Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY VA JADID NAMOYANDALARI ASARLARI ORQALI MA’NAVIY-BARKAMOL YOSHLARNI TARBIYALASH'

ALISHER NAVOIY VA JADID NAMOYANDALARI ASARLARI ORQALI MA’NAVIY-BARKAMOL YOSHLARNI TARBIYALASH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jadid / ilm / tarbiya / ma’rifat / e’tiqod / millatning uyg‘onishi / jaholat.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Axrorova Mahina Avazovna, Giyasova Shaxnoza Abdurafikovna

Maqolada Alisher Navoiy va jadid namoyandalari asarlari orqali bugungi kun yoshlarini tarbiyalash, ularning ma’naviy dunyosini shakllantirish haqida muloghazalar yuritilgan. Adiblar asarlaridagi odob-axloq masalalari bugungi kundagi yoshlar tarbiyasiga nechog‘lik zarurligi misollar asosida berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY VA JADID NAMOYANDALARI ASARLARI ORQALI MA’NAVIY-BARKAMOL YOSHLARNI TARBIYALASH»

ALISHER NAVOIY VA JADID NAMOYANDALARI ASARLARI ORQALI MA'NAVIY-BARKAMOL YOSHLARNI

TARBIYALASH

*Axrorova Mahina Avazovna, 2Giyasova Shaxnoza Abdurafikovna

1Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Pedagogika ta'limi yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari 2Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Pedagogika ta'limi fakulteti xotin-

qizlar kengashi raisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11215838

Annotatsiya. Maqolada Alisher Navoiy va jadid namoyandalari asarlari orqali bugungi kun yoshlarini tarbiyalash, ularning ma'naviy dunyosini shakllantirish haqida muloghazalar yuritilgan. Adiblar asarlaridagi odob-axloq masalalari bugungi kundagi yoshlar tarbiyasiga nechog'lik zarurligi misollar asosida berilgan.

Kalit so'zlar: jadid, ilm, tarbiya, ma'rifat, e'tiqod, millatning uyg'onishi, jaholat.

Аннотация. В статье рассматривается образование современной молодежи и формирование ее духовного мира через творчество Алишера Навои и деятелей Джадида. Этические проблемы в произведениях писателей даны на примере того, насколько они необходимы для воспитания современной молодежи.

Ключевые слова: современность, наука, образование, просвещение, вера, пробуждение нации, невежество.

Abstract. The article discusses the education of today's youth and the formation of their spiritual world through the works of Alisher Navoi and Jadid figures. Ethical issues in the works of writers are given on the basis of examples of how necessary they are for the education of today's youth.

Keywords: modernity, science, education, enlightenment, faith, awakening of the nation, ignorance.

Sharqona odob-axloq masalasi adabiyotda eng qadimgi davr ijodkorlaridan tortib, bugungi kun adabiyot vakillari asarlarida kuylanib kelinmoqda. Bu bizning o'zligimizni, qadriyatimizni ko'rsatuvchi omil sanaladi. Ulug' o'zbek shoiri Alisher Navoiy asarlarida balki faqat yuksak badiyat emas, falsafiy-axloqiy qarashlar o'z aksini topganki, jadid adabiyoti vakillari ham, bugungi kun ijodkorlari uchun ham bu o'z davrining haqiqiy an'ana maktabini yarata oldi.

O'zbek adabiyotida XV asrdan keyin Alisher Navoiy nomi bilan bog'liq bo'lmagan, uning asarlari ta'siridan chetda qolgan adabiyot yo'q. O'zbek adabiyoti o'zining rivojlanishida, taraqqiyot bosqichlarida Alisher Navoiy ijodiy xazinasidan foydalandi. XVI asrda yashagan Boburdan tortib, XVII-XVin asrlarda yashagan Mashrab, Turdi, Nishotiygacha Navoiy ta'sirida ijod cho'qqilariga erishdilar. XIX asrning birinchi yarmida Muqumiy, Furqat, Komil Xorazmiy, Zavqiy, Avaz O'tar kabi milliy uyg'onish adabiyoti shoirlari ijod etgan davr o'zbek adabiyotidagi Navoiy an'analarining eng yorqin sahifalaridan birini tashkil qiladi. O'zbek adabiyotida Navoiy an'analari masalasiga to'g'ri yondashish, uni chuqur ilmiy asosda yoritish uchun an'ana va novatorlik haqida chuqur nazariy bilim olish foyda bo'ladi. Tarixdan ma'lumki, har qanday adabiy harakat, har qanday shoir va yozuvchining asari biron-bir tarixiy davr bilan uzviy ravishda adabiy olamga keladi. Lekin biron-bir asarning rivojlanib borishi uchun ijtimoiy-tarixiy zamindan

tashqari, boshqa madaniy-adabiy omillar ham zarur. Har qanday adabiy harakat taraqqiyotini ta'min etadigan mana shunday madaniy-adabiy omillardan biri shu harakatga qadar bo'lgan adabiy-ijodiy tajribadan foydalanish, uni chuqur o'rganish hamda o'z tajribasida ijodiy va unumli tarzda tatbiq qilish bu-an'ana sanaladi. Mana shu mumtoz adabiyoti tajribasi bilan zamonaviy adabiyotni bog'laydigan, ularning har ikkovi uchun ham o'z ahamiyatini yo'qotmay, mushtarak bo'lib qoladigan eng muhim va tub masala nima? An'ananing bu muhim va tub masalasi oddiy xalq hayotining asosiy intilishlarini, birinchidan, uning o'z ozodligi uchun olib borgan kurashini adabiyotda to'g'ri, haqqoniy aks ettirish masalasidir. Xalqning o'z ozodligi yo'lida asrlar davomida kurash asosiy hayot mazmunini tashkil etadi. Xalq istaklarini, orzu-umidlarini o'zida ifadalovchi adabiyot esa tarixiy kurashni hamma vaqt biror shaklda aks ettirtadi. Xalqning intilishi va kurashidan chetda turgan adabiyot yo'q. Haqiqiy adabiy an'ana hamma vaqt xalq hayotining asosiy masalalari, xalq tarixiy taraqqiyotidagi yetakchi masalalar zaminida tug'iladi. O'zbek adabiyoti tarixini ko'rsak, uning tub g'oyaviy asoslari, yetakchi taraqqiyoti hamma vaqt xalq ozodlik harakati bilan bog'liqligini ko'ramiz. Faqat ma'lum bir davrda bu asosiy va yetakchi masala aniq tarixiy vaziyatga qarab, bir turli hal qilingan bo'lsa, ikkinchi davrda yana aniq tarixiy davr vaziyatgiga qarab boshqacha tus oladi. O'zbek adabiyotida Navoiy an' analari masalasiga ham avval, mana shu xalq ozodlik harakatining aks etishi va burch keyingi davr adabiy harakatida qanday davom ettirilganligi nuqtai nazaridan yondashish kerak.

Jadid adabiyoti vakilllari asosan novatorlikka intildilar. Lekin har qanday yangilik, har qanday ijod tarixiy an'ana bilan uzviy ravishda bog'liq holda maydonga keladi, undan oziqlanadi, uni o'ziga aks ettiradi. Shunday ijodkorlardan biri Munavvarqori Abdurashidov qancha jurnal va gazetalarga asos solgan, jadidlar teatri targ'ibotchisi bo'lgan. Asosiy maqsadi, xalqni o'qishga, ta'lim olishga da'vat qilish bo' lgan. Ilm olishni targ'ib qilishda u, asosan, Navoiy hikmatli so'zlariga murojaat qiladi. Ularning mazmun-mohiyatini ochib berishga harakat qiladi.

Bilmaganni so'rab o'rgangan olim,

Orlanib so'ramagan o'ziga zolim.

Yuqorida keltirilgan hazrat Navoiy hikmatlarini davom ettirib, Munavvarqori ham "Adib-us soniy" darsligida ilm olishga da'vat qiladi.

Ilm-bilmagan narsalarini bilganlardan o'rganmoqdir. -deb, insonni ilm olishga, uni ilmlilardan so'rab o'rganishga chaqiradi. Inson tug'ilganida hech narsani bilmasligini, har bir yangi ma'lumotni atrofdagilaridan o'rganishini, bilgan har bir ma'lumot ilmning bir zarrasi ekanligini ta'kidlaydi. Ilm insonni hamisha e'zozlashini, ilmsizlardan esa soqov va eshitmaydigan kar yaxshiroq, deb aytadi.

Ilmdur dunyoda eng yaxshi hunar, Ilmsizdan yaxshidur gung ila kar. Har kishi ilm-la bo'lsa oshno, Izzatu davlatda bo'lg'ay doimo, Ilmsiz odam zalilu xor o'lur, Ilmsizlardan hamma bezor o'lur.

Munavvarqori Abdurashidov pand-nasihat ruhidagi hikoyalarinig qahramonlarini ham Navoiy asarlari qahramonlaridan ta'sirlanib yaratgan. "Iskandar Zulqarnayn", "Iskandar ila Arastu" hikoyalari bunga misol qilishimiz mumkin, faqat Munavvarqori Iskandari o'z davri xislatlari bilan boyitgan. "Iskandar Zulqarnayn" hikoyasida bir devona Iskandarga yo'liqadi va unga: "Ey podshohi olam, pashshalar manga har vaqt tashvish beradurlar. Yuz va qo'llarimni

chaqib, xafa qiladurlar. Buyursangiz pashashalar manga bunday ozor bermasalar". Shunda Iskandar: "Ey devona, mandan shunday narsa so'ragilki, ul narsa manim hukmimda bo'lsin. Man pashshaga nechuk buyruq qilurman?"-deb javob beradi. Bu gaplarni eshitgan devona: "Ey podshoh, dunyodagi maxluqotlarning eng kichkinasi va ojizrog'i pashshadir. Shul pashshagaki hukmingiz yurmas, emdi sizdan nima so'rayman?"

Yuqoridagi hikoyadan ko'riniyaptiki, olamni yarmini egallaydigan hukmdor ham Olloh mo'jizasi oldida ojiz qolar ekan. "Inson nima so'rasa, Ollohdan so'rashi kerak, bandasidan emas"-degan xulosaga kelasiz.

Dunyoda sening na hojating vor, So'ragil oni san Xudodan, ey yor.

Alisher Navoiy rostlik va yolg'onchilik haqida "Hayrat ul-abror" dostonida juda ko'p maqolotlarda aytib o'tgan.

Necha zarurat aro qolg'on chog'i, Chin demas ersang, dema yolg'on dog'i.

Munavvarqori Abdurashidxonov ham Alisher Navoiy kabi to'g'rilik va haqiqatni ulug'lagan yolg'onchiklikni qoralagan.

O'g'ul, parhez qil san ham lofu yolg'ondan-Ki yaxshidur sukut etmoq, aytub yolg'on-u yolg'ondan.

Bunday an'anani Munavvarqori Abdurashidxonov ijodida juda ko'p kuzatishimiz mumkin. Xususan, "Yolg'onchi bola" hikoyasida Habib ko'p yolg'on gapirgani uchun ham maktabdan, ham uyidan quvlanadi. Bu esa boshqalarni yolg'on gapirmaslik, uning yomon oqibatlari haqida ogohlantiriladi. Yolg'on so'zning zarari ba'zan o'z boshiga yetishi mumkinligini Alisher Navoiyning "Sher bilan durroj" hikoyasida uchraydi. O'rmonda bir sher yashardi, u o'sha yerda durroj har uchganida seskanib, tishida olib yurgan bolasini qattiqroq tishlar ekan, shunda u durrojga do'stlikni taklif qilib, unga shunaqa shart qo'ydi: Shart bukim yetsa gazande ne sanga Solsa falak hilasi bande sanga,

Lutf qo'lin holing hamdast etay, Xasmni bir panja bila past etay.

Ko'rguzub ixlos ishida ixtisos, Seni aduv domidin aylay xalos.

Shunda ikkalasi do'st tutinadi, lekin durroj ko'p yolg'on so'zla kuylab do'stini yolg'ondan yordamga chaqirar edi. Shunda sher bunday qilmaslik kerakligini unga uqtirar, buning oqibati yaxshi bo'lmasligini tushuntirar edi. Bir kuni ovchi suv va don qo'yib, durrojni domiga ushlaydi. Shunda u qancha yordamga chaqirmasin, sher ovozini eshitsa ham uni yana o'sha yolg'oni deb, yordamga kelmaydi. Yolg'on uni o'z boshiga yetadi. Har kishikim rostni bexost der, Aytsa yolg'on dog'i el rost der.

Xuddi "Sher bilan durroj" hikoyasiga o'xshash hikoyani biz M. Abdurashidxonovning "Yolg'onchilik zarari" hikoyasida ko'rishimiz mumkin. Hikoyada bir cho'pon qo'ylarini o'tlatib yurganida, qishloq ahlini aldash uchun "Bo'ri keldi, bo'ri keldi!"- deb baqiradi. Qishloq ahli qo'llarida kaltak, to'qmoq ko'tarib kelishadi. Cho'ponning aldaganini bilib qaytib ketishadi.

Ertasiga rostdan ham bo'ri keladi, cho'pon baqirib yordam so'raydi. Qishloq ahli eshitsa-da kelmaydi. Yolg'onchi cho'pon qo'ylaridan ayriladi.

"Yolg'onchi" deb atalg'on kishining chin so'zig'a ham hech kim ishonmas.

"Sab'ai Sayyor" dostonida shoh Bahromga oltinchi iqlimdan kelgan musofir bir hikoyat aytib beradi. Unda Muqbil va Mudbir bo'ladi. Ular birga yo'lga chiqishadi. Chashmadan suv chiqadi. Chashma suvidan sodiq-rost, to'g'ri, kozib-yolg'onchi ham ichib, chanqog'ini qondirishi mumkin. Ammo to'g'ri ichganidan keyin bir oygacha yeb-ichishga talabgor bo'lmasa, yolg'onchi ichsa uch kundan keyin suv va taom xohlaydi. Chashmadan chanqog'ini qondirgan odam yolg'on gapirsa, shu zahoti qorni yorilib halok bo'lishi aytilgan edi. Ikki do'st sohilga yetganida, Xovar diyorining shohi ularni birma-bir chaqirib, kimligini so'raydi. Shunda Mudbir: "O'zim savdogarman, ishim tijoratchilik, bu safardan bir men-u, qulim Muqbil omon qoldik", deb javob beradi va shu zahoti qorni shishib, chok bo'lib, yiqilib jon beradi. Muqbil esa rostini aytgani uchun shoh uni taqdirlaydi.

Yuqoridagi hikoyatga o'xshash hikoyani Munavvarqorining "Orif ila Sodiq" hikoyasida ham uchratishimiz mumkin. Orif to'g'ri so'zlab, o'qituvchisining tahsiniga loyiq bo'ladi. Sodiq esa yolg'oni uchun taomsiz qolib, jazolanadi.

Bu kabi hikoyatlarni Munavvarqori ijodida juda ko'p uchratishimiz mumkin. "To'g'rilik" hikoyasida ham to'g'ri so'z bo'lish kerakligini, to'g'ri so'zlarning darajasi hamda obro'si oshishi aytgan. "So'zda to'g'rilik esa yolg'on so'z so'zlamasliqdur".

Hazrat Alisher Navoiy ilm o'rganishga intilishni inson kamolotini ta'minlash yo' lida xizmat qiladigan eng zarur fazilatlardan biri deb biladilar. Ilmni insonni, xalqni nodonlikdan, jaholatdan qutqazuvchi omil sifatida ta'riflaydilar. Asarlari mazmunida ilgari surilgan g'oyalar yordamida kishilarni ilmli va ma'rifatli shaxs bo'lishga undaydilar. Mutafakkir ilm o'rganishni har bir kishining insoniy burchi deydilar. Zero, ilm o'rganishdan maqsad ham xalqning farovon, baxtli-saodatli hayot kechirishini, mamlakatning obod bo'lishini ta'minlashga hissa qo'shishdir, deya ta'kidlaydi. Bilimli va dono kishilar hamisha o'z xalqining manfaati va mamlakatining ravnaqi yo'lida faoliyat olib borishlariga ishonadi.

Bilmaganni so'rab o'rgangan olim,

Orlanib so'ramagan o'ziga zolim.

Bilmaganin bilganlardan so'rash kerakligini Munavvarqori ham "Adib us-soniy" asarinig "Ilm" hikoyasida keltirib o'tgan.

Ilm-bilmagan narsalarini bilganlardan o'rganmoqdir.

Alisher Navoiy orzu qilgan komil inson faqat ilmli bo'lish bilan qanoatlanib qolmaydi. Uni yetuk inson sifatida ta'riflash uchun unda, yana shuningdek, sabr-qanoat, saxiylik, himmat, to'g'rilik, rostgo'ylik, tavoze, adab, vafo va hokazo sifatlarning ham mavjud bo'lishi kerakligini aytadi. Asarlarida ham ana shunday xislatlarga ega obrazlarni yaratdi. Jadid adabiyoti namoyandasi Munavvarqori Abdurashidxonov ham Navoiy an'anasini davom ettiradi, u ham barcha asarlarida xalqni ilmli bo'lish, odobli saxiy bo'lish, do'stga vafo qilish kabi xislatni ulug'lab, shunday bo'lishga hammani chaqiradi. "Ko'r ila do'xtir" hikoyasida ilm olmagan insonni ko'r odamga o'xshatadi, do'xtir esa ilm deb ataydi, u xalqni, insoniyatni ko'zini ochadi, deb ta'riflaydi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, Alisher Navoiy XV asrning buyuk isde'dod egasi, o' zi yashab ijod etgandan davrdan bugungi kungacha adabiyotga kuchli ta'sir ko' rsatib kelmoqda. Hamma mashhur shoirlar, shubhasiz, jadid adabiyoti namoyandalari ham Alisher Navoiyning

ijodiy daryosidan suv ichdilar. Mana shu daryo suvlaridan ilhomlanib, o'z chashmalarini yaratdilar. Bunda ular, Navoiyga ergashdilar, ko'r-ko'rona taqliq yoki ko' chirmachilik emas, uning haqiqiy shogirdlari bo' lib, an'analarini davom etdilar.

Bizlarga boy adabiy-ilmiy meros qoldirgan ajdodlarimizdan biri - Alisher Navoiy o'z xulqi, axloqi, ilmi va bilimi bilan jamiyat hayotidagi turli ijtimoiy nohaqlik hamda adolatsizliklarga qarshi kurashdi, o'z asarlarida ifodaladi. Shuning uchun bo'lsa kerak, shoirning shaxsiy namuna bo'lganligi o'z navbatida uning asarlaridagi gumanizm va ezgulik g'oyalarining o'ziga hos talqinini yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. Hazrat Navoiy asarlarida tasavvuf falsafasidagi axloq, xulq-odob qoidalari, insonparvarlik va odamiylik, nafsni tiyish, adolat va ma'rifat, tabiat va insonni sevish, ularni e'zozlash, ta'lim-tarbiya to'g'risidagi g'oyalardan unumli foydalandi. Bu g'oyalar mutafakkirning g'azal va ruboiylari, dostonlari, nasriy asarlariga singib ketgan.

Bugungi kun yoshlari mana shu asarlarni o'qisa, ularnig g'oyaviy tushunchasini anglasa, ma'naviy barkamolikka erishadi.

REFERENCES

1. Алишер Навоий. МАТ, 20 жилдлик. 3-жилд. -Т.: "Фан", 2017. 550-б.

2. Алишер Навоий. МАТ, 20 жилдлик. 7-жилд. -Т.: "Фан", 2017. 118-б

3. Алишер Навоий. МАТ, 20 жилдлик. 5-жилд. -Т.: "Фан", 2017. 493-б.

4. Алишер Навоий. МАТ, 20 жилдлик. 5-жилд. -Т.: "Фан", 2018. 599-б.

5. Shodiyev Fakhriddin Teshaevich. Alisher navoi's interpretation of global ideas on human perfection. Doi: 10.5958/2249-7137.2021.02536.2.

6. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to'plami. 11-tom. Xamsa. Saddi Iskandariy.T.:"Fan", 2012.

7. Raxmonova Dinara Qosim qizi Alisher Navoiy ijodida ta'lim-tarbiya masalalari. UZSCIENCE INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH Volume 1, Issue 1 April-2023

8. Xurramov Mansur Musurmon o'g'li Abdulla Avloniy asarlarida pedagogik odob-axloq. 3rd Global Gongress on Contemporary Science and Advancements Hosted fom New York. Techmind 2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.