Научная статья на тему 'AKTYORLIK SAN‘ATI: AN‘ANALAR VA TARAQQIYOT MASALALARI'

AKTYORLIK SAN‘ATI: AN‘ANALAR VA TARAQQIYOT MASALALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
51
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
aktyor / sahna / tarqqiyot / tarix / san‘atkor / sahna / tomoshabin / dramaturgiya / ma‘naviyat. / actor / stage / development / history / artist / stage / audience / dramaturgy / spirituality.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — M. Olimjonova, J. Nishonova

Ushbu maqolada aktyorlik san‘ati tarixi, uning paydo bo‘lishi, an‘analari va hozrgi davrdagi taraqqiyoti to‘g‘risida. Xususan Aktyorlik san‘atining rivojlanish bosqichlari va hozrgi davrda unga berilayotgan e‘tibor, yoshlarning bu sohaga qiziqishi, yangidan yangi chehralarning kashf qilinayotgani, bu san‘at orqali dunyo bizni qanchalik tan olayotgani to‘g‘risida bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ACTING ARTS: TRADITIONS AND ISSUES OF DEVELOPMENT

This article is about the history of acting art, its emergence, traditions and development in the present time. In particular, the stages of the development of the art of acting and the attention paid to it at the present time, the interest of young people in this field, the discovery of new faces, and the extent to which the world recognizes us through this art will be described.

Текст научной работы на тему «AKTYORLIK SAN‘ATI: AN‘ANALAR VA TARAQQIYOT MASALALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

AKTYORLIK SAN'ATI: AN'ANALAR VA TARAQQIYOT MASALALARI Olimjonova Mardona Hamidjon qizi

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institute 3-bosqich talabasi

Jumagul Nishonova

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti o'qituvchisi Ilmiy rahbar https://doi.org/10.5281/zenodo.7353327 Annotatsiya. Ushbu maqolada aktyorlik san'ati tarixi, uning paydo bo'lishi, an'analari va hozrgi davrdagi taraqqiyoti to'g'risida. Xususan Aktyorlik san'atining rivojlanish bosqichlari va hozrgi davrda unga berilayotgan e 'tibor, yoshlarning bu sohaga qiziqishi, yangidan yangi chehralarning kashf qilinayotgani, bu san'at orqali dunyo bizni qanchalik tan olayotgani to'g'risida bayon qilinadi.

Kalit so'lar: aktyor, sahna, tarqqiyot, tarix, san'atkor, sahna, tomoshabin, dramaturgiya, ma'naviyat.

АКТЕРСКОЕ ИСКУССТВО: ТРАДИЦИИ И ПРОБЛЕМЫ РАЗВИТИЯ Аннотация. Данная статья посвящена истории актерского искусства, его зарождению, традициям и развитию в настоящее время. В частности, этапы развития актерского искусства и внимание, уделяемое ему в настоящее время, интерес молодежи к этой области, открытие новых лиц и то, насколько мир узнает нас через это. искусство будет описано.

Ключевые слова: актер, сцена, развитие, история, художник, сцена, зритель, драматургия, духовность.

ACTING ARTS: TRADITIONS AND ISSUES OF DEVELOPMENT Abstract. This article is about the history of acting art, its emergence, traditions and development in the present time. In particular, the stages of the development of the art of acting and the attention paid to it at the present time, the interest of young people in this field, the discovery of new faces, and the extent to which the world recognizes us through this art will be described.

Keywords: actor, stage, development, history, artist, stage, audience, dramaturgy, spirituality.

Ma'naviyatini, madaniyati va san'atni, qolaversa ijdkori va san'atkorini ulug'lagan xalq tenglar ichra tengsiz, ulug'lar ichra ulug' va yagona yurtga aylanishi shubxasiz tarix isbotlagan haqiqatdir.

Mustaqillik tufayli yurtimizning har bir go'shasida bayram, o'ziga xos tantana. Mashhur tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiy bu so'zimizning isboti sifatida "Zafarnoma" asarida Temuriylar davrida o'tkazilgan bayramlar haqida to'xtalib, "Yaxshi ovozli xonandalar kuylashni boshlab, g'azalu naqsh aytur erdilar. Va turku mo'g'ul, xitoyu arab va ajamdin har kim o'z rasmi bilan nahma aytur erdi", degan ma'lumotlarni bergan.[1;3]

Mustaqillikka erishganimizning yana bir sharofatli natijasi shu bo'ldiki, jahon tarixida kata o'rin tutgan o'zbek xalqining ma'naviyati, madaniyati va san'ati qayta jonlandi. Iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy, madaniy yuksalish yo'lida har tomonlama mukammal o'ylangan islohotlar amalga oshirildi.

Madaniyat va san'at sohasida teatr, kino, televideniya, xalq ijodiyotini rivojlantirish borasidagi zamonaviy talablarga, xalqimizning tobora ortib borayotgan intellektual, estetik

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

madaniy ehtiyojlariga javob beradigan yuksak malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasi hamda sifatini takomillshtirish va tubdan oshirish, shuningdek,mazkur yo'nalishdagi oliy ta'lim muassasalarida yaratilgan mavjud moddiy-texnik bazadan yanada samarali foydalanish maqsadida 2012-yil 4-iyunida Toshkent davlat madaniyat instituti va O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti negizida "O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutini tashkil etish to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Prezindentining qarori madaniyat va san'at sohasiga davlat tomonidan berilayotgan e'tiborning na'munasidir.

Aktyor teatrning asosiy ustini va quroli hisoblanadi. Teatr asoschilaridan biri, mashhur rejissyor va aktyor K.S.Stanislavskiy ta'biri bilan aytganda "Sahnaning yagona shohi va hukmdori iste'dodli aktyordir!"

Aktyor ijodi teatr san'atining yuragidir. Aktyor ijodi va mahorati bir paytning o'zida ham tabiiy, ham ijtimoiy, ham amaliydir. Dramaturg fikrini izhor qiladigan ham rejissyor talqiniga jon kiritadigan ham, tomoshabin bilan yuzma-yuz muloqotda bo'lib, unga zavqu-shavq bag'ishlaydigan, o'ylashga, fikr yuritishga majbur qiladigan ham aktyordir. Shu sabab mazkur mavzu har doim soha mutaxassislari, tanqidchilari va amaliyotchilarning e'tiborida. Ammo har qanday tanqidchi yoki tadqiqotchi ham butun vujudi bilan obraz yaratayogan aktyor his-tuyg'usining, uning ruhiyatining nozik jihatlarini ko'rish va anglashga qodir bo'lavermaydi. Aktyor ijro vaqtida o'zligini unutmagan holda o'zga kishini dunyosi bilan yashaydi. Jon-jahti bilan u inson qiyofasini tashqi va ichki jihatdan ochib berishga intiladi va bunga erishadi ham.[1;6]

Aktyor - lotincha - "akt", "akto" so'zlaridan olingan bo'lib, harakat degan ma'noni anglatadi. Bir so'z bilan aytganda aktyor bu - xatti-harakat qiluvchi shaxs.

Teatr asoschisi, taniqli rejissyor va aktyor K.S.Stanislavskiy "Do'stlarim san'at koshonasiga qadam qo'yar ekansiz, unga kirishdan oldin hayotning bemani ikir-chikirlaridan xoli bo'ling, unga eng insoniy tuyg'u-fikrlar bilan kirishing",- deb ta'kidlagan so'zlarida, sahna san'atining muqaddasligi, san'at iste'molchilariga bo'lgan hurmat-izzatning nechog'lik mas'uliyatdan iborat ekanligiga urg'u bergan.

Aktyorsiz teatrni tasavvur qilib bo'lmaydi. Butun teatr tarixida, qadim-qadimdan niqoblar komediyasi bo'ladimi, xalq teatri bo'ladimi, maydonchadagi tomoshalar bo'ladimi barcha-barchasi aktyorlik san'ati bilan bog'liq. Muallif olg'a surgan g'oya va fikrlarni aktyor ham tengma-teng baham ko'radi, o'z vujudi jussasi orqali dramaturg qiyofalarini ifodalaydi, ijtimoiy muammolarni namoyon qiluvchi ijodkor shaxs- san'atkorga aylanadi.aktyor dramaturg kabi ijodkor san'atkordir. Dramaturg bergan holat va matnlar asosida aktyor o'zining jismoniy va ruhiy tabiati bilan badiiy sahna qiyofasini yarata olsa bu uning katta muvaffaqiyati bo'ladi. Aktyorning bosh maqsadi badiiy qiyofa yaratishdir. Atyor ijodining o'ziga xos u bir vaqtning o'zida ijod qiladi va ijodga o'zi material hisoblanadi. Ijodning obyekti ham subyekti ham o'zi. Barcha san'at turlaridan aktyor - ijodi o'zgacha - bu ijod uning jussasi, ovozi, aql-idroki va tuyg'ulariga bog'liq.[1;86]

Mahorat - bu layoqatlilik va qobilyatlilikni eng yuqori va oliy cho'qqisidir. Shuning uchun ham mahorat - mehnatsevarlik natijasi bo'lib, mehnat tufayligina vujudga keladi va rivojlanadi. Haqiqatda ham fiziologik layoqatiik bo'lsa-yu lekin mehnatsevarlik, qat'iyat, matonatlilik bo'lmasa, u holda mahorat quruq safsataga aylanadi. Insonning erishgan barcha kata-kichik muvaffaqiyatlari, hayotining qaysi sohasida bo'lmasin, baribr, o'sha soha mehnati bilan borliq va uning qonuniy natijasidir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Aktyorlik san'ati mahorati - iste'dod, qobilyat va eng muhimi mehnat bilan egizak bo'lmog'i lozim. Aktyor o'z qobilyatidan kelib chiqib ijod etadi. Qobilyat bo'lmsa ijod bo'lmaydi, ijodsiz qobilyatni tasavvur etish mumkin emas. Bular san'atni belgilaydigan omllardir.Lekin, ba'zan qulog'imizga "mahorat bo'lsa bo'ldi, sen mashhursan,ahnaga tayyorsan, so'zni yodlab rolni ijri etaverishing mumkin", degan fikrlarham chalinib qoladi. Bu aslida noto'g'ri fikr.[2;20]

Aktyorlik san'atiga borib taqaladigan bir muammo - bu kichik roller ijrosidir.Ayrim artistlarga kichik rollar tegib qolsa, ranjishadi, xafa bo'lishadi, norozi bo'lib yurishadi. Gap rolni qandayligida emas, uni qanday ijro etishdadir, yoki K.S.Stanislavskiy ta'biri bian aytganda, "kata" yoki "kichkina"rol bo'lmaydi, faqat "kichik aktyorlar" bo'ladi. Shuningdek, "Sen san'atdagi o'zingni emas, balki o'zingdagi san'atni seva bilgin", deya bejiz fikr bildirmagan.[2;24]

Nemirovich Danchenkoning bir so'zi bor . "Juda hashamatli bino qurib, uni zamonaviy yoritgich va isitgichlar bilan ta'mirlab, malakali rassom va orkestrni taklif etib, ishbilarmon adminstrator va direktorni isga jalb etgan taqdirda ham bu teatr - teatr bo'lmaydi. Bu yaxshi jihozlangan va ta'mirlangan bino bo'lib qoladi. Mana biror shahar maydoniga uch aktyor kelib, yerga gilamcha soldilar va o'z mahoratlarini, ijrolarini namoyish eta boshladilar - ana endi bu tomosha haqiqiy tetr tomoshasidir". Bundan ma'lumki sahna asari uchun eng birinchi tayanch bu aktyor ijodidir.

Sahna - tetr va san'at saroylarining tomoshabinga yaxshi ko'rinadigan, aktyor va ijrochilar uchun qulay bo'lgan tomosha ko'rsatiladigan qismi.

Teatr - tarbiya maskani. "Tetr deganda biz aynan sahnani nazarda tutmoqdamiz. Tetr sahnasi har tarafi oynaband qilingan bir uyga o'xshaydirki, unga har kim kirsa, o'zining husn va qabihligini, ayb va nuqsonini ko'rib ibrat olur... Turkiston tilida hanus bir tetr o'nolmag'onligi barchamizga ma'lumdir. Shul sababli ba'zi kishilarimiz tetrga, ehtimolki o'yinbozlik yoki mashabozlik ko'zlari ila boqurlar. Holbuki tetrning ma'nosi "ibratxona" yoki "ulug'lar maktabi" deganso'zdir".Tetr asoschilaridan biri Munavvar qorining fikrlaridan tetrning jamiyat bilan bog'liqligi, jamiyatni kelagakka ruhlantirish, insonlarga yo' ko'rsatuvchi ma'naviy tarbiya maskani ekanligini undan har bir tomoshabin o'z husnini ko'rishi, hayotning, yon atrofimizda bo'lgan voqea - hodisalarning aktyor ijrosidagi talqinini ko'rib oq va qora, yaxshilik va yovuzlikning farqiga boorish kerakligini anlatadi.[2;30]

Jadidlar davrida teatrning yaratilishi o'ziga xos bir vaziyatni yaratdi. Jadidlar milliy tomoshabinning estetik didi,badiiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda adabiyot va san'atda o'ziga hos yangiliklar yaratishga kirishib, ularni yangi turva janglar bilan boyitishga intilar ekanlar, bu yo'lda avvalo ijtimoiy harakat g'oyasi va vazifalaridan kelib chiqishga intildilar.

Millatni ma'naviy va ma'rifiy uyg'otishga bel bog'lagan jadidchilik harakati namoyondalari teatr san'ati orqali o'z istaklarini amalga oshirishga harakat qilar ekanlar, vaqtli matbuotni ham bu ishga safarbar qilishga intildilar Natijada teatr san'ati bilan bog'liq masalalar vaqtli matbuotning asosiy ruknlaridan biriga aylandi. [3;I5]

Tetr san'atining fidoyi hodimlari xalqimizga hamisha ruhiy ozuqa berib keldilar, ko'ngillarining eng tubida gavhari shamchiroq singari ozodlik tuyg'usini saqladilar va eng yaxshi asarlarida uni ro'yi-rost namoyon etdilar.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Aynan shu san'atkorlarimizning sa'y-harakatlari bilan o'zbek milliy teatr san'ati jahon teatr san'ati rivojiga barakli hissa qo'shdi va ma'lum darajada o'z o'rni va mavqeiga ega bo'ldi.[4;5]

Stanislavskiy sistemasining yaratilishi aktyor, rejissyorlar, teatr pedagoglari uchun qimmatbaho qo'llanma bo'ldi. Sistemada sahna sanati tabiatining ma'naviy hamda jismoniy elementlari ko'rib chiqilib, amaliy badiiy faoliyatdagi ularning uzviy aloqalari ochib beriladi.

Sahnaviy haqiqat - bu aktyor tomonidan yaratiladigan haqiqatdir. Sahna ko'proq shartlilikni talab qiladi. Ana shu shartlilik asosida hayotiy haqiqat yotadi.

Oliy maqsad bu - ijodkorning o'z g'oyasini insonlar ongiga singdirishdan ko'zlagan muddaosidir. Oliy maqsad rejissyorning xususiy fikr, shaxsiy, obyektiv nuqtai nazari bo'lib, unda u o'z oldiga qo'ygan shaxsiy va jamiyatning ijoby fikrlarini amalga oshirishga qaratiladi.

"Oliy maqsadni faqatgina roldan qidirmay, balki artistning qalbidan qidirish lozim. Buning uchun oliy maqsad va ijodiy tasavvur bo'lishi lozim",- degan edi K.S.Stanislavskiy.[2;32]

Hozrgi davrda ham madaniyat va san'at sohasiga e'tibor kuchayib bormoqda. Biz bu qabul qilinayotgan turli qonun va qarorlar orqali bilishimiz mumkin. Zeroki adabiyot va san'atga, madaniyatga e'tibor - bu avvalo xalqimizga e'tibor, kelajagimizga e'tibor ekanini, buyuk shoirimiz Cho'lpon aytganidek, adabiyot, madaniyat yashasa, millat yashashi mumkinligini unutishga bizning aslo haqqimiz yo'q.

REFERENCES

1. Baxtiyor Sayfullayev, Jahongir Mamatqosimov. Aktyorlik mahorati. - "Fan va texnalogiya", 2012, 388bet.

2. Jahongir Mamatqosimov .Akyorlik mahorati.Toshkent - 2019.

3. Dilfuza Rahmatullayeva. O'zbek teatri: tarixiy drama"San'at" jurnali tahririyati Toshkent -2004.

4. O'tkir Shokirov, Muhammadali Abduqunduzov.Milliy Teatrlarimiz namoyondalari"Toshkent islom universiteti" nashriyoti - 2002 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.