Научная статья на тему 'FITRATNING XORIJIY PUBLISISTIKASIDA IJTIMOIY-SIYOSIY MASALALARINING AKS ETISHI'

FITRATNING XORIJIY PUBLISISTIKASIDA IJTIMOIY-SIYOSIY MASALALARINING AKS ETISHI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1266
124
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xorij / publitsistika / ijtimoiy-siyosiy masalalar / Fitrat / Mehmet Akif / Buxoro axbori / maorif / madaniyat. / foreign / journalism / socio-political issues / Fitrat / Mehmet Akif / Bukhara news / education / culture.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Boltaboeva, Hulkaroy Hamidulla Qizi

Maqolada o‘zbek adibi va olimi, davlat va jamoat arbobi Fbdurauf Fitratning xorij matbuotida “Ta’rufi muslimin”, “Turk yurdu”, “Sirotu-l-mustaqiym” (Istanbul), “Siroju-laxbori afg‘oniyya” (Kobul), “Ochiq so‘z” (Boku), “Sho‘ro” (Ufa) kabi gazeta va jurnallarda nashr etilgan maqolalari tahlil etilgan. Ularda aks etgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy masalalar o‘z davrining asosiy voqealari bilan bog‘liq holda tahlilga tortilgan. Ushbu maqolalar fors va turk tillarida chop etilgan bo‘lib, muallif ularni o‘zbek tiliga tabdil qilgan va joriy yozuvda nashr ettirgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REFLECTION OF SOCIO-POLITICAL ISSUES IN FITRAT'S FOREIGN PUBLICITY

This article highlights the interpretation of Uzbek writer and scholar, statesman and public figure Abdurauf Fitrat’s articles, published in foreign newspapers and magazines, such as “Tarufimuslimin”, “Turk yurdu”, “Sirotu-l-mustaqiyim” (Istanbul), “Siroju-lakhboriAfgoniyya” (Kabul), “Ochikso’z” (Baku), “Shura” (Ufa). The socio-political, cultural and educational issues reflected in articles are analyzed in connection with the main events of his time. These articles were published in the Persian and the Turkish languages and the author translated them into Uzbek and published them in the current text.

Текст научной работы на тему «FITRATNING XORIJIY PUBLISISTIKASIDA IJTIMOIY-SIYOSIY MASALALARINING AKS ETISHI»

Scientific Journal Impact Factor

FITRATNING XORIJIY PUBLISISTIKASIDA IJTIMOIY-SIYOSIY MASALALARINING AKS ETISHI

Hulkaroy Boltaboeva Hamidulla qizi,

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o'qituvchisi hulkaroyboltaboyeva@mail .ru

ANNOTATSIYA

Maqolada o 'zbek adibi va olimi, davlat va jamoat arbobi Fbdurauf Fitratning xorij matbuotida "Ta'rufi muslimin", "Turkyurdu", "Sirotu-l-mustaqiym" (Istanbul), "Siroju-laxbori afg'oniyya" (Kobul), "Ochiq so'z" (Boku), "Sho'ro" (Ufa) kabi gazeta va jurnallarda nashr etilgan maqolalari tahlil etilgan. Ularda aks etgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy masalalar o'z davrining asosiy voqealari bilan bog 'liq holda tahlilga tortilgan. Ushbu maqolalar fors va turk tillarida chop etilgan bo 'lib, muallif ularni o 'zbek tiliga tabdil qilgan va joriy yozuvda nashr ettirgan.

Kalit so'zlar: xorij, publitsistika, ijtimoiy-siyosiy masalalar, Fitrat, Mehmet Akif, Buxoro axbori, maorif, madaniyat.

REFLECTION OF SOCIO-POLITICAL ISSUES IN FITRAT'S FOREIGN

PUBLICITY

Hulkaroy BOLTABOEVA, Teacher of Tashkent State University of Oriental Studies, hulkaroyboltaboyeva@mail .ru

ABSTRACT

This article highlights the interpretation of Uzbek writer and scholar, statesman and public figure Abdurauf Fitrat's articles, published in foreign newspapers and magazines, such as "Tarufimuslimin", "Turk yurdu", "Sirotu-l-mustaqiyim" (Istanbul), "Siroju-lakhboriAfgoniyya" (Kabul), "Ochikso'z" (Baku), "Shura" (Ufa).

The socio-political, cultural and educational issues reflected in articles are analyzed in connection with the main events of his time. These articles were published in the Persian and the Turkish languages and the author translated them into Uzbek and published them in the current text.

Scientific Journal Impact Factor

Keywords: foreign, journalism, socio-political issues, Fitrat, Mehmet Akif, Bukhara news, education, culture.

KIRISH

Fitratning xorijdagi faoliyati manbalari. Ulug' o'zbek adibi va dramaturgi, olim va tarjimon, davlat va jamoat arbobi Abdurauf Abdurahim o'g'li Fitrat (18861938) ulug' shoir va yozuvchi, dramaturg va adabiyotshunos olim, davlat va jamoat arbobi bo'lishi bilan birga bir qator maqola, lavha, xabar va nomalar muallifi bo'lgan mohir publitsist hamdir. Shuningdek, ulug' adib va olim 1917-1918- yillarda Samarqandda nashir etilgan "Hurriyat" gazetasiga muharrirlik qilgan.

Fitratning publitsistik maqola va lavhalari, xabar va nomalari 1910-yildan keyin yaratila boshlagandi. Abdurauf Fitrat Buxorodagi Mirarab madrasasini xatm qilgach, Mijmar taxallusi bilan fors tilida she'rlar yoza boshlagan. Fitratning she'rlari o'z davrida shuhrat topib, zamonasining e'tiborli ziyolilari tomonidan tazkiralarga kiritilgan. Hoji Ne'matulloh Muhtaram o'z tazkirasida Fitratni "Hoji Abdurauf" sifatida tilga oladi [1]. Fitratning publitsistik yo'nalishdagi asarlari dastlab Turkiyaning Istanbul shahrida taxsil olayotgan payti (1909-1913)da nashr etilgan.

Fitratning xorijda e'lon qilingan publitsistik asarlarning yaratilish tarixi va manbalari. Fitratning xorijda e'lon qilingan birinchi publitsistik asari Istanbulda nashr etiladigan "Ta'rufi muslimin" gazetasi bosilgan bo'lib, Buxaro amirining vaziri Nasrullohga maktub tarzida yozilgan [2]. Ushbu maqolada Buxoro siyosiy hayotidagi kamchiliklar bayon qilinib, yangi taxtga kelgan Buxoro amiri Olimxon va uning vaziriga murojaat qilgan.

Mana shu davrda Istanbulda Mehmet Akif Erso'y (1873-1936) tomonidan asos solingan "Sirotu-l-mustaqiym" ("To'g'ri yo'l") jaridasining ishlariga ham faol qatnashgan. Fitrat va Mehmet Akif munosabati va ijodiy hamkorligi, bizningcha, ayni shu davrdan boshlangan. Ushbu nashrda Fitratning Buxoroda 1912-yildan chiqa boshlagan "Buxoroyi sharif" hamda uning o'zbekcha ilovasi hisoblangan "Turon" nomli gazetalari nomidan ham qatnashgan. Uning ayrim asarlari dastlab "Buxoroyi sharif'da chop qilingan bo'lsa, [3] Fitrat o'z faoliyati bilan bu ikki nashr o'rtasida ko'prik vazifasini o'tagan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Adabiyotlar tahlili. Fitratning Turkiyadagi faoliyatiga doir dastlab Hamid Olimjon "Fitratning adabiy ijodi haqida" maqolasida xabar bergan [4]. Bundan keyin sho'ro davrida Fitrat haqida maqola yozishgina emas, Fitrat nomini tilgan olish man

qilingan. 1980-yillardan boshlab o'zbek va xorij olimlari Fitratning publitsistik maqolalari xususida o'z ishlarida fikr bildirganlar.

Prof. E.Karimovning "O'zbek adabiyotida realizm taraqqiyoti" (rus tilida) monografiyasida [5] mavzuga oid umumiy fikr yuritgan, Fitratning she'riy, nasriy, dramaturgik asarlari qatorida uning publitsistik faoliyati haqida xabar berilgan.

Akad. N.Karimov "Mavlono Fitrat" maqolasida [6] so'z yuritib, "Fitratning Turkiyaga o'qsishga borishi", "Turkiyada yozgan asarlari" sarlavhali bo'limlarda fikr yuritgan. Olim H.Olimjon fikrlariga tayangan holda Fitratning 1909-1913 yillarda Istanbul (Turkiya)da bo'lganini tasdiqlaydi, ayni fakt yuzasidan bildirilgan X.Ko'matsu, H.Boltaboev, D.Rashidova ishlariga munosabat bildirgan.

Prof. B.Qosimov "Maslakdoshlar" kitobida va oliy o'quv yurtlari uchun darslik tarzida yozilgan "Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti" kitobida Fitratning publitsistik faoliyatiga umumiy baho bergan, uning "Hurriyat" gazetasi muharriri sifatidagi faoliyatini ko'rsatish orqali Fitrat publitsistik faoliyatini yoritgan [7].

Fitratning xorijiy publitsistikasi xususida so'z yuritgan yapon olimi prof. Xisao Ko'matsu "Munozara" xususida qaydlar", "XX asr boshlarida O'rta Osiyoda Davriy o'zgarishlar" tadqiqotlarida Istanbulda talabalik bilan birga "Ta'rufi muslimin" "Turk yurdu", "Sirotu-l-mustaqiym" kabi nashrlar haqida ma'lumot bergan [8].

Prof. H.Boltaboev "Fitrat va jadidchilik" kitobining maxsus bobini "Fitratning Istanbul davrini tavsiflovchi manbalar"ga qaratadi. Unda olim Abdurauf Fitrat Istanbul universitetida tahsil olish barobarida Istanbuldagi O'zbeklar tekkasida yashagani, "Buxoro ta'mimi maorif jamiyati" tuzgani, bu oliygoh qoshidagi "Voizon" madrasasida mudarrislik qilgani, Turk dunyosining ulug' olimlari bilan qilgan muloqotlari va Istanbul davrida yaratilgan 11 asari haqida batafsil ma'lumot bergan. Jumladan, ushbu bo'limda 1911 -yilda "Turk yurdu", "Ganj qalamlar" nashrlari bilan bog'langanini ham yozadi. Bizning mavzuimiz bo'lgan Fitratning Istanbul davridagi publitsistik asarlariga obzor beradi, uning ayrim asarlarini nashr ettiradi [8].

Metodlar. Maqolada tarixiy-qiyosiy va qiyosiy-tipologik metodlardan, shu bilan birga ilmiy tavsif, struktural tahlil usullaridan foydalanilgan.

NATIJALAR

Fitrat Eron orhali Istanbulga o'qishga kelgach, Buxorodan o'zi bilan birga tahsil olishi uchun kelgan Muqimiddin, Usmanxo'ja, Abdulaziz, Sodiq Ashur o'g'li bilan birga "Buxoro ta'limi maorif jomiyati"ni tuzadi. Ma'lumki, 1909-yil 1-iyunda Buxoro yoshlari tomonidan "Tarbiyati atfol" ("Bolalar tarbiyasi") nomli yashirin

Scientific Journal Impact Factor

o

jamiyat tashkil qilingan edi. S.Ayniyning ma'lumot berilishicha, "Jamiyatning birinchi maqsadi Istanbulga o'quvchilarini yubormoq chorasiga kirishmoq" edi. "Buxoro ta'mimi maorif jamiyati" Nizomnomasining so'zboshida "jamiyat 1909-yil 26-sentyabrda Istanbulda Abdurauf Fitrat va Usmon Xo'ja kabi Buxoroli jadidchilar tomonidan qurilgan" [9] deb yozilgan. Fitrat Istanbulga kelgach, o'qshini davom ettirish uchun "Voizon" madrasasiga aniqlangan [10].

Fitrat Istanbulda ekan, faqatgina tahsil bilan cheklanib qolmagan, u Istanbuldagi adabiy va ilmiy muhitga faol aralashgan. Rossiyadan kelib, "Yosh Turklar" jamiyatida ma'ruzalar o'qigan Ismoil Gaslrinskiyning darslarida qatnashgan. O'zi kambag'al talaba bo'lishiga qaramay, bir necha asarlarini mana shu Istanbul davrida yaratgan. Hatto ayrim asarlari uning o'zi hisobidan nashir qilingan. Fitratning "Munozara" (1910), "Sayha" (1912), "Hind sayyohi bayonoti (1912) kabi kitoblari shu davrda nashr qilingan.

Fitratning xorijda yaratilgan birinchi publisistik asari "Buxoro vaziri Nasurullohbek Parvonachi afandi hazratlariga ochiq maktub" bo'lib, fors tilida yaratilgan bu asar Ahmad Tojiddin va Ya'qub Kamol tomonidan nashir etilgayotgan "Ta'rufi Muslimin" ("Musulmonlar ta'riflari") nomli "diniy, siyosiy, tarixiy, falsafiy va olam ahvolidan xabardor qiluvchi haftalik majalla)da e'lon qilingan. Ushbu asarga Fitrat "Buxoroli Abdu-r-rauf" imzosini qo'ygan. Maktub fors tilida bitilgan bo'lib, "Ey vazoratpanoh, biz tartiboti jadidaga muhtojmiz" shoiri bilan boshlanadi. Bu ochiq xat Amir Olimxon Buxoro taxtiga o'tirgandan keyin bir qancha o'zgarishlar, islohotlar qilishga va'da bergani va uning bosh baziri (vazoratpanoh) lavozimiga Nasrulloh Parvonachini tayinlanishi munosabati bilan yozilgan. [11]

Bundan tashqari, Istanbulda yozilgan boshqa bir maqolasi (bu ham fors tilida) "Taraqqiy va tajaddud" ("Taraqqiyot va engilanishi") deb nomlangan bo'lib, Mahmud Tarziy (1865-1933) muharrirligida 1911-yildan Kobulda chiqa boshlagan "Sirojul-l-axbori afg'oniya" ("Afg'oniston nurli xabarlari") gazetasida elon etilgan. Maqolaga "Istanbul: Abdu-r-rauf Fitrat" imzosi qo'yilgan bu maqola 1913-yilning 16-noyabrida nashr etilgan. Ushbu maqola Mahmudxo'ja Behbudiy muharrirligida chiqqan "Samarqand" gazetasining 1913-yil 13-sentabrdagi 44-sonidan ko'chirilib bosilgan.

Bu ikki maqoladan tashqari Fitratning bir necha maqolalari mana shu davrda "Buxoroi sharif" gazetasida chop qilingan ular "Maktub ba idora" ("Idoraga maktub"), "Maxoriju-l-huruf ' ("Harflarining maxrajlari"), "Qavoidi qiroat" ("Qiroat qoidalari") kabilardir. Shu bilan birga Behbudiy muharrirligida chiqqan "Oyina"

jumalida "Manfaat" (1913-yil 16-, 30-noyabr), "Hayot va g'oyayi hayot" ("Hayot va hayot g'oyasi", 1913-yil 14-, 21-dekabr) maqolalari chop qilingan.

MUHOKAMA

Fitrat xorijda nashr etilayotgan va o'ziga madrasa talabaligidan yaxshi tanish bo'lgan "Turk yurdu", "Sirotu-l-mustaqiym" va "Ta'rufi muslimin" kabi gazeta va jurnallar bilan hamkorlik qila boshladi. Ayniqsa, Turk shoiri Mehmet Akif Ersoy muharrirligida nashir etilgan "Sirotu-l-mustaqiym" ("To'g'ri yo'l") jurnali ishlarida faol qatnashdi. Jurnalning 1911-1914- yillardagi sonlarida Buxoro hayotiga oid o'nlab maqola va xabarlar berilgan. Ularning ko'pchiligi buxoroli muxbir G'iyosiddin Hasaniy qalamiga mansub. Biroq Buxorodan yuborib turilgan bu materiallar Abdurauf Fitrat tahriridan o'tgan keyin nashir etilgan. "Ta'rufi muslimin"dagi "Buxoro vaziri Nasrullohbek Parvonachi hazratlarina ochiq maktub"ida ham Buxoroning "qora xarobalar va o't orasida qolg'an parishonhol ahvoli" bayon qilinadi. Bu dardni engillashtirish choralari Buxoro amiri Olimxonga va uning vaziri Nasrullohbekka bog'liq ekani aytiladi: "Har qancha ko'z va qulog'ingizni berkitsangiz ham, bu qadimiy islom millatining faryodi va muqaddas vatanimizning xorobaligiga achinmay tura olmaysiz... Mullatimiz va yurtimizni shu holga keltirib qo'ydikki, dunyoning burchagida eng qiyin kunlarda tashvish chekib yashayotgan odamlar ham bizning ahvolimizga qon yig'lamoqdalar". Bunga o'xshash voqealar "Munozara" asarida ham tasvirlangan edi. Fitrat mamlakatdagi ahvolini tuzatishda birgina bosh vazir ojiz ekanini tushunib, bevosita amirning o'ziga qarata murojaat qilib yozgan: "Ey, Buxoro millatining mehribon otasi!.. Islomiyat saltanatining zaifligi mehribon qalbimizga va sohibi davlatimizga aniq va ravshanmomanddirki, bugun yo erta dini islomni millat dushmanlari qaro kunlarga solarlar. Bu jinoyatchilarning vazifai avvali dini islomga xusumat bo'lib, yaqin zamonlar bizdan dinimizni tark qilishini tilab qilarlar. Imomimizni po'pga, azonimizni qo'ng'iroqqa, masjidimizni cherkovga almashtirmoqdan boshqa chora qolmas" Birgina amir va uning vuzaro hamda umarolarni bilan ishga ko'ngildagidek natijaning mumkin emasligini tushunib yotgan Fitrat shu paytdayoq muhtaram dindosh birodarlariga ham murojaat qiladi, "bu tanazzul, ya'ni nimaki boy berilayotgan bo'lsa, musulmonlarning unsizligi va harakatsizligi natijasidir... Bu qadar g'aflat va tanballikda, beg'ayrat va jaholatda o'tirganimiz bas, etar, bu asl dinimizning nobud bo'lishi, muqaddas vatanimizning bunday paymol etishining kamoli basharaflik bilan qabul qilsak, buni na shariat, na - da hayot qabul qiladi", -debyozadi Fitrat. Bunga o'xshash fikrlar, ya'ni o'z yurtini ozod ko'rish istagi "Hind sayyohi bayonoti" qissasida ham aks etgan edi. Qissada Fitrat hindistonlik sayyoh

Scientific Journal Impact Factor

o

nomasidan Buxorodagi tartibotilarni, hayot tarzini kuzatadi va ko'zga tashlanadigan barcha kamchiliklarni ochiq bayon qilib bergan edi.

Fitrat talabalik vaqtlaridanoq mamlakatda yuz berayotgan ijtimoiy - siyosiy voqealarga aralashishiga to'g'ri keldi. 1910-yilda Buxoroda yuz bergan ishga va sunniy mazhabida musulmonlarning to'qnashuvi u tahsil olayotgan Mirarab madrasasida boshlangan edi. Asossiz ravishida bir millat vakillarining ikki firqaga ajralib bir - birining qonini nohaq ravishda to'kishi Fitratning g'azabini keltirgan, hali yosh bo'laturib, bu to'qnashuvning asl sabablarini yaxshi tushunib etmasa ham, biroq Buxoroda yuz berayotgan tartibsizliklarga amir va uning amaldorlari mas'ul ekanini yaxshi anglab etgandi. Shuning uchun ham 1910-yilda Buxoro taxtiga Amir Olimxonning kelishidan ko'pchilik vaziyat o'zgarar degan umidda edi. Qolaversa, Amir Olimxon Evropaning bir qator shaharlarida bo'lgan, Sankt-Peterburgda tahsil olgani uchun ham buxorolik yosh talabalarning undan umidi katta edi.

Fitrat Istanbulga kelgach, bu erda evropacha yangi tartibni ko'rdi, madrasalardagi ta'lim tizimini havas bilan qabul qildi, o'sha vaqtda Osiyoning turli mamlakatlaridan kelgan talabalar bilan uchrashdi. Ayniqsa, "Yosh turklar" harakati uning qarashlarini o'zgartirib yubordi, ana shuning uchun ham 24 yoshli talaba Buxoro amirining vaziriga ochiq xat yozishga majbur bo'ldi. Fitratning podishoh Amir Olimxonga emas, bosh vazirga maktub bitayotganing sababi u "Munozara" asari orqali tojdor hazrat Amir Olimxonga va ahli Buxoroga murojaat qilgandi, endi ushbu maktub bilan bosh vazirga murojaat qilishining sababi, mamlakatdagi o'zgarishlaru hammasi uchun uning mas'ul ekanini eslatishdir. Chunki ayni shu yillarda Eron va Turkiyadagi inqiloblar natijasida "mashrutiyat", ya'ni konstitutsion monarxiya tarafdori bo'lgan kishilar, jumladan, jadidlar ham podshohning xalq tomonidan saylanishini (nasliy merxo'rlik asosida emas) istar edilar.

So'ngra esa, jahondagi ulug' millatlardan biri turklikning XX asr boshlariga kelib, "yurti xaroblik, xalqi falokat, ayonlari pastkashlik, idora ahli fasod, zolimlarning qonxo'rligi, ajnabiylarning kalakalari" kabi illatlarga mubtalo bo'lgani aytiladi. Bu ilatlarni Fitrat "Munozara" asarida mudarris vositasida savodsizlik, harakatsizlik, yoshlarning kelajagiga befarqlik, jahon taraqqiyotidan qolib ketib, hatto o'z mamlakatining nufuzini bilmaslik singari hodisalari millat taraqqiyotini to'sayotganini anglatgan edi. "Butun mamlakat va millatni shu ahvolga keltirib qo'ydikki, dunyodagi eng qiyin va tashvishli kunlarda yashayotgan odamlar ham bizning ahvolimizga ma'yus tortib, qon yig'lamoqdalar" Shuning uchun ham Fitrat dastlab bosh vazirga murojaat qilib, Alloh tomonidan fuqaroning ishlarini "tanzim qilish", ya'ni nizomga solishga, mamlakatdagi boshboshdanoqlikni tartibga solishga

Scientific Journal Impact Factor

yuborilganini eslatadi. Biroq bosh vazir ishga tushganiga bir yildan ortiqroq vaqt bo'lsa ham, undan kutilayotgan siyosiy islohotlar amalga oshirilmadi. Bosh vaziming ish boshlagan kunini o'z milliy bayramidek qarshi olgan xalh "istiq booning saodati uchun tashabbus bo'la oladigan biror ish qilinmadi" Maktubda, bir jihatdan maqtov ("Ey, mehribon ona Vatvnning barkamol farzandi!"), ikkinchi tomondan esa, kinali tanqid ruhi hukmron ("Ey, Buxoro ezilgan millatiningbesabot tarafdori!"). Bosh vazirlikni Fitrat "muqaddas xizmat", ya'ni "islom millatining xizmati va muqaddas shar'iy dinimizning mustahkamlanishi" deb bilgandi. Yuqorida tilga olingan shialar va sunniylar o'rtasidagi nifoq, ya'ni qonli harakati talabani butun millat nomidan gapirishga majbur etadi: "Nima sababdandirki, siz o'zingizdan lozim xizmatlarni oshkor, ochiq qilmaysiz?.. Ne mone'lik borki, tartiboti jadida vositasi bilan milliy saodatimizning yangi istiqbolli yo'llarini ochib, qadrimiz va taqdirimizni a'lo darajada sharaflay olmaymiz?"

Fitratning nazarida amaldorlarning harakatsizligi va tanballigi, so'zi nufuzli bo'lgani holda jim turishi, qilichi keskir bo'lgani holda uni jaholat yo'lida qo'lga olishi eng katta jinoyat bilan barobardir. SHuning uchun ham xalqning harakatsizligi, uning rahbarlarining sustkashligi bilan bog'liq. Millatning g'aflatda qolishi, o'sha millatning otalari bo'lgan ziyolilarnmng g'aflatda yotganini bildiradi. Fitrat maktubda yozadi: "Magar boshqalar g'aflatda qolgan bo'lsalar, Siz-da g'aflatda qolmang. Boshqalar g'aflatining tashvishi Sizning g'aflatingizchalik bo'lmaydi!" Bunday g'aflatda yotish va harakatsizlik, gunoh ekanligini aytib, "ertaga intiqom olg'uchi Allohning oldida (qiyomatda) nima deb javob berasiz?" deb so'roqqa tutadi.

Fitratning xorij matbuoti (Turkiya)da e'lon qilingan "Buxoro vaziri Nasurullohbek Parvrnachi afandi hazratlariga ochiq maktub"da yurtdagi siyosiy vaziyat, Turkiston va Buxoroning boshqa mamlakatlaridan iqtisodiy va madaniy jihatdan ortda qolish sabablari ko'rsatilgan, ularni bartaraf etish uchun muallif Buxoro amrining bosh vaziri Nasrullohga maktub shaklida murojaat qilgan.

Muallifning mana shu Istanbuldalik davrida yozilib, Mahmud Tarziy (18651933) muharrirligida Kobulda nashr etilayotgan "Sirojul-l-axbori afg'oniya" ("Afg'oniston nurli xabarlari") gazetasida e'lon etilgan fors tilidagi yana bir maqolasi "Taraqqiy va tajaddud" ("Taraqqiyot va yangilanish") deb nomlanadi. Maqolada 1910-yillarning boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy masalalar qalamga olingan. Uni nashrga tayyorlagan prof. R.Inomxo'jaev yozadi: "Maqola Turkiya voqeligi taassurotlari asosida yozilgan bo'lib, buni muallifning o'zi ta'kidlangan bo'lsa ham, adibning mushohadalari, katta umumlashmalarga intilishi Turkiyada qo'rgan yangiliklari misolida tabyaat, ijtimoiy hayot sohasida qat'iy va shafqatsiz amal qilib turadigan

Scientific Journal Impact Factor

rivojlanish va yangilanish dialektikasini bayon qilinishi o'z oldiga maqsad qilib qo'yganini ko'rsatadi" [12].

Fitrat o'z maqolasida va yangilanishi jarayonida taraqqiy etgan mamlakatlar bilan birga qadam tashlashga harakat qilmaslik oxir oqibatda tanazzulga olib kelishi mumkinligini aytadi: "Buyuk Parvardigor bashariyat xamirturuishini taraqqiyot va yangilanish javhari bilan qo'shib qorigandir. Odamzod o'z tabiatiga ko'ra taraqqiyot va yangilanish qobiliyatiga egadir... bundan keyin ham u ilgaridek taraqqiyot va yangilanish shahko'chasidan chetga chiqmaydir" [13]. Fitratning aniqlashicha, taraqqiyot va yangilanish jarayoni talablari bilan voqelik shakllari orasida mutanosiblik bo'lishi shart, kimda kim buni ilg'ab olmasa va unga moslasha olmasa, nest-nobudlik girdobiga g'arq bo'laveradi. Fitrat o'z maqolasida rivojlanish va yangilanishi qonunlari insonlar hayotining barcha sohalari, shu jumladan, mafkuraviy va ma'naviy hayotni ham qamrab olishini, hatto dinham bu qonundan chetda qolishi mumkmn emasligini, buning oqibatida yangi dunyo eskisi o'rniga kelishini ta'kidlaydi.

Diniy taassub hukm surgan 1908-yilda Buxoroda bo'lib o'tgan "jadidchilar" va "qadimchilar" munozarasida "qadimchilar"ning qo'li baland kelgani [14] Fitratni hayratga solgan. Shuning uchun ham bu maqolada ham yangilanish sari qadam tashlayotgan jadidchilarni qo'llash ruhidan borgan. "Olam sahnasida o'z hamjinslari qatoridan joy egallamoqchi bo'lgan millat qanday xatti-harakatni o'ziga dastur qilib olishi kerak? Bu shunday masalaki, agar bizning kattalarimiz uni to'g'ri hamda kamoli ixlos va pok niyat bilan hal qilsalar, oramizdagi "qadim" va "jadid" (eski va yangi) nomi bilan mavjud bo'lgan qarama-qarshiliklarni yo'qotish kerak". Muallifning bunday o'tkir mulohazalari Mahmud Tarziy kabi Afg'oniston taraqqiyparvarlarining ham e'tiborini jalb qilgan va shuning uchun ham ushbu maqolani e'lon qilish bilan birga unga gazeta tahririyati nolishdan "Bizning muhtaram o'rtog'imiz va qalamdoshimi "Samarqand" gazetasida Abdurauf Fitrat imzosi bilan fors tilida maqola chop etilibdi. Biz ham muhtaram o'quvchilarimiz foydalanishlari uchun uni aynan ko'chirib bosmoqdamiz" deb yozgan edi.

Ma'lumki, "Siroju-l-axbori afg'oniya" gazetasining muharriri Mahmud Tarziy 21 yoshdan 36 yoshgacha Turkiyada yashagan, uning dunyoqarashi ko'p jihatdan ana shu mamlakatda shakllangan. Fitrat maqolasida Mahmud Tarziyning dilidagi va tilidagi fikrlar bayon etilgani uchun Fitratning taraqqiyot va yangilanshi jarayonining uzluksizligi borasidagi mulohazalari allomaning e'tiborini topgan. Lekin mana shu maqolada XX asr boshlarida vatanimizdagi ma'rifatparvarlik jarayoni, uning tashvish va kamchiliklari faqatgina bizning yurtimiz uchun emas, balki, umuman, Sharq

mamlakatlari uchun ham dolzarb ekanini tushunamiz: "Insonlar ahtiyoji har doim ham bir xil bo'lib qolavermaydi, u kundan kunga ko'payadi, rivojlanadi. Shuning uchun ham biz ehtiyojlarimizni qondirish vositalarini rivojlantirib, yangilab boramiz. O'zining zamonaviy ehtiyojlarini mukammal vositalar orqali qandirgan har qanday millatni biz rivojlangan va yangilangan deb ataymiz".

XULOSA

Fitratning siyosiy publitsistikasining eng yaxshi namunalari sifatida xorijda e'lon qilingan "Buxoro vaziri Parvonachi Nasrullohbek afandi hazratlarina ochiq maktub" ("Vazoratpanohi mo be tartiboti jadida muhtojim") maqolasini keltirib, unda ko'tarilgan masalalari faqatgina Turkiston yoki Buxoro uchun emas, balki butun dunyo taraqqiyoti bilan bog'liq ekanini aytishi mumkin.

Kobulda Mahmud Tarziy muharrirligida chiqqan "Siroju-l-axbori afg'oniya" gazetasida nashr qilingan "Taraqqiy va tajaddud" ("Taraqqiyot va yangilanish") maqolasida 1910-yillardagmi madaniy taraqqiyot xususida so'z yuritgan va madaniy hayotdagi kamchiliklarni ko'rsatib bergan.

Keyinroq yaratilgan Sharq xalqlarining ozodligi haqidagi publitsistik asarlarida Fitrat mana shu dastlabki maqolalarida boshlangan ilmiy-publitsistik harakatlar davom ettirilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Х,ожи Нематуллох Мухтарам. Тазкират уш-шуаро. - Душанбе, 1975. - Сах. 319-320 (Hoji Nematulloh Muhtaram. Tazkirat ush-shuaro. - Dushanbe, 1975. -P. 319-320).

2. Бухоро вазири Парвоначи Насруллохбей афанди хазратларина очик мактуб: Вазоратпанохи мо бе тартиботи жадида мухтожим // Таъруфу муслимин. -Истанбул: 1328/1910.25. 2-жилд (8 декабръ, форс тилида) (A letter to Hazrat Parvonachi Nasrullahbey, Minister of Bukhara: I need the order of the Ministry of Defense // Ta'rufu Muslimin. - Istanbul: 1328 / 1910.25. Volume 2 (December 8, in Persian).

3. Болтабоев X,. Фитрат ва жадидчилик. - Т., 2007. - Б. 15-33 (Boltaboev H. Fitrat and jadidism. - T., 2007. - P. 15-33).

4. Олимжон X. Фитратнинг адабий ижоди хакида // Совет адабиёти. 1936. 5-сон. Б. 63-71; Алимджан Х. О литературном творчестве Фитрата // Литературный Узбекистан. 1936. № 5 (Olimjon H. About the literary creation of

Fitrat // Soviet literature. 1936. No. 5. B. P. 63-71; Alimdjan X. About the literary creation of Fitrat // Literaturnyy Uzbekistan. 1936. № 5).

5. Каримов Э.А. Развитие реализма в узбекской литературе. - Т.: Фан, 1979. -С. 28-37 ( Karimov E.A. Development of realism in Uzbek literature. - T .: Fan, 1979. - P. 28-37).

6. Каримов Н. Мавлоно Фитрат // Саодат. 1991/ 3-son. Maqolaning to'ldirilgan nashri: Абдурауф Фитрат. Танланган асарлар. 1-жилд. - Т.: Маънавият, 2020. -Б. 3-34 (Karimov N. MavlonoFitrat // Saodat. 1991/3. Completed edition of the article: AbduraufFitrat. Selected works. Volume 1 - T .: Manaviyat, 2020. - P. 3-34).

7. Косимов б. Маслакдошлар: Бехбудий, Ажзий, Фитрат. Т.: Шарк НМАК, 1994 (Qosimov B. Colleagues: Behbudi, Ajzi, Fitrat. T .: Sharq NMAK, 1994).

8. Болтабоев X,. Фитрат ва жадидчилик. - Т., 2007. - Б. 23 (Boltaboev H. Fitrat and jadidism. - T., 2007. - P.23).

9. Komatsu H. Fitret'in "Munazara"si uzerine notlar. Istanbul, 1988; 20. Yuzyil ba§larinda Orta Asiyada Turkculuk ve Devrim Hereketleri. - Ankara, 1993. - S. 7-8 (Notes on Komatsu H. Fitret's "Debate". Istanbul, 1988; 20. Turkism and Revolutionary Movements in Central Asia at the turn of the century. - Ankara, 1993.

- P. 7-8).

10. Turkistanda Yenilik Hareketleri ve ihtilaller: 1900-1924. Birinci Baski: 2001. -Haarlem, Holland, S. 467 - 483 (TurkistandaYenilikHareketleriveihtilaller: 19001924. BirinciBaski: 2001. - Haarlem, Holland.P. 467 - 483).

11. Бухоро вазири Парвоначи Насруллохбек афанди хазратларина очик мактуб Вазоратпанохимо бе тартиботи жадида мухтожим. // Таъруфи муслимин. -Истанбул: 1328/1910. 2-жилд (8-декабр, форс тилида) (A letter to the Minister of Bukhara ParvonachiNasrullahbekefendi I need the order of the Ministry. // Ta'rufimuslimin. - Istanbul: 1328/1910. Volume 2 (December 8, in Persian).

12. Иномхужаев Р. Фитрат маколаси Афгонистон матбуотида // Адабий мерос.

- 2004. 8-сон. - Б. 101-103 (Inomxo'jaev R. Fitrat's article in the Afghan press // Literary heritage. - 2004. Issue 8. - P. 101-103).

13. Фитрат. Тараккий ва тажаддуд // Сирожу-л-ахбори афгония. - 1913. - 15 ноябр (Fitrat. Taraqqiyvatajaddud // Siroju-l-akhboriafghaniya. - 1913. - 15 November)

14. Косимов Б. Маслакдошлар: Бехбудий, Ажзий, Фитрат. - Т.: Шарк НМАК, 1994. - Б.72 (Qosimov B. Colleagues: Behbudi, Ajzi, Fitrat. - T .: Sharq NMAK, 1994. - P.72).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.