Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY YASHAGAN DAVR MUSIQA SAN’ATIGA BO‘LGAN MUNOSABAT'

ALISHER NAVOIY YASHAGAN DAVR MUSIQA SAN’ATIGA BO‘LGAN MUNOSABAT Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
655
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Alisher Navoiy / Jomiy / Xusayn Bayqaro / A.Temur va temuriylar / musiqa / adabiyot / madaniyat / madaniyat / ijod / iste'dod / Shashmaqom / cholg‘u

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dilorom Tursunaliyevna Xamdamova

Mazkur maqolada o‘zbek adabiyoti asoschisi Alisher Navoiy yashagan davrda musiqa san'ati va unga xukmron sinf tomonidan bo‘lgan munosabat, musiqaning san'at sifatida rivojlanishining bu bosqichining o‘ziga xos xususiyatlari atroflicha tahlili qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY YASHAGAN DAVR MUSIQA SAN’ATIGA BO‘LGAN MUNOSABAT»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 2 / April 2023

ALISHER NAVOIY YASHAGAN DAVR MUSIQA SAN'ATIGA BO'LGAN

MUNOSABAT

Dilorom Tursunaliyevna Xamdamova Namangan davlat universiteti

Annotatsiya: Mazkur maqolada o'zbek adabiyoti asoschisi Alisher Navoiy yashagan davrda musiqa san'ati va unga xukmron sinf tomonidan bo'lgan munosabat, musiqaning san'at sifatida rivojlanishining bu bosqichining o'ziga xos xususiyatlari atroflicha tahlili qilingan.

Kalit so'zlar: Alisher Navoiy, Jomiy, Xusayn Bayqaro, A.Temur va temuriylar, musiqa, adabiyot, madaniyat, madaniyat, ijod, iste'dod, Shashmaqom, cholg'u

ATTITUDE TO THE ART OF MUSIC OF THE PERIOD WHICH ALISHER

NAVOI LIVED

Dilorom Tursunaliyevna Khamdamova Namangan State University

Abstract: In this article, the art of music and the attitude of the ruling class to it during the period when the founder of Uzbek literature Alisher Navoi lived, the specific features of this stage of the development of music as an art are thoroughly analyzed.

Keywords: Alisher Navoi, Jami, Husayn Baigaro, A. Timur and the Timurids, music, literature, culture, culture, creativity, talent, Shashmaqom, musical instruments

Ma'lumki, O'rta Osiyo xalqlarining musiqa san'ati va she'riyati bir-biridan ajralmagan holda (sinkretik) yuzaga kelgan bo'lib, eramizgacha bo'lgan I ming yillikka to'g'ri keladi. Bu esa o'z navbatida eng qadimiy og'zaki musiqiy-she'riy ijod namunalarida keltirilgan qahramonlik va ular haqidagi xalq dostonlari, qo'shiqlar va poemalar majmui bilan xarakterlanadi. Jumladan, Shiroq, Rustam, Siyovush kabi afsona va qo'shiqlarni bunga misol qilib keltirish mumkin. Shuningdek, asrlar davomida avloddan-avlodga o'tib kelayotgan "Avesto" kitobida ham ajdodlarimizning ijtimoiy hayoti, ma'naviy dunyosi haqida ko'plab ma'lumotlar berilgan. Ushbu tarixiy asarning mazmun-mohiyatida yakkaxudolik, insonparvarlik, mehr-shafqat, mehnadsevarlik, yurtparvarlik g'oyalari tarannum etilgan bo'lib, yosh avlodning ma'naviyatini tarbiyalashda, yaratuvchanlik va bunyodkorligini

shakllantirishda xizmat qiluvchi eng muhim manbalardan biri desak, mubolag'a bo'lmaydi.

Alisher Navoiy o'zining "Sab'ai sayyor" dostonida bir musiqashunosni Xorazmdan keltirib gapga solganligini quyidagi misralarda ifodalaydi:

Chun duo qildi, dedi farzona, Ki dey o'z ko'rgonimdan afsona, Menki tushmish buyon chuzor menga, MulkXorazm erur diyor menga, San 'atim onda soz cholmoq ishi. Qilmoyin men kabi ishimni kishi, «Ilm advor» fan musiqiy Mendin ul, ilm bo'ldi taxqiqiy.[1.-B.32]

Tabiiyki, bu yerdagi madaniyat rivoji, birinchi navbatda, hukmdor Sulton Husayn Boyqaroning bosh vaziri bo'lgan Alisher Navoiy nomi bilan bog'liq. Navoiy musiqani nihoyatda yaxshi ko'rgan, musiqiy asarlar yaratgan. Musiqani nozik his etgan hamda uning katta emotsional, ma'naviy va estetik kuchga ega ekanligini anglagan adib musiqiy asarlarning mazmundor hamda hayot bilan bog'langan bo'lishi shart deb hisoblar edi. Navoiyning musiqani san'at sifatida axloqiy yuksak va estetik jihatdan teran talqini, uning musiqa kompozitsiyasi va fani haqidagi qarashlari ko'pgina badiiy hamda ilmiy-falsafiy asarlarida aks etgan.

O'z qahramonlarining (Farhod va Shirin, Layli va Majnun) ichki kechinmalarini tavsiflar ekan, Alisher Navoiy sevgi va go'zallikni musiqiy cholg'ularning chiqayotgan sadolarga qiyoslaydi. Shoir sozanda, xonanda, raqqosalar ishtirokidagi bayram tantanalari tasviriga ko'p joy ajratadi. Shoirning asarlaridagi qahramonlar qatori xonanda, raqqosa, sozandalar, ijrochi va bastakorlar orasida, ayniqsa, "Sab'ai sayyor" dostonidagi musofir sozanda e'tiborni tortadi. Uning nutqida shunday so'zlar bor:

San 'atim anda soz chalmoq ishi,

Bilmayin men kibi ishimni kishi.

Ilmi advoru fanni musiqiy,

Mendin ul ilm ahli tahqiqi.

Elga ta 'lim etmoq erdim,

Kimki ustozi qavm shogirdi [2. -B. 256.].

Akademik N.I.Konrad yozadi: "Navoiy ustozi Jomiy kabi musiqashunos ekanligi, uning asarlari orasida musiqaga doirlari ham borligini eslaylik. Uning "Xamsa"siga, shunga ko'ra, musiqa nuqtai nazaridan ham yondashish mumkin. Bu holatda u so'zlar tili bilan berilgan hayotiy jarang kabi gavdalanadi. Ammo shuni ham esda tutish kerakki, pentatonikadagi tovushlar qatori beshta rang-barang

ohanglar orqali namoyon bo'ladi va ulaming har biri tovush oralig'idagi Musiqa san'ati D.Jamolova.

O'rta asr sharq allomalarining musiqiy qarashlari intervallarning joylashishi, har bir ohangning o'ziga xos jarangi bilan ajralib turadi. Biri sof major, ikkinchisi sof minor, uchinchisi "minorga yaqinlashgandek", ammo yana bir kuy borki, unda major va minor ajratib bo'lmaydi. Nazarimda, Alisher Navoiyning besh dostoni xuddi ana shunday jaranglaydi"[3.-B.284.]. Mashhur musiqashunos olim farazlari, so'zsiz, asossiz emas, zero, buyuk shoirning poetik merosidagi musiqiylik, uning musiqiy ijod mohiyati haqidagi tushunchalari o'z davridagi musiqa cholg'ulari va musiqa amaliyoti haqidagi eslatmalar doirasidan juda uzoqlarga chiqib ketgan. Alisher Navoiy musiqiy ijodga chuqur ilmiy-badiiy tavsif beradi.

Xalq hamda og'zaki professional ijod muammolari shoirni, ayniqsa, umrining so'nggi paytlarida ko'proq qiziqtirgan. Bu borada "Majolis un-nafois" (1491y), "Mezon ul-avzon" (1402 yildan so'ng), "Holati Pahlavon Muhammad" (1493 yildan so'ng), "Mahbub ul-qulub" (1500-1501) va boshqa fundamental asarlarda ma'lumotlar mavjud. Sharq fanining buyuk ikki arbobi: Forobiy va Ibn Sino kabi Alisher Navoiy ham musiqani cholg'u va ashulaga bo'ladi, tabiiyki, bunda ustunlikni keyingisiga beradi, zero, u so'z va musiqiy fikrni sintezlashtirgan holda, yanada ta'sirliroq kuchga ega bo'ladi. Musiqa nazariyasi va tarixidan, bastakorlar san'atidan yaxshi xabardor bo'lgan hamda o'zining vokal (naqshi) cholg'u va (peshravlar) asarlarini yaratgan.

Alisher Navoiy o'z poetik ijodida musiqiy ijod ta'sirini sezmasligi mumkin emas edi. Musiqiy ijodning nisbatan murakkab muammolarini hal qilishga uringan yirik olimlardan yana biri Mavlono Najmiddin Kavkabi Buxoriy edi. Ko'p qirrali iste'dod egasi sifatida u shoir va olim, sozanda, ijrochi va bastakor bo'lib tanildi. Fanning ko'p tarmoqlarini qamrab olgan ilmiy ishlari orasida uning musiqa nazariyasi, ritmika va qofiyaga oid tadqiqotlari ham mavjud. Ayniqsa, uning Buxoro maqomlari asosida musiqa va so'z uyg'unligi haqidagi tadqiqoti alohida ahamiyatga egadir. Bu ko'p yillik ilmiy izlanishlar natijada uning "Musiqa haqida risola", "Kuylarining turlari"[4.-B.63.] singari asarlari yaratildi. O'rta asrlardagi musiqiy risolalarda musiqiy ritm ikki qismga, ya'ni cholg'u hamda ashulaga bo'lib o'rganilgan bo'lib, uning ta'limoti she'riyat olami bilan uzviy bog'langan holda olib borilgan.

Amir Temur va Temuriylar davrida ham san'atning barcha sohalari taraqqiyoti bilan boshqa davrlardan ajralib turadi. Ayniqsa, Samarqandda miniatyura rassomchilik maktabi tashkil topdi. hozir Turkiya va Berlin kutubxonalarida saqlanayotgan ko'chirma- homaki miniatyura nusxalari XIV-XV asrlarga oid bo'lib, ularda alohida shaxslar, daraxtlar, gullar, kichik kompozitsiyalar, naqshlarda chiziqlar

uyg'unligi, harakatlar aniqligi, qiyofalarning o'z o'rnida joylashtirilishi muhim ahamiyat kasb etgan.

Bu davrda etuk ijodkorlar Qutb, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur, Muhammad Solih va boshqalar yashab ijod qildi. Ayniqsa o'zbek yozma adabiyotining dunyoviy ko'lamini Alisher Navoiyning ijodi kamolot bosqichiga ko'tardi.

Temur va uning avlodlari adabiyot va san'atga, ilm-fanga yaqin kishilar edi. Temuriylardan 22 ta ijodkor-shoir bo'lib, ular o'zlari she'r yozish bilan birga ijodkorlarga xomiylik ham qilgan. Xalil Sulton, Husayn Boyqaro kabilar o'z she'rlaridan devon tuzganlar.

Xuroson va Movarounnaxrda forsiy va turkiyda ham ikkala tilda ijod qiluvchi shoirlar ko'p bo'lib, adabiy hayot yuksaladi. Sharq klassik adabiyoti tarjimalariga ham e'tibor kuchayadi. "Chaxor manoli" kabi adabiyot nazariyasiga oid asarlar yaratilgan. Badiiy ijodning g'azal, ruboiy, tuyuq kabi turlari rivoj topgan. Adabiy jarayonda shohlar ham, oddiy kosib va hunarmandlar ham, olim va fozillar ham qatnashgan.

Xurosondagi adabiy hayotning rivojida Boysung'ur Mirzo (Shohruh Mirzoning o'g'li) ning o'rni beqiyos bo'lib, u o'z tashabbusi bilan fanlarning barcha sohalariga va san'at rivojiga katta hissa qo'shgan. Uning rahbarligida Firdavsiy "Shohnomasi" ning ko'p qo'lyozmalarni qiyoslash asosida ishonchli ilmiy matni yaratildi. Boysung'urning o'zi ham forsiy va turkiyda she'rlar yozgan. Xullas, XV asr o'rtalarida Xurosonda o'zbek adabiyotining yangi maktabi yuzaga keldi.

XV asrning ikkinchi yarmi o'zbek adabiyotining eng rivojlangan davri bo'lib, bu yuksalik Temuriy Boyqaro va o'zbek adabiyotining porloq quyoshi Navoiy nomlari bilan bog'liq. Boyqaro hukmronligi davrida adabiyot, san'at va fanning ko'p sohalari rivojiga katta ahamiyat bergan. "Husayniy" taxallusi bilan she'rlar yozgan, bu ulug' zot o'z hukmronligi davomida Navoiyga "muqarrabi hazrati sultoniy" mansablarini berib birgalikda madaniyatning rivojlanishiga homiylik qilishgan. Navoiy ustozi Jomiy bilan hamkorlikda ma'naviyat taraqqiyotiga rahnamolik qildi. Ular timsolida badiiy adabiyot eng buyuk yutuqlarga erishdi. Navoiyning "Xamsa" va "Xazoyinul-maoniy" devoni, Jomiyning "hasht avrang" va she'riy devonlari shu davr adabiyotining eng buyuk namunalari bo'ldi. Husayn Boyqaro o'z "Risolasida" uning hukmronligi davrida shunday asarlar yaratilganidan cheksiz faxrlangani bejiz emas.

Bu boy adabiy meros o'zbek adabiyotining keyingi taraqqiyotiga ham o'zining chuqur ta'sirini ko'rsatdi. Boburning "Boburnoma" asari shu davr o'zbek adabiyoti va ilmining hayotbaxsh an'analari asosida yuzaga kelgan edi.

XV asrda o'zbek adabiyoti, ayniqsa Navoiy ijodi misolida adabiy janrlar rang-barangligi nuqtai nazaridan ham eng yuksak cho'qqiga ko'tarildi. o'zbek adabiy tili

I ihSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

shakllandi. o'zbek nazmi va nasridagi adabiy uslubning xususiyatlaridan biri adabiy va ilmiy asarlarda fikr ifodasida forsiy va arabiy so'z va iboralardan, atamalardan, forsiy tilga xos jumla tuzilish qoidalaridan keng foydalandilar.

Navoiy butun Movarounnahr, Xuroson san'at vaadabiyot, madaniyat ahlining sarboni bo'lib yangi taraqqiyot pog'onasiga olib chiqdi. "Shu davr ichida o'zbek xalqining musiqa madaniyati yuksak cho'qqiga ko'tarildi. Buyuk musiqa ustozlarni eng iste'dodli talabalarni o'z tarbiyasiga oldi." [1.B. 31.] Yangi kuylar, qo'shiqlar, musiqa nazariyasiga oid asarlar maydonga keldi, talantli sozandalar, bastakorlar, hofizlar etishib chiqdi. Ustozi va do'sti buyuk shoir Abdurahmon Jomiy ham bu borada qalam tebratib "Risolal musiqiy" asarini yozdi. Bu asarda o'zbek xalqining qadimiy o'n ikki maqomi haqida qimmatli ma'lumotlar berildi. Yana bir zamondosh olim Zaynobuddin Al Xusayniy "Qonuni ilmi va amali musiqiy" nomli musiqiy darslik yozib, uni Navoiyga bag'ishladi.

Nuriddin Marg'iloniyning "Maqsadul advor" ("Musiqa ilmini maqsadi") risolasi ham maydonga keldi. Navoiy faqat san'atkorlarning homiysi bo'libgina qolmay, u musiqa olimi va bastakori ham bo'lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur uning bir qator musiqa asarlari yaratganini, jumladan "Naqshi" (ashula)lari, "Peshrav" (musiqa)lari bor-ligini "Boburnoma" asarida hikoya qiladi. O'zlarining taxalluslari ham "Navo"ga bog'langanliklari zamirida musiqaga yaqin-dan oshno bo'lganliklarini ko'rsatadi. Navoiy "Mahbubul-qulub" asarining ikkinchi mutrib (ashulachi), mug'anniy (sozanda) faslida mutrib va mug'anniylar ijrolarini ta'sirchanligi va tarbiyaviy ahamiyati haqida so'z yuritadi va nay, g'ijjak, tanbur, chang, ud, rubob, qo'buz, qonun, chag'ona, kabi musiqa asboblarini fazilatlarini ham ta'riflaydi. "Mezonul avzon" asarida Navoiy tuyuq changi, turkiy, orzuvoriy, muhabbatnoma, musta'zod kabi xalq qo'shiqlarining 8 turi, ularning vazn xususiyatlari haqida ma'lumotlar beradi. "Hamsatul-mutahayyirin" asarida esa Navoiyning musiqa nazariyasiga katta e'tibor bergani namoyon bo'ladi. Bu asarda Mavlono Ali O'ohning tengi yo'q sozanda, nazariyotchi ekanini va unga bir nazariy darslik yozishni topshirganini aytadi.

Bundan tashqari ustod Qulmuhammad, Xo'ja Shahobiddin, Abdullo Marvaridiy, Mavlono Binoiy kabi musiqashunoslarning musiqaga oid asarlar yozganlarini ko'rsatib o'tadi. Navoiy "Xolati Pahlavon Muhammad" asarini o'z davrining buyuk bastakori, o'n ikki maqomning takomil-lashuvida katta hissa qo'shgan Pahlavon Muhammadning musiqa ijodiga bag'ishladi..

XIV-XV asrlar o'rta Osiyo xalqlarining musiqa san'ati taraqqiyotida ham yangi bosqich bo'ldi. Yangi kuy va qo'shiqlar, cholg'u asboblari va musiqa nazariyasiga doir asarlar yaratildi. Mahoratli sozandalar, bastakorlar va hofizlar etishdi. Abduqodir Nayiy, Qulmuhammad Shayhiy, Husayn Udiy, Shohquli G'ijjakiy, Ahmad qonuniy, Yusuf Andijoniy kabilar shular jumlasidandir. Ulug'bek, Jomiy, Navoiy va Binoiylar

I jbÄÜ^^Bl ^61 http://oac.dsmi-qf.uz

musiqa ilmiga oid asarlar yozib yangi kuylar ijod qildilar. IX-XII asrlarda shakllangan 12 maqom bu davrda takomillashdi. Shuningdek, keng ommaga mo'ljallangan teatrlashgan tomoshalar- xalq sayllarida masxarabozlar, qo'g'irchoqbozlar, dorbozlar o'z san'atini namoyish qilgan. O'rta Osiyoda Temur va temuriylar davrida madaniyat rivojlandi va kamol topdi. XIV-XV asrlardagi Movarounnahr va Xurosondagi madaniy taraqqiyotining tamal tojini Buyuk sohibqiron Amir Temur qo'ygan edi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Маннопов С. Шарк маданияти ривожида узбек халк мусика меросининг тутган урни. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (1) IV/2019. -Б. 32.

2. Алишер Навоий. Асарлар: XV томлик. IX том. Тошкент: Бадиий адабиёт, 1965. - Б. 256.

3. Конрад Н.И.Запад и Восток. -Москва: Восточной литературы, 1972. -Б.284.

4. Соломонова Т.Е. Вопросы ритма в узбекском песенном наследии. -Тошкент: Фан, 1978. - Б. 63.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.