Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIYNING “SAB’AI SAYYOR” DOSTONIDA DO‘ST TIMSOLINING YARATILISHI'

ALISHER NAVOIYNING “SAB’AI SAYYOR” DOSTONIDA DO‘ST TIMSOLINING YARATILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
4741
244
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Sab’ai sayyor” / Farrux va Axiy / Zayd Zahhob / Juna va Mas’ud / Muqbil va Mudbil / do‘stga saqoqat / oliyjanoblik. / "Sabai Sayyar" / Shah Bahrom / Farrukh and Ahi / ZaydZahhab / Juna and Mas'ud / Muqbil and Mudbil / friendliness / nobility.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Rasulova, Nigora

O‘zbek adabiyotida do‘st timsoli juda qadim zamonlardan qo‘llanib kelingan. Hayotda sadoqatli do‘st topish, do‘stlikning orqasidan baxt-saodatga erishish syujeti asosiy syujetlardan hisoblangan. Do‘stlikning maqomi xususida turli rivoyatlar, hikoyatlar to‘qilgan. Hazrat Mir Alisher Navoiy ham o‘z asarlarida do‘stlik tushunchasini juda ulug‘lagan. Hayoti davomida o‘ziga do‘st deb bilgan insonlarni juda izzat-ikrom qilgan. Ularga bag‘ishlab maxsus asarlar yaratgan. Shu bilan birga do‘st timsolini o‘z asarlarida ham keng qo‘llagan. Alisher Navoiy “Xamsa”ning to‘rtinchi dostoni bo‘lmish “Sab’ai sayyor” dostonida ham bir qator do‘st timsollari yaratilgan. Dostonning to‘qqizinchi bobini esa maktabdosh do‘sti Sulton Husayn Boyqaro madhiga bag‘ishlaydi. Uni cheksiz saxovat, chumoliga ham marhamatli adolat egasi deya ta’riflaydi. Shoh Bahromga atab qurilgan yetti qasrda yettita sayyoh tomonidan aytilgan yetti hikoyatda ham do‘st timsolining yorqin namunalariga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Maqolada Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostonida keltirilgan hikoyatlarda do‘st timsolining yaratilishi, vafodor do‘st va do‘stlikka xiyonat kabilar haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CREATION OF A FRIEND'S IMAGE IN ALISHER NAVOI'S FRIEND "SAB'AI SAYYOR"

The image of a friend has been used in Uzbek literature since ancient times. Finding a loyal friend in life, the pursuit of happiness through friendship is one of the main plots. There are various legends and stories about the status of friendship. Hazrat Mir AlisherNavoi also glorified the concept of friendship in his works. He had a lot of respect for people he considered to be his friends throughout his life. He created special works dedicated to them. At the same time, he widely used the image of a friend in his works. Alisher Navoi's fourth story, ";Sabai Sayyar," which is the fourth story of Hamsa, also depicts a number of friends. The ninth chapter of the poem is dedicated to his school friend Sultan Hussein Boyka. He is described as a man of infinite generosity and justice. The concept of friendship is widely used in the stories of Farrukh and Ahi, Zayd Zahhab, Juna and his friend Mas'ud, Muqbil and Mudbil. The article tells about the creation of the image of a friend in the stories of Alisher Navoi’s “Sabai Sayyar”, such as betrayal of a loyal friend and friendship.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIYNING “SAB’AI SAYYOR” DOSTONIDA DO‘ST TIMSOLINING YARATILISHI»

Scientific Journal Impact Factor

0

ALISHER NAVOIYNING "SAB'AI SAYYOR" DOSTONIDA DO'ST TIMSOLINING YARATILISHI

Rasulova Nigora

Samarqand davlat universiteti magistranti (O'zbekiston)

ANNOTATSIYA

O 'zbek adabiyotida do 'st timsoli juda qadim zamonlardan qo 'llanib kelingan. Hayotda sadoqatli do'st topish, do'stlikning orqasidan baxt-saodatga erishish syujeti asosiy syujetlardan hisoblangan. Do 'stlikning maqomi xususida turli rivoyatlar, hikoyatlar to'qilgan. Hazrat Mir Alisher Navoiy ham o'z asarlarida do 'stlik tushunchasini juda ulug 'lagan. Hayoti davomida o 'ziga do 'st deb bilgan insonlarni juda izzat-ikrom qilgan. Ularga bag'ishlab maxsus asarlaryaratgan. Shu bilan birga do'st timsolini o'z asarlarida ham keng qo'llagan. Alisher Navoiy "Xamsa"ning to'rtinchi dostoni bo'lmish "Sab'ai sayyor" dostonida ham bir qator do 'st timsollari yaratilgan. Dostonning to 'qqizinchi bobini esa maktabdosh do 'sti Sulton Husayn Boyqaro madhiga bag'ishlaydi. Uni cheksiz saxovat, chumoliga ham marhamatli adolat egasi deya ta 'riflaydi. Shoh Bahromga atab qurilgan yetti qasrda yettita sayyoh tomonidan aytilgan yetti hikoyatda ham do'st timsolining yorqin namunalariga guvoh bo 'lishimiz mumkin.

Maqolada Alisher Navoiyning "Sab'ai sayyor" dostonida keltirilgan hikoyatlarda do 'st timsolining yaratilishi, vafodor do 'st va do 'stlikka xiyonat kabilar haqida fikr yuritilgan.

Kalit so 'zlar: "Sab 'ai sayyor ", Farrux va Axiy, Zayd Zahhob, Juna va Mas 'ud, Muqbil va Mudbil, do 'stga saqoqat, oliyjanoblik.

The image of a friend has been used in Uzbek literature since ancient times. Finding a loyal friend in life, the pursuit of happiness through friendship is one of the main plots. There are various legends and stories about the status of friendship. Hazrat Mir AlisherNavoi also glorified the concept of friendship in his works. He had a lot of respect for people he considered to be his friends throughout his life. He created special works dedicated to them. At the same time, he widely used the image of a friend in his works. Alisher Navoi's fourth story, "Sabai Sayyar," which is the fourth story of Hamsa, also depicts a number of friends. The ninth chapter of the poem is dedicated to his school friend Sultan Hussein Boyka. He is described as a man of infinite generosity and justice. The concept offriendship is widely used in the

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

stories of Farrukh and Ahi, Zayd Zahhab, Juna and his friend Mas'ud, Muqbil and Mudbil.

The article tells about the creation of the image of a friend in the stories of Alisher Navoi's "Sabai Sayyar", such as betrayal of a loyal friend andfriendship.

Key words: "Sabai Sayyar", Shah Bahrom, Farrukh and Ahi, ZaydZahhab, Juna and Mas'ud, Muqbil and Mudbil,, friendliness, nobility.

АННОТАЦИЯ

Образ друга используется в узбекской литературе с давних времен. Найти в жизни верного друга, достижения счастья через дружбу - один из главных сюжетов. О статусе дружбы ходят разные легенды и рассказы. Хазрат Мир Алишер Навои также прославил в своих произведениях концепцию дружбы. Он очень уважал людей, которых считал своими друзьями на протяжении всей своей жизни. Им посвящены специальные произведения. При этом широко использовал образ друга в своих работах. В четвертом эпосе Алишера Навои «Хамса", "Сабай Сайяр" также есть несколько друзей. Девятая глава поэмы посвящена его школьному другу султану Хусейну Бойкару, который описывается как человек безмерной щедрости и справедливости. Понятие дружбы широко используется в рассказах Фарруха и Ахи, Зайда Заххаба, Джуны и его друга Масъуда, Мукбила и Мудбила.

В статье рассказывается о создании образа друга в рассказах Алишера Навои «Сабай Сайяр», таких как предательство верного друга и дружба.

Ключевые слова: «Сабай Сайяр», Шах Бахром, Фаррух и Ахи, Зайд Заххаб, Джуна и Масъуд, Мукбил и Мудбил, дружелюбие, благородство.

KIRISH

Do'stlik, do'stga vafoli bo'lish borasida badiiy adabiyotimizda juda ko'p rivoyatlar to'qilgan, hikmatlar bitilgan. Do'stlikning avvali tanishmoqlikdir. Ta'bir joiz bo'lsa, tanishish - do'stlik manziliga olib boruvchi bir yo'ldir. Agar bu yo'ldan to'g'ri bormay, poyintar-soyintar, egri-bugri qadam tashlansa, g'iybat, ig'vo, hasad ariqlaridan suv ichib turilsa, o'rtada dushmanlik paydo bo'lishi shubhasizdir. Haqiqiy do'st boshga kulfat tushganda bilinadi.1

Hazrat Mir Alisher Navoiy ham o'zining betakror ijodida do'stlik tushunchasiga alohida urg'u berganlar. Alisher Navoiy qalamiga mansub "Xamsa" dostonining to'rtinchi dostoni bo'lmish "Sab'ai sayyor" dostonida ham do'stlik tushunchasi, do'stga sadoqatli bo'lish, o'ziga ravo ko'rganini do'stiga ham ravo ko'rish tuyg'ulari

1 Тохир Малик, "Одамийлик мулки".-Т.:"Шарк; ". 2014.154- bet

969

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

hikoyatlar zamirida yoritib berilgan. Dostondagi shoh Bahromga aytilgan birinchi hikoyat, ya'ni hindistonlik musofir tomonidan qora qasrda hikoya qilingan Farrux va Axiy haqidagi hikoyatni olib ko'raylik. Shahzoda Farrux tushida ko'rgan maxvashni axtarib Halabga kelishi, uni bir bor uchratib, hushidan ayrilishi,saxovati bilan nom qozongan Axiyning g'am-anduhga chumib, qora palosga o'ranib iztirob chekayotgan Farruxni uchratib qolishi, uni uyiga taklif qilib mulozamat ko'rsatishi, u bilan suhbat qurib, uning dardidan voqif bo'lishi, Farruxning ishqi tushgan go'zal o'z yori ekanligini bilishi va yorini taloq qilib, do'sti Farruxga nikohlab berishi do'stlikning, oliyjanoblikning eng yuqori bosqichidir. Bu kabi do'stga nisbatan oliyjanoblik ko'rsatish holatini Farrux obrazida ham ko'rishimiz mumkin. Farrux nikohiga olgan go'zal yorning g'am- anduhga botib, nola qilishidan bor gapni bilib oladi. Axiyning mardligidan hayratga tushadi. Ayolni o'ziga singil kabi tutadi va do'stini izlaydi. Axiy ham ishi orqaga ketib, Hind mulkiga borib qoladi. U yerda ikki do'st topishadi. Farrux singlim deya Axiyning ayolini to'y-tomosha qilib o'ziga nikohlab beradi. Shu tariqa ularning do'stligi abadiiy bo'lib, bir-birlaridan yordam va mehrini ayamay, uzoq umr ko'rishadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Dostonga kiritilgan ikkinchi hikoyat, Zayd Zahhob haqidagi hikoyatda ham Rum mamlakati podshosining Zayd Zahhob ismli zargari, yaqin do'sti bo'lishi, hukmdor u bilan har bir ishda maslahat qilishi, shohning ishonchiga kirgan Zayd Zahhobning unga oltin taxt yasab berishini va'da qilib, xazinadan ikki ming botmon oltinni olishi,lekin taxtning faqat sirtini oltin qilib, ichki tomonini kumish bilan to'ldirishi, do'stlikka xiyonat qilib qolgan oltinlarni o'zlashtirib olishi voqealarini ko'rishimiz mumkin. Oxir oqibat Zayd Zahhobning dushmanlari shohga uning firibini ma'lum qiladi. Shoh Zayd Zahhobni zindonga tashlaydi. Zayd Zahhob zindondan qutilib,Qustantaniyaga qochadi va u yerda oxir -oqibat butxona rohibi bo'ladi. U butxonadagi oltindan yasalgan barcha buyumlarni o'zlashtirib, o'rniga shisha va boshqa metallardan yasab qo'yadi. So'ng o'z ixlosmandlariga bir maktub yozib, o'z yurtiga qaytayotganini ma'lum qiladi. Butparastlar qo'lidagi maktubda esa Zayd Zahhobning barcha kirdikorlari bayon qilingan edi. Zayd Rumga qaytib bemor shohni davolaydi. Qayda uning ishonchiga kiradi. Oltinlarni oshig'i bilan qaytarib beradi, dushmanlarini jazolaydi. Shohga sadoqatini izhor etadi.

Dostondan o'rin olgan to'rtinchi hikoyatda esa shoh Bahrom qizil qasrda navbatdagi sayyohdan Juna va uning do'sti Mas'ud haqidagi hikoyatni tinglaydi. Dehli sultoni hisoblanmish Juna shu darajada saxovatli ekanki, uning saxiyligi chegara bilmas ekan:

Scientific Journal Impact Factor

0

Adlu insof o'lib sifoti aning, Shohlar ichra Juna oti aning. Yelga bazlu ato bila mashhur. Olam ichra saxo bila mashhur. Yelga laklarni bebaho berib, Gar bahona topib xizona berib. Bazlae gar debon suxansanje, Silasig'a ato qilib ganje. 2

Bir musofir uning mehmoni bo'lib, unga rost gapirgan odamning yuzini oq, yolg'onchining yuzini qora qilib ko'rsatadigan ko'zgu sovg'a qiladi. Shoh olamda o'zidan ham saxiyroq kishi bor-yo'qligini so'raydi. Musofir dastlab yo'q deb javob beradi. Musofirning yuzi qorayib ko'rinadi. Musofir unga ochig'ini aytishga majbur bo'ladi. Darhaqiqat, Junadan ham saxovatli kishi bo'lib, u Taroz o'lkasidan yashovchi Mas'ud edi. Mas'ud xabarini eshitgan shoh Tarozga yo'l oladi va Mas'ud bilan uchrashib, do'st tutinadi. Mas'ud unga o'zi uchun eng aziz bo'lgan narsalari: kuy va qo'shiqda mohir bo'lgan kanizagini, mayi tugamaydigan jomini, Gulgun laqabli otini hadya qiladi. Juna Mas'udni Tarozga hokim qilib tayinlash to'g'risida farmon beradi, ammo o'zining shoh ekanligini bildirmaydi. Farmondan xabar topgan Taroz hokimi qattol vaziri Ballu bilan reja tuzib, Mas'ud bilan "sadoqatli do'st" tutinishga qaror qiladi. Mas'ud uning do'stligiga ishonadi. Kunlarning birida Jaypur Mas'udning uyiga keladi, shomga yaqin o'zlarini tutolmaydigan darajada mast bo'lishadi. Vaziyatdan foydalangan Ballu uni chohga soladi. Mas'udni chohdan olib holdan toyguncha azoblashadi va yana chohga solishadi. Mas'ud bu darajada qilinayotgan zulmning sababini bilmay lol bo'ladi. Balluning go'zal bir qizi bo'lib, u Mas'udga oshiq edi. Barcha voqeadan xabar topgan qiz Mas'udni qutqarib, birga saroydan qochib ketadi. Yo'lda ko'p mashaqqat chekkan ikki sevishgan Juna saltanatiga kelib qoladi. Xizmat yuzasidan saroyga kirgan Mas'ud o'zi hadya qilgan narsalarni taniydi. Juna bilan topishadi. Do'stini yo'qotib, hajr azobida qolgan shoh Juna bag'oyat shodlanib, do'stiga ko'p iltifotlar ko'rsatadi. Jaypur bilan Balluni jazoga tortadi.

Payshanba kuni shoh Bahromning sandal qasrda eshitgan Muqbil va Mudbil haqidagi hikoyatida ham Boxtardan Xovarga yo'l olgan ikki yo'lovchining sarguzashti hikoya qilinadi.

Ul ikov yo'ldin o'lmayin ogoh, Bo'yla vodida bo'ldilar hamroh.

2 Alisher Navoiy .Sab'ai sayyor.Mukammal asarlar to'plami .20-jildlik.-T.:Fan,1992.10-jild.168-bet

971

Oriental Renaissance: Innovative, R

educational, natural and social sciences ( )

Scientific Journal Impact Factor

Ko'rdilar chunki yo'l suubatini, U1 balo dashtining uqubatini Ki, nechakim aning kanorasi yo'q, Qat' qilmoqtin o'zga chorasi yo'q.

Har balo qo'ysa yuz tahammul etib, Kirdilar dasht aro tavakkul etib. 3 Ba'zan Mudbirning axmoqona gaplaridan Muqbil ko'p ozor chekar,undan voz kechmoqni qaror qilar, ammo Mudbir unga yolvorib, tovba qilardi. Ular shu tariqa safarni davom ettiradilar. Dengiz sohilida bir kemaga o'tirishadi,to'fon sabab kema g'arq bo'ladi. Ikkisi omon qoladi, qirg'oqqa chiqib, o'rmonga duch kelishadi. Shu yerdagi bir daraxt kovagida buloq bo'lib,undan suv ichgan odam, ochiqmasligi, suvsamasligi, ammo yolg'on gapirsa, yorilib o'lishi haqida yozilgan bo'ladi. Ikki do'st suvdan to'yib ichishadi. So'ng yozuvni o'qisalar, suvga boshi bilan sho'ng'ib cho'milgan odam g'aroyib narsalarni ko'rishi,faqatgina bu suvda rostgo'y odam cho'mila olishi mimkinligi yozilgan bo'ladi. Mudbir ko'p yolg'on gapirgani uchun ham suvga tusholmaydi. Muqbir suvga sho'ng'ib, bir qasrga duch keladi, undagi bir maxvashni ko'rib oshiq bo'lib qoladi. Xushiga kelgach,yo'lga tushishadi. Qirg'oqda bir kemani uchratishadi. Kema sandal daraxti yog'ochi bilan to'la bo'lib, odamlari o'lib yotardilar. Ular kemada suzib, qirg'oqqa borganlarida, Xovar shohiga duch keladilar. Mudbir o'zini savdogar, yo'ldoshi Muqbilni esa qulim deb tanishtiradi va shu zahoti yo'g'on gapirganligi sababli yorilib o'ladi. Muqbir bor gapni ro'yi rost aytganligi sababli shoh uni kiyov qilishga qaror qiladi. Muqbir go'zal mashvash vasliga erishadi. Hikoyatda o'z manfaatini ustun qo'yuvchi,yolg'onchi do'stlar qoralanadi.

XULOSA

Navoiy asarlarida hamisha va har gal bugunning gapini topaverasiz-da. Sababi -u hamisha o'z zamonasining oldi fikrini aytgan. Bir zamonda dolzarb bo'lgan masala aksaran boshqa davr uchun ham ahamiyat kasb etaveradi. 4

Darhaqiqat, Alisher Navoiy hikoyatlarida keltirilgan do'st timsoli bugungi kunimiz uchun ham juda muhim masaladir. Chunki inson hayotidagi mislsiz o'zgarishlar, inson boshiga qo'nadigan baxt qushi ham do'stlik tufayli yuzaga kelishi mumkin. Do'stlik tushunchasi har bir davrda, qolaversa bugungi kunimiz uchun ham dolzarb tushunchadir.

3 Alisher Navoiy .Sab'ai sayyor.Mukammal asarlar to'plami .20-jildlik.-T.:Fan,1992.10-jild.217-bet

4 Cy^roHMypog o^hm. "HaBOHH -em^apra.-TomKeHT,2008. 64-bet

972

Scientific Journal Impact Factor

о

REFERENCES

1. Alisher Navoiy. Sab'ai sayyor. Mukammal asarlar to'plami. 20-jildlik. -T.: Fan, 1992. 10-jild

2. Hasanov C. Navoiyning yetti tuhfasi. -T.: Adabiyot va san'at,1991.

3. Мадаев О. Навоий сухбатлари. -Т.: Укитувчи, 2018.

4. Мухиддинов М. Нурли калблар гулшани. -Т.: Фан, 2007.

5. Сирожиддинов С., Юсупова Д., Давлатов О. Навоийшунослик. Т.: Тамаддун,

6. Султонмурод Олим. "Навоий -ёшларга. -Тошкент, 2008.

7. Тохир Малик, "Одамийлик мулки" -Т. :"Шарк ". 2014.

8. Мухиддинов М. К. Хусрав Дехлавий суз фазилати бобида. POLISH SCIENCE JOURNAL ISSUE 6 (28) PART 2 INTERNATIONAL SCIENCE JOURNAL. 97-103

9. Хасанова М. Алишер Навоийнинг «Х,илолия» касидасида етти сайёра тимсоли. Суз санъати халкаро журнали, 2020 йил 2-сон, 158-164-бетлар.

2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.