Научная статья на тему 'Alisher Navoiy millat quyoshi'

Alisher Navoiy millat quyoshi Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
248
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tuyuq / g’azal / doston / Xamsa / tashbeh

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dilso’Z Ismatillo Qizi Ismatilloyeva, Nigina Bobirovna Barotova, Muqaddas Ikromovna Murodova

Bizning buyuk bobokalonlarimiz Alisher Navoiy buyuk mutafakkir va shoir bo’lgan. Alisher Navoiyning bugungi kundagi rolini aniqlash uchun uning ijtimoiy, adabiy, va ilmiy merosini aniq o’rganish kerak. Alisher Navoiyning asarlarini o’rganish uning ijodiy faoliyatini va uning shaxsiy hayotini o’rganishga yordam beradi. Alisher Navoiyning adabiyotdagi o’rnini uning qo’shiqlarini va she’rlarini o’rganish uning davlat xizmatidagi faoliyatini va uning ijtimoiy ahamiyatini tushinishga yordam beradi. Alisher Navoiyning bugungi kundagi o’rnini tushinish uning asarlarini o’rganish, uning ijtimoiy va adabiy faoliyatini tushinish uning shaxsiy faoliyatini o’rganishga yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Alisher Navoiy millat quyoshi»

Alisher Navoiy - millat quyoshi

Dilso'z Ismatillo qizi Ismatilloyeva Nigina Bobirovna Barotova Ilmiy rahbar: Muqaddas Ikromovna Murodova Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali

Annotatsiya: Bizning buyuk bobokalonlarimiz Alisher Navoiy buyuk mutafakkir va shoir bo'lgan. Alisher Navoiyning bugungi kundagi rolini aniqlash uchun uning ijtimoiy, adabiy, va ilmiy merosini aniq o'rganish kerak. Alisher Navoiyning asarlarini o'rganish uning ijodiy faoliyatini va uning shaxsiy hayotini o'rganishga yordam beradi. Alisher Navoiyning adabiyotdagi o'rnini uning qo'shiqlarini va she'rlarini o'rganish uning davlat xizmatidagi faoliyatini va uning ijtimoiy ahamiyatini tushinishga yordam beradi. Alisher Navoiyning bugungi kundagi o'rnini tushinish uning asarlarini o'rganish, uning ijtimoiy va adabiy faoliyatini tushinish uning shaxsiy faoliyatini o'rganishga yordam beradi.

Kalit so'zlar: tuyuq, g'azal, doston, Xamsa, tashbeh

Alisher Navoi is the sun of the nation

Dilsoz Ismatillo kizi Ismatilloyeva Nigina Bobirovna Barotova Scientific supervisor: Muqaddas Ikromovna Murodova Samarkand State University Kattakorgan branch

Abstract: Our great grandfather Alisher Navoi was a great thinker and poet. In order to determine the role of Alisher Navoi today, it is necessary to clearly study his social, literary and scientific heritage. Studying the works of Alisher Navoi helps to study his creative activity and his personal life. Studying Alisher Navoi's place in literature, his songs and poems helps to understand his public service activity and its social significance. To understand Alisher Navoi's place today, to study his works, to understand his social and literary activity will help to study his personal activity.

Keywords: tuyuq, ghazal, epic, Hamsa, tashbeh

KIRISH

Alisher Navoiy hayotimiz ko'zgusi. O'zbek adabiyoti tarixidagi eng kata va eng muhim ziddiyatli shoir, mutafakkir va davlat xizmatida bo'lgan shaxsdir. Alisher Navoiyning asarlarida o'zining davriy madaniyati, adabiyoti, falsafasi, ijodiy faoliyat,

ijobiy faoliyatining tarixiy ahamiyati, ijodiy faoliyatining samaradorligi, ijodiy faoliyatning madaniy va ilmiy ahamiyati, ijodiy faoliyatining ijtimoiy ahamiyati, ijodiy faoliyatining jamiyatga o'tkazgan ta'siri yaqqol namoyon bo'ladi.

Alisher Navoiy XV asrning yirik o'zbek shoiri va mutafakkiridir. U o'zbekcha she'rlariga Navoiy, forscha she'rlariga Foniy taxallusini qo'llagan. U Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiydan keyin ilk bor turkiy tilda Xamsa yaratdi. U fors va turkiy tilni solishtirib "Muhokamat ul-lug'atayn" asarini yozgan va turkiy til obro'sini ko'targan. U 16 ta janrda ijod qilgan. Alisher Navoiy buyuk shoirgina bo'lib qolmasdan, davlat arbobi ham bo'lgan. Buning isboti sifatida buyuk yozuvchi Oybekning "Navoiy" romanini misol qilish mumkin. U ko'pgina ishlarda mamlakat hukmdori Husayn Boyqaroga ko'mak beradi. Hatto, Husayn Boyqaro munajjimlar bashoratiga suyanganda u shunday so'zlarni aytadi: "Munajjimlarning mulohazasida haqiqatdan ko'ra xurofot ziyodaroqdir". Shu so'zlar orqali Husayn Boyqaro jangda g'olib keladi. Buyuk yozuvchi Oybek uning naqadar xalqga mehribon ekanligini tasvirlaydi va asarda Navoiyning shunday so'zlarini keltiradi: "Xalq shunday daryoyi azimki, u toshsa, aning mavjidan na shohning qasri, na darveshning kulbasi qolur, u shundoq bir o'tki uning bir uchquni tutashsa, na xashakni qo'yar na falakni... bas, yaxshilik qilmoq kerak: elning, yurtning baxti barqaror bo'lsa, saltanat ham bexatar bo'lur.

Alisher Navoiy haqida juda ko'p tarixchi mutafakkirlar fikr bildirishgan:misol uchun, Rashidiy: "U Alisher Navoiyning kelib chiqishi baxshilarga borib taqalishini otasini "Kichkina baxshi" deyishgan, saroyda amaldor bo'lgan. Mir Alisher bolalikdan Sulton Husayn Mirzo bilan do'stlashgan. Sulton Husayn Mirzo podshoh bo'lgach, Alisher Navoiy uning xizmatiga kelgan, Mirzo uni behad qadrlab, g'amxo'rliklar ko'rsatgan, Mir Alisher esa xalqqa shunday g'amxo'rlik qilgan". Hakimshoh Qazviniy: "Hech kim turkiy she'rni undan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini yaxshiroq socha olmagan". Yana bir buyuk olim Hayitmetovning fikricha: "Uning 4 ta devonini o'z ichiga oluvchi "Xazoyin ul-maoniy"dan faqat 3 tasini yaratganda ham mashhur bo'lib qolur edi.

Alisher Navoiyning nazm va nasrlarini tahlil qilish uchun yaxshi faoliyat va bilimga ega bo'lish kerak. Hatto uning bir bayti uchun Lutfiy butun bir 12 ming misra ijodidan voz kechmoqchi bo'lgan:

Orazin yopqoch ko'zumdin sochilur har lahza yosh,

O'lakim, paydo bo'lur yulduz, nihon bo'lg'och quyosh.

Bu misrada Alisher Navoiy oshiq timsolida namoyon bo'ladi. U yor yuzini yopgandan so'ng ko'z yosh to'kadi va bu ko'z yoshlarni yulduz yo'qolib, quyosh chiqishiga o'xshatadi va bu tashbeh san'atini yuzaga keltiradi. Uning buyuk shoirlik salohiyatini tuyuqlarida ham ko'rish mumkin.

Necha dedim ul sanamg'a bormag'in, Qilmadi ul tark oxir bormag'in Munchakim xudroyliq ko'rguzdi ul, Aql hayrat qildi, tishlab bormag'in.

Bu tuyuqda bormag'in so'zi omonim bo'lib kelyapti va har bir misrada o'zgacha ma'no ifodalayapti. Birinchi misrada fae'l ma'nosid bormoq so'ziga teng qiladi. Ikkinchi misrada ot ya'ni, yorning sho'xliklari haqida so'z yuritadi. To'rtinchi misrada ot ya'ni, barmoq ma'nosida kelyapti. Bunda hatto aql yorning sho'xliklarini ko'rib barmog'ini ishlaydi. Bu xalq orasida aqlim lol qoldi iborasiga to'g'ri keladi.

Navoiy ijodini "Xamsa"siz tasavvur etib bo'lmaydi. Xamsa besh qismdan iborat. Ular: "Hayrat ul-abror", "Layli va Majnun", "Farhod va Shirin", "Sabbai sayyor", "Saddi Iskandariy" "Hayrat ul-abror" axloqiy didaktik asar hisoblanib, 20ta maqolatdan iborat bo'lib, pand-nasihat yo'nalishida yozilgan.

"Farhod va Shirin"ning boshqa xamsanavislarning dostonlaridan farqi Farhodning bosh obrazda gavdalantirilganligidir. Farhodning tug'ilishini Navoiy shunday ta'riflaydi:

"Shabistonda tug'di yangi bir oy, Yangi oy yo'qki, mehri olamoroy.

Bu yerda "shabiston" qorong'ulik ma'nosini anglatib, shohning farzandsiz o'tgan yillarini gavdalantiradi va Farhod oyga tashbeh qilinadi. Farhod ishq o'ti bilan tug'iladi va doimo g'amgin yuradi. Shunda otasi uni ko'nglini olish uchun juda ko'p harakat qiladi. Bir kuni xazinadagi g'aroyib bir sandiq uning diqqatini tortadi. Xoqon bu sandiqni ochishlarini istamaydi, lekin Farhod qattiq turib oladi va xoqonni sandiqni ochishga ko'ndiradi. Farhod ming qiyinchiliklar bilan tilsimlarni yechadi. Oynada qandaydir bir yurt tog' kesish bilan mashg'ul, oynada o'zini ariq qozayotganini va Shirinni ko'radi. Qizni ko'rib aql hushini yo'qotadi va Shirinni izlab topadi. Shirin Arman yurtida elning ardoqli malikasi Mehinbonu bilan yashayotgan bo'ladi, lekin Ajam va Arabning podshosi Xusrav ularning sevgisiga zomin bo'ladi. U Farhodga hiyla qilib, Farhodga Shirin o'ldi deb yolg'on xabar yetkazadi. Bu dardni ko'tarolmagan Farhod borliqdagi barcha narsalar bilan xayrlashib, bu dunyodan ko'z yumadi va bu gaplar Shiringa yetib boradi. U ham bu judolikdan vafot etadi. Shunday qilib, bu sevgi tarixi ayanchli zavol topadi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, Alisher Navoiy asarlari bizga bitmas tuganmas ma'naviy meros qoldirdi va bu asarlar orqali yoshlar tarbiyasini tubdan o'zgartirish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Oybekning "Navoiy" romani 1942-yil,

2. A. Navoiy "Xamsa" asari

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 728 LMJ^^^H

3. A. Navoiy "Badoye' ul- vasat" devoni.

4. fayllar. org -internet sayti

5. Kenjaevna, R. N. (2022). THE ROLE OF DIALOGUE IN THE DEVELOPMENT OF STUDENTS'SPEAKING SKILLS IN FRENCH LESSONS AND THE ROLE OF MULTIMEDIA LESSONS AND INFORMATION TECHNOLOGY. EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR), 8(3), 15-17.

6. Ruziyeva, N. (2022). ESPECIALLY THE WORDS THAT HAVE BEEN ADAPTED FROM FRENCH TO UZBEK. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДА, 3(6).

7. Kenjaevna, R. N. (2022). LITERARY ANALYSIS OF "FATHERS AND CHILDREN". Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(4), 271277.

8. Kenjaevna, R. N. (2023). USING GAMES AND FREE LANGUAGE LEARNING APPS IN FOREIGN LANGUAGE CLASSES THROUGH NEW INNOVATIVE APPROACHES TO FOREIGN LANGUAGE TEACHING. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(1), 304-308.

9. Kenjayevna, R. N. (2023). ABOUT THE WORDS ADOPTED FROM THE FRENCH LANGUAGE INTO THE UZBEK LANGUAGE. Science and innovation, 2(C4), 109-113.

10. Kenzhaevna, R. N. , & Abdukhalikovna, M. K. (2023). Active and interactive methods of learning: review, classifications and examples. Rivista Italiana di Filosofia Analitica Junior, 14(2), 246-258.

11. Ikromovna, M. M. (2023). THE PRESENCE OF A PARADOX IN EVELYN WAUGH'S WORKS. Conferencea, 14-16.

12. Ikromovna, M. M. (2022). SATIRICAL APPROXIMATION USED IN ENGLISH LITERATURE. Conferencea, 90-95.

13. Ikromovna, M. M. (2023) Artistic features of Evelyn Waugh. Research and Education. 2 (4), 366-370.

14. Ikromovna, M. M. (2023) Ivlin Vo va Abdulla Qahhorning yozuvchilik mahorati Xorazm Ma'mun Akademiyasi Axborotnomasi 6 (4), 273-275

15 Ikromovna, M. M. (2023) Ingliz va o'zbek adabiyotida satira talqini Til va adabiyot ta'limi 5 (4), 116-117.

16. Ikromovna, M. M. , & Sh. U. Kosimov, & M. R. Rafiqova (2021) Implementation of the Technological Competence of Future Specialists. Creative Education, 12 (3), 666-677. https://www. scirp. org/journal/ce ISSN Online: 21514771 https://doi. org/10. 4236/ce. 2021. 123046.

17. Ikromovna M. M. , & Xolmurodova O. , & Norinova M. LEARNING AND TEACHING ENGLISH (For Children and Adults) Conferencea, 57-59.

18. Ikromovna M. M. , & Aminova M. Cultural diversity and information and communication impacts on language learning. Republic of Uzbekistan Ministry of Emergency Situations academy Different approaches to ...Materials of scientific-practical conference. 1 (10), 61-63.

19. Ikromovna M. I. (2022) Abdulla Qahhor hikoyalari qahramonlaridagi umidsizlik. Integration of science, education and practice. Scientific-methodological journal, 146-150, 2022.

20. Ikromovna M. M. (2022) Abdulla Qahhorning satirik qobiliyati. Science and Education 3 (6), 1557-1560.

21. Ikromovna M. M. , (2022) Evelyn Waugh's satirical skills. Science and Education 3 (6), 1436-1440.

22. Ikromovna M. M. (2022) XX asr ingliz adabiyotida satira. Uchinchi renessans: ta'lim, tarbiya va pedagogika" mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman. Noyabr, Toshkent-2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.