AKTYORLIK MAHORATIDA SAHNAVIY ERKINLIKNI TARBIYALASH
MASHQLARI
Umidaxon Boltaboyeva O'ZDSMI FMF
Annotasiya: Ushbu maqolada aktyorlik mahoratida sahnaviy erkinlikni tarbiyalash mashqlari va sahnaviy diqqat mashqlari haqida hikoya qilinadi.
Kalit so'zlar: Diqqat, mahorat, improvizasiya, fantaziya, ichki erkinlik, tasavvur.
EXERCISES FOR DRAWING STAGE FREEDOM IN ACTING SKILLS
Umidaxon Boltaboyeva FRB UzSIAC
Abstract: This article discusses the exercises of cultivating stage freedom in acting skills and the exercises of stage attention.
Keywords: Attention, skill, improvisation, fantasy, inner freedom, imagination.
Sozanda, ashulachi, rassom tinimsiz ravishda mashq qilib turmasa o'z mahorati va qobiliyatidan ajralib qolishi mumkinligini yaxshi biladi. Xuddi shunday aktyor ham tinimsiz mashq qilib turishi talab qilinadi. Bu mashg'ulot va mashqlar orasida diqqat birinchi o'rinda turadi.
Talabada diqqatni tarbiyalashga qaratilgan mashqlar to'g'risidagi so'zimizni muxtasar qilishdan avval, o'qituvchi etiborini yana bir narsaga qaratmoqchimiz. Ya'ni har bir talaba o'zi bajargan mashqlar to'g'risida o'qituvchining holisona fikrini bilishi kerak bo'ladi. O'qituvchining bahosi, talaba diqatini to'g'ri to'play oldimi yo'qmi, vazifa to'g'ri bajarildimi yoki bajarilmadimi? Agar talaba o'qituvchining bahosidan qoniqmasa, uni sahnaga taklif etib yangi vazifa berish kerak. Vazifa bajarilganidan keyin tomoshabin bo'lib o'tirgan talabalarga so'z berish va bajarilgan vazifa yuzasidan o'z fikrlarini ochiq-oydin bildirishlikni taklif etish kerak.
Yuqoridagilardan ma'lum bo'ladiki, berilgan manbaga diqqatni to'plash va uni berilib o'rganishga kirishish ichki erkinlikni paydo qiladi, ichki erkinlik esa o'z navbatida tashqi jismoniy erkinlikni tug'diradi. Lekin aktyorda mushaklar erkinligi bo'lmay qotib qolsa, hech bir kuch, diqqatni berilgan manbaga to'plashga yordam beraolmaydi. Shuning uchun ko'pincha sahnadagi aktyor diqqatini to'plash o'rniga , qotib qolgan mushaklarni bo'shatish bilan ovora bo'lib qoladi. Ayrim hollarda aktyor ichki erkinlikni paydo qilaolgan bo'lsa ham mushaklar qotib qolishidan sira xalos
bo'laolmaydi. Agar badan a'zolaridagi taranglikni bir oz bo'lsa ham bo'shatishga erishilsa, qolgan a'zolar ham o'z-o'zidan bushashadi, ichki erkinlik diqqatni bir joyga jamlashga yordam beraboshlaydi.
Lekin ichki ijodiy erkinlikni tarbiyalash ko'p vaqt talab qiladigan murakkab jarayondir. Buni u yoki bu kursda olib boriladigan mashg'ulotlarning o'zi bilangina tarbiyalab bo'lmaydi. Aktyor amaliy mashg'ulotlar natijasida ichki va tashqi texnik unsurlarning barchasini mukammal egallab olganidan so'ngina ichki erkinlikni qo'lga kiritish mumkin. Biroq talabalarda ortiqcha taranglikdan xolos bo'lishning oddiy yo'llarini ko'rsatib berish uncha ko'p bo'lmagan vaqt talab qiladi. Navbatdagi mashg'ulotlarimiz aynan shu maqsadni o'z oldiga qo'ygan.
Mazkur mushaklarni bo'shatish mashqlarini sahnaviy diqqatni to'plashda qiyinchilik tug'diradigan manbalardan boshlashni maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz. Odatda ko'pchilik o'rtasida o'zini yo'qotib qo'yadigan, diqqatini sira bir joyga to'play olmaydigan bir necha o'quvchi bo'ladi. Bunday talabalarda ijodiy va jismoniy taranglik darajasi shu qadar kuchli bo'ladiki, diqqatni to'plash uchun berilgan mashqlar ham ularga foyda bermaydi. Bunday kezlarda o'qituvchi avvalo ularning mushaklar tarangligidan halos bo'lishiga yordam berishi kerak. Buning uchun o'qituvchi o'sha talaba tanasining qaysi a'zolarida taranglik o'ta kuchli bo'lsa, talabaga o'sha erni bo'shatishlikni tavsiya etishi lozim bo'ladi. Shu yo'l bilan shoshilmasdan birin-ketin tarang mushaklar bo'shatilishi zarur.
Bu mashqlar davomida ijobiy natija qo'lga kiritilganidan so'ng, sahnaviy diqqat mashqlarini berish mumkin. Agar bu safar ham yana mushaklar taranglashadigan bo'lsa taranglikni bo'shatish mashqlarini yana boshidan boshlash kerak. Bu mashg'ulot, talaba berilgan manbaga o'z diqqatini to'plashga odatlangunga qadar davom etishi kerak. Agar berilgan mashqlar izchillik bilan olib borilsa albattta ijobiy natijaga erishiladi.
Shundan so'nggina talabalar mushaklarni bo'shatish mashqlarini bajarishga o'tishlari mumkin.
1-Mashq. Navbat bilan tana a'zolarini: qo'l, oyoq, bo'yin, bel umurtqalarini, goh tarang tortib, goh bo'shatish mashqlarini bajarishga o'tiladi. Mazkur mashqlar davomida talabalarning taranglashuvi va undan halos bo'lishi, mumkin qadar to'kis bo'lishi zarur.
Ushbu mashqlar yordamida talabalar o'z tana a'zolarining qaysi qismida taranglik borligi va qaysi qismi bo'shatilganligini nazorat qilishni o'rganadilar.
2-Mashq. O'qituvchi talablarni kursida qulay o'tirib olishga taklif etadi. So'ngra sira shoshilmay yuqoridan pastga yoki pastdan yuqoriga qarab navbatma-navbat tana a'zolarini bo'tashni buyuradi. Ya'ni, oyoq barmoqlaridan boshlab to bosh qismining quloq uchlarigacha navbati bilan bo'shatib chiqish kerak bo'ladi. Tana a'zolari shu darajada bo'shashligi kerakki, faqat tanani ushlab turadigan umurtqadan boshqa
a'zolar bo'shligidan gavda yiqilib tushish darajasigacha kelishi lozim. Ayniqa yuz mushaklariga alohida e'tibor berish kerak bo'ladi. Agar talab qilingan darajadagi bo'shlikka erishilsa, bosh ko'krakka osilib tushishi, og'iz ochilib, pastki jag' osilib qoladi, peshona mutlaqo bo'sh bo'lishi kerak. Qoshlar umuman chimirilmasligi kerak. Mashqni nechog'lik to'g'ri-noto'g'ri bajarilayotganligini tekshirib ko'rish uchun o'qituvchi talabaning qo'lini ko'tarib tashlashi, boshini chayqatib ko'rishi mumkin. Agar tana a'zolari to'g'ri bo'shatilgan bo'lsa ko'tarilgan qo'l o'z-o'zidan avvalgi joyiga tushishi, bosh esa chayqalishi muqarrar. Agar o'qituvchi talabalni turtib yuborsa u xuddi qum to'ldirilgan qopdek engil va erkin ag'darilib tushadi.
Talabalaning shu holatdagi tanasi uxlayotgan yosh bolaning tanasiga o'xshaydi. Hechkim uxlayotgan boladek erkin bo'lmaydi. .
K. S. Stanislavskiy bola uyqusini quyidagicha ta'riflaydi. "Agar bola qum ustiga yotqizilib uni tinchlantirilsa, yoki uxlatilsa, so'ngra uyg'otib yubormasdan asta qumdan ko'tarsa, qum ustida to'laligicha bola tanasining izini ko'rish mumkin. Shu mashqni katta odam bilan bajarib ko'rilsa qum ustida uch-to'rt botib qolgan izlarni ko'rish mumkin. Bu uningyelka va bel suyaklarining izi bo'ladi. Qo'm ustidayotgan bolaning qoldirgan iziga o'xshash iz qoldirish uchun tana a'zolarini butunlay erkinligi va bo'shligiga erishish zarur. Mana shunday holatda inson besh-o'n daqiqa uxlasa yoki dam olsa bir kecha-kunduz uxlagandek orom olishi mumkin. "
Yuqorida keltirilgan mashqning birinchi bosqichi o'zlashtirilgandan so'ng mashqning ikkinchi bosqichini bajarishga kirishiladi. Bunda tana a'zolarini yuqorida keltirilgan tartibda bo'shatib yana o'sha tartibda taranglashuviga harakat qilish kerak.
Uchinchi bosqichda mushaklar mumkin qadar taranglashadi so'ngra kundalik hayot talab qiladigan normal darajada bo'shatiladi.
Normal holatda mushaklarning quvvat darajasi inson a'zolarining hayotiy faoliyat ko'rsatishi uchun etarli miqdorda ta'minlangan bo'lishi zarur. Bu a'zolar zarur bo'lib qolgan zamonoq, hotirjamlik holatidan izchil ishchanlik holatiga o'tishga tayyor bo'ladi.
Ishchanlik holati deganimizda ikki narsani nazarda tutish kerak: safarbarlik va hotirjamlik.
Bir tomondan siqiqlikni yo'qligi, ikkinchi tomondan loqaydlik va bo'shanglik holati.
Tani-joni sog' odamning hamisha tiyrak va tetik bo'lib, har qanday vazifani bajarishga doimo shay bo'lib turgan vaziyati nazarda tutiladi. Bunday vaziyatda uning bironta harakati ortiqcha, yoki zoe ketmaydi.
Taklif etilgan mashqlarning mohiyatini o'zlashtirib olinganidan so'ng mashqlar o'qituvchining sanog'i ostida bajariladi.
Misol uchun: 1-10 gacha mushaklarni mutlaqo bo'shatish, 10-20 gacha mushaqlarni mumkin darajada taranglashtirish, 20-30 gacha mushaklarni normal holatga keltirish.
3. Mashq. O'qituvchining buyrug'i bilan barcha talabalar o'z tana a'zolari holatini o'zgartiradilar. Shundan so'ng tananing biron erida taranglik ushlanib qolgan-qolmaganligi tekshirib ko'riladi.
4. Mashq. Yurib turib, mushaklar tarangligini sezish orqali aniqlash.
5. Mashq. Vazmin bir buyumni bir joydan ikkinchi joyga olib qo'yish, so'ngra tanadagi mushaklar tarangligini olib tashlash.
6. Mashq. Qo'l yoki oyoq bilan keskin va kuchli harakat qilish( stolga mushtlash, er depsinish) shundan so'ng darhol tanadagi taranglikni olib tashlash.
7. Mashq. O'qituvchining buyrug'i bilan to'satdan tanadagi barcha tarangliklardan xolos bo'lish. Natijada yengil va erkin erga yiqilish ro'y berishi kerak. Mazkur mashqni tik turgan yoki yurib turib bajarish tavsiya etiladi.
8. Mashq. Tana a'zolaridan bir qismini ishchi holatga keltirish ayni shu damda tananing boshqa a'zolari mutlaqo bo'sh bo'lishi kerak .
9. Mashq Biron bir jismoniy harakat bajarish va ayni chog'da bu vazifani bajarishda qatnashmagan mushaklar bo'shligi saqlanib qolinishi kerak bo'ladi.
Yuqorida keltirilgan mashqlarni takrorlash jarayonida talabalar o'z tana a'zolarida joylashgan mushaklarni, ularning faoliyati va vazifalarini to'liq o'rganib olishlari lozim. Kundalik ish jarayoni yoki sahnaviy faoliyat davrida tananing qaysi a'zosida siqiqlik paydo bo'lsa, darhol o'sha qismni bo'shatib, erkin harakat holatiga keltirishni o'rganadilar. Bir so'z bilan aytganda o'z tana a'zolarini muntazam nazorat qilib turishga odatlanadilar. Avval bunday nazorat ixtiyoriy ravishda ro'y berishi tabiiydir. Ayrim hollarda doimiy nazoratdan ayrim mushaklarda siqiqlik paydo bo'lishi ham mumkin. Lekin bundan qo'rqmaslik kerak. Asta- sekin bunday siqiqlik yo'qoladi. Avval boshda ixtiyoriy ravishda olib boriladigan nazorat, bora-bora beixtiyoyriy nazoratga aylanishi zarur.
Sahnaviy diqqat kabi, mushaklarni bo'shatish ham o'z-o'zidan ro'y berishi kerak. Talaba sahnaga chiqib o'z tanasidagi mushaklarni bo'shatiish to'g'risida muntazam o'ylar ekan, oldinga qo'yilgan maqsadga to'liq erishildi deb bo'lmaydi. Qachonki talaba mushaklar siqiqligini o'ylashdan o'zini xalos etsa, fikri chalg'imasa maqsadga erishilgan deyish mumkin. Bulardan tashqari talaba sahnaga chiqishi bilan uning mushaklari o'z-o'zidan bo'shab, ishchan holati paydo bo'lishi zarur. Tananing qaysi qismida taranglik paydo bo'lsa, o'z-o'zidan avtomatik tarzda o'sha joy bo'shatilishi kerak. Bunday faoliyat, kundalik beixtiyoriy odatga aylanib ketishi uchun talaba, darslardan tashqari mustaqil mashq qilishi maqsadga muvofiqdir. Ko'chada, uyda, jamoat joylarida, transportda, tanaffusda , boringki talaba qerda bo'lmasin, doimo o'z mushaklarini nazorat qilib turishga odatlanmog'i lozim.
Bunday mashqlarni kechqurun uyquga ketishdan oldin yoki ertlab uyqudan uyg'onganda bajarishlik o'ta foydali va samarali bo'ladi. Agar uyqudan oldin mushaklarni bir qator nazoratdan o'tkazib, ularni tamoman bo'shatishga erishilsa, tungi uyqu tinch va chuqur bo'lib, kishi tanasi va miyyasi yaxshi dam oladi.
Bulardan tashqari talabalar boshqa yondosh fanlardan (ritmika, plastika, raqs, sahna harakati) o'tkaziladigan mashg'ulotlar vaqtida ham o'z tana a'zolari, mushaklarini doimo nazorat qilib turishlari kerak.
Aktyorda sahnadagi to'qima hayotga bo'lgan ishonchini tarbiyalash uchun sahnada ro'y berishi ehtimoli bo'lgan voqea va hodisalarga nisbatan ishonchni tug'dirish uning tasavvurini o'stirish borasida tinimsiz olib boriladigan mashq va mashg'ulotlarga bog'liqdir. Biron-bir narsani, buyumni, xodisani oqlash, (opravdatb) aktyor tasavvurini mashq qildirish hamda sahnaviy ishonchini o'stirish demakdir. Sahnada nimaiki ro'y beradigan bo'lsa unga ishonish aktyorning tabiiy ongiga singib ketishi kerak. Agar talaba sahnada nimanidir oqlashim kerak deb, uzluksiz o'ylaydigan bo'lsa hali maqsadga erishilmagan bo'ladi . Sahnada ro'y beradigan barcha voqea va xodisalarga hamisha ishonishga odatlanish uning tabiatiga singib ketishi kerak. Lekin bu hali hamma narsaga erishildi degan gap emas.
Bunga erishishlik uchun qator mashqlar, mashg'ulotlar o'tkazish kerak . Mashqlar esa oddiylikdan murakablikka, engildan qiyin mashqlar tomon, asta -sekinlik bilan talabaning o'ziga sezdirmagan holda olib borish maqsadga muvofiqdir.
Avval boshda talabalar xona ichida bo'lgan buyumlarni oqlashii kerak.
Oqlash deganimizda har bir talaba o'zi tanlagan buyum, narsani nima uchun tomosha qilyapman, musiqani nima uchun tinglayapman, nega shu buyum yoki musiqa to 'g'risida o'ylayapman, degan savollarga o'zi javob topishga harakat qilishi nazarda tutiladi. Yuqorida keltirilgan mashq shunchaki bir diqqatni va ishonchni oqlash uchun bajarilishi zaruriy bo'lib, unda haqiqiy mavjud narsa, buyum , tovushdan tashqariga chiqilmaydi. Talabalarning nima deb javob berishi ham tahminiy ma'lum.
Men bu narsani o'qituvchi topshirgani uchun oqlayapman hamda o'z diqqatimni tarbiyalayaapman, deb aytishi ehtimoldan holi emas.
Navbatdagi mashg'ulotda nega, nima uchun degan savollarga javob topish uchun xaqiqatdan uzoqlashib, tasavvur va fantaziya bosqichiga o'tishlik talab qilinadi. Talaba yuqoridagi savolga javob topish uchun o'zi biron narsa to'qishi, to'qiganda ham o'zi va boshqalar uchun qiziqroq vaziyatni to'qib chiqarishi kerak bo'ladi. To'qib chiqarilgan xodisa yoki voqea qanchalik qiziqarli bo'lsa. diqqat jarayoniga ijobiy ta'sir o'tkazmay qo'ymaydi. Agar xikoya qiziqarli bo'lsa o'qituvchining nima uchun degan savoliiga ham hojat qolmaydi. Mazkur mashqni barcha talabalar o'tib bo'lganidan keyin o'qituvchi talabadan nima uchun voqea xodisani, shu tarzda oqlaganligi sababini so'rashi mumkin. Bunday usul yordamida
qaysi talaba vazifani yaxshi bajardi-yu, qaysinisi bajaraolmaganligini aniqlab oladi. Ikkinchidan mazkur mashqni bajarishga e'tiborsizlik qilgan talaba aniqlanadi.
Ikki talabalaning hikoyasini bir-biriga solishtirish orqali ham kutilgan natijaga erishish mumkin.
Ikkala talabaning hikoyasini bir-birigi qiyoslash orqali: a. ) sahnadagi izchil diqqat bilan sahnaviy oqlash o'rtasida o'zviy bog'liqligi, b) sahnaviy diqqat bilan sahnaviy fantaziyani o'zviy bog'liqligini; v) aktyorning tasavvuri qanchalik yaxshi ishlasa uning diqqati ham shu darjada bo'lishi,
g). aktyorning diqati qanchalik izchil va chuqur bo'lsa uning tasavvuri shunchalikkuchli bo'lishini isbotlash kerakbo'ladi.
Sahnaviy oqlash uchun navbatdagi mashqlar quyidagicha bo'lishi mumkin: O'qituvchining ko'rsatmasiga binoan o'quvchilar xona bo'ylab yura boshlaydilar. Kutilmaganda o'qituvchi ularni to'xtatadi. Kim qaysi holatda to'xtagan bo'lsa o'z shaklini o'zgartirmay bir necha soniya shunday turadilar. So'ngra har kim o'zi turgan holatni oqlaydi. Bu albatta tashqi jismoniy harakat bilan bog'liq bo'ladi.
Keyingi mashq. O'quvchi kursida o'tirgan holda biron bir jismoniy ish bajaradi. To'satdan o'qituvchi uni to'xtatadi va o'z holatini oqlashlikka undaydi.
Yana bir mashq. O'qituvchi bir-biri bilan bog'liq bo'lmagan turli vaziyatlarni gapiraboshlaydi.
Masalan:Uyga kirib ko'rpachaga cho'ziladi. O'rnidan turib kitob jovonini kavlaydi. Eski kitobni olib bir betini ochib ko'zdan kechiradi. Deraza oldiga borib tashqariga qaraydi, xontaxtaga o'tiradi. Choy ichadi, qo'liga qalam olib qog'ozga nimadir yozaboshlaydi. Mana shu bir-biri bilan bog'liq bo'lmagan harakatlardan yaxlit bir voqea to'qib chiqarish kerak bo'ladi. Biz keltirib o'tgan mashqlar talabalarning ijodiy tasavvurini tarbiyalashdan tashqari yana bir muhim ahamiyati bordir. Agar talaba o'z tasavvuri yordamida berilgan shart-sharoit yaratishni u yoki bu vaziyatni oqlashni o'rgansa, keyinchalik piesada, berilgan shart-sharoitda o'z rolining ichki va tashqi harakat chizig'ini yaratishi o'zi yaratayotgan timsol tushib qolgan shart-sharoitda qanday ruhiy va jismoniy xatti-harakat topishlikni yaxshi biladigan bo'ladi.
Aktyorni rol ustida ishlash jarayonida pyesada berilgan shart-sharoitdan hamda o'zi yaratayotgan qahramonning xislat va xususiyatlaridan kelib chiqib jismoniy xatti-harakat chizig'iniyarataolishliksalohiyati juda ham muhim ahamiyatga egadir.
Navbatdagi mashq noma'lum odamning rasmiga qarab uning kimligi, yoshi nechada, nima ish bilan mashg'ul bo'lganligi, hayotda nimalarga qiziqishi, oilaviy sharoiti qanday degan turli savollarga javob qidirish orqali, talabaning tasavvurini va fantaziyasini rivojlantirib o'stirishga katta yordam berishi mumkin. Xuddi shunday mashqni ko'chada, tramvay, trolleybus, avtobus, metroda, hiyobondagi to'g'ri kelgan
odamni kuzatib ham o'tkazish mumkin. Savollar esa o'sha-o'sha yoki bir oz o'zgargan shalkda bo'lishi mumkin. Bunday mashqlar talabaning kuzatuvchanlik qobiliyatini, xotirasini, xususiyat va hislatlarni farqlashini, berilgan shart-sharoitni aniqlashda talabaga katta yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Jo'ra Mahmudov, Sahna kompozisiyasining alifbosi, Toshkent-2006y.
2. Xoliqulova G. Sahna nutqi. Toshkent - 2007 y.
3. Boltaboyeva U. Sahna nutqi. Toshkent, INNOVATSION-ZIYO, 2019.
4. Boltaboeva, U., & Madaminov, S. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF UZBEK TRADITIONAL THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 32-40.
5. Boltaboeva, U. (2021). The Art of Directing: Composition and Scales. International Journal of Culture and Modernity, 11, 16-24.
6. Болтабоева, У. (2021). Булажак актёрларни тарбиялашда педагогик ёндашувлар. Oriental Art and Culture, 2(3), 88-98.
7. Boltaboeva, U., & Xalilov, Y. (2021). Teatr san'atining o 'ziga xos xususiyatlari. Oriental Art and Culture, 2(3), 40-48.
8. Boltaboyeva, U., & Yu, K. (2021). The director's work on monologue and mise-en-scenes. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 7177.
9. Хдтамова, Ё., & Болтабоева, У. (2019). Нут; техникасини такомиллаштиришда хал; огзаки ижодидан фойдаланиш усуллари. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 50-52.
10. Болтабоева, У., & Дехдонов, Р. (2021). Хдётийлик ва хаддонийлик драматик асар, режиссура, актёрлик махорати асоси. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.
11. Болтабоева, У. (2020). КУГИРЧОК ТЕАТРИ ГУРУДЛАРИДА САДНАВИЙ НУТКНИНГ АДАМИЯТИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 85-92.
12. Болтабоева, У. (2021). МУСЩАЛИ ДРАМА ТЕАТРЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШИДА ТАРИХИЙ АСАРЛАРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).
13. Эргашев, К., & Болтабоева, У. (2021). УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ЁШЛАР НИГОДИДА. Oriental Art and Culture, (6).
14. Усмонов, Ш. Ю. (2021). РЕЖИССЁРНИНГ РАССОМ БИЛАН ИШЛАШИ. Oriental Art and Culture, (6).
15. Usmonov, S., & Talaboyev, A. (2021). Work of the director with an artist. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24072410.
16. Abdunazarov, Z. (2021). Features of Theatrical Art. International Journal of Culture and Modernity, 11, 1-7.
17. Abdunazarov, Z. (2021). Hamza hakimzoda niyoziy dramaturgiyasi. Oriental Art and Culture, 2(3), 170-178.
18. Абдуназаров, З. (2021). ИЖОДИЙ СИНТЕЗ ЖАРАЁНЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШДА РЕЖИССЁРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).
19. Boltaboeva, U., Abdunazarov, Z., & Usmonov, S. (2021). The balance of language and speech in the Uzbek theater. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 788-792.
20. Tursunova, G. (2021). Russian Music in the First Half of the XIX Century, A Look at the Cultur e. International Journal of Culture and Modernity, 11, 76-82.
21. Boltaboeva, U., Andunazarov, Z., & Tursunova, G. (2020). Importance of tongue twisters and proverbs in overcoming speech defects. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2902-2905.
22. Tursunova, G., & Karimov, B. (2020). Factors that should be considered in musical theater actors education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 57-61.
23. Tursunova, G. (2021). BALET RAQS SAN'ATINING O'RNI VA TARIXIY TARAQQIYOTI. Oriental Art and Culture, (6).
24. Akbarova, M., Tursunova, G., & Abdunazarov, Z. (2020). Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of Higher Education. European Journal of Arts, (1), 125-128.
25. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.
26. Haydarov, A. (2021). A LOOK AT RUSSIAN MUSICAL CULTURE IN THE SECOND HALF OF THE XIX CENTURY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 24-31.
27. Haydarov, A. (2019). AKTYORLIK SAN'ATIDA VOKALNING O 'RNI. Интернаука, (19-4), 55-56.
28. Haydarov, A. (2020). QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, (IV).
29. Haydarov, A. (2021). The role of Uzbek folklore in the aesthetic development of youth. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1973-1977.
30. Akbarov, T. (2020). Vocal performance role in performing art. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 77-80.
31. Dadaboev, Y., & Dehqonov, R. Hordo Structures in Central Asian Architecture.
32. Bo.Ta6oeBa, Y., & ^exKOHOB, P. (2021). X,aeTHH.HK Ba xaKKOHunnHK gpaMaTHK acap, pe^nccypa, aKTep.HK Maxoparu acocu. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.
33. ^exKOHOB, P. (2020). COF.TOM AB^O^^APHH fflAKT^AHTHPHffl^A XA.TK YHHHTAPH BA AHLAHA.TAPHHHHT TYTrAH YPHH. Oriental Art and Culture, (V).
34. Madaliyev, A. (2021). Dramaturgy of Traditional Uzbek Puppet Theater. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 37-43.
35. MaganueB, A. (2021). HO^AB^AT K^FHPTOK TEATP-TAPH^A AKTEP.THK CAHLATH MACA.TA.nAPH. Oriental Art and Culture, (7), 37-48.
36. MaganueB, A. (2021). KyrupnoK Tearpu aKTepuHHHr n.acTHK HMKOHH^raapu. Oriental Art and Culture, (7), 49-57.
37. MaganueB, A. (2021). KyrupnoK Tearpu Tapuxura Ha3ap. Oriental art and culture, 2(3), 125-133.
38. Umarova, X. (2021). AKTYOR IJODIDA SO'ZLASHUV MUNOSABATLARINING O'RNI. Oriental Art and Culture, (6).
39. YMapoBa, X., & KypSoHOB, M. (2021). KC CTAHHCTABCKHH TAL.THMOTH£A AKTEPHHHT CA^HABHH TAPBH^CH. Oriental Art and Culture, 2(3), 76-87.
40. HyngarneB, K. (2021). PE^HCCYPA BA AKTEP.THK MAXOPATH OAH.TAPHHH HHABA^OH YKHTHm. Oriental Art and Culture, 2(3), 114-124.
41. Juraeva, M., & Gofurova, B. (2021). FURKAT AND THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 118-124.
42. Fo^ypoBa, B. (2020). AKTEPHHHT HYTKHHH TAKOMHT-TAfflTHPHmAA HHHOBAqHOH TEXHO.TOTH£.TAPHHHT A^AMH^TH. Oriental Art and Culture, (V).
43. ny.aTOB, P. (2020). «MHP3O Y.TYFBEK» TPATE^H^CHHHHT ^PATHTHmH TAPHXH. Oriental Art and Culture, (V).
44. O'Taganov, R. J. (2020). TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI. Oriental Art and Culture, (V).