AKADEMIK LITSEYLAR O'QUV JARAYONLARINI BOSHQARISH VA MONITORING QILISH AXBOROT TIZIMINING IMKONIYATLARI Mahmudjonov Mohirjon Xabibullayevich
Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Tizimlarni loyihalashtirish va dasturlash bo'lmi bosh mutaxasisi (tel.: (71) 203-13-24, e-mail: [email protected] )
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 24th January 2024 Accepted: 30th January 2024 Online:31th January 2024
Ushbu tadqiqot ishida "Akademik litsey jarayonlarini boshqarish - EMIS" axborot tizimining imkoniyatlari va akademik litsey faoliyatini raqamlashtirishning dastlabki
KEY WORDS
- bosqichlari ko'rib chiqilgan.
Emis, ma'lumotlar bazasi,
axborot tizimi,o'quvjarayoni.
Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida 65 ta litseylar faoliyat yuritib kelmoqda. Akademik litsey o'rta maxsus o'quv yurti hisoblanib, ta'lim muddati 2 yilni tashkil etadi va maktab bitiruvchilari qabul qilinadi. O'quvchilar o'zlariga kelajakda zarur bo'ladigan ta'lim yo'nalishlarini (Aniq fanlar, Tabiiy fanlar, Gumanitar va hokazo) tanlagan holda chuqurlashtirilgan ta'lim olish imkoniyatlariga ega bo'ladilar va o'qish davri yakunida muvaffaqiyatli bitirganlar o'quvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan diplom beriladi.
Akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish va avtomatlashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi "2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-357-son Qaroriga asosan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan Emis.edu.uz axborot tizimi ishlab chiqildi va hozirgi kunga kelib umumiy hisobda 83 ta (Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi huzuridagi) akademik litseylar platforma orqali o'z o'quv jarayonlarida foydalanib kelishmoqda.
Axborot tizimining vazifalari:
- vazirlik va akademik litsey ta'lim muassasalari o'rtasida o'quv va ma'muriy axborot almashish uchun yagona axborot muhitini raqamlashtirish;
- akademik litseylarning o'quv va ma'muriy ma'lumotlarini to'plash, qayta ishlash va uzatish jarayonlarini avtomatlashtirish;
- akademik litseylarda o'quv jarayonlarini tashkil etish va boshqarish;
- ta'lim oluvchilarning elektron ta'lim olish muhitini yaratish;
- ta'lim oluvchilar va o'qituvchilar o'rtasida elektron axborotlarni almashish tizimini barpo etish;
- o'rta maxsus ta'lim o'quv jarayonlarini tashkil etish va boshqarish bo'yicha qaror qabul qilishni monitoring qilish va qo'llab quvvatlash;
Open access journal
www.in-academy.uz
- akademik litseylar faoliyatining ayrim yo'nalishlari bo'yicha turli xil hisobotlarni shakllantirish va taqdim etish;
- bitiruvchilarni ro'yxatdan o'tkazish jarayonini avtomatlashtirish hamda diplom va sertifikatlar yagona ma'lumotlar bazasini shakllantirish;
- amaldagi talablar doirasida boshqa xizmatlar, tashkilotlar va boshqaruv organlari axborot tizimlari bilan kerakli ma'lumotlar almashinuvini amalga oshirish;
- davlat boshqaruvi organlariga tahliliy ma'lumotlarni taqdim etish;
- ma'lumotlar arxivini shakllantirish hamda ma'lumotlar va tizim obyektlari bo'yicha harakatlarni hisobini yuritish va ro'yxatga olish.
Axborot tizimini yaratish maqsadlari.
Loyihani amalga oshirishdan asosiy maqsad akademik litseylarda o'quv jarayonlarini boshqarish hisoblanib, akademik litseylarda guruh jurnali, reyting daftarchasi, o'quv mashg'ulotlari, imtihon jadvallari, o'quvchilar o'zlashtirishi, davomati, diplom va akademik ma'lumotnomalarni raqamlashtirish orqali ma'lumotlarni yagona bazaga jamlash hamda monitoring qilish jarayonlarini avtomatlashtirib, davlat xizmatlari ko'rsatishni soddalashtirish, ortiqcha byurokratik to'siqlarni bartaraf etish, davlat xizmatlari ko'rsatish milliy tizimini rivojlantirishdan iborat.
Mazkur loyihani amalga oshirish quyidagi jarayonlarni avtomatlashtirishga erishiladi:
- ta'lim yo'nalishlari ma'lumotlari, guruh jurnali, reyting daftarchasi, o'quv mashg'ulotlari, imtihon jadvallari, o'quvchilar o'zlashtirishi, davomati, diplom va akademik ma'lumotnomalarni yagona tizimda raqamlashtirish;
- ortiqcha qog'ozbozlik va xarajatlarni kamaytirish, o'quvchilarni o'quv mashg'ulotlari va imtihon o'tkazilish sanalari haqida tezkor xabardor qilish;
- akademik litseylar faoliyatining holatini o'rganish, asl va rejali ko'rsatkichlardan chetlanishlarni aniqlash uchun tahliliy ma'lumotlarni taqdim etish.
- nazorat: maqsadlarga erishish jarayonida asl ma'lumotlarning rejalashtirilganidan og'ishlarini aniqlash natijasida qaror qabul qilishni qo'llab quvvatlash;
- tartibga solish: zaxiralarni aniqlash va optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida obyektdagi barcha jarayonlarni operativ boshqarish.
Emis.edu.uz axborot tizimi o'z faoliyatini 2023-yil III-choragidan boshlagan bo'lib, shu yili akademik litseylar bitiruvchilari tizimga kiritilgan. Hozirgi kunda 2023-2024 o'quv yili uchun litsey faoliyati to'liq avtomatlashtirilgan holda bo'lib, axborot tizimida mavjud imkoniyatlar quyidagilardan iborat:
• Har bir litsey o'z o'quvchilarini to'liq tizimga kiritish;
• O'quv reja shakllantirish;
• O'quv rejadagi o'quv guruhlarini yaratish;
• Har bir o'quv rejaga asosan o'qitiladigan fanlar ro'yxatini tuzish va ularni 4 semestr kesimida dars soatlariga taqsimlash;
• Fan o'qituvchilarini tizimga kiritish;
• Ta'lim muassasadagi bino, korpuslar va xonalar yaratish;
• Dars jadvali shakllantirish;
• Davomat;
• O'quv guruhdagi talabalarning fanlardan va imtihonlardan olgan baholarini kiritish;
Open access journal
www.in-academy.uz
Har bir semestr yakunida o'quv guruhlarini keyingi semestrga o'tkazish va xuddi shu ketma ketlik asosida o'quv yilini tugatish imkoniyatlari yaratilgan.
Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan diplomlar beriladi va aynan shu jarayon Emis.edu.uz ma'lumotlar bazasida onlayn ravishda shakllantiriladi.
1-rasm. Emis.edu.uz axborot tizimi sxemasi
Undan tashqari, 2023-2024 o'quv yilidan bitiruvchilarning so'nggi 6 yillik baholari o'rtacha ko'rsatkichi OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinishi kerak edi. Bilimni baholash agentligi ushbu tartib 2 yilga kechiktirilganini ma'lum qildi. Shu munosabat bilan bu jarayon kechiktirilganiga qaramay, Emis tizimida oxirgi 6 yillik baholarning o'rtacha ko'rsatkichi inobatga olingan va hozirda O'zbekistondagi barcha maktablardagi Maktab va maktabgacha ta'lim vazirligining Kundalik.com axborot tizimi bilan integratsiya jarayoni amalga oshirilgan va to'laqonli ish jarayonida.
Xulosa
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, akademik litseylarda o'quv jarayonlarini boshqarishni raqamlashtirish bu juda katta qulaylik demakdir. Akademik litseylarda guruh jurnali, reyting daftarchasi, o'quv mashg'ulotlari, imtihon jadvallari, o'quvchilar o'zlashtirishi, davomati, diplom va akademik ma'lumotnomalarni raqamlashtirish orqali ma'lumotlarni yagona bazaga
Open access journal
www.in-academy.uz
jamlash hamda monitoring qilish jarayonlarini avtomatlashtirib, davlat xizmatlari ko'rsatishni soddalashtirish, ortiqcha byurokratik to'siqlarni bartaraf etish, davlat xizmatlari ko'rsatish milliy tizimini rivojlantirish ta'lim tizimini raqamlashtirishga qo'yilgan muhim qadam. Bu bilan yuqoridagi kabi qulayliklarga erishilib, vaqt tejalishi, imkoniyatlar kengayishi va yana bir necha qulayliklarga ega bo'lish kabi sifatlarga erishish mumkin.
References:
1. Khamdamov U., Abdullayev A., Elov J., Sultanov D. Conceptual Model of the Education Management Information System for Higher Education Institutions. International Journal of Advanced Trends in Computer Science and Engineering, 2020, Volume 9, No.5.
2. Jamshid Elov, Utkir Khamdamov. Development of a database of higher education process management information system based on the relational model , International Conference of Information science and communications technologies applications, trends and opportunities ICISCT 2021. 3-5 November, 2021. Tashkent, Uzbekistan, 5p
3. Abdullaev A., Khamdamov U. The concept of development of information systems and services in the system of higher education of the Republic of Uzbekistan. // EU-01- 002070 "Asian Intellectual Property" LLC, 2018.