Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIYNING "SAB`AI SAYYOR" DOSTONIDAGI OLTINCHI HIKOYA TAHLILI'

ALISHER NAVOIYNING "SAB`AI SAYYOR" DOSTONIDAGI OLTINCHI HIKOYA TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

4282
248
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
halollik / yolg`on / noshukurlik / baxt / odob / Muqbil / Mudbir / qissa / harakter / sabr / ertak / honesty / lies / ingratitude / happiness / morality / Mukbil / Mudbir / narration / character / patience / fairy tale

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — T. Sabitova, D. Anisbekova

Ushbu maqolada dostonning oltinchi musofir tomonidan aytilgan hikoya ancha tarbiyaviy ahamiyatga molikdir. Bu hikoya ikki qarama-qarshi harakterlarni ko`rsatadi. Ular bir hil sharoitda ish tutadilar. Ana shu sharoitda bu harakterlar o`rtasidagi ziddiyat aniq ko`rinadi. Shunungdek, bu asarda ertak motivlari asosida berilgan hikoyadagi Muqbil ijobiy timsol bo'lib, ma'nosi ham iqbolli, bahtli degani. Mudbir esa salbiy timsol bo'lib, ishi orqaga ketuvchi , bahtsiz, yolg'on gapiruvchi kimsadir. Bu hikoyada Muqbil o'zining yahshi amallari va halollik, to'g'ri so'zligi bilan kamol topadi, Mudbir esa o'zining xudbinligi, qora niyatliligi bilan zavol topadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The story told in this article by the sixth alien of the epic has a much greater educational significance. This story shows two opposing characters. They behave in the same conditions. It is in these conditions that the conflict between these characters is clearly visible. It should be noted that in this work, the alternation in the story given based on the fairy tale, Mukbil is a positive embodiment, and also means wise, happy. And Mudbir is a negative symbol, which means one whose work is backward, unhappy, deceitful. In this story, Mukbil thrives thanks to his good deeds and honesty, the right word, while Mudbir will ruin his life thanks to his selfishness, blackness.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIYNING "SAB`AI SAYYOR" DOSTONIDAGI OLTINCHI HIKOYA TAHLILI»

ALISHER NAVOIYNING "SABAI SAYYOR" DOSTONIDAGI OLTINCHI

HIKOYA TAHLILI

Ushbu maqolada dostonning oltinchi musofir tomonidan aytilgan hikoya ancha tarbiyaviy ahamiyatga molikdir. Bu hikoya ikki qarama-qarshi harakterlarni ko'rsatadi. Ular bir hil sharoitda ish tutadilar. Ana shu sharoitda bu harakterlar o'rtasidagi ziddiyat aniq ko'rinadi. Shunungdek, bu asarda ertak motivlari asosida berilgan hikoyadagi Muqbil ijobiy timsol bo'lib, ma'nosi ham iqbolli, bahtli degani. Mudbir esa salbiy timsol bo'lib, ishi orqaga ketuvchi , bahtsiz, yolg'on gapiruvchi kimsadir. Bu hikoyada Muqbil o'zining yahshi amallari va halollik, to'g'ri so'zligi bilan kamol topadi, Mudbir esa o'zining xudbinligi, qora niyatliligi bilan zavol topadi.

Kalit so'zlar: halollik, yolg'on, noshukurlik, baxt, odob, Muqbil, Mudbir, qissa, harakter, sabr, ertak.

The story told in this article by the sixth alien of the epic has a much greater educational significance. This story shows two opposing characters. They behave in the same conditions. It is in these conditions that the conflict between these characters is clearly visible. It should be noted that in this work, the alternation in the story given based on the fairy tale, Mukbil is a positive embodiment, and also means wise, happy. And Mudbir is a negative symbol, which means one whose work is backward, unhappy, deceitful. In this story, Mukbil thrives thanks to his good deeds and honesty, the right word, while Mudbir will ruin his life thanks to his selfishness, blackness.

Keywords: honesty, lies, ingratitude, happiness, morality, Mukbil,Mudbir, narration, character, patience, fairy tale.

T. Sabitova

Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti

D. Anisbekova

Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

April, 2022

KIRISH

Bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri ajdodlarimizning yaratgan asarlarining asl mohiyatini singdirishdan iboratdir. Shunday ekan har bir maqola yoki tezisda aytiladigan fikrlar insonlarning ma'rifatini oshirib, ma'naviyatini yuksaltiradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ulug' mutafakkir shoir Alisher Navoiy o'zining "Xamsa"siga kirgan beshta dostonida ham xalq og'zaki ijodiyotidan unumli foydalangan.

Aayniqsa, "Xamsa"ning to'rtinchi dostoni bo'lgan "Sab'ai sayyor" asaridagi yetti darveshlarning xikoyalarining har biri xalq og'zaki ijodiyoti asarlari bilan yo'g'rilgan.

Dostondagi oltinchi hikoya to'g'rilik, halollik, haromxo'rlik, yolg'on, shukrona va nashukurlik to'g'risidadir. Muqbil rozilik, shukrona timsolidir. U har doim shukrona qiladi, mazlumlarga shafqat bilan qaraydi, to'g'rilikdan sira boshqa yo'lga yurmaydi. Shuning uchun Muqbilga iqbol va saodat kulib boqdi. Muqbil shu sifatlari tufayli go'zal malikaning muhabbati va visoliga erishdi, katta obro' va yuksak mavqe'ni egalladi. Bular hammasi Muqbilning to'g'riligi, halol va pokligi uchun berilgan taqdir mukofotidir.

Mudbir esa Muqbilning tamomila aksi bo'lmish obrazdir. U hamma narsadan norozi, hamisha noshukur. Mudbirning butun qilmishlari uning tabiatidagi noshukurlik, kajbahslik, manfaatparastlik va yolg'onchilikni ko'rsatib turadi.

Navoiy Mudbir singari tor fikr, noshukur, mavjud ne'matlarni qadr qilmay faqat fitna fasod bilan mashg'ul ig'vogarlarni tanqid ostiga olmoqda . Yomonlik va yolg'on Mudbirning vujudiga singib ketgan. Uni tuzatishning iloji yo'q. Shuning uchun halokati muhaqqaq edi.

Mana shu ikki qarama-qarshi ma'no anglatuvchi ismli kimsalar Boxtar degan joydan Xovirga yo'l oladilar. Ularning ishi tunu kun davomida yo'l bosish bo'ldi. Yo'lda tikanli, havosi buzuq vodiydan o'tishga to'g'ri keldi. Vodiyni qaynoq, issiq vodiy deb atashardi. Shuning uchun odamlar ham, hayvonlar ham bu erga oyoq bosmaganlar. Ikki hamroh shu erdan o'tishga majbur bo'ldilar. Havo jazirama issiq, uning ustiga, qandaydir hid qo'shilib, nafas olishni qiyinlashtirdi. Irodasiz, chida-mi yo'q Mudbir hushini yo'qotib, ro'y berayotgan holatdan shikoyat qila boshladi. Shikoyat qilganda ham Xudoga qarab, uni ayblashga tushdi. "Bu ne havo bo'l-g'ay", dedi. " Suv yaratmoq, magar erur dushvor", dedi. Ya'ni Xudoni ayblab, suv yaratish shunchalar qiyinmi, degan so'zlar

bilan arz qildi. Hatto Muqbilga qarab:

April, 2022

"Seni ko 'rmak ne shum kun erdi, Kiyomon muncha xosiyat berdi",

dedi. Bu bilan Mudbir Muqbil bilan uchrashgan kunini qoraladi. Uning aytishicha, shunday ko'ngilsiz, bexosiyat vaziyatga tushishining sababchisi Muqbil ekan.

Muqbil ro'y berayotgan yo'l azobini Alloh yuborayotgan sinov deb tushundi. Sabr va iroda bilan bu sinovga chidash uchun qalbiga Alloh yodini singdirishga urindi:

Mudbirni ham sabr qilishga undadi. Ammo hamrohi borgan sari battarroq dod solaverdi. O'rtada ayriliq bo'lur, degan gaplar ham bo'lib o'tdi. Chunki Muqbil Mudbirning arz-shikoyatlaridan to'yib ketgan edi. Mudbir shu zahoti tavbasiga tayanib, yalinishga majbur edi. Yomon odatlarini tashlashga va'da berdi. Muqbil unga ishondi. Oxiri ofat vodiysi tugab, bir dengiz qirg'og'iga etib kelishdi. Bir kemachi ularga qayiq berdi. Qayiqni katta kemaga bog'lab safarga ketdilar. Ammo kema shu qadar shiddat bilan ketar ediki, qayiqdagilar tang ahvolda qolishdi. Mudbir yana o'z qilig'ini boshladi. Allohni insofsizlikda aybladi. O'z bandalariga zulm qilish bilan band ekanini ayta boshladi. Uning gaplari Yaratganga ma'lum bo'ldimi, katta to'fon boshlanib, qayiq kemadan uzilib ketdi. Kemadagilarning ko'pchiligi g'arq bo'ldi. Qolganlari har tarafga yoyilib ketdi. Qayiq ichidagi Mudbirning ahvoli yana xaroblashdi. Muqbil bo'lsa, yana Xudoga yalindi. Umid bilan yaratgandan shafqat kutdi. Nihoyat, uning duolari mustajob bo'lib, dengiz tinchidi.

Qiyinchilik dardi arigan Muqbil o'sha zahoti Allohga shukr qildi va o'z panohida asrashini yaratgandan so'rab duolar o'qidi. Qayiq tinchgina suzib borar ekan, uzoqda bir qora narsa ko'rindi. U erdan odamga rohat bag'ishlovchi xushbo'y sandal hidi kela boshladi. Ikki hamroh qayiqni o'sha tarafga haydadilar. Oxiri manzilga etib kelishganida qora narsa ulkan bir sandal daraxti bo'lib chiqdi. Daraxt atrofdagi bor quruqlikni egallagan edi. Daraxtning g'ovagidan bir buloq suv oqib, dengizga qo'shilardi. Hamrohlar qayiqni bir ildizga bog'lab, chanqoqni qondirish harakatiga tushdilar. O'sha erda bir o'yilgan yozuvlari bor tosh ham turgan ekan. Yozuvda: "Bu daraxt "sandali siliyo" ("Sehrli sandal") deb ataladi. Chashma suvidan sodiq - rost, to'g'ri, sadoqatlinodam ham, kozib - yolg'onchi ham ichib, chanqog'ini qondirishi mumkin. Ammo to'g'ri ichgandan keyin bir oygacha er-icharga hojatmand talabgor bo'lmasa, kozib ichsa, uch kun

Muqbil erdi Xudoy ila mashg'ul, Zikru tasbehi Tangriga maqbul.

April, 2022

o'tgach, suvu taom tilagaydir va chashmadan chanqoq qondirgan odam keyin yolg'on gapirsa, shu

zahoti qorni chok bo'lg'usidir (qorni yoriladi). Ki hamul dam halok bo'lg'usidir", deb

aytilgan ekan. Yana "Yuqoridagilar ichishga tegishli, ichiga kirishning

o'zga xosiyati bor: yolg'onchi kirsa, dam o'tmay kuyadi. Rostgo'y kirsa, unga hech

qanday zarar tegmaydi. Cho'milish uchun ko'zini yumadi. Qulog'u burnini berki-

tib sho'ng'iydi. Boshini suvdan chiqarsa, shunday ajoyibotlarni ko'radiki, ularni

aytishga so'z ojiz. Lekin bir cho'milgan kimsa yana cho'mila olmaydi. Xohish

bildirib sho'ng'imoqchi bo'lsa, suv pasayib ketadi" deyilgan edi. Nihoyatda chanqagan

Mudbir ,, yolg'on demakni tark ettim", dedi-yu suvdan ichdi. Sadoqatli

Muqbil esa, Robbiga shukr qilib, shundan so'ng suvdan ichdi. Mudbir "sug'a kirmak"

istagan edi, suyagigacha kuyib ketdi. Darhol o'zini suvdan oldi. Muqbil

lungi bog'lab suvga tushdi, keyin sho'ng'idi. Bo'yini chiqargan edi, toza zilol suvli

hovuzga ko'zi tushdi. Atrof Eram bog'idek go'zal edi. Hovuzdan chiqmoqchi

edi, kumushtan qizlar unga yordam berdilar.

Uning tanasini yumshoq sochiqlar artib quritdilar. Hashamli kiyimlar kiydirishdi. Chor atrofda sandal hidi ufurib turar edi. Boshiga kiydirilgan ajoyib salladan ham sandal hidi kelardi. Qizlar nazokat bilan uning qo'lidan ushlab, sandal qasriga yo'l olishdi. Muqbil sandal qasriga qadam qo'yganida es-hushini yo'qotdi. Qasrning shipi, ravoqi, eshigi, oyoq osti erlari - hammasi sandal hidi edi. To'rida sandaldan yasalgan taxt, taxtda yuzi quyoshdek yorug', olam mulkiga shohlik qilishga arziydigan farishtasifat go'zal qiz o'tirardi. Muqbil unga ko'zi tushdi-yu, qoni qurib, "rangi sarg'aydi". Zarb bilan erga yiqildi.

Muqbil parivash qiz uning oldiga kelib, shirin so'zlar aytganida bir necha marta behush bo'lardi va yana o'ziga kelardi. Oxiri qiz uni sandal taxtga tak-lif qildi. Ammo Muqbil taxtga o'tirishni o'ziga loyiq topmay, taklifni rad etdi. Qiz bilan yigit o'rtasida shirin suhbat bo'ldi. Oxiri Muqbil uyquga ketdi. Ertalab kechagi voqealarni eslar ekan, u hovuz suviga bir necha marta sho'ng'idi. Ammo avvalgi saroy, hashamatli qabullarni boshqa ko'rmadi. Mudbirga boshidan o'tganlarni aytmadi. Buloq boshidagi toshga qaragan edi, yana qandaydir yozuvlarga ko'zi tushdi.

Yozuvda kimki hovuz suviga kirib, g'aroyib voqealarni ko'rgan bo'lsa, chiqqani zahoti o'zini chetga olishi, dengiz suvi uzra safarga chiqishi lozim, degan qayd bitilgani uchun bu erda qolishni xatarli hisoblab, zudlik bilan qayiqni echdi va Mudbir bilan yo'lga tushdi. Ammo kayfiyati borgan sari yomonlashdi. Mudbir undan bo'lib o'tgan voqealarni

April, 2022

599

so'radi. Muqbil javob bera olmadi. Shunda Mudbir hamrohiga buloq bo'yida devu parilar ta'sir qilgan bo'lsa kerak, deb o'yladi. Uning ustiga dengizda bir katta kema ko'rindi. G'aroyib shamol qo'zg'aldi-yu, qayiq kema tarafga suzib ketdi. Ko'p o'tmay, kemaga urilib to'xtadi, shamol xavfidan tezroq qutulish uchun ikki yigit kemaga chiqib olishdi. Taajjub, kemada biron-ta tirik zot yo'q edi. Hamma yoq sandal yog'ochi bilan to'la edi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Shoir o'z o'quvchisini kema tarixi bilan tanishtiradi. Xovar yurti podshohining pariga o'xshagan bir qizi bor ekan. Shoh uni juda yaxshi ko'rar ekan. Ammo qiz bechora bosh og'rig'i dardiga duchor bo'libdi. Bu dardga faqat sandal daraxtining xushbo'y hidi davolik qilar ekan. Shuning uchun shoh qiziga atab sandal daraxtidan qasr qurishni buyuribdi. "Sandaldan yasalgan qasrda qizim yashab dardidan xalos bo'lsin", debdi shoh. Buyruqni bajarish uchun Hind mulkidan bir kema sandal daraxti olib kelishayotganda kema girdobga uchrabdi. Ko'p vaqt kemadagilar girdobdan qutulisha olmabdi. Ovqat zahiralari tugab, hamma halok bo'libdi. Bu mahal dengiz uzra shamol turib, kema girdobdan qutulibdi. Muqbil bilan Mudbir ana shu hodisadan keyin kemaga duch kelishgan ekan. Kemadagi mayyit (vafot etgan odamlarning jasadi)larni ko'rgan Muqbil nolayu oh chekadi. Butun vujudi bilan fig'on chekib, dengiz ichida o'zini yakka

his qiladi. Mudbir bo'lsa, mayyitlarni suvga ota boshladi. Uning ko'nglida sandal daraxtlariga, hatto kemaga ega bo'lish niyati avj oldi. Kema shamolning ixtiyori bilan bir sohilga yaqinlashdi. Bu sohil Xovar yurti edi. Yurtning podshohi o'sha kuni tomosha qilishga mayl etib, daryo qirg'og'iga kelgan edi. Ko'zi kemaga tushdi.

Xizmatkorlar kemaga chiqishgan edi, ikki odamni ko'rdilar. Ularning biri shod, biri g'amgin edi. Podshohning xohishini aytishgandi, Mudbir shahdam yurib, shoh huzuriga etib keldi. Mudbir yana o'zi odat qilgan ishini davom ettirdi. U Xovar yurti shohiga o'zini tojir - savdogar qilib tanishtirdi. Savdogarlik bilan shug'ullanishini aytib, kemasidagi odamlar nobud bo'lganini, sohilga bir amallab etib kelganini, faqat Muqbil ismli quli qolganini ma'lum qilyapti. Esingizda bo'lsa, sirli buloq boshida yolg'on gapirmaslikka so'z bergan edi. Buloq yonidagi tosh yozuvida buloqdan suv ichgan odam keyin yolg'on gapirsa, qorni yorilib o'lishi aytilgan edi. Mudbir o'z odatini tark qilmadi. Yolg'on gapirdi. Hatto hamrohi Muqbilni o'zining yagona qolgan quli deb

tanishtirdi. Shu yolg'onlari bilan o'zini o'zi o'lim jazosiga hukm

April, 2022

qilganini bilmay qoldi. Bu lavha bilan Alisher Navoiy ayb qilgan odamni bir kechirish, ikki kechirish mumkin. Lekin "Ko'za kunda emas, kunida sinadi" deganlaridek, odamlar jazolamasa, Allohning o'zi uni jazolaydi, demoqchi. Haqiqatan ham Mudbir gapini tugatmasidan tani shisha boshladi. Ya'ni shishidan kiyimlari yorilib ketdi. Ko'ksi ham yorildi va o'ldi.

Podshoh umri bino bo'lib, bunday o'lim ko'rmagan edi. Shundan keyin shoh kemadagi notavon Muqbilni olib kelishni buyurdi, Mudbir jasadini yashirib qo'yishdi. Yigit kelganidan so'ng shoh batafsil so'roq boshladi. Kema kimniki, sandal daraxtlari kimniki: birma-bir javob berish talab qilindi. Ammo Muqbil bu savollarga javob berolmadi. Boshidan kechirganlarini shohga ro'y-rost ma'lum qildi. Uning gaplari shohga ma'qul bo'lib, nima tilagi borligini so'radi. Shunda Muqbil samimiyat bilan shohga umri davomida shohlik qilishni, baxtli bo'lishni tiladi va so'zi yakunida bandasini - o'zini ozod qilishini so'radi. Bu niyatlardan keyin podshoh yigitga o'z farzandidek mehr qo'ydi. Unga mamlakatiga vazir bo'lishni taklif qildi. Muqbil rozi bo'ldi. Ammo bu bilan yigit kelajagi to'xtamadi. Uni shoh o'zining yagona qiziga uylantirdi. Sandal qasrlar qurib bitkazildi. Qisqasi, sirli hovuzda ko'rgan-kechirganlari boshidan takrorlandi. Yana pariga o'xshagan qiz. Yana sandal taxt. Yana hushdan ketishu hushga kelishlar qaytadan jonlandi. Go'zal qiz Muqbilga hovuzda ko'rganlari naqshlardan - xayoliy tasavvurlardan iborat ekanini, yigitning rostgo'yligi, sabri, irodasi bu tasavvurni Alloh xohishi bilan rostga aylantirganini tushuntirdi.

Shu bilan Muqbil o'zining baxtini topdi, mushkullari oson bo'ldi. Hikoyaning zaminini Alisher Navoiy bildirmoqchi bo'lgan eng asosiy o'git - imonli bo'lish o'giti tashkil etgan. Shoir fikricha, inson imon bilan insondir. Imon esa ishonch, sabr va rostlik birligidan iborat. Odamlar musibatidan aziyat chekish (Muqbilning kemadagi mayyitlarni ko'rganidan keyin ohu nola chekkanini eslang), hech qanday guvohsiz haq so'zga amal qilish, hayot mushkulotlarini iroda bilan kutib olish, sabrli bo'lish va, tabiiy, ilm olish (Muqbilning muomalasiga diqqat qiling, tosh yozuvlarini o'qishiga, ularga amal qilishiga e'tibor bering) kabi fazilatlar insondagi imonni chiniqtiradi. Bu o'gitlarning hammasi, avvalo, doston

o'quvchisiga, qolaversa, Husayn Boyqaro, Badiuzzamonga qaratilgan edi. Bu hikoyaning Doston yakuniga kelib Bahrom va Dilorom voqeasini belgilovchi qo-liplovchi hikoyadan oldin berilishi ham bejiz emas. Oltinchi darvesh aytib bergan tarixda shoir eng oddiy odamlarni asariga qahramon qilib kiritgan. Bu bilan yaratgan oldida shoh ham, oddiy banda ham teng ekaniga urg'u berilgan.

April, 2022

601

Faqat kelajakka umid bilan qarash, yaxshi kunlarni orzu qilish, birovning fojiasiga befarq bo'lmaslik fazilatlari baxtga eltishini, yomonlik esa jazosiz qolmasligini ta'kidlash shoirimizning asosiy maqsadi edi, desak, xatoga yo'l qo'ymaymiz.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki ulug' bobomiz Alisher Navoiy o'zining bu asarida xalq og'zaki ijodining ertak motivlaridan ijodiy foydalangan va yaxshi inson kamol topishi va yomon kishi zavolga uchrashini kelajak avlodga ibrat qilib ko'rsatmoqchi bo'lganlar. Bu albatta yosh avlodning ta'lim tarbiyasida katta ahamiyatga egadir

REFERENCES

1. A.Navoiy. Mukammal asarlar to'plami. 10 jild. "Fan". -T. 1992. B-309.

2. A.Qayumov Asarlar. 1 jild. 2 kitob. "Mumtoz so'z". -T. 2008.

3. (Sabitova, T. (2021). AFSONALAR SEHRI. Scientific progress, 2(6), 1713-1717.)

4. (Собитова, Т. (2021). ИНТОК САНЪАТИ. Academic research in educational sciences, 2(10), 516-526.)

5. O.Мадаев. Навоий сухбатлари. "O'qituvchi" .-Т. 2018. Б-194.

6. К.Имомов Узбек халк поэтикаси . "Фан".-Т. 2008.

XULOSA

April, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.