalarda ham halok bo'lganlar soni berib ketilgan. Jumladan, "Qashqadaryo haqiqati" gazetasining 1975-yil 21-noyabr kuni chiqqan sonida Q. Rahimov muallifligidagi "Jasorat madhi", deb nomlangan maqola ham bosilgan bo'lib, ushbu maqolada aynan Tangri Berdi dodxoh va uning yigitlari bilan G'ilonda yuz bergan fojea qisman yoritilgan. Maqolada qirg'in natijasida halok bo'lganlar soni ham berib ketilgan. "O'sha kuni kallakesarlar qo'lida 238 g'ilonlik halok bo'ldi"[8].
Tangri Berdi dodxohning bu qilmishini oqlab bo'lmaydi. Biroq bunday holatning ro'y berishi haqida sovetlarda aniq ma'lumotlar bo'lib, ular qishloqda qirg'in bo'layotganda yordam berishi imkoniyati bo'laturib, ataylab buni bilmaslikka olishgan ko'rinadi. Sababi oddiy. Tangri Berdi dodxohni xalq orasida obro'sini tushirish va uni yomonotliq qilish. Buning esa qo'rboshiga ruhiy ta'sir yuqori bo'lishi aniq edi. Xuddi shunday
November, 2022
416
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
bo'ldi ham. Mazkur voqeadan so'ng Tangri Berdi dodxohda ruhiy tushkunlik holati yuz beradi. Bir paytlar borib yurgan qishloqlariga ham boshini ko'tarib kira olmaydigan bo'lib qoldi. Bu es uning ruhan mag'lub bo'lishini tezlashtirdi.
O'z yurtini bosib olgan asl bosmachilarga qarshi kurashgan milliy-ozodlik harakati ishtirokchilari bo'lgan qarshilik harakati namoyondalari bilan bog'liq bunday holatlar, afsuski, achinarlidir. Ularni o'z maqsadlaridan og'ishiga va o'z yurtdoshlari bilan nizolarga borishiga sabab bo'lgan uchinchi tomon bo'lgani, ehtimoldan holi emas. Aynan ularning qilmishlari sababli bir hududda istiqomat qilib kelgan yurtdoshlar haqiqiy bosmachilarga qarshi kurashish o'rniga bir-birlari bilan nizolashishi ularning kuchini qirqilishiga va oxirida ma'g'lubiyatga uchrab qatag'on qilinishiga olib kelgan.
Mustamlakchilik davrida qatag'onga uchragan yurtdoshlarimizning nomlarini aniqlash va ularning tarixda yurt va millat uchun qilgan xizmatlarini e'tirof etish bugungi kunda izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Qatag'on qurboni bo'lgan ajdodlarimiz orasida turli xil jabhada faoliyat olib borganlar. Yuqorida nomlari keltirilgan qo'rboshilarning ham tarix zarvaraqlarida xoh yaxshi bo'lsin, xoh yomon o'z o'rni mavjud. Bizdan talab qilinadigani esa tarixiy haqiqatni yuzaga chiqarishdir. Mazkur maqola shu yo'ldagi kichik bir qadamlardan biri.
REFERENCES
1. Ravshanov P. Qizil saltanat iskanjasida. Tajovuz. Uch jildlik. Birinchi jild. -Toshkent: Sharq, 2011. 17-b.
2. Fattoxov I. Otam haqida // G'alaba. - 1987. 10-noyabr. 2-b.
3. G'oyibnazarov O'. Shahidlarga etamiz ta'zim // Avangard. - 1991. 30-mart. 3-b.
4. QVDA. 83-jamg'arma, 1-ro'yxat, 12-ish, 64-b.
5. QVDA. 172-jamg'arma, 3-ro'yxat, 47-ish, 6-65-b.
6. Chori Xamro, Po'latov A, Nurov S. Mo'tabar qon. Ocherk // Qashqadaryo haqiqati. 1957. 13-noyabr. 3-b.
7. Samadov B. So'nmas jasorat. // Qashqadaryo haqiqati. 1966. 28-avgust. 2-b.
8. Rahimov Q. Jasorat madhi. // Qashqadaryo haqiqati. 1975. 21-noyabr. 3-b.
XULOSA
November, 2022