Научная статья на тему 'AKTYORNING SAHNADA QAHRAMOH QIYOFASINI YARATISHDA SAHNAVIY MUNOSABAT MASALALARI'

AKTYORNING SAHNADA QAHRAMOH QIYOFASINI YARATISHDA SAHNAVIY MUNOSABAT MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
13
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
sahnaviy munosabat / pardozchi / obyekt / subyekt / ichki kechinma / jismoniy harakat / xatti-harakat

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — O‘G‘Ilxon Odilova, U.M.Boltaboyeva

Ushbu maqolada aktyorning diqqat e’tiborini о‘ziga tortgan va uning bor vujudini о‘ziga jalb etgan mana shu sahnaviy munosabat masalalari haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AKTYORNING SAHNADA QAHRAMOH QIYOFASINI YARATISHDA SAHNAVIY MUNOSABAT MASALALARI»

AKTYORNING SAHNADA QAHRAMOH QIYOFASINI YARATISHDA SAHNAVIY MUNOSABAT MASALALARI

O'g'ilxon Odilova Ilmiy rahbar: U.M.Boltaboyeva O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instititutining Farg'ona mintaqaviy

filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada aktyorning diqqat e'tiborini о'ziga tortgan va uning bor vujudini o'ziga jalb etgan mana shu sahnaviy munosabat masalalari haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: sahnaviy munosabat, pardozchi, obyekt, subyekt, ichki kechinma, jismoniy harakat, xatti-harakat

ISSUES OF STAGE ATTITUDE IN CREATING THE IMAGE OF AN

ACTOR ON THE STAGE

Ogilkhan Odilova Scientific supervisor: U.M.Boltaboyeva Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article tells about these issues of stage attitude that attracted the attention of the actor and attracted his whole being.

Keywords: stage attitude, make-up artist, object, subject, inner experience, physical movement, behavior

Sahnaviy munosabat aktyorning ruhiy holatiga bog'liq bo'lgan ijodiy elementlardan biridir. Aktyor sahnada shu holatda turib, o'z partnyorlari bilan va o'zini qurshagan sahnaviy olam bilan aloqa bog'laydi. Aktyorning diqqat - e'tiborini o'ziga tortgan va uning bor vujudini o'ziga jalb etgan mana shu sahnaviy hamrohlar aktyorning diqqat obyekti deb ataladi. Mana shu sahnaviy obyekt bilan bog'langan aktyorning mulohazalari uning sahnaviy munosabati deb ataladi. Hayotda bu nazariyani bilishning hojati bo'lmaydi. Shu sababli hayotda unga hech kim, hech qachon e'tibor berib qaramaydi. Chunki, hayotning qonuni bo'yicha bu munosabat shakllari, bizning nerv sistemamizda, psihikamiz va badan, harakat, mushaklarimizda o'zidan-o'zi tabiiy ravishda joylashgan, hayotiy zarurlik paydo bo'lishi bilan bu munosabat shakllari kerakli miqdorda o'zidan-o'zi, tabiiy ravishda ishga tushadi. Sahnada esa hamma narsa xayoldan to'qiladi va qo'ldan yasaladi. Mana shu to'qimali sahnaviy hayot ichida aktyor ixtiyoriy xatti-harakat mezonida yashaydi. Ammo, shu

ixtiyoriy xatti-harakatlarni beixtiyor harakat shakliga keltirishi kerak bo'ladi. Bu uning sahnaviy ijodining qonuni. To'qimani ixtiyoriy xatti-harakatga aylantirishda sahnaviy munosabatning aktyor ijodida roli alohida. Buning uchun sahnaviy munosabatlar har qachon maqsadga muvofiq, faol va haqqoniy ravishda bo'lmog'i lozim. Alohida shuni aytib o'tish kerakki, sahnaviy munosabat, xuddi hayotdagidek, uzluksiz harakatda bo'lmog'i kerak. Bunday uzluksiz sahnaviy munosabatlar esa, ikki tomonning xatti-harakatidan kelib chiqishi, ya'ni obyekt bilan subyektlarning ichki kechinma va jismoniy harakatlari orqali bir-biriga ta'sir etishlari natijasida paydo bo'ladi. Sahnaviy munosabat obyektlari faqat odamgina emas, balki tirik maxluqlar, jonsiz zotlar, o'tgan, o'tayotgan va endi o'tadigan xodisalar,aktyorning o'z kechinmalari,obrazning orzu-armonlari, histuyg'ulari ham bo'lishi mumkin. Lekin, ularning hammasi sahnaviy munosabat obyektiga aylanishi uchun, ularni aniq sahnaviy shart-sharoit olamiga kiritish shart. Shu bilan birga yana bir narsa, u ham bo'lsa sahnaviy munosabatning turlari ham birxil emas, aytaylik, sahnaviy munosabatni so'z, jest, harakat, ohang, imo, ko'z qisish, ko'z nurlari va boshqa har xil ma'nodagi pauzalar orqali ham bog'lash mumkin. Aktyorning qay darajada jonli munosabatni vujudga keltira bilishi uning sahnadagi chin ma'nodagi diqqat e'tiboriga bog'liq. Hamrohga qarab turishning o'zi kamlik qiladi. Uni ko'rish lozim. Hamroh yuzida sodir bo'ladigan har bir ifoda, har bir imo-ishorani, sinchkovlik bilan kuzatib turishi shart. Uni eshitibgina qolmay, tinglay bilish ham zarur buning o'zi ham kamlik qiladi. Tinglash orqali uni tushunishga harakat qilish kerak. Hatto tushunish ham kamlik qiladi. Uni sezish ham kerak. Aktyorning qalbida kechayotgan zarracha bo'lsin o'zgarish hamrohining qalbida ham aks etishi kerak. K.S.Stanislavskiy bu haqida "Sahnada artistning ko'zlari, nigohi, qarashi uning yuksak ijodiy qalbining ulkan, chuqur ichki mazmunini ifoda qilishi lozim. Buning uchun uning qalbida "insonning ruhiy hayotiga" monand bo'lgan bu ulkan ichki mazmun to'plangan bo'lmog'i lozim: ijrochi sahnadaligida ko'nglining shu mazmuni orqali pyesadagi o'z partnyorlari bilan munosabatda bo'lishi kerak", - deb ta'kidlagan.

Aktyor qobiliyatining asosiy belgilaridan biri bu sahnadagi munosabatidan kelib chiqib, berilgan narsa, buyum, manzarani o'zgartira bilishi kerak ekan. Ya'ni, faraz qiling aktyor sahnada o'z otasi bilan muloqotda. Otasi rolini ijro etayotgan aktyor aslida hayotda uning o'rtog'i, yaqin do'sti yoki ijodiy raqobat tufayli qisman bo'lsada uning dushmaniga aylangan hamkasbidir. Lekin kasb taqozasi tufayli aktyor o'z dushmanini ham hayotdagi otasidek ko'rishi, unga o'g'ildek mehribon bo'lishi lozim. Pardozchining ming xiyla ishlagan pardozi ham aktyor uchun uning aslida kim ekanligini yashira olmaydi. Necha yuz marotaba o'ynalgan spektakl, yana o'sha so'zlar, o'sha jo'shqinlik, o'sha harakatlar, o'sha ifodalar. Bularning hammasi yod bo'lib, kerak bo'lsa aktyor medasiga ham tegib ketgan. Lekin har safar u sahnaga chiqar ekan, go'yoki sahnaviy diqqat hayotiy diqqatdek bo'lishi, voqealarni

hozirgidek qabul qilishi, har bir harakat va voqeaga munosabat bildirilishi kerak." -Men munosabatning yangi tasavvurdagi, real mavjud bo'lmagan (masalan, Gamlet otasining arvohi bilan munosabat) turini ko'rib chiqishga o'taman. Arvohni na sahnada o'ynayotgan artistning o'zi, na zaldagi tomoshabin ko'radi. Tajribasiz kishilar bunday o'zi yo'q narsani ko'rayotganday bo'lib ko'rinishga harakat qiladilar. Sahnada bunga ularning hamma kuch va diqqatlari sarf bo'ladi. Ammo tajribali artistlar uchun gap "arvohning" o'zida emas, balki unga bo'lgan ichki munosabatdir. Shuning uchun ular o'zi yo'q obyektning ("arvohning") o'rniga o'zlarining sehrli "agarda"larini qo'yadilar va agarda bo'shliq fazoda, ularning oldida "arvoh" paydo bo'lib qolsa, nima qilardik degan savolga vijdonan va astoydil javob berishga urinadilar" . Sahnaviy hayotda diqqat obyektlarini to'g'ri tanlash va ular bilan qanday, qanaqa qilib, qaysi yo'l bilan munosabat bog'lashni aniqlashning o'zi, aktyordan katta mahoratni talab qiladi. Sahnaviy munosabatning organik jarayonini K.S.Stanislavskiy quyidagi sharoitlarda deb biladi:

• Dastavval, inson o'zgalar bilan munosabat bog'lash uchun, aylanadigan sharoitni kuzatish va o'ziga zarur bo'lgan obyektni topib olishi kerak.

• O'ziga kerak bo'lgan obyektni topib olgandan keyin, jismoniy harakatlar yordami bilan, o'sha obyektning diqqatini o'ziga jalb ettirishi kerak.

• Ko'z qirralari orqali o'sha obyektning kayfiyatini aniqlash va uning diqqat -e'tiborini o'ziga jalb etib, ko'nglidagi aytishi kerak bo'lgan xayolini anglashga uni tayyorlash kerak. K.S.Stanislavaskiy aytgan mana shu sharoitlarni haqqoniy bajargan holdagina, sahnaviy munosabatlar hayotiy ravishda paydo bo'ladi. Sahnaviy munosabat, K.S.Stanislavskiy so'zi bilan aytganda, «Zanjirdek bir narsa, uni bir -biriga ulab chiqishda aktyorning ichki va tashqi apparatlari avtomatik ravishda ishga tushadigan bo'lishi kerak». Sahnaviy munosabatni yuzaga keltirish uchun, aktyor eng avval quyidagi to'rtta shartni aniqlab olishi zarur bo'ladi:

1-shart. Sahnaviy munosabatni bog'lash uchun aktyorga, dastavval bir bahona bo'lishi kerak. Ya'ni uni munosabat bog'lashga majbur etadigan birorta narsaning yoki turtkining bo'lishi shart. Masalan, birorta yashirin xatni, birorta kishiga olib borish vazifasi topshirilgan bo'lsa, o'sha xat munosabat bog'lash uchun bahona.

2-shart. Munosabat bog'lash uchun sabab bahona topilgandan keyin, endi kim bilan yoki nima bilan munosabat bog'lash kerak bo'lgan obyektni aniqlash lozim. Masalan, bir tashkilotda ishlayotgan yuzta ma'lum ishchilar orasiga kelib, quyidagi yashirin xatni beradigan kishini topib, aniqlab olishi lozim.

3-shart. Munosabat bog'lashning yo'lini aniqlash, ya'ni so'z, harakat yoki biror bir imo-ishora va hakazo.

4-shart. Munosabat bog'lash uchun zarurli bo'lgan teskari bahona o'ylab topish, Ya'ni uni o'sha obyekt bilan qaysi shaklda munosabat bog'lash yo'lini aniqlash. Qisqasi yuqorida aytilganidek, yashirin xatni hech kimga syezdirmasdan obyektga

topshirish uchun qanday qilib uning yoniga borishi, subyekt qanday ish tutishi kerak? Ana shuni aniqlash sahnaviy munosabatning mezonidir. Ma'lumki, aktyorlik san'atining mezoni - harakatdir. Aktyor harakatisiz teatr san'atini tasavvur qilib bo'lmaydi. O'z o'rnida harakat munosabatdan yaraladi. Demak, sahnaviy munosabat aktyorlik san'atining asosidir. Ya'ni aktyorlik san'ati munosabat orqali tug'ilib, harakatda o'z ifodasini topadi. Biron-bir rolni ijro etish uchun aktyor, eng avvalo, o'zi ijro etayotgan roliga nisbatan munosabatni to'g'ri yo'lga qo'yib olishi lozim. Shu munosabatlar asosida mantiqiy, maqsadli va unumli harakat qilishi zarur. Shu soha pedagoglaridan biri J.Mahmudov sahnaviy munosabatlarni ikki bosqichga ajratib quyidagicha fikr bildirgan: "Birinchisi, pyesa boshlangunga qadar timsolning hayoti jarayonida shakllangan munosabatlari. Ikkinchisi timsolning sahnadagi voqea hodisalar ta'siri asosida shakllangan munosabatlari. Inson xotirasida umri davomida duch kelgan turli-tuman voqea va hodisalar asoratini saqlab qoladi. Mana shu xotirada saqlanib qolgan izlar, inson ongida turli sinoatlar bilan to'qnashuv jarayonida, shakllanib, kundalik odatiga aylanib ulgurgan bo'ladi. Shuning uchun, bizga yaxshi tanish bo'lgan odamning, u yoki bu hodisa, voqealarga qanday munosabatda bo'lishini oldindan bilamiz. Aktyor, rol ustida ijodiy izlanishlar olib borar ekan, eng avvalo, shu insonga xos bo'lgan, birinchi bosqichdagi timsolning odatlarini yaxshi tushunib, bu odatlarni o'ziniki qilib olishi kerak. Albatta, bu odatlar to sahnadagi voqealar boshlanguncha bo'lgan timsolning odatlaridir. Sahnadagi harakat jarayonida uning ikkinchi munosabati ham paydo bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, birinchi bosqichdagi tayyorgarlik ikkinchi bosqichda paydo bo'ladigan munosabatlar uchun zamin hisoblanadi"1. K.S.Stanislavskiy «Suhbatdoshingizga bo'lgan diqqatning oshishi natijasida, uning har bir harakatini, sezgilarini his-hayajonlarini aniq ilg'ab ola boshlaysiz va ichki so'zli yoki so'zsiz aloqa shakllanadi", - deb ta'kidlab, bunday ko'zga ko'rinmas munosabatni «nur qabul qilish» yoki «nur chiqarish» deb nomlaydi. "Nur qabul qilish" va "nur chiqarish" bu aktyorning ichki munosabati hisoblanib, sahnadagi partyor bilan so'zlar orqali emas balki, his-tuyg'ular, mimika va yuzdagi imo-ishoralar va eng asosiysi ko'zlar orqali munosabat bog'lashidadir. Shunday qilib, aktyor faqatgina qanday munosabat qilishni, harakat qilishni bilibgina qolmay, balki partnyorning xatti-harakatini kuzatib, uning harakatiga tobeligini sezib, partnyorining harakatiga diqqat bilan qarab, atrofda bo'layotgan voqealarga, muloqot davomida kutilmagan hodisalarga tayyor bo'lishi kerak. Partnyorga qarashning o'zigina kifoya qilmaydi, balki uni eshitish, tushunish, sezish kerak. Sahnaviy munosabat bevosita sahnada paydo bo'ladigan munosabatdir. Sahnaviy munosabat aslida yuz bora repititsiya qilingan munosabatdir. Aktyor uchun sahnaviy munosabatni hayotiy munosabatdek ijro etish ancha mushkuldir. Aktyorlik san'atining mushkulligi ham aslida hayot va sahnani bir-biriga omuxtalashdan iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. K.S.Stanislavskiy «Aktyorni o'z ustida ishlash». Toshkent 1965 y.

2. S. Inomxo'jaev Badiiy o'qish. Toshkent. «O'qituvchi».1973 y.

3. A.Zununov, S.Inomxo'jaev. Ifodali o'qish asoslari. Toshkent. «O'qituvchi»1978 y.

4. Boltaboeva U. Sahna nutqi. Toshkent, INNOVATSION-ZIYO, 2019.

5. Boltaboeva U. Sahna nutqi. Toshkent, INNOVATSION-ZIYO, 2021.

6. Boltaboeva U. Aktyorning so'z ustida ishlashi, so'z harakatligiga erishish omillari maqolasi. "Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal VOLUME 4 ISSUE 1 / FEBRUARY 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.