Научная статья на тему 'АҚШ ТАЪЛИМНИ ТАШКИЛ ҚИЛИШНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ'

АҚШ ТАЪЛИМНИ ТАШКИЛ ҚИЛИШНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

23
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
таълим тизими / академик эркинлик / синергетик ҳамкорлик / хусусий агентликлар / имтихонсиз қабул / индивидуал ўқув режа / илмий маслаҳатчи / фан ва ишлаб чиқариш. / education system / academic freedom / synergetic cooperation / private agencies / exam-free admission / individual curriculum / scientific adviser / science and production

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Рахмонали Бозорбой Ўғли Турсунов

Мақолада АҚШ олий таълим тизимини ташкил қилишнинг ўзига хос жиҳатлари, бизнинг таълим тизимимизга ўхшаш ва фарқли томонлари ўрганилган. Айрим хусусиятларни бизнинг таълим тизимимизга ҳам киритишнинг самарали томонлари очиб берилган

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article explores the specifics of the organization of the U.S. higher education system, similarities and differences to our education system. The benefits of incorporating certain features into our education system have also been revealed.

Текст научной работы на тему «АҚШ ТАЪЛИМНИ ТАШКИЛ ҚИЛИШНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ»

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 6 | 2022

TURKISTON O'LKASIDAGI ISTIQLOLCHILIK HARAKATI TAFSILOTLARI SABABLARI VA OQIBATLARI

Noila Xasan qizi Ashirova

Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada XX asr boshlarida sovet askarlariga va sovet tuzumiga qarshi kurashgan Turkistondagi haqiqiy mujohid o'g'lonlar va ularning qo'llariga qurol olib toptalgan haq huquqlari, din-u diyonatlari uchun kurashganlari tasvirlanadi. Madaminbek va Shermuhammadbekning bosqinchi qizil askarlarga kurashish yo'lida ko'rsatgan jasoratlari, ularning bu mardliklarini hatto sovet xodimlari va askarlari ham e'tirof etganlari, ammo, harakatga bir yoqlama baho berilganligi, tarixiy hujjatlarga o'zgartirish kiritilganligi ularni istiqlolchilar, mujohidlar emas "bosmachilar" deya nomunosib nom bilan ataganliklari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Qizil askarlarga qarshi istiqlochilik kurashi, Farg'ona muvaqqat muhtor hukumati, Madamnbek Ahmadbek o'g'li va Shermuhammadbekning shaxsiyati, sovet askarlari bilan bo'lgan munozaralar, Amir al- muslimin.

KIRISH

Sovet davrida bolsheviklarga qarshi qurol ko'targan turkistonlik o'g'lonlarga "Bosmachi" laqabi qo'yilib, ularning faoliyatini o'rganish taqiqlangan edi. "Tarixni g'olib yozadi" degan tamoyilga asoslanib, sho'rolar davrida tarix biryoqlama yozilib, mag'lubiyatlar tarixi soxtalashtirildi. Biroq yaqin o'tmishda istiqlol uchun kurashgan sarkardalar, lashkarboshilar, askarlarni, go'yo oyni etak bilan berkitib bo'lmaydi, deb tarixdan o'chirib tashlab bo'lmaydi. Bugungi maqolamizda XX-asrning birinchi choragida sho'rolarga qarshi qurol olib, o'z xalqi ozodligi uchun kurashgan marg'ilonlik Madaminbek Qo'rboshi va Shermuhammadbeklar haqida ma'lumot beramiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tarixiy manbalarda Turkiston o'lkasi xalqlarining sovetlar bosqiniga qarshi milliy ozodlik va istiqlolchilik harakatining boshlanish va uni davrlashtirish bo'yicha har xil fikr-xulosalar ilgari surildi. Jumladan, sovetlar tarixshunosligida o'lkamiz xalqlarining ozodlik va milliy mustaqillik uchun kurashi davrini ko'r-ko'rona grajdanlar urushi davri deb qaraldi, Rossiyadagi fuqarolar urushi davridan aynan ko'chirib olindi va

June, 2022

274

1918—1920-yillar bilan belgilandi. Holbuki, bu tarixiy haqiqatga mutlaqo to'g'ri kelmaydi. Bolsheviklar va so'l eserlar musulmon aholining o'ikani boshqarishdagi qonuniy huquqini inkor qilib, hokmimyat to'g'risidagi masalani kelishib hal qilish imkoniyatini yo'qqa chiqardi va shu bilan Turkiston siyosiy hayotida milliy va demokratik kuchlarning kelgusida muholifatga o'tishini oldindan muqarrar qilib qo'ydi. Har ikkala tomondan bu qirg'inbarot jangda qancha kishi qatnashdi degan savolga manbalarda turlicha rqamlar keltiriladi. Jumladan, sovet tarixchilari asarlarida bu raqam 6 mingdan 60 minggacha deb tilga olinadi. "

Engliz olimi R.Frezer 1922-yil noyabrida Turkistonda 100 ming kishilik sovet askarlariga qarshi 60 ming istiqlolchi kurashgan deb yozadi. 1919-yil, 22-oktabrda istiqlol uchun kurash harakati kuchlarini tiklash va uni yanada mustahkamlash maqsadida Ergashtomda qo'rboshilar qurultoyi chaqirildi.Madaminbek Farg'ona vodiysida sovet hukumati organlariga muqobil bo'lgan siyosiy boshqarish tizimini joriy etdi. «U bizning rahbarlikdagi kamchilik va xatolarimizdan mohirona foydalandi, unda o'z «boshqarish apparati, o'z tribunali, o'z «genshtabi» bor edi, u qonunlar chiqardi», - deb ta'kidlangan edi uning dushmanlaridan biri bo'lgan Gromatovich. Madaminbek istiqlolchilar qo'shiniga yagona, uyushgan harbiy qo'shilma tusini berdi, uning askarlari orasida kuchli harbiy intizom bor edi. Madaminbek askarlari tinch aholini talovchilar va bosqinchlarni o'zlari ushlab, qattiq jazoladilar. Madaminbek Skobolev shahridagi sobiq gimnaziya maktabi yon-boshidagi katta butxonaning maydonida istiqlolchi kuchlarni to'playdi, baland minbarga chiqib xaloyiqqa qarata nutq so'zlaydi. Toshkentga borib

sovetlar vakillari bilan so'zlashib, sulh haqida shartnoma tuz-ganligini, uning mazmunini eshittirish uchun xalqni bu joyga to'plan-ganini aytadi. U xalqqa qarata shunday deb murojaat qiladi: «...Ey birodarlar! Ey xaloyiq! Bilingizlarki mulk ollohni mulkidur, isto-g'onida olur, xohlaganig'a berur. Ma'lumlaringizdurki Nikolay taxtidan tushdi. O'rnig'a inqilob hukumati qurildi. Bu hukumatning millatlarga berg'on salohiyati va huquqidan foydalanibsiz, hammamiz qurol boshig'a soruldik, hammamiz bir yoqadan bosh chiqarduk, siz raiyatni yordami bilan, nafaqasi bilan, millatparvar ziyolilarimiz rahbarligi bilan bizlar maydonga chiqduk. Parvardigorimizni lutf va inoyati bilan jihodimizda muvaffaq bo'lduk, allohga shukr, sizlarga tashakkur ey millat, alloh taolo ham-mangizdan, hammamizdan rozi bo'lsin, omin.Ey birodarlar! Bizlar maqdurimizni xarjlab ruslar bilan ko'p zamonlar muzokara qilduk. Bizni talablarimiz, da'volarimiz, to'kkan qonlarimiz, berg'on qurbonlarimizni oqibatida ruslar ila oramizda bir ittifoq tuzildi. Ittifoqnomani matnlari shulardir: Turkistonda bugundan e'tiboran milliy muxtoriyat davri bosh-lanib, hukumat ishlari ruslar va

June, 2022

275

musulmonlar o'rtasida mushtarak idora qilinadur. Mulkiy, askariy, moliyaviy, maorif, adliya, amniyat, sanoat, ziroat, tijorat va shularga o'xshagan davlat ishlari ikki tarafni ishtiroki bilan idora qilinadur. Ey musulmon birodarlar! Bizlar moddiy-ma'naviy kelturg'on yutuq bu qadar bo'ldi. Kelajakda ziyoda huquqlarimizga ega bo'li-shimiz biz musulmonlarni, biz Turkistonlik millatchilarimizni ittifo-qimiz va e'tiqodimizga bog'liqdur. Tavfiq olloh taolodandur. Birodarlar! Shundoq ittifoq qilindi. Iloha oqibat baxti obod...» "

Madaminbekning bu otashin nutqini yig'in ahli gurullab, mislsiz ko'tarinki ruh bilan: «Xudo xayringizni bersun Bek! Xudo ofatdan saqlasun, o'zi asrasun, Alloh murodingizni bersun!» degan xitob va ovozalar bilan ma'qulladi.Ammo ayyorlik va makkorlikni kasb qilib olgan sovet hukumati Madaminbekni aldab tuzilgan bitim shartlarini bajarmaydi va u qog'ozda qolib ketdi. Buning asosiy aybdorlari V. Kuybishev va M.V.Frunzelar edi. V.Kuybishev ikki o'rtada tuzilgan bitim shartlarini qoralab bunday degan edi: «U (ya'ni bitim - mualliflar) shu holida siyosiy sohada ham, harbiy sohada ham yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin... Birinchi bandi bizni Farg'onada va hatto Turkistonda fuqarolar orasida olib borajak ishlarimizni cheklab qo'yadi va Sovet hokimiyatiga yot bo'lgan mezonlarga amal qilishga majbur etadi». Shu boisdan u bitim matnini qaytadan tuzishni talab qiladi. Shunday qilish kerakki, deydi V.Kuybishev: «Madaminni asta-sekin shashtidan tushirib, uni bir oddiy itoat etuvchi kishi darajasiga keltirib qo'yish», lozim. Ana shu g'oyadan kelib chiqib Farg'ona viloyat partiya qo'mitasi maxsus qaror qabul qildi. Mazkur qarorda quyidagi jumlalarni o'qiymiz: «Turkiston Kompartiyasi o'lka komitetidan va Turkfront Harbiy Inqilobiy Kengashidan Madamin bilan tuzilgan yarash bitimi matnining kirish qismi va 5-bandidan boshqa hammasini bekor qilish so'ralsin, chunki u viloyat komiteti va Harbiy Inqilobiy Kengashining ba'zi a'zolari fikricha, siyo siy j ihatdan noto ' g ' ridir».

Madaminbekka qarashli bo'lgan vatanparvar kuchlar 2-Turkiston o'qchi diviziyasi tarkibiga kiritildi. Ammo oradan ko'p vaqt o'tmasdan ular tarqatib yuborildi. Chunki o'z ixtiyori bilan sovetlarga bo'yin ekkan vatanparvarlarga ishonchsizlik bildiriladi. Mening kelishuvimning eng muhim shartlari: armiyam men bilan bo'lishi va mensiz hech qaerga yuborilmasligi kerak. Agar mobodo Farg'ona chegarasiga hujum qilsa, men darhol o'z yigitlarim bilan vatanimni himoya qilishga kirishaman".Qo'rboshi taslim bo'lsa-da, bolsheviklar undan qo'rqishdi. 1920-yil 9-aprelda qizillar Madaminbekni o'ldirib, uni jismonan yo'q qildilar. Qo'rboshi taqdiri haqida tarixiy manbalarda qarama-qarshi ma'lumotlar keltirilgan. Xususan, sovet davri adabiyotida Madaminbek

Shermuhammadbek buyrug'i bilan Xolxo'ja tomonidan "sotqin"

June, 2022

2?б

Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385

Volume 3 | Issue 6 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

sifatida otib tashlanganligi qayd etilgan. Ingliz tarixchisi Glenda Freyzer o'zining "Bosmachilar" kitobida shunday yozadi: "Madaminbek Shermuhammadbek tinchlikparvarlik missiyasiga jo'natilgan. Shermuhammadbek 14-may kuni Madaminni ayg'oqchi sifatida otadi. Biroq, bu qarashlar hech qanday dalilga asoslanmagan.

Turk tarixchisi Ali Bodomchi o'zining ikki yillik "Qurboshilar" asarida yozilishicha, Madaminbek Xolxo'ja tomonidan o'ldirilmagan. Turk tarixchisi ham qurbonni Shermuhammadbek o'ldirganini rad etadi. Shermuhammadbek o'z xotiralarida Madaminbekning qotilligi haqida shunday yozadi:"Muhammad Aminbekning vafot etganini kech eshitdim", deb eslaydi Shermuhammadbek. Biz buni Karboboga qaytganimizdagina bildik. Jang paytida men uni ko'rmadim. Chunki biz hayot-mamot jangida edik. Xolxo'ja Muhammad Aminbekni qo'lga olib, Soib qori va Lutfullo Maxdumga topshiradi. Ular qo'rboshini o'ldirib, Buxoroga qochib ketishdi. Muhammad Aminbekni men yoki Xolxo'ja o'ldirgan degan fikr ruslar tomonidan bizga qarshi olib borilgan tashviqot edi".

XULOSALAR

Madaminbekni Shermuhammadbek o'ldirgan deya aytilgan fikrlar hech qanday dalilllarga suyanmaydi. Turk tarixchisi Ali bodomchining yozishicha Madaminbekni ruslarga sotilgan Soib qori va Lutfullo mahdum amalga oshirgan. Ular Madaminbekni o'ldirib Buxoroga qochib ketishgan. Madaminbek Ahmadbek o'g'li nafaqat bolsheviklar balki har qanday dushman oldida bo'yin egishni istamagan Turkistonning mard o'g'loni yurt ozodligi va istiqloli uchun kurashib, qurbon bo'ldi. Qo'rboshining qabri hozirgi Qirg'ziston Respublikasi hududida, Oloy vohasidagi Shig'ay qishlog'idadir. Bu manzil XX asrning 20-yillaridan boshlab o'zbek, qirg'iz va boshqa turkiy xalqlarning ziyoratgohiga aylangan. Marmartoshda "Turing begim' gunohlarni yuvaylik, bosqinchini Ona yurtdan quvaylik!" degan she'riy bitik lotin imlosida o'zbek tilida o'yib yozilgan.

She'riy matn ostida qilichning rasmi aks etgan. Shermuhammadbek esa o'z yurtini qizil askarlardan ozod qilishda o'z hamrohlari bilan Madaminbekning yo'lini davom ettirib o'tdi. Istiqlolchi harakati 1920-1924-yillarda Buxoro va Xorazm respublikalarida ham avj oldi. Buxoroda Ibrohimbek, Mulla Abduqahhor, Davlatmandbek, Anvar posho, Jabborbek kabi qo'rboshi va yo'lboshchilar, Xorazmda Qurbon Mamed Sardor Junaidxon, Madrayimboy, Sa'dulla bola, Shokir bola, Mavlonbek kabilar.

June, 2022

Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385

Volume 3 | Issue 6 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

REFERENCES

1. Rajabova. R O'zbekiston tarixi. 1917-1993 yillar

2. Rajabov Q. Haydarov .M Turkiston tarixi

3. Rajabov Q. Farg'ona vodiysida istiqlolchilik harakati:mohiyati va asosiy rivojlanish bosqichlari (1918-1924) T.f.n,ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya-T: 1994,34 bet

4. R.Shamsiddinov .Sh.Karimov Vatan tarixi

5. M.Aliboyev "XX asr boshlarida milliy ozodlik jarayonlari(Farg'ona vodiysi misolida)" mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi 2016 y.

6. O'zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. "Sharq"nashriyoti: 195 bet.

7. O'zbekiston tarixi. T.,"O'AJBNT" Markazi, 2003

8. M .Hasaniy. "Turkiston bosqini" Toshkent-"Nur"-1992 yil

9. B.Eshov. "O'zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi".

June, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.