Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY IJODIDA IYMON TALQINI'

ALISHER NAVOIY IJODIDA IYMON TALQINI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

434
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tahlil / sharh / poetik talqin / hikmat / qit‟a / ruboiy / iymon / ma‟naviyat / hayo / vafo / saxovat / himmat / analysis / commentary / poetic interpretation / wisdom / rubai / faith / spirituality / modesty / loyalty / generosity / diligence.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shoiraxon Xo‘Jaeva

Ushbu maqola shaxs kamolotida barcha davrlar uchun birday muhim bo„lib kelgan iymon mavzusining Alisher Navoiy ijodida aks etishi masalasiga bag„ishlangan. Unda ijodkorning “Nazm ul-javohir”, “Hayrat ul-abror”, “Siroj ulmuslimin”, “Arba‟in”, “Mahbub ul-qulub” asarlarida mazkur mavzuning yoritilishi tahlilga tortilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article is devoted to the topic of faith, which has been equally important for all eras in the development of a person, in Alisher Navoi's work.In it, the author's works "Nazm ul-javahir", "Hayrat ul-abror", "Siroj ul-muslimin", "Arba'in", "Mahbub ul-qulub" have been analyzed

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY IJODIDA IYMON TALQINI»

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

ALISHER NAVOIY IJODIDA IYMON TALQINI

Shoiraxon Xo'jaeva

Qo'qon davlat pedagogika instituti o'qituvchisi shoiraxonxojayeva85@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola shaxs kamolotida barcha davrlar uchun birday muhim bo'lib kelgan iymon mavzusining Alisher Navoiy ijodida aks etishi masalasiga bag'ishlangan. Unda ijodkorning "Nazm ul-javohir", "Hayrat ul-abror", "Siroj ul-muslimin", "Arba'in", "Mahbub ul-qulub" asarlarida mazkur mavzuning yoritilishi tahlilga tortilgan.

Kalit so'zlar: tahlil, sharh, poetik talqin, hikmat, qit'a, ruboiy, iymon, ma'naviyat, hayo, vafo, saxovat, himmat.

ABSTRACT

This article is devoted to the topic of faith, which has been equally important for all eras in the development of a person, in Alisher Navoi's work.In it, the author's works "Nazm ul-javahir", "Hayrat ul-abror", "Siroj ul-muslimin", "Arba'in", "Mahbub ul-qulub" have been analyzed.

Keywords: analysis, commentary, poetic interpretation, wisdom, rubai, faith, spirituality, modesty, loyalty, generosity, diligence.

АННОТАЦИЯ

Данная статья посвящена теме веры, одинаково важной для всех эпох в развитии человека, в творчестве Алишера Навои. В ней проанализированы произведения автора «Назм ул-джавахир», «Хайрат ул-аброр», «Сирадж ул-муслимин», «Арбаин», «Махбуб ул-кулуб».

Ключевые слова: анализ, комментарий, поэтическая интерпретация, мудрость, рубаи, вера, духовность, скромность, верность, великодушие, трудолюбие.

Iymon - shaxs ma'naviyatini belgilovchi asosiy omildir. adabiyotimizda komil inson timsoli badiiy talqin etilar ekan, iymon uning bosh fazilati sifatida vasf qilinadi. Hazrat Navoiy shaxsi va ijodida iymon tushunchasining tutgan mavqeyini, bu

Mumtoz

8-fevral

180

istiloh poetik talqinidagi o'ziga xoslikni o'rganish shu jihatdan alohida ahamiyatga molik. Akademik Alibek Rustamov bu haqda shunday yozadi: "Hazrati Navoiyning diyonati hamma zamon, hamma makonning hamma xalqlari, ayniqsa, musulmonlar uchun yaxshi o'rnakdir. U islom ibodati-yu muomalasi, axloq-u odobiga a'lo darajada amal qildi, o'zini butunlay mamlakat taraqqiysi va el xizmatiga bag'ishladi". [7.127.] Darhaqiqat, ulug' mutafakkir iymonni yuksak hayotiy a'mol, insoniylikning asosiy sharti deb bilgan. Mana bu bayt mazmuni ham ushbu fikrni tasdiqlaydi: Kimki jahon sahnida inson erur, Bilki nishoni anga iymon erur.

Alisher Navoiyning barcha asarlarida iymon baland pardalarda vasf etiladi. Buyuk shoirning ayrim asarlarida islom va iymon haqidagi qarashlari go'zal badiiy shaklda ifodalangan bo'lsa, ba'zan muayyan asar to'lig'icha ana shu mavzuga bag'ishlangan. Ulug' mutafakkir hadislar va hikmatlarni nazmiy baytlar zamiriga singdirish bilan kifoyalanmay, ular asosida asarlar bitib, komil inson va yuksak ma'rifat g'oyalarini yanada keng miqyosda yoyishga erishgan. Hazrat Navoiy "Siroj ul-muslimin" asarida iymon qoidasini shunday bayon etadi: Burun ul nimakim, farz etti Yazdon, Erur oqilg „a bolig „ bo „lg „ach iymon. Aning ma 'nisidur til birla iqror, Ko „ngul birla inonmog „lig „ dag „i bor. Tilar bo „Isang anga o „zni yeturmak, Bil olti nimaga iymon keturmak.

Alisher Navoiy ushbu misralar orqali iymon deb atalmish anchayin murakkab tushunchani kishilar shuuri va ruhiga ta'sir eta oladigan tarzda juda sodda va aniq, qisqa va lo'nda shaklda ifodalagan. Ya'ni har bir aqli raso kishi balog'atga etgach, iymon ne'matiga musharraf bo'lmog'i kerak. Iymon til bilan iqror bo'lib, dil bilan ishonmoqdir. Inson bo'lib yaralish va inson sifatida hayot kechirishning mohiyati ham, odamzotning baxti ham iymoni butunligi bilan o'lchanadi. Bu baxtga yetishni istagan kishi olti narsaga iymon keltirishi lozim. Shundan so'ng nimalarga iymon keltirish kerakligi aytiladi. Bular: 1) Allohning bir-u borligiga; 2) farishtalarga; 3) ilohiy kitoblarga; 4) payg'ambarlarga; 5) Qiyomat kuniga; 6) taqdirga.

Buyuk alloma ushbu g'oyani ilgari surishda Qur'oni Karimdagi quyidagi oyatga tayangan:

"Ey, mo'minlar! Allohga, uning payg'ambariga va shu payg'ambariga nozil qilgan Kitobiga hamda ilgari nozil bo'lgan

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-180-187

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

Kitoblariga imoningiz komil bo'lsin" [3. 68.]

8-fevral

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

rg

Komil iymon egasi bo'lmoqning ham o'z shartlari bor. Ko'plab hadislar mo'minlik shartlari masalasiga bag'ishlangan bo'lib, Alisher Navoiy ham "Arba'in" asaridagi ilk qit'ani ana shu mavzudagi hadisga bag'ishlaydi:

"Birortangiz o'ziga ravo ko'rgan narsani birodariga ham ravo ko'rmagunicha mo'min bo'la olmaydi": Mo „min ermastur, ulki iymondin Ro „zgorida yuz safo ko „rgay, Toki qardoshig „a ravo ko „rmas -Nekim o „z nafsiga ravo ko „rgay.

Ushbu hadisi sharifda aytilgan "birodar" va she'rda keltirilgan "qardosh" so'zlaridan murod boshqa bir mo'min kishidir. Zero, islomda "Har bir mo'min ikkinchi mo'minning birodari" [2.81.] ekanligi uqtiriladi. Shunday ekan, har bir iymonli kishi boshqa mo'minlarga "ham qo'li, ham tili bilan" faqat yaxshilik qilishi, ularni muhofaza qilishi va eng suygan narsalarini ularga ham ravo ko'rishi lozim. Shundagina uning iymoni komil bo'ladi. "Mahbub ul-qulub" asarida do'stlik haqida so'z yuritar ekan, hazrat Navoiy yuqoridagi fikrini yanada kuchaytiradi, haqiqiy mo'min ba'zan o'ziga ravo ko'rganini do'stiga ravo ko'rmasligi ham lozimligini ta'kidlaydi:

"Har kimki, birov bila yordur yoki yorlig„ da'viysi bordur, kerakkim, o„ziga ravo tutmog „onni yorig „a ravo tutmasa, ko „p nimakim, o „ziga ham ravo tutsa, anga tutmasa. Bas mashaqqatkim, andin ruhg„a alam etar, kishi ani jismu jonig„a tajviz etar. Ammo ani yorig „a taxayyul qila olmas, agar taxayyul qilsa, vahshatidin hayoti qolmas ".

Komil iymonning yana bir sharti barcha amalni xolis Alloh yo'lida qilmoqdir. Muborak hadislarda ham dilni mudom Allohga bog'lashga, uni ko'p zikr etishga va har bir ishni faqat O'zi uchun - Uning roziligi yo'lida qilishga chaqiriladi: "Kim Alloh uchun bersa va Alloh uchun bermasa, Alloh uchun yaxshi ko'rsa va Alloh uchun yomon ko'rsa, darhaqiqat, uning iymoni barkamol bo'libdi" Alisher Navoiy ushbu hadisni "Arba'in"dagi ikkinchi qit'aga asos qilib oladi: Kimgakim hubu bug „zu man 'u ato Haq uchun bo „Idi jazm bil oni, Kim erur Tengri lutfidin komil Ahli iymon qoshida iymoni.

Alisher Navoiy ijodiga o'zgacha yondashgan shorihlar Hasan va Husayn Yahyo Abdulmajidlar ushbu to'rtlikni quyidagicha izohlaganlar:

8-fevral

182

"Kimning muhabbatda ham, yomon ko'rishda ham, biror narsa berishida ham, biror narsani bermay, to'sishida ham qasdi, maqsadi Alloh bo'lsa, Allohning lutfi bilan uning iymoni ahli iymon qoshida komil sanaladi". [8.74.] Ta'kidlash kerakki, Hasan va Husayn Yahyo Abdulmajidlarning "Navoiydan chu topqaylar navoe" kitobiga kiritilgan sharhlar navoiyshunoslik sohasida yangilik bo'ldi. Alisher Navoiy ijodini islom ma'naviyati, Qur'oni Karim, hadisi sharifdan ayri holda tasavvur qilib bo'lmasligi hech kimga sir emas. Lekin uning asarlarini diniy nuqtayi nazardan, Qur'oni Karim va hadislar asosida tahlil qilish navoiyshunoslikda yangicha uslubni yuzaga chiqardi desak, yanglishmaymiz.

Falsafa ilmida "mohiyat va hodisa" tushunchalari bor. Ya'ni mohiyatda bor narsa hodisada aks etadi. Chunonchi, quyosh - mohiyat, nur - hodisa. Quyosh nur manbai bo'lgani tufayli ham yog'du taratadi. Mo'minnmg qalbidagi iymon ham mohiyat, uning bajargan amallari esa hodisadir.

Hazrat Alining "Kishining iymoni ontidan ma'lum" hikmati ham ana shundan saboq beradi. Alisher Navoiy "Nazm ul-javohir" asarining birinchi ruboiysiga aynan shu hikmatni asos qilib oladi:

Iymoni aningki kufrig „a sotir erur, CHin nukta demakka ul kishi qodir erur, Har kimsaki iymon ishida mohir erur, Iymonini bilki, ontidin zohir erur.

Kimki rost so'zlamoqni, ya'ni haqgo'ylikni o'ziga odat qilsa, uning iymoni ziyoda bo'lib, dilidagi kufrni mahv etadi. Mo'min kishining iymoni uning ontidan, ya'ni aytgan so'ziga amal qilishidan, va'dasiga vafosidan bilinadi.

Demak, iymon nafaqat botinda, balki zohirda ham namoyon bo'lar ekan. Ya'ni insonning har bir aytgan kalomi, amalga oshirgan xatti-harakati uning qalbidagi iymonning darajasini ko'rsatadi.

"Iymonning uchdan biri hayo, yana uchdan biri vafo va yana uchdan biri saxodir", - deyiladi hazrat Ali (r.a.) hikmatlarida. Buyuk shoir bu hikmatni "Nazm ul-javohir"da quyidagicha talqin etadi:

Uch qism ila iymong „a bino fahm ayla, Avvalg „isini aning hayo fahm ayla, Ikkinchisini dag „i vafo fahm ayla, Uchinchini bilmasang, saxo fahm ayla. Iymon misoli bir bino bo„lsa, hayo, vafo va saxovat uni ushlab turuvchi ustunlardir. Binobarin, ularsiz bino qulaydi.

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-180-187

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Shuningdek, bu fazilatlar biri-birisiz mavjud bo„la olmaydi.

8-fevral

Vafodor insonning hayosizlik qilishi mumkin bo'lmaganidek, o'z xulqini hayo ila ziynatlagan kishining fe'lida baxillik kuzatilmaydi. Navoiy hazratlarining "Mahbub ul-qulub"dagi: "Vafosizda hayo yo „q, hayosizda vafo yo „q. Har kimda bu iki yo „q -iymon yo „q va har kimda iymon yo „q andin umid ko „zin yorutsa bo „Imas ", - degan e'tirofi ham buni tasdiqlaydi.

Shu bois ulug' shoir-u adiblar asarlarida iymon mavzusiga qayta-qayta murojaat etiladi. Qur'oni Karim oyatlari va muborak hadislar mohiyatiga uyg'un bunday talqin milliy adabiyotimizda yetakchi o'rin tutadi.

"Ey mo'minlar, kasb qilib topgan narsalaringizning halol-pokizalaridan va Biz sizlar uchun yerdan chiqargan narsalardan infoq-ehson qilingiz!" [3.33.] deyiladi Qur'oni Karimda. Ana shu muqaddas manbaga tayangan Hazrat Navoiy ko'plab asarlarida mazkur g'oyani ilgari suradi. Shoir ijodida, xususan, saxovat mavzusi alohida o'ringa ega. Jumladan, "Mahbub ul-qulub"da yozilishicha: "Saxovat insoniyat bog„ining borvar shajaridur, balki ul shajarning mufrid samaridur. Odamiyliq kishvarining bahri mavjvari, balki ul mavj bahrining samin gavhari".

Darhaqiqat, dunyoni saxovatpesha, oliyhimmat, ko'ngli va qo'li ochiq kishilar bezaydi. Bunday insonlar jamiyatning ko'rki. Buyuk shoir asarlarida saxovat insoniyat bog'ida yetilgan eng laziz mevaga, odamiylik dengizidagi eng toza gavharga qiyoslanishi sababi ham shunda.

Ushbu mavzu ham "Nazm ul-javohir" asarida alohida e'tibor bilan yoritilgan:

Yoringni tonir ishda mahorat ayla,

Diqqat bila holig „a basorat ayla,

Mukrim esa izhori bashorat ayla,

Judig „a ko „ra oni ziyorat ayla.

Ushbu ruboiy Hazrat Alining "Kishini ziyorat qilish uning saxovatiga qarab bo'ladi" degan hikmatlari asosida yozilgan. Hazrat Navoiy saxiy kishining qadr-qimmatini baland ko'tarib, hatto do'st-u yor tanlashdek nozik masalada ham uning saxovati darajasiga diqqat qaratmoq lozimligini uqtiradilar. Zero, saxovati yo'q kimsaning iymoni ham zaifdir. Iymoni zaif kishini esa do'st-u yor etib bo'lmaydi.

Ammo saxovat, xayr-u ehsonning ham o'z shartlari mavjud. Bulardan biri uning xolis va ezgu niyat ila qilinishi lozimligidir. Shundagina u chin ma'noda saxovat sanaladi, egasiga ham, jamiyatga ham naf keltiradi. Aks holda, bunday amal savobga emas, gunohga bois bo'ladi. Quyidagi hadisi sharif ham bu fikrni tasdiqlaydi: "Kimda-kim xayrli ishlarini shuhrat topish niyatida ovoza qilsa, Alloh taolo ham qiyomatda uni sharmanda qilib,

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-180-187

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

ovoza qiladi, kimda-kim xayrli ishlarini odamlar meni ko'rib

8-fevral

qo'ysinlar deb ko'z-ko'z qilsa, Alloh taolo ham qiyomatda uni barcha bandalari o'rtasida izza qiladi". [1.448.]

Bu haqda "Mahbub ul-qulub"da quyidagilarni o'qiymiz: "...Mubohot (maqtanish) uchun ermak xudnamoliq va aning bila o'zin saxiy demak behayoliq..." yoki "...Mahalida bergan eski chortora to'n - saxovat va bemahal bergan zarboft chorqab - shaqovat (yaramaslik)".

"Xamsa"ning "Hayrat ul-abror" dostonida saxovatga alohida bob ajratilgan, "Saddi Iskandariy" dostonida Axiy obrazi orqali oliyhimmatlik vasf etilgani hazrat Alisher Navoiyning bu mavzuga nechog'lik katta e'tibor berganini ko'rsatadi. "Nazm ul-javohir"dagi "Saxiylikning soyasi keng bo'ladi" hikmati asosidagi ruboiyda ham ana shu g'oya tarannum etilgan:

Mukrim ishini ko 'rki, bade' o 'ldi base, Bog 'ida xarif anga rabe' o 'ldi base, Chun naxl murod anga rafe' o 'ldi base, Ul naxlg 'a ham soya vase' o 'ldi base.

Saxovatning ikkinchi muhim sharti - minnat qilmaslik. Zero, saxiy kishi o„z ehsonini hech kimdan hech narsa ta'ma qilmagan holda, beminnat va beg'araz amalga oshirmog'i lozim. Yaxshilikka ozgina minnat aralashar ekan, u o„z ahamiyatini yo'qotadi. Quyidagi ruboiy ana shu haqda:

Juz judu saxo uyini manzil qilma, Imsokni saxo yuziga hoyil qilma, Qil yaxshiliq va demakni doxil qilma, Minnat bila yaxshiliqni botil qilma.

Demak, minnat - saxovatni yo'qqa chiqaruvchi ofat. Muborak hadislarda ham qo'li ochiqlikning ofati minnat ekani ta'kidlanadi. Buyuk shoir ushbu hadisni nazmda quyidagicha talqin etgan:

Har kishiga rioyate qilsang, Minnat o 'tkarmagil gumoningg 'a. Negakim ul karamg 'a ofat erur, Yukla minnat va lekjoningg 'a.

Bu to'rtlikning ma'nosini Hasanxon va Husaynxon Yahyo Abdulmajidlar mana bunday sharhlaydi: "Agar birovga biror yaxshilik qiladigan bo'lsang, minnatni xayolingga ham keltirma, chunki u kishiga ofatdir. Biroq minnatni o„z joningga yukla, ya'ni Alloh senga shu ne'matlarini berib, uni sarflashga muvaffaq qilganini o'zingga eslat" [8.91.]

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-180-187

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

8-fevral

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

Demak, minnat ham ikki xil bo'lar ekan: biri - boshqalarga, ikkinchisi -insonning o'z-o'ziga qiladigan minnati. Boshqalarga qilingan minnat gunohga sabab bo'lsa, o'z-o'ziga minnat ko'p gunohlar yo'lini to'sadi. Chunki bunday inson har bir amalini taftish qiladi, o'z-o'ziga hisob berib turadi. G'aflat bunday zotlarga begona. Zero, ularning qalbi mudom bedordir.

Biroq bunday yo'lni tutmoq oson emas. U kishidan oliyhimmatlikni talab qiladi. Demak, barcha xayrli amallarning asosi himmat bo'lib, saxovat manziliga ham himmat so'qmog'i orqali o'tiladi. Binobarin, himmatga ega bo'lmay turib, chin saxovat sohibi bo'lmoq imkonsiz. Shu bois Hazrat Navoiy himmatni saxovatdan ham ustunroq qo'yadi: "Saxovat odamig„a badandur va himmat anga ruh va himmat ahlidin olamda yuz ming futuh. Himmatsiz kishi er sonida emas, ruhsiz badanni kishi tirik demas. Oliyhimmat shohbozedur baland parvoz va behimmat sichqon sayyode yurutachi boz ".

Bu yerda saxovat jismga, himmat esa jonga qiyoslanmoqda. Daho shoir jonsiz jismning hech qanday qadr-u qimmati bo'lmagani singari behimmat qilingan saxovatning ham hech bir ahamiyati yo'qligini uqtirish orqali insonlarni oliyhimmat bo'lishga chorlaydi.

Umuman olganda, Hazrat Navoiy ijodi - ma'naviyat sarchashmasi. Unda kishini ma'nan yuksaltiruvchi barcha ezgu fazilatlar teran mazmun va go'zal badiiy shakl uyg'unligida betakror poetik talqin etilgan. Bu asarlar mutoaalasi avlodlar qalbida iymon va ma'rifat nurini kuchaytiradi, insoniy kamolot sari intilishga ishtiyoq va rag'bat uyg'otadi.

REFERENCES

1. Al-Buxoriy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil. Sahihi Buxoriy: Al-jomi' as-sahih (Ishonarli to'plam). 2-kitob. - T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti. 2008.

2. Al-Buxoriy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil. Al-adab al-mufrad (Adab durdonalari). - T.: O'zbekiston. 1990.

3. Qur'oni Karim (Ma'nolari tarjimasi. Tarjimon va izohlar muallifi Alouddin Mansur). - T.: Cho'lpon. 1991. "Niso" surasi, 136-oyatdan."Baqara" surasi, 267-oyatdan.

4. Navoiy Alisher. Mahbub ul-qulub. // To'la asarlar to'plami. O'n jildlik. To'qqizinchi jild. Toshkent, 2011.

5. Navoiy Alisher. Nazm ul-javohir // To'la asarlar to'plami. O'n jildlik. O'ninchi jild. Toshkent, 2011.

8-fevral

186

Volume 4 j Conference Proceedings 1 j 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

6. Navoiy Alisher. Hayrat ul-abror. // To'la asarlar to'plami. O„n jildlik. Oltinchi jild. Toshkent, 2011.

7. Rustamiy Aliybeg. Hazrat-i Navoyiyning ma'naviy olami. - T.: Navro'z nashriyoti. 2014.

8. Hasanxon Yahyo Abdulmajid, Husaynxon Yahyo Abdulmajid. "Navoiy dan chu topqaylar navoe". - T.: Hilol-Nashr. 2014.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.