Научная статья на тему 'UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA MUMTOZ NASR NAMUNALARINI O‘QITISHDAGI PEDAGOGIK MUAMMOLAR'

UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA MUMTOZ NASR NAMUNALARINI O‘QITISHDAGI PEDAGOGIK MUAMMOLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
166
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogik texnologiyalar / shоir vа аdiblаr / meros / yangi davr adabiyoti. / pedagogical technologies / poets and writers / heritage / literature of the new era.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — N. Norqulov

Ko‘p аsrlik tаriхgа egа mаdаniy vа аdаbiy mеrоsimizgа munоsаbаt istiqlоl tufаyli tubdаn o‘zgаrdi. Хаlqimiz tаriхi, dini vа аdаbiyoti, mа’nаviy qаdriyatigа e’tibоr kuchаyib, ulаrning mаvqеyini tiklаsh, хаlqqааsl hоlidа yеtkаzish imkоniyati pаydо bo‘ldi. Bu esа bоshqа sоhаlаr qаtоri аdаbiyotshunоslikdа hаm tеrаn ilmiy izlаnishlаr оlib bоrish, аdаbiy mеrоsgа yangichа nuqtayi nazardan yondashish zаrurаtini ko‘rsаtdi. O‘tmishdа yashаb ijоd etgаn shоir vа аdiblаr mеrоsini хоlisоnа o‘rgаnish vа munоsib bаhоlаsh hаr qаchоngidаn dоlzаrb vаzifаgа аylаndi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL PROBLEMS IN TEACHING CLASSICAL PROSE EXAMPLES IN GENERAL SECONDARY EDUCATION

Attitude to our centuries-old cultural and literary heritage has fundamentally changed due to independence. The attention to the history, religion, literature, and spiritual value of our people has increased, and there has been an opportunity to restore their status and bring them to the status of a nation. This showed the need to conduct in-depth scientific research in literary studies, as well as in other fields, to approach the literary heritage from a new point of view. The objective study and proper assessment of the heritage of poets and writers who lived and created in the past has become more urgent than ever.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA MUMTOZ NASR NAMUNALARINI O‘QITISHDAGI PEDAGOGIK MUAMMOLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

UMUMIY O'RTA TA'LIMDA MUMTOZ NASR NAMUNALARINI O'QITISHDAGI

PEDAGOGIK MUAMMOLAR Norqulov Nurzod Saidmurodovich

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari https://doi.org/10.5281/zenodo.7307375 Annotatsiya. Ko'p asrlik tarixga ega madaniy va adabiy merosimizga munosabat istiqlol tufayli tubdan o'zgardi. Xalqimiz tarixi, dini va adabiyoti, ma'naviy qadriyatiga e 'tibor kuchayib, ularning mavqeyini tiklash, xalqqaasl holida yetkazish imkoniyati paydo bo'ldi. Bu esa boshqa sohalar qatori adabiyotshunoslikda ham teran ilmiy izlanishlar olib borish, adabiy merosga yangicha nuqtayi nazardan yondashish zaruratini ko'rsatdi. O'tmishda yashab ijod etgan shoir va adiblar merosini xolisona o'rganish va munosib baholash har qachongidan dolzarb vazifaga aylandi.

Key words: pedagogik texnologiyalar, shoir va adiblar, meros, yangi davr adabiyoti.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ ОБУЧЕНИЯ ОБРАЗЦАМ КЛАССИЧЕСКОЙ ПРОЗЫ В ОБЩЕМ СРЕДНЕМ ОБРАЗОВАНИИ Аннотация. С o6pemeHueM He3aeucuMocmu KopeHH ым o6pa3oM mMeHrnocb oтнoшeниe к нaшeму мнoгoвeкoвoму KynbmypHoMy и numepamypnoMy нaслeдию. Bo3pocMo enuManue к ucmopuu, penmuu, numepamype, dyxoemiM щHHocmям нaшeгo Hapoda, noneunacb вoзмoжнoсmь eoccmaHoeumb eгo cmamyc и doeecmu do cmamyca нaцuu. Эmo noKa3ano Heo6xoduMocmb npoeedeHш глyбoкux Haynrnix uccnedoeaHuu в numepamypoeedeHuu, KaK u в дpyгux oблacmяx, для nodxoda к numepamypHoMy нacлeдuю с Hoeon mourn зpeнuя. Объeкmuвнoe myneHue u пpaвuльнaя oцeнкa нacлeдuя пoэmoв u пucameлeй, жтшш u mвopuвшux в пpoшлoм, cmaлu шк нuкoгдa aкmyaльнымu.

Ключевые слова: пeдaгoгuчecкue mexнoлoгuu, пoэmы u пucameлu, Ha^edue, лumepamypa Hoeon эпoxu.

PEDAGOGICAL PROBLEMS IN TEACHING CLASSICAL PROSE EXAMPLES

IN GENERAL SECONDARY EDUCATION Abstract. Attitude to our centuries-old cultural and literary heritage has fundamentally changed due to independence. The attention to the history, religion, literature, and spiritual value of our people has increased, and there has been an opportunity to restore their status and bring them to the status of a nation. This showed the need to conduct in-depth scientific research in literary studies, as well as in other fields, to approach the literary heritage from a new point of view. The objective study and proper assessment of the heritage of poets and writers who lived and created in the past has become more urgent than ever.

Key words: pedagogical technologies, poets and writers, heritage, literature of the new

era.

KIRISH

Hozirgacha ta'lim tizimida o'zbek mumtoz nasr namunalarini o'qitishning turli masalalariga bag'ishlab tadqiqotlar olib borildi. O'zbekiston Milliy universiteti, Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAUning tegishli kafedralari o'qituvchi va tadqiqotchilari tomonidan adabiyot o'qitishning dolzarb masalalariga bag'ishlangan metodik maqolalar to'plamlari, darslik va qo'llanmalar chop etildi. Professor B.To'xlievning adabiyot o'qitish metodikasi borasidagi qator ilmiy ishlari, professor Q.Yo'ldoshevning "Adabiyot o'qituvchisiga metodik yordam"

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

turkumidagi risolalari, Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU O'zbek tili va adabiyotini o'qitish metodikasi kafedrasi tomonidan chop qilinayotgan maqolalar to'plamlari, ushbu kafedra tashkil qilayotgan "Til va adabiyot ta'limida yangi pedagogik texnologiyalar" respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari, shuningdek, respublikamizda nashr qilinayotgan "Til va adabiyot ta'limi", "O'zbek tili va adabiyoti" kabi manbalarda metodist olimlar va adabiyot o'qituvchilari tomonidan izlanishlar olib borilgan.

METOD VA METODOLOGIYA

Ma'lumki, hozirgi paytda o'rta maktablarda va akademik litseylarda adabiyot ta'limi mazmunan xalq og'zaki ijodi, eng qadimgi (islomgacha bo'lgan) davr adabiyoti, mumtoz adabiyot hamda yangi davr adabiyoti tarzida o'qitilmoqda. Bu davr, ruknlarga mansub namunalarning o'qitilish saviyasi hamda murakkablik darajasi bir xil emasligi barcha mutaxassislarga birdek ayondir. Qaysi bir muallim xalq og'zaki ijodini, kimdir qadimgi davr ijod namunalarini, yana boshqasi hozirgi davr adabiyotini sevib, ko'ngildagiday o'qitishini e'tirof qilishi mumkin, lekin mumtoz adabiyot namunalarini ortiqcha qiynalishlarsiz o'taman deydigan o'qituvchini topish amrimahol. Avvalo diqqatni mumtoz adabiyot namunalari o'qitilishining hozirgi kundagi ahvolini tahlil etishga qaratdik. Chunki biror kimsaga nimanidir tavsiya etish yoki nimanidir o'rgatish uchun, avvalo, o'sha masalaning joriy holatini aniqlab olish zarur bo'ladi.Shunday qilib, Akademik litseylarda mumtoz adabiyot qanday o'qitilmoqda? Aslida bu ritorik savolga o'xshab ketadi javobi aniq — yaxshi emas. Lekin bu "yaxshi emas"liklar nimalarda namoyon bo'ladi? Sababi nimada?Ularning ildizlari qayerga borib taqaladi?Ana shu savollarga javob topish muhim.Bu tashxis qo'yishdek bir gap. Shunga qarab chora izlanadi, tadbir belgilanadi.Bizningcha, qoniqarsiz ahvolning ikki: ob'ektiv va sub'ektiv sabablari mavjud bo'lib, ularning biri boshqasining chuqurlashuviga sabab bo'lmoqda. Ob'ektiv omillar o'qituvchi shaxsiyatidan ko'ra ko'proq ta'lim mazmunini tashkillashtiruvchi muassasalar, direktiv hujjatlar bilan bog'liq. Biz bunda, avvalo, standartlar, dasturlar, darslik va metodik hamda o'quv qo'llanmalarni nazarda tutmoqdamiz..Biz standart va dasturlardagi to'ldirilishi kerak bo'lgan o'rinlar, darslik va qo'llanmalardagi bartaraf etilishi lozim ko'ringan nuqson va kamchiliklar borasida mulohazalarimizni bayon etamizki, yechimini kutayotgan muammolarning talay qismi ular bilan ham bog'liq, Biz, avvalo, standartlar to'grisida so'z yuritamiz. "Davlat ta'lim standartlari umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim mazmuniga hamda sifatiga qo'yiladigan talablarni belgilaydi" . Umuman olganda adabiyot bo'yicha DTS ushbu fanning mazmun va sifatiga qo'yilgan talabni qoniqarli darajada aks ettiradi. Mazkur hujjatning mohiyat jihatdan yaxlit, umumiy harakterda bo'lishini nazarda tutsak, unga jiddiy e'tiroz bildirishga asos yo'q. Faqat nazarimizda, yanada aniqlashtirilishi kerak bo'lgan o'rinlar, xususan, unda mumtoz adabiyot o'qitilishiga doir mazmuniy tafsilotlar, sifatiy ko'rsatkichlar alohida o'z ifodasini topishi maqsadga muvofiq, deb o'ylaymiz.Adabiyot ta'limida mumtoz she'riyatimizni o'rganishda DTS hujjatlarida aks ettirilgan talab va tavsiyalarga muvofiq tashkil etish muhim ahamiyatga ega.Davlat ta'lim standarti ta'lim xodimlari o'qituvchilar uchun me'yoriy hujjat sifatida xizmat qilmoqda. Standart talablari esa ta'lim jarayonida bir necha yangi usullarni tatbiq etishni taqozo qiladi.

TADQIQOT NATIJASI

Buning samarali yo'llaridan biri ilg'or pedagogik texnologiyalarni mahalliy ta'limga olib kirish, milliylashtirish va uni ta'limga tatbiq etishdan iborat. Ilg'or pedagogik texnologiya ham shu maqsadni o'zida ifoda etgan bo'lib, DTS talablarini bajarishga xizmat qiluvchi usullardan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Ilg'or pedagogik texnologiyaning maqsadi ta'lim jarayonida, ayniqsa DTS talablari asosida bilimlarni egallashda o'qituvchi va o'quvchilarning hamkorligini shakllantirishga qaratilgan. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol usullar, uslublar, innavatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta'limning samaradorligini ko'tarishga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda.

Adabiyot dasturlarini tuzish va darsliklardagi mumtoz she'riyat poetikasi masalalarini yoritishda mualliflar o'z bilganlaricha harakat qilmasdan, soha mutaxassislari bilan bahamjihat va bamaslahat ish ko'rsalar, taqdim qilinayotgan materiallarni o'zlashtirish, milliy qadriyatimizning ajralmas qismi bo'lgan ajdodlarimiz ma'naviy boyliklaridan bahra olishimiz birmuncha osonlashgan bo'lardi. E'tirof etish kerakki, aruzshunoslik kutubxonasining bu qadar boyligiga qaramay, mumtoz she'riyat poetikasining ushbu sohasi bo'yicha bilimdonlar juda kam. Bunday vaziyatning yuzaga kelishiga sabab esa, bizningcha, faqat bir omil - metodist va adabiyotshunos olimlarning masalaga nisbatan e'tiborsiz munosabatda bo'layotganidir. Aruz nazariyasi tarixi ko'rsatadiki, mazkur sistema avval arab, keyinchalik fors, undan keyin turkiy xalqlar adabiyotlarida paydo bo'lgan va rivojlangan bizning she'riyat bilan mutlaqo aloqasi bo'lmagan, arab-fors aruzi uchun xarakterli bo'lgan masalalar ham yoritilib, o'rganilishi talab qilib kelinmoqda.

Akademik litseylarda mumtoz she'riy asarlarning nazariy asoslari yuzasidan quyidagi mushohadalarni bildirish o'rinli:

- Bugungi kundagi litsey darsliklarida berilgan shoirlarning ijod namunalarini sharhlab o'rgatmasdan talabaga tushuntirishning iloji yo'q. Bu borada joriy darsturdagi kamchiliklarni bartaraf etish zarur;

- Adabiyot qoidalar darsligi aynan ana shu mumtoz asarlarni o'rganish bo'yicha chuqur bilim beradi mana shu darslikni chuqurroq o'rgangan talaba aynan mumtoz asarlarni asl mohiyatini tushunib yetadi;

- akademik litseyda "Adabiyot qoidalari" darsligi uchun ajratilgan dars soatlari I6 soatni tashkil qiladi. Shundan 8 soati nazariy bilim berishga, 8 soati esa amaliy mashg'ulot uchun ajratilgan.Mana shu soatlar davomida talabalarda chuqur ko'nikma hosil qilish ;

MUHOKAMA

Qadim zamonlardan buyon ilmiy o'rganishda keng qo'llanib kelingan usullardan biri sharhlab o'rganishdir. "Sharh" arabcha so'z bo'lib ochish, bayon etish, oshkor qilish kabi ma'nolarni anglatadi. Navoiy asarlari lug'atida esa sharh aylamak, izohlamoq tarzida bayon etilgan. Ba'zi manbalarda sharh tavsifga o'xshab ketishi, bu atama garchi sharh bilan ma'nodosh bo'lsa-da, lekin u kengroq mazmunni anglatishi qayd etiladi. Yevropa ilmiy atamashunosligida sharh tushunchasi hamma vaqt ham bir xil ma'noni ifoda etmagan. Masalan sharh so'ziga rus adabiyotshunosligida komentariy atamasi to'g'ri kelib, u bayon etish, kabi ma'nolardan tashqari, keng ma'noda, ya'ni ilmiy tadqiqot xarakteridagi ishlarga nisbatan ham qo'llaniladi. Tajribali o'qituvchilarning fikricha, sharhlab o'qitish orqali, biror asar matnini izohlash jarayonida o'quvchilar notanish so'z ma'nosi bilan, ayrim so'zlarning ko'chma ma'nosi yoki bir so'zning bir necha xil ma'nolari bilan tanishadilar. Tarixiy-badiiy asarlarni o'rganish orqali arxaik shevaga xos, arab fors tilidan kirgan so'zlar ma'nosi oydinlashadi, o'quvchilar ko'z o'ngida o'tmish madaniyati oydinlashadi. Ba'zan darsda mavzuni badiiy asar nomini sharhlashdan boshlashga to'g'ri keladi.

1. Lingivistik sharh.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

(Tushunilishi qiyin so'zlar, ma'nosi notanish va noaniq so'zlar izohi). Sharhning bu turini quyidagi so'zlar qamrab oladi: arxaik so'zlar, tarixiy so'zlar, dialektizm, arab-fors so'zlar izohi. So'zlarni shu tarzda izohlash uning qaysi tilga mansubligi haqida ham ma'lumot beradi. 2.Tarixiy-milliy sharh. Bu xil sharhda qadimiy milliy urf - odatlar, an'analar, udumlar bilan bog'liq bo'lgan an'analar izohlanadi.

3.Tarixiy-adabiy sharh.

Bunda adabiy asarlardagi tarixiy davr bilan bog'liq an'analar izohlanadi. Bundan tashqari asarlarni sharhlashda yana quyidagi turkum so'zlar izohi bo'lishi mumkin: Geografik joy nomlari, Badiiy asardagi tarixiy shaxslar, ular haqidagi qo'shimcha ma'lumotlar, xalq maqollari, iboralar va tasviriy vositalar, qahramonlarning ismi, tashqi qiyofasi, kiyim boshi, buyumlari. Son bilan ifodalangan so'z va iboralar va hakozolar.

Bugungi kunda Akademik litsey talabalari uchun o'rgatilayotgan mumtoz asarlar haqida mening shaxsiy mulohazalarim quyidagilardan iborat.Birinchi navbatda darslikni qayta ko'rib chiqish maqsadga muvofiq, chunki berilayotgan ijod namunalari bir qarashda o'quvchilarni band qilib turishdek tuyuladi undan bir ma'naviy ozuqa olish hollari juda kam holatlarda uchraydi. Jadid adabiyotining yirik namoyondalaridan biri Munavvar qori Abdurashidxonov shunday degan edi. "Har millatning maktab va madrasasi o'ldig'i kabi, bizni ham maktab-madrasalarimiz garchi benizom va beusul o'lsa ham, yo'q demak darajada oz emas. Har millat avlodini tarbiyalash va ta'limi ulumda ko'rsatgan himmat va g'ayrati kabi bizlarda ham o'z ma'sum avlodlarini jaholat va g'aflat zulmatida qolmoqig'a hech bir rizolari o'lmay, qo'llaridan kelgancha ta'lim va tarbiyati avlodda qusurlik ko'rsatmakchi zotlar mavjuddirlar.

Va lekin dunyog'a nima uchun kelgonini bilmay, ilm va maorifg'a aslo rag'bat qilmay, jonidin shirin bolalarini ko'cha-bako'cha kezdirib, bechora ma'sumning aziz umrini jaholat otashina yondirg'uvchi behamiyat va bediyonat otalar ham oramizda oz emasdur. Ko'p dindoshlarimizni ko'rarmizki, o'z farzandlarini aslo maktabg'a bermay orqalaridin ergashtirib, ruslar eshigida o'zlari kabi xizmatchilikka o'rgatib, dunyo va oxiratning saodati o'lg'on ilm va maorifdin mahrum qo'ymoqdin hech bir ibo qilmaslar. Ba'zi azizlarimiz bordurki, o'g'lini qo'lidin tutib maktabga olib borur. Muallimdan tolib qilurg'a: "Taqsir, shu o'g'limni go'shti sizniki, ustixoni bizniki, bir iloj qilib, tezlik ila naqd va nasiya yozmoqni o'rgatib berursiz", der. "Eshagiga yarasha tushovi" degan o'zbek maqolicha, muallimlar ham aksarlari qonuni ta'lim-tarbiyadin butun-butun bexabar kishilar o'lub, balki o'quv va yozuvni ham lozimincha bilmasliklari vajhidan bechora ma'sumalarni iste'dodi zotiyasig'a nazzora ikki yil zarifida jami' lavozumoti diniyani bildirmoq mumkin o'lg'on holda, to'rt-besh yilg'acha hijja usuli birla dunyo va oxiratga foydasi bo'lmag'on Fuzuliy, Navoiy, Xo'ja Hofiz va Bedil kabi mushkul manzuma kitoblarg'a umri azizini barbod etarlar.

Ey vatandoshlar! Diqqat nazari ila boqing! Bir bolani maktabg'a bermakdan maqsudi vojibot diniyamiz o'lg'on ilmi qiroat, masoili e'tiqodiya, farz, vojib, sunnat mustahab, harom, makruh, namoz va ro'za, haj va zakotlarni ham zaruroti dunyaviyamiz o'lg'on ilmi hisob, jug'rofiya, tavorix, xususan, «Tarixi Islom» kabi foydalik ilmlarni bildurmoq o'lg'on holda johil domlalarning «ta'limi faloniy, qoshi qaro, qaro ko'zi, qaro yuzi, oh, so'zi shirin», deb bolalarni fasod axloqig'a birinchi sabab o'ladurg'on manzuma kitoblar o'lmish.Bu xususda otada ayb yo'q, chunki bu bechorani e'tiqodida bolani o'qutmoq yolg'iz naqd va nasiya yozdurmoqdin iboratdur. Muallimda ham ayb yo'q, chunki bu zikr qiling'on ulumi zaruriyalarni bechora muallimning o'zi bilmas, balki ba'zilarini ismini ham eshitgan emas. Bechora na qilsun?

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Nochor, befoyda bo'lsa ham maktablarda bolalarga o'qitgudek bulardan boshqa bir kitob topilmag'on zamonlarda o'zi o'qib, bilgan kitoblari shu kitoblar o'ldig'i chun eski o'runlarda eski tushlarin ko'rmakdadurlar. Mani so'zimdan Fuzuliy, Navoiy, Xo'ja Hofiz, Bedillar kabi ulug' zotlarni tahqir qildi, deb gumon qilinmasun. Chunki mani g'arazim bu kitoblarni zotan befoyda demak emas, balki yosh bolalarg'a bu kitoblarning ta'limi befoyda, demakdir. Misola bir bolaga Fuzuliy o'rniga ilmi qiroat, Navoiy o'rniga masoili e'tiqodiya, Xo'ja Hofiz joyiga masoili amaliyot, Bedil badalig'a ilmi hisob o'qitilsa, din va dunyosi uchun qancha foydalar hosil qilib, musulmon o'lur."

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, mumtoz asarlarni sharhlab o'rganishda zamonaviy va milliy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi quyidagicha tahlil qilindi:

Mumtoz nasr namunalarini umumiy o'rta ta'limda o'qitishda, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo'llash bir muncha ishimizni osonlashtiradi

- har qanday pedagogik texnologiyaning o'quv tarbiya jarayonida qo'llanishi shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan holda, talaba yoki o'quvchini kim o'qitayotganligi va o'qituvchi kimni o'qitayotganiga bog'liq;

- Mumtoz asarlarni turli interfaol metodlardan foydalanib sharhlashda o'qituvchi ijodiy yondashuvining omili sifatida e'tirof etiladi;

REFERENCES

1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - Toshkent, Ma'naviyat, 2008. 139-bet.

2. Umumiy o'rta ta'limning Davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi. - T.:Fan, 2010.

3. B.To'xliyev. Adabiyot o'qitish metodikasi. Toshkent, Alisher Navoiy nomidagi .O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010, 8-9- betlar.

4. Valixo'jaev B. O'zbek adabiyotshunosligi tarixi.Toshkent, 1993, 138-139- betlar.

5. Munavvarqori Abdurashidxonov "Bizni jaholat -jahli murakkab" , "Taraqqiy" gazetasi, 1906 yil, 14 iyun

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.